Iqtisodiyotimizni tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishda uning real sektoriga investitsiyalarning keng jalb etilayotgani, yurtimizda eksport salohiyati va eksport mahsulotlari hajmi ortayotgani, tashqi savdo aylanmasida ijobiy salьdoning oshayotgani, tashqi qarzlar hajmining ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymagan holda, oltin-valyuta zaxiralarining barqaror o‘sib borishi ta’minlanayotgani muhim omil bo‘lmoqda. O‘zgalarning havasini uyg’otayotgan bunday iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, iqtisodiyotni yangilash, demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish va butun mamlakatimizni modernizatsiya qilishda jahonda o‘xshashi bo‘lmagan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturining joriy etilishi, mamlakatimizda jismoniy sog’lom, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashga davlat tomonidan katta e’tibor berilayotgani ulkan tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, ijobiy ma’nodagi portlash effektiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |