Milliy tadqiqotlar universiteti


Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish



Download 3,95 Mb.
bet3/13
Sana01.07.2022
Hajmi3,95 Mb.
#727312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
moliyaviy hisobot 3

Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish

Birinchi navbatda, shuni aytish joizki, korxonalar (xorijiy investitsiyali korxonalardan tashqari) majburiy tartibda quyidagi foydalanuvchilarga chorak va yillik hisobotini topshiradi:
• ta’sis hujjatlariga binoan mulkdorlar (mulkni boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar, ta’sischilar);
davlat soliq inspektsiyasiga;
• O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan korxona faoliyatini ayrim tomonlarini tekshirish va tegishli hisobotni olish vazifalari yuksaltirilgan boshqa davlat organlariga. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan:
- barcha korxona va muassasalar uchun hisobot yili 1576 уanvardan 31-dekabrgacha bo‘lgan davr hisoblanadi.
- yangi tashkil etigan korxona va muassasalar uchun birinchi hisobot yili bo'lib, ular yuridik huquqqa ega bo‘lgan sanadan shu yilning 31 dekabrigacha bo‘lgan davr hisoblanadi. 1-oktyabrdan keyin tashkil etilgan (tugatilgan, qaytadan tashkil etilgan) korxonalar va ularning strukturaviy bo‘linmalari asosida tashkil etilganlardan tashqari korxonalar uchun ularning yuridik huquqqa ega bo‘lgan sanadan keyin yilning 31-dekabrigacha bo‘lgan davomi birinchi hisobot yili davri hisoblashga ruxsat beriladi.
- korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini O‘zbekiston Respubilkasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradilar. Shuni ham eslatib o‘tish kerakki, korxonaning xo‘jalik faoliyati natijalari, mulkiy va moliyaviy holati to‘g‘risidagi yillik buxgalteriya hisoboti foydalanuvchilar (birja, xaridor, mol yurituvchi va boshqalar) uchun ochiq bo‘lib nashr etilishi mumkin. Nashr etilgan hisobotning to‘g‘riligi mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi. Hisobot buxgalteriya hisobining natijasi bo‘lib, subyektning moliyaviy bo‘g‘indagi o‘zgarishlarini aniqlab beradi. Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi tizimining yakuniy natijasi sifatida moliyaviy hisobot subyektining moliyaviy holatini va uning moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatadi. Bunday axborotlardan ko‘plab iste’molchilar quyidagi maqsadlardla foydalanadi:
a) kreditlar berish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va investitsion qarorlar qabul qilish uchun;
b) subyektning kelgusidagi pul oqimlarini baholash;
c) subyektning resurslari, majburiyatlari va ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish. Moliyaviy hisobotning tarkibi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 22-moddasi va 1-son BHMSning 12-bandida ko‘rsatilgan. Xo‘jalik subyektlarining (kichik korxona va mikrofirmalardan tashqari) yillik moliyaviy hisobotlari quyidagilardan tashkil topadi:
- «Buxgalteriya balansi» (1-shakl);
- «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» (2-shakl);
- «Pul oqimi to‘g‘risida hisobot» (4-shakl);
- «Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot» (5-shakI);
- izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar. Moliyaviy hisobotlarda quyidagi axborotlar to‘liq aks ettirilishi kerak:
1. Xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, identifikatsiyalangan nomeri va subyektni aniqlab olish uchun zarur bo‘ladigan boshqa rekvizitlar;
2. Xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, indentifikatsiyalangan nomeri va subyektni aniqlab olish uchun zarur boMadigan boshqa rekvizitlar;
3. Moliyaviy hisobot bir korxonanikimi yoki bir guruh korxonanikimi;
4. Hisobot sanasi yoki moliyaviy hisobotlar qaysi davami o‘z ichiga olishi; Topshirilgan hisobot axborotlarini to‘g‘ri tushunish uchun quyidiga rekvizitlar keltirilishi lozim;
1. Moliyaviy hisobotda qo‘llanilgan valyuta turi;
2. Hisobotda foydalanilgan raqamlaming aniqlik darajasi, masalan, keltirilgan raqamlar ming hisobida yoki million hisobida ekanligi va h.k. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarini keyingi yilning 15- fevraldan kechiktirmasdan topshirishlari kerak. Bir shaharda joylashgan subyektlar uchun moliyaviy hisobotni topshirgan kuni deb uni tegishli joyga haqiqiy taqdim etgan kuni hisoblanadi. Boshqa shaharlarda joylashgan subyektlar uchun moliyaviy hisobotni pochta orqali jo‘natgan kuni hisoblanadi (bu kun pochta korxonasini qo‘ygan shtampasida ma’lum). Basharti hisobotni jo‘natgan sana dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, hisobot topshirish sanasi dam olish kunidan keyingi kunga ko‘chiriladi. Choraklik yoki yillik hisobotlarni o‘z vaqtida tuzishni ta’minlash uchun buxgalteriyaning barcha bo‘limlarini ishlarni bajarish muddatlarini ko‘rsatib yig‘ma ish grafigi tuziladi. Buxgalteriya hisobi t|iiyida yuritilsa, grafik bilan belgilangan muddatlarda jumal - ordcrlaming jami chiqariladi, zarur bo‘lsa bir registrdagi summa boshqa registrlarga o‘tkaziladi va korrespondentlanuvchi schyotlar o‘zaro muqobil tekshiriladi. Moliyaviy hisobotga tushuntirishlaming asosiy maqsadi korxonaning moliyaviy ahvoli va uning mahsulot, tovar, ish va xizmatlar bozoridagi o‘rni to‘g‘risida to‘liqroq axborotlar olish uchun hisobot shakllarining mazmunini to‘ldirishdan iborat. Tushuntirish xatining mazmuni korxonaning joriy investitsion va moliyaviy faoliyatining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, jnmladan korxona ixtiyorida qoladigan foydaning taqsimlanishi yoki (taqsimlanmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlami o‘z ichiga oladi. Hisob siyosatining tovar-moddiy zaxiralami baholash, ularning tayyorlanishi va ishlatilishi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash hamda ular faol qismidan foydalanishning samaradorligini tahlil qilish, mahsulot (ish, xizmat) realizatsiyasidan olinadigan tushumlami hisoblash variantlari, yangi mahsulotlami ishlab chiqishga doir turli investitsion loyihalaming rejalashtirilish va amalga oshirilishi, uning sifatini yaxshilash va hokazolar bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi. 2015-yilga qadar soliq to‘lovchilar qay tarzda hisobot taqdim etishni o‘z xohishlariga qarab tanlashlari mumkin edi - shaxsan olib borib berish, pochta orqali buyurtma xat bilan yoki Internet tarmog‘i orqali elektron hujjat tarzida. Biroq, 2015-yilning 1-yanvaridan boshlab barcha tadbirkorlik subyektlari soliq hisobotlarini faqat elektron hujjat tarzida taqdim etishlari lozim. Moliyaviy hisobot shakllariga rahbar va bosh buxgalter imzo chekadi, imzolar muhr bilan tasdiqlanadi. Moliyaviy hisobotda o‘chirish va ustiga yozishlar bo‘lmasligi kerak. Xatolar tuzatilgan taqdirda tegishli qaydlar qilinadi, ulami moliyaviy hisobotlarga imzo chekkan shaxslar tasdiqlab, tuzatish sanasini ko‘rsatadilar.
Joriy hamda o‘tgan yil hisobot ma’lumotlaridagi (ular tasdiqlanganidan keyin) tuzatishlar uning ma’lumotlarini buzishlar aniqlangan hisobot davri uchun tuzilgan hisobotda amalga oshiriladi, bunda tuzatishlar hisobot davri (chorak, yil boshidan) uchun ma’lumotlarga kiritiladi.



  1. Download 3,95 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish