Milliy universiteti jizzax filiali "amaliy matematika" fakulteti "iqtisodiyot" kafedrasi


Keynschilikning AQSHdagi xususiyatlari. Iqtisodiy o`sish



Download 354,1 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana28.06.2022
Hajmi354,1 Kb.
#716975
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ITT esse

3.Keynschilikning AQSHdagi xususiyatlari. Iqtisodiy o`sish 
nazariyalari 
20-asrning 70-y.larida sanoati rivojlangan mamlakatlar taraqqiyotida ijtimoiy 
yoʻnaltirilganlik kuchaydi (davlat mulki ortib bordi), davlat byudjet qarzlari 
koʻpaydi, ishsizlik qam oʻsdi, inflyasiya kuchli boʻldi, chuqur iqtisodiy tangliklar yuz 
berishi davom etdi, iqtisodiy sikllarning takrorlanish davri qisqardi, ana shunday 
sharoitda liberal (neoliberal) goyalar ustunlikni egallay boshladi. AQShda 
reygonomika, Buyuk Britaniyada tetcherizm davlatning iqtisodiyotga aralashuvini 
minimallashtirdi va iqtisodiy ahvol yaxshilandi. K. gʻoyalari neokeynschilik vakillari 
asarlarida yanada rivojlantirildi. Davlat tomonidan iqtisodiy jarayonlarni tartibga 
solishning samaradorligi investitsiyalar uchun mablagʻlar topish, imkoni boricha 


aholini ish bilan toʻla band qilish va foiz normasini qatʼiy belgilashga bogʻliq boʻladi. 
Foiz stavkalari qanchalik past boʻlsa, investitsiyalarga ragʻbat shunchalik koʻpayadi, 
investitsion talab oshadi, bandlik oʻsadi, ishsizlik kamayib boradi. I.ch. omillari 
(kapital, mehnat, yer) qanchalik toʻla jalb etilsa, amalda oʻsib boruvchi narxlar 
yuzaga keladi (pulning miqdoriy nazariyasi). 
Resurslar toʻliq foydalanilmagan paytda ham narxlarning moʻʼtadilligi saqlanishi 
mumkin. Keyns nazariyasi boʻyicha pul massasini 2 marta oshirish narxlarning 2 
marta oshuviga olib kelmaydi. 3—6% ishsizlik norma deb qaraladi va "toʻla bandlik" 
sifatida talqin etiladi. Gʻarbdagi "Ekonomiks" mualliflari R. Makkonnell va L. Bryu 
yozishicha, na-zariya — bu laboratoriya fani emas. Shu sababli nazariyada ilmiy 
abstraksiyalash usuli bosh oʻrin tutadi. Bu usul — iqtisodiy hodisalarni ularga taʼsir 
etuvchi oʻtkinchi, ikkinchi darajali faktlardan xoli etgan tarzda taxdil etib, nazariy 
umumlashtirish, ilmiy xulosalar chiqarishdir. Bu usul iqti-sodiy hodisalarning 
tabiatini bilish, ularga xos qonuniyatlarni ochish imkonini beradi. 
Abstraksiyalash asosida tushunchalar va qonunlar taʼriflanadi, ular ilmiy 
muomalaga kiritiladi. Abstraksiyalash yuz berganda iqtisodiyotga oid asosiy, muqim, 
doimo yuzaga chiqib turadigan faktlar ajratib olinadi, ular oʻrtasidagi bogʻlanish 
aniqlanadi. Bularning hammasi tafakkur orqali bajariladi. Abstraksiyalash boʻlmasa 
gʻoyat koʻp, tartiblanmagan faktlar orasida oʻralashib qolib nazariy xulosa qilib 
boʻlmaydi. Abstraksiyalash — bu iqtisodiyotning nazariy modelini yaratishdir. 
Nazariyada induktiv usul qoʻllanilganda ayrim hodisalarni oʻrganishdan ularni 
umumlashtirib, xulosalar chiqarishga oʻtiladi. Deduktiv usul qoʻllanilganda umumiy 
xulosalardan xususiy xulosalarga, umumiylikdan aniqroq hodisalarga oʻtiladi. 
Iqtisodiyot nazariyasida tarixiy va mantiqiy usullar ham bor. Tarixiy usul 
hodisalarni rivojlanishda olib qaraydi. Mantiqiy usul turli hodisalarning ichki 
mantiqiy aloqalarini aniqlab, umumiy xulosa chiqarishda qoʻllanadi. 
Iqtisodiyot nazariyasida miqdoriy va sifat tahlili birgalikda qoʻllaniladi. Miqdoriy 
taxlil yuz berganda iqtisodiy — matematik modellashtirish ham ishtirok etadi. Bunda 
iqtisodiy oʻzgarishlar miqdoran taxlil etiladi, ular oʻrtasidagi aloqa bogʻlanishlar ham 
miqdoran oʻlchanadi, ularning naqadar oʻzgarishi baholanib, prognozlar ishlab 
chiqiladi. Bu usul yordamida iqtisodiy modellar yaratiladi (qarang 
Iqtisodiy 
tarakqiyot modeli
). Iqtisodiyot nazariyasida gipoteza va paradigmalar qoʻllanadi. 
Ilmiy paradigma bu Iqtisodiyot nazariyasida qabul qilingan taxlil usullariga tayangan 
holda hal etiladigan muammoni qanday yechimi boʻlishini belgilashdir. 


Iqtisodiyot nazariyasi, asosan, uch vazifani bajaradi: a) iqtisodiyot qonuniyatlarini 
idrok etish, iqtisodiy bilim berish, iqtisodiy savodxonlikni oshirish; b) boshqa 
iqtisodiy fanlar uchun asos sifatida xizmat qilish, ularga nazariy negiz boʻlish; v) 
iqtisodiy siyosatga doir amaliy tavsiyalar berish, siyosatni ishlab chiqishda nazariy 
tayanch boʻlish. Iqtisodiyot nazariyasi boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy boglangan. 
Birinchidan, ularning yutuqlarini umumlashtirgan holda yangi xulosalar bilan boyib 
boradi. Ikkinchidan, umumiqtisodiy nazariyaga oid xulosalar bilan qurollantirgan 
holda ularning rivojlanishiga koʻmaklashadi. 
Iqtisodiyot nazariyasi faniga 17-asrda Yevropada asos solingan, bu bozor 
munosabatlarining rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlib, uning qonun va qoidalarini 
bilishga intilish Iqtisodiyot nazariyasini yuzaga keltirgan. U Gʻarbda paydo boʻlsada, 
uni oziqlantirgan iqtisodiy gʻoyalar dastlab Sharqda, xususan, Markaziy Osiyoda 
shakllangan. Bu oʻrinda Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy
Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek asarlarini eslash kifoyadir. Iqtisodiyot 
nazariyasi dastlab "Siyosiy iqtisod" nomi bilan yuzaga kelgan. Bu tushunchani 
birinchi marta A. Monkretyen (Fransiya) oʻzining "Siyosiy iqtisod xaqida traktat" 
asarida (1615-yil) qoʻllagan. A. Monkretyen va T. Man (Angliya) Iqtisodiyot 
nazariyasidagi merkantilizm oqimiga asos solishgan. 
Ulardan soʻng fiziokratlar maktabi paydo boʻldi (18-asr). Uning eng yirik 
namoyandasi "Iqtisodiy jadvallar" kitobining (1758-yil) muallifi F. Kene 
(Fransiya)dir. Iqtisodiyot nazariyasi tarixda eng nufuzli oʻrin egallagan oqim bu 
klassik siyosiy iqtisod boʻlib, uning namoyandalari A. Smit va D. Rikardo (Angliya) 
hisoblanadi (qarang Klassik siyosiy iqtisod maktablari). Bu maktab 18-asr oxiri — 
19-asrning boshlarida tanilgan va obroʻli oqim hisoblangan. 19-asrning 2-yarmidan 
20-asr boshlariga qadar Iqtisodiyot nazariyasida marjinalizm maktabi asosiy oʻrinni 
egallab keldi. Buning asosiy vakillari K. Menger, F. Vizer, E. Byom-Baverk 
(Avstriya), U. Jevons hisoblanadi. 
19-asrning oxiri va 20-asr davomida Iqtisodiyot nazariyasida 3 ta yoʻnalish vujudga 
keldi:Birinchisi — neoklassik yoʻnalish boʻlib, uning oʻzi monetarizm [A. Marshall 
(Angliya), M. Fridmen (AQSH)] va neoliberalizm — [L. Mizes (Avstriya), F. Xayek 
(Angliya) va L. Erhard (Germaniya)]ga boʻlinadi. 
Ikkinchisi — keynechilik yoʻnalishi boʻlib, uning yirik vakillari J. M. Keyns 
(Angliya), J. Robinson (Angliya), A. Xansen va P. Samuelson (AQSH)lar 
hisoblanadi. 


Uchinchisi — institutsional ijti-moiy yoʻnalish boʻlib, uning koʻzga koʻringan 
vakillari T. Veblen, J. Komons, U. Mitchell, J. Gelbreyt (AQSH). 21-asr boshiga 
kelib, monetarizm maktabi ustuvorlikka ega boʻldi, chunki uning tavsiyalari 
koʻpchilik mamlakatlardagi iqtisodiy siyosatda oʻzining amaliy ifodasini topdi. 
Muammo chuqur inqirozdan chiqishni ta'minlash, ishlab chiqarishning o'sishi va 
ishsizlikni engish uchun sharoit yaratish usullarini izlashda edi. Keyns tomonidan 
taklif qilingan konsepsiyaning mohiyati (Iqtisodiyotni inqirozdan xalos qilish 
usullari): "Samarali talab nazariyasi", Keynsning fikriga ko'ra, iqtisodiyotning 
dvigateli taklif emas, balki talabdir va aynan u rol o'ynaydi. ishlab chiqarish va 
ta'minotni rivojlantirishning hal qiluvchi omili. Daromad talabga teng emas, lekin, 
qoida tariqasida, undan oshib ketadi. Narxlar asta-sekin o'sib bormoqda, talab va 
taklifni muvozanatlash uchun vaqtlari yo'q. Shuning uchun davlatning aralashuvi 
zarur. Keyns formulasiga ko'ra: taklif talabni yaratmaydi, aksincha, talab taklifni 
yaratadi. Umumiy talabni oshirish uchun (bu iste'molchilar, korxonalar va 
tadbirkorlik ma'lum narxlar darajasida sotib olishga tayyor bo'lgan tovarlarning 
milliy ishlab chiqarishining haqiqiy hajmi) Keyns davlatning fiskal va pul-kredit 
siyosatidan foydalanishni tavsiya qildi. Kreditlar bo'yicha foizlarni kamaytirish 
kerak. Bu, birinchidan, tadbirkorlarga kreditlarni faolroq olishiga imkon beradi, 
ikkinchidan, kapital egalariga ko'proq yordam beradi foydali sarmoyalar qimmatli 
qog'ozlarga emas, balki ishlab chiqarishga mo'ljallangan Mamlakatning iqtisodiyoti 
holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy 
boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy 
daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investitsiyalar yigindisi, 
muomaladagi jami pul miqdori va sh k. jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, 
umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar M. oʻrganadigan obʼyektlar hisoblanadi. Ayni 
paytda M. mamlakat miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha ish haqi, inflyasiya 
darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha iqtisodiy 
koʻrsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan taʼsirini 
oʻrganadi va tadqiq etadi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, bir tomondan, maʼlum 
vaqt oraligʻida ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat 
yuritishiga bevosita taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi 
tomondan, ular yalpi milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, yaʼni 
ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida uni 
koʻrgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Shuningdek, oʻsishning 
umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari, mamlakat iqtisodiyotini tavsiflaydigan 


koʻrsatkichlarning pasayishi hamda ortishi surʼatlari va unda yuz berayotgan 
iktisodiy jarayonlar, tuzilmaviy proporsiyalar ham M. predmeti hisoblanadi. 
Makroiktisodiy koʻrsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat 
koʻrsatish sohalaridagi barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar iqtisodiy faoliyatining 
umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi.
M.ning asoslari ingliz olimi J.M.Keynsiint 1936-yilda nashr etilgan "Bandlik, foiz 
va pulning umumiy nazariyasi" asarida bayon etilgan.
Neoklassik iktisodiy nazariya 
n.da raqobatli bozorda tovarlar, xizmatlar narxining shakllanishini va ishlab 
chiqarish omillarini oʻrganish uchun eng soʻnggi — meʼyoriy kattaliklar — 
meʼyoriy naflilik va meʼyoriy unum-dorlik, meʼyoriy tushumlar, meʼyoriy 
harajatlar va boshqa tahlillari qoʻllaniladi. Neoklassik iktisodiy nazariya omillari va 
tovarlarning bozor narxi ularning kamyobligi bilan bogʻliq. Neoklassik iktisodiy 
nazariya n. nuqtai nazariga kura, meʼyoriy miqdorlar kishilar oʻzlarining iqtisodiy 
faoliyatida qabul qila-digan qarorlarida hal qiluvchi oʻrinni egallaydi. Neoklassik 
iktisodiy nazariya n.ning asosiy goyasi mukammal raqobat muvozanatli iqti-
sodiyotni yaratadi degan qarashdaniborat. Shuningdek, bu nazariyada iqti-sodiyot 
tavsifiga mikroiqtisodiy yondashuvlar ustunlik qiladi. 
D. Rikardo va K. Marks davrida katta munozara-ixtiloflarga sabab boʻlgan 
daromadlarni taqsimlash nazariyasi masalasida neoklassiklar uni juda tinch va joʻn 
yoʻl bilan hal etadilar: har qanday ishlab chiqarish omili egasi bu omilning 
meʼyoriy unumdorligiga, yaʼni qoʻshimcha yollangan ishchi ishlab chiqargan yoki 
kapi-talning qoʻshimcha birligi yaratgan mah-sulotga teng daromad oladi. 
Neoklassik iktisodiy nazariya n. har qanday bozorni talab va taklif egri chiziqlari 
yordamida tahlil qiladi. Talab va taklif egri chiziklari kesi-shadigan nuqta 
neʼmatlarning muvozanatli narxini va muvozanatli miqdorini koʻrsatib beradi. 
A. Marshall 1890-yilda yozilgan "Iqtisodiyot tamoyillari" asarida "siyosiy iqtisod" 
tushunchasidan voz kechdi va "economics" tushunchasini qoʻlladi. Bu 
tushunchaning yuzaga kelishi iqtisodiyotni siyosatdan xalos qilish bilan barobar 
voqea edi. Chunki davlatning iqtisodiyotga aralashuvchi hamma vaqt ham samarali 
boʻlavermagan. 1902-yildan boshlab "Ekonomiks" kursi Kembrij universitetida 
oʻqitila boshlandi. Yangi yoʻnalish tarafdorlari erkin raqobat va bozor gʻoyasini 
yana jonlantirdilar, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning rolini keskin cheklash 
kerakligini koʻrsatib berishdi. Neoklassik iktisodiy nazariya n.larning bir qancha 
maktablari mavjud: Avstriya maktabi, Lozanna (matematik) maktabi, Kembrij 


(ingliz) maktabi, Amerika maktabi. Keyingi davrda (P. Samuelson) "neoklassik 
sintez" konsep-siyasi ham paydo boʻldi.
"Neoklassik sintez" bu aslida hozirgi neokeynschilik va neoliberal goyalarni ilk 
neoklassik karashlar bilan birlashtirib, uygʻunlashti-rilishidir
.
Keyns nazariyasiga 
ham katta zarba berildi. Maʼlum boʻldiki, davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi 
ishlab chiqarishning pasayishining oldini olishga qodir emas edi. Bu nazariya 
neokonservativ tendentsiya bilan almashtirildi, u yana firmalarning iqtisodiy 
faoliyatiga davlatning aralashmasligini yoqladi. Bozorning o‘zini o‘zi tartibga 
solishni qayta tiklash va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish asosida 
makroiqtisodiy tartibga solish modeli ishlab chiqildi.
Neokonservatorlarning tavsiyalariga muvofiq AQSH, Buyuk Britaniya, 
Germaniya Federativ Respublikasi va boshqa bir qator davlatlarning iqtisodiy 
siyosati “samarali taklif” – xususiy tadbirkorlikni ragʻbatlantirish tamoyiliga 
asoslandi. Erkin tadbirkorlikni yanada foydali qilish uchun foyda va mehnat 
daromadiga soliqlar sezilarli darajada qisqartirildi. Davlat iqtisodiy ishlarga 
aralashuvini sezilarli darajada kamaytirdi, davlat korxonalarini qisman 
xususiylashtirish - ularni jismoniy shaxslarga sotish, aktsiyadorlik jamiyatlariga 
aylantirish boshlandi. Ko'pgina mamlakatlarda iqtisodiyotni rejalashtirish sezilarli 
darajada qisqartirildi, ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish qisqartirildi.

Download 354,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish