Milliy xalq o`yinlari asosida bolalarda odob-axloqni o`rgatish. Kirish


II.BOB Milliy harakatli o`yinlar va ularning bola tarbiyasida tutgan o`rni



Download 50,54 Kb.
bet4/5
Sana02.07.2022
Hajmi50,54 Kb.
#733040
1   2   3   4   5
Bog'liq
Milliy xalq o`yinlari asosida bolalarda odob-axloqni o`rgatish

II.BOB Milliy harakatli o`yinlar va ularning bola tarbiyasida tutgan o`rni.
2.1 Milliy sport o`yinlari bebaho qadriyat.
Mustaqillik yillarida urf-odatlarimiz nafaqat asl qiyofasiga qaytdi, balki mazmunan boyidi va yanada sayqal topdi. Ayni vaqtda bayramlarimizda kuy-qo‘shiqlar, folklor-etnografik jamoalarning chiqishlari, lapar, o‘lan, alla ohanglari, milliy xalq o‘yinlari uyg‘unlashtirilib ijro etilmoqda.
Davlatimiz rahbarining «2014-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorida ham bu yilgi bayramda xalq o‘yinlari, folklor san’ati namunalari, el-yurtimizning dilidan chuqur joy olgan, go‘zal insoniy tuyg‘ularni yuksak pardalarda tarannum etadigan kuy va qo‘shiqlar, o‘lan va laparlarga keng o‘rin berish lozimligi ta’kidlangan.
Xalq o‘yinlari kishiga o‘zgacha xushnudlik ulashadi, insonning kayfiyatiga ijobiy ta’sir etadi. U yoshlarning jismoniy, aqliy, axloqiy rivojlanishida, kuchli, chaqqon, topqir, farosatli, mard insonlar bo‘lib kamol topishida katta ahamiyat kasb etadi. O‘zbek xalqining betakror samimiyatini o‘zida aks ettiruvchi urf-odat va marosimlarimiz qadimiy madaniyatimizning go‘zalligini namoyon etuvchi bir ko‘zgudir. O`zbekiston istiqloli tufayli yoshlarni milliy ruxda axloqli odobli qilib tarbiyalash masalasiga bo`lgan e’tibor yana ham kuchaydi. Chunki ma’naviy kamol topgan insonlargina barkamol jamiyat qurishlari mumkin. Sog‘lom avlodni voyaga yetkazish katta ahamiyat kasb etadi. Xalqimizning qadim-qadimdan amal qilib kelayotgan axloq-odob fazilatlari ma’naviyatimizning asosidir.

O`zbekiston Rekpublikasi Prizedenti I.A.Karimovning bu boradagi so`zlari katta salohiyatga ega: «Bugun o`zbekiston Xalqi ulug‘ ajdodlarining an’analarini, urf-odatlarini davom ettirib, taqdirini o`z qo`liga olib, qaddini rostlab, el-yurtimizda asoyishtalik, barkamollikni millatlararo axillik va fuqarolarning totuligini avaylab-asrab, yangi tarixiy sharoitda o`z kelajagini ko`rmoqda, milliy davlatchiligini tiklamoqda».


Axloq tarbiyasi insonlarga eng muhim, ziyoda-sharif, baland daraja beruvchi tarbiyadir. Axloq tarbiyasining maqsadi shaxsni Axloqiy shaqillantirishdir. Shaxsning muhim ma’naviy sifatlari bo`lgan Axloqiy ong, xissiyot va xulqni shaqillantirish, Vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, o`zbekiston gerbi, bayrog‘i madhiyasiga hurmat, insonparvarlik, ongli intizom va boshqa tuyg‘ularni kamol toptirish Axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalarini tashkil qiladi.
Axloq insoniyat ma’naviy madaniyat ko`rinishlaridan, ijtimoiy ong shakllaridan biri bo`lib, u kishilarning tarixan qaror topgan xulq-atvori va yurish-turishining ifodalaydigan va jamiyat munosabatlarini aks ettiradigan muayyan qoidalar yig‘indisidir.
Shu ma’noda axloq murakkab ko`p qirrali jamiyat xodisasi bo`lib, u o`z ichiga odamning jamiyat jamoa va boshqa kishilar bilan aloqalarni belgilovchi qoida va talablarni qamrab oladi. «Axloq» arabcha «Xulq» so`zini ko`plik shakli bo`lib, insonning nafsida, tabiatida xosil bo`lgan va takrorlanadigan ish faoliyatidir.**
Odob odamning jamoat, el -yurt orasida o`zini qanday tutishi, muomala qilishi, o`z turmush sharoiti va bo`sh vaqtini qanday tashkil etishi xullas tashqi jixatdan muloyim va yoqimli bo`lishini bildiradi.

Bizga ma’lumki Sharqda, jumladan O`rta Osiyoda yashab ijod etgan M.Xorazmiy, Ibn Sino, Forobiy, K.Sheroziy, A.Jomiy, A.Navoiy, M. Behbudiy, A.Avloniy, Xamza kabi olim shoir va san`at arbobolari yosh avlod tarbiyasiga (Karimov I.A Buyuk kelajagimizning xuquqiy kafolati. T.Sharq, 1993 y, 5 bet.) alohida e’tibor berganlar. Insonni ma’naviy va jismoniy kamoloti uchun zarur bo`lgan odob axloq qoidalarini, urf-odatlarini yoqimli mohiyatini yoritdilar, yoshlarni baxt saodatli bo`lishlari ko`proq xulq atvorning go`zalligiga bog‘lik ekanligi ta’kidlaganlar.


Buyuk mutafakkirlar farzand tarbiyasiga alohida e’tibor berib kelganlar. Sharqda «Kallila va Dimna», «To`tinoma», Y.Xos Hojibning «Qutadg‘u bilik», M.Sa’diyning «Guliston» va «Bo`ston», N.Rabg‘uziyning «Qissaii Rabg‘uziy», A.Navoiyning «Mahbub ul qulub», «Ko`ngillarning sevgani» va o`nlab durdona asarlar farzandlar tarbiyasida dastur vazifasini o`tab kelmoqda. Bu insonlar necha avlodga poklik, rostgo`ylik, juvonmardlik fazilatlarini singdirib borgani sir emas. Kaykovusning «Qobusnoma» asari Sharq xalqlari orasida ma’lum va mashxurdir.
Mumtoz rivoyatlar, ixcham latifalar, kichik-kichik hikoyalar kitobning yanada jozibali, o`qimishli bo`lishini ta’minlaydi.
Sharq allomalari Axloqiy-tarbiyaviy asarlarining asosini «Qur’oni karim» suralari, Muhammad payg‘ambar faoliyati va ko`rsatmalarini ifodalovchi xadislar, xikmatli rivoyatlar tashkil qiladi.
Yukuf Xos Xojibning «Qudadg‘u bilik» didaktik dostonida til odobi, sevgi va sadoqat, rostgo`ylik va halollik, axloq-odob haqida xikmatli nasixat bayon etilgan. «Til odobi» bobida bilim egallashda tilning ahamiyati, qissa va mazmunli ko`zlash, til aql va bilim tarjimonidir degan fikrlar bayon qilingan.
Sa’diy Sheroziy «Bo`ston», «Guliston» asarlarida hayotda insonni pok, irodali, kuchli va mag‘rur bo`lishi haqida istaklarni ifodalaydi. Sheroziy kishi qadrini. Insonni yerga uradigan ta’ma xasad kabi illatlarni qoralaydi. U yoshlarni halol mehnat qilishga rostgo`ylikka, bilim va hunar orttirishga, go`zal axloqli bo`lishga undaydi.
Kaykovus 44 bobdan iborat bo`lgan «Qobusnoma» asarida ota-onalarning farzand tarbiyasidagi vazifa va burchlari, farzandning ota-onaga munosabati, ularni qadrlash, insonlar orasidagi muomila odobi, ularning o`zaro axloqiy munosabatlari, ichki so`qish, qo`pollik kabi yomon odatlardan qaqlanish zaruriyati kabi axloqiy masalalarga urg‘u beriladi.
Ahmad Yugnakiyning «Xibatul xaqoyiq» dostoni 14 bobdan iborat bo`lib, unda til odobi, sir saqlash, sahiylik kamtarlik, shukronalik, ta’zim- tavoze’, insonparvarlik rizo va itoat, halollik haqida pand nasihatlar berilgan.
A.Navoiy o`zining «Hamsa», «Mahbub ul qulb» kabi yirik ta’limiy-axloqiy asarlarida shuningdek, «Munojot», «Vaqfiya», « Arbain hadis» kabi kitoblarida tarbiyaga oid fikrlarini bayon qilgan. «Mahbub ul qulb» uch qismdan iborat bo`lib, birinchi qism,-har xil toifa odamlar fe’l- atvori va ahvoli, kayfiyati. Ikkinchi qism- yahshi va yomon fe’llar; uchunchi qism- hilma-hil foydalar va qissalar ko`rinishi, yani yahshi fe’llar va xislatlarga oid fikrlardan iborat.


Download 50,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish