Miraziz Aʼzam 1936 yilning 29 martida Toshkentda Balandkoʻprik mahallasida ziyoli oilada tugʻildi



Download 13,84 Kb.
Sana06.01.2022
Hajmi13,84 Kb.
#323423
Bog'liq
МИРАЗИЗ АЪЗАМ


Miraziz Aʼzam 1936 yilning 29 martida Toshkentda Balandkoʻprik mahallasida ziyoli oilada tugʻildi.

Miraziz Aʼzam oʻquvchilik yillaridan sheʼrlar mashq qila boshladi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)da tahsil olarkan, Xenrix Xeyne, Pushkin, Yesenin singari jahon adabiyoti mumtoz vakillari ijodidan tarjimalar qildi, qurbi-salohiyatini charxladi. Sheʼrlari hozirgi “Turkiston” gazetasi va “Gulxan” jurnalida yoritila boshladi. Miraziz Aʼzam Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida, “Gulxan” jurnalida, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida (1996 yilga qadar) xizmat qildi.

Miraziz Aʼzam “Aqlli bolalar” (1969), “Senga nima boʻldi” (1970), “Gʻalati tush” (1972), “Yer aylanadi” (1973), “Yerga dovruq solamiz” (1976), “Bir choʻntak yongʻoq” (1990), “Qirq bolaga qirq savol” (2000), “Eng yorugʻ yulduzlar” (2002), “Saylanma” (2005) kabi majmualar, shuningdek, “Ming bir soʻzni bilaman” nomli bolalar uchun izohli-rasmli lugʻat kitobini (2016) nashr ettirdi. Uchta sheʼriy toʻplami rus tilida, va yana, bolalarga bagʻishlangan sheriy kitoblari ukrain, turkman, moʻgʻil tillarida chop etildi. Bir qator sheriy turkumlari belorus, moldavan, ozarbayjon, latish, turk, qozoq, qirgʻiz va boshqa tillarda eʼlon qilindi.

Kattalar uchun uning “Sevaman” (1977), “Tuygʻular” (1980), “Sabot” (1983), “Haqiqatning koʻzlari” (1988), “Xotiralar”, “Yoʻlyozmalar” (2016) nomli kitoblari nashr etildi. Inson hurligi, haqiqat, erk va mustaqillik uchun kurash ushbu asarlarning asosiy gʻoyalarini tashkil qiladi. Shuningdek, shoir keyingi yillarda aruzdagi mashqlarini davom ettirib, “Kuzgi yaproqlar” (2010) nomli devonini nashr ettirdi. Uning ikki kitobdan iborat “Buyuklar muhabbati” (2012,2016) esselar toʻplami oʻz muxlislarini topdi.

Zahmatkash ijodkor tarjimon sifatida dunyo bolalar adabiyotining bir qancha nodir namunalari jamlangan “Jahon bolalar adabiyoti” oʻn jildligini ona tilimizga oʻgirdi. Sharqning buyuk alloma shoirlari Farididdin Attor, Nizomiy Ganjaviy, Jaloliddin Rumiy, Abdurahmon Jomiy asarlaridan namunalar tarjima qildi.

Miraziz Aʼzam publitsistik asarlari bilan ham adabiy jarayonda faol qatnashib keladi.



Shoirning “Tuygʻular” va “Sabot” toʻplamlari asosida bastakor Nuriddin Gʻiyosov simfoniya hamda oratoriy yaratgan.

Miraziz Aʼzam 1993 yili ilmiy-tahliliy maqolalari uchun Mahmud Qoshgʻariy nomidagi mukofotga, 2007 yili Makedoniya poytaxti Skople shahrida oʻtgan turkiy sheʼriyat festivalida esa Mavlono Jaloliddin Rumiy mukofotiga loyiq koʻrildi.
Download 13,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish