Mirziyoevning mamlakatimizni


mavzu. “Trastbank” XABda kassa operatsiyalari va naqd pul tushumlari xisobi



Download 13,91 Mb.
bet9/17
Sana10.06.2022
Hajmi13,91 Mb.
#653180
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Ibroximova hisobot-конвертирован

mavzu. “Trastbank” XABda kassa operatsiyalari va naqd pul tushumlari xisobi


Mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha yuridik shaxslar o’z pul mablag’larini bank kassalarida saqlashlari shart. Yuridik shaxslar o’rtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek, fuqarolar ishtirokidagi, ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari bilan bog’liq hisob-kitoblar naqdsiz tartibda bank muassasalari
orqali amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Kassada naqd pullar qoldig’ining belgilangan limitlaridan ortiqcha bo’lgan barcha naqd pulni tashkilotlar bank muassasasi bilan kelishilgan tartib va muddatlarda hisobvaraqlarga yozish uchun topshirishlari shart.
Naqd pullar:

  1. bank muassasalarining kunduzgi va kechki kassalariga;

  2. keyin bank muassasalariga topshirish uchun inkassatorlarga;

v) keyin bank muassasalariga topshirish uchun tashkilotlar qoshidagi birlashgan kassalarga;
g) bank muassasalaridagi hisobvaraqlarga o’tkazish uchun aloqa korxonalariga topshirilishi mumkin.
Tashkilotlar o’z kassalarida ular tomonidan belgilangan limitlardan ortiqcha naqd pulni ish haqi, mukofotlar, ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalar, stipendiyalar, pensiyalarni to’lash uchun va bank muassasasida pul olingan kunni hisoblaganda, faqat 3 ish kunidan oshmagan muddatga (bank muassasalaridan ancha olisda joylashgan tashkilotlar uchun - 5 ish kunigacha) saqlash huquqiga egalar.
Tayyorlov tashkilotlari uchun kassa limitiga bankdan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini topshiruvchilar bilan naqd pulda hisob-kitob qilishlar uchun olingan summalar kiritilmaydi. Xizmat safarlari bilan bog’liq xarajatlar uchun hisobot beriladigan naqd pullarni berish mazkur hududda amal qiladigan tartibga muvofiq ana shu maqsadlar uchun xizmat safarlariga yuborilgan shaxslarga beriladigan summalar doirasida amalga oshiriladi.
Hisobot beriladigan sarflanmagan naqd pullar ular berilgan muddat tugaganidan keyin 3 kundan kechiktirmay tashkilot kassasiga qaytarilishi kerak. Tashkilotlar kassalari tomonidan naqd pullarni qabul qilish bosh buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan kirim kassa orderlari bo’yicha amalga oshiriladi.
Tashkilotlar kassasidan boshqa tashkilotlar ehtiyojlari uchun naqd pul berilishi man etiladi. Chiqim kassa orderlariga ilova qilinadigan hujjatlar, arizalar, hisobvaraqlar va hokazolarda tashkilot rahbarining ijozat beruvchi yozuvi bo’lgan taqdirda, chiqim kassa orderlarida rahbarning imzosi bo’lishi shart emas.
Byudjet muassasalariga xizmat ko’rsatadigan markaz lashtirilgan buxgalteriyalarda berilgan ish haqining umumiy summasiga bitta chiqim kassa orderi tuziladi, uning sanasi va raqami har bir to’lov (hisob-kitob-to’lov) qaydnomasiga qo’yiladi. Tayyorlov tashkilotlari qishloq xo’jaligi mahsulotlarini topshiruvchilarga naqd pul berilishini ish kunining tugaganidan keyin, kun davomida tayyorlov kvitantsiyalari bo’yicha berilgan barcha pullar summalariga umumiy chiqim kassa orderini tuzish orqali amalga oshirishlari mumkin.
Qishloq xo’jalik va yuk ortish-tushirish ishlariga, shuningdek, tabiiy ofatlarni tugatish uchun jalb etiladigan shaxslarga pul berilishi qaydnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin. Qaydnomalar xodimlari ko’rsatilgan ishlarga yuborilgan har bir tashkilot bo’yicha alohida tuziladi va ishlar tashkilotchisi bo’lgan tashkilotning rahbari va bosh buxgalteri imzosidan tashqari tegishli tashkilotning vakolat berilgan shaxsi tomonidan tasdiqlanadi.
Kirim kassa orderlari va ularga doir kvitantsiyalar, shuningdek, chiqim kassa orderlari va ular o’rnini bosuvchi hujjatlar buxgalteriya tomonidan siyoh yoki sharikli ruchka pastasida aniq va ravshan yozilishi yoxud yozuv hisoblash mashinkasida bajarilishi kerak. Ushbu hujjatlarda, hatto eslatib o’tish bilan ham, hech qanday o’chirib yozish, o’chirish yoki tuzatishlarga yo’l qo’yilmaydi. Kirim va chiqim kassa orderlarida ularni tuzish uchun asos ko’rsatiladi va ularga ilova qilinadigan hujjatlar sanaladi.
Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ularning o’rnini bosuvchi hujjatlarni pul topshiradigan yoki oladigan shaxslar qo’liga berish man etiladi.
Kassa orderlari bo’yicha pul qabul qilish va topshirish faqat ular tuzilgan kunda amalga oshirilishi mumkin.
Kassa daftaridagi yozuvlar qoraqog’oz vositasida sharikli ruchka, siyohqalam yoki siyoh bilan 2 nusxada amalga oshiriladi. Varaqlarning ikkinchi nusxalari qirqiladigan bo’lishi kerak, ular kassirning hisoboti bo’lib xizmat qiladi. Varaqlarning birinchi nusxalari kassa daftarida qoladi. Varaqlarning birinchi va ikkinchi nusxalari bir xil raqamlar bilan belgilanadi. Kassa daftarida o’chirishlar va ta’kidlanmagan tuzatishlar qilish man etiladi. Qilingan tuzatishlar korxona kassiri, shuningdek, bosh buxgalterining yoki uning o’rnini bosuvchi shaxsning imzolari bilan tasdiqlanadi.
Agar korxonalarda har kuni jami 200 so’mlikka qadar operatsiyalar amalga oshirilsa, kassa hisobotlari 3-5 kunda bir marotaba tuzilishi mumkin. Kassa daftarini to’g’ri yuritish ustidan nazorat qilish tashkilot bosh buxgalteri zimmasiga yuklanadi. Chiqim kassa orderi yoki uning o’rnini bosuvchi boshqa hujjatda oluvchining tilxati bilan tasdiqlanmagan kassadan pul berilishi kassadagi naqd pullar qoldig’ini tasdiqlash uchun qabul qilinmaydi. Ushbu summa kamomad hisoblanadi va kassirdan undiriladi. Kirim kassa orderlari bilan tasdiqlanmagan naqd pullar kassadagi ortiqcha pul hisoblanadi va daromadga hisoblab o’tkaziladi.
Tashkilotlar kassalari zarurat tug’ilganda sug’urta tashkiloti tomonidan sug’urtalanishi mumkin.
Kassada mazkur korxonaga tegishli bo’lmagan naqd pul va boshqa boyliklarni saqlash man qilinadi. Kassirning unga topshirilgan ishni bajarishni boshqa shaxslarga ishonishi man etiladi. Buxgalterlar va kassa hujjatlariga imzo chekish huquqidan foydalanuvchi boshqa xodimlar kassirlik majburiyatlarini bajarishi mumkin emas.
Kassa daftari avtomatlashtirilgan tarzda yuritilgan taqdirda kassa hujjatlariga ishlov berish dasturiy vositalari ishining to’g’riligini tekshirish amalga oshiriladi.
Kassa intizomiga rioya etilishi uchun javobgarlik tashkilotlar rahbarlari, bosh buxgalterlari, moliyaviy xizmatlar rahbarlari va kassirlar zimmasiga yuklanadi. Bank muassasalari kassa operatsiyalarini yuritishning amaldagi qoidalariga korxonalarning rioya qilishlarini tekshiradilar.
Byudjet tashkilotlarida kassa operatsiyalari yuritilishini tegishli moliya organlari tekshiradilar. Nizom bank kassalariga tushayotgan naqd pul tushumining barqaror oshishi va uni aholi hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining depozit hisobvaraqlaridan uzluksiz berilishini ta’minlaganlik uchun davlat soliq xizmati, banklar va inkassatsiya xizmatining mansabdor shaxslarini rag’batlantirish va ularning mas’uliyatini oshirish tartibini belgilaydi.
Bank kassalariga tushayotgan naqd pul tushumining barqaror o’sishini ta’minlaganlik uchun
rag’batlantirish tizimi quyidagilar uchun belgilanadi:
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan chakana savdo, umumiy ovqatlanish, ish va xizmatlar ko’rsatishdan tushgan naqd pul tushumini bank kassalariga topshirilishi ustidan monitoring va nazorat yuritish bo’yicha Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalarining rahbarlari hamda pul muomalasini tartibga solish bo’linmalari rahbarlari;
Bank kassalariga tushayotgan naqd pul tushumining barqaror oshishini ta’minlaganlik uchun davlat soliq xizmati, tijorat banklari mansabdor shaxslariga mukofot pullari O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 153 va 180-moddalariga muvofiq, mazkur tashkilotlarning mehnatga haq to’lash fondlari va maxsus jamg’armalari hisobidan to’lanadi. Hisobot oyi yakuni bo’yicha tegishli hududlardagi tijorat banklari kassalariga inkassatsiya xizmati orqali topshirilgan naqd pul tushumining o’tgan oydagiga nisbatan kamida 5 foiz miqdorda o’sishini ta’minlaganlik uchun ma’sul shaxslar mansab maoshining 20 foizigacha miqdorda rag’batlantiriladi.
Mukofotlash mukofotlanayotgan shaxsning umumiy ishga qo’shgan shaxsiy hissasiga qarab yuqori tashkilotning buyrug’i (qarori) asosida amalga oshiriladi. Joylarda inkassatsiya xizmati orqali bank kassalariga topshirilgan naqd pul tushumlarining miqdori o’tgan oydagiga nisbatan kamaygan hollarda ushbu Nizomning 2-bandida ko’rsatib o’tilgan shaxslarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasiga muvofiq intizomiy jazo choralari, jumladan hayfsan yoki o’rtacha oylik ish haqining 30 foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda jarima qo’llanilishi mumkin.
Tijorat banklarining barcha filiallarida hamda filialga ega bo’lmagan tijorat banklarida mijozlarning naqd pullarga bo’lgan talabini o’z vaqtida qondirish uchun majburiy tartibda oborot kassalar, shuningdek naqd pul zaxirasi tashkil etiladi. Markaziy bankning Hududiy bosh boshqarmasi (MB HBB) tijorat bankining har bir filiali bo’yicha, shuningdek filialga ega bo’lmagan har bir tijorat banki bo’yicha oborot kassadagi naqd pullarning eng ko’p qoldig’i limitini, naqd pul zaxirasi bo’yicha esa tijorat banklari bilan birgalikda naqd pul mablag’larining eng kam qoldig’i limitini belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va MB HBB, shuningdek tijorat banklari tegishli hudud bo’yicha kassa oborotlari xomcho’tini amalga oshiradi va pul muomalasi holatini tahlil qiladi.

  1. Download 13,91 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish