Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti 5A140602- geografiya (o‘rganish obyekti bo‘yicha) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti R. Z



Download 46,5 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi46,5 Kb.
#317835
  1   2   3
Bog'liq
Taqriz. 2021.


Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti 5A140602- Geografiya (o‘rganish obyekti bo‘yicha) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti R.Z. Raxmonovning “Ohangaron vodiysining tabiat yodgorliklari va ularni muhofaza qilish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbar

XULOSASI
Bugungi kunda tabiiy landshaftlar hududi qisqara borgan sari insonlar sog’lig’ini tiklashi yo’lida yordam beradigan, ularni tabiatdan bahra oldiradigan va ilmiy, ma’rifiy, ekoturistik maqsadda foydalanilishga asqotadigan tabiiy landshaftlar (g’orlar, buloqlar, geyzerlar, daraxtzorlar, o’rmonlar, sharsharalar, shifobaxsh botqoqliklar, xarsangtoshlar, qo’ypeshonalar, toshlar va boshqalar) hududi ham asta-sekin qisqarib, o’rniga antropogen landshaftlar egallamoqda. Ohangaron vodiysida vujudga kelgan tabiat yodgorliklari respublikamizda o’zga xosligi bilan ajralib turadi. Vodiyda ko’plab turdagi xilma-xil shifobaxsh buloq va chashmalar, g’orlar, sharsharalar, ko’l va soylar, yoshi katta bo’lgan daraxtlar, xilma-xil kattalikdagi xarsanglar, toshlar va boshqa turdagi tabiat yodgorliklari mavjud.

Ohangaron vodiysidagi tabiat yodgorliklari noyob, o’rnini to’ldirib bo’lmaydigan, ekologik, ilmiy, madaniy va estetik jihatdan qimmatli tabiiy obyektlar hisoblanadi. Tabiat yodgorliklari davlat muhofazasida bo’lsa ham ularga nisbatan hozirgi kunda antropogen ta’sir yuki ortib bormoqda. Ohangaron vodiysining tabiat yodgorliklarini asrab-avaylash, ulardan samarali foydalanish, ularni kelajak avlodga yetkazish muhim vazifaga aylanib bormoqda.

Shu jihatdan qaraganda, ushbu mavzuga bag‘ishlangan har qanday ilmiy tadqiqot ishi, jumladan, R.Z. Raxmonovning “Ohangaron vodiysining tabiat yodgorliklari va ularni muhofaza qilish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi ishi ham dolzarbligi bilan ajralib turadi.

R.Z. Raxmonov tomonidan tayyorlangan “Ohangaron vodiysining tabiat yodgorliklari va ularni muhofaza qilish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi ishi kirish, 3 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan iborat.

Ishning kirish qismida magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi, tadqiqot obyekti va predmeti, tadqiqot maqsadi va vazifalari; ilmiy yangiligi, tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari, tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili), tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi, tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati va ish tuzilmasining tavsifi keltirilgan.

Birinchi bob “Ohangaron vodiysiga tabiiy geografik tavsif”ga bag‘ishlangan bo‘lib, 3 ta paragrafdan iborat. Ikkinchi bobda Ohangaron vodiysining tabiat yodgorliklari va ularni tavsiflash yoritilgan. Ushbu bob ham 3 ta paragrafdan iborat. Ishning uchinchi bobida Ohangaron vodiysining tabiat yodgorliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari tahlil etilgan.

Xulosa qismida olib borilgan tadqiqot natijasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ishda 35 ta adabiyotlardan foydalanilgan.

Umuman olganda, R.Z. Raxmonov tomonidan tayyorlangan “Ohangaron vodiysining tabiat yodgorliklari va ularni muhofaza qilish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi ishi magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi va uning mazmuniga qo‘yiladigan talablar asosida rasmiylashtirilgan. Magistrlik dissertatsiyasi tugallangan ish hisoblanib, uni himoyaga tavsiya etish mumkin.





Download 46,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish