Mirzo ulugʻbek va uning “tarix-i arbaʼ ulus” (“TOʻrt ulus tarixi”) asari xaqida



Download 45 Kb.
bet1/3
Sana24.01.2023
Hajmi45 Kb.
#901754
  1   2   3
Bog'liq
MIRZO ULUGʻBEK VA UNING “TARIX I ARBAʼ ULUS” “TOʻRT ULUS TARIXI”


MIRZO ULUGʻBEK VA UNING “TARIX-I ARBAʼ ULUS” (“TOʻRT ULUS TARIXI”) ASARI XAQIDA
Mirzo Ulugʻbek riyoziyot, falakiyot, musiqashunoslik va tarix ilmlari sohasida qalam tebratgan olim. “Tarix-i arbaʼ ulus” esa, u yaratgan asarlar orasida alohida oʻrin tutadi.
Avvalambor shuni aytish kerakki, “Tarix-i arbaʼ ulus” Mirzo Ulugʻbekning ilmiy rahbarligi va shaxsan ishtirokida yaratilgan. Asar 1425-yili yozib tamomlangan.
“Tarix-i arbaʼ ulus” Rashiduddining mashhur “Jamiʼ ut-tavarix” asari singari tarixchi olimlar jamoasi tarafidan, Mirzo Ulugʻbekning bevosita ishtiroki va rahbarligi ostida yozilgan.
“Tarix-i arbaʼ ulus”ning nusxalari juda kam. Biz yuqorida aytib oʻtdik, asarning toʻliq nusxasi hali topilganicha yoʻq. Bugungi kunda uning qisqartirilgan (majmuʼa) toʻrtta nusxasi saqlangan boʻlib, uning ikkitasi Angliyada, bir nusxasi Hindistonning Bankipur shahri kutubxonasida, toʻrtinchi nusxasi AQSHning Xarvard universitetida saqlanadi.
Asar bir talay tarixiy, jugʻrofiy manbalar va manoqiblar asosida yozilgan. Muallif koʻp hollarda oʻz manbalarini aniq koʻrsatmaydi va “aytishlaricha”, “qissa va tarix kitoblarda” yozilishicha, “Chigʻatoy ulusi ulamolarining kitoblarida keltirilishicha,” “bir guruh odil, haqiqatgoʻy tarix arboblarining aytishicha” kabi umumiy iboralar bilan cheklanadi. Lekin, ayrim oʻrinlarda oʻzi foydalangan baʼzi asarlar va ularning mualliflari nomini ham tilga oladi.
Ulugʻbek mazkur asarini yozishda juda koʻp, mazmun jihatdan xilma-xil (tarix, jugʻrofiya, astronomiya, nazmiy) kitoblardan keng foydalangan.
Asarning mazmuni haqida ikki ogʻiz soʻz. Avvalo shuni aytish kerakki, muallifning oʻzi mazkur asarini qism yoki boblarga boʻlmagan. Biz “Tarix-i arbaʼ ulus” xususidagi bundan bir necha yil muqaddam chop etgan kichik bir maqolamizda mazkur asarni toʻrt ulus tarixini oʻz ichiga olganligidan kelib chiqib, toʻrt qismdan iborat deb aytgan edik. Asarni sinchiklab oʻrganish va tarjima qilish jarayonida uning mundarijasi haqidagi fikrimiz oʻzgardi. Uni taxminan muqaddima va yetti bobga boʻlish mumkin, degan xulosaga keldik.
Muqaddima (v. 1 b — 7 6) da, oʻrta asr tarix ilmida hukm surgan anʼanaga koʻra, Tangri taolo, uning elchisi, paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va-s-sallam va avlodlari shaʼniga aytilgan maqtovlar, Odam Atoning yaratilishi hamda islomiyatdan avval oʻtgan paygʻambarlar (Shis, Qaynon, Mahloyil va boshqa), Nuh alayhissalom, shuningdek, uning farzandlari tarixi qisqacha bayon qilinadi.

Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish