Misol tariqasida- ms-dos, Linux, unix, Windows, Solaris va boshqalar



Download 54,3 Kb.
Sana07.01.2022
Hajmi54,3 Kb.
#329692
Bog'liq
Jamol Xatni tugatdiyu 1


1-kazus

1. Botir universtet talabasi bo’lgandan so’ng yangi kompyuter sotib oldi va unga operatsion tizim o’rnatilmaganidan xabar topdi. Botir ushbu muammoni hal qilish uchun nimalar qilish lozimligini tushuntirib bering.

2. Tergovchi Boqiev dalil va ko’rsatmalarni to’plagan holda barcha hujjatlarni sudyaga taqdim qilish uchun qaysi dasturiy vositalardan foydalangan holda barcha hujjatlar jadvalini tuzadi.


  1. Avvalambor kazusimizning 1-savoliga javob berishimizdan oldin operatsion tizim nima ekanligini bilib olishimiz zarur. Kompyuter resurslarini   va   ma’lumotlarni muvofiqlashtiradigan va boshqaradigan dasturiy ta’minotning asosiy qismi yoki, dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirish-chiqishni  va ma’lumotlarni  boshqararish kabi vazifalarni ta’minlaydigan dasturiy vosita. Garchand operatsion tizimlar ko‘proq dasturiy bo‘lsalar ham, biroq, qisman apparat vositalari qo‘llanishi ham mumkin. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga:

  • fayl tizimini  boshqarish  (yozish,  o‘zgartish, fayllardan nusxa ko‘chirish, erkin foydalanishni nazorat qilish);

  • dasturlar bajarilishini  boshqarish  (protsessor vaqtini  taqsimlash,  dasturlarni  diskdan  tezkor xotiraga  yuklash,  yashirin  xavfli  ta’sirni  tutib olish va h.q.);

  • xotirani boshqarish   (keshlash,   taqsimlash, ma’lumotlar butligi nazorati va h.k.);

  • foydalanuvchi bilan muloqot  (klaviaturadan, sichqonchadan   buyruqlarni   o‘qish,   axborotni ekranga, printerga chiqarish va h.k.) kiradi.

Bundan   tashqari  operatsion  tizimlar,  kompyuterlarni turli rusumdagi tarmoqlardan – mahalliy  tarmoqlardan  global  koorporativ tarmoqlargacha, shu  jumladan,  Internet  tarog‘idan    erkin    foydalanishni    boshqaradi1.Misol tariqasida– MS-DOS, Linux, UNIX, Windows, Solaris va boshqalar.

Endi Botir bu muammoni hal qilish uchun operatsion tizimni o’rnatishni o’rnatish zarur.Mening fikrimcha, Botir o’z kompyuteriga Windows operatsion tizimini o’rnatgani maqsadga muvofiq.Chunki bu operatsion sistemaning imkoniyatlari va afzalliklari ko’p.Masalan: foydalanuvchi uchun juda qulay; tezkor xotiradan unumli foydalanadi; zamonaviy dasturlardan va qurilmalardan foydalanadi; bir vaqtda bir nyecha dasturlarni ishlatish imkoniyatiga ega;  ovozlar va vidyeo yozuvlar bilan ishlash imkoniyatini yaratadi; foydalanuvchilar o`zi uchun ishchi stoli va ishchi stoliga fonlar, tasvirlar tanlash imkoniyatiga ega; internet, intranet xalqaro tormoqlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi; Windows operatsion tizimi o`rnatilganda o`zining standart dasturlarini o`rnatadi: Windows operatsion tizimida dasturlar bir-biridan axborot almashinish imkoniyat mavjud; sichqoncha bilan ishlash juda qulay.

Bu operatsion sistema haqida ma’lumotlar ko’p, lekin Botir endi uni o’z kompyuteriga o’rnatishi zarur.Endi shu haqida qisqacha ma’lumot kerak. Windows os larni asosan o’rnatuvchi disk yoki fleshkani o’rnatish uchun tayyorlab o’rnatish mumkun. Ikkala holatda ham windows kerakligicha o’rnatiladi. Biz hozir windows 10 os ni ustonovichniy disk orqali o’rnatishni ko’rib chiqamiz.  


  1. Dastlab, operatsion tizim diskini kompyuterga qo‘yib, shu diskdan yuklanishni biosda ko‘rsatib o‘tamiz, ya’ni kompyuter yonganda dastlab shu disk ishlasin. Agar bunday qilish qo‘lingizdan kelmasa, diskni kompyuterga qo‘yib, uni yoqing, odatda avtomat disk o‘qiladi(ko‘p hollarda). Shunda ekranga quyidagi oyna chiqadi va diskdan yuklanish uchun istalgan biror tugmani bosish talab qilinadi.

         2. Biror tugmani bosib, kompyuterni disk orqali yuklanishini tasdiqlaymiz. Kompyuter avtomatik tarzda  diskovoddagi ustonovichniy diskni o’qishni boshlaydi. 



3. Bu yerdan os o’rnatiladigan til, soat formati va klaviatura tili tanlanadi. Russkiyni tanlaymiz va Далее ni bosamiz. 



4. Установить ni tanlaymiz va Далее ni bosamiz.



5. Bu yerda Windows 10 os pullik dasturiy mahsulot bo’lganligi sababli, windows 10 os uchun sotib olingan kalitni kiritishni so’ramoqda. Kerakli kalitni kiritamiz va Далее ni bosamiz. (Eslatma! Windows 10 kalitni kiritmaguncha ishga tushmaydi, Lekin ayrim kreklangan versiyalarida kalit soramaydi, lekin aktivatsiya so'raydi).



6. Bu bo’limda windows 10 os dasturiy ta’minotidan foydalanish haqida litsenziya shartlari bilan tanishib chiqishimiz mumkun. Biz litsenziya shartlariga rozi bo’lgan holda Далее ni bosamiz.



7. Yangilash yoki to‘liq o‘rnatishdan biri tanlish kerak bo‘ladi, biz «Полная установка«bo‘limini tanlaymiz. Chunki o‘rnatilish to‘liq va boshidan amalga oshirilishi kerak.



8. Bu oynada kompyuterimiz qattiq diskida mavjud bo’lingan mantiqiy hamda sistemniy disklar  paydo bo’ladi. Ko’pgina kompyuterlarda  2 ta razdel disk paydo bo’ladi. Biz o’zimizga kerakli diskni tanlaymiz va formatirovni ezib ( C diskni adashtirib yubormaslik kerak. Aks holda ma'lumotlarimiz o'chib ketishi mumkun)  Далее ni bosamiz. 



9. O’rnatilsih jarayoni boshlanadi. O‘rnatilish tugaganidan so‘ng, kompyuter qayta yuklanadi va sozlash ishlari boshlanadi, dastlab kompyuter foydalanuvchisi nomi va kompyuter nomi kiritilish so‘raladi



10. Shundan so‘ng, foydalanuvchi nomi va  parol, parolni qaytadan kiritish, parolni yodga soladigan so‘z yoki gap kiritilish talab qilinadi. Далее ni bosamiz. 



11. Shundan so’ng  windows 10 os ni o’rnatish oxirgi bosqichi jarayoni boshlanadi. Bir necha minut o’z interfeysi sozlanmalarini o’rnatadi va ishchi stol oynasiga o’tiladi. 



12. O’rnatilish yakuniga yetdi. Windows 10 ishchi stoli avtomatik tarzda ishga tushadi. Bemolol unga qo’shimcha dasturlar o’rnatib undan foydalanishingiz mumkin.2

Agar Botir yuqorida qayd etilgan taribda uni o’rnatsa u xarid qilgan kompyuteridan bemalol foydalana oladi.Nega men aynan Windows 10 operatsion sistemasini misol qilib oldim chunki uning imkoniyatlari undan oldingi Windows 8.1 dan ancha ko’proq.Masalan chiroyli dizayn, yangi xususiyatlar, yangi sozlamalarga ham nigohimiz tushadi.

Endi kazusimizning 2 savoliga o’tamiz.So’z jadval haqida ketar ekan birinchi bo’lib bizga Excel dasturi yordam beradi.Bu dastur jadval uzishga juda qulay bo’lib, avfzalliklari va qulayliklari ko’p.



Microsoft Excel (baʼzan Microsoft Office Excel deb ataladi) — Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft WindowsWindows NT va Mac OS, shuningdek Android, iOS,Windows Phone uchun yaratilgan elektron jadvallar bilan ishlash uchun dastur. U iqtisodiy-statistik hisob-kitoblar, grafik vositalar imkoniyatlarini taqdim etadi. Mac OS X platformasidagi Excel 2008 ning dasturlash tili VBA (Visual Basic for Application). Microsoft Excel Microsoft Officening tarkibiy qismi hisoblanadi  va bugun Excel dunyodagi eng mashxur ilovalar qatoriga kiradi.3

Undan tashqari yana jadval tuzuvchi dasturlar ham ko’p.Ularning mashxuri esa Excel dasturidir.Boshqa dasturlarga ham masalan Prorektor 2021, LibreOffice Calc, Wps Office spreadsheets , Zoho Office sheet kabilardir. Bu kabi dasturlar tergovchi Boqievga dalil va ko’rsatmalar, hujjatlarni jadval ko’rinishida tuzishga yordam beradi. Mening maslahitim esa albatta Excel dasturi hisoblanadi chunki maktabda ham informatika darslarida u haqida ma’lumot berilgan va tanishtirilgan.Bu amaliyot hozirda ham o’rgatilyabdi lekin u dasturni imkoniyatlari va xususiyatlari shu qadar ko’pki men hali u haqida to’liq bilmayman.

Xulosa qiladigan bo’lsam, hozirgi paytda hayotni texnikasiz tassavur qilib bo’lmay qoldi. Men kelajakda yurist bo’lmoqchi man , menga albatta bu maqsadga erishish uchun ham texnik qurilmalar, telefon , kompyuterlar as qotadi. Qonunchilik sohasida asosan kompyuterlardan keng foydalanilmoqda, jadval, hujjat, e’lon kabilar ham kompyuter dasturlari orqali amalga oshirilyabdi. To’g’ri telefon ham kerak lekin kompyuterning imkoniyatlari keng bo’lgani uchun ham undan foydalanish darajasi yuqori. Bizdan hozirda ham kompyuterdan to’liq foydalanish ko’nikmasi talab qilinyabdi. Uning uchun ustozlarimiz kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida ochiq darslar va turli to’garakalar orqali bizga u haqida ma’lumot berishyabdi. Undan tashqari kompyuter xarid qilishda uning qanday jihatlariga e’tibor berish va operatsion sistema haqida, dasturlar ustida amallar o’rgatilyabdi. Qonunchilik sohasiga qadam qo’yayotgan har bir shaxs texnik qurilmalardan foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lish zarur. Bu esa o’z navbatida shaxsning ishiga yengillik kiritadi va imkoniyatlarni kengaytiradi.Men ham hozir texnik qurilmalar, kompyuter va boshqa texnik vositalar haqida batafsil o’rganyabman.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. https://talaba.su/operatsion-tizimlar-va-ularning-turlari.

  2. https://qnbuz.net/blog/131/kompyuterga-windows-operatsion-tizimini-ornatish.

  3. Microsoft Excel - Vikipediya (wikipedia.org)



1 https://talaba.su/operatsion-tizimlar-va-ularning-turlari.

2 https://qnbuz.net/blog/131/kompyuterga-windows-operatsion-tizimini-ornatish.

3 Microsoft Excel - Vikipediya (wikipedia.org)

Download 54,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish