Moddiy nuqta va qattiq jism ilgarilanma harakatining dinamikasi


-§. Moddiy nuqta dinamikasining asosiy qonunlari



Download 133 Kb.
bet4/5
Sana27.06.2022
Hajmi133 Kb.
#708492
1   2   3   4   5
Bog'liq
NUQTA VA QATTIQ JISMLARNING AYLANMA VA ILGARILANMA HARAKATINING O\'RGANISH

4-§. Moddiy nuqta dinamikasining asosiy qonunlari.

1. (3) tenglama kuch ta'siri ostidagi chekli o'lchamli jism harakatini o'zgarishini jism deformatsiyalanmayotgan va ilgarilanma harakatlanayotgan sharoitlardagina ifodalaydi. Aks holda jismning har xil nuqtalarini tezlanishlari bir xil emas va jism harakatining o'zgarishini butunlay jismning tezlanishi a yagonaligidan foydalanib tavsiflab bo'lmaydi. Chekli o'lchamli jismlardan farqli moddiy nuqtalar uchun (3) tenglama to’g’ri. Shuning uchun moddiy nuqta harakatining asosiy qonunini xuddi matematik yozuv sifatida harash kerak:


moddiy nuqtaning tezlanishi uni yuzaga keltirayotgan kuchga to’g’ri proportsional, yo'nalishi bir xil va moddiy nuqtaning massasiga teskari proportsional.
Nyuton mexanikasida moddiy nuqtaning massasi vaqt t ga bog’liq emas, tezlanish esa , bu yerda V-nuqta tezligi. Shuning uchun (3) tenglamani quyidagi shaklda qayta yozamiz.
(5)
yoki
(6)
R vektori moddiy nuqta massasini uning tezligiga ko'paytmasiga teng bo'lib, moddiy nuqta impulsi deyiladi.
Nazariy mexanikada (shuningdek, undan oldinroq fizikada) mv vektor harakat miqdori deyiladi. Moddiy nuqtaning impulsi - uning dinamik xarakteristikalarining keraklilaridan biridir.
Moddiy nuqta dinamikasining asosiy qonuni (5) yoki (6) shaklida yozilgan bo'lib, u tasdiqlaydiki, ya'ni
Moddiy nuqta impulsining o'zgarishi tezligi unga ta'sir etayotgan kuchga teng.
Bu tasdiq va tuzum, xozirgi zamon terminalogiyasiga binoan, Nyuton ikkinchi qonunining ma'nosini ifodalaydi. Nyutonning o'zi dinamikaning ikkinchi qonunini quyidagicha ifodalagan (akad A.N.Kro’lov tarjimasidan): "harakat miqdorining o'zgarishi berilgan xarakatlantiruvchi kuchga to’g’ri proportsional va to’g’ri chiziq bo'ylab shu kuch ta'siri tomon yo'nalgan"
Moddiy nuqta dinamikasining asosiy qonuni klassik mexanikada sababiyat printsipini ifodalaydi, ya'ni vaqt o'tishi bilan harakat holatining va moddiy nuqtaning fazodagi holatini va unga kuch ta'sirining o'zgarishlari orasida bir xil ma'noga ega bo'lgan bog’lanish o'rnatiladi. Bu qonun moddiy nuqtaning boshlang’ich holatini (qandaydir vaqtning boshlang’ich momentidagi uning korrdinata va tezligini) va unga ta'sir etayotgan kuchni bilan holda moddiy nuqtaning xoxlagan kelguvsi vaqt momentidagi xolatini xisoblashga imkon beradi.
3. Tajriba dalillarini umumlashtirishga asoslanib Nyuton mexanikasining muhim printsipi ya'ni kuchlar ta'sirining mustaqillik printsipi quyidagicha ta'riflanadi:
Agar moddiy nuqtaga bir vaqtda bir qancha kuch ta'sir etsa, u holda ularning har biri moddiy nuqtaga shunday tezlanish bilan ta'sir etadiki, xuddi boshqa kuch bo'lmagandek.
Shunday qilib, m massaga ega bo'lgan moddiy nuqta unga qo'yilgan F1, F2, ….., Fn kuchlarning bir vaqtdagi ta'siri ostida a tezlanish oladi:
(7)
bu yerda - natijaviy kuch. Bu kuch shu kabi moddiy nuqtaning tezlanishi, bir-biri bilan tutash bo'lgan tekisliklarda yotadi va uni bu tekislikda ikkita - trayektoriyaga urinma Ft va normal Fn tashkil etuvchiga ajratadi:

(7) dan nuqtaning urinma va normal tezlanishlari mos holda quyidagiga teng
(7`)
Fn normal kuch, shuningdek an normal tezlanish egrilik trayektoriyasining markaziga tomon yo'nalgan. (1.23) dan ko'rinadiki,
(8)
bu yerda R - moddiy nuqta trayektoriyasining egirilik radiusi, - uning tezligi. (1.22) ga asosan,

4. Ayrim xususiy hollarni ko'ramiz:
1) Ft vektori V tezlik yo'nalishiga mos tushadi. - nuqta tezlanuvchan harakat qiladi ;
2) Ft vektori V tezlik yo'nalishiga harama-harshi - nuqta sekinlanuvchan harakat qiladi ;
3) Ft = 0 - nuqta tekis harakat qiladi ;
4) Ft = 0, bo'lsa Fn=const - nuqta doimiy egrilik radiusi (R=const) bilan trayektoriya bo'ylab ya'ni, aylana bo'ylab-yassi trayektoriya bo'lgan holda vint chizig’i bo'ylab - fazoviy trayektoriya bo'lgan holda tekis ( =const) harakatlanadi.
5. Moddiy nuqta dinamikasining asosiy qonuni (6) ni quyidagi shaklda qayta yozamiz
(10)
Fdt vektorni juda ham kichik dt vaqt oraligidagi uning ta'siri F kuchning elementar impulsi deyiladi. Shunday qilib moddiy nuqta dinamikasi va kuchlarning mustaqillik printsipidan quyidagi kelib chiqadi.
Kichik dt vaqt oraligida moddiy nuqta impulsining o'zgarishi ana shu moddiy nuqtaga ta'sir etayotgan shu vaqt oraligidagi hamma natijaviy kuchlarning elementar impulsiga teng. (10) ni integrallab oxirgi vaqt oraliklari t=t1 dan t=t2=t1+Dt gacha moddiy nuqta impulsining o'zgarishidan quyidagini topamiz:
(11)
(11) tenglamani o'ng tomonida turgan intergal Dt=t2-t1 vaqt oraligidagi F kuch impulsini ifodalaydi. Agar moddiy nuqtaga doimiy F kuch ta'sir etsa, u holda
(11`)
Kuch o'zgaruvchan bo'lgan holda
(11``)
bu yerda - bu t1 dan t2 gacha vaqt oraligidagi o'zgaruvchan kuchning o'rtacha qiymati, ya'ni shunday doimiy kuchki, ko'rilayotgan vaqt oraligidagi impuls o'zgaruvchan F kuchning impulsiga teng.


Download 133 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish