Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida



Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/47
Sana11.04.2022
Hajmi0,93 Mb.
#541867
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
250-сон 28.04.2021. Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
MODDIY YORDAM VA KO‘MAKKA MUHTOJ OILALARNI, XOTIN-QIZLAR VA YOSHLARNI IJTIMOIY QO‘LLAB-
QUVVATLASH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholi, shu jumladan, xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj,
turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va kasb-hunarga ega bo‘lmagan, huquqiy va ma’naviy-psixologik qo‘llab-
quvvatlashga zarurati bo‘lgan fuqarolarga davlat tomonidan manzilli ko‘maklashish bo‘yicha mutlaqo yangicha
tizim joriy qilindi.
Xususan, koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasiga salbiy ta’sirini yumshatish, aholini ijtimoiy
himoya qilish va ko‘makka muhtoj oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga
oshirilmoqda.
Bu yo‘nalishda manzilli, har bir shaxs bilan individual va tizimli ravishda muntazam ish olib borishni tashkil
qilish maqsadida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar bo‘yicha mutlaqo yangi — “Temir daftar”, ijtimoiy,
iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb-hunar o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan
xotin-qizlar va yoshlar bo‘yicha tegishlicha “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” tizimlari hayotga tatbiq etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarliklarida 2021-yil 26-fevralda xotin-qizlar muammolarini hal etish,
ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda davlat organlarining mas’uliyatini oshirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan
kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning hayot va turmush sharoitidagi
muammolarini aniqlash, yakka tartibda ishlash orqali ularning hayot tarzini yaxshilash hamda ijtimoiy faolligini
oshirish, shuningdek, aniqlangan muammolarni kompleks va manzilli hal qilish, mutasaddilarning hisobdorligi
va faoliyatini baholash tartibini belgilash yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosini so‘zsiz ta’minlash maqsadida
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahallabay” ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va oilaviy tadbirkorlikni
rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 19-martdagi
152-son 
qarori
 bilan “mahallabay” ishlash tizimi joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va maslahatchilari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari,
idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar,
Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari, sektorlar rahbarlari ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir
oilalar muammolari bo‘yicha “Temir daftar”ga, ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va kasb-
hunarga ega bo‘lmagan, huquqiy va ma’naviy-psixologik qo‘llab-quvvatlashga zarurati bo‘lgan xotin-qizlar va
yoshlar bo‘yicha tegishlicha “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish
va ularning farovonligini oshirish uchun shaxsan mas’ul etib belgilansin.
3. Quyidagilar:
“Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda
hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib 
1-ilovaga 
muvofiq;
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib 
2-ilovaga 
muvofiq;
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib 
3-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi,
tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorga 
1

2

3-ilovalarda 
nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishda
quyidagi asosiy yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratsin:
a) “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolar bo‘yicha:
bandlikni ta’minlash;
tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko‘maklashish;
tadbirkorlikka jalb qilish;
moddiy yordam hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish;
b) “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bo‘yicha:
bandlikni ta’minlash;
tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko‘maklashish;
tadbirkorlikka jalb qilish;
moddiy yordam ko‘rsatish;
turar joy ijarasi uchun kompensatsiya to‘lash;
tibbiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish;
v) “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bo‘yicha:
kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish;
bandlikni ta’minlash;
tadbirkorlikka jalb qilish;
xorijda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil etish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-
kontrakt asosida yillik o‘qish xarajatlarini to‘lab berish;
tibbiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari
bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov Iqtisodiy
taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Davlat soliq qo‘mitasi, tijorat banklari, tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:


“Temir daftar”ni yuritish hamda unga kiritiladigan ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar bilan
ishlash bo‘yicha tartibni, hisobot berish va ma’lumotlarni taqdim qilish shaklini amaliyotga joriy etish choralarini
ko‘rsin;
jamiyatda ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka
chuqur tushuntirish choralarini ko‘rsin, shuningdek, “Temir daftar” bilan ishlash borasidagi ishlarni
muvofiqlashtirsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A.
Musayev Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, tegishli vazirliklar va idoralar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni yuritish hamda ularga kiritiladigan yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash
bo‘yicha tartibni, hisobot berish va ma’lumotlarni taqdim qilish shaklini amaliyotga joriy etish choralarini ko‘rsin;
jamiyatda xotin-qizlar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan
chora-tadbirlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka, yoshlar va ayollarga tushuntirish, shuningdek,
“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi
faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-martdagi PQ-
5020-son 
qaroriga
 muvofiq:
a) Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tomonidan:
turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, ularning turmush va mehnat sharoitlarini
yaxshilash, daromadlarini ko‘paytirish borasida tizimli chora-tadbirlar belgilanishi;
hududiy xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari, mahallalardagi “Ayollar maslahat kengashlari” faoliyati
muvofiqlashtirilishi, ularning davlat va jamoat tashkilotlari bilan samarali hamkorligini ta’minlash, ularga uslubiy-
amaliy ko‘maklashish;
“Ayollar daftari” bilan manzilli ishlash, mutasaddi tashkilotlar, sektorlar tomonidan xotin-qizlarning
muammolari o‘z vaqtida bartaraf etilishi yuzasidan jamoatchilik nazorati amalga oshirilishi;
b) Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha
respublika komissiyasi tomonidan:
“Ayollar daftari”ni shakllantirish va unga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy ahvoli va
turmush sharoiti og‘ir, ishsiz hamda zo‘ravonlikka uchragan ayollar muammolarini aniqlash va hal qilish bo‘yicha
mas’ul idora va rahbarlarning natijaga yo‘naltirilgan faoliyati yo‘lga qo‘yilishi va muvofiqlashtirilishi;
sektor rahbarlari, hokimlarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari tomonidan joylardagi xotin-
qizlar muammolarini hal etish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, amalga oshirilishi va xalq deputatlari
mahalliy Kengashlarida har oyda hisobot berishini yo‘lga qo‘yish tashkil etilishi belgilanganligi ma’lumot uchun
qabul qilinsin.
8. Belgilab qo‘yilsinki:
“Temir daftar”ning yuritilishi bo‘yicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi;
“Ayollar daftari” yuritilishi bo‘yicha Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi;
“Yoshlar daftari” yuritilishi bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligi mas’ul hisoblanadi.
9. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ning yuritilishi, ularga kiritilgan shaxslarning
muammolarini hal etish, tizimli ko‘maklashish va ko‘rilayotgan choralar natijadorligini baholash yuzasidan
quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tizim joriy etilsin:
a) har oyda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi:
“Temir daftar”ning yuritilishi yuzasidan hududlar bo‘yicha hisobot va tahliliy materiallarni O‘zbekiston
Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A.
Qo‘chqorovga kiritadi;
hududlar faoliyatiga baho berilishi, shuningdek, muammolarni “mahallabay” hal etish bo‘yicha tegishli
vazirliklar va idoralar hamda hokimliklarga topshiriq xatlari yuborilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish
vaziri J.A. Qo‘chqorov tomonidan “Temir daftar”ning yuritilishi va uning natijalari bo‘yicha har oyda O‘zbekiston
Respublikasining Bosh vaziriga axborot berib boriladi;
b) har oyda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi:
tegishlicha “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ning yuritilishi yuzasidan hududlar bo‘yicha hisobot va
tahliliy materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
B.A. Musayevga kiritadi;
hududlar faoliyatiga baho berilishi, shuningdek, muammolarni “mahallabay” hal etish bo‘yicha tegishli
vazirliklar va idoralar hamda hokimliklarga topshiriq xatlari yuborilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev
tomonidan:
“Ayollar daftari”ning yuritilishi va uning natijalari bo‘yicha har oyda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senatiga axborot kiritiladi;
“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ning yuritilishi hamda ularning natijalari bo‘yicha har oyda O‘zbekiston
Respublikasining Bosh vaziriga axborot berib boriladi;
v) har oyda hokimlar va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida hisobot
berib boradilar va ular faoliyatiga baho beriladi, shuningdek, aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha xalq
deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan mahallabay “yo‘l xaritalari” tasdiqlanadi;
g) har chorakda:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, tegishli
vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlari joriy yil 20-iyul, 20-oktabr va 2022-yil 20-yanvarga qadar Vazirlar
Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilinadi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida ular faoliyatiga baho beriladi, shuningdek, tizimli va respublika
darajasidagi muammolarni hal etish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” tasdiqlanadi;
d) 2022-yilda va kelgusi yillarda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar har yarim
yillikda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilib boriladi.


10. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va
kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi,
tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklari bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar ushbu qaror bilan tasdiqlangan vaqtinchalik tartiblarning
amaliyotda qo‘llanilishini tahlil qilgan holda, ularni takomillashtirish yuzasidan asoslangan takliflarni Vazirlar
Mahkamasiga kiritsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Mahalla va oilani
qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
2021-yil 1-iyunga qadar tegishlicha “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ning elektron tizimini
takomillashtirish ishlarini yakunlasin hamda Axborot texnologiyalari vazirligining xulosasiga muvofiq axborot
xavfsizligi talablariga rioya etgan holda vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari hamda ma’lumotlar
bazalaridagi mavjud bo‘lgan axborot va ma’lumotlarning “Elektron hukumat” tizimi idoralararo
integratsiyalashuv platformasi orqali yoki o‘zaro to‘g‘ridan to‘g‘ri integratsiya qilinishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda “Mahalla” xayriya jamoat
fondining “Ayollar daftari” bilan ishlash elektron tizimini takomillashtirish uchun “Mahalla” xayriya jamoat fondiga
tushgan qo‘shimcha homiylik mablag‘lari hisobidan aniq hisob-kitoblarga asosan Mahalla va oilani qo‘llab-
quvvatlash vazirligi huzuridagi “Obod va xavfsiz mahalla” jamg‘armasi hisobvarag‘iga zarur bo‘lgan mablag‘larni
o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida” 2021-yil 8-yanvardagi 2-son 
qarori
 o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot
va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish
vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha
o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish