Moliya bozori va qimmatli qogʻozlar fanidan test



Download 39,93 Kb.
Sana01.04.2022
Hajmi39,93 Kb.
#523137
Bog'liq
MB va QQ fanidan test


Moliya bozori va qimmatli qogʻozlar fanidan test

Moliya bozorining oʻziga xos xususiyati toʻgʻri keltirilgan javobni aniqlang?.


{= bu bozor pul mablagʻlari oqimini jamgʻaruvchidan qarz oluvchiga tomon yoʻnaltiruvchi bozor institutlari jamlanmasidir
~bozorda savdo qilinadigan qimmatli qogʻozlar asosan qisqa muddatli hamda likvidlilik darajasi yuqori boʻlgan instrumentlar hisoblanad;
~bu bozorda qimmatli qogʻozlarni qoʻshimcha joylashtirish faqat yopiq xarakterga egadir
~bozorda operatsiyalar asosan monitar siyosat, davlatlar va xalqaro moliya tashkilotlari darajasida amalga oshiriladi}

Moliyaviy instrumentlardan foydananish asosida moliyaviy vositachilar orqali vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini qayta taqsimlash yuz beradigan bozor qanday nomlanadi?


{= moliya bozori
~sugʻurta va xususiy pensiya bozori
~qimmat baho metallar bozori
~qimmatli qogʻozlar bozori}

Moliya bozorining funksiyalari notoʻgʻri keltirilgan javobni aniqlang?.


{= kapitalni jamlashda qatnashmasligi
~kapitalni vaqt, tarmoqlararo va mamlakatlararo qayta taqsimlash
~risklarni boshqarish
~axborotlar assimmetriyasi bilan bogʻliq muammolarning oldini olish}
Moliya bozorlarida investorlar oʻz kapitallarini qay tartibda joylashtiradi?
{=vositachilar orqali
~investorlar orqali
~korxonalar orqali
~banklar orqali}

Moliya bozorining asosiy vositachilar qatori notoʻgʻri keltirilgan javobni belgilang?


{=emitentlar
~tijorat banklari
~birjalar
~kollektiv investitsiyalash institutlari}
Qarz majburiyati yoki ulush munosabatini yuzaga keltiruvchi moliyaviy aktiv – bu …?.
{= moliyaviy instrument
~moliyaviy majburiyat
~konosament
~indossament}

Instrumentlari muomalada boʻlish muddatiga koʻra moliya bozori qanday turdagi bozorlarga ajratiladi?


{= pul bozori va kapital bozori
~birlamchi va ikkilamchi bozor
~birjaviy va nobirjaviy bozor
~milliy va halqaro bozorlar}

Kontinental modelida bozordagi moliyaviy vositachi funksiyalari kim tomonidan bajariladi?


{= tijorat banklari
~nobank moliya institutlari
~qimmatli qogʻozlar boʻyicha kompaniyalar
~broker hamda dilerlar orqali}

Qaysi mamlakatlar iqtisodiyotini moliyalashtirishda asosan qimmatli qogʻozlar bozori orqali moliyalashtirish usulidan foydalaniladi?


{= Amerika qoʻshma shtatlari, Buyuk Britaniya
~Germaniya, Nirderlandiya
~Yaponiya, Shveysariya
~Shvetsiya, Fransiya}

Islom modelining shakllanish sababi toʻgʻri keltirilgan javobni aniqlang?


{~neft eksportidan yuqori daromad kelishi sababli
~obligatsiyalar bozorining mavjud emasligi sababli
=foiz olishga qoʻyilgan taʼqiq sababli
~biznesga investitsiya kiritishdagi turli cheklovlar sababli}
Quyidagi bozorlarning qay birida qisqa muddatli hamda likvidlilik darajasi yuqori boʻlgan qimmatli qogʻozlar bilan savdo qilinadi?
{= pul bozorida
~kapital bozorida
~ulgurji bozorda
~intelektual tovarlar bozorida}

Pul bozoridagi qimmatli qogʻozlarning asosiy xususiyatlari notoʻgʻri keltirilgan javobni aniqlang?


{= ularning amal qilish muddati asosan bir yildan uzoq boʻladi
~ular asosan yirik, yaʼni koʻp miqdorda sotiladi
~ulardagi defolt riski juda ham past hisoblanad
~ularning muddati emissiya qilingan sanadan boshlab bir yilgacha boʻladi}

Qanday omillar pul bozorining jozibadorligini taʼminlaydi?


{=qisqa muddatli qimmatli qogʻozlar boʻyicha bitimlar tuzilishi
~asosan yirik kompaniyalarning qimmatli qogʻozlari bilan bitimlar tuzilishi
~asosan uzoq muddatli qimmatli qogʻozlar bilan bitimlarning tuzilishi
~pul bozori instrumentlarida diskont stavkalarining yuqori boʻlishi}

Quyidagilarning qay biri pul bozorining likvidlilik darajasini taʼminlovchi vositachilar hisoblanadi?


{= investitsiya kompaniyalari
~sugʻurta kompaniyalari
~korxonalar
~gʻaznachilik boshqarmas}.

Qanday sabab bilan davlat qisqa muddatli qimmatli qogʻozlari (T-Bills) emissiya qilinadi?


{= davlat qarzini qoplash uchun
~davlatdagi inflyatsiya surʼatlarini pasaytirish uchun
~valyuta kursini oshirish uchun
~davlatdagi banklarning likvidliligini saqlab qolish maqsadida}

AQSHda davlat qisqa muddatli qimmatli qogʻozlari (T-Bills)ning muddati asosan necha kunni tashkil etadi?


{= 28; 91 va 182
~182; 91 va 28
~120; 80 va 160
~30; 90 va 120}

Bankir kafolati (Bankerʻs acceptance) deb nomlanuvchi operatsiyalarni amalga oshirishning ilk bosqichlari nechanchi asrga toʻgʻri keladi?


{= XII asr
~XI asr
~XX asr
~XIV asr}

Pul bozori instrumentlarida diskont stavkalarining yuqori yoki past boʻlishi qanday omilga bogʻliq?


{= ularning muddatiga bogʻliq
~ularning daromadligiga bogʻliq
~ularning bozor kursiga bogʻliq
~ularning nominal qiymatiga bogʻliq}
Xorijiy banklar yoki Amerika banklarining xorijiy filiallarida dollarda shakllantirilgan depozitlar qanday nomlanadi?
{= yevrodollar
~yevrobond
~yevronota
~yevrovalyuta}

Uni chiqargan shaxs va egasi oʻrtasidagi qarz munosabatni tasdiqlovchi qimmatli qogʻoz turi qanday nomlanadi?


{=obligatsiya
~aksiya
~yevrodollar
~yevroaksiya}

Obligatsiyalar boʻyicha daromad qanday koʻrinishda ifodalanadi?


{= foiz yoki diskont koʻrinishida
~dividend koʻrinishida
~ulush koʻrinishida
~pay koʻrinishida}

Obligatsiyalar emissiyasini amalga oshirish huquqi qanday korxonalarga beriladi?


{= faqat kredit layoqatiga javob beruvchi korxonalarga
~moliyaviy inqiroz yoqasidagi korxonalarga
~davlat ulushi mavjud korxonalarga
~faqat aksiyadorlik jamiyatlariga}

Kompaniya tugatilganda qimmatli qogʻozlarni soʻndirish tartibi toʻgʻri keltirilgan javobni belgilang?


{= birinchi navbatda obligatsiya boʻyicha foiz toʻlovlari, soʻngra aksiya boʻyicha dividendlar toʻlanadi
~avval imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar soʻngra esa obligatsiya boʻyicha foiz toʻlovlari toʻlanadi
~kompaniyalar tugatilganda qimmatli qogʻozlar boʻyicha hech qanday toʻlovlar amalga oshirilmaydi
~faqat oddiy va imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlanadi}

Obligatsiyalarning emitent turiga koʻra koʻrinishlari notoʻgʻri keltirilgan javobni belgilang?


{= konvert obligatsiyalar
~munitsipal obligatsiyalar
~korporativ obligatsiyalar
~xorijiy obligatsiyalar}

Taʼminlangan obligatsiyalarning emitent va investor uchun afzalliklari nimalardan iborat?


{= emitent uchun obligatsiyani joylashtirish boʻyicha muammoning deyarli yoʻqligi va investor uchun qarz majburiyatni qaytarish kafolati yuqori darajadaligi
~emitent uchun qoplash muddatidan avval qaytarib olinganlik uchun toʻlov va investor uchun obligatsiyaga egalik qilish huquqi cheklanganligi
~emitent uchun qarz majburiyati qiymati pasayishi imkoniyati va investor uchun qoʻyilmalar xavfsizligining yuqori darajasi
~emitent uchun moddiy aktivlarning garov riski mavjudligi va in-vestor uchun boshqa obligatsiyalarga nisbatan foizli daromadning pastligi}
Daromad toʻlash shakllari boʻyicha obligatsiyalarning tasniflanishi toʻgʻri berilgan javobni koʻrsating?
{= kuponli, diskontli va qoplash vaqtida daromad toʻlanadigan obligatsiyalar
~nollik kuponli va qoplash vaqtida foiz toʻlanadigan obligatsiyalar
~kuponsiz va nollik kuponli obligatsiyalar
~qoplash vaqtida daromad toʻlanadigan va nollik kuponli obligatsiyalar}

Obligatsiya qiymati, kupon stavkasi va bozor stavkasi (daromadlilik meʼyori) oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik toʻgʻri koʻrsatilgan javobni belgilang?


{= agar bozor stavkasi (daromadlilik meʼyori) obligatsiya kupon stavkasidan yuqori boʻlsa, obligatsiya joriy qiymati uning nominalidan past boʻladi, yaʼni obligatsiya diskont bilan sotiladi
~agar bozor stavkasi (daromadlilik meʼyori) obligatsiya kupon stavkasidan past boʻlsa, obligatsiya joriy ~qiymati uning nominalidan past boʻladi
~agar talab qilinadigan daromadlilik meʼyori obligatsiya kupon stavkasidan yuqori boʻlsa, obligatsiya joriy qiymati uning nominalidan yuqori boʻladi
~agar talab qilinadigan daromadlilik meʼyori obligatsiya kupon stavkasidan past boʻlsa, obligatsiya joriy qiymati uning nominaliga teng boʻladi}
Oʻz egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻoz turi qanday nomlanadi?
{= aksiya
~obligatsiya
~veksel
~depozit sertifikatlari}

Imtiyozli aksiyalarning koʻrinishlari notoʻgʻri keltirilgan javobni belgilang?


{= oddiy aksiyalar
~konvertlanmaydigan aksiyalar
~nokumulyativ aksiyalar
~kumulyativ aksiyalar}

Fyuchers narxini spot narxidan yuqori boʻlish holati nima deb ataladi?


{= kontango
~bekuordeyshn
~stredl
~spred}

Bekuordeyshn atamasi qanday holatni anglatadi?


{= Fyuchers narxini spot narxidan past boʻlish holatini
~Fyuchers narxini spot narxidan yuqori boʻlish holatini
~Spot narxini fyuchers narxidan past boʻlish holatini
~Spot narxini fyuchers narxidan yuqori boʻlish holatini}

Svop shartnomalarining mohiyati toʻgʻri keltirilgan javobni aniqlang?


{= bu ikki tomonning oldindan kelishilgan shartlariga muvofiq kelajakda maʼlum bir toʻlovlarni va yoki bazis aktivlarni (kelishilgan miqdorda ) almashtirish boʻyicha bitimidir
~bu shartnomalar standartlashtirilgan boʻlib, ular faqatgina birja savdolarining obyekti sifatida nomoyon boʻladi
~bu shartnomalarning oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, uning egasi qimmatli qogʻozning oʻzini emas balki uni sotib olish yoki sotish huquqini maʼlum bir mukofot evaziga sotib oladi
~bu shartnomalar birjadan tashqarida tuziluvchi, kelajakda bazis aktivni yetkazib berish haqidagi tomonlarning kelishuvidir}
Swop shartnomalarida oʻzgaruvchan foiz stavkasi sifatida asosan qaysi foiz stavkasidan foydalaniladi?
{= LIBOR
~FIBOR
~MIBOR
~INSTAR}

Forvard shartnoma davrida aksiyalarga dividend toʻlanishi forvard narxiga qanday taʼsir etadi?


{= forvard narxi toʻlanadigan dividendlar hajmiga muvofiq korrektirovka qilinadi
~toʻlanadigan dividendlar forvard narxiga taʼsir etmaydi
~forvard shartnomaning bazis aktivi sifatida aksiyalar qoʻllanil-maydi
~dividend qiymati aksiyalarning nominal qiymatidan yuqori boʻlgandagina forvard narxi dividend hajmiga muvofiq korrektirovka qilinadi}

Oʻz egasiga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida oʻz ovozi bilan ishtirok etish huquqi, dividendlar olish va aksiyadorlik jamiyati tugatilganda mulkning bir qismiga ega boʻlish huquqini beruvchi qimmatli qogʻoz turini aniqlang?


{= oddiy aksiyalar
~kuponli obligatsiyalar
~imtiyozli aksiyalar
~oltin aksiya}

Aksiyadorlik jamiyat tomonidan aksiyalarning dastlabki chiqarilishini joylashtirish muddati jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran qancha muddatda amalga oshiriladi?


{=bir yilda
~olti oyda
~uch oyda
~toʻqqiz oyda}

Imtiyozli aksiyalar miqdori jamiyat ustav kapitali hajmida necha foizdan oshmasligi lozim?


{= 20% miqdordan
~30% miqdordan
~10% miqdordan
~25% miqdordan}

Oddiy aksiyalar qiymati va daromadliligini baholashning murakkabligini qanday izohlash mumkin?


{= oddiy aksiyalar boʻyicha daromadning kafolatlanmaganligi va amal qilish muddatining mavjud emasligi
~qatʼiy summada daromadning belgilanmaganligi va amal qilish muddatining uzoqligi
~oddiy aksiyalarning doimiy ravishda qoʻldan-qoʻlga oʻtib turishi va joriy kursni aniqlashning murakkabligi
~dividendlarning oʻzgarmasligi va qayta investitsiya qilinishi}

Nollik oʻsish modelida aksiya daromadliligi qanday aniqlanadi?


{= dividend miqdorini aksiya bozor bahosiga boʻlish orqali
~divided summasini aksiya nominal bahosiga boʻlish orqali
~aksiya bozor bahosi va nominal bahosi oʻrtasidagi farqni nominalga boʻlish orqali
~dividend summasini aksiya bozor bahosi va nominal bahosi oʻrtasidagi farqga koʻpaytirish orqali}

Aksiya daromadliligini aniqlashning doimiy oʻsish modeli mohiyati toʻgʻri koʻrsatilgan javobni belgilang?


{= dividendlar har yili bir xil foizda oʻsib boradi
~korxona foydasi doimiy ravishda oʻsib boradi
~aksiya kursi doimiy ravishda oʻsib boradi
~aksiyaga boʻlgan talab doimiy ravishda oʻsib boradi}

Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning shartnoma shartlarini bajarish muddatlari nuqtai nazaridan qanday bozorlarga ajratiladi?


{= Spot bozori va muddatli bozorlarga
~qimmatli qog‘ozlar bozori va fond bozorlarga
~fond bozori va muddatli bozorlarga
~valyuta bozori va fond bozorlariga}

Spot bozorida qanday to‘lovlar amalga oshiriladi?


{=Spot bozorida bir vaqtning o‘zida qimmatli qog‘ozlar keltiriladi va ular bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi
~Spot bozorida malum bir vaqt ichida valyutalar keltiriladi va ular bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi
~Spot bozorida muayyan vaqtda qimmatli qog‘ozlar keltiriladi va ular bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi
~Spot bozorida qisqa muddat ichida aksiyalar keltiriladi va ular bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi}

Spot bozori.....................................hisoblanadi?


{= Spot bozori—naqd shartnomalar bozori hisoblanadi
~Spot bozori—valyuta bo‘yicha shartnomalar bozori hisoblanadi
~Spot bozori—qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha oldi-sotdi bozori hisoblanadi
~Spot bozori— aksiyaga boʻlgan talabning doimiy ravishda oʻsib borishini nazorat qiluvchi bozor hisoblanadi}

Muddatli bozorda nimalar amalga oshiriladi?


{= Muddatli bozor shunday bozorki, unda muddatli shartnomalar amalga oshiriladi
~Muddatli bozor shunday bozorki, qisqa va uzoq muddatli shartnomalar amalga oshiriladi
~Muddatli bozor shunday bozorki, unda faqat uzoq muddatli shartnomalar amalga oshiriladi
~Muddatli bozor shunday bozorki, faqat qisqa muddatli shartnomalar amalga oshiriladi}

Muddatli shartnomaning asosini tashkil etuvchi aktiv................deyiladi?


{= bazis aktiv
~Qimmatli qog‘ozlar
~Xorijiy valyutalar
~obligatsiyalar}

Forvard shartnomalari deganda nima tushuniladi?


{= Forvard shartnomalari-bu ikki tomonnning kelishuvi bo‘lib, unga ko‘ra bir tomon sotish majburiyatini olsa, ikkinchi tomon esa kelajakda amalga oshirishga kelishilgan malum bir muddatda va o‘rnatilgan narxda bazis aktivlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi
~Forvard shartnomalari-bu shunday kelishuvi bo‘lib, unga ko‘ra bir tomon sotish majburiyatini olgan holda, malum bir muddatda va o‘rnatilgan narxda bazis aktivlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi
~Forvard shartnomalari-bu shunday shartnomaki,bunda uch tomonning kelishuvi bo‘lib, unga ko‘ra faqat bir tomon barcha sotish majburiyatini olib,belgilangan narxda bazis aktivlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi
~Forvard shartnomalari-bu shunday shartnomaki, bunda shartnoma egasi tomonidan barcha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olib, malum bir muddatda va o‘rnatilgan narxda bazis aktivlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi}

Forvard shartnomalar qanday amalga oshiriladi?


{= Birjadan tashqari
~fond birjasida
~Qimmatli qog‘ozlar bozorida
~osilaviy qimmatli qog‘ozlarda}

Opsion shartnomalari deganda nima tushuniladi?


{=Opsion shartnomalari ikki tomon o‘rtasidagi shartnoma bo‘lib, u uning egasi qimmatli qog‘ozlarga yoki tovarlarni bitimda qayd etilgan narxda belgilangan muddatda xarid qilish huquqini beradi
~Opsion shartnomalari uch tomonlama shartnoma bo‘lib, u uning egasi qimmatli qog‘ozlarni imtiyozli asosida xarid qilish huquqini oladi
~Opsion shartnomalarini tuzgan investor tomonidan tovarlarni kelishilgan narxda belgilangan muddatda xarid qilish huquqini beradi
~Opsion shartnomalari ikki tomon o‘rtasidagi shartnoma bo‘lib,bunda qisqa va uzoq muddatli shartnomalar bo‘yicha kelishuvlar amalga oshiriladi}

Svoplar qanday bitimlar hisoblanadi?


{= Svoplar-bu ikki tomonning oldindan kelishilgan shartnomalariga muvofiq kelajakda malum bir to‘lovlarni yoki bazis aktivlarni (kelishilgan miqdorda) almashtirish bo‘yicha bitimdir.
~Svoplar-bu uch tomonlama kelishilgan shartnomalariga muvofiq kelajakda malum bir to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha bitimdir.
~Svoplar-bu fond birjalarida tuziladigan shartnomalariga muvofiq qisqa muddatli to‘lovlarni yoki bazis aktivlarni (kelishilgan miqdorda) almashtirish bo‘yicha bitimdir.
~Svoplar-bu qimmatli qog‘ozlar bozorida kelishilgan shartnomalariga muvofiq uzoq muddatli to‘lovlarni yoki bazis aktivlarni (kelishilgan miqdorda) almashtirish bo‘yicha bitimdir}

Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar aylanuvchi bozorlarga muvofiq ularni qanday guruhlarga ajratish mumkin?


{= Birja instrumentlari va birjadan tashqari instrumentlar
~Bazis aktivlari va birjadan tashqari instrumentlar
~Birjadan tashqari instrumentlar va valyuta bozori
~Qimmatli qog‘ozlar bozori va birja instrumentlari}

Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar haqidagi dastlabki fikrlar qaysi asrlarga taqaladi?


{= XVI-XVII asrlarga
~XI-XII asrlarga
~X-XI asrlarga
~XV-XVI asrlarga}

XIX asrning boshlarida aksiyalar bo‘yicha put opsion va koll opsionlar bilan savdolar qaysi birjada amalga oshirila boshladi?


{=London fond birjasida
~CHikago fond birjasida
~AQSH fond birjasida
~Italiya fond birjasida}

Amerika birjalarida tovarlarga va aksiyalarga opsionlar bilan savdo qachondan amaliyotga kirib keldi?


{= XIX asrning 60yillarida
~XIX asrning 70yillarida
~XVII asrning 60yillarida
~XVIII asrning70yillarida}

Nechanchi yilda CHikago savdo palatasi tashkil etildi?


{= 1848 yilda
~1748 yilda
~1948 yilda
~1845 yilda}

CHikago savdo palatasida ro‘yxatga olingan birinchi forvard shartnomasi qachon qayd etildi?


{= 1851 yil 13 martda
~1848 yil 10 aprelda
~1849 yil 15 martda
~1867 yil 17 martda}

Qachondan boshlab moliyaviy fyucherslar ommaviy tarzda tan olindi va ular bilan savdolar dunyodagi barcha birjalarda amalga oshirila boshlandi?


{= 70 yillarning oxirida
~60 yillarning oxirida
~50 yillarning oxirida
~60 yillarning boshida}

Nechanchi yilda muddatli birja savdolaridagi asosiy element hisoblanuvchi kliring palata tashkil etildi?


{= 1920 yilda
~1924 yilda
~1935 yilda
~1936 yilda}

Fyuchers shartnomalari qanday bitim hisoblanadi?


{= Fyuchers shartnomalari-bu ikki tomon o‘rtasida bazis aktivini kelajakda etkazib berish bo‘yicha birjada tuzilgan bitimdir
~Fyuchers shartnomalari-bu uch tomonlama shartnoma bo‘lib, ular o‘rtasida bazis aktivini kelajakda etkazib berish bo‘yicha tuzilgan bitimdir
~Fyuchers shartnomalari-tomonlar o‘rtasida bazis aktivini kelajakda etkazib berish bo‘yicha birjadan tashqarida tuzilgan bitimdir
~Fyuchers shartnomalari-bu ikki davlat xususiy kompaniyalari tomonidan tuziladigan birjadan tashqarida tuzilgan bitimdir}

Fyuchers shartnomalarining asosini ..................ham tashkil etishi mumkin?


{= nafaqat tovarlar, balki moliyaviy instrumentlar
~nafaqat tovarlar, balki bazis aktivlar
~nafaqat moliyaviy instrumentlar,balki qimmatli qog‘ozlar
~nafaqat qimmatli qog‘ozlar, balki valyuta oldi-sotdisi}

Fyuchers narxi deganda nima tushuniladi?


{= Fyuchers narxi deganda fyuchers shartnomasini imzolashda belgilangan narx tushunilib,u investorlarning tegishli aktiv bo‘yicha kelajakda kutayotgan spot narxini aks ettiradi
~Fyuchers narxi deganda qisqa va uzoq muddatli fyuchers shartnomasini imzolashda belgilangan kelishuv narxini o‘zida aks ettiradi
~Fyuchers narxi deganda tashqi investorlarning tegishli aktiv bo‘yicha kelajakda kutayotgan belgilangan kelishuvdagi narxini o‘zida aks ettiradi
~Fyuchers narxi deganda fyuchers shartnomasi bo‘yicha uch tomonlama kelishuv narxi bo‘lib,u investorlarning tegishli aktiv bo‘yicha kelajakda kutayotgan spot narxini aks ettiradi}

Fyuchers narxi va spot narxi o‘rtasidagi farq nima deyiladi?


{= bazis
~Valyuta
~Moliyaviy instrument
~Opsion pozitsiyalari}

Etkazib berish narxi deganda nima tushuniladi?


{=Etkazib berish narxi-bu shartnoma davri davomida bazis aktivga egalik qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlar va yo‘qotilgan foyda tushuniladi
~Etkazib berish narxi-bu qisqa muddatli shartnoma bo‘yicha barcha xarajatlar asosida belgilangan narx tushuniladi
~Etkazib berish narxi-bu ikki tomonlama shartnoma asosida qilmingan xarajatlardan keyingi narx tushuniladi
~Etkazib berish narxi-bu uzoq muddatli uch tomonlama shartnomalar davomida bazis aktivga egalik qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlar va yo‘qotilgan foyda tushuniladi}

Dunyodagi eng kattta opsion birjasi qaysi?


{= CHikago opsion birjasi
~Filadelfiya fond birjasi
~AQSH fond birjasi
~Angliya fond birjasi}

Amaliyotda opsion pozitsiyalari bo‘yicha nechta variant amal qiladi?


{= to‘rtta variant
~uchta variant
~ikkita variant
~beshta variant}

Xorijiy valyutalar bo‘yicha opsionlarning katta qtsmi qaysi fond birjasida kotirovkalanadi?


{=Filadelfiya fond birjasida
~AQSH fond birjasida
~SHvetsariya fond birjasida
~Italiya fond birjasida}

Valyuta svopi qanday amalga oshiriladi?


{= Valyuta svopi-bu shartnoma turiga ko‘ra shartnoma muddati tugagunga qadar kelishilgan muddatlarda bir tomon to‘lovlarni bir valyutada, ikkinchi tomon to‘lovlarni boshqa valyutada amalga oshiriladi
~Valyuta svopi-bu shartnoma turiga ko‘ra shartnoma muddati tugagunga qadar kelishilgan muddatlarda har ikkala tomon to‘lovlarni xorijiy valyutada amalga oshirilishi talab etiladi
~Valyuta svopi-bu shartnoma turiga ko‘ra uzoq muddatli shartnoma muddati tugagunga qadar kelishilgan muddatlarda har ikkala tomon to‘lovlarni xorijiy valyutada amalga oshirilishi talab etiladi
~Valyuta svopi-bu shartnoma turiga ko‘ra qisqa muddatli shartnoma muddati tugashi bilan kelishilgan narxlarda bir tomon to‘lovlarni bir valyutada, ikkinchi tomon to‘lovlarni boshqa valyutada amalga oshiriladi}

Aktivlar svopi qanday foizlarda almashtiriladi?


{=Aktivlar svopi doirasida bir aktiv bo‘yicha qatiy foizlar, boshqa aktiv bo‘yicha o‘zgaruvchan foizlarga almashtiriladi
~Aktivlar svopi doirasida bir aktiv bo‘yicha qatiy foizlarlarga almashtiriladi
~Aktivlar svopi doirasida barcha aktivlar bo‘yicha bo‘yicha o‘zgaruvchan foizlarga almashtiriladi
~Aktivlar svopi doirasida bazis aktivi bo‘yicha belgilangan foizlarga almashtiriladi}

Forvard shartnoma davrida aksiyalarga dividend to‘lanishi forvard narxiga qanday tasir ko‘rsatadi?


{= Forvard narxi to‘lanadigan dividendlar hajmiga muvofiq korrektirovka qilinadi
~To‘lanadigan dividendlar forvard narxiga tasir etmaydi
~Forvard shartnomaning bazis aktivi sifatida aksiyalar qo‘llanilmaydi
~Dividend qiymati aksiyalarning nominal qiymatidan yuqori bo‘lgandagina forvard narxi dividend hajmiga muvofiq korrektirovka qilinadi}

Bazis aktivlarni moliyaviy instrumentlari, yani qimmatli qog‘ozlar, fond indekslari, valyutalar, bank depozitlari tashkil etuvchi muddatli shartnomalar deb nimaga ataladi?


{= moliyaviy fyuchers shartnomalar
~valyuta svopi shartnomalari
~forvard shartnomalari
~Opsionlar}

Pul bozori-bu nima?


{= Aktivlarning likvidlik darajasi va uni pulga konvertatsiya qilinish jarayonidagi bozorga aytiladi
~Foizli qimmatli qog'ozlar bilan oldi-sotdi qiladigan bozorlarga aytiladi
~Qisqa muddatli (qarz uzish muddati bir yildan kam bo'lgan) qarz majburiyatlari bozoriga aytiladi
~Fond birjalarida investorlar bilan qilinadigan oldi-sotdi jarayoniga aytiladi}

Xalqaro karta turlariga ko'ra qanday farqlanadi?


{= Virtual, elektron, oddiy va premium
~Klassik,elektron va oddiy
~VISA Classik,Mastercard Classic
~Gold Platinum va virtual}

Fond bozori deganda nima tushuniladi?


{=Fond bozori-qimmatli qog’ozlar bozori bo'lib,moliya bozorining qimmatli qog’ozlar emissiyasi va ularning oldi- sotdisi bilan shug’ullanadigan sohasi
~Fond bozori-qimmatli qog’ozlar bozori bo'lib,aksiyalar emissiyasi va ularning oldi-sotdisi bilan shug’ullanadigan sohasi
~Fond bozori-moliya bozorining tarkibiy qismi bo'lib, unda uzoq muddatli qarz majburiyatlari bo'yicha oldi- sotdisi bilan shug?ullanadigan sohasi
~Fond bozori-qimmatli qog’ozlar bozori bo'lib,obligatsiyalar bo'yicha va ularning oldi-sotdisi bilan shug’ullanadigan sohasi}

Kapital bozori deganda nima tushuniladi?


{= Kapital bozori- uzoq muddatli qarz majburiyatlari va aksiyalar bozoriga aytiladi
~Qarz instrumentlari, shuningdek qarzni uzish muddati asosida klassifikatsiyalanadigan bozorga aytiladi
~O'rta muddatli qarz majburiyatini va qimmatli qog'ozlar bozoriga aytiladi
~Qatiy belgilangan muddat asosida foyda olish maqsadini belgilaydigan bozorga aytiladi}

Aksiya-bu nima?


{= Aksiya-bu firma mulkdorlari tomonidan uning aktivlari qismiga qo'yiladigan talabdir
~Aksiya-bu davlat tomonidan chiqarilgan qimmatli qog'ozdir
~Aksiya-bu qatiy foiz majburiyatini oluvchi qimmatli qog'ozdir
~Aksiya-bu belgilangan daromad olish manbaini belgilovchi qimmatli qog'ozdir}
Ipoteka – bu ....bilan taʼminlangan uzoq muddatli kreditdir. Nuqtalar oʻrnida qanday ibora boʻlishi lozim?
{= real aktiv
~moliyaviy aktivlar
~nomoddiy aktivlar
~naqd pullar}
Banklar tomonidan koʻchmas mulk garovi asosida koʻchmas mulkni sotib olish yoki qurish uchun beriladigan uzoq muddatli kredit turi?
{= ipoteka krediti
~bank krediti
~tijorat krediti
~rollover kreditlari}
Ipoteka kreditida garov predmeti sifatida nima amal qiladi?
{= koʻchmas mulk
~naqd pullar
~qimmatli qogʻozlar
~texnika}

Ipoteka kreditlari boʻyicha qayta moliyalashtirish sxemasi dastlab qayerda va qachon qoʻllanila boshlangan?


{= Amerika qoʻshma shtatlarida 1930-yillardan boshlab
~Buyuk Britaniyada 1940-yillardan boshlab
~Yaponiyada 1950-yillardan boshlab
~Italiyada 1920-yillarda}

Ipoteka bozori modellari keltirilgan qatorni aniqlang?


{= anʼanaviy model, ikki bosqichli model, ssuda-jamgʻarma modeli
~anʼanaviy model, uch bosqichli model, ssuda-jamgʻarma modeli
~anʼanaviy model, ssuda-jamgʻarma modeli
~anʼanaviy model, ikki bosqichli model}

Ipoteka bozorida bankning taʼminlangan obligatsiya tipidagi qimmatli qogʻozlarni mustaqil chiqarishi va shu asosda garovga qoʻyilayotgan koʻchmas mulkni kreditga berishi bilan tavsiflanuvchi model nima deb ataladi?


{= yevropa modeli
~amerika modeli
~ssuda jamgʻarma modeli
~aralash yoki gibrid model}

Yevropada ipotekaga asoslangan eng yirik obligatsiya bozorini aniqlang?


{= Germaniya bozori
~Fransiya bozori
~Italiya bozori
~Angliya bozori}

Agarda ipoteka krediti boʻyicha defolt (qaytarmaslik) holati yuzaga keladigan boʻlsa, zarar kimning zimmasiga tushadi?


{= ipoteka agenti
~mulkdor
~investor
~kreditor}

Majburiyatlarning bajarilishi ipoteka garov taʼminoti bilan taʼminlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻoz turi qanday nomlanadi?


{= ipoteka obligatsiyalari
~garov qogʻozi (varaqasi, xati)
~uy-joy sertifikati
~ishtirok etish ipoteka sertifikati}

ATIB Ipotekabank korporativ obligatsiyalarini muomalaga chiqarish va soʻndirish muddatlari mos ravishda keltirilgan javobni belgilang?


{= 2010, 2015 yillar
~2015, 2017 yillar
~2001, 2006 yillar
~2008, 2010 yillar}

Valyutalar hamda maʼlum bir valyutada shakllantirilgan bank depozitlari savdosi qanday bozorda amalga oshiriladi?


{= xorijiy valyuta bozorida
~dillerlar bozorida
~qimmatli qogʻozlar bozorida
~kapital bozorida}

Foreks – bu … ?


{= xalqaro valyuta bozori
~bank
~birja
~korporatsiya}

Bugungi kunda foreksda taxminan qanday summadagi oʻrtacha kunlik tranzaksiyalar amalga oshiriladi?


{= 5 trillion AQSH dollari
~4 trillion AQSH dollari
~3 trillion AQSH dollari
~2 trillion AQSH dollari}

Foreksdagi asosiy operatsiyalarda qaysi valyuta ishtirok etadi?


{= AQSH dollari
~Yevro
~Yapon iyeni
~Buyuk Britaniya funt sterling}

Xalqaro valyuta bozorida belgilanadigan ayriboshlash kurslari bilan banklar valyuta shahobchalardagi ayriboshlash kurslarining oʻrtasida qanday farq mavjud?


{= banklarda belgilangan kurs valyuta bozoridagi kursdan balandroq boʻladi
~banklarda belgilangan kurs valyuta bozoridagi kursdan pastroq boʻladi
~banklarda belgilangan kurs valyuta bozoridagi kursga teng boʻladi
~banklarda belgilangan kurs talab va taklif omili asosida belgi-lanadi va uning valyuta bozoridagi kursga hech qanday aloqasi yuq}

Foreks bozorining afzalliklari notoʻgʻri keltirilgan javobni aniqlang?


{= oʻzgaruvchanlik juda yuqori darajada
~kunu tun foydalanish imkoninig mavjudligi
~tovarning likvidliligi
~bozorga yangi kirganlar va boshqalar uchun DEMO hisob-varagʻini ochish mumkinligi}

Valyutalar ayriboshlash kurslarining belgilanishi boʻyicha nazariyalar toʻgʻri keltirilgan javobni aniqlang?


{= yagona narx, xarid qila olish pariteti nazariyalari
~turli narx, xarid qila olish pariteti nazariyalari
~yagona narx, arbitraj baho shakllanish nazariyasi
~portfel nazariyasi, xarid qila olish pariteti nazariyalari}

Foreks bozorining ayrim kamchiliklari toʻgʻri keltirilgan javobni aniqlang?


{= savdo intizomi darajasi uncha yuqori emas
~bitim hajmlarini notoʻgʻri tanlash tufayli mablagʻ yoʻqotish ehtimoli mavjud emas
~har bir tranzaksiya ochiq tarzda amalga oshirilishi
~valyuta narxlarining har kunlik oʻzgarishlari 1%dan oshmasligi}

Agar treyder yevroning qiymati pasayayotganini sezsa, bunday holatda u qanday yoʻl tutishi lozim?


{= EUR/USD valyuta juftligida dollarni sotib olishi lozim
~USD/EUR valyuta juftligida yevroni sotib olishi lozim
~USD/EUR valyuta juftligida yevroni sotishi lozim
~bozordagi holat oʻzgarishini kutishi lozim}

Bir davlatda narxlarning ikkinchi mamlakatdagi narxlar-ga nisbatan oshishi uning valyutasining ikkinchi davlat valyuta-siga nisbatan devalvatsiya yaʼni, qadrining pasayishiga (ikkinchi mamlakat valyutasining birinchisining valyutasiga nisbatan qadri-ning oshishiga) olib keladi. Ushbu talqin valyutalar ayriboshlash kurslarining belgilanishi boʻyicha nazariyalarning qay biriga asoslanadi?


{= xarid qila olish pariteti nazariyasi
~yagona narx nazariyasi
~arbitraj baho shakllanish nazariyasi
~portfel nazariyasi}

Valyuta tranzaksiyalarning tezda yaʼni ikki kunda amalga oshiriluvchi turi nima deb ataladi?


{= spot tranzaksiyalari
~forvard tranzaksiyalar
~onlayn tranzaksiyalar
~offlayn tranzaksiyalar}

Yevroqogʻozlar – bu ...?


{= xorijiy investorlar oʻrtasida joylashtirish maqsadida emitent uchun xorijiy valyutada chiqariladigan qimmatli qogʻozlardir
~kompaniyalar, umumiy holda transmilliy kompaniyalar, bank-lar, investitsion fondlarning ham milliy bozorda, ham boshqa mamlakatlar bozorlarida savdoga qoʻyiladigan aksiyalaridir
~Amerika banklari boʻlinmalari va shoʻba kompaniyalari va boshqa davlat banklari tomonidan xorijiy valyutada (asosan AQSH dollarida ) chiqarilgan qimmatli qogʻozlar
~maʼlum bir miqdordagi amerika depozitar aksiyalariga egalikni tasdiqlovchi qimmatli qogʻoz}

Amerika banklari boʻlinmalari va shoʻba kompaniyalari va boshqa davlat banklari tomonidan xorijiy valyutada (asosan AQSH dollarida) chiqarilgan qimmatli qogʻoz turi qanday nomlanadi?


{= yevrodepozit sertifikatlari
~yevroaksiya
~yevroobligatsiya
~depozitar tilxat}

Mamlakatdan tashqarida qattiq valyutada sotiladigan obligatsiya turini aniqlang?


{= yevroobligatsiya
~yevroaksiya
~yevroobligatsiya
~depozitar tilxat}

Oltin, kumush, platina, palladiya va boshqa metallarlar bilan bogʻliq bozor munosabatlari Moliya bozorining qaysi turida qaysi sohasida amalga oshiriladi?


{~ valyuta bozorida
~sugʻurta bozorida
~qimmatli qogʻozlar bozorida
=qimmatbaho metallar bozorida}
Quyidagilardan qaysi biri qimmatbaho metallar bozori ishtirokchisi hisoblanmaydi?
{= qazib oluvchi sanoat korxonalari, qayta ishlovchi sanoat korxonalari
~birjalar, Investorlar
~banklar, professional vositachilar
~yuqoridagilarni barchasi qimmatbaho metallar bozori ishtirokchisi hisoblanadi}
Ular oltin bozoridagi eng yirik operatorlar boʻlib hisoblanadi va bir vaqtda bu oltin bilan savdo qilish qoidalarini belgilab beradi. Ushbu xususiyat qimmatbaho metallar bozorining qaysi ishtirokchisiga hos hisoblanadi?
{~qayta ishlovchi sanoat korxonalari
~qazib oluvchi sanoat korxonalari
=banklar (Markaziy Bank)
~professional vositachila}

Oltin bozorida svop operatsiyalarining nechta turi amalga qiladi?


{~2ta
=3ta
~4ta
~5ta}
Bunday svop oltinni bir joyda xarid qilib (sotib), uni boshqa bir joyda sotishni (xarid qilishni) nazarda tutadi. Oltin bir joyda qimmatroq boʻlishi mumkinligi uchun bu holda tamonlardan biri mukofot oladi. Bunday operatsiyalar SVOP operatsiyalarining qaysi turiga mansub?
{~vaqt boʻyicha svop (moliyaviy svop)
~vetallning sifati boʻyicha svop
=joylashgan joyiga koʻra svop
~hududlar joylashgan joyiga koʻra svop}
Qimmatbaho metallar bozorida metallni ikki ish kunidan oshuvchi muddatga haqiqiy yetkazib berishni nazarda tutuvchi bitmilar qanday ataladi?
{~depozit amallari
~spot vositalar
=forvardlar
~svop}

Qimmatbaho metallar bozorida shoshilinch bitimning 1976 yilda birinchi marta amaliyotga kiritilgan shakli qaysi? Bunday shakl Amerikada u bilan oʻtkazilgan operatsiyalardan soʻng 1982 yilda keng tarqalib ketdi?


{= Fyuchers
~oltin savdo opsionlari
~hosilaviy vositalar CFD operatsiyalari
~forvardlar}

Troya unsiyasi – jahon amaliyotida umum qabul qilingan qimmatli metallarning ogʻirligini oʻlchovi boʻlib, u nechi grammga teng?


{= 31,1034807 gr
~51,1034807 gr
~25,1034807 gr
~21,1034807 gr
Qimmatbaho metallar bozorida quyidagi operatsiyalarni qaysi biri amalga oshirilmaydi?
{= svop, spot
~fyucherslar
~opsionlar, forvardlar
~yuqoridagtlarni barchasi amalga oshiriladi}
Xalqaro Spot-bozori (spot market) spot shartlaridagi lotning stardart oʻlchami qancha troya unsiyasini tashkil etadi?
{~4000
=5000
~6000
~7000}
Xorijiy amaliyotda moliya bozori boʻyicha keng qoʻllaniluvchi tahlil usullari qaysilar?
{= fundamental tahlil, texnik tahlil
~qimmatli qogʻozlar tahlili
~statistik tahlil
~qimmatli qogʻozlar tahlili, statistik tahlil }
Qimmatli qogʻozlar-ning alohida turlarini (yoki guruh-larini) va ularning bozorlarini oʻrganib, investitsion jarayonda vaqtning tanlab olingan joriy momentida notoʻgʻri baholangan qimmatli qogʻozlarni aniqlashga asoslanagan tahlil – …?
{~fundamental tahlil (fundamental analysis
=qimmatli qogʻozlar tahlili (security analysis
~texnik tahlil (technical analysis
~statistik tahlili (statistical analysis}
Aktivlar narx darajasining oʻsishi, pasayishi yoki ularning barqaror holatiga olib kelishi mumkin boʻlgan omillarni aniqlash-ga asoslangan tahlil - …?
{= fundamental tahlil (fundamental analysis
~qimmatli qogʻozlar tahlili (security analysis
~texnik tahlil (technical analysis
~statistik tahlili (statistical analysis}

Quyidagilardan qaysi biri Yapon shamlari modellariga kirmaydi?


{~ yutish (qoʻshib olish) modeli
~tongi va tungi yulduz modellari
~uch qora qargʻa modeli, uchta oq askar modellari
=tungi yulduz modellari}
Anʼanaviy yapon shamlarining qaysi turida oʻsuvchi ten-densiyani saqlagan holda, bozorda “buqalar”ning kuchli namoyon boʻlishi kuzatiladi?
{= marubozu
~uzun tanli sham
~doji
~trend}

Baholarning, yaʼni fond bozoridagi qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdisida belgilanadigan baholarning muayyan yoʻnalaishlar boʻyicha oʻzgarishi – bu… ?


{= trend
~oʻsish
~tushish
~turgʻunlik}
Fond bozori holatini oʻrganishga qaratilgan tahlil boʻlib, oʻtgan savdo narxlarini oʻrganish maqsadida, ularning kelajakdagi ehtimoliy rivojlanish yoʻnalishlarini aniqlashdan iborat tahlil – bu ?
{~fundamental tahlil (fundamental analysis
~qimmatli qogʻozlar tahlili (security analysis)
=texnik tahlil (technical analysis
~statistik tahlili (statistical analysis}

Bozordagi tebranishlarning past narxlari koʻtarila bosh-laydi, koʻtariluvchi (oʻsuvchi) trendda bizga pastdan chegara bel-gilashimiz juda muhimdir, chunki bunday holatda stavkalar narx-larning koʻtarilishiga qoʻyiladi…?


{~ “ikki qoya” trendi
=“buqa” lar trendi
~“ayiqlar” trend
~gorizontal trend yoki flet}
Bozor omillari oʻzgarishi oqibatida aktiv qiymatini pasayishi bogʻliq boʻlgan risklar .... hisoblanadi?
{= bozor risklari
~foiz risklari
~kredit rsiki
~valyuta riski}
Quyidigilardan qaysi biri bozor riskini standart shakli hisoblanmaydi?
{=investitsion risklar
~fond (yoki narx) riski
~foiz riski
~valyuta riski}

1990-yillar yarmidan to hozirgi kunga qadar yirik xalqaro banklar va regulyatorlar boshchiligida deyarli barcha moliyaviy institutlar risk metrikasi sifatida qaysi risklarni hisoblash uslubiyoti qoʻllaniladi?


{=VaR(Value at Risk)
~stress-test usuli
~tizimli riskni erta aniqlash indikatorlari
~spetsifik (oʻziga xos) risklar}
Aktivlar yoki portfelni oʻzida aks ettiradigan biror bir tasodifiy jarayonni simulyatsiya qilish uchun umumiy usul – bu...?
{= Monte Karlo Simulyatsiyasi usuli
~variatsion-kovariatsion (deltanormal, korrelyatsion, parametrik, analitik) usul
~retrospektivsimulyatsiya (Historical Simulation) usuli
~parametrik yondashuv}

Bunda uzoq davrni ichiga olgan statistik maʼlumotlarga tayanib portfel yoʻqotishlarining empirik ehtimolli taqsimotini aniqlanadi. Keyin mos keladigan kvantildan keltirib chiqish orqali VaR qiymatini aniqlanadi. Bu yondashuv ...?


{=Retrospektiv simulyatsiya (Historical Simulation) usuli
~Variatsion-kovariatsion (delta-normal, korrelyatsion, paramet-rik, analitik) usul
~Parametrik yondashuv
~FMonte Karlo Simulyatsiyasi usuli}
Potensial (istiqboldagi mumkin boʻlgan) yoʻqotishlarni qancha davr oraligʻi uchun hisoblanishni anglatadigan muddat –nima deb ataladi?
{= risk gorizonti
~foiz riski
~riskni baholash
~kredit riski}
Bazel kelishuviga muvofiq VaRning risk gorizonti necha kunni tashkil etadi?
{= 10 kun
~12 kun
~15 kun
~20 kun}

Tijorat tashkiloti boʻlib, yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablagʻlardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish, toʻlovlarni amalga oshiradigan yuridik shaxs - …?


{= bank
~markaziy depozitariy
~sugʻurta tashkiloti
~investitsiya jamgʻarmasi}

Talab qilinishi bilanoq yoki toʻlovni amalga oshiruvchi shaxs bilan toʻlovni oluvchi shaxs yoxud ularning qonuniy vakillari oʻrtasida kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq toʻlagan holda yoxud bunday toʻlovlarsiz hammasini qaytarib berish sharti bilan topshiriladigan pul summasi - ... ?


{=omonat (depozit)
~investitsiya
~kredit
~qarz}
Moliya bozorida odatda banklar quyidagi qaysi koʻrinishda ishtirok etishi mumkin?
{= emitent
~investor
~investitsion vositachi
~xususiy investor}
Oʻzbekiston Respublikasining qaysi qonunida tijorat banklari qimmatli qogʻozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qogʻozlarni boshqarish, qimmatli qogʻozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish kabilarni amalga oshiradi deb keltirilgan?
{= “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”
~“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”
~“Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida
~“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida}

Mamlakatimizda korporativ obligatsiyalar investorlarga tegishli mablagʻlarning emitentlar tomonidan toʻlanishi boʻyicha toʻlov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqarilaishi qaysi qonunda belgilangan?


{~ “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”
~“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida
~“Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida
=“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida}

Oʻzbekiston Respublikasida yangi tashkil etilayotgan tijorat banklarining ustav kapitali shakllantirilishining eng kam miqdori qancha soʻmni tashkil etadi?


{= 100 mlrd soʻm
~50 mlrd soʻm
~150 mlrd soʻm
~400 mlrd soʻm}

Yuridik yoki jismoniy shaxs yoxud oʻzaro kelishuv bilan bogʻlangan yoki bir-birining mol-mulkini nazorat qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar guruhi tomonidan bir yoki bir necha bitim natijasida bank aksiyalarining qancha miqdorini olishida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xabardor qilinishi kerak?


{=5 foizidan ortigʻini (20 foizigacha)
~10 foizidan ortigʻini (20 foizigacha)
~12 foizidan ortigʻini (20 foizigacha}
~foizidan ortigʻini (20 foizigacha)}

Yuridik yoki jismoniy shaxs yoxud oʻzaro kelishuv bilan bogʻlangan yoki bir-birining mol-mulkini nazorat qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar guruhi tomonidan bir yoki bir necha bitim natijasida bank aksiyalarining 20 foizdan oshiq miqdorini olishida kimdan ruxsat olishi talab qilinadi?


{= Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
~Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy depozitariysi
~Toshkent RFB
~Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi}
Infratuzilma obligatsiyalari chiqarilganda esa ularni joylashtirishdan tushgan mablagʻlar alohida bank hisobvaragʻida jamlanadi va emitentning ulardan maqsadli foydalanilishini kim tomionidan belgilanadi?
{= nazorat qiluvchi kuzatuv kengashi yoki yuqori boshqaruv organi qaroriga koʻra
~ijrochi direktor qaroriga koʻra
~moliyaviy menejer qaroriga koʻra
~investor qaroriga koʻra}

Qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdosida qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha qimmatli qogʻozlardagi hisob-kitoblar kim tomonidan amalga oshiriladi?


{=qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va (yoki) investitsiya vositachisi
~bank
~sugʻurta tashkilot
~investitsiya jamgʻarmasi}

Investitsiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida ikki va undan ortiq shaxslarning - investorlarning oʻzi ishonchli boshqa-ruvga bergan pul mablagʻlari yigʻindisi - …


{= Pay fondi
~jamgʻarma
~sugʻurta puli
~investitsiya}

Pay fondining pul mablagʻlari fond investitsiya aktivlarining nechi foizidan ortiq miqdorda bir emitentning qimmatli qogʻozlariga yoki masʼuliyati cheklangan jamiyatning ulushlariga investitsiya qilinishi mumkin emas?


{= 10%
~15%
~20%
~25%}
Mamlakatimizda investitsiya va pay fondlari faoliyatini tartibga soluvchi OʻzRQ-392-son “Investitsiya va pay fondlari toʻgʻrisida”gi Qonuni qachon qabul qilingan?
{= 2015 yil 25 avgustda
~2014 yil 25 avgustda
~2015 yil 7 aprelda
~2014 yil 7 aprelda}
“Investitsiya va pay fondlari toʻgʻrisida”gi OʻzR qonuniga koʻra, “Investorlarning pul mablagʻlarini jalb etish va ularni investitsiya aktivlariga qoʻyish maqsadida aksiyalar chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs – aksiyadorlik jamiyati – ...
{= investitsiya fondi
~jamgʻarma
~kredit
~valyuta fondi}
Investitsiya fondini tashkil etishda uning aksiyalari qiy-matini toʻlash pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, ulushlar, shuningdek koʻchmas mulk va boshqa mol-mulk, mulkiy huquqlar bilan amalga oshiriladi. Bunda uning ustav kapitalining kamida qancha foizi pul shaklida toʻlanishi kerak?
{= 75%
~50%
~65%
~25%}

Investitsiya fondlarining qaysi tashkiliy tuzilmasi fond ustavida belgilangan maqsad va siyosatga muvofiq, fond portfelini boshqarish vazifasini bajaradi?


{= investitsiya maslahatchisi
~asosiy anderrayter
~transfer agen
~kastodian}

Investitsiya fondlarining qaysi tashkiliy tuzilmasi fond ak-siyalarini toʻgʻridan-toʻgʻri yoki boshqa firmalar (broker-dilerlar) orqali sotadi?


{= asosiy anderrayter
~investitsiya maslahatchisi
~transfer agent
~kastodian}

Investitsiya fondlarining qaysi tashkiliy tuzilmasi aksiyador oʻtkazmalarini bajaradi, boshqa faoliyatlar hisobini yuritadi va aksiyadorga hisob raqamdan koʻchirma va hujjatlarni taqdim etadi?


{= transfer agent
~asosiy anderrayter
~investitsiya maslahatchis
~kastodian}

Investitsiya fondlarining qaysi tashkiliy tuzilmasi fond aktivlarini aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida alohida saqlaydi, fond aktivlarini tartibga soladi?


{= kastodian
~transfert agent
~asosiy anderrayter
~investitsiya maslahatchisi}

Investitsiya fondlarining qaysi tashkiliy tuzilmasi Fond faoliyatini kuzatib boradi, boshqaruvchi kompaniya va boshqa xizmat koʻrsatuvchilar bilan shartnomalarni maʼqullaydi?


{= direktorlar kengashi
~administrator
~asosiy anderrayter
~investitsiya maslahatchisi}
“Suveren fond” atamasini ilk bora qo‘llagan iqtisodchi olim kim?
{= A.Rozanov
~K.Klimbetov
~S.Yu.Vitt
~E.X.Xansen}

Qaysi iqtisodchi olim suveren fondlar faoliyatini bir tomondan, “Davlatning sikllarga qarshi siyosati”, boshqa tomondan esa – davlat inqirozga qarshi boshqaruv funksiyasini amalga oshirish bilan izohlagan?


{= R.F. Xarrod
~E.X. Xansen
~S.Yu. Vitte
~E.X. Xansen
~V.T.Ving }

Suveren fondlarni mamlakatda pul massasini tartibga solish uchun vosita sifatida e’tirof etgan olim nomini aniqlang?


{= E.X. Xansen
~S.Yu. Vitte
~R.F. Xarrod
~V.T.Ving}

Byudjet muvozanatini ta’minlash uchun shakllantiriladi va foydalaniladi. Ushbu fondlar mablag‘lari sikllarga qarshi byudjet siyosati doirasida shakllantiriladi va foydalaniladi hamda likvidligi yuqori va ishonchli moliyaviy vositalarga investitsiya qilinadi?


{=Barqarorlashtirish fondlari
~Pensiya zaxira fondlari
~Jamg‘arma fondlar
~Taraqqiyot fondlari}

O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot Jamg‘armasi qaysi me’yoriy hujjat asosida tashkil etilgan?


{=2006 yil 11 maydagi PF–3751-sonli Farmoni
~2007 yil 7 iyundagi VMK-110-sonli Qarori
~2006 yil 16 maydagi PQ-350-sonli Qarori
~2006 yil 12 iyundagi F-2520-sonli Farmoyishi}

O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot Jamg‘armasi qaysi tashkilot huzurida tashkil etilgan?


{= Vazirlar Mahkamasi
~Moliya vazirligi
~Markaziy bank
~Iqtisodiyot vazirligi}

O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot Jamg‘armasining yuqori organi hisoblangan boshqarish bo‘yicha Kengash tarkibi kim tomonidan tasdiqlanadi?


{= Prezident
~Moliya vazirligi
~Vazirlar Mahkamasi
~Oliy majlis}

Jamg‘arma mablag‘larining shakllantirilishi va foydalanilishi qaysi tashkilot tomonidan tekshiriladi?


{= Hisob palatasi
~Vazirlar Mahkamasi
~Moliya vazirligi
~Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi}

Jahonda birinchi suveren fondi qachon va qaerda tashkil etilgan?


{=1959 yilda Abu-Dabi suveren fondi (Abu-Dhabi Investment Authority, ADIA)
~1948 yilda Norvegiya global pensiya fondi (Government Pension Fund Global)286
~1968 yilda Xitoy investitsiya korporatsiyasi (China Investment Corporation)
~1987 yilda Singapur suveren fondi (Government of Singapore Investment Corporation, GIC)}

Quyidagilardan qaysi fond moliyaviy mablag‘lari tabiiy boyliklar hisobiga shakllantirilmagan?


{=Abu-Dabi suveren fondi (Abu-Dhabi Investment Authority, ADIA)
~Norvegiya global pensiya fondi (Government Pension Fund Global)
~Xitoy investitsiya korporatsiyasi (China Investment Corpo-ration)
~Quvayt suveren fondi (Kuwait Investment Authority)}



Download 39,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish