Moliya instituti sirtqi fakultet “iqtisodiyot, boshqaruv, soliqlar va sug’urta” kafedrasi “menejment” ta’lim yo‘nalishi



Download 94,61 Kb.
bet2/2
Sana22.07.2022
Hajmi94,61 Kb.
#836570
1   2
Bog'liq
Sayohat Buxgalteriya

Asosiy vositalar – ishlab chiqarishning moddiy sharoitlarini ta’minlaydigan vositalar (mehnat qurollari, bino, inshoot, qurilma va boshqalar). Buxgalteriya hisobi va rejalashtirishda Asosiy vositalar tarki-biga xizmat muddati bir yildan ortiq va qiymati eng kam ish haqining 15 barobaridan arzon boʻlmagan vositalar kiritiladi (2000). Asosiy vositalar buxgalteriya hisobida xoʻjalikka qabul qilingan boshlangʻich bahoda aks ettiriladi. Asosiy vositalarning boshlangʻich bahosiga ularni sotib olish (bino va inshootlarni qurish) uchun qilingan haqiqiy harajat kiriti-ladi. Asosiy vositalar toʻliq xizmat muddati davomida boshlangʻich qiymati boʻyicha hisobga olinadi. Asosiy vositalarlarni qayta baholash faqat hukumat qarori bilan amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar - quyidagilar uchun mo`jallangan moddiy aktivlardir:59 a) mahsulotlami ishlab chiqarish yoki yetkazib berish, yoki xizmatlarni ko‘rsatish, yoki boshqa tomonlarga ijaraga berish, yoki ma’muriy maqsadlarda foydalanish uchun moijallangan; b) bir davrdan uzoqroq muddat davomida foydalanilishi kutilgan. Asosiy vositalar ishlab chiqarishning moddiy qismining asosini 59 International Accounting Standard 16 Property, Plant and Equipment. IFRS 2016. 315 tashkil etadi. Mehnat qurollari sifatida foydalanishga qabul qilinib, ular xomashyo va materiallar bilan ish kuchini birlashtirib yangi qiymat yaratiladigan ishlab chiqarish jarayonini ishlashini ta’minlaydi. Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida o‘zini moddiy shaklini saqlab qolishi bilan tavsiflanadi. Asosiy vositalar - xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan uzoq (bir yildan ortiq) muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlardir .
Asosiy vositalar - kompaniyaning uzoq muddatli mol-mulki bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish maqsadida foydalanadigan moddiy aktivlardir . Asosiy vositalar ko‘p hollarda korxona aktivlarini asosiy qismini tashkil qiladi va shuning uchun moliyaviy hisobotda uning moliyaviy holatini ko‘rsatishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar korxonaga kelgusida aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda kelib tushishiga ishonch bo‘lsa va aktiv qiymatini aniq baholash mumkin bo‘lsa, asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinadi. Asosiy vositalar obyektlarini tan olishning birinchi shartiga mos kelishini aniqlashda korxona boshlang‘ich tan olish vaqtida mavjud bo‘lgan faktlarga asoslanib kelgusida iqtisodiy foyda olinishi mumkin bo‘lgan ehtimollik darajasini baholashi kerak. Bu korxonani olingan aktivlarga egalik qilish, foydalanish va farmoyish berish bilan bog‘liq kelgusidagi barcha mukofotlar o‘ziga tegishli ekanliligiga va u ushbu aktivga egalik qilish bilan bog‘liq barcha xavfni o‘ziga olishiga ishonchi komil bo‘lishi kerakligini bildiradi. Ushbu iqtisodiy foydani olishga yetarli ehtimoli mavjud bo‘lishi korxona aktivi bilan bog‘liq iqtisodiy foydani olishi va tegishli xavfni o‘ziga olishiga nisbatan aniqlashni talab qiladi. Bunday aniqlash odatda iqtisodiy foyda va xavf to‘liq ravishda korxonaga o‘tganda mavjud bo‘ladi. Asosiy vositalarni tan olishning yuqorida keltirilgan ikkinchi sharti amaliyotda buxgalteriya hisobini 601 yengil qanoatlantiradi, chunki aktivni sotib olish to‘g‘risida guvohlik beruvchi ayirboshlash operatsiyalari natijasida uning qiymati aniqlanadi. Bunda, agar aktiv korxonaning o‘zining kuchi bilan yaratilgan bo‘lsa, u liolda uning ishonchli baholanishi tashqi tomonlar bilan materiallarni xarid qilish bilan bog‘liq operatsiyalarga, ish kuchiga haq to‘lash va asosiy vositalami barpo etish (qurish) jarayonidagi boshqa xarajatlarga asoslanib amalga oshirilishi mumkin. Agar mol-mulk ishlab chiqaruvchi korxonaning omborida tayyor mahsulot sifatida saqlanayotgan bo‘lsa, u asosiy vositalarga tegishli bo‘lgan belgilarga javob bersa ham asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi. Masalan, avtomobil zavodining tayyor mahsulot omboridagi avtomobil uning tayyor mahsuloti bo‘lib hisoblanadi va aylanma mablag‘lar tarkibida hisobga olinadi, lekin sotilgandan keyin ular xaridorda asosiy vositalar obyekti bo‘lib hisoblanadi. Avtomobil zavodida avtomobillar o‘zining xo‘jalik zaruriyatlari uchun ishlatilishi rad etilmaydi. Bu holda ular kerakli ma’muriy va hisob jarayonlari tugagandan keyin tayyor mahsulotlardan xususiy asosiy vositalar tarkibiga o‘tkaziladi. Asosiy vositalar tarkibiga o‘rnatish (yirik hajmli yig‘ish) hali boshlanmagan yoki tugallanmagan asbob-uskunalar, shuningdek tugallanmagan qurilish obyektlari, boshqa kapital va moliyaviy qo‘yilmalar qo‘shilmaydi. Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi: a) bir yildan ortiq xizmat qilish muddati; b) bir birlik (to‘plam) uchun qiymati 0 ‘zbekiston Respublikasida (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar62. Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi: a) xizmat qilish muddati - uzoq vaqt; b) korxonaga daromad keltirishda ishtirok etishi 63. Korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashi mumkin. Asosiy vositalami hisobga olishda ularni aktiv sifatida tan olingan paytini belgilash, mazkur aktivlarga nisbatan qo‘llaniladigan ularning balans qiymatini va amortizatsiyani hisoblash usullarini belgilash, shuningdek asosiy vositalaming balans qiymatidagi boshqa o‘zgarishlami va ularning chiqib ketishi hisobiga moliyaviy natijalami aniqlash va hisobga olish muhim yo‘nalishlari bo‘lib hisoblanadi. Shulardan kelib chiqib asosiy vositalarni buxgalteriya hisobining vazifalari qilib quyidagilarni aytib o‘tish mumkin: - asosiy vositalar hisobini 0 ‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni, buxgalteriya hisobining milliy standartlari va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etish va yuritish; - aktivlarni asosiy vositalar sifatida qabul qilish bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlami shakllantirish; - asosiy vositalami kelib tushishi, ularning korxona ichida har xil tarkibiy bo‘linmalar (filiallar) bo‘yicha harakatini ishonchli va o‘z vaqtida hujjatlarda rasmiylashtirish va hisobda aks ettirish; - asosiy vositalar obyektlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish va texnik xizmat ko‘rsatish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun ajratilgan mablagiardan oqilona foydalanishni nazorat qilish; - amortizatsiyani to‘g‘ri hisoblash va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirish; - eskirgan, xo‘jalik uchun oshiqcha bo‘lgan asosiy vositalarni o‘z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash; - hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar bo‘yicha moliyaviy natijalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aniqlash hamda hisobda aks ettirish; - asosiy vositalami saqlash bilan bog‘liq (texnik ko‘rikdan o‘tkazish, ishchi holatida saqlash va boshqa) haqiqiy xarajatlami aniqlash; - buxgalteriya hisobiga qabul qilingan asosiy vositalami saqlanishini nazoratini ta’minlash; 318 ijara munosabatidagi asosiy vositalar bo‘yicha ijara to‘lovlarini о / vaqlida rasmiylashtirish va to‘lov amalga oshirilishini nazorat qilish; - moliyaviy hisobotlarda ochib berish kerak bo‘lgan asosiy vositalai to'g‘risidagi axborotlarni olish.
Asosiy vositalarni turkumlash va baholash
Asosiy vositalarni guruhlarga ajratishda asosiy e’tibor ularning natural-moddiy tarkibiga qaratiladi. Mehnat vositalarining bu turi natural-moddiy tarkibi bo‘yicha quyidagi turkumlarga ajratiladi.
Asosiy vositalarning natural-moddiy tarkibiga ko‘ra turkumi


Yerni obodonlashtirish - yerni obodonlashtirish uchun sarf sifatida yerni yangidan o‘zlashtirish, uning unumdorligini oshirish, turli transport vositalariga o‘tish va to‘xtash joylarini barpo etish, to‘siqlar va obodonlashtirishning boshqa turlari qiymati bilan yer maydonini obodonlashtirishga taalluqli xarajatlar ham hisoblanadi. Binolar - asosiy konstruktiv qismlari jihatidan devorlar va tomga ega bo‘lib, ishlab chiqarish binolari, sexlar, ustaxonalar, boshqarma binosi, omborxonalar, turar-joy binolari va boshqa ishlab chiqarish, ma’muriy-xo^alik va ijtimoiy-maishiy maqsadlarda foydalaniladigan obyektlar hisoblanadi. Binolardan foydalanishda zarur bo‘ladigan ulaming ichidagi kommunikatsiya vositalari (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz ta’minoti tizimi, elektr quvvati uzatuvchi va yorituvchi elektr simlarining ichki tarmog‘i, ichki telefon va signalizatsiya vositalari, yukko‘targichlar va lift xo‘jaligi) ham binolar tarkibiga kiritiladi. Inshootlar mehnat jarayoni va uning natijalarini o‘zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki umumiy vazifalarini bajarishga sharoit yaratishda xizmat qiladigan yoki turli noishlab chiqarish vazifalarini o‘taydigan obyektlar hisoblanib, inshootlar sifatida neft va gaz quduqlari, shaxta yo‘llari, avtomobil yo‘llari, yo‘laklar, ko‘priklar, estakadalar, tunnellar, ko‘cha yoritish chiroqlari, plyajlar, to‘g‘onlar va boshqalar hisobga olinadi. Uzatuvchi moslamalar sifatida mashina-dvigateldan ish mashinalariga elektr, issiqlik, mexanik energiyani uzatishga, shuningdek, suyuq va gazsimon moddalarni bir obyektdan boshqa obyektga yetkazib berishga xizmat qiladigan, energiya va axborotlami yetkazishda tugallangan funksional qurilmalar (elektr uzatish yoftlari, quvur yoilari, issiqlik va gaz tarmog‘i hamda boshqalar) tan olinadi. Mashina va uskunalar o‘z navbatida, kuch mashina va uskunalari, ish mashina va uskunalari, o‘lchov va rostlash asboblari, kompyuterlar va hisoblash texnikalari hamda boshqa mashina va uskunalar guruhlaridan tarkib topadi. Kuch mashina va uskunalari sifatida elektr va issiqlik quvvatlarini ishlab chiqaradigan yoki turli ko‘rinishdagi quvvat (energiya)ni mexanik harakat quvvatiga aylantirib beradigan generator-mashinalar, dvigatel mashinalar (qozonxonalar, bug‘ dvigatellari, turbinalar, kuch transformatorlari va boshqalar) hisobda aks ettiriladi. 320 Ish mashinalari va uskunalari ishlov beriladigan mehnat buyumlari va vositalariga mexanik, termik, kimyoviy yoki boshqa yo‘sinda texnologik ta’sir ko‘rsatishga, ulami ishlab chiqarish jarayonida qo‘zg‘atish, qazib olish, eritish, tayyorlashga xizmat qiladigan qurilmalar (dastgohlar, sex uskunalari, kompressorlar, nasoslar, elektr va gaz payvandlagichlar, apparatlar, agregatlar)dir. 0 ‘lchov va rostlash asboblari foydalaniladigan texnik ishlardagi turli parametr (ko‘rsatkich)larni odchash, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar sifatini tekshirish, namlik darajasi, shovqin ta’siri va boshqalarni odchashda ishlatiladi. Ularga manometrlar, tarozilar, mikroskoplar, dispetcherlik nazorati va boshqalar kiradi. Mebel va ofis jihozlari - idora (ofis) ishlarini va xo‘jalikni yuritishda zarur bo‘lgan idoradagi divan, krovat va boshqalardir. Kompyuter uskunalari va hisoblash texnikasi ma’lumotlarni elektron hisoblash mashinalarida qayta ishlash, saqlash, uzatish, o‘zgartirishga mo‘ljallangan vositalar bo‘lib, ular kompyuterlar, printerlar, nusxa ko‘chirish vositalari, yozuv mashinalari va boshqa kompyuter vositalari hisoblanadi; Transport vositalari - kishilami hamda yuklarni va turli maqsadlardagi buyumlami tashishga mo‘ljallangan harakat vositalari: temir yo‘l, suv, havo transport harakati tarkibi, shahar transport harakati tarkibi (metropoliten vagonlari, tramvay), avtomobil, kommunal transport va muhim neft quvur yoilaridir. Ishchi hayvonlarga har bir etilgan ot, ho‘kiz, tuya, bug‘ular, mahsuldor hayvonlarga esa sigir, buqa, qo‘y, qo‘chqor, echki, cho‘chqa kabilar kiritilib, har biri alohida inventar obyekti sifatida hisobda aks ettiriladi. Ko‘p yillik daraxtlar alohida xiyobon, park, bog‘dagi miqdori va yoshidan qat’iy nazar ekilgan daraxtlar guruhi hisoblanib, ular ikkiga: mevali va manzarali daraxtlarga guruhlanadi . Boshqa asosiy vositalarga kutubxona fondlari, musiqa asboblari, sport inventarlari va boshqalar kiradi. Konservatsiyalangan asosiy vositalar - hukumat idoralarining qarorlari asosida zaxiraga o‘tkazilgan va konservatsiyalangan asosiy vositalar. Qurilishi tugallanmagan obyektlami va asosiy fondlarni konservatsiyalash va konservatsiyalashdan chiqarish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-avgustdagi 397-son maxsus qarori bilan tasdiqlangan.

Asosiy vositalarning baholanishi


Boshlang‘ich qiyrnat - todangan va qoplanmaydigan soliqlami (yig‘imlarni), shuningdek aktivni undan mo‘ljal bo‘yicha foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bogMiq bo‘lgan yetkazib berish va montaj qilish, o‘matish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo‘yicha haqiqatda qilingan xarajatlarning qiymati. Boshlang‘ich qiyrnat asosiy vositani olinishi yoki yaratilishi uchun sarflangan mablag‘lar miqdoridir. Aktivning boshlang‘ich qiymati aktivni yetkazib beruvchiga to‘lovlarni, uni tashish va o‘rnatish uchun mablagdarni, sug‘urta va soliqlarni o‘z ichiga oladi. Joriy qiyrnat - ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha asosiy vositalarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlami bajarish uchun yetarli bodgan summa olinadi.| qiymat amortizatsiya summasini chegirilgan holda тому vo'.ilnlnmiiig boshlang'ich qiymati. I iiguthli savdo chegirmalarini va imtiyozlarini chegirgan holda, uning xarid narxi, jumladan import bojlari va sotib olish bilan bog‘liq qoplanmaydigan soliqlar. Aktivni undan tadbirkorlik subyektining rahbariyati tomonidan ko'/langan holda foydalanish uchun zarur bo‘lgan joy va holatiga olib kclish bilan bog‘liq bevosita xarajatlar. Asosiy vosita obyektini demontaj qilish va olib tashlash hamda u joylashgan joydagi tabiiy resurslami qayta tiklash xarajatlarining boshlang‘ich bahosi. Tadbirkorlik subyekti asosiy vosita sotib olingan paytda yoki undan ma’lum davr mobaynida tovar-moddiy qimmatliklarni ishlab ehiqarish bilan bog‘liq bodmagan maqsadlarda foydalanish oqibatida ushbu xarajatlar bo‘yicha majburiyatni o‘z zimmasiga oladi.

XULOSA

Shuni ta’kidlash kerakki, asosiy vositalar obyekti bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur obyekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning dastlabki sanasidan boshlanadi hamda mazkur obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati to‘liq qoplangunga qadar yoxud bu obyektni balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi. 0 ‘z navbatida agar asosiy vositalar obyekti bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur obyektni qabul qilingan oydan keyingi oyning dastlabki sanasidan boshlanadigan bo‘lsa, u holda mazkur obyektlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash ushbu obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati toiiq qoplangan yoki bu obyekt balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning dastlabki sanasida to‘xtatiladi. Asosiy vositalar obyektini foydali ishlatish muddati davomida amortizatsiya ajratmalarini hisoblash to‘xtatilmaydi, uni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiya qilishga o‘tkazish, shuningdek uni butkul to‘xtatish sharti bilan obyektni qurib bitkazish, qo^shimcha jihozlash, rekonstruksiya qilish, modemizatsiya qilish, texnik qayta qurollantirish holatlari bundan mustasno . Asosiy vositalarning texnik darajasi zamonaviy talablarga muvofiq emasligi aniqlanganda yoki 3 oy mobaynida ulardan ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanish zarurati boimaganda - ularga bo‘lgan talab tiklangungacha yoki yangi mulkdorga sotish davrida, biroq 24 oydan ortiq boMmagan muddatga asosiy vositalar konservatsiya qilinishi mumkin. Bunda, aniq bir texnologik majmuaga kiradigan va (yoki) tugallangan texnologik jarayonga ega bo‘lgan asosiy vositalar obyektlari konservatsiya qilishga o‘tkazi!ishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:


1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: 0 ‘zbekiston, 2016 y.


2. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni 2016-yil 13-aprel.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 2000 y. 26 may.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 2014-yil 9-dekabr O’RQ-380-son
5. O‘zbekiston Respublikasining 06.12.2001 -yildagi (N310-11) “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonuni
6. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustdagi 662-11- sonli “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida” qonuni (yangi tahriri)

INTERNET SAYTLARI:


www.gov.uz. ( 0 ‘zbekiston Respublikasi hukumat portali)
www.mf.uz ( 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sayti)
www.ziyonet.uz (Axborot ta’lim tarmog‘i)
www.lex.uz (0 ‘z.R. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi)
Download 94,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish