Moliya instituti



Download 94,95 Kb.
bet11/20
Sana01.01.2022
Hajmi94,95 Kb.
#293782
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishda davlat budjeti mablaglarining roli

1.3. O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalashning huquqiy kafolati.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 13-yanvardagi «Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida»gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1999 -yil 7-dekabrdagi «2000- 2005-yillarda yolg‘iz keksalarning, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar Dasturi to‘g‘risida»gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006- yil 7-sentabrdagi 459-sonli qarori bilan tasdiqlangan «2007-2010- yillarda yolg‘iz keksalar va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish va ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yanada kuchaytirish choratadbirlari» Dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

«Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida», 2009-yil 30-dekabrda PF-4161-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Perizentining 2009-yil 30-dekabirdagi «O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish

Vazirining 2010-yil 12-fevralidagi 22- sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan

«Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining namunaviy Nizomi» yuqoridagi so‘zlarning yorqin dalilidir.

Ushbu farmon va qarorlar aholini ijtimoiy himoya qilishda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini rolini oshirish, ijtimoiy muhofazaning muayyan shaxsga yo‘naltirilganligini ta’minlashda ularning ma’suliyatini yanada kuchaytirish maqsadida qabul qilingan. Aholini muhofaza qilishning aniq shaxsga qaratilishini yaxshilash uchun turar joy muassasalari bolali oilalarga nafaqalar hamda yolg‘iz o‘zgalar parvarishiga muhtoj pensionerlarni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash masalalarini o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa, yolg‘iz keksalarni, pensioner va nogironlarni ijtimoiy ta’minot va uy joy maishiy sharoitlarni yaxshilash yuzasidan ehtiyojlarni qondirish masalalarini hal qilish uchun homiylar mabla‘larini jalb qilish zarurligi belgilandi. O’zbekiston Respublikasi prezdentining 2007-yil 19-martdagi PF-3864 sonli farmoni”Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanadatakomillashtirish va mustahkamlashga oid chora tadbirlar to’grisida. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi davlatimizning kuchli ijtimoiy himoya siyosatiga amal qilgan holda,

«O‘zbekiston Respublikasi aholisining 2010-yilgacha davrga mo‘ljallangan ijtimoiy himoyasi yagona tizimini yaratish konsepsiyasi»ni ishlab chiqdi. Bu konsepsiyada davlatning ijtimoiy siyosatini amalg oshirish uchun yagona yo‘l ishlab chiqish va turli davlat idoralari va jamoat tashkilotlarini kuchlarini birlashtirish lozimligi ta’kidlab o‘tilgan. Unda ijtimoiy himoyaning mavjud usullarini, ularni moliyaviy ta’minlash manbalarini tubdan o‘zgartirish, bu muammolarni faqat davlat mablag‘lari hisobiga hal qilmay, balki xayriya va jamoat mablag‘larini ham jalb qilish zarurligi kabi qoidalar asosiy o‘rin olgan. Aholini ijtimoiy himoyalash masalalari ijtimoiy ta’minot organlari bilan



birga Mehnat, Moliya, Sog‘liqni saqlash, Aloqa vazirliklari, Pensiya Jamg‘armasiga hamda jamoat tashkilotlari bo‘lgan Ko‘zi ojizlar, Kar-soqovlar, Nogironlar, Qizil Yarimoy jamiyatlari, «Mehribonlik»,

«Bolalar», «Navro‘z», «Sog‘lom avlod uchun» kabi xayriya jamg‘armalariga ham yuklatilgandir. Hozirgi sharoitda aholining ijtimoiy himoya turlari kengayib, uning qo‘llanish asoslarini tubdan o‘zgartirish talab qilinayotgan bir paytda xizmat ko‘rsatilayotgan aholi soni va sarflanayotgan mablag‘ miqdori jihatidan pensiya ta’minoti aholini ijtimoiy himoyalashda asosiy o‘rinni egallaydi. 1993-yil 3-sentabrda Oliy Majlis tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinib, 1994-yil 1-iyuldan respublika hududida kuchga kirdi. Qonunga asosan, faqat ish staji mavjud bo‘lgan shaxslargagina pensiyalar tayinlanishi belgilangan. Bu pensiyalar yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalaridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o‘zining Oliy Majlisda so‘zlagan nutqida kelgusida ijtimoiy himoyani aniq toifa kishilariga qaratilishini kuchaytirish kerakligi haqida gapirib o‘tdi. Bundan shu xulosa kelib chiqadiki, ijtimoiy ta’minot tizimida qo‘llanilayotgan hozirgi qonunlarimizni ham qaytadan ishlab chiqish zaruriyati tug‘ildi. O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonunda belgilangan pensiya yoshi Xalqaro Mehnat Tashkilotining «Nogironlik, qarilik va boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqalar to‘g‘risida»gi Konvensiyada ko‘zda tutilganidan 5 va 10 yil kamdir. Bundan tashqari ish sharoiti zararli va og‘ir bo‘lgan xodimlar,teatr, sirk va boshqa tomosha muassasalarining artistlari, aviatsiya, maorif, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, urush nogironlari, ko‘p bolali onalar va boshqa ayrim toifaga tegishli fuqarolar yoshga doir pensiyani bundan ham ilgariroq olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Ijtimoiy soha xarajatlari ichi yuqori ko’rsatkichni ta’lim sohasi tashkil etib,bu borada amalga oshirilgan ishlarga to’xtaladigan bo’lsak kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida O`zbekistonda rejali asosda umumiy va o`rta-maxsus ta`limini rivojlantirish bo`yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda o`quvchi va talabalarning asosiy o`quv dasturlarini sifatli va to`laqonli o`zlashtirishlari uchun umummilliy miqyosda umumiy o`rta ta`limni to`la hajmda o`quvchilarga berilishini ta`minlash lozim.

Xalq xo`jaligi tarmoqlarining jadal rivojlanishi va yangi ishlab-chiqarish texnologiyalarini tadbiq etish, yuqori darajada malakali mutaxassislarni tayyorlashni talab etadi va buni ta`lim tizimining barcha darajalarida, ayniqsa boshlang`ich, fundamental tayyorgarlik darajasida yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tadbiq etmasdan turib amalga oshirish mumkin emas. Shu bilan birga, muhim ahamiyatga molik bo`lgan omillardan yana biri, bu maktablarni Davlat ta`lim standartlariga javob beruvchi zamonaviy o`quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikalari va o`quv-metodik qo`llanmalari bilan ta`minlanishidir.

Davlatimiz rahbari o`z ma`ruzalarida aynan mavjud umumta`lim maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uni rivojlantirish zarurligi to`g`risida ko`satmalar berdi. Shu bilan birga shuni ta`kidlab o`tish lozimki, ayrim maktablar rekonstruksiya va kapital ta`mirlashga o`ta muhtoj, ba`zi birlari esa umuman yaroqsiz holatga kelib qolgan, undan tashqari bir qism maktablarning moddiy texnika bazasi o`ta past darajada. Agar bu yo`nalishda qisqa muddatlar ichida davlat va jamoatchilik tomonidan paysalga solinmay keskin choralar ko`rilmasa, kutilgan ijobiy natijalarni olish shubhali bo`lib qoladi.

Qo`yilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Respublikamiz Hukumati tomonidan mavjud maktablarning binolarini sifat nuqtai-nazardan qayta ko`rib

chiqish, ularning moddiy texnik bazasini mustahkamlash va zamonaviy o`quv-laboratoriya jihozlari bilan ta`minlash, o`quv va o`quv-uslubiy adabiyotlar bilan to`ldirish bilan bog`liq masalalarni moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilagan holda bir qator tadbirlarni amalga oshirdi. Jamg`arma mablag`laridan qat’iy maqsadli (yo`nalishlar bo`yicha) va samarali foydalanilishini ta’minlash.

Hukumat qarori bilan Jamg`armaning ijro etuvchi direksiyasiga rahbarlik qilish O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirining ijtimoiy masalalarga mutasaddi o`rinbosari zimmasiga yuklatilgan.

Hukumat qabul qilgan qarorlarning muhim tomonlaridan biri shundan iboratki, korxona va tashkilotlarning dasturni moliyalashtirishga yo`naltirgan mablag`lari daromad (foyda) solig`idan ozod etiladilar. Jamg`armaga tushirilgan mablag`lar maqsadli yo`nalishda u yoki bu maktabning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yoki mukammal rekonstruksiya qilish va ta’mirlashga yo`naltiriladi. Shuni qayd etish lozimki, umumta’lim maktablari tomonidan Vazirlar Mahkamasining "budjet tashkilotlarini mablag` bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to`g`risida" 1999 yil 3 sentabrdagi 414-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg`armalari mablag`laridan Maktab ta’limini rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun foydalanishga ruxsat etilgan. Mustaqillik yillarida ta’lim tizimini tubdan modernizatsiya qilish imkonini bergan Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish mamlakatimizni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishiga aylandi. 12 yillik majburiy ta’limga o‘tish, 1,5 mingdan ortiq kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni barpo etish iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlamoqda.

Har qanday ijtimoiy muhofaza ijtimoiy kafolatlar asosiga quruladi. Ular

ham muayyan tizimdan iboratdir. Kafolatlar quyidagilarni amalga oshirishi lozim:



  • ish kuchi bozorini uning talab va taklif o'rtasida vujudga keladigan ziddiyatlarni yumshatish orqali tartibga solishi;

  • mehnatga qobiliyatli barcha jamiyat a'zolarining ish bilan band bo'lishiga ko'maklashmog'i (hech kim o'z xohishiga zid o'laroq ishsiz qolishi mumkin emas);

  • mehnatga qobiliyatli barcha aholi qatlamlariga tayanishi, ayniqsa ishga muhtojlarga e'tiborni qaratishi lozim.

  • Ijtimoiy nafaqalarning turli ko’rinishlari aholini ijtimoiy himoyalashda

muhim o’rinni egalaydi. Ijtimoiy nafaqalar homiladorlik va tug’ish,


farzand tug’ilganda,bola parvarishida va boshqa holatlar bo’yicha vaqtinchalik mehnat qobilyatini yo’qotganlik uchun nafaqalardan iborat bo’lishi mumkin.

  • Bu nafaqaning minimal darajasi barcha holatlarda minimal ish haqining 90% miqdorida belgilanishi mumkin

  • Vaqtinchalik mehnat qobilyatini yo’qotish, ish vaqtida shikaslanish kabi holatlada ish stajiga etibor berilmay, ish haqining 100% miqdorida to’lanadi.

  • Ijtimoiy sug’urta qilinuvchi ayollarga,korxonalari tugaganligi munosabati bilan ishsiz deb topilgandan so’ng 12 oy davomida o’rtacha oylik miqdorida

  • Boshlang’ich, o’rta oliy o’quv yurtlaridan so’ng kasbiy bilim beruvchi ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qiyotgan

ayollarga stipendiya miqdorida


  • Bundan tashqari bola parvarishi bo’yicha har bir oylik nafaqalar ish haqining minimal darajasi miqdorida bolalar soniga bog’liq bo’lmagan holda beriladi va bolaning voyaga yetgunga qadar beriladi.

So’ngi yillarda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirish,jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq stavkalarini kamaytirish,inflatsiya darajasini pasaytirish bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida aholining yalpi va real daromadlari sezilarli darajada oshdi,uning xarid qobilyati barqaror sur’atda o’sib bormoqda.

Ijtimoiy ta'minot quyidagi tashkiliy-huquqiy shakllarda amalga oshiriladi: davlat ijtimoiy sug'urtasi, respublika byudjeti mablag'lari, mahalliy byudjetlar mablag'lari. Iqtisodiyotni isloh qilish davrida ijtimoiy ta'minotning jamoat tashkilotlari va xususiy shaxslar faoliyati bilan bog'liq shakllari rivoj topadi. Aholini ijtimoiy muhofazalashni bir vaqtning o'zida amal qiladigan va bir-birini to'ldiruvchi quyidagi to'rtta tizimga ajratish mumkin: davlat ijtimoiy ta'minoti, davlat ijtimoiy sug'urtasi; jamoa ijtimoiy sug'urtasi va shaxsiy sug'urta.

Davlat ijtimoiy ta'minoti – aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga pulli nafaqalar vositasida ko'rsatiladigan yordamdir. Soliqlar va boshqa byudjet tushumlari hisobiga moliyalanadigan bu yordam ularga belgilangan minimal turmush darajasini kafolatlaydi. Nafaqa huquqiy kategoriya sifatida fuqarolarga yoki oilaga davlat ijtimoiy sug‘urtasi manbalari, davlat Byudjeti hamda boshqa maxsus manbalardan pul shaklida, muntazam ravishda yoki bir marta ko‘rsatadigan ijtimoiy yordamdan iborat bo‘lib, pensiyalardan farq qiladi va odatda, yordam xususiyatiga ega bo‘ladi hamda fuqaro turmush kechirisining asosiy manbayi bo‘lib hisoblanmaydi. Pensiyalarga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlar pul shaklida berilishi, qaytarib olinmaslik sharti bilan tekinga

berilishi kabilar nafaqalarga ham xosdir. Pensiyalardan farqli o‘laroq, nafaqalar vaqtinchalik xususiyatga ega. Ular turmush darajasini ta’minlashning qo‘shimcha manbayi bo‘lib sanaladi va nafaqalar tayinlanishida nafaqa oluvchining avvalgi faoliyati va mehnat staji unchalik katta ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Nafaqalar manbalariga ko‘ra:



  • byudjetdan tashqari pensiya Jamg‘armasi hisobidan to‘lanadigan nafaqalar;

  • davlat va mahalliy byudjet mablag‘laridan to‘lanadigan nafaqalar;




  • aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi Jamg‘arma hisobidan to‘lanadigan nafaqa;

  • boshqa manbalardan to‘lanadigan nafaqalarga bo‘linadi.

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlanishi nafaqa olishga talabgor fuqaroning (yoki uni oila a’zosini) mehnat faoliyati bilan, unig uchun ish beruvchilar tomonidan yoki bevosita o‘zi tomonidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy sug‘urtasi o‘z vaqtida, to‘liq va muntazam ravishda to‘lab berilganligi bilan bog‘liq qilib qo‘yilgan. Ya’ni, ijtimoiy sug‘urta badallari to‘lanmaydigan ish faoliyati bilan shug‘ullanish yoki sug‘urta badallarini muntazam to‘lanmaganligi odatda ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar olish huquqi paydo bo‘lmasligiga sabab bo‘ladi. «Sug‘urta badallari to‘lanmagan bo‘lsa nafaqa ham tayinlanmaydi» degan tamoyil amal qiladi.

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar ijtimoiy sug‘urta qilingan xodimlarga, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan hollarda boshqa fuqarolarga ham beriladi. Umumiy qoidaga ko‘ra xodim ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida (sinov davrida ham) bo‘lgan davrda unga nafaqa olish huquqi paydo bo‘lsa beriladi. Ayrim hollarda ishdan bo‘shagan

xodimlarga ham nafaqa tayinlanishi mumkin. «Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 1-bandiga ko‘ra, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha quyidagi nafaqalar beriladi:



  1. vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik uchun;




  1. homiladorlik va tug‘ish uchun;




  1. bola tug‘ilgani uchun;




  1. qo‘shimcha dam olish kuni uchun;




  1. dafn etish marosimi uchun nafaqalar.

Davlat ijtimoiy sug'urtasi zarur turmush darajasini kafolatlaydi. U majburiy bo'lib, ish beruvchilar va mehnatkashlarning sug'urta badallari, davlat tomonidan ajratiladigan dotatsiyalar hisobiga moliyalalashtiriladi.

Ishlaydigan onalarga bola ikki yoshga to‘lgunga qadar unga qarab turganlik uchun oylik nafaqa to‘lash va tayinlash tartibi. Bola ikki yoshga to‘lgunga qadar unga qarab turganlik uchun oylik nafaqa to‘lash va tayinlashning huquqiy asosi bo‘lib, 2002-yil 14-martda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yhatga olingan «Ishlaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilganligi uchun oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi va «Ishlamaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilganligi uchun oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomlar hisoblanadi. Ushbu Nizomlarga muvofiq, bolaga qarab turganlik nafaqasi qoidaga ko‘ra onaga, ona bo‘lmagan hollarda otaga, farzandlikka olganga, homiyga yoki farzandlikka olgan boshqa qarindoshlarga (ona o‘rniga o‘tuvchi) bola 2 yoshga to‘lgunga qadar tayinlanadi va to‘lanadi. «Ishlaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga

qadar uni parvarish qilganligi uchun oylik nafaqaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq, bolaga qarab turganlik nafaqasi ikki yoshga yetmagan bolalar sonidan qat’iy nazar, faqat 1 ta bola uchun oy sayin to‘lanadi. Bunday nafaqa O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 200 foizi miqdorida to‘lanadi. Bunda nafaqa eng kichik bola ikki yoshga yetguncha beriladi. Bolaga qarab turganlik nafaqasi bola tug‘ilgan oyning keyingi oyidan bola ikki yoshga to‘lgan oygacha to‘lanadi. Ishlaydigan (byudjet hisobidan ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qiyotgan) onalarga bolaga qarab turganlik nafaqasi ish (o‘qiyotgan) joyidagi korxona, muassasa, tashkilot tomonidan tayinlanadi. Byudjet hisobidagi korxona, muassasa, tashkilotlarda ishlovchi ayollarga, shu jumladan, davlat granti asosida ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotgan onalarga bu nafaqa davlat byudjeti hisobidan to‘lanadi. Nodavlat korxona, tashkilotlarda ishlovchilarga ushbu korxona mablag‘laridan bolaga qarab turganlik nafaqasi to‘lanadi.

Jamoa sug'urtasi yetarli turmush darajasini kafolatlaydi. U majburiy yoki ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi mumkin. Bunda ish beruvchilar va yollanganning sug'urta badallari to'lov manbalari bo'lib xizmat qiladi. Shaxsiy sug'urta farovonlikning yuqori darajasini kafolatlaydi. U ixtiyoriy ravishda, fuqarolarning sug'urta badallari hisobiga amalga oshiriladi.

Birinchi ikki quyi tizimning asosiy tamoyili – birdamlik, uchinchisiniki subsidiyalash, turtinchi, ya'ni shaxsiy sug'urtaniki esa, mutanosiblik tamoyilidir. Birdamlik tamoyili yordamning muhtojlik darajasiga qarab, fuqaro to'lagan soliqlar va sug'urta badallari miqdorini hisobga olmasdan taqsimlanishini ko'zda tutadi. Subsidiyalash tamoyilida esa, muhtojlik darajasiga qarab, ammo badallar miqdori va mos ravishda to'lovlar miqdorini hisobga olgan holda yordam ko'rsatiladi. Mutanosiblik tamoyili to'langan sug'urta badallariga mutanosib miqdorda yordam ko'rsatishni ko'zda tutadi. Yuqorida qayd etilganlardan

tashqari ijtimoiy himoyaning yana bir necha tamoyillari qo'llanadi:


    • umumiylik;




    • ochiqlik;




    • ko'ptomonlamalik;




    • ta'minot turlarining turfa xilligi;




    • muvofiqlik (ya'ni ijtimoiy yordam miqdorining iqtisodiy taraqqiyot darajasiga mosligi).

Birinchi ikki tizim o'zaro bog'liq va bir-birini to'ldiradi. Davlat ijtimoiy ta'minoti va sug'urtasining quyidagi turlari mavjud:




    • davlat pensiya ta'minoti;




    • uy-internatlarda keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga qarash va xizmat ko'rsatish;

    • nogironlarni protez-ortopedik buyumlar va harakatlanish vositalari bilan ta'minlash;

    • bolalar uylari, internatlar va boshqa muassasalarda bolalarga qarash va ularni tarbiyalash;

    • nogironlarni ishlab chiqarish va kasbiy reabilitatsiya qilish;




    • aholini sanatoriya-kurortlar va dori-darmonlar bilan ta'minlash;




    • uylarda ijtimoiy xizmat ko'rsatish va boshqalar.

To'la ma'noda olganda, ijtimoiy muhofaza quyidagi yo'nalishlarni qamrab



oladi:


    • jamiyat a'zolariga kun kechirish uchun zarur narsalarning eng kam miqdorini ta'minlash va muhtojlarga moddiy yordam ko'rsatish, turmush darajasini pasaytirish omillaridan muhofaza qilish;

    • fuqarolarning o'zlari uchun qonunga zid kelmaydigan har qanday yo'llar bilan tirikchilik vositalarini hech bir to'siqsiz ishlab topishlari uchun imkon beradigan shart-sharoitlar yaratish;

    • fuqarolarning ta'lim, tibbiy yordam va shu kabilarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishni ta'minlaydigan shart-sharoitlar yaratish, bunda jamiyat imkoniyatlari va o'ziga xos milliy-tarixiy xususiyatlarni hisobga olish;

    • yollanib ishlayotganlarga qulay sharoitlarni ta'minlash, ularni sanoat ishlab chiqarishining salbiy ta'sir ko'rsatishidan muhofaza qilish;

    • jamiyat a'zolarining ekologik xavsizligini ta'minlash;




    • fuqarolarni jinoiy hamlalardan himoya qilish;




    • huquqiy, demokratik davlat tamoyillariga mos keluvchi fuqarolik va siyosiy huquqlar hamda erkinliklarni muhofaza qilish;

    • ijtimoiy va millatlararo nizolarga barham beruvchi shart-sharoitlar yaratish;

    • siyosiy ta'qib va ma'muriy zo'ravonlikdan muhofaza qilish;




    • ma'naviy hayot erkinligini ta'minlash, mafkuraviy tazyiqlardan muhofaza qilish;

    • umuman, jamiyatda, ayrim yacheykalar va tarkibiy bo'linmalarda qulay psixologik iqlim yaratish, psixologik tazyiq o'tkazishdan muhofaza qilish.

XX asrda an'anaviy kapitalistik jamiyat haqiqatda o'zgarib, yangi ijtimoiy-iqtisodiy tizimga ijtimoiy yo'naltirilgan bozor xo'jaligiga aylandi, ham umuman jamiyatni, ham xo'jalik organizmining tarkibiy tuzilmalarini qamrab oladigan qudratli ijtimoiy muhofaza tizimlari qaror topmoqda, ular korxonalar va firmalar, aksionerlar jamiyatlari, kooperativlar, mehnat tashkilotlari va hokazolardir. Hozirgi vaqtda g’arbda fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilishning amerikacha, yevropacha, yaponcha va hokazo andozalari mavjud bo'lib, ular doirasida yana o'ziga xos ko'rinishlari ham faoliyat ko'rsatmoqda. Bu andozalarning umumiy xususiyatlari bilan bir qatorda o'ziga xos umumiy belgilari va milliy jihatlari ham mavjuddir.

O'zbekistonda mustaqillikning dastlabki yilaridan boshlab iqtisodiy islohotlarning o'ziga mos yo'li tanlandi. O'tish davri jarayonlari Prezident I.A. Karimov olg'a surgan beshta asosiy tamoyillaridan biri: «xalq turmush darajasining izchil va barqaror o'sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy muhofaza qilishni ifoda etadi".

Ijtimoiy muhofazaning ijtimoiy-iqtisodiy munosabat sifatidagi mohiyati jamiyat va aholi o'rtasidagi muhtojlik hollarida yordam, qariyalarga ko'maklashish, sog'liqni saqlash, ijtimoiy ahvol, hayotiy zaruriy vositalar bilan ta'minlash bilan bog'liq munosabatlardan iborat.

Ijtimoiy muhofazaning iqtisodiy negizini moddiy ishlab chiqarish tashkil etadi. Taqsimotchilik munosabatlari natijasida jamiyatning oldiga qo'yilgan bosh maqsadga muvofiq yalpi milliy mahsulotning muayyan qismi aholi ijtimoiy muhofazasiga sarflanadi. Ijtimoiy muhofaza fondining aksariyat qismi taqsimotchilik jarayonida davlat byudjetida shakllanadi. Uning to'planish mexanizmi soliqlar va maqsadli jamg'armalardir. Mamlakatimizda davom etayotgan va bozor iqtisodiyotini qaror toptirishga qaratilgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar umuman, fuqarolarning samarali ijtimoiy

muhofaza qilishni, xususan, korxonalar xodimlarini muhofaza qilishni nihoyatda muhim vazifalardan biriga aylantirdi. Bir tomondan, bu o'zgarishlar fuqarolarning ijtimoiy muhofazalanishini kuchaytiradi, ikkinchi tomondan esa, inson faoliyatining ayrim muhim tomonlarida ijtimoiy muhofaza qilish bo'yicha ko'proq kuch-g'ayrat sarflanishini: ishsizlikdan, pulning qadrsizlanishidan, fuqarolarning birmuncha qismi moddiy tomondan ta'min etilmaganidan va shu kabilardan muhofaza qilishni talab etadi.


  1. Download 94,95 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish