“Moliya” kafedrasi


-mavzu: Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/271
Sana23.07.2021
Hajmi3,45 Mb.
#126499
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   271
Bog'liq
Moliya umk

1-mavzu: Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati 
va uni o‘rganishning obyektiv zarurligi 
Reja: 
1.  Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati 
2.  “Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning ob’ektiv zarurligi 
 
1. Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati 
        
 
“Zamonaviy  moliya”  –  o‘ziga  xos  ilmiy-amaliy  fan.  Unda,  afsuski, 
hanuzgacha  amaliyotimizda  yetarli  darajada  e’tibor  berib  kelinmayotgan  hamda 
qadriga  yetilmayotgan  vaqt  va  noaniqlik  sharoitida  defitsit  pul  mablag‘larining 
taqsimlanish  masalalari  o‘rganiladi.  Bu  o‘rinda,  “vaqt”  va  “noaniqlik  sharoitida” 
deb nomlangan so‘z va so‘zlar birikmasiga jiddiy e’tibor berishingizni so‘raymiz. 
Zamonaviy  moliya  ilmida  bular  shunchaki  so‘zlar  yoki  so‘z  birikmalari  emas. 



 
Ajablanarlisi shundaki, aynan ular shu ilmning taqdiri va qadr-qimmatini belgilab 
beradi.  Aslida  faqat  shugina  emas,  balki  har  birimizning  taqdirimiz  va  qadr-
qimmatimizni  belgilab  berishda    ham  vaqt  va  noaniqlik  sharoiti  hal  qiluvchi 
ahamiyatga ega. 
Shu bois quyidagi savollarga e’tibor bering: faoliyatimiz davomida vaqt va 
noaniqlik  sharoitini  hisobga  olayapmizmi?  Ularning  hisobga  olinish  yoki  hisobga 
olinmaslik  darajalari  qanday?  Tegishli  qarorlar,  shu  jumladan, moliyaviy  qarorlar 
qabul qilayotganimizda ham bu omillarga qay darajada e’tibor berayapmiz? E’tibor 
berayapmizmi  o‘zi?  Yoki  ...?  Ular  diqqat-markazimizda  turibdimi?  Yuqoridagi 
holatlarda  aynan  shu  omil-larning  yetarli  darajada  hisobga  olinmayotganligi 
qanday  natijalarga  olib  kelmoqda?  Ularning  oqibati  nima  bo‘lmoqda?  Natijada 
“barmoq tishlab”, o‘yga tolib qolmayapmizmi? Kech bo‘lganligini, “poyezd ketib 
qolgan”ligini  sezib,  afsus-nadomat  chekmayapmizmi?  Ayrim  hollarda  “oyog‘i 
kuygan  tovuq”dek  bezovta  bo‘lmayapmizmi?  Boshimizni  har  toshga 
urmayapmizmi? Hech narsani o‘zgartira olmasa-da, o‘z-o‘zimizga “Qani endi ...?” 
degan  savolni  qayta-qayta  bermayapmizmi?  Jumladan,  ana  shunday  holatlarga 
tushmaslik  uchun  ham  (tushishni  istamasligimiz  –  aniq)  zamonaviy  moliya 
“sir”laridan ogoh bo‘lmoq lozim. 
Bizni  yuqoridagi  vaziyatlardan  qutqarishga  ko‘mak  beruvchi  “Zamonaviy 
moliya” (fani) quyidagi uch analitik “ustun” ustida vujudga keladi: 

 
vaqt  omili  (davrlar  o‘rtasidagi  muqobil  variantlar  tahlili)ni  hisobga  olgan 
holda 
pul 
mablag‘laridan 
foydalanishni 
optimal-lashtirish 
(oqilonalashtirish); 

  aktivlar qiymatini baholash

 
portfel nazariyasini ham o‘z ichiga oluvchi riskiy boshqaruv. 
Yuqorida  qayd  etilganlarni,  o‘ziga  xos  tarzda,  “Zamonaviy  moliya”ning 
mustahkam  poydevori  deb  ham  atash  mumkin.  Bu  har  bir  asosiy  element 
(“ustun”)larning  yadrosi  qator  tub  (fundamental)  qonunlar  va  prinsip-lardan 
iboratdirki, ular yuqoridagilarning har birida qo‘llaniladi. 
“Zamonaviy  moliya”  (fani)  ning  nima  ekanligini  anglash,  uni  to‘g‘ri  idrok 
etish,  u  xususda  yaxlit  tasavvur  hosil  qilish  va  tegishli  bilimlarga  ega  bo‘lish 
hamda ulardan amaliyotda foydalanish uchun, eng avvalo, quyidagi uch savolning 
aniq javobiga ega bo‘lmoq lozim: 
1. “Zamonaviy moliya” (fani)ning ta’rifi (tavsifi) nima(lar)dan iborat? 
2. Nima uchun “Zamonaviy moliya” (fani)ni o‘rganish kerak? 
.3.  Zamonaviy  moliya”  (fani)  olamida  harakatlanuvchi  ikki  asosiy  “shaxs” 
(kuch)lar kim (nima)lar va ular tomonidan qabul qilinadigan qaror-larning qanday 
turli ko‘rinishlari mavjud? 
Yuqorida  qayd  etilgan  har  uch  savolning  aniq  javoblariga  ega  bo‘lish 
quyidagi ketma-ketlikda ish tutishni taqozo etadi: 
1. “Zamonaviy moliya” (fani) ta’rifi (tavsifi) va uni o‘rganishning zarurligi; 
2. Uy xo‘jaliklari va firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar; 
3. “Zamonaviy moliya”ning fundamental asos (masala)lari.  
“Zamonaviy  moliya”  fani  yagona  (yaxlit  holdagi)  “Moliya”  fanining  bir 



 
(tarkibiy)  qismi  hisoblanadi.  Uning  bunday  nomlanishi,  ma’lum  ma’noda,  shartli 
xarakterga ega. Bu joyda ushbu fanning faqat zamonaviy va ayniqsa, uning amaliy 
jihatlariga  maxsus  ravishda  alohida  urg‘u  yoki  e’tibor  berilayotgani  uchun  uni 
shunday nomlash mumkin. 
Shaxslarning  ma’lum  vaqt  mobaynida  defitsit  pul  resurslari  kirimi 
(daromadi)  va  chiqimi  (xarajati)ni  qanday  boshqarishni  o‘rganishga  zamonaviy 
moliya deyiladi. 
Demak, “Zamonaviy moliya” (...finance) shaxs (odam, kishi)larning ma’lum 
vaqt  mobaynida  defitsit  pul  resurslari  kirimi  (daromadi)  va  chiqimi  (xarajati)ni 
qanday  boshqarishlari  to‘g‘risidagi  fan  hisoblanadi.  Moliyaviy  qarorlar  shunisi 
bilan ajralib turadiki, kirim (daromad)lar va chiqim (xarajat)lar: a) vaqt oralig‘ida 
tarqatilgan  (bir-biridan  farq-lanadi,  ajratilgan);  b)  odatda,  ularning  bo‘lajak 
miqdorini  na  qaror  qabul  qiladiganlar  va  na  boshqa  biror  bir  odam  bashorat  qila 
olmaydi.  Masalan,    o‘z  restoraningizni  ochishni  baholar  ekansiz,  barcha 
xarajatlarni  (xonani  jihozlash,  oshxona  anjomlari,  stol  va  stullar,  hatto  antiqa 
ichimliklarni  bezash  uchun  mo‘‘jaz  qog‘oz  shamsiyalar,  qisqasi,  barcha  zarur 
asbob-uskuna-larni sotib olish) va Siz bir necha yildan keyin olishni rejalashtirgan 
noma’lum  daromad  (ya’ni,  bo‘lajak  daromadingiz)ni  imkon  qadar  (iloji  boricha) 
aniq hisobga olish kerak.  
Muayyan  (aniq)  moliyaviy  qarorni  qabul  qilib,  biznesmen  (tadbirkor  yoki 
ishbilarmon)  uni  moliyaviy  tizim  yordamida  amalga  oshiradi  (hayotga  tatbiq 
etadi). Moliyaviy  bitimlar  tuzish, aktivlar  va  riskni  almashishda  foydalaniladigan 
bozorlar  va  boshqa  institutlar  majmuiga  moliyaviy  tizim  (financial  system) 
deyiladi. Bu tizim aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa moliya instrumentlari bozori, 
moliyaviy vositachilar (bank va sug‘urta kompaniyalari kabi), moliyaviy xizmatlar 
taklif  etadigan  firmalar  (masalan,  moliya-maslahat  firmalari)  va  shu  barcha 
muassasalar  faoliyatini  nazorat  qiluvchi  organlarni  o‘z  ichiga  oladi.  “Zamonaviy 
moliya”  (fani)  oldida  turgan  eng  muhim  vazifalardan  biri  –  bu  moliyaviy  tizim 
evolyutsiyasi qonuniyatlarini o‘rganishdir.  
“Zamonaviy  moliya”  nazariyasi  qator  konsepsiyalardan  iborat  bo‘lib,  bu 
konsepsiyalar  talaba  (kitobxon)larga  vaqt  omilini  hisobga  olgan  holda  pul 
resurslarini  taqsimlash  masalalarini  o‘rganishga  tizimlashtirilgan  yondoshuvni, 
shuningdek,  yordamida  barcha  muqobil  variantlar  o‘rganiladigan  va  moliyaviy 
qarorlar  qabul  qilinib,  hayotga  tatbiq  etiladigan    miqdoriy  modellar  to‘plamini 
taklif etadi. Mazkur asosiy konsepsiyalar va miqdoriy modellar moliyaviy qarorlar 
qabul  qilishning  barcha  bosqich-larida:  avtomobilni  sotib  (ijaraga)  olish  yoki  o‘z 
biznesini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini baholashda, yirik kompaniyaning moliyaviy 
direktori 
tele-kommunikatsiya 
xizmatlari 
bozoriga 
chiqish 
istiqbollarini 
belgilayotganda,  yoki  Jahon  banki  O‘zbekistonda  gidro  yoki  issiqlik 
elektrostansiya qurilishini moliyalashtirish masalasini hal etayotganda qo‘llaniladi. 
“Zamonaviy  moliya”  nazariyasi  shunday  doktrinaga  asoslanadiki,  unga 
ko‘ra  moliyaviy  tizimning  eng  asosiy  vazifasi  insonlar  ehtiyojini,  shu  jumladan 
oziq-ovqat,  kiyim-kechak  va  uy-joyga  bo‘lgan  barcha  asosiy  hayotiy  ehtiyojlarni 
qondirishdan  iborat.  Iqtisodiy  faoliyatning  har  qanday  sub’ektlari  (firmalar  ham, 



 
barcha  darajadagi  davlat  hokimiyati  organlari  ham)  ushbu  asosiy  vazifani 
bajarishga hissa qo‘shish uchun tashkil etil(adi) gan. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish