Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bo‘lgan ehtiyojining rivojlanishi


Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



Download 47,33 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi47,33 Kb.
#206508
1   2
Bog'liq
1 маъруза лат

Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati

“Moliya” arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida eng umumiy tarzda “pul mablag‘lari” ma’nosini anglatadi. Bu so‘z ona tilimizda quyidagi ko‘rinishda ishlatiladi:

  • maqsadli pul fondlarini shakllantirish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya kapitali, moliya tizimi);

  • biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufi­dagi pul mablag‘lari (masalan, korxona moliyasi);

  • moliya ishlari bilan shug‘ullanuvchi davlat organi (so‘zlashuv tilida).

Arab tilidagi “mol”, ya’ni “boylik, mulk; pul jamg‘armasi”, shuningdek, “moliyat”, ya’ni “pul mablag‘lari; soliq” so‘zlari ham moliyaga daxldordir.

Lug‘aviy ma’nosi jihatidan “moliya” so‘zi fransuzcha “finance”, lotincha “financia” va ruscha “finansы” so‘zlarining ekvivalenti yoki ma’lum ma’noda sinonimi hisoblanib, avvalo, “daromad”, “pul mablag‘lari” yoki “to‘lov” degan ma’nolarda ham ishlatiladi. Moliya davlatning vujudga kelishi va uning resurslarga bo‘lgan ehtiyojining rivojlanishi bilan doimiy (uzluksiz) tovar-pul munosabatlari sharoitida paydo bo‘ldi.

Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi.

Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoit­larni ta’minlash hamda davlatning funksiyalari va vazifa­larini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markaz­lashtirilmagan pul mablag‘lari fondlarini shakllanti­rish, taqsimlash va foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarga moliya deyiladi.

Moliyaviy munosabatlarining faqrlanuvchi o‘ziga xos belgisi shundan iboratki, YAIMni qayta taqsimlash jarayoni oldindan ma’lum maqsadlarga

Davlat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari darajasida tuziladigan pul mablag‘lari fondlari mar­kazlashtirilgan fondlar, xo‘jalik sub’ektlari darajasida tuzilgan pul fondlari esa markazlashtiril­magan pul fondlari deyiladi

Moliyaning xususiyatli belgilari quyidagilardan iborat:


  • munosabatlarning pulli xususiyati;

  • munosabatlarning taqsimlash xususiyati;

  • munosabatlarning fondlilik xususiyati.

Moliyaning moddiy asosini pul aylanishi tashkil kiladi.

Pul aylanishining ikki xil turi mavjud:



  • nakd pul aylanmasi;

  • nakd pulsiz aylanmalar.

Hozirgi sharoitda O‘zbekistonlik iqtisodchi-olimlar moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalarini bajarishini e’tirof etishadi.

YAlpi ichki mahsulotni taqsimlash jarayoni turli xil moliyaviy vositalar: me’yorlar, stavkalar, tariflar, ajratmalar va boshqa moliyaviy instrumentlar vositasida amalga oshiriladi.

Mikrodarajada esa uning manbai korxonalar pul daromadlari va fondlari hisoblanadi.

Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bo‘ladi. Moliya quyidagi ikki funksiyani bajaradi: taqsimlash va nazorat.

Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi. Har qanday (bir) moliyaviy operatsiya YAIM va MDni taqsimlash va shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi.

Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlash xarakteriga ega ekanligi uchun, shunga muvofiq ravishda moliyaning bosh yoki asosiy funksiyasi taqsimlashdir. Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan taqsimlash jarayoni murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Moliya YAIMni taqsimlashning turli bosqichlariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda va qayta taqsimlashda ishtirok etadi.

Moliyaviy metod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning turli darajalarini (mamlakat, uning alohida olingan mintaqalari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari miqyosida) qamrab oladi. Unga taqsimlashning turli ko‘rinishlarini (xo‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo va b.) tug‘diruvchi ko‘pbosqichlilik xosdir.

Eng avvalo, moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni taqsimlashda, “asosiy yoki birlamchi daromadlar” deb nom olganlarni yaratish (tashkil etish) sodir bo‘lganda namoyon bo‘ladi. Ularning yig‘indisi MDga tengdir. Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash jarayonida shakllanadi. Ular ikki guruhga bo‘linadi:



  1. moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan ishchi va

xizmatchilarning ish haqi, fermer va h.k.larning daromadlari;

  1. moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning daromadlari.

Moliyaning nazorat funksiyasi – bu ob’ektiv tarzda amal qiluvchi pul munosabatlari jarayonlarini nazorat qilishdir.

Moliya nazorat funksiyasining ob’ekti bo‘lib xo‘jalik sub’ektlari faoliyatining moliyaviy natijalari hisoblanadi.

Nazorat funksiyasi vositasida esa, pul fondlarining shakllanishi jarayonlarini iqtisodiy qonuniyatlar, me’yorlar asosida amalga oshirishni nazorat qiladi.

Davlat, mahalliy hokimiyat organlari, xo‘jalik sub’ektlari, jismoniy shaxslar tasarrufidagi pul mablag‘lari majmuasi moliyaviy resurslar deb ataladi. Moliyaviy resurslar manbalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:



  • xo‘jalik sub’ektlari miqyosida: foyda, amortizatsiya fondi, qimmatli qog‘ozlar realizatsiyalari, bank kreditlari, foizlar, dividendlar;

  • jismoniy shaxslar miqyosida: ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha ish haqi, ijtimoiy to‘lovlar, safar harajatlari, tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar;

  • davlat va mahalliy hokimiyat organlari miqyosida: davlat unitar korxonalari foydasi, davlat mulkini xususiylashtirishdan tushumlar, tashqi iqtisodiy faoliyatdan daromadlar, soliq tushumlari, davlat krediti, pul emissiyasi.

Moliyaviy resurslarning manbalari quyidagilardan iboratdir:

  • milliy daromad;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatdan tushumlar;

  • milliy boylikning bir qismi;

  • qarzga olingan mablag‘lar.

Moliyaviy resurslarning elementlari quyidagilardan iborat:

foyda;


  • turli soliqlar;

  • sug‘urta tashkilotlari va kredit muassasalarining mablag‘lari;

  • amortizatsya ajratmalari;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatdan tushumlar;

  • aholi fondlari.

Turli ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarda (tuzumlarda) moliyaning farqlanishi quyidagi sabablar bilan belgilanadi:

  • har qanday ijtimoiy formatsiyaga (tuzumga) jamiyatning o‘z sinfiy tuzilmasi mos keladi. Bunda moliya MDni taqsimlash munosabatlarini hisobga olib, ularning davlat foydasiga qayta taqsimlanishini tashkil qiladi;

  • har qanday ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyada (tuzumda) moliya hukmron sinfning manfaatlarini himoya qiluvchi davlatning maqsadlari va vazifalariga bo‘ysunadi;

  • ishlab chiqarishning yangi usuli xo‘jalik munosabatlarining yangi tizimini vujudga keltiradi. Masalan, quldorlik va feodal formatsiyalarda (tuzumlarda) natural munosabatlar xos bo‘lgan bo‘lsa, shunga mos ravishda davlat daromadlarini shakllantirish ham natural xarakter kasb etgan. Kapitalistik xo‘jalik tovar-pul munosabatlariga tayanadi. SHunga muvofiq davlat daromadlarini shakllantirish ham pul shaklida amalga oshiriladi;

  • agar davlat boshqaruv organi sifatida tarkib topgan ishlab chiqarish munosabatlari va sinfiy tuzumning vazifalariga xizmat qilsa, shu vazifalarga moliya ham xizmat qiladi;

XX asr tajribasi ogohlantiradi (o‘qitadi, ta’lim beradi, tarbiyalaydi):

  • aniq sinflarga bo‘lingan davlat mavjud bo‘lmaydi;

  • turli ijtimoiy tuzilmaga ega bo‘lgan davlatlar bir tarixiy davrda bo‘lishi mumkin;

  • bir ijtimoiy-tarixiy formatsiyadan (tuzumdan) ikkinchisiga o‘tish asrlar davomida sodir bo‘lishi mumkin;

  • faqat ijtimoiy tuzilma va texnologiyalarning emas, balki moliyaning ham eksport qilinish ehtimoli mavjud.



Tovar-pul, taqsimlash, qayta taqsimlash munosabatlari va moliya. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanishi. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini ifodalovchi ta’rif. Moliya va moliyaviy munosabatlarning xarakterli belgilari. Moliya yordamida ifodalanadigan pul munosabatlari. Moliya va YAIM hamda MDni taqsimlash va qayta taqsimlash. Zamonaviy iqtisodiyot va davlat moliyasi. Moliya va ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining darajasi. Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli va moliya. Moliyaning moddiy mazmuni. Moliyaiqtisodiy kategoriya sifatida. Moliya va baho. Moliya va kredit. Moliya va ish haqi. Moliya va soliq. Ularning o‘xshash va farqli jihatlari. Moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalari. Ularning o‘zaro bog‘liqligi.
Download 47,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish