Moliyani boshqarish haqida umumiy tushuncha Moliyani boshqarishning shakl va usullari



Download 121,5 Kb.
bet6/9
Sana14.06.2023
Hajmi121,5 Kb.
#951184
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Moliyani boshqarish organlari, ularning asosiy vazifalari,funksiyalari, huquq va vakolatlari

Maxsus huquq doirasidagi organlarga faqatgina ularning asosiy vazifasi moliya faoliyati bo‘lgan davlat organlari kiradi hamda ular bunday vazifalarni hal etish uchun maxsus tuziladilar. Bu bilan ular, tarmoq huquq doirasidagi organlardan farqli o‘laroq, tarmoqlararo, idoralar usti xarakteridagi maxsus vakolatlarga ega bo‘ladilar va barcha boshqa davlat organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga moliya sohasida ularning vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha majburiy bajarilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatmalarni berish huquqiga ega bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat boshqaruvi organi hisoblanib, yagona soliq-budjet siyosatini tashkil etish faoliyatini amalga oshiradi. “O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimiga: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, Toshkent shahar va viloyat hokimiyatlarining moliya boshqarmalari, shahar va tuman hokimiyatlarining moliya bo‘limlari kiradi.
Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • Davlat budjeti va konsolidatsiyali budjet taxminining loyihasini tayyorlash, uning bajarilishini ta`minlash, Davlat budjetining bajarilganligi haqida hisobotni tayyorlash;

  • aholining yashash turmushini oshirish va iqtisodiyotning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta`minlash maqsadida soliqlarning fiskal va rag‘batlantiruvchi rolini optimallashtirishni nazarda tutuvchi soliq siyosati va soliqqa tortishning tizimini takomillashtirish borasidagi takliflarni ishlab chiqish;

  • davlatning tashqi o‘zlashtirmalari loyihasiga baho berish;

  • davlat mablag‘larining maqsadli va foydadorlik bilan o‘zlashtirilishi ustidan o‘z vakolatlari doirasida davlat moliya nazoratini o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • budjet tizimini takomillashtirish sohasida budjet tizimi va budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish borasida taklif tayyorlaydi va ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi, budjetlararo munosabatlarning budjet tizimini takomillashtirish borasida huquqiy-me`yoriy aktlar loyihasini ishlab chiqadi, soliq-budjet siyosati va moliya sohasida ilmiy izlanishlarni tashkil etish va boshq.;

  • istiqboldagi rejalar va joriy yil budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari uchun soliq-budjet siyosati sohasida takliflar ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi, mustahkam budjet taxmini va davlat budjeti loyihalarini tayyorlaydi, davlat xarajatlari tuzilishini takomillashtirish bo‘yicha taklif tayyorlaydi, budjet tashkilotlarining xarajatlari va ularni moliyalashni rejalashtirish budjeti uslubini ishlab chiqib, tadbiq etadi,davlat budjetining foyda va xarajatlarini boshqaradi;

  • xalqaro andozalarga mos ravishda Markaziy bank bilan hamkorlikda yagona budjetni ishlab chiqish va bajarish sohasida yagona budjetning bajarilishini nazorat qiladitegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlatning maqsadli fondi va uning o‘zlashtirilishlari borasida yillik kvartal tushumlar taxminini ishlar chiqib, tasdiqlaydi, budjetdan tashqari fondlarning viloyatlar bo‘yicha taqsimlangan tushumlar va xarajatlar yo‘nalishi tasdiqlangan taxminiy foyda va xarajatlari bo‘yicha monitoring o‘tkazadi;

  • davlat qarzlarini boshqarish sohasida Markaziy bank bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining ichki qarzlari bo‘yicha hisob olib, xizmat ko‘rsatib, monitoring olib boradi, davlat qarzlarining tuzilishini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi, davlat qimmatli qog‘ozlarining emitenti vazifasini bajaradi, ularni chiqarish shart-sharoitlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, davlat tashqi qarzlarini boshqaradi, davlatning tashqi o‘zlashtirmalarining chegaraviy parametrlarini ishlab chiqadi, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining kafolatini tayyorlaydi va taqdim etadi, tashqi kreditorlar bilan zayom va boshqa kelishuvlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarishni tashkil etadi, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlagan va jalb qilgan xorijiy kreditlarning o‘zlashtirilishi va xizmat ko‘rsatilishi yuzasidan hisobot va nazorat olib borish;

  • moliya bozori va institutlarini tartibga solishda o‘z vakolati doirasida mustahkam moliya tizimining faoliyat ko‘rsatishi, mamlakat tizimidagi moliya bozori va moliya institutlarini davlat tomonidan tartibga solinishi uchun chora-tadbirlar ishlab chiqadi, belgilangan tartibda korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini boshqaradi, sug‘urta faoliyatini tartibga soladi va nazorat olib boradi.

G‘aznachilik davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash uchun budjet mablag‘laridan maqbul foydalanish yo‘li bilan barcha budjetdan mablag‘ oluvchilar uchun xarajatlarning kassa ijrosini o‘z vaqtida va maqsadli amalga oshiradi.
Davlatning moliya faoliyatini amalga oshiruvchi maxsus huquq doirasiga ega bo‘lgan organlardan biri O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” qonuniga asosan bu organ ham davlat boshqaruv organi, ham yuridik shaxs hisoblanadi.
Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Uning asosiy vazifalari:

  • monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;

  • O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va ta’minlash;

  • banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, kredit uyushmalari garovxonalarni nazorat qilish, qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;

  • O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta rezervlarini, shu jumladan kelishuv bo‘yicha hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish;

  • davlat budjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iboratdir.

Moliya faoliyatini amalga oshiruvchi maxsus huquq doirasiga ega bo‘lgan organlar qatorida moliyaviy nazoratni amalga oshirish uchun tuzilgan bir qancha organlarni ko‘rsatishimiz mumkin. Ularga Hisob palatasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish Respublika Kengashi va boshqalarni misol qilishimiz mumkin.

Download 121,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish