Moliyaviy Hisobotlarning Xalqaro Standartlarini birinchi marta qoʻllash



Download 249,88 Kb.
Sana17.04.2022
Hajmi249,88 Kb.
#558722
Bog'liq
Men MHXS va bux-WPS Office


Moliyaviy Hisobotlarning Xalqaro Standartlarini birinchi marta qoʻllash
MHXS va buxgalteriya hisobi bo'yicha maslahatchi bo’lib ishlaganimda, ko’plab yirik davlat va xususiy tashkilotlarga har xil Milliy standartlardan MHXS ga o'tishda yordam berganman. Men MHXS-1 ni, uning qoidalarini, istisnolarini va tanlovlarning ro'yxatini o'qib va yana qayta o'qib chiqardim. Tushunaman, siz ham ko’p MHXS buhgalterlaridek MHXS-1 standart va texnik tilning hajmidan g'azablangan bo'lsangiz, bu yerda siz uchun tushunarli bo'lgan tarzda asosiy fikrlarni ajratishga harakat qilaman.

MHXS-1ning talablari:


Agar siz ilgari milliy standartlar bo’yicha hisobot tayyorlagan bo'lsangiz va MHXS bo'yicha moliyaviy hisobotni tayyorlashga birinchi martta qaror qilgan bo'lsangiz, aytaylik, 31.12.2020 uchun sizga quyidagilar kerak bo’ladi:

3 (uchta!) moliyaviy holat (balans) to’g’risidagi hisobot (31.12.2020, 31.12.2019 va 01.01.2019 uchun);


Foyda va zarar to'g'risida 2 ta hisobot (2020 va 2019 yillar uchun);
Boshqa umumlashgan daromad to'g'risida 2 ta hisobot (2020 va 2019 yillar uchun);
Pul oqimlari to'g'risida 2 ta hisobot (2020 va 2019 yillar uchun);
Kapitaldagi o'zgarishlar to'g'risidagi 2 ta hisobot (2020 va 2019 yillar uchun);
Hisob siyosati va taqdim etilgan barcha davrlar uchun tegishli izohlar;
Oldingi (milliy) standartlar bo’yicha tayyorlangan hisobotni MHXS bo’yicha tayyorlangan hisobotga solishtirmalar (Ushbu solishtirmalarni shu maqolamda quyida yoritib beraman); va
Albatta uchta sanani yodda tuting:



MHXS 1 uchun eng muhim 3ta sana
O'tish davridagi barcha MHXS tuzatishlaringiz 01.01.2019 balansingizdan o'tadi. Yuqoridagi barcha sanalar uchun siz bir xil hisob-kitob qoidalariga (hisot siyosatiga) rioya qilishingiz kerak. Hisobot sanasida qo'llaniladigan barcha standartlar (31.12.2020) barcha davrlar uchun doimiy ravishda qo'llanilishi kerak.
O'tish sanasida MHXS bo'yicha aktivlar va majburiyatlarni qanday baholash kerak?
Tegishli MHXS standartlarini qo'llash orqali barcha aktivlaringizni va majburiyatlaringizni retrospektiv tarzda tan olishingiz va baholashingiz kerak. Oldingi milliy standartlaringiz va MHXS o'rtasidagi barcha farqlar MHXSlarga o’tish sanasida, bizning misolda 01.01.2019 holatiga, sizning taqsimlanmagan foyda (yoki boshqa 80-"schetlar"dagi rezervlar) orqali o’tkaziladi. Hisob-kitoblarni va buhgalteriya baholashlari uchun, 01.01.2019 yildan bugungi kungacha olingan ma’lumotlardan foydalanmang. Sizning hisob-kitoblaringiz faqat o'sha tarixiy sanada mavjud bo'lgan ma'lumotlardan foydalangan holda amalga oshirilishi kerak.
O'tish sanasida siz asosiy vositalaringizni "shartli tannarx"da baholash imkoniga egasiz. Bunda siz har bir aktiv uchun alohida quyidagilardan birini tanlashingiz mumkin:
BHXS-16 (Asosiy vositalar)ga muvofiq tarixiy amortizatsiyadan keyingi qiymat (giperinflyatsiyani unutmang);
01.01.2019 holatidagi haqqoniy qiymat; yoki
Milliy standartlar bo'yicha qayta baholangan summa (agar ushbu qayta baholangan summa haqqoniy qiymatga yoki amortizatsiyadan keyingi hozirgi narxlarga indekslashgan tannarxga umuman olganda taqqoslash mumkin bo'lsa).

Milliy standartlar bo’yicha tayyorlangan hisobotni MHXS bo’yicha tayyorlangan hisobotga solishtirmalar


(MHXS-1 dagi ma’lumotlarni taqdim qilish va ochib berishgagi eng muhim talab!)

MHXS-1ning asosiy talablaridan biri bu sizning kapitalingizning (ya'ni sof aktivlarning) milliy standartlar bo’yicha balansi va kapitalning MHXSga muvofiq balansi o'rtasida 01.01.2019 (o'tish sanasi) va 31.12.2019 (qiyoslanadigan davr) uchun solishtirmalarni ochib berish va taqdim etishdir. Shuningdek, 2019 yil yakuni (qiyoslanadigan davr) uchun sizning milliy standartlar bo’yicha foyda va zararingizni MHXS bo’yicha foyda va zararlaringizga solishtirishingiz kerak.

Ushbu solishtirishlar odatda jadval shaklida tayyorlanadi va har bir muhim tuzatish bo'yicha tushuntirishlar beriladi. Quyidagi misol kabi:

Kapitalning solishtirmasi



Kapitalning solishtirmalari


Kapitalning solishtirmalariga oid izohlar:

A) Kompaniya ba'zi bir asosiy vosita ob'ektlarini MHXSga o'tish sanasidagi haqqoniy qiymat (shartli tannarx) bo'yicha qayta baholadi. Natijada, taqsimlanmagan foyda $50000 ga o'sdi.

B) Milliy standartlar bo'yicha kompaniya $15000 ga teng tadqiqot xarajatlarini nomoddiy aktiv sifatida tan olgan edi. Ammo BHXS-38 “Nomoddiy aktivlar”ga binoan, tadqiqot xarajatlari aktiv sifitida tan olinmaydi, balki xarajatga olinadi. MHXS qabul qilingandan so'ng, $15000 01.01.2019 holatiga taqsimlanmagan foydani to'g'irlash orqali nomoddiy aktivlar tarkibidan chiqazib tashlandi.
C) O'tish sanasida tovar-moddiy zaxiralarning ayrimlari sotishning sof qiymatidan (NRV) $1000 ga yuqori bo'lgan. BHXS-2 “Tovar-moddiy zaxiralar” talablariga muvofiq, zaxiralar, taqsimlanmagan foydani to'g'rirlash orqali, MHXSga o'tish sanasida ularning sotishning sof qiymatiga (NRV) tushirib qo’yilgan.

D) Milliy standartlar bo'yicha debitorlik qarzdorlik uchun rezervlar kredit-yo’qotish (default) holati yuzaga kelganidan so'ng tan olinadi. 01.01.2019 holatiga, MHXS-9 “Moliyaviy instrumentlar” talablariga binoan, debitor qarzdorligidan kelajakda kutilayotgan kredit yo'qotishlari uchun $500 qiymatidagi rezerv tan oldi.

E) BXHS-37 “Rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar” talabiga binoan kompaniya o'zi ishlayotgan neft koni uchun $20000 miqdorida ekologik javobgarlikni qayd etdi. Mahalliy qonunchilik talab qilganidek, ushbu neft konining ishlash muddati tugashi bilan yer maydoni tuzatilib foydalanishga topshirilishi kerak va ushbu majburiyatning 01.01.2019 dagi sof joriy qiymati $20000 hisoblanadi. Milliy standartlar bo'yicha bunday rezervlar talab qilinmagan.

F) Turli xil o'tish davri tuzatishlari o'tish davridagi foyda solig'i bo'yicha $4000 farqiga olib keladi.

Xuddi shunday solishtirma va izohlar 31.12.19 holati balansi uchun ham talab qilinadi!

Jami umumlashgan daromadning solishtirmasi


Jami umumlashgan daromadning solishtirmasi


2019-yil uchun jami daromadni solishtirish to'g'risida izohlar yuqorida ko'rsatilgan tarzda taqdim etilishi kerak.

Men mijozlarimga MHXSga o'tishida qanday yordam beraman?


Ko'pincha men korxonalarga Milliy standartlardan MHXSga o'tishda yordam berish uchun maslahatchi sifatida yollanaman. MHXS-1 bu bir masala, ammo MHXSni tadbiq etish biznesning ko'p jihatlariga, shu jumladan moliyaviy hisobot jarayonlari, tizimlar, ichki nazorat, soliqlar, g'aznachilik, asosiy boshqaruv xodimlari KPI-larni belgilashga, naqd pul va boshqalarga ta'sir qiladi. Bu xodimlarni, jarayonlarni va IT tizimlarini qamrab oladigan o'zgarishlarni talab qiladi.

Men va mening jamoam kompaniya menejmenti va moliya xodimlari bilan o'tirib, ularning biznesini o’rganaman va MHXSni qo’llashning ularning korxonaga kutilayotgan oqibatlarini tushuntiraman va mijozlarga MHXSni tadbiq etishni to'g'ri rejalashtirish va boshqarishda yordam beraman. Men MHXSni amalga oshirishda quyidagi 5 bosqichli rejani tavsiya qilaman:



5-steps to IFRS
Men buni quyidagicha amalga oshirgan bo’lardim:

1) Moliyaviy hisobot va buxgalteriya siyosati bilan tanishib chiqing va kompaniyangizning mavjud bo'lgan hisob siyosati va MHXS talablariga binoan bo'shliqlar / nomuvofiqliklarni aniqlang. Topilmalar haqida xulosa hisobotini tayyorlang.

2) Yo'l xaritasini tuzing, asosiy qiyinchiliklarni, asosiy vazifalarni, vaqt va muddatlarni aniqlang.

3) Birinchi etapda aniqlangan texnik masalalar bo'yicha tadqiqotlar qiling va menejment uchun MHXSning ularning biznesiga ta'sirini yoritib berish, ular uchun mavjud bo'lgan tanlovlar haqida hisobot ishlab chiqing. Ushbu tanlovlar bo’yicha qaror qabul qiling.



4) Transformatsiya jadvalini va MHXS moliyaviy hisoboti jadvalini tayyorlang va tegishli ichki nazoratni amalga oshiring va rollarni tayinlang.

5) Ichki manfaatdor tomonlar va tashqi audit tomonidan ko’rib chiqilishini ta’minlang.
Download 249,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish