Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari Reja: Moliyaviy tahlilni tashkil etish va tartibga solishning me’yoriy asoslari



Download 61,89 Kb.
bet2/8
Sana07.02.2023
Hajmi61,89 Kb.
#908631
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2. Moliyaviy tahlilni tashkil etish shakllari Moliyaviy tahlil b

Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS). “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos” deb nomlangan BHMSda moliyaviy hisobot maqsadi sifatida quyidagilar bayon etilgan. “Moliyaviy hisobotning maqsadi xo‘jalik subektining moliyaviy ahvoli, faoliyati, moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishdan iborat...”.
Moliyaviy hisobot axborotni quyidagilar uchun ham saqlaydi: investitsiya qarorlarini va kreditlar berishga doir qarorlarni qabul qilish; xo‘jalik yurituvchi subektning bo‘lg‘usi pul oqimiga baho berish; xo‘jalik yurituvchi subektga ishonib topshirilgan resurslar munosabati bilan uning resurslariga, majburiyatlariga baho berish; rahbar organlarning ishiga baho berish.
Jumladan, mazkur standartning keyingi bandlarida xo‘jalik yurituvchi subekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‘zgarishlariga munosabat bildira olishi, subektning kelgusida pul mablag‘larini va ularning ekvivalentini ko‘paytirish imkoniyatini prognozlash, kreditlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, xo‘jalik yurituvchi subektning faoliyat ko‘rsatkichlari, uning rentabelligini aniqlash, iqtisodiy resurslardagi potensial o‘zgarishlarni baholash zarurligi qayd etiladi.
Moliyaviy hisobotlarni bir paytning o‘zida turli davrlar bo‘yicha axborotlarni jamlashi ham ularning tahliliyligini ta’minlash uchun qilingan zaruriy talabdir.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasining “Korxonalarning moliyaviy iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi qarori”ga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subektlarning iqtisodiy nochorligini baholashda quyidagi ko‘rsatkichlar tizimini o‘rganish tavsiya etiladi: to‘lov layoqati yoki qoplash koeffitsienti; o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsienti; korxona aktivlari va xarajatlari rentabelligi. YAkuniy xulosani chiqarish yuzasidan quyidagi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar o‘rganiladi: o‘z mablag‘lari va qisqa muddatli qarz mablag‘lari nisbati koeffitsienti; ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsienti; asosiy vositalarning eskirish koeffitsienti.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorida quyidagi ko‘rsatkichlarni baholashni tavsiya etiladi.
1. Samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari: korxonaning foizlar, soliqlar va amortizatsiya summasi chegirilgunga qadar foydasi; xarajat va daromadlarning o‘zaro nisbati; jalb qilingan kapital rentabelligi; aksionerlik kapitali rentabelligi; investitsiyalangan kapital rentabelligi; aktivlar rentabelligi; mutlaq likvidlik koeffitsienti; moliyaviy mustaqillik koeffitsienti; kreditorlik majburiyatlari aylanuvchanligi; debitorlik majburiyatlarining aylanuvchanligi; qoplash (to‘lovga qobillik) koeffitsienti; dividend to‘lash koeffitsienti; debitorlik majburiyatining kamayish koeffitsienti.
2. Samaradorlikning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari: asosiy vositalarning eskirish koeffitsienti; asosiy vositalarni yangilash koeffitsienti; mehnat unumdorligi; fond qaytimi; ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsienti; energiya samaradorligi (mahsulot qiymati tarkibida energiya xarajati ulushi); sotilgan mahsulot tarkibida innovatsion mahsulotning ulushi; innovatsion faoliyatga xarajatlarning jami xarajatlar tarkibidagi salmog‘i; xodimlarni o‘qitish xarajatlari salmog‘i; kadrlar qo‘nimsizligi koeffitsienti; rejalashtirilgan investitsiya dasturining bajarilish darajasi; quvvatlarni ishga tushirish koeffitsienti; rejalashtirilgan eksport hajmining bajarilishi.
Xo‘jalik yurituvchi subektning iqtisodiy nochorligini baholash, xo‘jalik yurituvchi subektlarni bankrot (iqtisodiy nochor) deb e’lon qilish va ularni tugatish shartlari davlat nomidan ish ko‘ruvchi organlar tomonidan qat’iy belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunday vakolatga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasi ega.
Xo‘jalik yurituvchi subektlar raqobatda sinmasligi uchun quyidagilarga amal qilishlari lozim:
- mavjud mablag‘larini to‘g‘ri joylashtirish va boshqarish;
- ijobiy faoliyat natijaviyligiga erishish;
- debitor qarzlarni ko‘paytirmaslik yo‘llarini topish, mavjud debitor qarzlarni muddatida qaytarish chora-tadbirlarini ko‘rish;
- kreditor qarz majburiyatlarini to‘lov muddati bo‘yicha nazoratini olib borish.
Xo‘jalik yurituvchi subektlar iqtisodiy nochorligini belgilashda quyidagi ko‘rsatkichlar tizimiga tayanishi lozim:
- xo‘jalik yurituvchi subektlarni to‘lov layoqati, qoplash koeffitsientini o‘rganishi;
- xo‘jalik yurituvchi subektlarning moliyaviy mustaqillik va qaramlik darajasini o‘rganishi;
- uzoq muddatli va joriy aktivlarni manbalashning holatini o‘rganish;
- o‘z va qarz mablag‘lari orasidagi nisbatni o‘rganish;
- aktivlar, kapital va majburiyatlar rentabelligini o‘rganish;
- ishlab chiqarish quvvatlaridan haqiqiy foydalanish darajasini o‘rganish;
- asosiy va nomoddiy aktivlardan foydalanish darajasini o‘rganish;
- muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini o‘rganish.
Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga yoki majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar yoki to‘lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, uning bankrotlik alomatlari deb e’tirof etiladi.
Korxonalarning moliyaviy iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibiga muvofiq korxonalar moliyaviy-iqtisodiy holati bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
- iqtisodiy barqaror;
- iqtisodiy tahlikali (xavf-xatarli);
- iqtisodiy nobarqaror*-**:
*to‘lovga qobilligini tiklash imkoniga ega bo‘lgan korxonalar;
**to‘lovga qobilligini tiklash imkoniga ega bo‘lmagan korxonalar.
Xo‘jalik yurituvchi subektlarning iqtisodiy holatini baholash yuzasidan quyidagi ko‘rsatkichlar tizimini o‘rganish tavsiya etiladi.1
- To‘lov layoqati yoki qoplash koeffitsienti (Ktl):
- O‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsienti (Kat)
- Korxona aktivlari va xarajatlari rentabelligi (Ra, Rx)
YAkuniy xulosani chiqarish yuzasidan quyidagi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar o‘rganiladi:
- O‘z mablag‘lari va qisqa muddatli qarz mablag‘lari nisbati koeffitsienti (Ko‘q)
- Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsienti(Kquv)
- Asosiy vositalarning eskirish koeffitsienti (Kesk)
Xo‘jalik yurituvchi subektlar kreditga layoqatligini tahlil etishda moliyaviy holat tahlilida qo‘shimcha tarzda quyidagi mavzularni o‘rganish tavsiya etiladi;
- xo‘jalik yurituvchi subektlarining rentabellik darajasi;
- aylanma mablag‘larning holati;
- o‘z mablag‘larini hajmi, ularning asosiy va aylanma kapitalidagi ishtiroki;
- ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlarni o‘sish darajalari;
- to‘lov muddati kelgan va o‘tib ketgan debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining holati;
- xo‘jalik yurituvchi subektlarning pul va qimmatli qog‘ozlarining mavjudligi va boshqa jihatlari.
Bugungi amaliyotda mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subektlarga uzoq va qisqa muddatli kreditlarni jalb etishda moliyaviy tahlilda o‘rganiladigan ko‘rsatkichlar tizimiga 5 ta tarkib guruh ko‘rsatkichlarni kiritish lozim. Bu ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat:2
1. To‘lov layoqati va likvidlilik koeffitsientlari;
2. Ish aktivligi koeffitsientlari;
3. Moliyaviy leveridj koeffitsientlari
4. Rentabellik koeffitsientlari
5. Qarzni qoplashni tavsiflovchi koeffitsientlar
Rivojlangan davlatlarda kreditga qodirlikni baholashda eng muhim qoida sifatida shartli “S-1-5” qoidasiga amal etiladi. Bu qoida quyidagilarni xarakterlaydi.3
S1-charakter – qarz beruvchining bozordagi obro‘si, uning holatini aniqlash;
C2-capacity – qarz oluvchining faoliyatni yakuniga etkaza olishi, tegishli daromadga ega bo‘lishi hamda olingan kreditlarni qaytarib bera olish qobiliyati;
C3-capital – qarz oluvchining sarmoyasini etarliligi;
C4-conditions – biznesning rivojlanishi yuzasidan shartlar;
C5-collateral – garov.
Bu qoidalarga bizning kredit amaliyotimizda ham to‘liq amal etiladi, faqat uning rasmiy jihatlari bu tartib belgilanmagan.
Kreditga qodirlilik tahlilidagi uslubiy jihatlardagi farqlanishlar albatta‚ mamlakatimizda buxgalteriya hisobi, tahlil va auditni yuritishda milliy standart normalariga tayanilishi, moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etishning farqlanishi bilan izohlash mumkin.



Download 61,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish