Muallif: Venera Taxrirlovchi: Zilola (life) #venera. Premyera: "Hayot mazmunim"



Download 367,72 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.10.2022
Hajmi367,72 Kb.
#851179
Bog'liq
???????????????????? ???????????????????????????????? #????????????????????????



 Hayot mazmunim
Muallif: Venera
Taxrirlovchi: Zilola (life)
#VENERA.
Premyera: "Hayot_mazmunim"
Muqaddima_


Hayot o'zi nima? 
Qanday?
Bizga atalgan ne ne sinovlari bor bu hayotning.
Qancha azob-u , qancha baxtli damlarni atading 
hayot!
Hayotimiz qanday kechishi bizning o'zimizga ham 
bog'liq. Qilgan har bir hatti harakatimiz, ertanggi 
kunimiz kafolatidir. 
Har bir bosgan qadamimiz va har bir tilimizdan 
chiqqan so'z ham hayotimizga o'z tasirini ko'rsatmay 
qo'ymaydi.
Hayot mazmunimizni asraylik!
***
Uyqii, mening eng sevimli hamrohim. Agarda uyqim 
kelayotganida bezovta qilishsa yig'lagim keladi.
Meni ojiz tomonim desam ham bo'ladi.
Mana hozir ham erta tongdan onamni ovozlaridan 
ko'zlarimni ochdim.
Erinibgina yonimdagi , tinmay musiqa chalayotgan 
telefonga qaradim.
-- Yo Hudoyim, soat 9 bo'layapti. 
Sakrab o'rnimdan turdim.
Tez yuvinib chiqqach, sochlarimni biroz qurutib 
yugurgancha oshxonaga tushdim.


-- Farangiz qachongacha bunday peshingacha 
uhlaysan?
Doimgidek onam vahima qilishni boshladilar, ahir 
hali peshin bo'lmadiku.
-- Oyii peshin emas, soat endigina to'qqiz.
Oyim sakkiz yoshli singlimga dars tayyorlatar 
ekanlar mengga kinoyali nigoh tashladilar. 
Indamay stullga joylashib oldim 
-- Endiginami?
Deya mengga qisqa nigoh tashladilar.
Men esa hotirjamlik holatidaman.
-- Ha .
-- Tezroq choyingni ich.
Dadang sen bilan gaplashmoqchilar.
Obbo, dadam men bilan kamdan kam gaplashadilar. 
Shunda ham mengga yoqmaydigan mavzu bo'ladi. 
Shu dadam gaplashmoqchi bo'lsalar qo'rqib turaman.
Yuzim burishdi shekil onam mengga ginali qarab , 
yana singlimga yozdira boshladilar.
Indamay stoldagi shirinliklarni yeyishga tushdim.
Singlim dars qilgisi kelmay mengga iltijoli qaradi. 
-- Ha Farzosh, dars qilging kelmayaptimi?
-- Hmm, 
Deb onamga qarab qo'ydi.
Men jilmayib singlimga qaradim 
-- Shirinlik yeysanmi?


Singlim javob qaytarishga ulgurmasidan oyim norozi 
ohangda gapira boshladilar.
-- Farangiz jimsangchi.
Ustozi husnihati hunuk deb aytti. Chiroyli 
yozmagunicha shirinlik yo'q.
Ehh bechora singlim. Shirinlikdek mazzali narsadan 
cheklanyapti.
Ungga qarab yelkamni qisib qo'ydim.
Bugun sinfdoshim va do'stim Shohruxni tug'ilgan 
kuni. Soat yettilarga qandaydir restoranga chaqirgan.
Onamni ko'ndirishku osson ish, lekin qoshlarini 
chimirib turgan dadam ko'z oldimga kelib biroz...yo'q 
yaxshigina havotirlandim.
-- Mayli, haligi oyi bugun Shohruxni tug'ilgan kuni, 
shungga borsam bo'ladimi?
-- Mendan emas , dadangdan so'ra.
-- Siz ko'ndirib bera qolinnnng 
-- Yoo'q, men nima deyolaman. O'zing so'ra qizim.
Ha uyimizdagi barcha shu dadamdan qo'rqadi.
Dadam faqatgina uch yoshlik ukam Abdullohga 
yaxshi muomila qiladilar.
Mittigina shu ukam yura olmaydi. Nogironlar 
aravachasida o'tiradi.
Balki shuning uchun ungga judayam mehribondirlar?
Amallab ko'ndirsam bas 
Yo'qq, Ahir Shohrux dadasiga aytsa dadam ko'nadilar.


Yaxshi ham dadasi meni dadam bilan do'st.
Hayolimga kelgan fikrdan quvonib o'rnimdan turdim.
Onam tezda savol nazari bilan qaradilar
-- Choyingni ohirgacha ichmadinku?
-- Hozir oyi, Shohrux bilan gaplashib olay.
Kelib ichaman.
Deya tez xonamga ko'tarildim. Shkafim ustidagi 
telefonimni olib Shohruxga qo'ng'iroq qila boshladim.
-- Uhlayapti shekil.
Ko'r ko'rni qorong'uda topadi deb bejizga 
aytishmagan shekil. So'stim ham mendek uyqichi.
Dadasi bilan bolalikda uyimizga juda ko'p kelardi.
O'sha paytdan beri meni yigit do'stim.
Hozir ham mehmonga har oy kelib turishadi.
Nihoyataa
Go'shak ortidan uyqusiragan ovoz eshitila boshladi.
-- Al.loo
-- Alo Shohruxx, 
-- Hmm
-- Hali ham uhlayapsanmi?
Tursangchi 18 ga to'lgan yigitni uhlab yotishini.
Bugun bayramingga borishim uchun amakim 
dadamdan so'rabersinlar.
Yoki sen soraaa 
Mengga yo'q deydilar bilasankuuu


Shohrux jimib qoldi. Hoynahoy uhlab qolgan.
Men shuncha gapni kimga gapirdim? Yo tavba, 
eshitib turgan odam ham uhlab qoladimi?
Asabim buzilib ketti.
Mengga e'tiborsizlik yoqmaydi.
-- Shoxxxx
Uhlab qoldingmi?
Heyyy
Shuncha baqirsam ham jim
Biroz o'ylanib turib jilmaydim va afsus ohangida 
gapimni davom ettirdim.
-- Mayli, men bora olmas ekanman.
Bayraming yaxshi o'tsin...
-- Nima? Nega bormaysan?
Ana nishongga urdi. Gapim ohiriga yetmasdan 
uyg'onib ketti.
Men uni qilig'idan kulib yubordim.
-- Haa uyg'ondingmi? 
-- Ha nima deyayotganding?
-- Obbo Shohrux bilasan ..
-- Ikki marotaba gapirishni yoqtirmayan.
-- Ha bilarkansan.
-- Menga yana qaytaraqol.
Chuqur uh tortgancha gapimni qaytara boshladim.
-- Bilasan, dadam ruhsat bermasliklari mumkin.


Shuning uchun o'zing so'raberaqol.
-- Mayli hali oltilarda uyingga boraman.
-- Qolganlar yettida boradiku
--Farangiz sen qolganlar emassan.
-- Ha bilaman.
Men Dilshoda ga ham aytaman. 
Dilshoda meni dugonam.
Uch yil oldin yonimizdagi uyga ko'chib kelishgan.
-- Nima u boradi deb o'ylaysanmi?
Aqilli dugonang o'zicha unday bayramlarga 
bormaydiku.
Haa Shohrux Dilshodani unchalik yoqtirmaydi.
Men esa ularni o'rtasida halak.
-- Mayli so'rab ko'raychi.
-- Hop, mengga farqi yo'q.
-- Bopti.
Aloqa tugagach hursand holda o'rnimdan turdim.
Shohrux so'radimi, demak dadam albatta rozi 
bo'ladilar.
Endi Dilshodaga aytishim kerak. Borsa zor bo'lardi...
Muallif:#Venera.
"#Hayot_mazmunim"


Hali dadam kelishlariga bir soat vaqt bor. Dilshodani 
yoniga chiqib kelishga ulguraman.
Tez tez qadam bosgancha ko'chaga chiqdim.
To'g'rimizdagi uyni oynasidan kimningdir sharpasi 
ko'rindi.
Ha albatta u Hamdam, Dilshodaning oshig'i.
Negadir shu bola yoqmaydida, instutta ikkinchi 
kursida Dilshoda bilan o'qidi. 
Lekin men uni yoqtirmayman. Balki judayam aqilli 
bo'lgani uchundir, yoki Dilshodani ortidan 
yurganigadir.
Mengga ortidan yalinib yurganlar yoqmaydi.
Hullas Dilshodalarni uyiga keldim.
Eshikni itardim, doimgidek ochiq.
-- Dilshodaa, 
Deya hovli tomon yura boshladim. Shu payt birinchi 
xona eshigi ochilib bir yigit chiqib keldi.
Hayronman buni oldin ko'rmaganman, biroz nima 
qilishimni bilmay qoldim. 
Uni o'zi gapira boshladi.
-- Dilshoda oshxonada.
-- Haa, rahmat.
Yigittan ko'zimni uzub oshxona tomon yura 
boshladim lekin ortimdan haligi yigitning yoqimli 
ovozi yangradi.
-- Dilshodani dugonasimisiz?
Yurishdan to'xtab ortimga o'girildim.


-- Haa, yaqin dugonasiman.
Deya savol nazari bilan qaradim. U yigit jilmayib 
yonimga yurib keldi.
Uni harakatlarini zimdan kuzata boshladim. 
Buyerlikka o'xshamaydi. 
-- Buyerlikmasmisiz?
Deya yigitga qaradim.
-- Yo'q, qayerdan bildingiz?
-- Sizni oldin ko'rmagan ekanman, shungga .
-- Haa, enddi har kuni ko'rasiz.
Ha bu yigitni biroz surbetroq deb o'yladim. Soxta 
jilmayish hadya etib tezda ortimga o'girildim.
Oshxonaga kirar ekanman dugonam ovqat qilish 
bilan ovvora 
-- Dilshodaa, 
-- Voy Farangiz yaxshimisan. Kelganingni ham 
sezmay qolibman.
-- Haa sezmaysanda, hayollaring osmonlarda 
uchmoqda.
-- Kel o'tir.
Stullardan biriga o'tirib ovqat qilayotgan dugonamga 
havas bilan qaradim.
Men qachon ovqat qilarkinmanaa. 
Bu bilan ovqat qilishni bilmayman 
demoqchimasman. Men ovqat qilishni yaxshigina 
bilan, lekin qilmayman.
--Anavi yigit kim?


Dugonamni yuziga kulgu yugurdi va hovli tomonga 
nazar tashlab qo'ydi.
-- Ha umi Sardor. 
Oyimni holalarini o'g'li ekan. 
-- Ehe buncha ,uzoqroq qarimdoshing ekan.
-- Haa shunaqa. O'zim ham kecha tanishdim.
-- Nega keldi?
-- Qishloqdan kelgan.
Instutga shuyerlarga topshirgan. Endi biznikida 
turarkan.
-- Haa mayli.
Senga zor habar bilan chiqdim.
Gapimdan Dilshodani yuzi burishdi. Uning qilig'idan 
qoshlarimni chimirdim 
-- Sen zo'r habar desang qo'rqib turaman. Chunki 
doim nimanidir boshlab yurasan .
Deya mengga ginali nigoh tashladi.
-- Eski gaplarni qo'ya turaylik . Bugun Shoxruxni 
tug'ilgan kuni. Soat yettilarda yo'q oltilarda bayram 
bo'layotgan joyga olib ketadi.
Gapimni gapirib bo'lib dugonamning reaksitasini 
kuzattim . Kutganimdek birinchi hayratga tushdi 
so'ngra qoshlarini chimirdi.
Javobini tushunib oldim, demak bormaydi bayramga. 
Bormasligi aniq edi lekin chiqmagan jondan umid 
deya chiqqandimda. 
-- Sen borayapsanmi?


-- Albatta,
-- Dadang ruhsat berdilarmi?
Bu safar ko'zlari kattalashib ketti.
Ha dadamni jahldorliklarini butun mahalla biladi.
Men ungga mamnun tikildim
-- Haa, yani endi Shoxrux so'raberadi.
Dilshoda ensasini qotirishiga biroz asabim buzildi 
Ahir Shoxrux meni yoshlikdagi do'stim.
Ikkisi ham mengga qadirli lekin bir birini 
yoqtirmaydi.
Dugonamni jahl bilan gapirishga taraddudlangan edi 
gapirishidan oldin gapini bo'ldim 
-- Mayli Shohruxni yomonlamoqchi bo'lsang 
gapirmay qo'yaqol.
Ahir u ham meni do'stim.
-- Farangiz , undan yaxshi do'st chiqmaydi.
Shahrimizni birinchi raqamli babnikiku ahir.
Mahallamizdagi gaplashmagan qizi qolmagan.
Undan uzoq yur.
Seni ham o'rab olmasin.
Obbo boshlandi.
Men Shohruxni babnikligini bilan. U yoqimtoy, 
kelishgan balki shuning uchun babnikdir.
To'g'ri uni qizlarga suyagi yo'qdir, lekin mengga 
undaymas.


Har holda bazi qo'shtirnoq ichidagi odamlardek soxta 
emas.
-- Dilshoda mengga uni yomonlaydigan bo'lsang 
gapirmay qo'yaqol. Bilasan u ham meni do'stim .
Agar o'ramoqchi bo'lganida allaqachon qilgan 
bo'lardi bu ishni.
Men u bilan kichkinaligimdan beri do'stman.
Dilshoda qo'lidagi stakanni atolga taraqlatib qo'yib 
mengga norozi ifoda bilan qaradi.
-- Do'stmish. Undan do'st chiqarmidi ..
Bo'ldi sabrim to'ldi. Ungga qoshlarimni chimirib 
qaradim. Bu qarashimdan tushundi shekil jimib 
qoldi.
-- Shuncha gapni o'rniga bormayman deb qo'yish 
qiyinmi Dilshoda?
-- Bormayman.
-- Hm mayli, sensiz ketarkanmamda.
Yaxshi qol. Men tayyorgarligimni ko'ray unda.
Dilshoda bilan hayrlashib oshxonadan chiqdim.
Hovlida haligi yigit o'tirgan ekan, indamay yurib 
ketaverdim.
-- Ismingiz nima?
Halogi yigittan sado chiqdi. Joyimda to'xtab unga 
qaradim.
-- Farangiz.
Deya ketishga shaylandim.


-- Meniki...
-- Sardor, tanishganimdan hursandman.
Ungga soxta bo'lsa ham jilmayib qo'yib uydan chiqib 
kettim.
Mengga o'zim so'ramasamda ko'p gapirganlar 
yoqmaydi.
Tinchgina gapni qisqa qildim.
Uyga chiqib nonushtani davom ettirdim.
"#Hayot_mazmunim"
Muallif:#Venera.
Biroz qo'rquv bilan Shohrux dadamni oldilaridan 
chiqishini kutayapman.
Juda ham borgim kelayapti. Agar ruhsat bermasalar 
yig'lab yuboraman.
Kutaverib barmog'imni tishlab tashladim.
O'ylanaverganimdan to'g'rimda mengga tikilib turgan 
singlimni ham payqamabman.
Jilmayib singlimni yoniga bordim.
-- Zerikdingmi?
yuzidan chimchilab qo'ydim.
Zerikishi aniq, men kattaman o'ynamayman, ukam 
hali kichik ham o'ynashga imkoniyati yo'q, onamga 
zerikdim desa dars tayyorlatadilar.
Singlim boshini silkib qo'ydi.
-- Shohrux akamni kutayapman.


-- Nega?
-- Zerikdim.
Ular bilan mazza qilib o'ynayman.
Deya jilmayib qo'ydi.
Ha Shohrux bolalarni yaxshi ko'radi. Mendan farqli 
o'laroq!
-- Bugun ko'p oynamaydi. Akang ketishi kerak.
Deya singlimni quchoqlab qo'ydim va oshxonaga 
kirib kettim.
Birozdan so'ng oshxonaga Shohrux kirib keldi.
Sabrsizlik bilan yuziga tikilib javobni kuta 
boshladim.
-- Ho'sh nima dedilar?
Shohrux kulib singlimni ko'tarib oldi.
-- Men so'raymanu yo'q deydilarmi?
Ainglimni boshi tepasidan ko'targancha samalyot 
qila boshladi . Hursandligimdan sakrab yuboray 
dedim.
-- Voy hayriyatt, men kiyimimni almashtirib chiqay. 
Yugurgancha xonamga ko'tarildim.
Shkafimdagi birtalay liboslarga tikilar ekanman 
o'ylanib qoldim
-- Qaysi libosimni kiysamikin?
Mengga ko'proq qora rang yoqadi, demaaak qora 
ko'ylagimni kiyaman.
Tezda ko'ylagimni kiyib ko'zguga qaradim.


Doim sochimni yelkamdan sal pastroqda qilib kesib 
yuraman. Balki uzun soch mengga yarashmasligi 
uchundir?
Hozir ham tekkis qilib yoyib oldim.
Yuzim shundoq ham chiroyli bo'yoq shart emas.
Mamnun holda qayta pastga tushdim.
Singlim va Shohrux mazza qilib o'ynayapti.
Ha bekorga singlim Shoxruhni yaxshi ko'rmaydi. U 
doim sovg'alar bilan keladi, o'ynaydi.
Menchi? Bolalar bilan o'ynashga toqatim yo'q.
-- Shohruux kettik.
Gapimdan singlimni yuzi tundlashdi 
-- Yana biroz qoling akaa
-- Yo'q akangni vaqti yo'q singlim.
Keyin o'ynaydi.
-- Shohrux u yerda qizlar ha bormi?
-- Albatta bor.
-- Ha qizlar bo'lishi tabiiy.
-- Dilshoda bormadimi? Yo'q bu savol noo'rin, u 
bormasligi aniq edi.
-- Ha bormaydi. Usiz zeriksam kerak.
-- Zerikmaysan men bormankuu.
Shohruxni bu gapidan kulib qo'ydim 
-- Qizlardan ortmaysanku?
-- Unchalikmaseee
-- Shunchalik.


-- Vahima qilmaa, unchalikmas.
Kulgancha mengga tikildi.
-- Shunchalikkkkk,
--Qaysarsandaa,
jilmayib qo'ydi
-- hayronman shuncha yildan beri qaysarligingga 
chidab kelganimga.
Uning kulishi asabimni buzdi.
--Aslisa men hayron qolishim kerak. 
Barmog'imni ungga qarata niqtadim --- sendek kooo'p 
qizlar bilan yuradigan bola bilan do'stligimga.
Shohrux jiddiylashib stulga o'tirdi. Singlimni 
eshikdan chiqib ketishini sabr bilan kuta boshladi. 
Singlim chiqib ketgan nihoyat tilga kirdi.
-- Sen aslida nega bundayligimni bilasanku?!
Jiddiy holda gapirdi.
Uning bu holatini har doim ham ko'ravermayman. 
Aslida bu niqobligini ham bilaman. Ungga ham qiyin!
-- Haa bilaman. Yoniga bordim.-- Bilaman Shohrux. 
-- Faqatgina sen bilasan.
Qizbola bo'lishingga qaramay sendan yaxshi do'st 
chiqadi.
Jilmayib o'rnidan turdi. Bir daqiqa oldinggi vazmin 
va jiddiylikdan asar ham qolmadi.
-- Sendan ham. 
-- Gapimiz ko'payib ketti. Tayyormisan?


Mengga bosh oyoq nazar tashladi.
-- Albatta ko'ylagim yaxshimi?
Savol nazari bilan qaradim.
-- Ha judayam yaxshi. Yana biroz sengga tikilib 
tursam sevib qolishim aniq.
Yonimda o'tib eshik tomon yo'naldi. Ortidan borib 
boshiga sekingina urdim va yonidan turtib , 
kulgancha o'tib kettim
-- Heyy Farangiz meni ham o'zingga o'xshatib jinni 
qilmoqchimisan?
Mashinaga o'tirayotgan Shohruxga kulib qarab old 
o'rindiqqa joylashdim.
-- Kim aytti seni sog' deb?
Gapim yoqmagani yuzidan ma'lum bo'lgach 
shunchaki qoshimni ko'tarib qo'ydim.
-- G'irt bezbet qizligingni aytishganmi hech?
Mashinani boshqarar ekan qisqa nigoh tashlab 
qo'ydi.
-- Yo'q.
Oynani ochib ,uchib kirayotgan shamoldan zavq ola 
boshladim.
Naqadar issiq kun. 
Hatto yuzimga urayotgan shamol ham juda issiq.
"#Hayot_mazmunim"
Muallif:#Venera.


Mana nihoyat bayram bo'layotgan joyga yetib keldik. 
Tashqi ko'rinishidan qandaydir barga o'xshaydi. Men 
kattaroq restarangga kelsak kerak deb o'ylagan edim. 
Qoshlarimni chirib Shohxruhga qaradim.
-- Ziqnalik qilib oddiy bar gaplashdinmi? Yoki bu 
klubmi?
-- Mengga shu yer yoqadi. Barga nigoh tashlab 
mashimadan tushishga shaylandi. -- Sengga ham 
yoqib qoladi.
-- Garov o'ynayman yoqmaydi.
Qatiyat bilan gapirib mashinadan tushmasligi uchun 
qo'lidan ushladim.
-- Mayli, garov bo'lsa garovda. 
Shartlarni keyinroq aytaman. Endi tushqol.
Bunday joylar yoqmasada noiloj tushdim.
Ichkariga kirib borar ekanmiz musiqa ovozi juda 
baland edi. Ko'pchilik davrada raqs tushmoqda.
Men yuzimni burishtirib atrofga sinchiklab nazar 
tashladim.
Shohrux qo'limdan ushlab qandaydir xonaga olib 
kirdi. Xona shinam, stol stullar taomlar bilan 
bezatilgan. Stul atrofida men taniganlar ya'ni eski 
sinfdoshlarimiz.
Eshikdan kirishimiz bilan Shohruxni ustidan zar 
sochi yuborishni. Uni yonida turganimga men ham 
zarlarga ko'milay dedim.
-- Salomm hammaga.
Shohrux hamma bilan so'rasha boshladi.
Meni ko'zim stullardan birida o'tirgan Zuhraga 
tushdi. Sinfdoshimiz bo'lgan. Bu qiz mengga 


yoqmasdi. Qandaydir juda soxta edi.
O'sha paytlar Shohruxni yaxshi ko'rardi.
Hammaga birma bir nazar tashladim, jaami yettita 
ekanmiz.
Hamma bilan so'rashib bo'lgach stullarga joylashdik. 
-- Agar manabu soxtani kelishini aytganingda bu 
yerga qadam bosmasdim.
Yonimdagi Shohruxni qulog'iga jilmaygan ko'yi 
shivirladim.
Bu yaramas esa gapimga unchalik e'tiborr ham 
bermadi.
-- Shuning uchun ham aytmadimda
Kulib qolganlar bilan gaplasha boshladi.
To'g'rimda o'tirgan Javohir. Shohruxni yaqin do'sti, 
shu bilan birga men ham yaxshi chiqishaman .
Uni yonidagi Muhammad. Juda zo'r va aqilli yigit. 
Bayramlarda juda kam ko'rinadi, kasal onasi va 
singlisini boqish zimmasida. Ham o'qib ham ishlash 
oson emas.
Zuhrani yonidagi Hasan. To'g'risi egizagi kabi bu 
yigitni ham jinim suymaydi. Sariq yuzli, hatto sochini 
ham sariqqa bo'yab olgan.
O'ng yonimdagi qiz Soliha. 
Hamma bilan bir bir suhbatlashib chiqdim, lekin 
egizaklar bilan emas.
Zuhrani hiringlab Shohruxga gapirishi asabimga 
o'ynay boshladi.
E'tibor qilmaslik uchun ro'paramdagi Javohirga 
gapira boshladim.


-- Javohir nega ko'rinmay ketting?
-- Ishlar ko'payib ketti.
Yelkasini uchirib qo'ydi.
Yonimdagi Shohrux ishonqiramay Javohirga qaradi
-- Birorta qizni ortidan yurgandirsanda?
Shohruxni turtib qo'ydim
-- U sendan farqli o'laroq qizlar bilan kamroq 
gaplashadi.
-- Sen o'zi do'stimmisan?
--Albatta, shuning uchun ham qizlar bilan kamroq 
gaplash deymanda
Gapimga Hasan aralashdi.
-- Ana Farangiz to'g'ri aytayapti Shohrux do'stim.
Uning tirjayib turishiga asabim buzildi. Huddi o'zi 
aqillidek.
-- Hamma gapirsa ham, sen gapirma Hasan.
Zuhra kulimsirab mengga qaradi. Gapirishga 
taraddudlana boshlagach e'tiborimni unga qarattim.
-- Farangizz yer tagida ilon qimirlasa bilasanaa?
Jilmayib qo'ydi.
Men ham unga taqlid qilgan holda jilmaydim
-- Ilonligingni sezganingdan hursandman Zuhra.
Gapimni tugatishim bilan Zuhraning yuzi qizarib 
ketti. Javohir esa kulib yubordi. Shohrux o'zini
kulgudan zo'rg'a tiygancha mengga qaradi.
-- Farangiz faqat bugun urish qilmagin.


-- Shuning uchun ham toza havoga chiqib kelishiim 
kerak.
Jilmaygancha davrani tark ettim
Tashqariga chiqib barmenni yoniga bordim.
Muzdekroq ko'la buyurtma qilib atrofni tomosha qila 
boshladim. 
Bar yonida kastyum shim kiygan, ko'rinishidan 
yaxshigina ishda ishlaydiganga o'xshaydigan bir yigit 
ichib o'tirardi. Yigitlarnii chiroyli demasada, men bu 
yigitga istisno qilib aytamamki bu yigit chiroyli ekan. 
Bu yerga ishbilarmon odamlar ham kelishini endi 
bildim.
Unga biroz muddat tikilib qoldim. Menga nigohi 
tushgandan so'nggina boshqa tarafga qarab oldim. U 
menga biroz tikilib turib yonimga keldi.
Ichkilik tasirida oyoqda zo'rg'a turardi. 
Tikilib turishi asabimni buzdi. 
-- Nima?
Deganimni bilaman haligi yigit kutilmaganda meni 
quchoqlab oldi.
Biroz muddat dovdirab qoldim. Tanamda yemgil 
titroqni sezdim. Yigitkishi birinchi bor quchoqlagani 
uchunmi tilim aylanmay qoldi. 
-- Sam.iyaa...qu.yosh.iim
Haligi yigit qattiqroq quchib shu so'zlarni aytti.
Tezda uni o'zimdan itara boshladim, qani edi kuchim 
yetsa. Nimalardir deya qattiqroq qucha boshladi. 
Menimcha hozir suvaklarim sinib ketadi.


-- Esingni yeganmisan?
Qo'yib yubor..
Gapim ohiriga yetmay meni quchib turgan yigitni 
kimdir qattiq tortti va yuziga urdi. Zarba tasirida 
haligi yigit yerga yiqildi.
Yigitni urgan Shohrux ekan. Shohrux yerda burni 
qonayotgan yigitni yana bir bor urdi. 
Haligi yigitni ahvoli achinarli bo'lsada amallab turib 
men tomonga yura boshladi.
-- Sa.m.iyaa. sog'in..dim..
Yana yuziga tushgan musht sababli gapira olmay 
qoldi. Shu payt tashqaridan ikki uch yigit yugurib 
kirdi va haligi yigitni ko'tarib oldi.
-- Janob, o'zingizga keling. 
Yigitni olib chiqib ketishdi.
Yordamchilaridan biri Shohrux bilan meni yonimga 
keldi. Shohrux jahl bilan yigitga qaradi
-- Janobni nega urdingiz?
Bu savoldan Shohrux battar asabiylashib ketti.
-- Janobingni ismi nima? Kim u? Mengga qarab 
qo'ydi . -- Nega Farangizni quchoqlaydi?
-- Janobimiz yirik biznesmenlardan biri Valid Aliyev 
bo'ladilar.
Ular bu qizni adashtirganlar. Uzr so'rayman, 
janobimiz o'zlariga kelgach siz bilan gaplashsalar 
kerak. Sog' bo'ling.
Yigit ketti
Men anqayib turibma. Biroz avval bo'lgan voqea 
sabab tanamda titroq sezdim.


 Tasavvur qiling siz tanimagan begona yigit dab 
durusttan quchoqlab olib birnarsalar deb gapirsa?
Hayol bilan turaverib qarshimda o'zimga jahl bilan 
tikilib turgan Shohruxni sezmabman.
Savol nazari bilan qaradim.
-- Sen tanimaysanmi uni?
Sinchkov nigohlari bilan qaradi.
-- Men qayerdan taniman?
-- Nega seni quchoqladi?
-- Mast ekan, keyin ayttiku kim bilandir adashtirgan.
-- Shuning uchun bitta o'zing yuraverma.
Yur 
Shohruxni ketidan xonaga kirdim. Stulda o'tirar 
ekanman tomog'imdan hech nima o'tmasdi.
Hech kutilmaganda bo'lgan bu voqea buyun umir 
yodimda qolsa kerak...
"#Hayot_mazmunim"
Muallif:#Venera.
Mana xonamda hayollar olamida o'tirimman.
Qiziquvchanligim hech tinchlik bermaydi.
Hayolimdan boyagi yigit ketmayapti.
Meni Samiya dedi!
Nega unday dedi? Qaysidir tanishiga o'xshatgani 
aniq.


Ha hayotta bir biriga o'xshash insonlar ko'pku. 
Lekin u juda g'amgin edi, ko'zlarida qandaydir mung 
bordek.
Shu hayollar bilan uch kunimni o'tkazdim.
Bugun vahtli turib ishlarimni boshladim, chunki 
dadam bugun uydalar 
Hovli supurayotganimda eshik qo'ng'irog'i chalindi.
Erinibgina eshikni ochdim
Ochdimu eshik ortidagi hayollarimdan ketmayotgan 
yigitni ko'rdim. Ko'zimga ko'rinyotganiga o'zimni 
ishontirish uchun ko'zlarimni qattiq yumib ochdim. 
Yo'q qarshimda jiddiy holatta mengga tikilib turibdi.
-- Salom. Ismingizni bilsam bo'ladimi?
Jiddiylikni yoqotmagan holda gapirdi. Men esa 
duduqlanib qolay dedim.
--H.haa Farangiz.
-- Meni ismim Valid. 
Farangiz o'sha kungi ishim uchun uzur so'rayman. 
Unchalik ko'p ichib yurmasdim, lekin o'sha kuni 
aksiga olib oshib ketti. 
Sizni bir qizga o'xshatib yubordim. 
Qo'rqitib yuborganim uchun uzr so'rayman.
Ha kimgadir o'xshatgani aniq edi. Chunki
"Samiya, sog'indim" dedi.
-- Ha buni tushundim.
Hech qisi yo'q. 
-- Yana bir bor uzur, sog' bo'ling !


Mamnun holda jilmayib ortiga o'girildi va qop qora 
mashinasiga o'tirgancha ketti.
-- Madaniyatli yigit ekannn. Uzr so'rash uchun 
uyimni qidirib topib kelibdi.
Mashina ko'rinmay ketgunga qadar kuzatib turdim. 
Ortimdan onamni ovozlarini eshitishim bilan eshikni 
qayta yopdim.
-- Kim ekan Farangiz?
Eshikka nazar tashlab qo'ydilar.
-- Haa bir tanishim oyi.
Onamni aldashni hohlamadim. Rostda tanishku, 
Onam ko'p surishtirmay ukamni oldiga kirib 
kettilar. Men ham ishlarimni tez tez qilib ovqat 
qilishni boshladim. 
Ovqat yeyotgan vaqtimiz dadam menga qarab 
qo'ydilar, tushundimki qandaydir gaplari bor
-- Farangiz
Joylashib o'tirib olib gapirishlarini kuta boshladim
-- Seni bir tanishim o'g'liga so'rayapti.
Jiddiy gapirib menga nima deysan degandek 
qaradilar.
Dadam qattiqqo'l bo'lsalarda oila qurish masalasida 
majburlamasdilar. 
-- Dada men ishlashni o'ylab qo'ydim. Oilamizga 
ham yordam bo'ladi. Halii turmushga chiqish niyatim 
yo'q!
Ohirgi gapim degandek qarab qo'ydim. Qoyil shunday 
gapirishga yana dadamga bu talqinda gapirishga 
kuch topdim.


Ishlayman dedim, lekin qayerda?
Instutga kirolmadim demayman kirdim, lekin 
kontrakt asosida.
To'lay olardik, biroq harajatlar ukamga ketayotgan 
vaqt edi. 
Endi esa ishlamoqchiman. O'qimagan qizni nima ish 
kutadi? Albatta farroshlik, afitsantlik, sotuvchilik. 
Men o'qituvchi bo'lmoqchi edim, ehh orzularim.
-- Mayli ish topa olsang ishla. Qarshiligim yo'q.
-- Qanday yaxshii men ishlayman. 
Yotog'imga yotib olib shiftga tikildim. --Ko'proq pul 
to'plasam instutga topshiraman. Qachon bo'lsa ham 
lekin o'qishim kerak. 
Ko'p ish qidirdim, lekin birining vaqti to'g'ri kelmasa 
boshqasining puli to'g'ri kelmaydi. Mana 
qaysarlikning oqibati, bir haftadan beri ish 
qidiraman, biroq topa olmadim.
-- Farangiz manabu ovqatni dugonangnikiga olib 
chiqib 
Ovqatni qo'limga olib dugonamnikiga chiqdim . 
Hovlidagi supada o'tirib ovqatlanayapti. Dilshodani 
yolg'iz o'zi o'tirgan ekan.
-- Farangiz, kel hozirgina seni eslab turgandim.
Jilmayib qarshiladi.
-- Ha nega eslab qolding?
-- O'tirib ol. Ovqat yeymiz.


 Dugonam qarshiligimga qaramay tezdaa oshxonaga 
kirib ketti va ovqat bilan chiqdi.
-- Osh qildim.
-- Nima munosababti bilan?
-- Hech nima. Shunchaki Sardor oshni yoqtirar 
ekan.
Uning gapidan toza ensam qotti 
-- Dilshoda yoqtirib qolmadingmi uni?
-- Yo'g'ee holamni o'g'likuu. Tezda rad etti.
-- Oyingi holasini o'g'li desang to'g'ri bo'ladi.
-- Qarimdoshku baribir.
-- Qani o'zi?
-- Xonasida, hozir chiqadi.
-- Hm
Joylashib o'tirib olib menga savol nazari bilan tikildi
-- Ho'sh bayram qanday o'tti?
Hayolimga yana o'sha kungi yigit keldi. Indamay 
dugonamga qaradim. Agar o'sha kunggi voqeani 
aytadigan bo'lsam " anaa men sengga bormagin 
deganidim" deb ikki soat boshimni qotiradi. 
-- Yaxshi bo'ldi.
-- Men ish topdim.
Kulib gapirdi.
-- Qanday ish?
-- Mahallamizni boshidagi kafega ishga kirdim


Mamnun holda gapirdi.
Men ham shu kafega ishga kirsammikin? Baribir 
ishsiz yurimman. Hozirgi holatta o'qiyolmayman. 
Uyda bekorchilardek o'tirish yoqmayapti.
-- Dilshoda men ham ish topishim kerak. Dadamga 
ishlayman deb qo'ydim.
Dugonamga umid bilan tikildim 
Uni yuzi yorishib ketti.
-- Men bilan ishlaa. Zo'r bo'lardi birga ishlasak.
Kulib qo'limni ushladi.
-- Oldin dadamga aytib ko'ray. Bilasankuu
-- Ha albatta bilaman.
Gapirmoqchi edim xonadan chiqqan Sardor sabab 
to'xtab qoldim. Unga ahamiyat bermay ovqatni 
istamaygina og'zimga soldim
Sardor jilmayib bizni yonimizga keldi va supadan joy 
oldi.
-- Salom Farangiz.
Nigohimni biroz qaratib quruqqina -- Salom deb 
qo'ydim.
-- Sardor oshni yeb ko'ring. Buyurtmangizga asosan 
osh qildim.
Mamnun holda gapirdi.
Sardor ham kosadagi ovqatiga ishtaxa bilan qarab 
yeb ko'rdi.
-- Dilshoda juda zo'r chiqibdi. Pazanda ekansan.
--Rahmat.


"#Hayot_mazmunim"
-- Farangiz o'qiysizmi?
Endi menga nigohini qaratti. To'g'risi shu yigit 
umuman yoqmayapti.
-- Yo'q. 
Quruq javobimdan Dilshoda qoniqmay gapimni 
to'ldirdi
-- Endi ishlamoqchi. Birga ishlaymiz.
Jilmayib qo'ydi.
Shunda ham indamay ovqatni yeya boshladim.
Hali hech nima aniq emas.
Dadam nima deyishlari qiziq menga.
-- Farangizzzzzz, alooo
Hayolsurib qolganimga Dilshoda turta boshladi.
Hayron bolib qaradim. Ikkovi ham savol nazari bilan 
tikilib turardi.
-- Uzr, hayol bilan bo'lib eshitmay qolibman.
-- Tabiatni yoqtirar ekansiz. Bo'shagan kuningiz 
aytsangiz qishlog'imga sayrga boramiz. 
-- Ha tabiatni juda yaxshi ko'raman. 
Jilmayib qo'ydim.
Men haqimda yaxshigina surishtirgan shekil 
Dilshodadan. Dugonamga qarashim bilan ko'zini olib 
qochdi, ... tushunarli.


-- Biz tomonlarni havosi toza, judayam 
hushmanzara joylar. 
Sardorni tariflaridan ko'z oldimga tog' yonbag'rilari 
keldi. Menga judayam yoqadi 
-- Mayli bir kun borarmiz.
Deya o'rnimdan qo'zg'aldim. Onamga va dadamga 
ish topganimni aytishim kerak.
-- Dilshoda ovqating biram mazali chiqibdi. Rahmat
Endi esa kettim, onam kutib qolgandirlar.
-- Biroz o'tir. O'rnidan turdi.
-- Yo'q, chiqaqolay.
Ginali nigoh tashladim -- sen ham chiqib tur.
-- Chiqarman 
-- Haa chiqarman deb yuraver. Yaxshiyam yonma 
yon qo'shnimiz.
-- Hop, albatta chiqaman.
Quchib qo'ydi.
Mana bugun ishimni boshlaganimga ham uch 
kundan oshdi.
Boshida yaxshiginaa charchoqni his qildim . Ahir 
oson emas, mijozlardan buyurtma olamiz, tashib 
beramiz, ketgandan so'ng stolini yig'ishtirish, kamiga 
ko'ngliga qarash kerak.
Ertalabdan kafeda odam ko'p. Kattagina joy ekan.Tez 
tez qadam tashlagancha buyurtmalarni yetkazdim.
-- Farangiz yettinichi stolga qaravor


Ortimdan Dilshodani ovozi yangradi.
-- Ketyapman 
Qo'limga daftarchani olgancha mijozni oldiga 
bordim. Stolda o'tirgan yigit o'zini Valid deya 
tanishtirgan yigit ekan.
Biroz ajablanib qarab qoldim.
-- Salom Farangiz.
Birinchi gap boshladi.
-- Salom, nima buyurtma berasiz?
Ish vaqtida gaplashish taqiqlangani uchun ham 
maqsadga o'ttim.
-- Seni o'n besh daqiqaga buyurtma qilaman.
To'g'ridan to'g'ri senlashiga biroz hayratlandim.
-- Bu yerda taomlar buyurtma qilinadi, odamlar 
emas!?
Gapimdan qisqa jilmayib qo'ydi va qatiyatlikni 
yoqotmagan holda menga tikildi.
-- Bilaman. Menga farqi yo'q!
Buyurtmamni ayttim.
-- Buyurtmangiz qabul qilinmadi janob Validbey!
-- Yaxshigina qaysar ekansan. Ko'zlarini asabiy 
yumib ochdi. -- Unda o'n daqiqaga mumkindir?
Kinoyali gapiga men ham kinoya bilan javob 
qaytardim.
-- Afsuski mumkin emas . Men ish vaqtidaman.
Valid havfsala bilan o'rnidan turdi va ish 
boshqaruvchimizga qaradi.


-- Shu qizni o'n daqiqiaga mumkinmi?
Jiddiy gapidan jahlim chiqdi. Hamma menga qarashi 
asabimni buza boshladi. Atay qilgandek ish 
boshqaruvchimiz -- Mayli janob desa bo'ladimi.
Ancha mashhurga o'xshaydi. 
Tik turaverganimdan qo'limdan ushlab stulga 
o'tkazdi.
-- Tezroq gapring.
Gapimga ahamiyat bermay, bizga hayrat bilan 
tikilayotgan Dilshodaga qaradi.
-- Bizga ikkita sutli qahva.
Odam degan shunchalik ham bezbet bo'ladimi?
Gaplarimga umuman e'tibor qilmayapti.
Qaysarligidan o'zini aytgani bo'lishini hohlaydi.
"#Hayot_mazmunim"
Muallif:#Venera.
-- Bezbet!
Pastroq ovozda gapirdim. U esa hotirjam qahva 
ichardi. Tobora sabrim tugab boryapti. Qahvam ham 
aralashtirib o'tiraverganimdan so'vib qoldi.
-- Qachondan beri bu yerda ishlaysan?
-- To'rt kun bo'layapti.
-- Nega o'qimading?
Ko'zlarimga jiddiy holda tikildi. Basharasiga qarab 
turib " Pul bersang o'qiyman" degim keldi. Tilimni 
tiyib amallab soxta bo'lsa ham jilmaydim.


-- Hohlamadim.
-- Hohlagansan.
Kontrakt asosida o'qishga kirgansan, lekin 
imkoniyating bo'lmagan.
Qoyil bilar ekan so'rab nima qiladi?
Kamiga yerga urganday gapirishinichi.
Qoshlarimni chimirib qarashimdan gapini davom 
etti. -- Menga yolg'on yoqmaydi.
Yolg'on gapirganlar ham!
-- Menga qarang, birinchidan ko'chadan kelgan har 
qanday odamga ham dardimni doston qilgim yo'q.
Ikkinchidan sizga yoqish niyatim ham yo'q .
Qahva uchun rahmat, ijozatingiz bilan ketsam. Endi 
esa hayr!
O'rnimdan turib yurmoqchi edim bilagimdan tutib 
qoldi.
Nima istaydi mendan?
-- Ijozat bermasamchi?
Bezbetlarcha tikildi.
Bunisi oshib tushdi. O'zini kim deb o'ylaydi?
Jilmayibb turib so'vishga ulgurgan qahvamni oldim 
va ustiga sepib yubordim.
Bu harakatimni kutmagani uchun avtomatik tarzda 
qo'limni qo'yib yubordi.
Kafedagi barchaning e'tibori bizga qaratiladi.
Hech biriga ahamiyat bermay qo'limga quruq 
salfetkani oldim va Validga tutqazdim.


-- Ijozat so'ramayman Janob.
Yaxshi qoling.
Ketmoqchi edim, qo'limni ishlab turgan qo'llar sabab 
joyimda to'xtadim.
-- Bu ishing uchun javob berasan.
-- Tinch qo'ying meni 
-- Endi tinchlikni unutishinga kafolat beraman.
Benuqson yuziga biroz tikilib qoldim. Jiddiy holda 
aytilgan gapi yuragimga g'ulg'ula soldi. Qo'limni 
tortib olib ichlariga kirib kettim. 
Zeroki meni kutayotgan
" tinchlik" ni yuragim sezib turardi
"#Hayot_mazmunim"
Muallif:#Venera.
Xizmatchilar uchun maxsus xonaga kirishim bilan 
ortimdan Dilshoda yugurib kirdi.
-- Farangiz nima bo'ldi ?
U kim?
Nega haqva sepding?
To'g'risi bu ahvolimda gapirishni hohlamayotgan 
edim. Indamay o'tiraverdim. 
-- Senga gapiryapman. Eshityapsanmi?
Qo'lini ko'zim oldiga olib kelib qimirlatti.
-- Dilshoda keyin aytib beray maylimi?


Hozir aytgim yo'q. 
Tepamda biroz havotir bilan qarab turgach -- Hop 
deya chiqib ketti.
Birozdan so'ng ish boshqarivchimiz kirib keldi. 
Menga baqirib, ishdan bo'shatsa kerak deb o'ylagan 
edim. Meni lol qoldirib tinchlangan holda kirib keldi.
-- Farangiz ertaga ishga vahtliroq keling. Sizni 
qo'shimcha ishlar kutmoqda.
Qoyil. Qo'shimcha ish? Ehh rosa charcharkanmande. 
Mayli haydavorganda nima qilardim?. Boshqa ishlar 
institutta o'qimagan qizni olarmidi? Yo'q.
Shunisiga shukur qila turay.
O'rnimdab turib ishga sho'ng'ib kettim. Bezbet Valid 
ketib bo'lgan ekan. Stolini yig'ishtirishga bordim.
Stoli ustida qog'ozcha turardi.
" Tayyor tur " deya yozilgan ekan. Buni o'qib 
birinchi marotaba qilgan ishimdan afsuslana 
boshladim. Uni katta joyda ishlaydigan odamligi 
aniqku. Qo'li har yerga yetadi.
Meni qamab qo'yishsayaa?
Yoki uyimni tortib olsa?
Balki meni kimsasiz joylarda o'ldirib yuborar?
Miyamga kelgan fikrlardan tanam muzlab ketti.
Umuman olganda bu fikrlar kulgili edi.
Yo'q o'zi asabimni buzdiku, shunday ekan 
qo'rqmasligim kerak.
Stolni yig'ishtirib oshxonaga kirdim.


Dilshodani savol nazari bilan qarashidan gaprishim 
kerakligini angladim
-- U biroz tanishim.
Mendan nima hohlashini esa bilmayman.
Qahva sepganimga kelsak, bilasan menga 
ho'jayinchilik qilganlar yoqmaydi. Jahlim chiqib ketti. 
Shuning uchun sepdim qahvani!
Juda jahli chiqqandiraaa?
Kipriklarimni pirpiratib dugonamga qaradim.
-- Yo'q, unchalik emas 
-- Negadir anavi ilon xonim(ishboshqaruvchi, biz 
Dilshoda bilan laqab qo'yib olganmiz) indamadi?
Dilshoda ishidan to'xtab menga qaradi.
-- Agar haligi yigit gapirmaganida ishdan haydalgan 
bo'larding?
-- Nima?
Nima dedi?
Hayrat bilan tikildim
-- Sen xonaga kirib ketganingdan keyin ilonxonim 
jahl bilan seni oldinga ketayotgandi. Lekin anavi yigit 
to'xtatib qoldi va nimalardir deb qo'liga pul tutqazdi.
Men uzoqroqda bo'lganim uchun ularni suhbatini 
eshita olmadim.
Hayratim yanada oshdi.
Validni umuman tushunib bo'lmas ekan. 
Menga eng qizig'i shuki u mendan nima hohlaydi.
Uch kun avval uzur so'rab ketti. Hop dedim.


Yana nima?
Boshim qotib qoldi.
Eng muhimi tinchlik bo'lsin, qaytib ko'rmasam ham 
yaxshi edi.
"#Hayot_mazmunim"
Muallif:#Venera.
Mana saharlab ishga keldim. Hali kafe ochilmagan. 
Hech kim yo'q. Qiladigan ishlarimni tasavvur qilib 
chuqur uh tortgancha kafe qulfini ochdim va 
ichkariga kirdim.
To'g'risi birdan ko'zim kafedagi stullardan birida 
o'tirgan Validga tushdi.
Naqd yuragim yorilay dedi. Tong saharlab , hali kafe 
ochilmagan, qanday kirdi?
Cho'chib ketganimdan rangim oqarib ham ketgandir. 
Ko'zimga ko'rinyaptimikin deya qattiq ochib yumdim, 
yo'q chindan ham bamaylihotir o'tiribdi.
-- Seni vahtli kelishing shumi?
Men orqa eshikdan kirib, seni o'ttiz daqiqadan beri 
kutib o'tirimman.
Uni gapirishidanmi yoki qo'rqib ketganim sababmi 
tilim aylanmay qoldi.
Indamay turganimga gapida davom etti 
-- Buncha ranging oqarib ketti?
Qo'rqib ketting shekil.
Suv ichib ol?


Rostdan ham suv ichib olishim kerak.
Ohista yurib ichkariga kirdim va muzdek suvdan 
ichib ancha o'zimga keldim.
-- Ahmoq, tong saharlab kafeda nima bor?
Yuragimni yoray dedi..
-- O'zinga gapirishni bas qilda, men bilan yur.
Uff, uff o'zing sabr ber.
Qattan ham shu bezbetni uchrattimaa?
-- Yuraqolll,
-- Qayergaa?
-- Qo'shimcha ishga.
Muommo bormi degandek qaradi.
Albatta muommo bor. Meni qayerga olib ketayapti.
-- Qo'shimcha ishimni siz bermaysiz. Meni 
boshlig'im bor.
Qatiyat bilan gapirib stullardan biriga o'tirib oldim. 
Gapimdan asabi buzilgani tayin. Tepamga kelib 
jiddiylik bilan tikildi.
Ichimda qo'rquv bo'lsada indamay huddi o'zini 
hislatini bo'yicha bezbetga o'xshab turaverdim.
-- Kecha boshlig'ing bilan gaplashdim. 
-- Nima dedi Ilon xonim...
Gapim o'rtasida to'xtab qoldim. Ilon deganimni aytib 
bersa tamom jahli chiqadi. Ishimdan ayrilaman.
Gapimdan Validning yuziga kulgu yugurdi.
-- Ajoyib laqab.


Ha o'sha.
Endi esa tur o'rningdan. Kettik.
-- Qayoqqa?
-- Meni shahsiy "Daisy hotel" nomli kichikroq 
mehmonxonamga.
Tushunqiramay qaradim.
-- Nima qilaman uyerda. 
Biroz qarab turib uh tortti.
-- Dam olasan!
-- Negaa?
Bu safar yuzimni hayrat ifodasi qopladi.
-- Sen qiz g'alatiroqmisan yoki atayin qilayapsanmi?
Ahmoq qanaqa dam olish, qo'shimcha ish. Ishlaysan.
Istamaygina ortidan ergashdim. Indamay 
mashinasiga chiqdim. Hotelga yetib kelguncha na 
undan va na mendan bir og'iz gap chiqmadi.
Men butun boshli mehmonxonani tozalash qanday 
qiyinligini tasavvur qilardim.
-- Keldik.
Mashinadan tushib qarshimdagi hotel ga tikildim.
Judayam chiroyli, o'rta kattalikda qurilgan.
Oldiga katta qilib
"Daisy hotel" deb yozib qo'yilgan. Havas bilan tikilib 
turar ekanman Valid qo'limdan ushlab ichkariga 
boshladi.
Erta tong bo'lishiga qaramay mehmonxonada 
ishchilar o'z ishlarini boshlab yuborishgan. Hamma 


narsa o'z o'rnida, toza.
Bundan Valid ancha tartibli va qattiqqo'l ekanligini 
bilish qiyin emasdi. Hammani nigohi bizga qaragach 
tezda qo'limni tortib olmoqchi bo'ldim, u esa 
qattiqroq ushlab indmay ketaverdi.
Nigohlardan qochish uchun Validni ortiga o'tib oldim
-- Anqayma , tezroq yur.
-- Qo'limni qo'yib yuboring.
Gapimga parvo ham qilmay yurib ketaverdi va bir 
yoshroq yigitni yoniga olib bordi.
-- Sanjar bu qizga qayerni tozalashni va ish 
usullarini tushuntir.
Sanjar dega yigit menga jilmayib qaradi.
-- Bu go'zal qizni qayerdan olib kelayapsan?
Bu yigit Validdan farqli o'laroq jilmayib turar ekan.
-- Jazo o'tovchi deb hisoblaymiz buni.
Endi esa ishni boshla.
Qo'limni qo'yib yuborib lift tomon yurib ketti.
--Qo'polll.
Jahl bilan lift tomon ketgan Validni ortidan gapirib 
yonimda haligi yigit borligini unutibman
"#Hayot_mazmunim"
Muallif:#Venera.
Haligi yigitga hijolatnomus qaradim.


-- Uzr.. tilimni tiyishim qiyiroq.
-- Hech qisi yo'q.
Uni qo'polligini men ham bilaman. 
-- Nega unaqa?
Biroz o'ylab turib yuzimga qaradi.
-- Hayot uni shunga majbur qilgan.
Mahzun bo'lib , o'ylanib qoldi. Meni esa qiziqish 
ichimni tirnay boshladi.
-- Nima bo'lgan?
Qiziqsinib tikildim.
--Hech nima. Shunchaki ayttim. Ho'sh ismingiz 
Farangiz. Meniki eshitganingizdek Sanjar.
-- Senlayvering, yigitlarni sizlashi yoqmaydi.
-- Ok. Nega seni olib keldi? Hech qaysi qizni olib 
kelamsdi. Majburan kelganing yuzingdan ayon.
Jilmaygancha yuzimga tikildi.
-- Men, haligi... ustidan qahva...to'kkan edim.
-- Nima?
Gapimdan yaxshigina hayratlandi. 
-- Ha shunday.
-- Validga tushunmay qoldim.
-- Nega?
--Seni buyerga olib kelganiga. Hullas ishni 
boshlayver.
Indamay yura boshladi.
Hayron qolgancha ortidan ergashdim.


-- Men qaysi qavatni tozalayman?
-- O'n birinchini.
Liftni tugmasini bosar ekan qorquv bilan atrofga 
qarab qo'ydim.
-- Lift to'xtab qolmaydimi?
-- Fobiyang bormi?
-- Yo'q shunchaki qo'rqaman.
Gapimdab kulib qo'ydi. Lift ko'tarilar ekan baribir 
ichimda qo'rquv sezdim. Ahir har kuni chiqib 
yurmaganmanda liftga.
-- Hozir mahsus kiyimni kiyib ishni boshla. 
Qancha tez bitirsang, shuncha yaxshi. Hali seni 
to'qqiz, va o'n ikkinchi qavatlar kutmoqda .
Bemalol , hotirjamlik bilan gapirdi. Uni oddiygina 
aytib qo'ygan gapiga kipriklarimgacha pirpirab ketti. 
Shuncha ish. Bitta qahva sepganim uchun . Voydood.
Aytganidek tezroq ishga kirishishim kerak.
Farangizz olg'aaa
To'rtta xonani tozalab charchaganimdan uhlab qolay 
dedim. Ertalab oldingidan to'r soat vahtli turganim 
uchun shunaqangi uyqim keldiki, ko'zlarimni zo'rg'a 
ochgancha navbatdagi xonaga kirdim.
Bu yer toza ekan. Atrofga qaradim, shu payt xona 
o'rtarog'idagi yumshoq o'rindiqni ko'rdim. 
Shunaqangi uhlagim kelayaptiiii.
-- Besh daqiqa.. ko'p emas besh daqiqa dam olay.
Esnagancha o'rindiqqa o'tridim. Shu bilan mana 
turaman, ana turaman deb uhlab qolibman.


Boshimni g'uvillashi va bo'ynimning og'rishidan 
ko'zlarimni ochdim.
Qarshimda stulda qo'lini iyagiga tirab menga tikilib 
o'tirgan Validni ko'rib avtomatik tarzda o'rnimdan 
sakrab turdim.
-- Men, haligi...behosdan uhlab qolibman.
Hijolat bo'lib qaradim. Urushaa kerak seb 
o'ylagandim, yo'q yonimga yurib keldi va yuzimga 
tushib turgan sochimni chetga surib qo'ydi.
Bir qadam ortga yurib yuziga tikildim 
-- Yaxshigina charchabsan. Bugun ketaver, ertaga 
ertalabki yettida shu yerda bo'l.
Uni gapidan shunchalar hursand bo'lib kettimki 
ko'zlarim porlab ketti.
Uyga borishim bilan birinchi qiladigan ishim uhlash 
bo'ladi
"#Hayot_mazmunim"
Muallif:#Venera.
-- Voyy rahmatt. Biram hursand qildingizkii.
-- Boraqol, 
Ertaga soat yettida kel.
-- Yana qancha ishlayman?
-- Anchaa
Indamay o'rindiqqa o'tirib oldi.
-- Tahminan?


-- O'ylab ko'raylikchii ho'sh balki menga turmushga 
chiqquningchadir?!
Gapidan dovdirab qoldim.
Nima deyishni bilmay jim qoldim. Menga tikilib 
turgan ko'zlariga hayrat bilan qarar ekanman
jilmayib qo'ydi.
--Hazillashdim, bilaman kulguli hazil bo'lmadi. 
Hullas men aytguncha ishlaysan.
Gap tamom degandek ko'zlarini yumib ortga suyanib 
oldi
Uni gapini hazilligiga ishongan holda qo'limga 
chelakni oldim
-- Ertagacha
Ko'zini ochmagan holda gapirdi 
-- Yaxshi dam oling.
Chelakni ko'targancha xonadan chiqib kettim.
Uyga kelib birinchi qiladigan ishim yuvinib chiqish 
bo'ldi. Mayin sochlarimni yoyib olib oshxonaga 
tushdim.
-- Kel Farangiz, ovqat suzdim.
Onam singlim stol atrofida o'tirishgan ekan. Stulga 
joylashib ovqatni yeya boshadim.
-- Bugun ancha vahtli kettingmi?
-- Ha
-- Nega, har kuni kechroq ketardingku?
Sinchkov nigoh bilan qaradilar


-- Endi bezbet boshlig'im vahtli kelishimni aytti.
-- Ishing nechchida tugaydi o'zi?
Savol berishda davom ettilar 
-- Onajonim bilmayman. Qachon ishlarimni qilib 
bo'lsam shunda kelaman.
-- Ha mayli ovqatingni ich.
Uyqim kelib turgani sabab ikki uch qoshiq ichib 
xonamga chiqib kettim.
Biroz kitob o'qimoqchi edim lekin bo'lmadi. Uhlab 
qoldim.
Bugun ham vahtli turib choy tayyorladim.
Dadamni oldilarida choy ichar ekanman 
tomog'imdan zo'rg'a qahva o'tardi. 
-- Ishing yaxshimi?
Dadam jiddiy nigohlari bilan qaradilar
-- Haa yaxshi.
-- Vahtliroq tugatib kelgin, qorong'uda yurmagin
-- Hol dada, harakat qilaman.
-- Nega harakat qilasan?
Qoshlarini chimirdilar
-- Ga shundaki, hozir kafeda emas undan salllgina 
uzoqdagi mehmonxonada ishlayapman. Puli juda 
yaxshi , ishi ham.
Ha juda yaxshimish . Hech ham yaxshimas. Uyalmay 
dadamni aldashimniyaa
-- Charchab qolmayapsanmi?


Qoyill dadam men haqimda qayg'uryaptilarmi?
-- Yo'q,
Jilmayib qo'ydim.
-- Ha unda yaxshi.
-- Yaxshi qolinglar, ishga kech qolmay.
-- Yaxshi bor.
Tez tez yurgancha ishga yetib keldim.
Eshikdan kirar ekanman lift yonidagi Validga ko'zim 
tushdi.
-- Ko'rmasa ham mayli edi. O'n besh minut kech 
qoldim.
Boshqa liftdan chiqmochi edim meni ko'rib qoldi. Va 
yonimga keldi.
-- Hayrli kun Validbey.
Nailoj soxta bo'lsa ham jilmayib qo'ydim.
-- Salom. Farangiz, yaxshi emas. Ropla rosa o'n besh 
daqiqa kech qolding.
Tartib qani?
Lift eshigi ochilib liftga chiqdik
-- Birozz dadam bilan gaplashib qolib kettim.
-- Tartib bo'lgan joy doimo oldinga qadam tashlaydi.
Qoidalar va tartib bilan yurishni o'rgan.
Lift yurishni boshladi. 
-- Hop harakat qilaama...
-- Harakat qilish bilan ish bitmaydi. Aniq rioya qil.


Gapimni bo'lib gapira ketti.
Ehh Hudoyim o'zing sabr ber. Bunday vaziyatta eng 
zo'r yo'li hop deya qutilish
-- Hop bo'ladi janob.
Albatta bajaraman.
#Hayot_mazmunim
Mullif:#Venera.
Gapimdan so'ng menga biroz qarab turib uh tortti.
-- Nima dedim , ahir hop dedimku!
Tushunqiramay qaradim.
-- Seni fe'lingni bilaman. 
Chakaging o'chsin degandek hop bo'ladi deb qo'yding.
Vuhhtii folbinmasmikin nobodo. Ichimdagini 
topdiyaa. 
-- Unda nima deyyy ahir?!
-- Yaxshisi chakagingnu yum. Shunisi yaxshi.
-- Aha, sizga ham shu gap.
Asabiy nigohiglariga javoban jilmayib qo'ydim. 
Buyog'i asab buzguvchi sukut.
Biroz o'ylanib o'zimni qiziqtirgan savolni berdim.
-- Bu yerni tomi bormi?
-- Hm, bor albatta.
-- Chiqib ko'raylik?


 Juda ko'rgim keldi,
-- Yo'q,
Hursandligimni beliga tepdi. Ahir juda hohlagandim 
chiqishni.
Norozi qiyofada unga qaradim
-- Nima qilibdi chiqsam?
Hotirjam bosh silkdi.
-- Senga chiqishni taqiqladim.
Asablarim buzulib ketti.
Uni yuzini ko'rmaslik uchun ortimga o'girilib oldim.
-- Ziqna, qizg'onchiq.
Past ovozda uni "maqtay" boshladim. Ahir nima qilay 
asabimnj buzsa indamay tura olmayman. 
-- Sen...menga qara.
Joyimda qimirlamay turaverdim.
U ham jim bo'lib qoldi. Lift to'xtashi bilan tezda 
tushib kettim. Tezroq ishlarimni bitirsam , tezroq 
uyga ketaman.
Tez harakat qilgancha ishlarimni boshladim.
Yo'lakda ketayotgan vaqtim eshitilayotgan ovozlar 
sabab joyimda to'xtadim. Yo'lak ohirrog'ida, lift 
yonida Sanjar bilan Validni ovozi kelardi. Behos 
ularni suhbati qulog'imga chalina boshladi.
-- Sanjar, uni ko'rinishi ham o'xshab ketadi.
Boya liftta mendan arazlab teskari o'girilib oldi, bir 
vaqtlar Samiya ham huddi shunday qilgandi.


Farangizni yuzi, chiroyi huddi...huddi Samiyanikidek. 
Uni ko'rsam Samiyani ko'rgandek bo'laveraman. 
Men uni unutshim kerak...
-- Valid uni unut!
-- U..u meni singlim bo'lib xotiramda qoladi. 
Haa meni singlim.
Ovozlar tinib qoldi. Bildimki ular liftga chiqib 
ketishdi.
Valdini gapini o'ylay boshladim. Endi tushundim. 
Nega barda meni quchganini, o'shanda ko'zlarida 
yosh bilan Samiya degandi.
Keyin men haqimda ma'lumot yig'gan. Atayin 
ishlayotgan kafe yimga kelgan. Mana endi har kuni 
ko'rib turishu uchun o'zini mehmonxonasiga ishga 
oldi. Charchab uhlab qolganimda, menga termulib 
o'tirganini ham tushundim desam ham bo'ladi.
U meni sevgilisiga o'xshatgan. Lekin nega singlim 
dedi?
Menga shunisi nomalum. 
Albatta bilishim kerak. Buni qiziqarli tarix desam 
to'g'ri bo'ladi. 
Balki sevgani tashlab ketgandir? 
Shunday yigitniyaaaaa?
O'z fikrlarimdan kulib yubordim. 
-- Jinnimandaa, jinni.
Tezroq ishlarimni qilishim kerakkk. Bo'laqoll 
Farangizzz.
O'zimga gapirgancha ishlarimni qilishga tushib 
kettim


#Hayot_mazmunim 
Muallif:#Venera.
Bu yerdagi hech qaysi ishchi bilan tanishishga 
ulgurmadim. Chunki meni yoqtirshmasa kerak. 
Birinchi kuni Valid bilan kelganimgadir? Balki 
shunga, hammasini Validga suzilishini kuzatib 
turaman. Hayronman.
Bir ishlarni nazorat qilib yuradigan qiz bor. Judayam 
tannozki toza ensamni qotiradi.
Validni oldida o'ralashgani o'ralashgan. Uni kuzatib 
turib Validda ko'ngli borligini sezdim. 
Eng qizig'i Valid ham uni sevarmikin?
Menga shunisi qorong'u.
-- Umumann..o'ylashimga hojat yo'q. U menga hech 
kim! Ha ohirgi gapim shu. Hech kim!
-- Kimni aytayapsan?
Ortimdan kelgan ovoz sabab cho'chib kettim.
Ovoz egasi Sanjar ekan. 
Indamay yelkamni uchirib qo'ydim.
-- Shunchaki o'zim.
-- Ha gapirish o'zingni hohshing.
Biroz turib ortiga o'girildi. Meni navbatdagi gapim 
to'xtashiga sababchi bo'ldi.
-- Menga Samiyani suratini ko'rsata olasizmi?
-- Nima qilasan?


Hayron bo'lib qaradi.
-- Shunchaki qiziqdim. Menga qanchalik 
o'xshashiga.
Biroz o'ylanib turdi. Menimcha ko'rsatish yoki 
ko'rsatmaslikni o'ylayapti.
-- Yeb qo'ymayman ko'rsatsangiz.
Sabrim tugab gapirib yubordim. Gapimdan kulib 
qo'ydi.
-- Gap unda emas. U qizning surati qayerda turishini 
o'ylayapman.
Tashlab yubormaganmikin?
Validni xonasi tomon ketti. Ancha vaqtdan so'ng 
qo'lida birgina surat bilan keldi.
-- Bu suratni estalikka olgan edi. Ko'rmaslik uchun 
yashirib tashlagan ekan. Zo'rg'a topdim.
Suratni ko'ratti.
Suratta jingalak sochlari yelkasidan pastroqda,
uzun kiprikli, jilmayib turgan chiroyli qizni ko'rdim.
Lekin o'zimga uncha o'xshatmadim chunki bu qiz 
nihoyatta chiroyli ekan.
Birinchi bor qaysidir qiizning chiroyliligiga havas 
qilishim edi.
Jilmaygancha suratdagi go'zalga tikilib qoldim.
-- Judayam chiroyli ekanlar !
-- Ha beraqol endi. Valid bilib qolmasidan joyiga 
qo'yay.
Istamaygina suratni qaytardim. 
Kun bo'yi hayolim suratdagi qizda bo'ldi.


Valid va Samiyaning hayotiga shunchalik qiziqib 
qolganimdan hayolimda aylanaverdi. Validdan 
so'rasam aytmaydi.
Sanjardan so'rasammikin
Ha yaxshi fikr.
Sanjarni ancha vaqtgacha qidirdim. Nihoyat kotiba 
qizning yonidan topdim. Qizga qog'ozalrni ko'rsatib 
nimanidir tushuntirardi.
-- Sanjar, o'n daqiqaga mumkinmi?
Sanjar hozir deya qizga gapirib so'ng yonimga keldi.
-- Gapir Farangiz
-- Menga Valid va Samiyaning hayotini gapirib bera 
olasizmi?
-- Yo'q.
Tezda rad etti. -- Chunki o'zim ham deyarli 
bilmayman. 
Javobdan qoshlarim chimirildi. Ahir judayam 
qiziqqandim
-- Yaxshisi birovni hayotiga aralashma!
Gap tamom degandek ketib qoldi.
Uning bu gapidan juda jahlim chiqdi.
-- Ee menga nima?
To'g'ri aytti, hayot uniki. Men qiziqishim shart emas.
Ishlarimni bitirib Shohruxga telefon qildim.
-- Alo Shohrux.
Go'shak ortidan baland musiqa ovozi yangrardi.


-- Qalesan Farangiz.
-- Menga qara, qayerdasan?
-- Klubdaa, ishing bormi?
Shunaqangi asabim buzildi. Shu vaqtlar juda ko'p 
borayapti klublarga.
Buni ohiri yaxshilik bilan tugamasligi mumkin.
-- Shohrux men *.....* daman. O'lgudek charchadim. 
Tezz kelib olib keta olasanmi?
-- Hozirmi?, hozir biroz vaqtim yo'q...
Jahlim chiqib ketti.
-- Mendan qizlar muhim bo'lsa kelma. Hayr!
Telefonni o'chirib qo'ydim. Endi esa kelishini 
kutaman. Bilaman u albatta keladi.
#Hayot_mazmunim 
Muallif:#Venera.
Yarim soatlarda Shohruxni mashinasi ko'rindi.
Mamnun holda mashinaga o'tirdim.
-- Hech ham charchagan odamga o'xshamaysanku.
Menga nazar tashlab ginali qaradi.
-- Do'stinga ham vaqt ajrat dedimda. Hadeb qizlar 
bilan yuraveraasanmi?
-- Farangiz meni nasihat eshitishga vaqtim yo'q..
Mashinani haydashga tushdi. Yuzi solg'in, qoshlari 
chimirilgan. Unga hayrat bilan qaradim, bugun 


kayfiyati yo'qmi yoki o'zgaryaptimi?
--Shohrux, senga nimadir bo'ldimi?
--Yo'q hammasi yaxshi
Ahamiyatsiz mashina haydashda davom etti.
-- Hammasi yaxshimi?
Ishonqiramay qaradim.
--Ha ,ha Farangiz.
Jahl bilan gapirdi. Indamay qo'ya qoldim. Rosti hafa 
ham bo'ldim. Ahir men do'stiman, nimanidir 
yashirishi g'alatiku.
Mashina uyim oldida to'xtashi bilan bir so'z demay 
mashinadan tushib kettim. Orqamdan chaqirsa ham
indamay uyimga kirib kettim.
-- Oyi, keldim.
Singlim yugurib chiqdi, ko'zlarida yosh. Yuragim 
tovonimga tushib ketay dedi.
-- Farzona nima bo'ldi?
-- Abdullohni mazasi bo'lmay qoldi. Shifoxonaga 
olib ketishdi. 
Singlim yig'lab yubordi. Hozir uni yupatishga holim 
yo'q. Yaqinda to'r yoshga to'ladigan shu mittigina 
ukam juda ko'p qiynaldi.
Va biz ham.
Hayotga nuqson bilan kelish og'ir albatta. Lekin bu 
ham bir sinov 
Singlim yig'lagancha meni quchib oldi.


-- Farzona yig'lama shirinim. Hozir men ham yig'lab 
yuboraman. Yig'lashimni hohlaysanmi?
Singlim zo'rg'a yoshini artib boshini silkib qo'ydi.
-- Malades. Oyim bilan dadam ham kelib qolishadi. 
Mana ko'rasan Abdulloh tuzalib ketadi.
Nihoyat ko'nglini ko'taradigan gap topdim.
Bunga o'zimni ham yupatayotgandekmann.
Ko'nglim g'ash.
Kutib o'tirishga sabrim yetmayapti. Nima qilikinaa.
--Farzona singlim o'rtog'ingnikiga chiqasanmi?
Dilshodani uyiga chiqishni o'yladim. Hozir 
chalg'imasam portlab ketaman. 
-- Chiqamann 
Singlim etagimga osilib oldi. Mitti ko'zlari mo'ltillab 
turibdi. Shu kichkina qizcha ham murg'ak qalbi bilan 
tushunib turibdi. Ukasiga achinyapti, o'ynab kuladiga 
yoshida ko'z yosh to'kyapti.
-- Yuraqol shirinim.
Ikkalamiz eshikni qulflab Dilshodalarni uyiga 
chiqdik. Dugonamni otasi yo'q, ahmoq otasi oilasini 
tashlab ketgan. Nega bunday , o'z bolasini tashlab 
ketishga qanday qo'li borarekanaa?
Otasi ketgach dugonamni onasi judayam qiynalib 
qolishgan. Onasini o'zi ikkita ishda tinmay ishlardi. 
Mana hozir ham ishdan charchab kelib dam 
olayaptilar ekan. Dugonamga yoshligidan barcha uy 
ishlari, ovqat qilish zimmasiga tushgan. Ko'p chiqib 
turardim. Dadam dugonamni oilasi qiynalib qolgani 
uchun ham chiqishimga ruhsat berardilar. 


Shularni o'ylab doim ochiq turadigan eshikdan 
kirdim.
Hovliga nazar tashlab Dilshodani qidirdim lekin 
so'rida kitob o'qib o'tirgan Sardorni ko'rdim. Sekin 
yurib uy tomon nazar tashladim.
-- Sardor
Sardorni nigohi menga tushishi bilan jilmaydi.
-- Keling Farangiz, dugonangiz ikki uy naridagi 
ayolnikiga chiqib ketti.
-- Haa unda kelganida chiqarman.
Yonindagi singlimga qaradim -- Farzona o'rtog'ing 
hovlini pasida o'ynayapti borasanmi?
Tasdiq ma'nosida boshini silkib qo'ygach pastga 
yurib ketti.
-- O'tira turing, hozir kelib qoladi.
Hozirgi ahvolimda suhbatdoshga muhtojligim uchun 
Sardorni yonidan joy oldim
-- Qanday kitob o'qiyapsiz?
Qo'lidagi kitobga qaradim.
-- Jahon adabiyoti, Jek London.
Kitobni muqovasini ko'rsatib jilmaydi -- O'qib 
ko'rasizmi?
-- Yo'q , tezda rad ettim. Savol nigohi bilan qarab 
turganiga tushuntirishni boshladim. -- Men asosan 
O'zbek adabiyotini o'qiman. Badiiy kitoblar menga 
judayam yoqadi.
-- Qaysi yozuvchini ko'proq o'qisiz?
Qiziqsinib qaradi.


-- Eng ko'p o'qiganim O'tkir Hoshimov. U 
yozuvchining asarlari menga judayam yoqadi. Har 
bir hikoya, qissa, romanlarini o'qib kitob ichiga 
tushib qolaman. Har bir obraz bo'lib qatnashaman. 
Ularni dardini, alamini, quvonchini birgalikda his 
qilaman.
#Hayot_mazmunim 
Muallif:#Venera.
-- Haa birgina kitobini o'qiganman va bu menga 
judayam katta tassurot qoldirgan.
Sardor jilmayib ko'zlarini yumdi. Menimcha hayolida 
kitob jonlanayapti.
Shu yigit men ko'rgan insonlardan farqli o'laroq doim 
jilmayib turadi.
Qani edi boshqalar ham tushunsa, ahir jilmayish 
farzku. Har bir insonni ko'rganda savob uchun ham 
jilmayib gaplashishi kerak. Afsuski ko'pchilik buni 
tushunmaydi va amal qilmaydi. Hatto o'zim ham, 
kayfiyatim yo'q bo'lsa hech ham kulish uyoqda tursin 
jilmaya olmayman. 
Hatto to'g'ri muomila qilolmayman, jahl qilaman. 
Sardorga qarab turib kulib qo'ydim.
-- Qaysi kitobi?
-- " Ikki eshik orasi". Meni tasrlantirgan va lol 
qoldirgan kitob.
Ko'zlarini ochib menga qaradi. 
-- Vauvv ajoyibb o'qiganman. Eng sevimli ramanim.
Meni ham lol qolganman. 


-- Haa shunday.
-- Men bu yozuvchi bilan uchrashishni, yozgan 
kitoblari, yaratgan ramanlari haqida suhbatlashishni 
judayam hohlardim. Lekin afsus bu nasib qilmagan. 
O'tkir Hoshimov 2013-yil 24-mayda vafot etgan.
-- Haa, men ham hohlardim. Shunday yozuvchi 
ohirati obod bo'lsin.
Eshikka nazar tashladim. Dugonamdan darak 
yo'qku. Qachon kelarkin.
-- Dilshoda qachon chiqib ketgan edi?
-- Yarim soatlar oldin.
-- Haa chiqsa kelganimni aytib qo'yarsiz
Hovlini pastrog'ida o'ynayotgan singlimga nazar 
tashladim. Mazza qilib o'ynayapti. -- Farzona o'ynab 
tura qolsin. Men chiqay. 
-- Mayli.
Uyimga chiqib musiqani baland qo'yib ishlarimni 
qildim. Boyigi vaqttan ko'ra ancha kayfiyatim 
yaxshilandi. Insonga doim suhbatdosh kerak. 
Yolg'izlikni ohiri yaxshilik bilan tugamaydi. Doimo
do'st, yaqinlar va yaxshi insonlar bilan hayot qiziq, 
hayot davom etadi. 
Men do'stimsiz yashashni hayolimga ham keltira 
olmayman. Do'stlik- ilohiy tuyg'u.
Hayolimga Shohrux keldi. Telefon qilsammikin?
Balki u ham mendek siqilayotgandir?
Men ham jahlim chiqayotgan bo'lsa yaxshi gapira 
olmayman. Unda ham shu holatdir?


Men o'zimcha arazlab oldim. -- Ehh Farangizz, biram 
ajoyibsanki
Telefonni qo'limga oldim.
Shohruxdan yettita javobsiz chaqiruv.
-- Ana ayttimku, u hozir meni hafa bo'ldi deb o'ylab 
vijdoni qiynalib yurgandir.
Tezda Shohruxga telefon qildim. Birinchi 
chaqiruvdayoq go'shakni ko'tardi.
-- Farangiz, mendan hafa bo'lma. Kayfiyatim yaxshi 
emasdi. 
Birinchi o'zi gapira boshladi.
-- Tushundim Shohrux. Hozir qandaysan?
-- Hozirmi?
Yomondan yaxshiroqman.
Go'shak ortidan singan ovozlar keldi. 
--Shohrux qayerdasan?
Havotir olib tezda gapirdim.
-- Uyimdaa. 
Mana shu lanati, g'urbat uydaman. 
-- Iltimos indamay o'tir men hozir boraman. 
Hech nima qilmay tur. Yana oldingidek qo'lingni 
qonatib yurma. 
-- Kelmaa
Shohruxni biroz jahl aralash ovozi yangradi.
--Sendan so'ramadim. Ketyapman.
--Kelma....


Gapi ohiriga yetmasidan o'chirib qo'ydim. Hozir u 
ham yaqinlarga muhtojdir.
#Hayot_mazmunim 
Muallif:#Venera 
Baribir ham uyda ota onamni kutib yolg'iz o'tira 
olmayman. Singlim Dilshodalarnikida. Menimcha 
Sardordan yaxshi enaga chiqadi.
Labimga kulgu yugurdi.
Kiyimlarimni almashtirib ko'chaga chiqdim.
Hayolimga piyoda sayr qilish keldiyu, Shohrux bir 
ahvoldaligida men hotirjam piyoda yura olmayman.
Katta yo'lga chiqib taksi to'xtattim. O'n daqiqada 
Shohruxlarni ikki qavatli, hashamayli uyiga yetib 
keldim. Eshikni itargan edim ochiq. 
--Hizmatchilar yo'q shekil.
Atrofga alanglab uyga kirdim, hech kim yo'q.
Uy jim jitligidan ko'nglim g'ashlandi. Shohruxni 
xonasiga chiqdim.
Eshikni itarib xonani ahvolini ko'rib ko'rib ko'zlarim 
kattalishib ketti.
Xonada sog' jihoz qolmagan, hatto katta yotoqni ham 
rasvosi chiqqan. Xonaga bezatilib qo'yilgan 
guldonlarni faqatgina parchasinigina ko'rish mumkin 
holos. Pardalar osilib yarmi yerga tegib turibdi.
Ikkiga bo'linib ketgan kompyuterni ko'rib tilim 
aylanmay qoldi. Shunchalik nimadan siqilgan?


 Nega bunchalik jahli chiqdi?
Yerdagi shishalar sabab ohista qadam bilan xonaga
kirdim.
Atrofga qarab Shohruxni qidirdim. Eshik ortida yerga 
cho'kkalagancha o'tirgan Shohruxni ko'rib yuragim 
tovonimga tushib ketay dedi.
Yerda devorga suyangancha, qo'llari qon Shohrux 
o'tirardi.
-- Shohrux jinnimisan? Xona mayli nega qo'lingni 
kesasan?
Qo'lini usti atayin shisha bilan kesilgani bilinib
turardi.
---Jinni bo'lganim yaxshi edi.
Ko'zlarini ochib hissiz boqdi. 
-- Nima bo'ldi?
Nega bunchalik qiynalyapsan? Onangni ko'rdingmi?
-- Yo'q. 
--Gapiraqol
-- Farangiz men dardimni doston qilishni yomon 
ko'raman bilasanku!
Obbo qaysar. Ha Shohrux kimgadir ichidagilarni 
aytib o'tirishni yoqtirmaydi. Bu ish qizlarga hos deb 
biladi. 
Hislati biram ajoyibki. Men gapirtira olmay halak.
-- Aytmasang men qiynalib ketaman. 
-- Shuning uchun kelma degandim.
Shu ahvoliga ham jilmayib qo'ydi.


-- Lekin men keldim. Endi seni gapirishingni 
kutyapman va sen gapirishing shart.
-- Yo'q, hohlamayman.
-- Shohrux, iltimos
Shishalarni surib tashlab yonidan joy oldim 
Shu o'tirgancha chamasi yarim soat sukut saqlab 
o'tirdik. Uni fe'lini tushunganim uchun ham o'zi 
gapirishini kuttim. Lekin bu qaysar gapirmadi. Men 
esa sabrli bo'lib kutishda davom ettim. 
Unga suhbatdosh zarur, albatta gapiradi.
Nihoyat sado chiqdi
-- Bugun qadirli dadajonimni o'g'lini ko'rdim.
Siniq jilmaydi. Uni gapidan ichim titrab ketti.
Shohruxni onasi uch yoshligida boshqa bir erkak 
bilan , o'g'lini tashlab ketib qolgan. Shundan so'ng 
uch yoshli Shohrux enagalar, hizmatchilar qo'lida 
katta bo'lgan. Dadaasi pul topish dardida ishlab 
yuravergan. Shohrux ota va ona mehrisiz katta 
bo'lgan. 
Shu dardlar yetmaganidek otasi, ajrashgan, Shohrux 
tengi bir o'g'li bor ayolga uylandi. Alam qilarlisi 
barcha e'tibor o'sha o'g'ilga. Men u bolani 
ko'rmaganman. Lekin Shohruxga qanchalik 
qiyinligini tasavvur qilaman.
-- Qayerda ko'rding?
-- Internetda, otam olgan yutuqlarini maqtanyapti. 
Yonida sevimli ayoli va o'g'li. 
Farangiz men o'zini o'g'limanku! Yetti yot begonani 
o'g'lim deyapti. Boshini silab mehir berayapti. Men 
kimman?


Onam ham vos kechib ketgan. Nafratlanaman!
Hammasidan nafratlanaman!
#Hayot_mazmunim 
Muallif:#Venera.
-- Nega onam tashlab ketgan?
Ortiqchalik qilsam nega dunyoga keltiradi?
Mana shunaqa o'tirishim uchunmi? Qiynalishim 
uchunmi?
Otamdan vos kechib ketar ekan, nega turmushga 
chiqqan?
Otamchi? O'z o'g'li bor. Lekin begona ayolning 
o'g'liga o'z o'g'lidanda ko'p mehir, e'tibor beradi. Meni 
oldimga bir oyda bir keladi. Shunda ham "jonajon 
o'g'li"ga bergan mehirni bermaydi. Tergab ketadi.
Nega klubda yurasan?
Qizlar bilan yuraverma! 
Ko'cha daydima, ichmaa degan gaplari bilan siylab 
ketadi.
Men nima qilay?
Menga oz bo'lsa ham e'tibor qaratmagani uchun ham 
shundaymanku.
Atayin qilayotganimni tushunarmikin?
Men yoshligimdagi muhit sabab shunday tarbiya 
oldim. Shunday bo'lishimga ular sababchiku ahir.


 Shuni tushunish qiyinmi? Meni, meni nimam kam 
begona o'g'ildan?
Shu savollar har kuni ichimni yeydi. 
Hammasiga tupurib ketgim keladi lekin keta 
olmayman!
Shohrux alam bilan gapirib jimib qoldi. Shu 
paytgacha hech ham bunday gapirmagandi. Mana 
birinchi bor ichidagi gaplarni tinglashim. Qisqa 
gapirib, gapni asosini chiqarib qo'yardi holos.
Hozir esa necha yillik alam bilan gapirdiki ichim 
titrab ketti. Shunday ota onalar bor dunyoda.
Bunday insonlarni yer qanday ko'tarib turibdikina?
Nahot zig'ircha insofi bo'lmasa? 
Nahot o'z jigarbandini tushunmasa? Indamay tashlab 
ketsa.
Bu savollarga ojizmiz. Faqatgina vaqt kerak.
Meni fikrimcha hamma dardlarga vaqt davo bo'la 
oladi. 
Vaqt....
O'tirish befoyda, Shohruxni qo'lidan qon oqayapti. 
O'rnimdan turib chiqib kettim. Oshxonadan tibbiyot 
qutichasini olib xonaga qayttim.
Shohrux hali ham boyagi ahvolda qimirlamay 
o'tiribdi. Qo'lini mayda shisha bo'laklaridan 
tozaladim. Huddi shishalar menga kirgandek yuzim 
burishardi. Shohruxni esa yuzida hech qanday his 
yo'q. Spirt surganimda ham qilt etmadi. Bu hol ko'p 
bo'lganidan og'riqni his qilmay qolgan shekil qo'llari.
Qo'lini bint bilan bog'labo'lgach o'rnimdan turdim.


-- Shohrux o'zingni qiynama. Ayniqsa arzimaydigan 
odamlar uchun. Arziganida seni tashlab ketmasdi.
Boshini ko'tarib menga tikildi. O'rnidan turib 
amallab jilmaydi.
-- To'g'ri aytasan. Shu ohirgi hafa bo'lishim bo'lsin.
Men ular uchun emas, o'zim uchun yashayman. 
Ularni hech qanday e'tiboriyuu , mehri kerak emas.
-- O'zingni asra, hech bo'lmasa men uchun.
Jilmayib qo'ydim.
-- Sen ham.
Shohrux meni quchib qo'yib , xonadan chiqib ketti.
#Hayot_mazmunim 
Muallif:#Venera.
Ko'nglim ancha hotirjam bo'lib uyimga kettim.
Oshxonaga kirdim, stullardan birida o'tirgan onamni 
ko'rib havotir bilan qaradim.
-- Oyi, Abdulloh yaxshimi?
Oyim boshlarini ko'tarib menga qaradilar. 
Shundagina ko'zlaridagi yoshni ko'rdim, tezda 
oldilariga yugurib bordim.
- Nima bo'ldi? - qo'llaridan tuttim. Menimcha 
gapirishga hollari ham hohishlari ham yo'q. Lekin 
gapirmasalar men yuragim yorilib ketadiku.
-- Oyi ukamga nima bo'ldi? Gapirsangizchi.
-- Ahvoli og'irlashibdi. Shifoxonada ko'proq qolib 
davolanadi. 


Nihoyat oyimdan sado chiqdi. 
-- Ahir...ahir davolangani yaxshiku. Shifokorni 
yonida bo'ladi. 
-- Men ham asosiy vaqtim shifoxonada o'tadi. Otang 
ishda bo'ladilar. Sen ishda. Singlingdan 
havotirdaman.
Haa singlimni o'ylamabman. Yolg'iz o'zi 
qololmaydiku. 
-- Holamnikida biroz muddat qolsa bo'lmaydimi?
-- Holang bilan gaplashib ko'raychi. Ukang tezroq 
tuzalsa edi.
Onan ko'zlarida yosh bilan chiqib kettilar. -- Albatta 
tuzaladi. Faqat biroz sabr qilish kerak. Bu kunlar ham 
o'tadi. Biroz ishonch va sabr bilan....
Erta tongdan ishga bordim. Kayfiyatim yaxshi, har 
holda yaxshi qilishga harakat qilyapman.
Eshikdan kirayotganimda endigina ishga kelgan , 
mashinasidan tushayotgan Validni ko'rdim. Indamay 
kirib ketaverdim.
Tez tez qadam bosgancha liftga chiqdim. Eshik 
yopilmasidan Valid yetib keldi. Qiziq bugun kayfiyati 
yaxshi, 
-- Hayrli kun Validbey. - jiddiyroq gapirib salgina 
surildim.
-- Senga ham.
Kecha ishga kelmading. Yaxshimisan?
Tugmani bosib menga nigoh tashladi. Qarashidan 
noqulay bo'lib ko'zimni olib qochdim.
-- Uyda singlim yolg'iz edi. Tashlab kela olmadim. - 
yolg'on gapirishni hohlamadim .


-- Ha.
Biroz jim qoldi. Nimanidir aytmoqchiligi yuzidan 
ma'lum. Biroz o'ylanib turib gap boshladi.
-- Ertaga senga dam. Seni zo'r joyga olib boraman.
Gapidan hayratlanib qaradim. 
-- nega meni?
Gapimdan indamadi, shunchaki yelkasini qisib 
qo'ydi. -- Sen bilan sayr qilgim keldi. -- to'g'ridan 
to'g'ri aytilgan gapi meni noqulay ahvolga va savollar 
girdobiga tashlab qo'ydi.
Labimga kulgu yugurdi.
-- Ho'sh qayerga boramiz janob boshliq? - jilmayib 
yuziga tikildim.
Kulgu yugurgan labimga biroz tikilib turib u ham 
jilmaydi. -- manzarali joy. Senga ham yoqsa kerak-a?
-- Albatta. Pic nik qilamizmi?
-- Hohlasang albatta
-- Hohlayman. Muzqaymoq yeymiz -- og'zimdan 
behos chiqib ketti. Aniq ochko'z deb o'ylasa kerak. 
Yana noqulay holat , yer tagidan yuziga nigoh 
tashladim. 
Menga tikilib kulib turibdi.
Behos yuziga tikilib qoldim; Oohhh jilmayishini, 
buncha chiroyliiiii. 
-- Boraylikchi, hozir esa ishingni qil. - yana ish 
deydiyaa. Bekorga boy emasda. Ish ish . Mayli ertaga 
sayohatt, qanday ajoyib. Yana shu Valid bilan. 
Tasavvurimga ham sig'maydi.


#Hayot_mazmunim 
Muallif: #Venera.
-- Ish, ish, doimgidek. - yuzimni burgancha lift eshigi 
ochilishini kuttim. 
-- Dangasa bo'lma. - 
Eshik ochilishi bilan liftdan chiqdik. Yo'lak bo'ylab 
ketayotgan Dildorani ko'zi bizga tushib yuzi jahldan 
qizarib ketti. Ha bu qiz aytganimdek Validda ko'ngli 
bor ish boshqaruvchimiz. Menga doim yomon ko'z 
bilan qaraydi. Ishni bo'lib berayotganda ham menga 
atayin Validni xonasidan uzoq va ko'p ishlar beradi.
Meni doim asabimni buzadigan ham aynan shu qiz. 
Men ham buzsam nima qilipti?
Jilmayib Validga qaradim
-- Mayli, ertaga uyimdan olib ketasizmi? -shu 
gapimda ovozimni Dildor eshitadigan qilib 
balandlattim. U eshitib yurib ketayotgan joyida 
to'xtaganini ham sezdim.
-- Vahtliroqqa tayyor turgim. Uhlab qolmagin. - 
ogohlantirdi.
-- Yo'g'e vahtli turaman. 
Ertaga kutaman.
Validni ijozatisiz qo'lini siqib qo'yib , ishimga yo'l 
oldim. Ana endi Dildorni tutashini ko'ramiz. Bir 
mazza qilay. Doim meni asabimni yerdi..
Ishlarrrrr, meni juda charchatadiki. Ikkinchi xonani 
tozalayotganimda Dildora kirib keldi.
-- Farangiz bo'lib qoldingmi? - havfsalasiz nazar 
tashladi. Uni qarashidan toza ensam qotti.


-- Ha, nega? 
-- Bugun oshxonaga kirasan. Oshpazga yordamchi 
kerak.
Obbo bu atayin qilyapti. Valid oshxonaga deyarli 
kirmaydi. Bu yerlarda yursam Validga yaqinriq 
bo'lishimdan qo'rqayapti. 
-- yuraqol. - sabrsizlanib qaradi.
-- Bu yerchi?
-- Qolgan qizlar davom ettirishadi.
Nailoj oshxona bo'lsa oshxonada. Ishga qarshi 
emasman. Lekin bundaylar bilan ishlash azob. 
Oshxonaga tushib ishni boshlab yubordim. 
Qiynalaman deb o'ylagan edim. - yo'q ishim oson. 
Stollarni yig'ish, buyurtmalarni olib borish. Huddi 
kafe da ishlagandekman. Xona tozalagandan yaxshi.
Bir zumda ishga tushib kettim. 
Stollarga qarayotgan vaqtim Sanjar kelib qoldi.
-- Ho'sh ho'sh shuyerda ekansanda? - jilmayib gap 
boshladi. -- nega oshxonaga tushding? Men senga 
xonalarni bo'lib bergandimku?
-- Dildorxonning buyrug'i - biroz kinoya bilan 
gapirib ishimda davom ettim. Gapimni tushunib kulib 
qo'ydi. 
-- Sendan Validni qizg'angan. Huddi bir yaqinidek. 
Validga hech kimku u qiz.
-- Menam shuni aytamandaa.
#Hayot_mazmunim 
Muallif: #Venera. 


-- Mayli qo'yaver. Men Validni chaqirib kelay, seni 
qidirib yurgandi. - jilmayib qo'ydi.
-- Nega? - hayron qaradim.
-- Kelganida bilasan.
Indamadim. Sanjar chiqib ketgach ishlarimga berilib 
kettim. Ko'proq ish qilmasam dangasa bo'lib 
ketaman.
-- Uchta sutli qahva - ortimdan Validni yoqimli 
ovozi yangradi. Negadir uni ko'rsam labimga kulgu 
yuguradi. Ortimga qaradim. Valid va do'sti turibdi. 
Sanjar menga qarab kuldi.
-- Nega kulayapsiz. - qoshimni chimirib qaradim.
-- Ikki yuzing qizarib ketganigada nastinka! - 
kulgancha ko'zini qisib qo'ydi va stullar tomon ketti.
-- Oshxona issiq, shuningchun qizarib ketgandir 
yuzim - tahminimni ayttim va qahva tayyorlashga 
kirishdim. Valid oshxonadagi shkafga suyanib meni 
kuzata boshladi. Men ish qilayotganimda 
kuzatayotganlarni yoqtirmayaman. Asablarim buzilib 
ketadi. 
-- Hech qisi yoq, yarashadi.
-- Nima? - tushunqiramay qaradim.
-- Yuzingni qizarishi. 
To'g'risi shu gapidan yaxshigina hijolat bo'ldim. 
Battar qizarganimni ko'rsatmaslik uchun o'girilib 
oldim. 
Bugun Valid boshqacha? 
Qo'pol va bezbet Validni ko'rmayapman negadir. 
Lekin menga shu holati yoqdi. Har kimga ham qo'pol 


muomila qiladigan inson yoqmasa kerak.
O'girilib olganimga yonimga keldi.
-- Meni qahvam judayam shirin bo'lib ketmasin.
Jilmayib yuzimga tikildi.
-- Nastinka! - Yuzimni chimdib qo'yib chiqib ketti. 
Menimcha ikki yuzim olov bo'lib yonayapti. 
-- Jinnimi bular?-uffff .
Qahvarni olib borishdan oldin yuzimni muzdek
suvga yuvib oldim.
Stullarda Sanjar va Valid suhbatlashib o'tirardi.
Qahvalarni qo'yib ketmoqchi edim Valid to'xtatti.
-- Meni yana buyurtmam bor.
-- Ayting. - savol nazari bilan qaradim.
-- Seni buyurtma qilaman. - bezberlarcha jilmaydi.
ana yana bezbet niqobini taqdimi? Huddi 
kafedagidek. Meni buyurtma qilarmish.
Huddi o'sha kungi gapimni qaytardim.
-- Bu yerda taomlar buyurtma qilinadi, odamlar 
emas!
Javobimdan Valid kulib qo'ydi.
-- Bilaman, menga farqi yo'q. Buyurtmamni ayttim.
Nima xotira o'yinini o'ynayapmizmi?
Huddi kafedagi gaplarni qaytaryapmizku.
Yaxshi o'yin bo'lsa o'yinda.
-- Buyurtmangiz qabul qilinmadi janob Validbey!
-- Qaysarsan!


Men buyurtma qilib bo'ldim. O'tir.
Gaplarimizni tinglayotgan Sanjar kulib qo'ydi.
Yaxshi mendan nima ketti. Bahonada dam ovolaman.
Ularni safidan joy olib issiqqina mazali qahva 
ichishga tushdim.
Ular ish yuzasidan suhbatlashishardi. Suhbat nima 
haqida ketayotganini tushunardim lekin biznesni 
tushunmayman. Bu suhbat menga begona
#Hayot_mazmunim 
Muallif: #Venera. 
Ular o'z mavzusida gaplashavergach zerika 
boshladim. Qo'limni iyagimga tirab Validni diqqat 
bilan kuzata boshladim.
Uning tushuntirayotganda biroz chimiriladigan qora 
qoshlari, Sanjarga asabiy tikilishi, jilmayganda labini 
yonidagi bilinar bilinmas kulgichlari judayam ajoyib 
va yoqimtoy demayman, qandaydir juda chiroyli. 
Kiprigi menikidan uzun bo'lsa kerak. Agar uni kiprigi 
menda bo'lganidaaa, qanday zo'r bo'lardi.
To'g'risi unga tikilib o'tirish juda maroqli ekan. 
Men judayam qiziqa boshladim, nega sevgani 
Validga qaramagiga yoki tashlab ketganiga?
Shunchalik gapga berilib ketganidan men 
tikilayotganimni sezmadi.
Birozdan so'ng savol nazari bilan menga qaradi.
-- Nega tikilyapsan?
Nima deyishni bilmay qoldim. 


-- Zerikib kettim.
To'g'risini ayttim. Umuman olganda yolg'on gapirish 
ham gapirganlar ham yoqmaydi.
Ularni mavzusini men tushunmaganim uchun ham 
juda zerikarli edi.
Validni labi yonidagi kulgich paydo bo'ldi.
-- Zeriksang menga tikilishing kerakmi?
-- Meni buyerda majburlab olib o'tirgan kim? - 
qoshimni ko'tarib qaradim.
-- Mayli, hohlaganingcha tikilaver.
-- Kerakmas, yaxshisi ishlarimni qilaqolay. Bezbet
boshlig'imdan gap eshitmay tag'in. -- Ko'zlariga qarab 
jilmaydim
-- Bezbet ? - qoshlarini chimirib qaradi. To'g'risidaa
bezbetku ahir.
-- Albatta, surbet ham.
Gapimdan Sanjar hayratlanib kulgancha qaradi.
-- Nastinka ,Validdan hech qachon surbet 
chiqmaydiku. Judayam aqillikuu - o'zini gapidan 
kulib yubordi. 
Uning gapidan Validni qoshlari chimirildi. Jiddiy 
holda do'stiga qaradi.
-- Nima senga o'xshab surbet bo'laymi?
-- Qizlarga surbetlar yigitlar ko'proq yoqadi og'ayni.
Sanjar sochini to'g'irlab qo'ydi. Uni gapini tezda rad 
ettim.
-- Yooo'q. Adashasiz, menga yoqmaydi.
-- Aldamaa, - ishonqiramay qaradi. 


-- Aldagan bilan nima foyda?
-- Surbetlar yoqmaydi degan gapingdan nimani 
tushundim bilasanmi? - Sanjar ayyorona jilmayib 
qaradi. 
-- Nimani? - hayron bo'ldim.
-- Bu degani menga aqilli Valid yoqadi deganingmi?
-- Nima? 
Gapimizga Valid aralashdi. -- Sanjar chakagingni 
yummasang, manashu qahva basharanga uchadi. - 
jiddiy gapirganidan hazillashmaganini bilish mumkin 
edi. Indamay boshqayoqqa qarab oldim.
Oraga noqulay sukut cho'mdi. Uchchovimizdan ham 
hech qanday sado chiqmasdi.
Sukutni Sanjar buzdi.
-- Menga qarang. -Deyishi bilan yuzimni u tomon 
qarattim. Valid ham Sanjarga nazar tashladi.
-- Ikkovingizdan ajoyib juftlik chiqadi.
Bo'ldi bu gapi ortiqcha edi. To'g'ri Valid menga 
yoqadi, lekin hech qachon boshqa narsani 
o'ylamaganman. 
U ajoyib do'st bo'lishi mumkin.
Valid bilan nigohimiz qisqa muddatga to'qnashdi. 
Tezda ko'zlarimni olib qochdim.
Sanjarni gapidan asabim buzilib, qo'limda turgan 
qahvani ustiga sepib yubordim. Shu vaqt men 
sepishim bilan tengma- teng yana bir qahva sepildi. 
Bu Validni qahvasi ekan. Ikkovimiz bir vaqtta 
sepganimizga ham hayratlandim ham kulgim keldi.
Sanjar tezda o'rnidan turib ketti va ustini quruq 
salfetka bilan arta boshladi. Bu juda kulguli holat edi.


Valid menga bir nigoh tashlab so'ng Sanjarga qaradi.
-- Sanjar do'stim, ko'p gapirmasdan qahva tekkan 
kastyumingni alishtirib kel.
Sanjarga ikkita qahva sepilgan bo'lsa ham jahli 
chiqmadi. Validga qarab biroz qoshini chimirdi.
-- Chiqib ket deb odamga o'xshab gapirganingda 
chiqardim Valid.
Valid indamadi, uning nigohi keyin gaplashimiz 
degandek qaradi. 
-- Yoqimli ishtaxaa. - Sanjar quvnoqlikni 
yoqotmagan holda o'rnidan turib chiqib ketti
#Hayot_mazmunim 
Muallif:#Venera. 
Men esa Validga qarashga to'g'risi uyalardim. Sanjar 
bizni noqulay ahvolga solib qo'ygandi. Indamay 
bo'shagan stakanni tomosha qila boshladim. Valid 
esa menga tikila boshladi. Uni qarashini 
sezmagandek atrofni tomosha qila boshladim. 
Shunda , men tomonga jahl bilan kelayotgan Dildorga 
ko'zim tushdi. Obbo endi oshxonadan qayerga 
haydalar ekanmana , buni ma'nisiz sevgisini deb 
daydib yurishim qolgandi. 
Qo'limni iyagimga tirab oldim va uning nima qilishini 
yoki nima deyishini kuzatishga qaror qildim.
U to'g'ri bizni yonimizga kelib menga jahl bilan 
qaradi. O'zini bosishga harakat qilib sohta jilmaydi. 
-- Hayrli kun Janob Valid.


 -- Ho'sh Farangiz? - ingichka qilib bo'yab olgan
qoshlarini chimirdi. -- Nega ish vaqtida hotirjam 
o'tiribsiz?
Men indamadim. Validga o'zingiziz gapiring 
degandek qaradim. Lekin bezbet Validdan sado ham 
chiqmadi. Haa men nimani kutgandim?
meni yonimni oladi degan homhayol qilgandim.
Ahmoqmandaa, shu Validni menga yon bosishini 
kutgandim.
-- Ishlarimni bo'lib qoldim. Biroz dam olay de...
-- Bu ishxonaa, hohlagancha dam oladigan joy emas. 
- gapim ohiriga yetmasidan Dildora ovozini biroz 
ko'tarib menga jahl bilan qaradi. Turish vaqti keldi. 
Validga jahl bilan qarab o'rnimdan turdim.
Qo'limdan ushlagan Validni qo'li sabab joyimda 
to'xtadim.
Valid hotirjamlik bilan Dildorga qaradi. 
-- Dildora, qachondan beri meni hohishlarimga 
qarshilik biladira boshladingiz? - qo'limni qattiqroq 
ushlab Dildorga qaradi.
Dildorni ikki ko'zi meni qo'limdan tutib turgan 
Validni qo'llarida edi.
-- Ishchi o'z vazifasini bajarishi kerakku. 
-- Sizni meni yonimdagi ishchilar bilan ishingiz 
bo'lmasin. Farangizni men chaqirdim va meni 
qarorimga qarshi borishga nafaqat sizni va 
boshqalarni ham haqqi yo'q. Tushunarlimi? - Jiddiy 
holda gapirdi. Mana haqiqiy boshliq. Shunchalik 
jiddiy ediki, bunday holatini endi ko'rishim. Qo'limni 
tortib olishga urindim. Yo'q befoyda, qancha tortib 
olmoqchi bo’lsam shuncha qattiq ushlayapti. Norozi 


qiyofada unga qaradim. Bu qarashimga shunchaki 
jilmayib qo'ydi.
Dildora gapira olmay qoldi. 
Valid qizga qarab gapini davom etti.
-- Buyerda boshliq siz emas menman. Ishingizni 
bilib qiling.
Ha keyin Farangizga ovozingizni ko'tarmang!
-Aynan shu gapdan Dildorni ham meni ham 
nigohimiz Validga qaratildi. Nahot shu men bilgan 
Valid. Meni himoya qildi. Naqadar ajoyib va aqilga 
sig'maydigan ish bo'ldi.
Dildor menga shunday qaradiki, huddi o'zini meni 
urib yubormaslikdan zo'rg'a tiyayotgandek edi. 
Validga qarab bazor jilmaydi.
-- Uzr janob. - ortiga o'girilib tez tez yurgancha 
ketib qoldi.
Valid qo'limni qo'yib yuborib o'rnidan turdi.
-- Indamasa haddidan oshibdi. - deya menga qisqa 
nigoh tashlab chiqib ketti.
#Hayot_mazmunim 
Mullif:#Venera. 
Haa bu Valid doim meni kutilmagan ishlari bilan 
hayratga solib kelgan. Doim har bir harakati meni 
hayratga sola oladi.
Bazida bezbet- gaplarimga ahamiyat bermaydi. 
Bazida juda aqilli - kutilmagan qarorlar chiqaradi.
Bazan quvnoq va mehrli - chiroyli jilmayib turadi , 


ko'p tikiladi.
Bazida shunchalar jiddiyki tanimay qolaman - huddi 
hozirgidek. 
Hayratga soluvchi- Valid!
Va tan olaman hayajonga ham sola oladi. 
Ikki yuzimga sekin shapatilab qo'ydim.
-- Ko'p hayol sursang, jinni bo'lishing hech gapmas.
Bo'shagan stakanlarni yig'ib ishimga kirishib kettim. 
Oshxonani tartibga keltirib ahlatni to'kishga , 
mehmonxonaning orqa tomoniga chiqdim. Ahlatni 
tashlab qaytayotganimda , kimdirning itargan qo'li 
sabab devorga yopishib qolay dedim. Meni ushlab 
turgan kimsaga qaradim
- Dildor!
Ko'zlarida alam porlab turibdi. Jahli shunchalar 
chiqqanidan qo'llari titrayapti. Uning bu ishidan 
yaxshigina cho'chib kettim lekin bildirmaslikka 
urunib unga qaradim.
-- Menga qara Valid meniki! Undan uzoq yur...
-- Uzoq yurmasamchi?! Qo'lingdan nima keladi? - 
gapi ohiriga yetmay menham bezbetlarcha ko'zlariga 
qaradim.
Uning yuzi jahldan battar qizarib ketti.
-- Seni...seni o'ldiraman. Men Validni sevaman...
Odatimga binoan yana gapini tugata olmasidan 
gapira kettim 
-- Rostanmi?
Validni sevasanmi? Yoki pullarini?


Menga hayrat bilan qaradi. Menimcha qo'rqishimni 
kutgan. Bunday gaplarni kutmagan. O'zini qo'lga olib
jiddiylik bilan mendan ozroq uzoqlashdi.
-- Unisi bilan ishing bo'lmasin. Sen uzoq yur. Yo'qsa 
sharmandalarcha ishdan ketasan! - yurib ketib qoldi.
Haa u satangni qo'lidan meni haydash kelarmikin?
Endi nima bo'lishi menga judayam qiziq. Ahir men
Validga yopishib olganim yo'qku.
Uyimga bordim.
Yo'l bo'yi ertaga Valid bilan borish yoki bormaslikni 
o'ylab kettim.
Bormaganim yaxshi edi.
Ertaga kelsa aytaman.
Aniq bir qarorga kelib uyga kirdim. Oyim va dadam 
oshxonadagi stullarda hush kayfiyatta o'tirishardi.
Salomlashib men ham stulga o'tirdim.
-- Oyi nega hursandsilar?
Abdulloh tuzaldimi? - umid bilan javobni kuta 
boshladim. 
-- Abdullohni tuzalishiga judayam katta pul kerak 
edi. Lekin.. - onamni gaplarini dadam davom ettira 
kettilar. -- Lekin men buncha pulni oz vaqtta topa 
olmasdim. Buncha pulni topishga kamida uch yil 
tinmay ishlashim kerak edi. Shifokorlar bir hafta 
ichida davolanishni boshlamasak ukangni o'lib qoladi 
deyishdi. 
Lekin bir haftada pul topa olmadik. Uyni garovga 
ham qo'ydik. Uyni puli yarmi chiqdi.
Kecha bir yigit kelib barcha davolanishga kerakli 
pullarni to'lab ketti. Ismini so'rasak aytmadi.


Abdullohni yashashiga sababchi bo'ldi.
To'g'risi onam bilan dadamni gaplarini eshitib yig'lab 
yubordim. Ko'zlarida quvonch yoshlari mavjlangan 
onamni quchib oldim.
Dadam bizni biroz kuzatib chiqib kettilar. 
Quvonchimni cheki yo'q. Mittigina ukam yashaydi va 
tuzaladi. Bu men uchun baxt!
Lekin pulni kim to'laganiga qiziqdim. 
-- Oyi u yigit hech nima demadimi?
-- Pulni qanday qaytaramiz desam, qizingiz meni 
ishxonamda ishlayapti. Shuni o'zi yetarli dedi. - 
yelkalarini qisib qo'ydilar oyim.
Meni yuzimga kulgu yugurdi. Albatta bu Valid....!
#Hayot_mazmunim 
Muallif:#Venera. 
Erta tong. Bugun hursand holda vahtlidan turdim. 
Shkafim yonida chamasi o'n daqiqa o'ylanib turdim. 
Spartivkadan ko'ylak yaxshi degan qarorga kelib, 
moviy rangdagi tizzamdan pastroqda turadigan 
ko'ylagimni kiydim. Sochlarimni doimgidek, biroz 
jingalak qildim. Buni nega qilganimni bilmayman. 
Balki suratdagi qizga o'xshash uchundir,
Balki u qiz menga judayam yoqib qolgani uchundir.
Oynadagi aksimga mamnun qaradim. Hammasi 
joyida.
-- Juda chiroylisanda Farangiz , pardozni ham keragi 
yo'q - kulgancha oynadagi aksimga havodan o'pich 


yo'lladim.
Telefonimning ovozidan tezda yotog'im tomon 
yurdim. 
-- Alo - kimgini tahmin qilsamda o'zini gapirishini 
kuttim.
-- Farangiz chiqaqol. Eshiging tagidaman - go'shak 
ortidan uni yoqimli ovozi yangradi.
-- Hozir - telefonni o'chirib oyog'imga nima kiyishni 
o'yladim. Ko'ylak bilan krasodka, yaxshi turadiyu 
lekin kun issiq. Balandroq yozgiga mos o'yoqkiyim 
kiyib ko'chaga yo'naldim.
Oyim va dadam Abdullohni yoniga ketishgan. Singlim 
holamnikida. Eshikni qulflayotganimda hayolimga 
bormaslik fikri ham keldi. Biroz o'ylanib qoldi. 
Ortimdan mashinani ovozini eshitishim bilan 
hayollarim tumandek tarqadi. Mashinani orqa 
o'rindig'iga o'tirdim
-- Hayrli kun janob Validbey 
Valid tezda oyna orqali menga qaradi.
-- Hayrli kun.
Farangiz ishda emasmiz. Mulozamatga ne hojat? -- 
mashinani haydashni boshladi.
-- Mayli Valid -- asabiga tegish uchun jilmayib 
qo'ydim.
-- Qanaqa Valid? - savol nazari bilan qaradi.
-- Bezbet Valid - o'zimni gapimga kulgim keldi. Uni 
nimani nazarda tutganini bilsamda 
tushunmaganlikka oldim 
-- Farangizzz, men sendan kattaman. Valid emas,
Validaka desang to'g'ri bo'ladi. Keyin meni bezbet 


deyishni bas qil.
-- Harakat qilaman. 
-- Harakat qilma bajar 
-- O'zingiz aytganingizdek ishda emasmiz. Menga 
buyruq bermang.
-- Qaysar - jilmayib qo'ydi.
Manzilga yetguncha telefonimni titib o'tirdim.
Validni nomerini chiroyli harflar bilan "bezbet" deya 
saxranit qildim.
Yarim soatcha yurdik. Mashina to'xtashi bilan 
atrofga nazar tashladim.
Odam gavjumroq. Turfa daraxtlar, atrofga sharlar ilib 
chiqilgan, yuradigan yo'llar sun' iy gullar bilan 
bezalgan judayam chiroyli joy ekan. Eng ajoyibi 
shuki , sharga ismini yozib atrofdagi hohlagan 
daraxtga bog'lab qo'ysa bo'lar ekan. Odamlar 
ismlarini yozishayotganidan tushundim.
Atrofni ko'rib ich ichimdan hursand bo'lib ketdim. 
Validdan oldin mashinadan tushdim. Atrofga zavq 
bilan tikildim.
-- Kiramizmi ? - Valid mashinani qulflab atrofga 
qaradi.
-- Albatta 
G'aroyib bog'ga kirdik. Hayajon bilan atrofni tomosha 
qila boshladim. Atrof judayam ajoyib va go'zalki 
tariflab bera olmayman.
Gullar to'shalgan yo'l bo'ylab ancha yurdik, 
yo'limizdan turfa daraxtlar chiqardi.
-- Yuring ismimizni yozaylik 


-- Mayli yuraqol 
Valid shar sotib olib sharga ikkimizni ismimizni 
chiroyli qilib yozib qo'ydi.
Daraxt tanlayotganda biroz tortishdik. Nihoyat bir 
qarorga kelib , shari kam daraxt yoniga bordik. 
Sharni men bog'lay boshladim. Bog'lab bo'lib Validga 
qaradim.
Valid bir bog'langan sharni ushlab qimirlamay 
turardi.
-- Valid bog'lab bo'ldim - hatto gapimni ham 
eshitmadi. Hayron qolib yoniga bordim. Mem ham 
qo'lida ushlab turgan sharga nazar tashladim.
Qaradimu hayratga tushdim. Sharga 
"Sarvar Samiya" deb yozilgan va o'rtasiga cheksizlik 
chizilgandi.
#Hayot_mazmunim 
Muallif:#Venera. 
Sarvar kimligini bilmadimu, lekin Samiyani bilaman. 
Faqat isminigina. 
Keyin bu shahardagi aynan Samiya bo'lishi 
mumkinmi?
Ular New Yorkdaku. Samiya ismli qizlar bitta emas. 
Valid jilmaydi. Hayron bo'lib unga qaradim. 
-- Meni singlim albatta baxtli! - jilmayib yurib keta 
boshladi. Men ham ortidan ergashdim. Kayfiyati 
yaxshiligi meni ham ko'nglimni ko'tardii.


-- Buyerni muzqaymog'i judayam mazali. 
Qanaqasini yeysan?
-- Qandaylari bor? - to'g'risi hursand bo'ldim.
Muzqaymoqni, umuman olganda shirinliklarni 
yaxshi ko'raman.
-- Meva va shokoladli.
-- Ikkovi - kulib qo'ydim. Aniq ochovfat deyapti 
ichida.
Valid indamadi. Kulgancha yuzimni chimchilab 
qo'yib, muzqaymoq tomon ketti.
Issiq kunda muzdek muzqaymoq juda ajoyib va 
zavqli bo'ladi.
-- Valid men...
-- Valid? - gapim ohiriga yetmasidan, gapirib savol 
nazari bilan qaradi.
-- Valid..ak.a - o'ziyam zo'rg'a ayttim. Noqulay 
bo'ldim ham 
-- Ana bo'larkanku!
-- Meniyam Nastinga deyishni bas qiling - 
qoshlarimni chimirib qaradim. U esa bunga parvo 
ham qilmadi.
-- Yo'q, menga seni Nastinka deyish yoqadi 
-- Lekin menga yoqmaydi - qarshilik qildim.
-- Senga yoqishi shart emas. Menga yoqadi - 
bezbetlarcha jilmaydi.
-- Bezbet, ahmoq. -- indamay o'rnimdan turib 
kettim. Maysali yo'l tomon keta boshladim. Valid 
ortimdan yetib oldi. Men tomonga qaradi va yaqinroq 
keldi.


-- Sen menga yoqasan! - biroz jilmayib qo'llarimdan 
ushladi. Ko'zlarimga tikilib turar ekan tanam bo'ylab 
to'k o'tgandek his qildim. Uni gaplari sabab 
yuragimni urishi tezlashdi.
-- Ya'ni men romantik yigit emasman. Rostini 
aytaman, chiroyli gaplarni bilmayman. Qalbimga 
quloq tutib gapiradigan bo'lsam; sen meni 
jarohatimni tiklagan, qalbim egasisan. Sen sabab 
yana hayotga qaytgandek bo'ldim. Bir hil, mazmunsiz 
va qorong'u hayotimni yoritgan nurimsan! Aytishing 
mumkin, qisqa muddatda sevib qolish mumkinmi 
deb? Javobim shuki men seni ilk ko'rganimda 
sevganman. Balki seni kutgandirman? Bilmadim.
Shuni bilamanki hozir seni sevaman. Sen meni hayot 
mazmunimsan! - mehir bilan ko'zlarimga boqdi.
Tamom, butunlay eshitgan gaplarim shaydosiga 
aylandim. Miyam ish faoliyatini to'xtatgandek atrofni 
ko'ra olmay qoldim. Validning gaplari naqafat 
qulog'im bo'ylab , balki qalbimda ham aks sado bera 
boshladi. Yuragim qattiq urgancha uning gaplarini 
takrorlardi go'yo.
Qo'llarim bilinar bilinmas qaltirayotganini sezdim. 
Miyam o'z faoliyatini boshlaganida Valid meni quchib 
turganini sezdim...
#Hayot_mazmunim 
Muallif:#Venera.
Meni quchoqlab turgan Validni bor kuchim bilan 
itarib yubordim. To'g'risi bu ishidan yaxshigina 
jahlim chiqdi. Nima haqqi bor meni quchoqlashga?


Men unga rozilik berganim ham yo'q. Valid menga 
yoqmaydi demayman. Uni ko'rganimda, 
suhbatlashganimda, menga tikilib turganida 
hayajonlanaman. Qalbimda qandaydir hislar o'tadi. 
Bu hislarni tushunishga ojizlik qilaman go'yo. Bazida 
uni qizg'onish hissi ham paydo bo'ladi. Aynan 
shunday vaqtlarda o'zimga tushunmay qolaman. U 
menga yoqadi lekin
bu degani u quchoqlashi mumkin degani emas. Men 
bunday munosabatlarga qarshiman. U meni 
boshlig'im, men uni ishchisi!
Uni itarib yuborsamda parvo qilmay qo'llarimdan 
tutdi. Balki ketib qolmay, gaplarini eshitishim 
uchundir. Sukut saqlab gaplarini tinglay boshladim.
-- Bilasanmi, seni ilk ko'rganimda ko'zimga Samiya 
bo'lib ko'ringansan. Lekin unga faqatgina singlim 
deya qarayman. To'g'ri uni unutishga harakat qilib 
juda ko'p qiynaldim. Hatto jinni bo'lib qolsam kerak 
deb o'ylagandim.
Men sevgimni New Yorkka ko'mib kelganman. Bu 
yerda yangi hayot boshladim. Meni yuragimni , 
qalbimni, ongimni sen egallab olding. Judayam qisqa 
muddat ichida bu ishni uddalay olding. Qalbimda 
boshqalarga joy yo'q. 
Menga ishon, seni chindan sevaman! - jim 
turganimni ko'rib menga tomon bir qadam tashladi. 
Shu zahoti qo'llarimni tortib oldim.
-- Men...men - to'g'risi gapirishga tilim ojiz bo'lib 
qoldi. Uni aytgan gaplariga butkul ishondim.
Qalbimdan boshlab butun tanam bo'ylab uning 
gaplari aks sado berayotgandek edi. 
Oldin ham sevgi ishorlar eshitganman, lekin hech biri 
bunchalik yuragimgacha kirib bormagan. Ularda 
hech qanday hisni tuymaganman. 


Ha Valid doimo istisnolarga boy bo'lgan.
Menga tikilib turib, gapirishimni kutardi. Nima 
deyman?
Nima ham deya olardim?
-- Men, bir nima deya olmayman. - nihoyat tilga 
kirdim.
-- Men seni majburlamayman. Kuta olaman.
Qancha desang ham kutaman. Faqat ishdan ketma, 
seni har kuni ko'rib turishim kerak. 
Kutishga kuchim yetadi.
Sevgim menga sabr beradi.
Uning gaplaridan ko'zlarim yoshlandi. 
Indamay ortimga o'girildim.
Menga vaqt kerak edi. O'ylab olishimga...
Ko'proq vaqt...
Mashina tomon yurib keta boshladim. Ortimdan Valid 
kelardi. Uyga kelguncha ikkimizdan ham sado 
chiqmadi. Hayollar bizni qamrab olgandi. 
Mashina to'xtashi bilan indamay tushib kettim.
#Hayot_mazmunim 
Muallif:#Venera. 
O'ylanaverib kechasi tinchgina uhlay olganim ham 
yo'q. Ertalab erinib turib ishga bormaslikni ham 


o'yladim. Lekin borishim kerak, qarzimizni to'lashim 
keerak.
Ko'ziga qanday qarayman?
Uni gaplari bizni o'rtamizga qandaydir masofa 
tushurib qo'ygandi. 
Kunlarim tinch o'tardi. O'z ishlarimni qilib yurardim.
Iloji boricha Validni ko'rmaslikka harakat qilardim.
Undan o'zimni olib qochishim albatta g'alati, lekin 
nima qilay?
Uni ko'zlariga qaray olmayman. O'sha kundan so'ng 
oramizga qandaydir tuyg'u qo'shilgandek bo'ldi.
Oldingidek hazillar, tortishishlar yo'q. Ishda ham 
deyarli ko'rmayapman va bundan ko'nglim hotirjam.
Mana kunim doimgidek boshlandi. Xonalar bo'ylab 
yurar ekanman navbatdagi xona oldida to'xtab biroz 
turib qoldim. Bu Validni xonasi. 
--Nega aynan shu xonani menga berishganaa? 
Boshqalar tozalasa nima bo'ladi? - gapimni tugatib 
eshikni ochmoqchi edim ortimdan ovoz keldi. Bu 
ovoz meni hayajongami yoki qorquvga tushishimga 
sababchi bo'ldi
-- Chunki men shuni hohladim. Faqat sen kirishingni 
istayman bu xonaga! - Valid meni oldimga yurib 
keldi.
Indamadim, shunchaki o'zi gapirishini 
kutmoqdaman.
-- Nega mendan qochib yuribsan? - ko'zlaridan 
hafaligi bilinib turardi.
-- Qo.chayotganim.m yo'q. - bir qadam ortga yurdim.


-- Hozir ham qochding - jiddiy tikilib u ham men 
tomonga bir qadam tashladi. Yana ortga yurmoqchi 
edim lekin allaqachon eshikka suyanib turibman.
-- Bu...qochish emas...
-- Unda nima? - gapimni bo'lib , ko'zlarimga tikildi.
-- Bu masofa saqlash - nigohimni olib qochdim.
-- Masofani nima keragi bor? - tushunqiramay 
qaradi.
-- Siz meni boshlig'imsiz. Men ishchingiz. Endi 
tushungandirsiz?
-- Men seni sevaman. Boshliq va ishchi degan gap 
kerak emas.
-- Lekin men sizni...
- sevmayman demoqchi edim, lekin Valid barmog'ini 
labimga bosdi.
-- Iltimos jim. Gapirmoqchi bo'lgan gapingdan 
qalbim takror parchalanishini hohlamayman. O'zing 
tiklagan qalbni parchalama!
#Hayot_mazmunim 
Muallif: #Venera.
Uni gaplariini eshitib gapirmaslikni maqul ko'rdim.
-- Men, ishlashim kerak - unga nigoh tashladim.
-- Boraqol - havfsalasiz dedi. Ahamiyat bermaslikka 
urunib, yonidan o'tib kettim. Aslida hozir uni 
xonasini tozalashim kerak edi. Lekin navbatdagi 
xonaga kirib ishimni boshladim.


Charchab ketganimdan kursilardan biriga o'tirib 
oldim.
-- Ertaga yakshanba. Bemalol dam olsam bo'ladi.
Ishlarimni bo'lib Shohruxga telefon qildim. 
O'chirib qo'ydi. Yana qildim- baribir o'chirdi. Hech 
ham bunday bo'lmasdi, nima meni hsvotirdan 
o'ldirmoqchimi?
Biroz chalg'ish uchun oshxonaga kirdim. Oshpaz ayol 
bilan suhbatlashib ishlarni qildim.
Kechga yaqin nihoyat Shohruxni o'zi tel qildi.
-- Alo Shorux - shoshib go'shakni ko'tardim.
-- Telefon egasi yonimda. *...* ga kela olasizmi? - 
notanish yigitning gapidan hayron qoldim.
-- N.negaa?
-- Kelsangiz bilasiz. Tezroq keling.
Telefon ochdi.
-- Axmoq, aytsa bo'lardiku. Balki, klubdir. 
Ichganmikin? Yana nima bo'ldikin? -Savollar ko'p, 
javob olish uchun manzilga borish kerak
-- Qayerga ketmoqchisan? - ortimdan Validni ovozi 
yangradi
O'girilib qaradim. Doim kerakli vaqtta ortimda paydo 
bo'ladi.
-- *...* ga 
-- Uyerda nima qilasan? - Validni qoshlari 
chimirilishidan bildimki, uyer klub yoki birorta bar


-- Do'stimni olib ketishim kerak.
-- Do'sting?
-- Haa 
-- Yur oborib qo'yaman
-- Yo'q, o'zim ketaveraman. 
-- Sendan so'ramadim. Yur dedim - jiddiy gapirib 
qo'limdan tortib keta boshladi. 
-- Heey qo'limni qo'yib yuboring. 
Gapimga parvo qilmay ketaverdi. Ishchilarni bizga 
qarashidan noqulay bo'lib jahl bilan Validga qaradim.
-- Axmoq, bezbet.
-- Maqtovlarni keyinga qoldiramiz. Hozir 
shoshayapsan - mashinaga kelgach qo'limni qo'yib 
yubordi.
Indamaslikni ma'qul ko'rdim.
Manzilga yetib kelgach nega Valid yolg'iz o'zim 
borishimga qarshilik qilganini tushundim. Bu yer 
klub ekan.
-- Ko'p kelganmisiz deyman? - kinoya bilan qaradim.
-- Haa, bu yerga kelganimda birinchi yili shahardagi 
hamma klublarga kirib chiqqanman - oyna orqali 
qarab jilmaydi.
Hayron qoldim. Shunday ishbilarmon odam ham 
bunaqa joylarga keladimi?
-- Negaa? 
-- O'zimni shular bilan chalg'itmoqchi bo'lganman - 
gap tamom degandek mashinadan tushdi.
Hayron qolgancha men ham tushdim.


Klubga kiraverishdagi turgan yigit bilan nimalarnidir 
gaplashib menga qaradi va yur ishorasini qildi.
Ortidan jimgina ergashdim.
-- Unga nima dedingiz? 
-- Buncha ko'p savol berasan? - norozi qiyofada 
qarab qo'ydi. 
Buncha qo'pollll, menga jahl qilayaptii. Aslida bunga 
haqqi bor.
Ichkarida quloqni qomatga keltiruvchi baland 
musiqa. Musiqaga tushsa tushmasa o'ynayotgan 
yoshlar. Ularni ko'rib yuzim burishdi. Ichkariga 
kirishimiz bilan kutilmagan holatta Valid qo'limdan 
ushladi. Savol nazari bilan qaradim
-- Bunday yerda yolg'iz yurishing to'g'ri kelmaydi 
ya'ni havfli - qo'limdan ushlab yura boshladi.
Yuzimga kulgu yugurdi. Qizlar tili bilan aytganda 
huddi jentlmenning o'zii, orzudagi yigit.
Bar yonida o'tirgan Shohruxga ko'zim tushishi bilan 
o'sha tomonga yo'naldim
-- Ana Shohrux .
Valid qo'limni ushlab turgani uchun uni tortib keta 
boshladim. 
Shohruxni borib turttim
-- Shohrux? - qo'lidan ushlashim bilan menga hayrat 
bilan qaradi 
-- Far.angizz, sen.ii kim ch.aqirdi? - ko'zlarini zo'rg'a 
ochib qaradi.
-- Tur Shohrux - Valid Shohruxni qo'lidan ushlab 
yelkalab oldi.


-- Kim.saan? - oyoqda zo'rg'a turgan do'stim Validga 
qaradi va siltana boshladi 
-- Shohrux bu meni tanishim, jim, uyga ketamiz.
#Hayot_mazmunim 
Muallif: #Venera.
Gapimni tushundi shekil indamadi. Mashinaga 
chiqib yoniga o'tirdim
-- Uyi qayerda? - Valid mashinani yurg'izib ortiga 
qaradi.
-- "..." da - yonimda menga suyanib uhlab qolgan 
Shohruxga nazar tashladim
-- Bu seni qanday do'sting - avzoyi buzuq Valid oyna 
orqali qoshlarini chimirib qarab qo'ydi. 
Shohruxdan rashk qilayotganini bilib kulgim keldi. 
Mashinani tez haydashidan yaxshigina asabiy
-- Yoshlikdan, do'stim. Dadasi bilan dadam tanish 
-- Nega ichadi? 
Boyni bolasiligi aniq. 
Negayam bo'lardi, siqilganidanda. E'tibor kutaverib 
charchaganidan.
Mehir ko'rmaganidan!
Lekin buni ayta olmayman.
Jim bo'lib qolganimga Validni o'zi gapirdi
-- Demak to'qlikka - sho'xlik. Otasi hamma sharoitni 
qilib beribdi, lekin tarbiyani emas - Shohruxga 


achinib qarab qo'ydi. Uni gaplari asabimni katta 
darajaga chiqara oldi.
-- Birovni hayotini bilmay turib hullosa 
chiqarmang! - qoshimni chimirib Validga tikildim.
-- Aynan yoshligining juda zo'r paytlarini qizlar- uu, 
ichkilik bilan o'tkazayotgan yigitni boshqa nima 
deyish mumkin? - jahl bilan qaradi. Indamadim. 
Zeroki hech kim kimnidir holiga tushmaguncha 
tushunishiga umid qilib bo'lmaydi.
Har kim boshidan o'tganini tushunadi. 
-- Nega menga jahl qilyapsiz? - tushunmay qaradim.
-- Senga jahl qilmadim !
-- Qildingizku - qaysarlik qila boshladim
-- Yo'q, shunchaki fikrimni ayttim.
-- Shu jahl qilishga kiradiku.
chuqur uh tortganidan tushundimki hali ham 
asabiy.
-- Buncha qaysarsan?
-- Shu gapni har suhbatimizda so'raysiz
-- Sen ham qaysarlik qilavermada 
-- Hoo yana nima qilay? - qo'limni qo'vishtirib 
oldim.
-- Menga turmushga chiq! - jilmayib qaradi. 
Bu gap umuman kutilmagan bo'ldi va aynan shu gap 
sabab gapirishdan to'xtadim. Og'ir yutinib qo'ydim.
Qalbimda o'tayotgan hislar hali mavhummi yoki men
tushunmaganim uchunmi, hozircha bir nima deya 
olmasdim.


#Hayot_mazmunim 
Muallif: #Venera
Doimiy odatim. O'zimga noqulay suhbat yoki savol 
bo'lsa gapirmaslikni ma'qul ko'raman. Hozir ham 
jimman. Ortga suyanib ko'zlarimni yumib oldim.
-- Doimgidek jimsan. 
Mayli, hech qisi yo'q. Men o'rganib ketganman!
Validni gaplaridan ko'zlarimni ochdim. Indamay 
mashina haydab ketyapti. Gapirmoqchi bo'ldim. 
Nima ham deyman? 
Birgina so'z ham kelmayapti miyyamga.
Hozir eng yaxshisi sukut.
-- Ertagaa bir kunga dam bera olasizmi? - nihoyat 
ertangi rejalarim yodimga tushib Validga qaradim.
-- Nega?
-- Shahsiy ishlarim bor edi.
-- Faqat bir kunga! 
-- Rahmat - hursand bo'lib kettim. Qanday yaxshi , 
ertaga sayrga chiqaman.
Shohruxni uyiga Valid olib kirdi. Meni ham uyimga 
tashlab qo'ydi.
Charchoq sababli yotog'imga yotib oldim.
Ko'zlarimni yumishim bilan ko'z oldimda Validni yuzi 
jonlandi. - Validddd hech bo'lmasa uyqimda tinch 
qo'yingg! 


Ko'zlarimni ochib jilmaydim
Ertaga dam, kech tursam ham bo'ladi. Bu degani 
kech uhlash ham mumkin. 
Hursand bo'lib o'rnimdan turdim. Xonamni oynasini 
ochib yulduzlarni tomosha qila boshladim.
Qanday ajoyib. Osmonda cheksiz yulduzlar, bular 
mo'jiza. Bizga kichikkina nuqtadek ko'rinayotgan 
yulduzlar judayam katta. Juddayam.
Koinotning biz bilmagan qancha sirlari bor ekan?
Doim uchishni, koinotda parvoz qilishni hohlardim.
Biz yashab turgan dunyoni barcha sirlaridan 
habardor bo'lsam edi....
Telefonning ovozidan zo'rg'a ko'zlarimni ochdim.
Shohruxdan yettita javobsiz chaqiruv. Soat o'n
-- Eh Hudoyim, dam deb uhlavoribmanku. 
O'ngachayam uhlaydimi kap katta qizsan Farangiz?! - 
onamni gaplarini taqlid qilib o'rnimdan turdim.
Yuvinib tez tez choyimni ichdim va kiyinib sayrga 
otlandim. 
Havo ajoyib. Yoz fasli bo'lsada biroz bulutlar bor va 
mayin shamol esmoqda. Qayerga borishim aniq.
Valid olib borgan bog'ni aylanaman. Taksida yarim 
soatta yetib bordim.
Boram hushmanzara bog'ki, ko'zlarimiz quvnaydi.
Puffak(shar) lar ilingan daraxtlar, gullar to'shgan yo'l. 
Yam yashil maysalar va sevishgan juftliklar. Bularni 
bari ajoyib.
Men ham ohista gullar to'shalgan yo'l bo'ylab keta 
boshladim.


Har joyni tomosha qilib ko'rdim. Biroz dam olishni 
o'ylab o'rindiqlardan biriga o'tirdim. Atrofni 
tomosha qilar ekanman ikkita egizakchasi bor baxtli 
oilaga ko'zim tushdi. Bu oila judayam baxtliligi 
porlab turgan ko'zlaridan ma'lum.
Ularga havas bilan tikilib turar ekanman, tanish 
chehra hayratlanishimga sababchi bo'ldi.
#Hayot_mazmunim 
Muallif: #Venera.
Baxtli oila tomon qadam tashladim. Ularni suhbati 
qulog'imga chalina boshladi.
-- Bahorim charchamadingmi? - Samiyani yonidagi 
yigit, qizni yelkasidan quchib oldi.
-- Siz borsizku, nega charchay? - qiz jilmayib qaradi.
Ohh uning jilmayishi, shunchalar chiroyliki. 
Kulganida yanoqlarida paydo bo'ladiga kulgichlari, 
uzun, qayrilma kipriklar, oppoq yuzi judayam 
chiroyli.
Bir biriga juda mos juftlik.
Baxtdan ko'zlari porlamoqda.
Men sekin tomoq qirib qo'ydim. Meni ko'rib 
Samiyaning biroz qoshlari chimirildi , menga uncha 
ahamiyat bermay savol nazari bilan yonidagi yigitga 
qaradi.
-- Samiya, men to'yimiz bo'lishi bilan barcha 
qizlarni unutganman. Hayotimda faqat sen, buni 
bilasan. Mendan shubha qilma! - yigit Samiyaning 


qarashidan nima demoqchiligini sezib tezda javob 
qaytardi. 
Uning bu gapidan Samiya juda rashkchiligini 
tushundim.
--Samiya, men sizni oldingizga keldim - turmush 
o'rtog'ini qizg'ayotgani sabab gapirishni avzal 
ko'rdim.
-- Biz bolalar bilan aylanib turamiz.
Yigit o'rnidan turib ketti.
Samiya menga e'tibor bilan tikila boshladi. Qiziqishi 
tabiiy, dab durustdan keldim va u tanimaydi , men 
biroz taniman.
-- Men Farangizman. Meni tanimaysiz. - Samiya 
o'rindiqqa taklif qilgan yonidan joy oldim. Menga 
hayrat bilan tikildi. Albatta chunki yuzimiz biroz 
bo'lsada o'xshash, lekin Samiya mendan ancha 
chiroyli . Umuman juda go'zal qiz, men havas qilgan 
birinchi qiz.
-- Meni qayerda tanisiz? - qiziqsinib tikildi.
-- Validakam orqali desayam bo'ladi.
Valid ismini eshitib Samiyaning oq yuzi battar oqarib 
ketti va ko'zlari yoshlandi. Shu on men ham u ham 
jimib qoldi. Oramizga sukunat cho'mdi. Samiya 
yoshlangan ko'zlari bilan nimalarnidir o'ylardi.
Ichida savollari to'fon bo'layotgani aniq
-- Qani o'zi? - nihoyat qizdan sado chiqdi.
-- Vaqtingiz bemalolmi? - hammasini aytib berishga 
qaror qildim.
Samiya farzandlarini o'ynatayotgan turmush 
o'rtog'iga nazar tashladi


-- Bemalol gapiravering. 
Shundan so'ng men Validni uchratgan kunimdan 
hozirgacha bo'lgan voqeani asosiy qismini aytib 
berdim. Samiya eshitar ekan, ko'zlari behos 
yoshlanardi. Menga diqqat bilan tiklardi. Gapim 
tugashi bilan jilmaydi.,
-- Sizni sevarkan, bunday judayam hursandman - 
jilmayib menga qaradi - ishoning u sizni shunchalar 
baxtli qilishga qodir. 
-- Ha Valid yaxshi yigit, lekin unga bo'lgan hislarim 
mavhum.
-- Haa siz bir qarorga kela olmayapsiz. Nimadirdan 
qo'rqayapsizmi yoki?
-- Yoo'q.
-- Mavhum holatni anglash juda qiyin. Eng asosiysi 
keyin afsuslanmaydiga qaror chiqaring.
Javoban jilmayib qo'ydim.
-- Bilasizmi , menga sizlarni hayotingiz juda qiziq, 
qisqacha aytib bera olasizmi? Menga ishonsangiz 
bo'ladi - o'zimni qiziqtirgan savolni berdim.
Bu gapimdan indamay qoldi. Menimcha o'tgan 
hayotidagi azoblar, quvonchli kunlar birma bir ko'z 
oldidan o'tayapti. Azobli o'tmishni xotiralash juda 
qiyin. Har eslaganimizda takror qalbimizga hanjar 
sancha oladi.
Samiya o'ylanib turib gapira boshladi.
O'z hayoti ya'ni Valid haqida u bilan qanday 
tanishligi haqida qisqacha gapirib berdi.
Bildimki Valid Samiyaning holasining o'g'li. 


Bir vaqtlar Samiyani sevgan, Samiya boshqasini 
sevgani uchun New Yorkdan ketgan.
Ajoyib sevgi tarixi desam ham bo'ladi. Bir 
tomonlama sevgi judayam qiyin. Sevgi insonni ne 
kuylarga sola oladi.
-- Men turmush o'rtog'im bilan buyerga ikki haftaga 
kelganmiz. Yaqin orada qaytib ketamiz. Sizdan iltimos 
Valid akamga nisbatan zig'ircha nimanidir his 
qilsangiz rozilik bering.
Men boshida Valid akamni rad etganimda ko'p 
afsuslanganman. Lekin Sarvar akamga turmushga 
chiqib bu ishim to'g'ri bo'lganini tushundim. 
Agar Valid akamga turmushga chiqqanimda ikkimiz 
ham baxtli bo'lmas edik, albatta ularni rad etib to'g'ri 
qaror chiqarganman. Men Sarvar akam bilan 
shunchalar baxtlimanki, o'tmishda qiynalgan 
kunlarimga achinmayman. Biz bir birimizni 
shunchalar sevamiz va bizdan baxtli inson yo'qdek.
Siz to'g'ri deb bilgan yo'lingizni tanlang. Siz bilan 
tanishganimdan hursandman! - Samiya shirin 
jilmayib qo'lini uzatti.
-- Men ham, judayam hursandman. 
Samiyaning telefon raqamini oldim va hayralashib 
keta boshladim. Boyagi o'rindig'imga o'tirib ularga 
qaradim 
Sarvar egizak farzandlarini olib keldi va Samiyaning 
chiroyli yuzidan o'pib qo'ydi. 
To'g'risi ularni sevgisiga judayam havas qildim.
Ular shunchalar baxtliki butun dunyoni unutgan. 
Ularni dunyosi bo'lak. 


Sarvar va Samiya!
#Hayot_mazmunim 
Muallif: #Venera. 
Naqadar ajoyib taqdirlar.
Validni har bir klubga nega kirib chiqqanini 
tushungandekman. U siqilgan, sevganidan, qalbini 
zabt eta olgan go'zalni o'zgasiga topshirib ketish oson 
ish emas. Bu hammani ham qo'lidan kelmaydi. 
Sevgani baxti uchun sevgi degan tuyg'udan kechib 
ketgan.
Uni o'zgasi bilan baxtliligini ko'rib ham shu yo'lni 
tanlagan. Majburan sevdirib bo'lmaydi. Hech qachon 
ko'ngilga buyruq bera olmaymiz va qalbimiz rad 
etgan insonni seva olmaymiz.
Men Samiya ham Valid ham to'g'ri qaror qabul qilgan 
deb o'ylayman. 
Ularni qarori sabab Samiya va Sarvar qanchalar 
baxtli. Ularni ko'rib judayam havasim keldi. 
Valid ham albatta baxtli bo'ladi va bunga haqli!
-- Faramgiz eshityapsanmi? - onamni turtishlaridan 
hayollar olamimdan chiqdim.
-- Oyi eshitmay qolibman nima dedingiz? - hijolat 
bo'lib onamga qaradim.
-- Hayoling qayerda? - sinchkov nigohlar bilan 
qaradilar.
Yelkamni qisib qo'ydim.
-- Gapimni qaytaraymi yo eshittingmi? 


-- Oyii qaytara qolinggg 
-- Bugunga dadang seni boshlig'ingni mehmonga 
chaqirganlar - oyim dona dona gapirib menga 
qaradilar.
-- Ha yaxshi - deyishga dedimu onamni gaplari endi 
miyamga tasr etib hayrat bilan qaradim -- nima?
nega? 
-- Sen qizga nima bo'lgan. Uyqusirayapsanmi? - 
meni bu holatimga tushunmay asablari buzilib ketti -
- hullas aytganimni ayttim. Tayyorgarlik qilar 
ekanmiz. Mehmonni yaxshi kutvolishimiz zarur. 
Dadang ayttilar. - onam ichkari xonaga kirib kettilar. 
Obbo shu yetmay turuvdi. Kelmasa ham mayli edi. 
Yo'q kelsin, yaxshi bo'ladi.
Ufff kelmagani ham kelgani ham yaxshi.
Umuman olganda menga farqi yo'q.
Quloqchinda musiqa eshitib ishga kirishdim. 
Validni kelmasligini aytsamda lekin mehir bilan 
taomlar pishirardim. 
Ichimdan o'tayotgan hislar meni ikki tomonga 
yetaklamoqda.
Ikki Farangiz bo'lib qolganga o'xshayman. 
Birinchi Farangiz ; kelmasin, undan qancha uzoq 
yursam shuncha yaxshi deydi. 
Ikkinchisida esa o'zgacha hislar. Validni ko'rganida 
beihtiyor jilmayadigan, qo'lidan tutganda hayajon 
hisini sezadigan, o'zgacha Farangiz.
Men chinakkam arosatta qolgan edim. Mavhumlik 
meni hayollar olamiga yetaklardi.


Bir tomondan Validning hayotiga , qiyinchiliklariga 
achinsamda men unga rozilik bera olmasdim. 
Nimadir va qandaydir his - tuyg'u rozilik berishimga 
qarshilik bildirardi.
O'ylab ohiri bir qarorga keldim. 
Mavhumlikdan va arosatdan qutilish uchun menga 
sabr kerak.
Vaqt oliy hakam!
#Hayot_mazmunim 
Muallif: #Venera. 
Kech tushishi bilan yuragim taka puka bo'la boshladi. 
Hamma narsa tayyor faqat Valid yo'q.
Oshxonada yurar ekanman tez tez ko'cha eshikka 
nazar tashlab qo'yardim.
-- Yaqinda aqildan ozib qolishim hech gap emas. 
Stullarda o'tirib zerika boshladim. Zerikdimmi 
tabiiyki o'zim bilan gaplashishni boshlayman. Eshik 
qo'ng'irog'i chalinishi bilan yuzimga tabassum 
yugurdi. Eshik tomon yurmoqchi edim mendan oldin 
dadam ochdilar. Tinchgina oshxonaga qayttim. 
Zum o'tmay oyim kirib keldilar. 
-- Farangiz o'tirishingni qara. Choy olib kirsangchi 
mehmonga.
-- Menmi? - kipriklarim pirpirab ketti.
-- Farangiz senmi? - oyim asabiy qaradilar
-- Haa


-- Unda senga aytibmanda. Qizim senga nima 
bo'lyapti? G'alati bo'lib qolibsan? Yaxshimisan? - 
havotir bilan qaradilar.
Rostdan ham hayol surishni bas qilishim kerak. 
Hayollarim chalkashib jinniroq bo'lib qolyapman.
-- Havotir olmang. Yaxshiman, shunchaki 
charchadim shekil.
Onam menga qarab siniq jilmaydilar
-- Seni ham qiynab qo'ydik. O'qiydigan yoshingda 
ishlayapsan - yelkamdan quchib qo'ydilar.
-- Hech qisi yo'q, siz charchamasangiz bo'ldi. - 
jilmayib o'rnimdan turdim - men qadirliiiiii 
boshlig'imga choy olib kiray.
-- Ha kutib qolishmasin
-- Hop.
Choy damlab mehmonxona tomon yo'l oldim. Dadam 
bilan Valid suhbatlashib o'tirishardi.
Pastroq ovozda salom berib choyni quya boshladim.
Validni tikilishiga noqulay bolib dadamga qaradim. 
Ular ahamiyat bermay gapirardilar.
-- Qizim choying to'lib ketti - dadamni asabiy 
ovozlari yangradi. Yonimizda Valid borligi uchungina 
yaxshi gapirdilar, bo'lmasa gap eshitardim.
Choyga qarasam to'la qilib quyib yubiribman. Og'ir 
yutinib qo'ydim. Validga sizni deb bo'ldi segandek 
nigoh tashladim. Bunga javoban jilmayib qo'ydi.
Choylarni quyib indamay chiqib kettim. Yana 
qo'vun tushirmasimdan juftakni rostlaganim yaxshi. 
Xonamga chiqib kettim va yotib oldim. Aynan hozirgi 


vaqtda judayam uyqim kelayotgandi. Yotog'imga 
yotishim bilan ko'zlarim ilinibdi. 
Qancha uhlaganimni bilmayman lekin atrof 
qorong'u edi. Ohista qadamlar bilan oshxonaga 
tushdim. Oshxonadan kelayotgan ovozlar sabab 
yurishdan to'xtadim.
-- Shu oyni ohiriga to'y! - dadamning qat'iy ovozlari 
quloqlarimga aks sadodek eshitila boshladi.
-- Farangizdan so'ramadikku ahir. U nima deyd...
Onamni gaplari ohiriga yetmasidan dadamning 
asabiy ovozlari jangradi
-- Men qizingni otasiman va undan nima qilishni 
so'ramayman.
Tamom bo'ldim. Qanaqa to'y? Kimga? Nega?
Men hali yoshmanku?
Hali o'qimoqchi edim.
Boshim g'uvillab og'rishni bishladi, qanday qilib 
oshxonaga kirib borganimni bilmay qoldim.
#Hayot_mazmunim 
Muallif: #Venera.
Dadamga savol nazari bilan qaradim
-- Dada nimalar deyapsiz? - najot bilan ko'zlariga 
qaradim. Qani edi men kutgan javobni aytsalar, qani 
edi bu hazil bo'lsa
-- Shu oyni ohiriga seni to'yingni belgiladim - 
shunachalar qat'iyat bilan gapirdilarki anqayib 
qoldim. Huddi o'zimni qo'g'irchoqdek sezdim. 


Mendan so'ramasdan, hech bo'lmasa maslahat 
qilmasdan to'g'ridan to'g'ri to'ying deyishyapti. Aslida 
hursand bo'lishim kerak, to'y kuni - bugun seni 
to'ying demaganlariga.
-- Kim.gaaa? - zo'rg' shu savolni berdim.
-- Validbeyga !
Ko'zlarim hayrattan katta katta bo'lib ketti. 
Shunchalar hayratlandimki baqirib yuborishdan 
o'zimni zo'rg'a tiydim.
-- Da.daa hazl.lashyapsizmi? 
-- Yo'q.
-- Dadaa u bizga yordam bergani uchun to'yga 
rozimisiz?
-- Ha, bizga katta yordam qildi. Uni taklifiga yo'q 
deya olmasdim. Qolaversa u yaxshi yigit va hech 
nimadan kamchiliging bo'lmaydii - huddi menga 
qayg'urgandek gapirdilar. Yolg'on , pul uchun 
shunday qildilar, foydalarini ko'zlaganlar. O'z 
qizlarini pul uchun sotgandek qilyaptilar.
-- Siz..ssiz menii sotayapsiz shuni tushunyapsizmi? 
Yordam qilgan odamga to'yim bo'laversa sotilgandan 
farqim yo'qkuu! - dadamga umid bilan 
tushuntirardim. Menda - balki fikrlaridan qaytarlar 
degan umid bor edi.
-- Men qaror qabul qilib bo'ldim va uni muhokama 
qilishga haqqing yo'q - bu gaplar yuragimga
nayzadek sanchildi. Hayrat bilan dadamga tikildim.
-- Men bunga umuman qarshiman. - nihoyat 
o'zimni qo'lga olib qat'iyat bilan gapirdim.
-- Sendan so'raganim ham yo'q - shunchalik hissiz 
ayttilarki, shu gaplaridan so'ng dadamni yomonko'rib 


kettim.
-- Bu meni hayotim. Nega mendan so'ramasdan hal 
qilasizlar? - asabiylashib ovozim bir ton balandlashib 
ketti. Shu on yuzimga kuchli tarsaki kelib tegdi. 
Tarsaki zarbidan yerga o'tirib qoldim. Yuzimda olov 
yonayotgandek og'riq berdi. Tomog'imga nimadir 
tiqilib ko'zlarim yoshlandi. Yuzimni ushlagancha
o'rnimdan turdim. Alam bilan dadamga qaradim.
-- Sizni...yomon.... ko'raman ! - ohirigi aytgan gapim 
shu bo'ldi. Yugurib xonamga chiqib kettim.
Naqadar adolatsizlik. 
Hayotim hal, hayr bir dunyo qilgan orzularim. 
Hatto fikrimni ham so'rashmadi, bu qanday 
insofsizlik. Yashaydigan men ular emasku. Nega 
o'zlariga yoqqan odamga hal qilib qo'yaverishadi?
Yordam qilgan deb turmushga chiqib 
ketavermaymanku. Meni sotishyapti. Yo'q sotib 
bo'lishgan. 
Hammasidan nafratlanaman. Yomon ko'raman!
#Hayot_mazmunim
Muallif: #Venera.
Shu tun uhlagandek bo'lmadim. Ertani inntizorlik 
bilan kutardim. Valid bilan uchrashsamu ichimdagi 
bor gaplarni aytsam. Nima haqqi bor edi uni?
Hech tushuna olmayapman.
Aqlimga ham sig'maydi. 


Yana mavhumlikdamann. Aniq fikrga kela 
olmayapman...
Mavhumlik...
Erta tongdan turdim, uhlamadim desam ham to'g'ri 
bo'lardi. Tez tez kiyinib onamni ancha 
chaqirishlariga qaramay choy ham ichmasdan ishga 
bordim.
Ishga kirishim bilan to'g'ri Validni xonasiga yo'l 
oldim.
Xonasini yonidan Dildor o'tib ketayotgan ekan, meni 
ko'rib qoshlari chimirildi. 
-- Qayerga ketayapsan? 
Indamay xona tomon ketayotgan edim yo'limni to'sdi
-- nima ishing bor Validbeyda ? - jahil bilan qaradi.
Uni yo'limni to'sishiga asabim buzilib ketti. Hozir 
tortishib o'tirishni asabim ko'tarmaydi. Bor kuchim 
bilan qizni itarib yubordim. Ortga siljishi bilan bir 
so'z demay xonaga kirdim. Ortimdan xonaga
kirmoqchi bo'lgan Dildorni ko'rib tezlik bilan eshikni 
yopib qulflab qo'ydim. Ortimga o'girilib , kursisida
hotirjam o'tirgan Validga jahl bilan qaradim. 
-- Nega unday qildingiz? - alam bilan ko'zlariga 
tikildim.
-- Javobini o'zing yaxshi bilasan - hotirjam javob 
berdi. 
-- Sizni esingiz joyidami?
Qaysi aqil bilan mendan so'ramasdan , to'g'ridan 
to'g'ri otam bilan gaplashdingiz? Nega mendan 
so'ramasdan hal qildinglar.
Yoooo'q shunga ham rahmat. 


 Yaxshi ham to'yim kuni aytmadinglar, shunisiga ham 
shukur qilishim kerak aslida - kinoya bilan gapirib , 
Validni yoniga bordim.
Indamayotgani asabimni buzardi. Kastyumining 
yoqasidan ushlab alam bilan gapira boshladim
-- Nega?
Nima, meni haqqim yo'qmi o'z hayotimni o'zim hal 
qilishga? Gapiring. Nega jimsiz? Gapirsangizchi -
kechadan beri yig'ilib turgan yoshlarim erkinlikka 
chiqdi. Yig'lab yubordim. 
Valid achinish bilan qarab turdi va meni qattiq 
bag'riga bosdi.
-- Yig'lama...
Seni sevaman!
***
Bugun to'yim! ,
Naqadar ajoyib. Aslida to'yi bo'layotgan qizlar baxtli 
bo'lishi kerakmidi? 
Menda doimiy ikki xillik. Ikkiga ajralgan Farangiz.
Aslida hursand ham bo'lishim kerak. Sanoqli 
soatlardan so'ng kimsan 
Valid Aliyevni rafiqasi Farangiz Aliyeva bo'laman. Bu 
unvonni olishga ko'pchilik harakat qilgandi. Lekin bu 
menga nasib qildi. Ko'p qizlar istagandi bu unvonni. 
Shulardan biri Dildor. Meni bir og'iz gapim bilan 
Valid uni ishdan bo'shatti. Qanday fidokor er chiqadi.
Aslida men o'ylaganchalik fojea emas, taqdirim Valid 
ekan...


To'y juda zo'r o'tti deb bemalol ayta olaman. Bizning 
to'yimiz internet tarmoqlarida shov shuvga aylandi. 
Juda dab daba bilan o'tgan to'y barchaga yoqdi. 
Hamma hursand, to'y kuni dadamga qaraganim ham 
yo'q. Balki kun kelib ularga rahmat aytarman, lekin 
hozir hafaman. 
Choynii qaynagan ovozidan hayol surishdan 
to'xtadim. Kelinligimning birinchi kuni
soat ertalabki ya'ni abetga yaqin to'qqiz. Choy 
tayyorlar ekanman, kun bo'yi uch qavatli uyda yolg'iz 
o'zim nima qilishni o'ylardim. Yana bir 
muommolardan biri, xonalarni yodlab olish. Bu 
hayhottek uyda xonalar ko'p. Adashtirib 
yurgunimcha ishlarim qolib ketadi. Shirinlikdan olib 
choy tayyorladim. Endigi navbat Validni uyg'otish. 
Kimnidir shirin uyqisidan uyg'otish yoqmaydi. 
Chunki meni ham uyg'otib olishsa asabim buziladi.
Xonamiz uchinchi qavatta. Uchinchi qavatga chiqib 
amallab xonani topib oldimm. Xonalarni eshigi va 
dizayni bir hilligidan adashtirib qo'yish hech gap 
emass
#Hayot_mazmunim 
Muallif: #Venera. 
Validni tepasida uyg'otgim kelmay biroz turdim. 
Uyg'otish uchun qo'limni cho'zdim hamki tezda 
qaytardim
-- Nega endi uyg'otiishim kerak? Yo'q uyg'otmayman 
- ortimga o'girilib chiqib kettim. Oshxonada yolg'iz 
o'zim nonushta qila boshladim. Birozdan so'ng Valid 
tushib keldi.


-- Farangiz nega uyg'otmading? - to'g'rimga o'tirib 
menga ginali qaradi.
-- Mazza qilib uhlayotgan odamni uyg'otishga 
ko'zim qiymaydi - hotirjam qahva icha boshladim.
-- Seni bu mehribonchiligingni deb men ishga kech 
qoldim - qoshlarini chimirdi.
-- Bu mehribonchilik emas, shunchaki uyg'otgim 
kelmadi. Shu holos - yelkamni uchirib qo'ydim.
-- Bu ketishda har kuni ishga kech boramanmi? 
-- Sizga bemalol, ahir siz boshliqsizku - jilmayib 
qo'ydim.
-- Boshliqmi oddiy ishchimi bir vaqtta borishi 
kerak. Tartib birinchi o'rin.
-- Men ham ishlayman - anchadan beri o'ylayotgan 
qarorimni ayttim.
Valid gapimdan aniq jahli chiqdi. Jahl bilan qaradi, 
to'g'risi jahlidan qo'rquvni his qildim.
-- Buni hayolinga ham keltirma - dona dona gapirdi.
-- Men keltirib bo'ldim - qaysarlik qila boshladim. 
-- Men ayolini ko'chada ishlatib qo'yadigan erkak 
emasman - asabiy bo'lsada to'g'ri tushuntirishga 
harakat qilardi.
-- Men ishlagim kelyapti 
-- Farangiz, yagonam nima kerak bo'lsa ayt.
Hohlaganingcha olib beraman. Zeriksang har kuni 
birga sayrga chiqamiz. Istaginingni ayt. Lekin 
ishlamaysan! - gap tamom degandek jiddiy bo'lib 
oldi. 
Meni maqsadim ishlashemas aslida hayhottek uyda 
zerikishdan qutilish edi. Hech narsadan kam joyim 


yo'q, charchab ishlash menga ham yoqmaydi. Lekin 
bu kaattakon uyda zerikib ketamanku. 
Yuzimdagi taftni sezib biroz cho'chib kettim.
Valid ortimdan quchib oldi.
Shunchalik hayolga berilganimdan o'rnidan turib 
kelganini ham sezmabman.
-- Men vahtliroq kelaman. Yotoqni ustida senga 
yangi telefon qo'ydim. Ish stolimda kompyuter bor, 
hohlasang televizor ko'r. Undan ham zeriksang 
menga telefon qil. 
Yaxshi qol Nastinkam! - Valid yuzimdan o'pib qo'yib 
ishga ketti. Bir so'z deya olmay qoldim. Karaxt 
insondek qimirlamay qoldim. Nega bu bunaqaa 
mehribonn, judayam yaxshiii? Doim meni mot qila 
oladi. Eh Hudoyim, buncha yaxshii.
Endi uyqim kelsada majburan ishlamayman. 
Televizor ko'rayotganda dadamdan qo'rqib 
o'chirmayman. Telefonim yangi, qotib asabimni 
buzmaydi. Men olishni istaga kompyuterim bor. Naqd 
uch qavatli uyda hohlaganimni qilaman. Huddi bir 
paytlardagi orzuimdek. Ertakka tushib 
qolgandekman
Yaxshilab o'ylasam, men baxtli ekanman. Hatto 
judayam baxtliman deya olaman.
Valid sabab ukam tuzalyapti. Men oldingidek qiynalib 
ishlashim shart emas, nima so'rasam muhayyo, 
zeriksam sayrga ham olib chiqishini aytti. 
- Ehh Farangiz, qanchadan qancha qizlar orzu 
qilgan hayotta yashayapsan. Shukur qilsangchi! --
o'zimga gapirgancha yangi telefonni olib tushdim. 


Telefon eng so'ngi rusumdagi, dizayni judayam 
chiroyli ekan. Endi buni eplab tuta olsam bas.
Hamma narsasini tayyor qilib beribdi, qanday yaxshi. 
Musiqani baland qo'ygancha xonalarni o'rganib chiqa 
boshladim.
Birinchi qavatta sport xonasi ham bor ekan, deyarli 
hamma xonada televizor bor. Tavbaa bitta o'zi 
yashagan, shuncha televizor nega kerak? 
Uchinchi qavatdagi eng ohirgi xonaga kirishim bilan 
hayrattan joyimda to'xtab qoldim. 
Biroz atrofga zavq va hayrat bilan tikilib ohista 
xonaga kirdim. Xona devorlari meni rasmlarim bilan 
to'la edi. Meni eng hayron qoldirgani bu suratlarim 
hatto o'zimda ham yo'q. Har bir suratga qarab 
chiqdim. Faqat meniki ilinib tashlangan. G'alati hisga 
tushib qoldim. 
Rostdan ham meni sevadimi?
Bunchalik deb hech ham o'ylamagandim.
Shunchalik sevishga qodirmi?
Bu xona meni lol qoldirgandi. Ancha vaqtgacha 
chiqmay o'tirdim. So'ngra hayollarimni yig'ib boshqa 
xonalarni ham ko'rib chiqdim. 
Dilshodani , Shohruxxi sog'indim lekin adamdan 
hafaman. Bormayman! 
Kechga yaqin qo'limdan kelgancha ovqat qildim. 
Soat oltilarda Valid keldi.
Stol atrofida o'tirar ekanmiz, u ham men ham 
gapirmasdik. Sukut, naqadar yoqimsiz holat.
Valid menga qarab qo'yishidan tomog'imdan zo'rg'a 
ovqat o'tardi.


-- Zerikmadingmi? - nihoyat undan sado chiqdi.
-- Zerikdim - qoshlarimni chimirib qaradim. Valid 
biroz o'ylanib qoldi. 
-- Nimalar qilding? - qiziqsinib tikildi.
Hayolimga suratli xona keldi. Lekin u haqda 
gapirsam jahli chiqadi.
-- Televizor ko'rdim. Telefon o'ynadim, ovqat qildim, 
hullas zerikish bilan kunim o'tti - hafsalasiz qaradim. 
-- Birinchi qavatda sport xonasi bor, kirmadingmi?
-- Kirdim, lekin yolg'iz o'zimga zerikarli
-- Hamma gapimga bahonang tayyora? - qoshini 
uchirib qo'ydi.
-- Heeey bular bahona emas, rost gap. 
Jahlim chiqib o'rnimdan turib kettim va ichkari 
xonaga kirib yumshoq kursiga o'tirib, televizorni 
yoqdim. 
Zum o'tmay u ham kelib, yonimga o'tirib oldi. 
Qovog'imni o'yib qarab qo'ydimda televiroz ko'ra 
boshladim.
-- Hafa bo'ldingmi? - yuzimga tushgan sochlarimni 
ortga olayotganida qo'lini siltab tashladim
-- Yo'q, judayam yaxshiman. - nariroq surilib oldim. 
Uni ham bezbetligi tutib menga yaqinroq surildi va
qo'llarimdan tutti.
-- Farangizz, hafa bo'lma
-- Qo'limni qo'yib yuborsangiz hursand bo'lardim - 
qo'limni tortib olishga qancha urinmay kuchim 
yetmagach, jahl bilan qaradim.


-- Meni qaysarginamsandaa - meni harakatlarimni 
kuzatib jilmaydi.
Tikilavergach yuzimni burib oldim.
-- Ahmoq, bezbet -- nihoyat taslim bo'ldim. Qo'limni 
tortib olishga kuchim yetmay asabiy gapira 
boshladim..
Meni indamay o'tirganimni ko'rib endi bezbetlarcha 
quchoqlab oldi.
-- Jinnimisz? - salkam baqirib yubordim 
-- Ha jinniman. Nima qilay seni tezda sog'inib 
qoldim. 
Sen esa jahl qilishdan boshqani bilmaysan -- 
urishimga qaramay qattiqroq quchdi.
-- Valid akaa, qo'yvoring tv ko'rmoqchiman -
tinchlanib , qo'yvorishi uchun yaxshi gapiriahga 
urundim
-- Yaxshi , ko'raver. - meni qo'yib yuborib tizzamga 
boshini qo'yib yotib oldi.
-- Sal kam telba bo'lib qolibsiz, bu nimasi endi? --
jahl bilan qaradim 
-- Sen tv ko'rmoqchisan. Indamay ko'raver.
-- Siz ko'rmaysizmi? - tikilishidan noqulay bo'ldim.
-- Men senga tikilib yotaman. Har qanday eng zo'r 
kinodan yaxshi senga tikilish - jilmayib qo'ydi. Labi 
oldidagi kichkina kulgichi paydo bo'ldi.
Biroz qarab turib so'ng nigohimni tv ga qarattim.
E'tiborimni tv ga qaratishni istasamda menga tikilib 
yotgan Validga ketaverardi.


-- Seni ham kulgiching bor ekan - yanog'imga 
barmog'ini tekkazdi
-- Ha bor. Meni chalg'itmang kino ko'rayapsan 
-- Baribir hayolingga kirmayaptiku - jilmaydi.
Unga nigohimni qarattim
-- Nega ekan? Hayolim faqat kinoda 
-- Yolg'on gapirma yagonam . Men bu kinoni 
ko'rganman. Hozir sendan qiz nima dedi desam aytib 
bera olmaysan - g'oliblardek jilmaydi.
Har doimgidek men mot. So'z o'yinida u yutadi.
Doimgidek indamay qoldim. Valid o'rnidan turib 
yelkamdan ushlab yuzimga yaqindan qaradi.
-- Nima? Ko'zingiz yaxshi ko'rmayaptimi? - noqulay 
bo'lib yuzimni ortga tortmoqchi bo'ldim lekin Valid 
yanada yaqinroq tortti.
Oqarib kettim desam adashmayman, yoki qizarib 
kettim. Yuzim olov bo'lib yonayapti. Yuragimni qattiq 
urishi xona bo'ylab aks sado berayotgandek edi.
Ko'zlarim pir pirab ketti.
Valid jilmayib yuzimdan o'pib qo'ydida o'rnidan 
turdi.
-- Farangiz buncha qizarib ketting? - kulgancha 
masqara qila boshladi. 
Menga bir so'z kelmay qoldi. Jahl bilan o'rnimdan 
turib yostiq bilan Validni ura kettim. 
-- Siz umuman haddingizdan oshyapsiz - yostiq 
bilan urar ekanman bor alamimni ola boshladim.
-- Yuzing qizarganida biraaam chiroyli bo'lib 
ketasanki, shuni ko'rish uchun ham seni 


qo'rqitamanda - yostiqni tortib oldi.
-- Sizni shifokorga ko'rsatish kerak. Kasal bo'lib 
qolibsiz 
-- Bu kasallik emmas, bu sevgi - izoh berdi. Yostiqni 
olishga urunib qo'limni cho'zdim, lekin bermadi. 
-- Bilganingizni qiling - Validni itarib yuborib 
xonamga chiqib kettim.
Xonamga kirishim bilan behos labimga kulgu 
yugurdi
#Hayot_mazmunim 
Muallif: #Venera. 
-- Farangiz bugun Sanjarni ota onasi kelishadi - 
kitob o'qib o'tirgan edim Validakam gap boshladi.
-- Nega? - hayron qaradim.
-- Nega bo'lardi, bizni to'yimiz bilan tabriklagani - 
Valid jilmaydi. Uning bunda jilmayishini hech ham 
ko'rmas edim. Birga yashayotganimdan beri ko'p 
bora ko'rdim.
-- Meni ustimdan kulgani kelishapti - hazil 
qilmoqchi bo'ldim. Chunki Valid bilan yaxshi 
chiqishib oldim. Uning hislatini tobara aniq bilib 
borardim. U menga bezbet, jiddiy va doim hissiz 
ko'rinardi. Lekin undaymas. U judayam mehribon, 
to'g'ri bazida jiddiy. 
-- Nimaga? - bir qoshini uchirib qaradi.
-- Nimaga bo'lardi , sizday bezbet, jahldorr yigitga 
turmushga chiqqanimgadaa - asabiga tegib kamiga 
jilmayib qo'ydim.


 Gapimdan qoshlarini ko'tarib yonimga keldi va 
kursidan joy oldi
-- Men boshqalarga bo'lsam ham senga jahldor, 
jiddiy emasman. To'g'ri bezbet bo'lishim mumkin. 
Chunki seni sevaman.
Sevgan inson telba misol bo'ladi. Sevganing uchun 
hatto o'z jonidan ham o'ylamay kecha oladigan 
darajada. Uni ko'zidan chiqqan bir tomchi yoshi seni 
ado qilishga qodir. Uni jilmayishi qorong'ulikdagi nur 
kabi, quyoshdek.
Nim pushti lablardan chiqayotgan har bir so'zi 
dunyodagi eng yoqimli kuy.
Undanda go'zali yo'q - menga tikilgancha gapirar 
ekan bu so'zlardan shunchalar hursand bo'ldimkiii, 
tasvirlash qiyin. 
-- Hooo o'sha qiz kim ekan? - sohta jahl qilib 
qaradim.
-- Shuncha gapim bekor ketti sen ahmoqqa. Kim 
bo'lardi seni aytyapmanda - endi chinakkam jahli 
chiqishi bilan kulib yubordim. Tushunmay, qoshlarini 
chimirib qarab turishiga battar kulgim kelardi.
-- Siz asabiy holatta judayam yoqimtoy, yo'q chiroyli 
bo'lib ketasiz. Hatto hazilni ham tushunmaysigan 
darajada jiddiysiz -- menga g'alati nigohlar bilan 
qaradi keyin jilmaydi.
-- Sen ham ajoyibsan. Aytib to'ymayman seni 
sevishimni - mehir bilan qaradi.
-- Faqat quchoqlamang - qo'limni bigiz qilib 
o'rnimdan turdim.
-- Meni hislatimni yaxshi bilib olibsan - u ham 
jilmayib o'rnidan turdi


Kulgancha oshxona tomon yo'naldim.
-- Toza bezbetligingizni bilamanda 
-- Sen bilmaysanda, men faqat senga 
o'zligimchaman, faqat sen o'zgartira olasan -- 
ortimdan chiqdi
-- Hop, hop, mehmonlar qachon kelishar ekan? - 
gapni burishga urundim
-- Bugun, kechga. 
-- Voooy - yuzim tundlashdi. Ahir vaqt oz. Men 
ancha taom pishirshim kerak. 
-- Men shuncha ishga qanday ulguraman? - labimni 
burib Validga qaradim. - Bilasizmi ovqatlarga ulgura 
olmasligim mumkinkuu
-- Men bormanku. Yur birga tayyorlaymiz - jilmayib 
qo'lini uzatti.
To'g'risi judayam hursand bo'lib kettim. Hursand 
bo'lib qo'lini quchib oldim
-- Yuring, siz osh qilasiz - oshxonaga tortqilay 
boshladim. 
-- Obbo yaxshi gapirganga boshimga 
chiqayapsanmi? 
-- Yoo'q, boshizdamaaas yonizdaman. Endi esa ishni 
boshlaymiz. 
Birgalikda taom tayyorlay boshladik. Bizdan ahil 
jamoa chiqar ekan. Chunki ular kartoshka artsalar
men to'g'radim. Gaplashib ishlarni qilganimizdan 
taomimiz tezda pishgandek bo'ldi. Aniq ayta olaman 
kunim judayam ajoyib o'tti.
Validni gaplari, harakatlari, hislati meni qalbimga 
qandaydir hislar solardi.


Tushunib bo'lmas his...!
Lekin aniq ayta olamanki judayam baxtli edim.
Hatto dadamdan minnatdor bo'la boshlagandim ham.
Norozi bo'lib , o'z hohishimsiz turmushga chiqqan
bo'lsam ham hozir judayam hursandman.
Hamma ishlarni bo'ldim. Lekin charchoqni his 
qilmadim.
Kechga yaqin eshik qo'ng'irog'i chalindi.
Valid akam eshikni ochishga chiqib kettilar.
To'g'risi hayajonlandim. Hali Valid akamni hech qaysi 
qarimdoshlari kelmagandi, aniqrog'i yo'q bo'lgani 
uchun, yo'q yo'q bor u ham faqatgina Samiya. Hullas 
hech kim kelmagandi. Mana bugun do'stini oilasi 
keldi.
So'rashish uchun chiqmoqchi bo'lib oshxona eshigini 
ochdim. Shu on hayrattan joyimda qotib qoldim. Aniq 
ko'rganimni tekshirish uchun ko'zlarimni qayta 
ochibb yumdim. 
Sanjarni bilan kelgan Shohruxni bag'rtosh dadasi 
edi. Shu payt Sanjarni shunchalik yomon ko'rib 
kettimki.
Bu yallo qilib yashayapti, Shohrux o'zini har kuni 
qiynaydiku, shu insonlarda ham vijdon bormikin?
Buni hotirjam yurishinichi? 
Asabim buzilib ortimga o'girildim. Otasini o'zi 
yoqtirmasdim, endi battar yomon ko'rib kettim. O'z 
bolasi turib qilayotgan ishinichi.
-- Jin ursin sendaka ablaxni. Agar o'lganingda ham 
Shohrux bunchalik qiynalmasdi - jahl ustida gapirib 


yuborib uh torttim. Ortimdan qadam to'vushlarini 
eshitib jimib qoldim. Oshxonaga Sanjar va Valid kirib 
keldi.
-- Bizni Nastinkamizni endi kelnoyijon deymi? - 
kulib gap boshladi. Uning kulishi asabimni buzdi. 
Kuladida shunday boy "otasi" bor. So'ngra ikkinchi 
hayol ham keldi 
Unda nima ayb? O'g'lini tashlab ketgan Sanjar emas. 
O'zingni bos Farangiz.
-- Hohishingiz -. bazor jilmaydim, ham jahilda ham 
uyat hissini tuydim ham . -men mehmonlar bilan 
so'rashib chiqay. 
-- Mayli boraqol 
Jahlim chiqib turgan bo'lsada ilojim yo'q, 
jilmaygancha kirib chiqdim. 
Sanjarni onasi yaxshi ayol ekan. Men bilan ancha 
yillik yaqinidek ko'rishdi. Shohruxni dadasi menga 
hayrat bilan qaradi.
Men jilmayib qaradim va salom berdim.
-- Yaxshimisan qizim - deb qo'ydi. Shunchalik nafrat 
bilan qaradimki biroz noqulay ahvolga tushib qoldi. 
Nega bunday qarayotganimni albatta tushunyapti. 
Dadam bu kishini to'yimga aytganlarida boshqa 
davlatta bo'lgani uchun to'yimga kelolmagandi. 
Mana hozir hayrat bilan qarayapti. Naoiloj 
yoqmasada jilmaygancha chiqib keldim.
Hayotta bazida aktyor bo'lishimiz kerakligini hozir 
tushundim.
Oshxona tomon ketayorganimda ichkaridan Valid va 
Sanjarni ovozidan joyimda to'xtadim. Suhbatni 
yarmidan kelganimga boshida yaxshi tushunmadim


#Hayot_mazmunim 
Muallif: #Venera. 
Gap poylashni yoqtirmasamda hozir shunday 
qilmoqdaman.
-- .... unday dema Sanjar - Validning asabiyroq ovozi 
yangradi - ahir u seni otang...
-- Qanaqa ota? - Validni gapi chala qolib Sanjar 
asabiylashgancha gapira boshladi - Qanaqa ota ayt?
O'z o'g'liga otalik qilmagan yetti yot begona bolaga 
otalik qilarmidi? Yo'q qilmaydi.
Bilasanmi uni o'g'lini men bir oy kuzattim.
Shunchalar otasidan hafaki, har kuni oqibati yomon 
narsalar bilan o'zini qiynaydi. Nega ichadi? 
Hech o'ylab ko'rganmikin o'sha otasi. U e'tibor 
hohlaganidan ichadi. Uning bunday ahvolga kelib 
qolishiga hudbin otasi sababchi. Men Shohrux bilan 
o'gay bo'lsa ham aka uka bo'lishni, uni bu yo'lidan 
qaytarishni judayam hohladim lekin uni bunday 
baxtsizligiga o'zimni sababchi sezyapman. Uni " 
otamni tortib olding" deya so'zlaydigan nigohlaridan 
qochaman. Balki mendan nafratlansa ham kerak. 
Ahir oson emas - Sanjar gapini tugatib chuqur uh 
tortti
-- Seni aybing yo'qku?! 
-- Hech internet va tv larda bizni kuzatasanmi? 
Shohruxni otasini o'g'lini mening o'g'lim deyish 
o'rniga bu gapni menga aytadi. Har gal tv ga 
chiqqanimda meni Shohrux ko'rayapti deya vijdonim 


qiynaladi. Yakkayu yagona o'g'li bo'la turib begonani 
o'g'lim seyapti. Senga alam qilmasmidi? 
-- Unda Shohrux bilan gaplashib ko'r. Unga bunday 
vaqtta yaqinlar kerak. Balki o'zing hohlagandek aka 
uka bo'lib ketarsizlar? - umid bilan qaradi.
-- U qondoshim bo'lmasada men ukam deb 
hisoblayman . Uni to'g'ri yo'lga qaytarishim zarur.
-- Yokida Farangiz orqali gaplash. Farangiz bilan 
Shohrux yaqin do'st ekan. - Validni boyagi ohangi 
biroz jahlga o'tti. Uning rashk qilishidan kulib 
qo'ydim va oshxonaga kirish vaqti kelganini tushunib 
hech nimani bilmagandek kirib bordim.
Valid meni ko'rib qisqa jilmayib qo'ydi.
-- Nastinka Validni jinni qilib qo'ymadingmi? - 
Sanjar kulgancha hazil qilishni boshladi.
-- Meni jinni qilayaptilarku - Validga bir nigoh 
tashlab jilmaydim. 
-- Men aksi deb bilardim. Ikkingiz uzog'i bir hafta 
yashaysiz deb o'ylagandim
Ortimdan Valid quchib Sanjarga qaradi.
-- Hech hamda. Biz bir birimiz uchun yaratilganmiz 
- Valid qattiqroq quchdi. 
Uni bu qilig'i asabimni buzib o'zimni chetga olmoqchi 
bo'ldim.
-- Qo'yvoring, - Sanjarga yuzlandim - do'stizni 
bezbet desam ishonmagandingiz.
-- Valid aslini faqat senda ko'rsatayapti - jilmayib 
qo'ydi
Validni qo'llaridan halos bo'lib shirinliklardan kesa 
boshladim


-- Ishda boshqa qizlarga ham shundaylarmii? 
-- Bilib qoldingmi? - Sanjar kulib menga qaradi - 
ering qizlardan ko'zini uzmaydikuu - gapi ohiriga 
yetmasidan Valid qattiq turtti. Natijada Sanjar 
kulgancha orqaga ikki qadam yurdi. Ularni kuzatib 
kulgim keldi. 
-- Sanjar tuhmat qilma - menga yuzlandi-- Farangiz 
ishondim demassan shuni gapiga? - menga jiddiy 
nigoh tashladi.
-- Albatta ishondim - havfsalarini bir qilib 
qoshlarimni chimirib qaradim
-- Sanjar ko'p gapirib yubordik, yur ota onang kutib 
qolishdi. Farangiz sen ham oshxonada o'tirmay 
tezroq kir.
Valid Sanjar bilan chiqib ketgach biroz o'ylanib 
qoldim.
Shohruxni, Dilshodani ko'rmaganimga ham ancha 
bo'ldi. Oyimni, singlimni, Abdullohni judayam 
sog'indim. Dadamni ham albatta. Ertaga albatta borib 
kelaman.
Mehmonlar ko'p o'tirmadi. Ketishi bilan tezda 
oshxonalarni yig'dim. Ko'zlarim yumilib ketaverib 
asabimni buzardi. Kun bo'yi asosiy vaqtim oshxonada 
o'tganiga hozir tezroq chiqib ketgim kelayapti. Valid 
ham ichkari xonada hujjatlari bilan ovora.
Hujjatli ishlarni qilaverib to'yib ketmasmikin? 
Men uni hujjatlar bilan ishlayverishini ko'rib yuzim 
burishadi.
Valid yoqtiradigan achchiq qahva damlab yoniga 
kirdim. Kompyuter bilan band bo'lib kirganimni ham 


sezmadi. Qahvani yonidagi stolga qo'yib chiqib 
kettim. Etta turishni niyat qilib o'rnimga yottim. 
Ko'zlarimni quyosh nuridan ochdim. O'rnimdan turib 
tefonimni yoqib soatni ko'rdimu o'rnimdan sakrab 
turdim. 
Hovlidan mashinani ovozini eshitib yugurib pastga 
tushdim.
Valid meni ko'rib hayron qolgancha joyida to'xtab 
mashinadan tushdi.
Albatta hayron qolishi tabiiy, sochlarim patalak, 
kiyimim bir ahvol, ustiga ustak yalang oyoqman. 
Shoshilganimdan oyog'imga hech nima kiymabman 
ham.
-- Tinchlikmi Farangiz? - havotir bilan 
tushunqiramay qaradi.
-- Ha.. tinch.chlik - yugurganimga tutilib qoldim va
chuqur nafas oldim. Tinchlanib olgach jilmaydim - 
Bugun uyimga bormoqchiman.
-- Seni uying shu yer - jiddiy qaradi.
-- Oyimnikiga demoqchi edim.
-- Bormoqchiman" deb meni ogohlantirayapsanmi?
Yoki menga buyruq berayapsanmi? Men senga 
kimman?
Borsam maylimi" deb so'rash kerak emasmidi? -
jiddiy va jahl holda qoshini uchirdi.
-- Obbo hop borsam maylimi? - uyqim tarqamagani 
bois asabim buzildi.
-- Yo'q desam ham ketaverasanmi? - sinchkovlik 
bilan qaradi.


Ayb mendaligini bilyapman, Validga dugonamdek 
muomila qilayapman. Bu axmoqlik. Ha men 
ahmoqman.
Jahli chiqqanini bilib gapni burmoqchi bo'ldim.
-- Nega ertalabdan urush boshlayapsiz? - uning bu 
muomilasidan biroz hafa bo'ldim.
-- Men urush boshlamadim. Seni muomilang 
yoqmayapti. Men seni eringman, dugonang emas! - 
jahl bilan ortiga o'girilib mashinasiga o'tirgancha bir 
so'z demay chiqib ketti.
Bugungu rejalarim barbod bo'ldi. Ortidan 
termulgancha qolib kettim. Gapidan yaxshigina hafa 
bo'ldim ham. Tomog'imga birnima tiqilib og'ir yutib 
qo'ydim va allaqachon yoshlanishga ulgurgan 
ko'zlarimni yumdim. 
Shu birgina gap ko'zim yoshlanishiga sabanchi 
bo'ldimi demak uni ancha yaqin olaman. Chunki 
yaqin odamlarimizning birgina gapi hursand qilishga 
va birgina gapi qalbimizni parchalashga qodir!
#Hayot_mazmunim 
Muallif: #Venera. 
Kechgacha deyarli bir joydan qimirlamadim. Faqat 
o'tirdim. Vaqti vaqti bilan ovqat qilib kelganimni 
aytmasa bir xonada kunimni o'tkazdim.
Qo'lim tinmay achishayotganini sezib tudhunmay 
qaradim.
Qizarib qolibdi. Qayerga urdim ekanaa


Haaa hayol bilan bo'lib stolni burchagiga urib 
olgandim, endi og'riyapti.
Meni har xil o'y hayollar qiynab tinchlik bermasdi.
To'g'ri Validga havas qilargudek muomila qilmayman. 
Bundan jahli chiqishi tabiiy. 
Menga shunchaa narsalar qilib berdi. Rahmat o'rniga 
nuqul jahll qilayapman.
Ehhh Farangiz.
Uni ham ko'ngli bor, sevgani yaxshi gapirishini 
hohlaydi. Lekin men ahmoq esa....ufff
Eshikning ochilganidan cho'chib kettim. Hayollar 
olamidan chiqib atrofga qaradim. Xonam deyarli 
qorong'u tusga kirgan
-- Kech tushibdikuu, Validakam keldilar - ichimni 
qo'rquvmi, qanadaydir hayajon bosdi. To'g'ri gapirib 
uzur so'rashni o'ylab qo'yib jilmaygancha pasga 
tushdim. Pasda Validni jilmayib telefonda kim 
bilandir gaplashishini ko'rib joyimda to'xtadim.
-- Ha, haa...albatta shunday qilsak ikkalamizga ham 
yaxshi....ha mayli, ertaga bo'lsa ertaga. Hop hayrli 
kech honim. Ko'rishguncha.
Ohirgi gapidan ko'zlarim kattalashib ketti. Ayol kishi 
bilan gaplashdi. Ichim qiziy boshlaganini sezdim. 
Jahlim chiqsada tilimni tishladim. Og'ir yutinib 
zo'rg'a salom berdim. Validakam quruqqina alik olib 
uchinchi qavatga chiqib ketti. 
Nega bilmadimu ichim olov bo'lib yonayotgandek 
bo'ldi. Ko'zlarim yoshlanganidan atrofni 
ilg'amaydigan holatga keldi. Yig'lab yubormaslik 
uchun chuqur nafas ola boshladim 


-- Albatta boshqa nima kutgandim. Yaxshi 
muomilada bo'lmasam ham sevaveradi debmi? G'irt 
ahmoqman. 
Ahir oilasidan mehir topmagan erkak, ko'chadan 
qidiradi.
Shu gapni o'ylab titrab kettim - yo'q, oldindan 
noto'g'ri hayolga bormasligim kerak.
Menga nimalar bo'layapti tushunmayapman.
Hech qachon bunday holatga tushmagandim.
Oshxonaga kirib muzdek suvni ichib oldim. Ovqatim 
pishibdi. Stolni chirooyli qilib tuzadim va Validni 
chaqirishga tepa qavatga ko'tarildim. Xonadan 
Validni topa olmagach shahsiy kabinetiga kirdim.
U yerda Valid kompyuterda ishlab o'tirardi.
Qalin qoshlari bir biriga yaqinligidan sezdimki asabi 
tarang. Peshonasiga tushib turgan sochlari asabini 
buzib tez tez ortga olardi. Lekin huddi o'zidek qaysar 
sochlari yana tushaverdi. Ohista qadamlar bilan 
xonaga kirdim va Validni yonidagi kursidan joy 
oldim. Hatto qarab ham qo'ymadi. Butun e'tibori 
ishda, yoki qarashni ham hohlamayapti.
-- Haligi...yuring, ovqatlanami... - gapim ohiriga 
yetmay asabiy ovozi yangradi -- Ishlayapman! - dedi. 
Bu so'z zamirida tinch qo'y ma'nosini tushundim. 
Lekin yarashib olish uchun gapirishim kerak, taslim 
bo'lmasligim kerak
Bu ketishda bo'lmaydi. Yarashib olmasam ko'nglim 
ayrilib qolasan deyapti. Ichimni nimadir 
tirnayotgandek siqilib kettim. Chuqur nafas olib 
gapirishni o'yladim.


-- Qorningiz ham ochgandir. Ishlab charchagansiz, 
ovqatlanib damingizni oling 
-- Qachondan g'amhorlik qiladigan bo'lding? - 
birgina qarab ham qo'ymay gapirdi. Bu juda ham 
qattiq tegdi. Indamadim. Zeroki ayb o'zimda. 
Gapirishga hohishim ham juratim ham qolmadim. 
Ko'zlarim o'z o'zidan yoshlandi. Yig'lab yubormaslik 
uchun labimni qonatgudek tishladim. Og'ir yutunib 
o'rnimdan turdim. Uning gapiga bir so'z ham deya 
olmadim, gapira olmayman ham.
Xonadan chiqib kettim. Chiqishim bilan o'z o'zidan 
yoshlarim oqa boshladi. 
Turgan joyimda qo'llarimni yuzimga qo'ygancha 
yig'lab yubordim. Yig'lamay desam ham 
yig'layverardim. Hatto yurishga kuchim ham yo'q. 
Turgan joyimda yig'lashda davom ettim.
Azoblanyapman, vijdon azobi qiynamoqda. O'z 
aybimni bilyapman va judayam, juda judayam 
pushaymonman. 
To'sattan ortimdan quchgan qo'llar sabab ko'zlarimda 
huddi yosh tugagandek yig'lashdan birozgina 
to'xtadim.
-- Yig'lama - qattiqroq quchib oldi.
-- Me.ni....men..da..n ha...fami..siz? - yig'laganim bois 
tutilib tutilib gapirdim.
Valid yelkamdan tutib o'ziga qaratti. Qo'li bilan 
yoshlarimni artib yana quchdi.
-- Yo'q, men ming hohlasamda sendan hafa 
bo'lolmayman.
-- Gapir..mayapsizku - biroz tinchlanib oldim.


-- Bilasanmi, meni jahlim juda tez va jahl ustida seni 
hafa qilib qo'yishim mumkin. Men seni hafa 
bo'lishingni hohlamayman.
Sendan jahlim chiqqani uchun uzoqroq yurdim va 
iloji boricha gapirmayotgandim. Lekin gapirdim, 
mana sen yig'layapsan. Men seni ko'zlaringdan yosh 
oqishiini hohlamayman. Ayniqsa men sabab.
Sen yig'lasang meni qalbim parchalanadi. Meni 
qiynalmasin desang, yig'lamagin!
Gaplari qalbimni tubigacha yetib bordi. Undan sal 
uzoqlashib yuziga tikildim.
-- Hop, endi yig'lamayman - jilmaydim.
-- Aqilligim - yuzimdan o'pib qo'ydi.
-- Yuring endi, ovqatlanamiz.
-- Mayli, qornim piyozni po'sti bo'lib ketti. Yuraqol.
Valid bilan yarashib olganimdan shunchalar hursand 
bo'ldimki, butun olamni unutgandekman. Hayolim -
hayotim faqat Valid bilan. Balki bugun tushunib 
yetgandirman uni sevishimni. Sevgi shunday bo'lar...
Sevgi aynan shunday bo'lsa men Validni telbalarcha, 
butun borlig'im bilan sevaman...!
Ertasi kuni ertalab Valid o'zi uyimga tashlab qo'ydi. 
Uyimdagilarni ancha sog'inibman. Mazza qilib 
gaplashib o'tirdim. Hatto men doim qo'rqadigan 
dadam bilan ham.
-- Farangiz kuyov bilan oralaringiz yaxshimi? - 
oyim sinchiklab tikildilar. Nahot jilmayib turgan 
yuzimdan sezmayaptilar.
-- Ha oyi hammasi yaxshi. 


-- Seni urmaydimi? - kecha oshxonada hayol bilan 
urib olgan qo'limga havotir bilan nazar tashladilar. 
Kulimsirab qo'ydim.
-- Yo'q oyi. Bu qo'limni kecha oshxonada behosdan 
urib oldim.
-- Yana hayol surgandirsandaa 
-- Ha. Ko'rmay qolibman.
Valid akam menga hatto qattiq gapirmaydilarkuu. 
Oyimni yuzlari yorishib ketti. Jilmayib quchib 
qo'ydilar.
-- Baxtliligingdan men baxtliman qizim.
#Hayot_mazmunim 
Muallif: #Venera.
Oyim bilan shunaqanggi mazza qilib 
suhbatlashdimkii. Anchadan beri uyda yolg'iz 
o'tiraverib gaplarim yig'ilib ketibdi. Telefon qilib 
Shohruxni chaqirdim. 
O'n besh daqiqa o'tmay eshik ovozi yangradi. 
Yugurib chiqib eshikni ochishim bilan Shohrux 
quchoqlab oldi 
-- Farangiz bormisan? - jilmayib qo'yib yubordi.
Yuziga ahamiyat berib qarasam ko'zlari 
uyqusizlikdan qizargan. Yaxshigina charchagani 
bilinib turibdi.
-- Shohrux yazshimisan? - havotir bilan qaradim.


-- Yur oldin uyga kirib olaylik. Seni ko'rmaganimga 
ham ancha bo'ldi. Sog'indim do'stimni - uyga kirib 
stullarga o'tirdik. Yuziga sinchiklab qaray boshladim. 
Juda horg'in, aniq charchagan va uyqusi kelgan.
Qarashimdan siniq kulib qo'ydi.
-- Otangni ishimi? - jahlimni zo'rg'a bosib jiddiy 
qaradim
-- Yengicha jazosi - yelkasini qisib qo'ydi.
-- Nima qilganding?
-- Ko'chada bir qiz bilan ko'rib qoldi - hotirjam 
kulibb qo'ydi
-- Voy, joyida tutilibsanku - kulib yubordim -- 
qanday jazo olding?
-- Ikki kun zavodda tinmay yuk tashidim - oddiy 
holdek gapirdi. 
Ikki kun, uhlamasdan, buu juda yomonkuuu
O'z o'g'liga ham shunday qiladimi ahir. Azaldan 
dadasini yoqtirmasdim, birgan sari nafratlanib 
ketayapman. 
-- Dadang dadalikka ya'ni otalikka arzimayapti. 
Hafa bo'lmayu bu meni fikrim.
-- Qo'y asabingni buzmasangchi - 
asabiylashayotganimni ko'rib jilmaygancha gapirdi. - 
o'zingdan gapir. Birinchi savolim baxtlimisan? 
Tezda yuzimga kulgu yugurdi. Hatto uyaldim ham.
-- Ha albatta 
-- Yuzingdan bilinyapti - kulib turganimga ishora 
qildi.
-- Eee ho'mrayib yurmasam kerak ?


-- Yog'e ho'mrayma, shunday kulib yur.
-- Mana kulayapmankuu
Seni ham yuzing ko'karmagan, yoki kulib yurgan 
kuningni ko'rarmikinmanaa? - horg'in yuziga ishora 
qildim.
-- Albatta ko'rasan...
-- Otang o'lganidami? 
-- Balki - Shohruxning gaplaridan tushundimki 
otasini uni o'zidan so'vutib qo'ygan. O'ziga bo'lgan 
mehrini o'ldirgan. Shunchalik hissiz gapirdiki, o'lsa 
ham achinmaydigandek.
-- Shohrux sen ham atayin qilavermada - to'g'ri 
tushuntirmoqchi bo'ldim. Hozir ahvoling havas 
qilargudek emas
-- Nma qilay? Men shunday tarbiya olganman , buni 
hech kim bilmasada sen yaxshi bilasan.
-- Bu yurishing qachon tugaydi
-- Farangiz kel mavzuni o'zgartir - yuzi tundlasha 
boshladi. Ha Shohruxga o'zini muhokama qilganlar 
yoqmaydi. 
-- Senga yaxshi bo'lsin deymanda Shohrux
-- Bilaman Farangiz, lekin menga yaxshi bo'lmaydi. 
Sen meni qo'yaver, bekor asabing buziladi. Bilasan 
kimgadir muommolarimni aytib o'tirishni o'lguday 
yomon ko'raman - jiddiy qarab o'rnidan turdi.
-- Qayoqqa? - hayron qaradim - hozir keldingkuu?
-- Ichkari xonada devanda biroz uhlay. 
Shunaqanggi uyqim keldikii ko'zimga hamma yer 
yostiq bo'lib ko'rinyapti - huddi yosh boladek ko'zini 
ishqalab ichkari xona tomon kirib ketti.


#Hayot_mazmunim 
Muallif: #Venera.
-- Mayli uhlayver. Men Dilshodani yoniga chiqib 
kelaman. Sen dam ol.
Oyimga aytib ko'chaga chiqdim. Doimgidek 
Dilshodalarni uyini eshigi ochiq. Indamay kirib 
bordim, syurpriz bo'lsin deya.
Hovli jim jit. Oshxona tomon yura boshladim. 
-- Farangiz! - ortimdan Dilshodani hayratli ovozini 
eshittim.
-- Albatta o'zim - hursand holda turgan Dilshodani 
yoniga borib quchdim. 
-- Nega shu paytgacha biror marotaba ham 
kelmading? - so'ri tomon yura boshladik.
-- Imkoniyat bo'lmadi. Ya'ni ruhsat tegmadi - 
yelkamni uchirib qo'ydim va so'ridan joy oldim.
-- Ering qattiq qo'lmii? - havotir bilan qaradi. 
-- Yoo'q, undaymas. 
-- Nega kelmading unda? 
-- Dilshodaaaa bugungiga nasib qilibdida kelishim. 
Kelganimga hursand bo'lsangchi savol beravermay - 
nima deyishni bilmay mavzuni o'zgartirishga harakat 
qildim.
-- Voy hop, hursandman kelganingdan. Seni juda 
sog'ingandim. 
Nihoyat savollar to'xtadi. 


Ko'p savol berishligi umuman yoqmaydi. Doim 
javobini aytgim kelmagan savollarni berishsa asabim 
buzilib ketadi.
-- Ha men ham sog'ingandim. Ho'sh ishlaring qalay?
-- Doimgidek. 
-- Hayotingda nima yangiliklar? 
-- Menda hali ham o'sha bir hillik, hech qanday 
o'zgarish yo'q - qisqa jilmayib qo'ydi.
-- Bo'lib qolar.
-- Senikidekmi? - kulib qo'ydi
Gapidan yuzimga kulgu yugurdi. Ko'z oldimdan 
Valid bilan birinchi tanishuvimiz, tortishuvlar, o'z 
aytganini qildirishi bularning bari yoqimli hotira!
-- Menikidek bo'lsa boshinga baxt qushi qo'ngan 
bo'ladi - mamnun qaradim 
-- Sendekmi? - bu safar ikkimiz ham kuldik
-- Ha huddi menikidek.
-- Mayli nasib qilgani bo'lar.
-- Sardor qani? 
-- O'qishda, endi kelib qolsalar kerak - yuziga qizillik 
yugurganidan sezdimki befarq emas
-- Haa. - jilmayib qaradim - nega qizarib ketting?
Gapimdan dugonam amallab o'zini qo'lga oldi. Balki 
kulib yuboray deyayotgandir.
-- Qizardimii? Yo'g'eee
-- Hadee, ana senda ham o'zgarishlar bo'libdikuu - 
kulgancha dugonamni turtib qo'ydim.


-- Yo'q unchalikmasee
-- Yuzingdan bilinyaptikuu , hop mayli Sardorchi?
-- Farangizz u meni holamni og'likuu ahir. Bunday 
bo'lishi mumkin emas, men yaxshi ko'rganimda ham 
- birdan mayus tortib qoldi. 
-- Qanaqa holangni o'g'li. Onagni holasini o'g'liku 
ahmoq. Bo'lsa bo'ladi , eng muhimi sevgi bo'lsa 
basku.
Nega eskicha fikrlaysan ?- asabim buzilib ketti.
Fikrlari judayam ortta qolib ketgan. Huddi yoshi kotta 
qariyalardek.
-- Farangiz shu gaplarni qo'yaylik. 
-- Sen aqilsizlarga azgincha gapiray desam mavzuni 
o'zgartir deysanlar. Endi gapirmayman, o'zlaring 
bilasanlar. Qiynalib qolmagin deb gapirgandim 
-- O'zimni mehribon dugonamsanda -- yonimga 
o'tirib quchib oldi -- Vaqt o'tsinchi, bir nima bo'lar. 
-- Mayli, baxtli bo'lsang bas 
-- Sen ham
Dilshoda bilan chamasi ikki soatcha miriqib 
suhbatlashdik. Mazza qilib gaplashib o'tirganimda 
telefonimga Validdan habar keldi
-- Dilshoda meni ketadigan vaqtim bo'ldi - ketgim 
kelmay o'rnimdan turdim 
-- Vay birpasdayaa. Buncha vohlidan? 
-- Valid akam olib ketar ekanlar.
-- O'zi olib kelib yana o'zi olib ketayaptimi? 
Yaxshigina rashkchimi? - kulib o'rnidan turdi.


-- Haa
-- Bunchalik kelmay ketmagin. Iloji bo'lsa har hafta 
kelib tur. 
-- Haa harakat qilaman - Dilshodani quchib oldim. -
senga yangi nomerimdan telefon qilaman.
-- Hop 
Hayrlashib bo'lgach ko'chaga chiqdim. Eshik yonida 
Sardorni ko'rib joyimda to'xtadim.
-- Salom Farangiz, bormisz? - doimgidek jilmayib 
turardi.
-- Yaxshimisiz Sardor.
Ha borman.
-- Umuman kelmay ketganingizga?
-- Haa - o'ziyam hammaning birinchi gapi " 
bormisan, kelmay ketting" bo'layapti.
-- Qayerga ketayapsiz?
-- Ketadigan vaqtim bo'ldi - uyimiz oldidagi 
mashinada meni kutayotgan Valid akamga ishora 
qildim 
-- Haa, unda yana bemalol o'tirgani kelarsiz - 
mashinaga qarab tushunib oldi. Kitoblar solingan 
paketni ochib menga bir kitobni berdi.
-- Buni sizga olgandim. 
Siz eng yaxshi ko'rgan roman " ikki eshik orasi" . 
Mendan to'yona deya qolaylik - jilmayib kitobni 
uzatti.
-- Oo juda yaxshi ko'raman. Sovg'a uchun rahmat.
-- Arzisz, haligi Farangiz, dugonangiz qanday 
kitoblarni yaxshi ko'radi? - biroz hijolat bo'lib qaradi. 


Bildimki Sardor ham Dilshodani yaxshi ko'radi. Ana 
qanday zo'r.
-- Diniy kitoblarni - kulib qo'ydim. Judayam 
hursandman deya olaman. 
-- Haa rahmat.
-- Mayli men boray.
-- Ko'rishguncha 
Sardordan uzoqlashib mashinadan tushgan Validni 
yoniga borib salom berdim. Uning gaplaridan bilish 
mumkinki asabi tarang. Havotir bilan qaradim
-- Nimadir bo'ldimi? 
-- Bo'ldi, uyda gaplashamiz. Tezlash - jahl bilan 
aytgan gapidan biroz qo'rquvni his qildim. Uyga kirib 
Shohruxni uyg'ottim. Hamma bilan hayrlashib 
ko'chaga chiqdim.
-- Farangiz yana kelganingda chaqirgin - uyqudan
zo'rg'a turgan Shohrux meni quchib qo'yib uyga 
kirib ketti.
Mashinaga o'tirdim.
-- Tinchlikmi? - anchadan so'ng savol berdim. 
-- Iltimos asabiyman, gapirmay ket - menga qarab 
ham qo'ymay gapirdi. Hozirgi vaqtta ichimda 
savollar ko'p bo'lsada indamaslik eng to'g'ri yo'li.
Uyga borguncha odamni siqadigan sukut. 
Validakam indamay xonaga kirib kettilar, ortlaridan 
kirdim
-- Farangiz senga kitob bergan yigit kim? - 
kursilardan birida o'tirgancha menga qaradi. Nega 
jahli chiqayotganligimi tushundim va yutunib 
qo'ydim 


-- Sardor...Dilshodani... uzoq...qarimdoshi - to'xtab 
to'xtab gapirdim, sababi esa hadiksirash.
-- Nega senga kitob berdi? - bu savollardan o'zimni 
tergovda o'tirgandek his qildim
-- Shunchaki , menga...shu kitob yoqqani uchun
-- Senga yoqsa u yigit olib berishi kerakmi? - o'zini 
bosishga urunayotganini sezdim.
-- Valid aka u shunchaki to'yona sifatida berdi - 
bosiqlik bilan tushuntirishga kirishdim.
-- Farangiz men senga oldin ham aytganman, senga 
nima yoqsa , nima kerak bo'lsa menga ayt. Men seni 
eringman, mendan hech nimani yashirmagin.
-- Hal...
-- Menga qiladigan muomilang, mendan nimanidir 
yashirishing, menga ichingdagilarni gapirmasliging 
doim jahlimni chiqaradi. O'zimni hurmatsizdek
sezaman.
Nega bunday qilasan? - yonimga yurib kelib ikki 
yelkamdan ushladi. Ko'zlarim yoshlanib ketti -- 
Hohlamay turmushga chiqqaning sababimi?
Kimdadir ko'ngling bormidi?
Bir so'z deya olmadim. Gapirsam yig'lab yuborishim 
aniq edi. Ko'zimdagi yoshlar oqa boshladi. Valid
ko'zlarimga tikilib turib qo'yib yubordi.
Chuqur uh tortgancha jahl bilan turib chiqib ketti. 
-- Ahir men so'ramadimkuu Sardordan - Validni 
ortidan o'zimga gapirgancha qolib kettim. 
Asablarimni tinchlantirish uchun yuvinib chiqib 
joyimga yotib oldim. Zum o'tmay uhlab qoldim.


Asabbuzar tushdan ko'zlarimni ochdim. Doimgi 
odatim biroz ko'zlarimni ochib, miyam to'liq 
uyg'onib olishini kuttim. Har kuni ochiladigan yani 
Validakam ochib qo'yadigan pardalar bugun yopiq. 
Pardalar to'q qizil rangdan bo'lgani uchun xona nim 
qorong'u. Telefonimni olib soatiga qaradim.
-- Voy Hudoyim soat to'qqizdan oshibdi.
Tezda o'rnimdan turdim, yuz qo'limni yuvib 
oshxonaga tushdim.
Valid akam choy ichmasdan ketibdilar.
Obboo uyqini oqibati, qanday axmoq bo'ldima
Nonushta qilmay tezda Validakam yaxshi ko'rgan 
ovqatlarini qilishga kirishdim. Tez tez harakat qilib 
nihoyat abetlarda ovqat pishdi. Birinchi bor 
bunchalik tez harakat qilishim. Kiyimimni 
almashtirib chiqib , ovqatni ko'targancha ishlariga 
yo'l oldim.
Birinchi mehmonxonaga bordim. U yerdagi 
kotibadan kompaniyada ekanliklarini eshitib yuzim 
tundlashib ketti. Chunki juda charchagandim. Endi 
kompaniyaga borish alam qilayotgandi, yani 
erinayotgandim.
Na iloj taksi to'xtatib kompaniyaga yo'l oldim.
Yetib borgach taksidan tushib tez tez qadamlar bilan 
kompaniyaga kirdim.
-- Tushlik vaqti shekil, hech kim yo'q 
Tavakkal deya hodimlar oshxonasi tomon yurdim.
Bu yerga Valid akam bilan bir marotaba kelganmiz. 
Shuning uchun bu kompaniyani yaxshi bilaman.
Oshxonaga kirishim bilan stollardan Valid akamni 
qidirdim. Uzoq qidirmadim, chuki eng chiroylisilar!


 O'z hayolimdan kulgancha ikki qadam bosganimni 
bilaman Validakam bilan tushlik qilayotgan bir qizga 
ko'zim tushdi
Rashk shunchalar azobli tuyg'u ekanki, mana hozir 
men azoblanayapman. 
Ichimni nimadir tirnayotganga o'xshaydi. Tomog'imni 
kimdir bo'g'ib turgandek og'ir yutinib ular o'tirgan
stol tomon yo'naldim. Validakam va haligi qizni 
tepasiga borib menga savol nazari bilan tikilib turgan 
Valid akamga soxta bo'lsada jilmaydim
-- Ooo bezovta qilmadimmi?
-- Farangiz?! ...
-- Menga hech qanday izoh kerak emas. Birgina 
kitob uchun meni bunday azoblaysiz deb hecham 
o'ylamagandim. Men jinni, men axmoq hatto 
nonushta qilmasdan sizga ovqat tayyorlab olib 
kelsamuu, sizga shart emas shekil. Mayli qizg'in 
suhbatda davom etilar. Suhbatilarni mavzusi " 
burovni eriga osiladigan ayollar" bo'lsa qiziqarliroq 
bo'lardi. -- gapimdan haligi qizni ko'zlari kattalashib 
ketti.,-- ha nimaa? Uylanganlarini bilmagandingmi? 
Bilmasang bilib ol. Janob Validni bittayu bitta ayoli 
men bo'laman.
Yoqimli ishtaxa! -- hali ham menga jiddiy holda tikilib 
turgan Validga alam bilan qarab davrani tark ettim. 
Yig'lab yubormaslik uchun tez tez yurib kettim. Uyga 
borishni hohlamay hiyobon tomon yura boshladim.
Jahlda bo'lgan odam eng yaxshisi yolg'iz qolgani 
afzal. Biroz shovqinli hiyobonni hamma yerini 
aylanib chiqdim. Kech bo'layotganiga ham qaramay 
biroz o'rindiqda o'tirdim. Doimgidek meni o'z domiga 
tortuvchi hamrohim hayollar bilan yolg'iz qoldim.


Kech bo'layotgani uchun birozdan so'ng ketishga 
majbur bo'ldim.
Uyga kirib o'zimda turadigan kalit bilan eshikni 
ochmoqchi edim eshik ochiq ekan. Demak Valid akam 
kelganlar. 
Kutganimdek xonaga kirishim bilan uyoqdan 
buyoqqa asabiy yurayotgan Valid akamni ko'rdim.
-- Farangiz kech bo'lganda qayerda eding? - meni 
ko'rib havotir va jahl aralash gapirdi.
-- Sardorni yonida, huddi sizdek -- tilimni tiya olmay 
gapirishga gapirdimu, so'ng tezda afsuslandim.
-- Nima? -- yonimga jahl bilan yurib keldi. Uni 
jahlidan qo'rquvni his qildim. O'z o'zidan kipriklarim 
pir pirab ketti. 
Ikki qadam ortga tashlashim bilan ortimda devorni 
his qildim.
-- Sen atayin meni asabimni buzayapsanmi?
-- Ha siz ham asabiylashing deya atayin qilayapman - 
hech shu tilimni tiya olmayman va gapirib qo'yib 
doim afsuslanaman. Huddi hozirgidek.
-- Senga tushunmay qoldim. Nimalar deyapsan? - 
hayrat bilan ko'zlarimga qaradi
-- Tushunadiganlaringiz kompaniyada qoldidaaa!? - 
kinoya aralash gapirib yubordim. Uning hayratli 
nigohiga bardosh qila olmay endi yurmoqchi edim 
ortimdagi devorning ikki tomonimga qo'lini qo'ydi. 
Natijada hech qayerga ketolmaydigan bo'lib yo'lim 
to'sildi. Qo'rquv bilan menga yaqindan tikilayotgan 
ko'zlarga qarashga majbur bo'ldim.
-- Qoching men uhlamoqchiman 


-- Sen boyagi holatni nazarda tutayotgan bo'lsang...
-- Tushunib bo'ldim.
Izoh shart emas. Men sal noto'g'ri harakat qilsam 
darrov boshqa qizlarni yoniga ketar ekans..... --jahil 
aralash gapirib meni asiriga aylantirgan ko'zlariga 
qaradim. Men kabi u ham gapimni bo'lib gapirib 
ketti.
-- Farangiz sen nima deyayotganingni 
tushunyapsanmi? Nahot meni shunday deb 
o'ylasang?
-- Meni qanaqa o'ylashim muhim emas. -- menga 
tikilayotgan nigohdan qochib yuzimni yonga qaratib 
oldim. 
-- Qaysarlik qilma - jahl bilan iyagindan ushlab 
majburan o'ziga qaratti.
-- Qo'yvoring - allaqachon yoshlanishga ulgurgan 
ko'zlarim bilan qaradim. 
-- Yaxshi, senga biroz vaqt kerak. - qo'lini iyagimdan 
olishi bilan ko'ksidan itardim va boshqa xonaga 
chiqib kettim.
Ha men tushunishni hohlamayapman. Hudbinlik 
qilayapman. Chunki menda ham rashk degan tuyg'u 
juda kuchli. Uni kim bilandir tushlik qilishi uyoqda 
tursin uzoqdan qaysidir qiz qarashini hohlamayman. 
Men kechira olmayotganim ham aynan shu edi. 
Nima kutayotganimni o'zim ham tushunmayapman. 
Anig'i shuki ichim rashkdan olov bo'lib yonayapti. 
Boshqa xonaga kirishim bilan eshikka suyanib 
qoldim. Bilib turibman bekor bunday muomilada 
bo'ldim. Tushunyapman hamma ayb o'zimda.


Lekin...lekin unda ham ayb bordir. Balki har kuni 
shunday ayol hodimlari bilan tushlik qilar?
Hayolimga kelgan gumondan qo'rqib kettim. Bejizga 
aytishmaganda gumon yomon illat deb.
Gumondan qutilish uchun devanga yotib oldim. Va 
tez fursatta uyquga kettim
Bugun erta tongdan turdim. Nonushta 
tayyorlayotganimda Valid akam chiqib keldilar. 
Salom berdim, quruqqina alik oldilar. Har kungi 
quchib qo'yishlar va peshonamdan mehir bilan o'pib 
qo'yish yo'q. Nonushtani tayyorlab bo'lgach indamay 
stullardan biriga o'tirdim. Kecha kun bo'yi jahldan 
hech nima yemaganim bois qornim surnay chala 
boshladi. Menga qaratilgan nigohlarni 
ko'rmaganlikka olib qahvamni icha boshladim. 
Judayam noqulay sukut. Ikkimizdan ham sado 
chiqmaydi.
Hayollar bilan chalg'ib qolibman. Bir payt 
telefonimga kelgan habardan o'zimga keldim.
Qarshimdan o'tirgan Valid akam allaqachon 
ketibdilar. 
Telefonimdagi habar esa 
"choyingni ich" edi. Albatta Validakamdan. Labimga 
kulgu yugurdi. Aytganlaridek choyimni ichib bo'lib 
ishlarga kirishdim. Bor alamimni ishdan oldim 
desam adashmayman.
Bo'shashim bilan yangi telefonimdan Dilshodaga tel 
qilib kamida bir soat gaplashdik. Undan so'ng 
Shohruxga qildim. 
-- Shohrux? - go'shak ortidan ovozi kelmagach 
uhlayotganini bildim. Uhlay yotgan bo'lsa ham 
go'shakni ko'taradiyaa tovba


-- Shohruxxx - ovozimni biroz balandlattim.
-- Farangiz? - nihoyat uyqu aralash ovoz yangradi.
-- Ha men. Abettan oshdi hali ham uhlayapsanmi?
-- Men kechqurun uhlamadim. Endi bo'shadim va 
hozir uyquni navbati.
-- Nima? Nega uhlamading?
-- Otamni jazosi, qo'yaver. Ho'sh nega telefon 
qilganding. 
-- Nega bo'lardi sendan habar olganida. Mayli uhlab 
dam ol. 
-- Rahmat Farangiz.. soniya o'tmay pishillab 
uhlayotgan ovozi eshitildi. Kulib qo'yib telefonni 
o'chirdim.
Zerikkanimni nima qilishni bilmayapman.
Kunlarim shu tarzda o'tardi. O'sha urushdan so'ng 
Valid akam bilan umuman gaplashmadik. Ikkimiz 
ham bir uyda yashayotgan begonalardek yurardik. 
Oramizga qandaydir masofa aralashgandek edi. Bu 
ketishni ohiri nima bilan tugashini o'ylasam qo'rqib 
ketardim. Nahot shunday yakun topsa?
Balki baxtimga ko'z tekkandir. Yo'q men o'z qo'lim 
bilan yo'q qildim.
Har kuni vijdon azobi qiynaydi. Lekin gapira 
olmayman. Sukut saqlab yurishdan boshqani 
bilmayman. Balki hozirda to'g'ri yo'l shudir.
Balki vaqt izmiga tashlaganim yaxshidir.
Yana bir zerijarli kunlardan birida Valid akam ishdan 
odatdagidan ko'ra vaqtli keldilar. 
-- Farangiz tayyorlan. Bazmga boramiz - anchadan 
buyon endi gapirdilar va shu navbatta men ham.


-- Qanday bazm? - tushunqiramay savol berdim.
-- Ko'p savol bermay tayyorlan. Borganda bilasan. -- 
tezda yurib chiqib kettilar. Hech narsaga tushunmay 
qolib kettim. Bazm bo'lsa bazmda
Shkafim oldida yarim soat turdim. Qaysinisini kiyay 
ekan deb juda ko'p o'ylandim.
-- Nega hali ham turibsan? - ortimdan Valid 
akamni ovozlari yangradi.
-- Ko'ylak tanlay olmayapman.
Valid akam chuqur uh tortib shkafim yoniga keldilar. 
Hali biror martta kiyilmagan uzun hashamdor 
liboslarni birma bir ko'rib nihoyat oppoq va yaltiroq 
libosda to'xtadilar. Libos o'rtacha hashamda. 
Bezaklari ham o'z o'rnida. Judayam chiroyli ekan. Bu 
tanlov menga ham yoqdi. 
Kiyimib bo'lib yelkamdan pastda turadigan 
sochlarimni uchini jingalak qilib oldim. Albatta biroz 
pardoz qilishni ham unutmadim. Aksimga mamnun 
qarab turar ekanman pastdan asabiy ovoz yangradi.
-- Farangiz tushaqol.
Oyog'imda baland poshnali tufli bo'lgani uchun 
zinalardan ohistalik bilan tushdim. Validni tikilishini 
ko'rmaslikka olib mashinaga o'tirdim.
Mashinada ancha yurdik.
So'ng katta bir bezatilgan restoran qarshisida 
to'xtadik. Birinchi Valid akam tushib so'ng men 
tomonni eshigini ochdilar.
Qo'llaridan tutib mashinadan tushdim. 
-- Farangiz qancha ho'mrayging kelsa uyda qil. 
Faqat hozir yolg'ondan bo'lsada kulib turgin -
qo'llarini qo'limdan o'tqizib yaqinroq tortti.


-- Yaxshi - jilmayib ichkariga kirdik. O'tirganlarning 
nigohi tezsa bizga tushdi.
Bu yerdagilarni deyarli hammasi yoshlar. Oldin 
bunday joylarga kelmaganim sabab biroz
hayajonlandim.
-- Qo'limmm - Validni ovozidan tushunqiramay 
qaradim. - nega qo'limni siqasan?
-- Men...hayajonlanayapman 
Valid biroz qarab turib jilmaydi.
-- Qo'rqmaa men yoningdaman - qo'limdan qattiq 
ushladi.
-- Yo'g'ee qizlarni oldiga ketib qolmaysizmi? Qarang 
qanday chiroyli qizlar bor ekan - ichkariga kirar 
ekanmiz stullarda o'turgan qizlarga ishora qildim.
-- Yana boshladingmi? - qo'limdan qattiqroq ushlab 
o'ziga yaqinroq tortti.
-- Qo'lim og'riyapti - atrofga nazar tashlab qo'limni 
tortishga urundim. Tortganim sari qarriqroq ushladi.
-- Aqilli qiz bo'lsang og'rimaydi. - jilmayib qo'ydi.
-- Hush kelibsan Valid -- chamasi qiriq yoshlardagi 
bir kishi bizni kutib oldi.
-- Rahmat Sayfibey. 
Ajoyib bazm ! - hurmat bilan qo'lini uzatib ko'rishdi - 
Bu meni rafiqam Farangiz 
-- Tanishganimdan hursandman. Juda go'zal ekan 
ayoling. Valid go'zallar oilasi bo'libsizda - haligi kishi 
kulib qo'ydi.
-- Sayfibey doim aytaman meni go'zal demang - 
kishining gapidan Validni yaxshigina asabi buzilib 
ketti.


--- Mayli mayli. Asabingni buzma, shunchaki hazil. 
Yoqimli hordiq tilayman. - bizdan uzoqlashib keyingi 
mehmonlarni kutib olishni boshladi.
-- Nega uni yoqtirmaysizmi? - avzoyidan haligi 
kishini yoqtirmasligini bildim.
-- Ha umuman ko'rgani ko'zim yo'q. - nafrat bilan 
gapirdiki hayron qoldim.
-- Nega? 
-- Aytsam yonib ketasan. Qo'y aytmay. - bazor 
jilmayib qaradi.
-- Voy nega ekan aytaqoling - bunday gapidan keyin 
battar qiziqishim oshdi.
-- Chunki meni kuyov qilmoqchi bo'lgan. Sendan 
ikki yosh katta qizi bor. O'sha qizga - hotirjam gapirib 
meni yuzimga termuldi.
Bu gapdan biroz hayratlandim. Jahlim chiqib atrofga 
qarab qo'ydim. Tishimni tishimga bosib bazoor 
jilmaydim
-- Yo'g'ee, shunaqami? - atrofga nazar tashladim - 
balki bugun o'sha qizni ko'rishga kelgandirsizaa?
-- Jinnimisan? - hayrat bilan qaradi.
-- Ha jinniman. Siz bilan shuncha payt yashadim 
endi bildingizmi? - jahlim chiqayotgani sabab biroz 
hazil qilgim keldi.
-- To'ydan oldin jinnimasdingku? - kulib qaradi
Ko'zlarimni katta katta ochib tirsagim bilan beliga 
turttim.


-- Nima bu bilan meni jinni deyapsizmi? - 
qoshlarimni chimirdim.
-- Ay og'ridi. Ahir o'zing aytdinku jinnivoy - 
qo'limdan tortib yoshlar davrasi tomon yura 
boshladi.
-- Unda sog'iga boring - qo'limni tortib olmoqchi 
bo'ldim lekin qattiq ushlagan qo'llar sabab 
ololmadim.
-- To'yimiz bo'layotganida men seni kasal 
chog'ingda ham yoningda bo'laman deb vada 
berganmanku -- mamnum holda qarab qo'ydi 
-- Nimaaaa? - salkam baqirib yuboray dedim. - siz 
hali meni jinniga chiqaryapsizaa?
-- Menmas o'zing aytingku jinniman deb!
-- Aytsam ishonaverasizmi? 
-- Farangiz bo'ldi qil qaysarlikni - davraga 
yaqinlashib qolgach Valid gap talashishni to'xtatib 
jiddiy bo'lib qoldi.
-- Yoooo'q, siz meni jinni dedingiz. Endi gapni olib 
qochmang ..
Valid menga havfsalasiz qaarab qo'limdan yaqinroq 
tortib o'pib qo'ydi. Kiprigim pirpirab ketti , tezda jahl 
bilan ortga bir qadam tashladim.
-- Bezbet nari turing mendan. Shuncha odamni 
oldida qilayotgan ishingizni..
-- Chakagingni yumsang hursand bo'lardim.
Indamay qo'ydim.
Davradagilar bilan tanisam tanimasamda 
ko'rishishniboshladim. Bazilar qiziqsinib tikilar, 
bazilar hayrat bilan


Ularni qiziqib qarashidan noqulay bo'layotgandim.
Lekin suhbatni tinglab turaverdim. 
-- Ho'mrayma - Valid past ovozda qulog'imga 
gapirdi 
-- Nima qilay, hech bir sababsiz kulaymi? - ularni 
suhbati yoqmayotgandi.
-- Ho'mraygandan yaxshiroq 
-- Yaxshi
-- Farangiz yoshingiz nechchida - bir qiz menga 
nigoh tashladi.
-- O'n sakkizda - menga qaratilgan nigohlardan 
biroz noqulay bo'lib javob berdim.
-- Yosh ekansiz, nega vahtlidan Validga turmushga 
chiqdingiz? - yonidagi menga qiziqsinib qarab turgan 
yigit nihoyat tilga kirdi.
O'ylanib qaradim hozir aytmaymanku ,, dadam 
majburlaganlar yosh bo'lishimga qaramay,, deb.
Endi gapirmoqchi edim belimdan o'tgan Validni qo'li 
sabab og'zimni ham ocholmay qoldim 
-- Chunki bir birimizni sevganmiz ! - Valid 
shundaymi degandek menga qarab qo'ydi.
Haligi yigitni savolli nigohiga javob kulimsirab 
qo'ydim
-- Aldoqchi - Valid eshitadigan ovozda pichirladim.
-- Aldamadim - qulog'imga gapirdi.
-- Aldadingizku - atrofdagilarga nazar tashladim 
-- Nega ekan? Sen ham sevasanku -- bezbetlikni 
boshlab menga mamnun qaradi.


-- Hechamdaa -- qo'lini belimdan chiqazishga 
urunib jahl bilan qaradim - qo'lingizni oling.
-- Jim tur, hammani e'tiborini tortayapsan.
-- Axmoq , 
Jim bo'lishdan boshqa ilojim bormi? Albatta yo'q. 
Indamay hammani birma bir kuzatishda davom 
ettim.
Vaqt huddi to'xtab qolgandek tuyila boshladi. 
Ahmoqona suhbat va sohtalar davrasi menga 
umuman yoqmayapti. 
Chamasi yarim soat suhbat bo'ldi. Shu bir soat ichida 
zerikishdan charchab kettim. Hatto zerikish ham 
zeriktirdi meni.
Atrofga qarab Shohrux bilan gaplashib turgan 
Sanjarni ko'rib hayrattan ko'zlarim kattalashib ketti. 
Sanjar bunday bazmlarga kelishi tabiiy lekin 
Shohruxni kelgani, undan ham hayratlanarlisi Sanjar 
bila gaplashib turganiga hayron qoldim. Balki Sanjar 
uddalagandir. Shu fikr hayolimga kelishi bilan 
yuzimga kulgu yugurdi. Nigohimni boshqa yerga 
qaratmoqchi edim menga tikilib turgan haligi savol 
bergan yigitga ko'zim tushdi. Uni qarashidan g'alati
bo'lib boshqa yerga qarab oldim. Lekin u tikilishda 
davom etti. Ko'z qirim bilan Validga qarab qo'ydim. U 
davradagi bir qiz bilan ish masalasida 
suhbatlashardi. Biriz jahlim chiqdi.
-- Men yuvinish xonasiga borib kelaman - suhbat 
bilan band Validni qulog'iga past ovozda gapirdim.
-- Tezroq kel
Indamadim. Tezroq kel emish. Tezroq kelganim 
bilan nima qilaman, ularni suhbatini kuzatamanmi? 


Juddayam zerikarli, albatta tushunmaganim uchun 
shunday.
Yuvinish xonasiga borib ko'zguga qarab sochimni 
biroz to'g'irlab oldim. Ko'rinishimdan ko'nglim 
to'lgach xonadan chiqdim. Chiqishim bilan menga 
tikilib turgan yigitga urilib ketay deb ikki qadam 
ortga yurdim.
-- Kechirarsiz, hayol bilan ko'rmay qolibman - uzur 
so'rab yonidan o'tib ketmoqchi edim yo'limni to'sib
turib oldi. Bu ishidan tushunqiiramay qaradim.
-- Sizgaa taklifim bor - deya mamnun tikildi.
-- Qanday? -- tushunqiramay qaradim.
-- Mana shu jiddiy, jahli tez Validni nimasini yaxshi 
ko'rasiz?
Gapiga tushunmay qoldim. Biroz qarab turib soxta 
bo'lsada kulimsiradim.
-- Men aynan shu hislati bilan yaxshi ko'raman 
desamchi?
-- Siz hali yoshsiz, boz ustiga go'zalsiz, Validdan 
yaxshisiga munosibsiz..
-- O'zingizni Validakamdan ustunman desangiz 
adashasiz - gapidan jahlim chiqib ketti.
-- Nima sizga cho'ridek uy ishlarini qilish, faqat 
uyda o'tirish yoqadimi?
Bu go'zalligingizni uvol qiladiku miss - jilmayib 
qaradi. Shunaqanggi yomon ko'rib kettimki, jahl bilan 
qarab indamay yonidan aylanib o'tmoqchi edim yana 
yo'limni to'sib oldi. 
-- Nima hohlaysiz mendan? -- asabiy qaradim.


-- Har xil davlatlarga sayohat qilishni, dunyo 
kezishni hohlamaysizmi?
-- Hohlayman, faqat o'z turmush o'rtog'im - Valid 
akam bilan. -- bo'ldimi degandek qaradim.
-- Uni nimasini sevasiz? - qoshini ko'tarib qaradi.
-- Men Validakamni qanday bo'lsa shundayligicha 
sevaman - ishonch bilan qaradim. Ichimdagi gapni 
aytgandim va bundan mamnunman.
-- Men ham sizni yoqtirib qoldim. Men bilan keting? 
- surbetlarcha jilmaydi
Ko'zlarim katta katta bo'lib ketti. Endigina yuziga 
urmochi edim bu ishni mendan oldin qilishdi.
Haligi yigitni yuziga to'sattan musht tushdi.
Hayrat va qo'rquv bilan musht egasiga qaradim. 
Himoyachim Valid edi
Yuzi qonga belangan yigitga havotir bilan qaradim. 
Qarshilik qilishga kuchi ham qolmagani chalqancha 
yotganidan ma'lum edi.
Yuvinish xonasi katta kafeni orqa qismida bo'lgani 
uchun hech kim nima bo'layotganini bilmasdi. 
-- Valid akaa, bo'ldi qiling..o'lib qoladiku - qo'rquv 
bilan hali ham urishdan to'xtamayotgan qo'llaridan 
tuttim.
-- O'lsin -- baquvvat va jahl bilan urayotgan qo'llarga 
kuchim yetmasdi.
-- Iltimos to'xtang. - to'xtamagach tezda quchib 
oldim. -- o'ldirib qo'yasizku
-- Menga qaraa, ikkinchi meni rafiqamga
gapirganingni ko'rmay.


Yo'qsa tekin chipta bilan uchirib yuboraman. - jahl 
bilan gapirib memga yuzlandi.
-- Farangiz yur - yerda yuzi qon bir ahvolda yotgan 
yigitga jirkanib nazar tashlab meni qo'limdan 
sudragudek yura boshladi. Kafening orqa eshigidan 
chiqdik 
-- Mashinada ketmaymizmi? - biroz qo'rquv bilan 
qaradim.
-- Yo'q, mashina oldi tomonda, hozir bu ahvolda 
borsak shov - shuv bo'lib ketamiz - qo'limdan qattiq 
ushlab, jahl bilan yura boshladi.
-- Sekinrooq, qo'lim og'riyapti - qo'limni tortib 
olishga urundim 
-- Jim ket. Hozir asabiyman 
-- Asabiy bo'lsangiz meni qo'limni og'ritishingiz 
kerakmi? - nihoyat qo'limni tortib oldim.
-- Farangiz u senga nega bunday gapirdi? - to'xtab 
menga qaradi.
-- Siz qizlar bilan suhbatlashib sezmadingiz? U 
kelganimdan beri menga tikilib turgandi -- jahl bilan 
qarab yurib keta boshladim. Ko'chada bir ikkita 
mashinalardan bo'lak hech kim yo'q edi.
-- Nega menga aytmading? - men tengi yura 
boshladi.
-- Siz anavi sariq sochli qiz bilan ovvora edingizdaa -
- asabiy bilan to'xtab, yuziga qaradim. - siz qizlar 
bilan hohlaganingizcha gaplashasiz, hohlasangiz 
yurasiz, hohlasangiz tushlik qilasiz. Men 
kichkinaman tushunmaymandaa aaa?
Menga birgina do'stlik yuzasidan kitob berganiga 
hatto baqirishgacha bordingiz. Nechchi kun jahl 


qildingiz. Siz atayin menga uylangansiz, bu hali 
kichkina, hech nimani tushunmaydi degansiz. 
Ko'zimga ko'rinmang - yo'llarni bilmasamda tez tez 
qadam bosgancha yurib ketaverdim.
-- Farangiz sen umuman noto'g'ri o'ylayapsan - 
yonimga kelib qo'limdan ushlab, kulib qo'ydi. - sen 
ko'rgan, men bilan tushlik qilayotgan qiz hamkorim 
edi, u oilali. U bilan faqatgina ish yuzasidan 
gaplashdik. Hozirgi qiz esa men uchun hech kim. 
Bularni hammasi bilan ish yuzasidan 
suhbatlashamiz. Boshqa hech nima emas. Bo'lmag'ur 
hayollarni miyangdan chiqar - yuzimdan chimchilab 
kulib qo'ydi.
-- Ishondi desangiz adashasiz - qo'limni qo'vishtirib 
oldim.
-- Nega ishonmayapsan? - tushunaqiramay qaradi.
-- Bilmadim...umuman..ishondim. Sizni...hiyonat 
qilishingizga.....ishonmayman.
Ichimdagi haqiqatni nihoyat tilimga ko'chirdim.
Men chin ko'ngildan bilaman. U sevadi, sevgan odam 
esa hiyonat qilmaydi. Hech kim oshiq odamni yo'ldan 
ura olmaydi. Zeroki uni sevgisi judayam kuchli 
bo'ladi.
Har qanday sinovlarni yengib o'ta oladi. Yonida 
qalbining egasi bo'lsa bas. To'siqlar unga hech narsa 
emas!
Faqat uning qalbidagi ilohiy tuyg'u chin bo'lsa bas!!!
-- Men ham senga ishonaman. Lekin rashkim 
kuchli. Iloji bo'lsayu seni butun umr uyga qamab 
qo'ysam, mendan boshqa hech kim ko'rmasa deyman 
- jilmayib qo'limdan tutti


-- Shundoq ham uydan hech qayerga 
chiqmaymanku - hayron qaradim 
-- Yaxshidaa aqilli qiz bo'lib o'tirasan.
-- Nima siz ishingizdagi qizlar bilan 
gaplashaverasizmi? 
-- Farangizzzz necha bora ayttim. Meni ko'zlarim 
faqat va faqat seni ko'radi. Bu yurak - qo'limni ko'ksi 
ustiga qo'ydi - faqat seni deb uradi. Sensiz urmaydi.
Shuni tushunyapsanmi?
Sen yagonasan! Qalbim malikasisan. Hayot 
mazmunimsan! -- jim jit ko'chani o'rtasida 
bo'lishimizga qaramay qattiq quchoqladi - Seni 
Sevaman!
Ich ichimdan mendan baxtli odam yo'qligini his 
ettim va shirin jilmaydim.
-- Sizni sevaman!
Tamom!
E'tiboringiz uchun rahmat.
Hurmat bilan Venera
🖤
"Hayot mazmunim!"
Bu hikoyam umuman rejamda yo'q edi. 


Tezda rejalashtirilgan hikoya bo'ldi va bu 
hikoyamdan ko'nglim to'q.
Miyyamda doim bir so'z aylanardi ; Ahir Valid ham 
baxtga loyiq ! 
Aynan shu so'z tufayli bu hikoya yozildi. 
Nega bu hikoyada keskin burilishlar va qiyinchiliklar 
bo'lmadi deyishingiz mumkin ; 
Chunki o'yladimki Valid qiyinalib bo'lgandi.
Nega tragediya qilmadim, uni hayotida yaxshigina 
tragediya bo'lib bo'lgandi.
Agar shunday qilganimda bu insofsizlik bo'ladi deb 
o'yladim.
Valid ! - muallif uchun obrazlarni yomoni yo'q, lekin 
bu obraz eng yaxshi ko'rganlarimdan biri edi.
Jiddiy, o'ylab ish qiladigan, mulohazali, rashkchi, 
mehribon... hullas unga ta'riflarim ko'p. 
Muhimi baxtli yakun.
Bu qisqaroq hikoyam sizga yoqqan bo'lsa judayam 
hursandman.
Sana: 04.05.2022.

Download 367,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish