Mualliflar jamoasi


Axborotlarni injener-texnik himoyalash



Download 0,89 Mb.
bet20/47
Sana17.07.2022
Hajmi0,89 Mb.
#812051
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47
Bog'liq
1axborotxavfsizligipdf

2.4. Axborotlarni injener-texnik himoyalash


Injener-texnik himoyaning tasnifi – bu konfedensial ma’lumotlarni himoyalashga qaratilgan maxsus idoralar, texnik vositalar va tadbirlar majmuidir.
Maqsad, vazifa, himoya obyektlari va o‘tkaziladigan tadbirlarning turlichaligi ko‘rinish, yo‘nalganlik va boshqa tavsiflar bo‘yicha vositalarning sinflanish tizimini qarab chiqishni taqozo etadi.
Masalan, himoyaning injener-texnik vositalarini ta’sir qilish obyektlari bo‘yicha qarash mumkin. Shu ma’noda ular insonlarni, moddiy boyliklarni, moliyani, ma’lumotlarni himoyalash uchun qo‘lla nilishi mumkin.
Quyidagi rasmda injener-texnik himoyaning taxminiy sinflanish tuzilishi keltirilgan:

Klassifikatsiya tavsiflarining turlichaligi injener-texnik vositalarni ta’sir obyekti, tadbir tavsifi, amalga oshirish usuli, egallash masshtabi, yovuz niyatlilar vositalarining sinfi bo‘yicha qarash imkonini beradi. Ularga qarshi faoliyatni xavfsizlik xizmati ko‘rsatadi.
Funksional vazifasi bo‘yicha injener-texnik himoya vositalarini guruhlarga ajratish mumkin:

  • fizik vositalar. Ular himoya obyektlariga va konfedensial ma’lumotli moddiy tashuvchilarga yovuz niyatlilarni kirishiga (yoki foydalanishiga) to‘sqinlik qiladigan turli vosita va inshoatlardan tashkil topadi va xodimlarga, moddiy boyliklarga, moliya hamda axborotlarga noqonuniy ta’sir qilishdan himoyalashni amalga oshiradi;

  • apparat vositalari. Bunga axborotlarni himoya qilish uchun ishlatiladigan asboblar, jihozlar, uskunalar va boshqa texnik vositalar kiradi. Tashkilotlarning ish faoliyatida juda ko‘p qurilmalar, telefon apparatlaridan tortib avtomatlashtirilgan tizimlargacha ishlatiladi. Apparat vositalarining asosiy vazifasi – ishlab chiqarish faoliyatidagi texnik vositalar orqali ma’lumotlarning oshkora bo‘lishi, chiqib ketishi va ularga ruxsatsiz kirishdan qat’iy himoya qilishdir;

  • dasturiy vositalar. Ular maxsus dasturlardan, dasturiy komplekslardan va turli maqsadlarga yo‘naltirilgan axborot tizimlaridagi va ma’lumotlarni qayta ishlash vositalaridagi himoya tizimlaridan iborat;

  • kriptografik vositalar – bu ma’lumotlarni himoyalashning maxsus matematik va algoritmik vositalaridir. Ma’lumotlar tizim va aloqa tarmog‘i orqali uzatilishida, kompyuterda saqlanishida va qayta ishlanishida turli shifrlash usullardan foydalaniladi.

Himoyaning apparat vositalari va usullari keng tarqalgan. Biroq, ular yetarlicha o‘zgaruvchanlikka ega bo‘lmaganligi sababli himoyalangan ishlash prinsiplarining oshkora bo‘lishi ulardan ko‘pincha kelajakda foydalanishni yo‘qqa chiqaradi.
Himoyaning dasturiy vositalari va usullari ishonchli bo‘lib, ularning kafolatli ishlatilishi apparat vositalarga nisbatan ancha keng.
Kriptografik usul muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ma’lumotlar himoyasini uzoq vaqtga saqlashni ta’minlaydigan vosita hisoblanadi.
Ma’lumotlarni himoyalash vositalarining bunday taqsimlash shartli hisoblanib, amaliyotda ular ko‘pincha: bir-birini to‘ldiradi, kompleks (ma’lumotlarni berkitish algoritmlaridan keng foydalanuvchi apparatdasturiy modul) shaklda namoyon bo‘ladi.
Himoya tizimini ishlab chiqish bosqichlari.
Birinchi bosqichda (himoya obyektini tahlili) nimani himoya qilish aniqlanadi: himoyalash kerak bo‘lgan ma’lumotni aniqlash; himoyalanadigan ma’lumotning muhim elementlarni ajratish; himoyalanadigan ma’lumot muhim elementining yashash muddatini aniqlash (raqobatchi tomonidan qo‘lga kiritilgan ma’lumotni ochish uchun vaqt); himoyalanayotgan ma’lumotlarni tavsifini aks ettiruvchi kalit elementlarni (indikatorlarni) aniqlash; korxonaning faoliyat zonasi (ishlab chiqarish – texnologik jarayonlari, ishlab chiqarishning moddiy-texnik ta’minoti tizimi, boshqaruv bo‘linmalari) bo‘yicha indikatorlarini klassifikatsiyalash.
Ikkinchi bosqich xavfni aniqlashdan iborat: himoyalanadigan ma’lumot bilan kim qiziqishi mumkinligi aniqlanadi; raqobatdoshlarning ma’lumotni olish uchun foydalanadigan usullari baholanadi; ma’lumot chiqishi mumkin bo‘lgan kanallar aniqlanadi; raqobatdosh yoki ixtiyoriy buzg‘unchilarning harakatini chegaralash bo‘yicha tadbirlar tizimi ishlab chiqiladi.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish