Mudarija Kirish Koronavirus pandemiyasi davrida aholini va tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning maqsadi va asosi Global inqirozning mamlakatlar iqtisodiyotiga va aholi daromadlariga salbiy ta’siri Xulosa Adabiyotlar ro’yxati


Koronavirus pandemiyasining global iqtisodiyotga va O‘zbekistonning iqtisodiy hamkor mamlakatlariga salbiy ta’siri



Download 38,79 Kb.
bet2/3
Sana26.04.2022
Hajmi38,79 Kb.
#582388
1   2   3
Bog'liq
коронавирус пандемия

Koronavirus pandemiyasining global iqtisodiyotga va O‘zbekistonning iqtisodiy hamkor mamlakatlariga salbiy ta’siri


Global inqirozning respublikamiz ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sirlarini yumshatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz xolatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora - tadbirlar to‘g‘risida” va “Kornovirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab – quvvatlashga doir qo‘shimcha chora - tadbirlar to‘g‘risida” gi farmonlari qabul qilindi va amaliyotda joriy etilmoqda.
Farmonda ko‘rsatib o‘tilgandek jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda respublikamizda insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini to‘xtatish orqali misli ko‘rilmagan choralar ko‘rilmoqda. Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur omillar ta’sir qilmoqda, bu esa o‘z navbatida ushbu holatning salbiy ta’sirlarini yumshatish bo‘yicha samarali oldini oluvchi choralar ko‘rishni talab qiladi.
Bunda turizm, transport, farmatsevtika va to‘qimachilik sanoati kabi respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo‘llab -quvvatlash va ularning barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur.
Globallashuv va integratsiyadan, ikki va undan ko‘p tomonlama iqtisodiy aloqalardan inqirozgacha ko‘p naf ko‘rgan mamlakatlar koronavirus pandemiyasidan juda ko‘p zarar ko‘rmoqda. Ular koronavirusga chalinganlarning soni jihatidan dunyoda peshqadam bo‘lmoqda.
Inqiroz davom etayotgan davrida milliy iqtisodiyotning birinchi galdagi vazifalari bozor ishonchini tiklash, nobozor sektorini, birinchi navbatda renta munosabatlari ta’sir hududini qisqartirish va raqobatchilikni rivojlantirishdan iborat. Milliy iqtisodiyotni energiya-xom ashyo yo‘lidan innovatsion yo‘nalishga o‘tkazish samaradorligi aholining turli ijtimoiy guruhlari, hokimiyat va biznes o‘rtasidagi aloqalarning ishonch darajasi bilan belgilanadi.
Shuningdek, korxonalarning raqobatbardoshligi va ularning iqtisodiy holatiga koronavirus pandemiyasining ta’sirini yumshatish maqsadida ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, mahsulot tannarxini arzonlashtirish, transaksion sarflarni tejash chora - tadbirlari tavsiya etilgan.
Moliyaviy nochor korxonalarga imtiyozli kredit berish, bankdan olgan kreditlarini so‘ndirishga imtiyoz yaratish, mahsulotlarning energiya va boshqa xom ashyo sig‘imini pasaytirishni rag‘batlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarini lokalizatsiya dasturlariga kiritish, ularning mahsulotiga bo‘lgan ichki talabni oshirish tadbirlari belgilangan. Ishlab chiqarishni yangi mahsulotlar va faoliyatlar bilan kengaytirish hisobiga diversifikatsiyalashni amalga oshirish, mahsulotlar va xizmatlar assortimenti va sifatini oshirish, ulardagi qo‘shimcha qiymat sig‘imini oshirish, sotish kanallari va bozorlarini kengaytirish, bandlikni, o‘z – o‘zining bandligini ta’minlash chora –tadbirlari keng joriy etilmoqda.
Bu holatlar kelgusida mamlakatimiz tez fursatda inqiroz ta’siridan chiqgan inqirozgacha bo‘lgan holatni tiklab barqaror rivojlanish trayektoriyasiga o‘tishiga xizmat qiladi. Shu xususida yana bir olimlar o‘rtasidagi inqirozdan keyingi rivojlanish ssenariyalari munozarali bo‘lib turibdi.
Ayrim olim va mutaxassislar kelgusida iqtisodiyotlarning rivojlanishi to‘g‘risida lotincha L- shaklida ( L- shape), U- shaklida ( U –shape) yoki V –shaklida (V-shape) bo‘lishini prognoz qilishmoqda. Ushbu harflarning ko‘rinishi yalpi taklif egri chizig‘ining shaklini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda milliy iqtisodiyotlar va jahon iqtisodiyoti oldingi shakliga kirib rivojlanish bosqichiga o‘tadi deganidir.
O‘zbekiston iqtisodiyoti 5 yoki 6 oyda iqtisodiy yo‘qotishlarni qoplab bu yilgi YaIM ning o‘sish sur’ati 1,2 – 1,5 foiz atrofida va keyingi yili 7,0 - 7,2 foizga ko‘tariladi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegaralari o‘tish punktlarida, xalqaro aeroport hamda vokzallardan O‘zbekistonga “sariq” va “qizil” davlatlardan turoperator yoki turagent xizmatlaridan foydalanmagan holda mustaqil tashrif buyurayotgan turistlar umumiy tartibda kirib kelishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasiga kirish vaqtida turist tomonidan koronavirus infeksiyasining mavjud alomatlari tufayli topshirilgan test natijalari musbat chiqqanda o‘z mamlakatiga qaytib ketish masalasi shu kundagi muayyan aviakompaniya yoki boshqa transport kompaniyalarining yo‘lovchilarni tashish to'g'risidagi tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Koronavirus pandemiyasi davrida tadbirkorlarga Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Jamg‘arma tomonidan ilgari olingan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarini to‘lab berish, soliq, kredit to‘lovlari va imtiyozlar bo‘yicha ma’lumot berildi, Boshqacha qilib aytganda bu iqtisodiyotlarga tiklanishi va rivojlanishi uchun ko‘proq vaqt (bir va bir yarim yil) talab etiladi.
Respublikamiz uchun koronavirus pandemiyasi ta’siridagi iqtisodiy yo‘qotishlarni qoplash uchun bizningcha bu yil 5 yoki 6 oy talab etiladi va joriy yilda iqtisodiy o‘sish pasayib 1,2 – 1,4 foiz atrofida bo‘lishi va keyingi yili esa qabul qilingan Inqirozga qarshi chora tadbirlarning mahsuli sifatida o‘sish sur’ati 7,0 atrofida va undan yuqori bo‘ladi.
Vaziyatning keskin o‘zgaruvchan bo‘lishini inobatga olib bugungi kunda kutilayotgan makroiqtisodiy vaziyat bo‘yicha nisbatan aniq prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish murakkab bo‘lib qolmoqda.

2. Bizning tahlillarimiz shundan dalolat beradiki rivojlanayotgan kichik mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston iqtisodiyoti 5 yoki 6 oyda iqtisodiy yo‘qotishlarni qoplab bu yilgi YaIM ning o‘sish sur’ati 1,2 – 1,5 foiz atrofida va keyingi yili 7,0 - 7,2 foizga ko‘tariladi, deydi professor Tursin Shodiyev.


2019 yil oxirida Xitoy Xalq Respublikasining Uxan shahrida paydo bo‘lgan koronovirus pandemiyasining jahon miqyosida keng tarqalishi natijasida global inqiroz vujudga keldi. Bu jahon inqirozlaridan turli jihatlari bilan farq qiladigan bo‘lib, uning iqtisodiyotga salbiy ta’siri juda kuchli bo‘lmoqda. Iqtisodiy tilda aytadigan bo‘lsak, bu pandemiya yalpi talab (AD) va yalpi taklifga (AS), makroiqtisodiy barqarorlikka tashqi “zarba” (external shock) bo‘lib oldingi iqtisodiy inqirozlardan ko‘lami va zarari jihatidan katta farq qiladi.
Bu inqiroz dunyoning 185 mamlakatida birdaniga ro‘y berdi. Yalpi taklif va yalpi talabga bir vaqtning o‘zida ta’sirini ko‘rsatdi. Rivojlanib kelayotgan ochiq global iqtisodiyot va milliy iqtisodiyotlarni bir necha oyga yopiq shaklga aylantirdi. Koronovirus pandemiyasining jahon va mintaqaviy iqtisodiyotlarga salbiy ta’sirini aniqlash va uni yumshatish bo‘yicha jahon iqtisodiy adabiyotlarida kam tajriba to‘plangan va mavzu tizimli tadqiq etilmagan. Ushbu maqolaning maqsadi koronovirus pandemiyasining jahon va mintaqaviy malakatlarga tarqalish oqibatlarini aniqlash bo‘yicha qisman o‘rganish va respublikamizda uning oqibatlarini yumshatishga qaratilgan chora – tadbirlarning samaradorligini prognoz qilishga qaratildi.
O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan jiddiy iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Ayollar va erkaklar orasidagi tenglik pandemiya tugaganidan keyin iqtisodiyotni tezlik bilan tiklash hamda kuchli va farovon jamiyat qurish uchun asosiy omildir.
O‘zbekiston mamlakatdagi 17 milliondan ortiq xotin-qizlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishdi. Shu bilan birga, ularning huquqlari va manfaatlarini ta'minlash uchun tegishli davlat siyosati doirasida qo‘shimcha chora-tadbirlar zarur. Shuni ham yodda tutish kerakki, COVID-19 pandemiyasi ayollarning salomatligi, xavfsizligi va iqtisodiy farovonligi uchun qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqardi.
2020-yil boshida COVID-19 faqatgina sog‘liqni saqlash sohasi uchun favqulodda holat bo‘lib qolmasligi aniq bo‘ldi. Virus juda tez vaqt ichida dunyo iqtisodiyoti va aholisiga misli ko‘rilmagan zarar yetkazdi. Pandemiyaning dastlabki bosqichlaridayoq, bu inqiroz erkaklar va ayollarga turli xil hamda nomutanosib ta'sir ko‘rsatishi bo‘yicha xavotirlar bildirilgan.
Vaziyatni real vaqtda kuzatib borish va tahlil qilish inqirozning gender jihatlari bo‘yicha muhim ma'lumotlarni to‘plashga va turli mamlakatlar hukumatlari tomonidan pandemiya oqibatlarini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish uchun tegishli tavsiyalar ishlab chiqishga yordam beradi.
2018-yildan buyon «Taraqqiyot strategiyasi» markazi va Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan Jahon banki ko‘magida amalga oshirilayotgan «O‘zbekiston fuqarolarini tinglash» (O‘FT) loyihasi har oy barcha hududlardagi jami 4000 uy xo‘jaliklaridan bo‘lgan respondentlarning fikrlari va farovonligini tahlil qilish uchun so‘rovnomalar o‘tkazadi. 2020-yil mart oyida mamlakat miqyosidagi birinchi karantin choralari kiritilganidan keyin, so‘rovnoma pandemiyaning fuqarolar va mahallalar salomatligi hamda ijtimoiy-iqtisodiy holatiga ta'sirini monitoring qilish uchun ham ishlatila boshlandi. Inqiroz boshlanganidan buyon 18,000dan ortiq so‘rovnomalar o‘tkazildi, ularning natijalari quyida keltirilgan.
O‘FT tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi tengsizlikning mavjudligi xotin-qizlarni COVID-19 pandemiyasi kabi iqtisodiy ta'sirlar oldida ko‘proq himoyasiz qilib qo‘yadi. Mehnat faoliyati, chet eldan pul o‘tkazmalari va boshqa manbalardan keladigan daromadning yo‘qotilishi, uy yumushlaridagi yukning ortishi va oiladagi zo‘ravonlik holatlarining ko‘payishi — bularning barchasi mamlakatning shahar va qishloq joylarida kam ta'minlangan oilalar ayollarining yashash sharoitlari va salomatligiga putur yetkazdi.
O‘zbekistonda gender tengsizligi muammosi, ayniqsa, bandlik sohasida seziladi. Ayollarning to‘lanadigan ish faoliyatida bandligi erkaklarga qaraganda ancha kam. O‘rtacha olib qaraganda, 2018-yil oktyabridan 2020-yil dekabriga qadar O‘FT so‘rovnomalaridan oldingi bir hafta davomida ayollarning atigi 19 foizi faol ishlagan. Taqqoslash uchun, erkaklarda bu ko‘rsatkich 44% ga yetgan. To‘liq ishlaydigan ayollarning ulushi shaharlarda 34% ni, qishloqlarda 28% ni tashkil etdi.
Erkaklar orasida, o‘rtacha, ta'lim darajasining yuqorilab borishi bilan ularning mehnat bozorida ishtirokida ham barqaror o‘sish kuzatiladi. Biroq, ayollarning ishlari iqtisodiy foyda keltirishni boshlashi uchun ular oldin oliy ma'lumot olishlari kerak. Masalan, o‘rta maktabni bitirish erkaklar uchun ish bilan ta'minlanish ehtimolini 15 foizga oshiradi, ammo ayollarning ish bilan ta'minlanish istiqbollariga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi.
Oilaviy ahvol va bolani parvarish qilish bo‘yicha majburiyatlar ham ayollarning ish bilan ta'minlanishiga ta'sir qiladi. Turmush qurgan ayollarning ish topish ehtimoli turmush qurmagan ayollarga qaraganda ancha past. Ish bilan bandlik darajasi mos ravishda turmush qurmagan ayollarda 52%ni, turmush qurganlarda esa 36% ni tashkil qiladi.
O‘FTning 2020-yil o‘tkazilgan raundlaridan birida «nega ish izlamayapsizlar», degan savolga ayollarning 43 foizi buning sababi «uy xo‘jaligini yuritish» deb javob berishgan. Va faqat 7% erkaklar bu sababni keltirdilar.
COVID-19 pandemiyasi ayollar bandligi yuqori bo‘lgan tarmoqlarga salbiy ta'sir ko‘rsatdi. Ular asosan inqiroz sezilarli ta'sir ko‘rsatgan iqtisodiyotning norasmiy sektorida, mavsumiy va yarim kunlik ishlarda mehnat qilishadi. Ayollar oziq-ovqat va mehmondo‘stlik sanoatida (52%), chakana savdo (51%), shuningdek, san'at, ko‘ngilochar va dam olish (45%) sohalarida keng ishtirok etadilar. Pandemiya boshlanganidan buyon ushbu sohalarda ish joylarining qisqartirilishi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi.
Shunday qilib, O‘zbekistondagi eng katta vakansiya resursi bo‘lgan Olx.uz ma'lumotlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, aprel oyida bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha yangi e'lonlar kamayganidan so‘ng, ularning soni 2020-yil oxiriga kelib avvalgi darajaga qaytmadi. Apreldan dekabrgacha bo‘lgan davrda bo‘sh ish o‘rinlari hajmi o‘tgan yilga nisbatan eng kam pasaygan tarmoqlar quyidagilar: turizm (-51%); go'zallik, fitness va sport (-43%); kotibiyat va ma'muriyat-xo‘jalik faoliyati (-36%); madaniyat va san'at (-30%); barlarda va restoranlarda ishlash (-17%). Ushbu sohalar an'anaviy ravishda ayollar uchun ish o‘rinlari yaratadi.
Pandemiya davrida ish joylarini yo‘qotish va chet eldan pul o‘tkazmalaridan tushadigan daromadlarning kamayishi ayollar va erkaklar boshchiligidagi uy xo‘jaliklarida bir xil darajada kuzatildi. Ammo, katta ehtimol bilan, ushbu inqiroz, o‘rtacha olganda iqtisodiy farovonligini qo‘llab-quvvatlash manbalari kam bo‘lgan ayollar boshchiligidagi oilalarga katta zarar yetkazdi. Pandemiyadan oldin ham, ayollar boshchiligidagi oilalarning o‘rtacha oylik daromadi erkaklar boshchiligidagi oilalarga qaraganda 17% kam edi.
Ayollar boshchiligidagi uy xo‘jaliklari rejalashtirilmagan xarajatlar qila olishining ehtimoli kam, ko‘proq hollarda asosiy ehtiyojlarini (oziq-ovqat, transport xarajatlari, dori-darmon va hokazolarni) qoplash uchun qarz olishadi va kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘lay olmaydilar. 2020-yil dekabr oyida ayollar boshchiligidagi oilalarning 42 foizi 100 ming so‘m miqdoridagi kutilmagan xarajatlarni qoplay olmasligini bildirishgan. Shunday javob bergan erkaklar boshchiligidagi uy xo‘jaliklarining ulushi 25% ni tashkil etdi.
Pandemiya boshlanishidan oldin, ayollar boshchiligidagi oilalar muntazam ravishda tez-tez oziq-ovqat tanqisligi bo‘lib turishi haqida xabar berishgan. 2020-yil aprel va dekabr oylari orasida bu tafovut yanada oshdi. Masalan, ayollar boshchiligidagi uy xo‘jaliklarining 17 foizi oziq-ovqat tanqisligi haqida xabar berishdi, erkaklar boshchiligidagi oilalarning esa 10 foizi bundan shikoyat qilishgan.
2020-yilda, shuningdek, O‘zbekistonda oiladagi zo‘ravonlik holatlari ko‘paygan. Pandemiya tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklar bilan bir qatorda, ayollar va qizlarga nisbatan jismoniy, psixologik, iqtisodiy va jinsiy zo‘ravonlik holatlari ham ko‘paygan.
Mamlakatdagi ushbu turdagi huquqbuzarliklar bo‘yicha rasmiy statistik ma'lumotlar hali ham mavjud emas. Biroq, Ichki ishlar vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, 2020-yil yanvar-dekabr oylari orasida genderga asoslangan zo‘ravonlik qurbonlarining xavfsizligi va manfaatlarini ta'minlash uchun 14,800ga yaqin himoya orderi berilgan. Ayollar o‘z oilalarida zo‘ravonlikka ko‘proq duch kelishadi. 2020-yilda 13230 holatning 82%da zo‘ravonlik qilganlar ularning erlari bo‘lgan.
Iqtisodiy va oilaviy muammolar ayollar salomatligining yomonlashishiga olib keldi. 2020-yil iyuldan dekabrgacha respondent-ayollarning 47% o‘zlarining ruhiy salomatligini «qoniqarli» yoki «yomon» («yaxshi», «juda yaxshi» yoki «a'lo» dan farqli o‘laroq) deb baholadilar. Bunday javoblar avgust oyida eng ko‘p uchradi, o‘shanda ayollarning 55% o‘zlarining ruhiy holatini «qoniqarli» yoki «yomon» deb ta'riflash mumkinligini aytishgan.
O‘zbekiston aholisining yarmi yoki 17 milliondan ortig‘i ayollar va qizlardir. Ushbu ko‘rsatkichni Gollandiya yoki Ekvador kabi mamlakatlar aholisi bilan taqqoslash mumkin. Ayollar pandemiyadan keyin mamlakat iqtisodiyotini tiklashga ulkan hissa qo‘shishi mumkin. Buning uchun xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etishidagi mavjud to‘siqlarni olib tashlash kerak.
Ushbu maqsadga erishish uchun O‘zbekiston hukumati izchil siyosat olib bormoqda. Shu maqsadda, fevral oyida ayollar o‘rtasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha bir qator qo‘shimcha chora-tadbirlar e'lon qilindi. Bularga ayollar o‘rtasida bandlik va tadbirkorlikni oshirish, ijtimoiy yordam va sog‘liqni saqlash, kasb-hunarga qayta tayyorlash va oliy ma'lumot olish imkoniyatlarini kengaytirish, uy-joy sharoitlarini va ularning farzandlariga maktabgacha ta'lim sohasida xizmat ko‘rsatishni yaxshilash kabi rejalar kiradi.
Sanab o‘tilgan chora-tadbirlar umid bag‘ishlaydi, ammo ularning muvaffaqiyati tamomila ayollarning huquqlari va manfaatlari yo‘lidagi to‘siqlarni samarali bartaraf etishga qaratilgan hukumat va hududlardagi hokimiyatlar darajasidagi tizimli ishlarga bog‘liq bo‘ladi.
Bunday ishlarga, shu jumladan, ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari va loyihalari, tanlov mezonlari, ularda ishtirok etish imkoniyatlari va boshqalar to‘g‘risida ma'lumot berish bo‘yicha keng kampaniya kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston 1991-yilda mustaqillikka erishganidan beri eng og‘ir iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Ayollar va erkaklar orasidagi tenglik pandemiya tugaganidan keyin iqtisodiyotni tezlik bilan tiklash hamda kuchli va farovon jamiyat qurish uchun asosiy omil sifatida qaralishi kerak. Mamlakatning barcha fuqarolari uchun, ularning jinsidan qat'i nazar, teng sharoit va imkoniyatlar yaratish zarur.






Xulosa

Mazkur ko‘riladigan choralar, tashqi global iqtisodiy oqibatlarni O‘zbekistonga ta’sirini kamaytirish, iqtisodiy vaziyatni muvozanatlashtirish uchun xizmat qiladi.


Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, ko‘pgina davlatlarning markaziy banklari asosiy foiz stavkalarini tushirishi moliyaviy sektorda emas, balki iqtisodiyotning real sektorida investitsion jozibadorlikni oshirishga qaratilgan. Agar 2008 yildagi tajribadan kelib chiqsak, o‘sha paytdagi ushbu vaziyat kapital oqimning rivojlangan davlatlardan rivojlanayotgan davlatlarga (Xitoyga) qarab harakatlanganligi kuzatilgan. Shu sababdan, O‘zbekistonning ayni paytdagi vaziyatdan foydalanib qolish imkoniyati mavjudligini inobatga olib, qulay investitsion muhitni yaratishga katta e’tibor qaratish, investitsion jozibadorlikni oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 38,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish