Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar universiteti



Download 19,58 Kb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi19,58 Kb.
#201551
  1   2   3
Bog'liq
Nozimjon(1)(1) (1)


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI

710-20 guruh talabasi Saydirasulov Nozimjon

Tekshirdi Alimova Shaxnoza

HSM-007



Davlat cherkov identifikatsion

separatsion

Koperatsion neytralitet

Davlat-diniy tashkilot modeli – identifikatsion model. Bunday modelni biz, misol uchun, Daniya, Angliya, Gretsiya, SHvetsiya, Finlyandiya, Norvegiyada (ya’ni Evropa ittifoqining deyarli uchdan bir qismida), Saudiya Arabistoni, Bruney qirolligi, Qatar, Eron islom respublikasida kuzatishimiz mumkin. Identifikatsion model muayyan tarixiy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda, Evropaning ayrim mamlakatlarida davlat dinini rasmiy belgilash prinsipiga amal qiladi. Jumladan, hozirgi kunda anglikan cherkovi (rasmiy nomlanishi – Angliya cherkovi) davlat maqomiga egadir. Qirolikdagi diniy tashkilotlarning o‘rni-mavqei bir qator parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar hamda davlat va diniy tashkilot o‘rtasidagi kelishuv-bitimlari bilan belgilanadi. SHunday hujjatlardan eng muhimi – 1534 yili qabul qilingan «Suprematiya (ustuvorlik) to‘g‘risidagi akt»dir. Unga binoan qirol anglikan cherkov rahbari hisoblanadi (1952 yildang buyon qirolicha). Monarx hukumat tavsiyasiga binoan episkoplarni tayinlaydi. Bunday episkoplarning aksariyat qismi lordlar palatasining a’zolaridir.

Separatsion, ya’ni davlat dindan ajratilganligiga asoslangan model. Davlat bilan din o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning bu turiga AQSH, Fransiya, Niderlandiya, Turkiya, MDH davlatlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi kabi davlatlarni misol sifatida keltirish mumkin.

Separatsion model vakillaridan bo‘lgan AQSHda davlat va dinning bir-biri ishlariga ikki tomonlama aralashmaslik, diniy jamoalarning erkinligi, diniy konfessiyalar o‘rtasida davlatning betaraf ekanini nazarda tutuvchi diniy tashkilotning davlatdan qat’iy ajratilishi tamoyili keng yoyilgan.

Diniy tashkilotning davlatdan ajratilishi prinsipi boshqa shaklda ham namoyon bo‘lishi mumkin. Evropada bunday tizim diniy tashkilotga qarshi kurash jarayonlari natijasi sifatida shakllandi. XIX asr davomida Fransiyada davlat-din munosabatlari hamkorlikdan butunlay uzilishga qadar o‘zgarib, 1905 yildan cherkov davlatdan rasmiy ravishda ajratiladi. SHunga bog‘liq ravishda 1905 yili Fransiyada qabul qilingan qonun quyidagilarni tan oladi:


Kooperatsion – neytralitet modeli. Germaniya, Ispaniya, Italiya, Belgiya, Lyuksemburg, Avstriya kabi mamlakatlarida o‘z aksini topgan. Kooperatsion, ya’ni neytralitet modeliga Germaniya federativ respublikasini misol tariqasida keltirish mumkin. GFR da davlat bilan diniy tashkilot o‘rtasidagi munosabatlarda davlat hokimiyatining ustuvorligi e’tirof etilgan, davlat-diniy tashkilot huquqi vujudga keldi.

Veymar Konstitutsiyasi davridan boshlab Germaniyada davlat-cherkov munosabatlari sekulyarlik tamoyiliga asoslanadi. SHuningdek, davlat hokimiyati bilan diniy tashkilot muunosabatlarida muayyan masofa saqlanadi. Hozirgi kunda bunday masofani «neytralitet» termini bilan atash odat bo‘lgan. Hozirgi kunda davlat-cherkov munosabatlari GFR Asosiy qonunining 140-moddasi asosida tartibga solinadi. O‘z navbatida konstitutsiyaning mazkur moddasi 1919 yilgi Veymar Konstitutsiyasining 136-139, 141- moddalaridan tashkil topgan. Mazkur qoidalarga binoan GFR da davlat biror dinga rasmiy davlat dini maqomini bermaydi.



2-toshiriq Dinning jamiyatdgii funksylarini jadval asosida toldiring

Dunyoqarashning shakllantirish funksyasi.

Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi dinda inson, jamiyat, tabiatga nisbatan aniq bir qarashlarning turlari mavjudligi tufayli amalga oshiriladi. Din hayotni (mavjudotni) ma'lum nuqtai nazardan tushunish (dunyoni to‘la va undagi ayrim hodisa va jarayonlarni alohida tushuntirish), dunyoni kuzatish (his qilish va idrok etish orqali dunyoni aks ettirish), dunyoni his qilish (hissiy qabul qilish yoki rad etish), dunyoviy munosabat (baho berish) va hokazolarni o‘z ichiga oladi. Diniy dunyoqarash Yaratganga nisbatan eng oliy tuyg‘u va mezonlarni belgilaydi. Bunda mavjud borliqqa tushuncha berish dinga ishonganlar uchun turli cheklashlar doirasidan chiqish imkonini beradi, yorqin kelajak, huzur-halovatga erishish uchun umid, azob-uqubat, baxtsizlik, yolg‘izlik, tushkunlikdan ozod bo‘lishni qo‘llab­-quvvatlaydi.

Kompensator funksya

Kompensator funksiya ham odamlarning ongini qayta shakllanishini, ham turmushning ob'ektiv shart-sharoitlarini o‘zgartirishdagi cheklanish, qaram bo‘lish va ojizlikni to‘ldiradi. Ruhiy erkinlik orqali real jabr-zulm bartaraf etiladi; ijtimoiy guruhlar gunohga botish va azob chekish borasida teng huquqlik bo‘ladi; diniy tashkilotlar tomonidan beriladigan xayr-ehsonlar, mehr-shafqat, tarbiya, daromadlarni qayta taqsimlash mazlumlarning musibatini yengillashtiradi va h.z. Umuman olganda, ruhiy zarbalarni bartaraf etish, tasalli berish, katarsis va ma'naviy ozuqa olish kabi kompensatsiyaning psixologik aspektlari muhim ahamiyatga egadir.

Kommunikativ funksya

Kommunikativ funksiya muloqotni ta'minlaydi. U ham diniy, ham diniy bo‘lmagan faoliyat va munosabatlarda vujudga keladi, axborot almashish, o‘zaro ta'sir ko‘rsatish, insonni inson tomonidan idrok etish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Diniy ong ikki xil muloqotni belgilaydi: dindorlarning o‘zaro bir-birlari bilan muloqoti va dindorlarning ibodat, namoz, meditatsiya, maxfiy qarashlar paytidagi mediator va vositachilari tomonidan gipostazir jonzotlar (xudo, farishta, o‘lganlarning ruhi, avliyolar va b.) bilan muloqoti.

Regulyativ

Regulyativ funksiya ma'lum bir g‘oyalar, qadriyatlar, yo‘l-yo‘riqlar, stereotip qoliplar, fikrlar, an'analar, rusumlar, institutlar orqali individ, guruh va jamoalarning faoliyati, munosabatlari, ongi va axloqini boshqarishdan iborat. Ayniqsa, me'yorlar tizimi (diniy huquq, axloq va h.z.), namunalar (taqlid uchun ko‘psonli misollar), nazorat (qoidalar bajarilishini kuzatish), rag‘batlantirish va jazo berish (haqiqiy va o‘limdan keyin taqdirlanishiga va'da berish) muhim ahamiyatga ega.

Integratsion-dezintegratsion funksya

Integratsion-dezintegratsion funksiyasi individ, guruh va institutlarni bir tomondan birlashtiradi, boshqa tomondan ularni ajratadi. Integratsiya shaxslar, ayrim ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun jamiyatdagi barqarorlik va chidamlilikni saqlasa, dezintegratsiya uni zaiflashishiga olib keladi. Integratsion funksiya ma'lum bir ma'noda yagona diniy e'tiqod mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi. Agar shaxslarning diniy ongi va xulq-atvorida bir-biriga muvofiq bo‘lmagan g‘oyalar, ijtimoiy guruh va jamiyatda bir-biriga qarama-qarshi konfessiyalar paydo bo‘lsa, dinning funksiyasi dezintegratsion bo‘ladi.

Madanyatni targibqilish funksyasi

Madaniyatni targ‘ib qilish funksiyasi oldin madaniyatning ma'lum bir qatlamlari - yozuv, kitob bosish, san'atning umuman rivojlanishiga yordam bergan bo‘lsa, hozirda ba'zi madaniy fenomenlarni rag‘batlantirib, ba'zilarini inkor etgan holda diniy madaniy qadriyatlarni saqlash va ko‘paytirish, ilmiy-ma'naviy merosni nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi.

Legitimirallashtirish-legitimirlarni olib talash funksyasi

Legitimirallashtirish-legitimiralni olib tashlash funksiyasi ba'zi jamoat tartiblari, institutlar, munosabatlar, me'yorlar, namunalarni majburiyat sifatida qonuniy qilish yoki ularning ba'zilarini qonundan chiqarish vazifalarini amalga oshiradi. Din ma'lum huquqiy talab va majburiyatlarni ilgari suradi va uning asosida ba'zi ko‘rinishlarga, ularga ma'lum munosabatni shakllantirgan holda baho beradi. Bunda majburiy va e'tiroz qilib bo‘lmaydigan xarakter muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 19,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish