Muhammad Al Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti



Download 24,17 Kb.
Sana15.01.2022
Hajmi24,17 Kb.
#367400
Bog'liq
O'zbekiston tarixi


Muhammad Al Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti

Dasturiy injenering fakulteti 312-21-guruh talabasi Bo’riyev Husanning O’zbekiston tarixi fanidan yozgan mustaqil ishi

Bajardi: Bo’riyev Husan

Tekshirdi: G.Ibadullayeva

Mirzo Ulug’bek davlat arbobi va ilm fanga qo’shgan hissasi

Reja:

I.Kirish


II. Asosiy

1.Mirzo Ulug’bek haqida.

2.Mirzo Ulug’bekning bunyodkorlik ishlari.

3.Mirzo Ulug’bekning ilm fanga qo’shgan hissasi.

III.Xulosa

Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay) 1394 yil 22 mart kuni hozirgi Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahrida tavallud topgan.1405 yil, Markaziy Osiyodan tashqari, Yaqin va O‘rta Sharqning barcha hududi, O‘rtayer dengizidan Shimoiy Hindistongacha bo‘lgan katta yerni o‘z ichiga olgan ulkan saltanatni yaratgan buyuk sohibqironning o‘limidan so‘ng, butun merosiy mulki uning o‘g‘il va nabiralariga o‘tadi. Temuriylar saltanatining tepasiga Hirot qarorgohida saylangan Temurning o‘g‘li - Shohruh o‘tiradi. Mirzo Ulugʻbek Amir Temurning sevimli nabirasi va Shohrux Mirzoning oʻgʻli boʻlib, asl ismi Muhammad Taragʻaydir. Yoshligidan uni „Ulugʻ bek“ deya izzat qilishgan va yosh shahzoda keyinchalik ayni shu nom bilan mashhur boʻlgan. Xat-savod, diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari yosh Muhammad Taragʻayga begona emas edi. U Buyuk Yulduz bilimdoni va riyoziydon boʻlgan, Qur'oni Karimni yoddan bilgan. Ulugʻbekning onasi Gavharshod begim boʻlsa ham, Temur saroyida hukm surgan anʼanaga koʻra shahzoda sohibqironning katta xotini Saroymulk xonim tarbiyasiga topshiriladi. 3-4 yoshlaridayoq shayx Orif Ozariy unga murabbiy qilib tayinlanadi. U yoshligini koʻpincha Oʻrta Sharq va Hindistonda oʻtkazgan boʻlib Amir Temur oʻlimidan keyin Samarqand yaʼni Koshgʻarli Mahmudga koʻra Samizkentda yerlashgan. Keyinchalik Otasi Shohrux Mirzo Hirotni oʻz davlatining boshkenti etib tayinlagach, oʻn olti yoshlik Ulugʻbek 1409-yilda Samarqand boshchisi boʻlib, 1411-yilda esa Movarounnahr xonliklarining erkin hukumdori boʻlgan.Temur vafotidan soʻng temuriylar oʻrtasida hokimiyat uchun jang avj oldi. Kurashlar natijasida Xuroson va Movarounnahrda ikki mustaqil davlat yuzaga keldi. 1409-yilda Ulugʻbek markazi Samarqand boʻlgan Movarounnahrga hukmdor boʻldi. Ulugʻbek bobosi kabi harbiy yurishlar qilmadi. 1425-yilda Shermuhammadxonni yengib, 1427-yilda Baroqxonga magʻlub boʻlgach, 20 yil mobaynida harbiy yurish amalga oshirmadi.Mirzo Ulugʻbekning Samarqanddagi observatoriyasi Mirzo Ulugʻbek davrida Samarqand gullab-yashnadi. Uning farmoyishi bilan 1417-yilda Buxoroda, 1420-yilda Samarqandda va 1433-yilda Gʻijduvonda madrasalar barpo etildi. Marv shahrida xayriya muassasalari qurildi. Bibixonim masjidi, Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda ansambli qurilishlari nihoyasiga yetkazildi. Shuningdek, Ulugʻbek karvonsaroy, tim, chorsu, hammom kabi talay jamoat binolari ham barpo ettirgan. Samarqanddagi XV asr meʼmorchiligining nodir namunalaridan biri Ulugʻbek rasadxonasidir. Bu inshoot Ulugʻbek farmoyishi bilan 1428-1429-yillarda Koʻhak tepaligida bunyod etilgan. 1409-yil Shohruh to‘ng‘ich o‘g‘li Ulug‘bekni Samarqand hokimi etib e’lon qiladi. Ulug‘bek 1417-yilda Buxoroda, 1420-yilda Samarqandda (bu Registonda barpo etilgan birinchi me’moriy ansamblga aylanadi va mazkur madrasaga Ulug‘bek islom olamining ko‘plab astronom va matematiklarini taklif etadi), 1433-yilda Gʻijduvonda madrasalarni barpo etdi.



Ulugʻbek ilm-fan olamida buyuk astronom sifatida mashhur. Bu borada u amalga oshirgan eng buyuk ish "Ziji jadidi Koʻragoniy" deb nomlangan astronomik jadval sanaladi. Ulugʻbek tibbiyot va musiqa bilan qiziqqan, sheʼrlar ham yozgan. Alisher Navoiyning „Majolis un-nafois“ asarida uning sheʼrlaridan namunalar keltirilgan. Olimdan bizga 4 ta asar meros qolgan: 1) „Ziji jadidi Koʻragoniy“ — astronomiyaga oid; 2) „Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola“ — matematikaga oid; 3) „Risolayi Ulugʻbek“ — yulduzlarga bagʻishlangan; 4) „Tarixi arba’ ulus“ (Toʻrt ulus tarixi) — tarixga oid. Uchburchaklar bilimida esa Ulugʻbek soya va tanjont qimatlarini sakkiz oʻnlik kasr va sakkiz xona aʼshoryagacha aniq belgilagan.Ulugʻbek davrida koʻpgina asarlar arab va fors tilidan eski oʻzbek tiliga tarjima qilingan. U tashkil etgan boy kutubxonada 15000 dan ortiq kitob boʻlgan."Ziji jadidi Koʻragoniy" Ulugʻbek ziji yoki "Ziji sultoni" - Mirzo Ulugʻbek tomonidan 1437-yilda nashr etilgan astronomik jadvaldir. Ptolemey va Tycho Brahening ishlari safida, eng buyuk yulduz kataloglari qatorida turadi.Mirzo Ulugʻbekni XV asrdan beri Yevropa va Amerikada ham, Osiyoda ham yaxshi bilishadi. XVI asr oxiri va XVII asrning boshlarida Yevropada astronomiya fanining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi yevropaliklarning Samarqand akademiyasiga boʻlgan qiziqishini oshirdi. Shogirdi AliQushchining Ulugʻbek asarlarini Turkiyada targʻib etganligi natijasida yevropaliklar uning fan taraqqiyotiga qoʻshgan kashfiyotlaridan bahramand boʻldilar.Hozirgi kunda «Ziji jadidi Koʻragoniy» asarining 150 dan ortiq nusxasi ma’lum. Boshqa ma’lumotlarga koʻra, asarning 120 ga yaqin forsiy nusxasi va 15 dan ortiq arabiy nusxasi ham mavjud. Mirzo Ulugʻbekni davlat ishlari bilan mashgʻul boʻlishdan koʻra koʻproq ilmu fan bilan shugʻullanish qiziqtirgan. Uning «Bir darajaning sinusini aniqlash haqida risola», «Risolai Ulugʻbek», «Toʻrt ulus tarixi», «Ziji jadidi Koʻragoniy», «Koʻragoniyning yangi jadvallari» kabi asarlari dunyo olimlari tomonidan hali hanuz oʻrganiladi. Ulugʻbekning «Ziji jadidi Koʻragoniy» asari «Ulugʻbek ziji», «Ziji Koʻragoniy» kabi nomlar bilan ham ataladi. «Zij» soʻzi fors tilidagi «zik» soʻzidan olingan boʻlib, «jadval» ma’nosini bildiradi. Mazkur asar Ulugʻbekning qariyb 30 yillik izlanishi samarasi boʻlib, u 1444 yilda yozib tugatilgan. Asar fors tilida bitilgan, keyinchalik Gʻiyosiddin Al-Koshiy tomonidan arab tiliga tarjima qilingan. «Ziji jadidi Koʻragoniy» muqaddima va toʻrt maqoladan iborat.Birinchi maqola soʻzboshi va 7 bobdan, ikkinchi maqola 22, uchinchi maqola 13, «Zij»ning soʻngi – toʻrtinchi maqolasi esa toʻlaligicha ilmi nujumga bagʻishlangan bobdan iboratdir. 1638 yili ingliz olimi va sharqshunosi, Oksford universiteti professori Jon Grivs Istanbulga keladi. U oʻzi bilan Angliyaga asarning bir nusxasini olib ketadi. 1643 yildan boshlab Jon Grivs «Ziji jadidi Koʻragoniy» asarini ilmiy tadqiq qilishni boshladi va Ulugʻbekning yulduzlar katalogidan olingan 98 ta yulduz holatini 1648 yili e’lon qildi, aniqrogʻi, olimning mazkur ishi ¬Baynbridj tomonidan nashr qilindi. Oʻsha yilning oʻzida u «Zij»ning geografiya qismini alohida nashr etdi. Keyinchalik esa u toʻrt qismdan iborat Ulugʻbek «Zij»i birinchi kitobining lotincha tarjimasini nashr qildi. 1652 yilda oxirgi ikkita ish qayta chop etildi.Angliyalik sharqshunos olim va tarjimon, Oksforddagi Bodleyani kutubxonasining xodimi Tomas Xayd 1018 ta yulduz tadqiq qilingan «Ziji jadidi Koʻragoniy»ning yulduzlar jadvalini lotin va fors tillarida nashrga tayyorladi hamda «Ulugʻbek kuzatishlari boʻyicha qoʻzgʻalmas yulduzlarning (astronomik) kenglama va uzunlamalari jadvallari» nomi bilan nashr ettirdi. Tomas Xayd Grivsning «Zij» borasida olib borgan ilmiy ishlaridan bexabar boʻlgan, bu esa Ulugʻbek asarining turli yoʻllar bilanYevropaga kirib borganini koʻrsatadi. J. Grivs va T. Xayd tomonidan Ulugʻbek «Zij»idagi jadvallarning nashr etilishi Yevropa astronomlari uchun ulkan voqea boʻldi, chunki astronomlarning yuqori aniqlikdagi yulduzlar jadvaliga ehtiyoji katta edi. Ana shu ehtiyoj va chanqoqlikni bosishda Ulugʻbekning «Zij»idek oʻz davrining mukammal asari muhim rol oʻynadi. Mazkur asarning diqqatga sazovor jihati shundaki, kitobda keltirilgan rasmlarning ikkitasida vatandoshimiz Mirzo Ulugʻbekning siymosi aks ettirilgan. Rasmlarning birida Ulugʻbek osmon xudosi Uraniya raislik qilayotgan majlisda uning oʻng qoʻl tomonida oʻtiribdi. Suratda yirik astronomlardan grek Ptolemey (er. av. taxminan 170 yili vafot etgan), italiyalik Jan Baptist Richchioli (1598 – 1671), daniyalik astronom Tixo Brage (1546 – 1601), polyak astronomi Yan Geveliy, nemis shahzodasi Gass (1532 – 1592) tasvirlangan.Ikkinchi gravyurada Uraniyaning atrofini oʻrab turgan 10 nafar mashhur astronom huzuriga Yan Geveliy oʻzining yulduzlar katalogini taqdim etish uchun tashrif buyurgan holat tasvirlangan.

Mirzo Ulugʻbek va u tashkil etgan akademiyaning Gʻarbiy Yevropada qanchalik mashhur boʻlganini Yan Geveliyning «Astronomiya darakchisi» asarida bitilgan gravyuralardan ham bilish mumkin. 1711 yili Oksfordda Ulugʻbekning geografik jadvali qayta nashr etildi. Mazkur jadval yunon tilida ham chop etilgan.Pyotr I zamonida Ulugʻbekning «Zij»i Rossiyada ham chop etilgani tarixiy faktdir. Bu ishni yosh nemis olimi, Rossiya tashqi ishlar kollegiyasi a’zosi G.Ya.Ker amalga oshirdi. U Ulugʻbek «Zij»ining faqat soʻzboshisini fors tilidan lotin tiliga tarjima qilib, nashr etdi. Bu ishga uni Parij observatoriyasidan Pyotr I ning taklifiga koʻra, Peterburg Fanlar akademiyasiga ishga kelgan astronom Jozef Nikola Delil undagandi. J.N.Delil Peterburgga kelishdan oldin Rossiya astronomiyasini rivojlantirish boʻyicha maxsus dastur ishlab chiqqan edi. Mazkur dasturni amalga oshirish yoʻlida Sharq astronomiyasi erishgan yutuqlarni yaxshi oʻrganish lozimligini toʻgʻri anglagan olim, bu ishga G.Ya.Ker va Peterburgda yashayotgan gruzin shohi, fors tilini yaxshi egallagan Vaxtang VI ni ham taklif etadi. Vaxtang VI Rossiyaga kelguniga qadar oʻz kotibi M.Kavkasidze bilan birgalikda «Ulugʻbekning astronomik jadvallari»ning forschadan gruzin tiliga tarjimasini boshlagan edi. Keyinchalik bu tarjima Peterburgda nihoyasiga yetkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil may oyidachiqargan qaroriga asosan, mamlakatimizda Mirzo Ulugʻbekning 600 yillik toʻyi 1994 yilda keng nishonlandi. Bu yil esa ulugʻ olim va davlat arbobi, Sohibqiron Amir Temurning suyukli nabirasi Mirzo Ulugʻbek tavalludiga 614 yil toʻldi. Ulugʻbekning hayoti va yaratgan asarlariga boʻlgan qiziqish hech bir zamonda soʻnmagan. Uning qalamiga mansub boʻlgan asarlardan biri — «Ziji jadidi Koʻragoniy» asari tarixiy ahamiyatga molikdir.U 1437-yilda 1018 yulduz toʻplamini "Ziji sultoniy" asarida tartib berganki, u hozirgi paytda ham yulduzlar bilimi sohasida dunyoning eng buyuk asarlaridan biri sanaladi. Ushbu asar 1665-yilda Oxfordda Thomas Hyde tamonidan, 1843-yilda Fransiya Bailly tamonidan va 1917-yilda Edward Ball Knobel tamonidan yangidan tahrirlanib bosilgan. Ulugʻbek undan keyin bir yilni 365 kun, 5 soat, 49 daqiqa va 15 sonya deb belgilagan. Ulugʻbek ushbu hisobida faqatgina 25 soniya xato qilgan ekan. Undan boshqa Ulugʻbek yer yuzini oʻrtalik kajligini 23.52 daraja deb belgilagan va bu yuz yillar davomida eng toʻgʻri va aniq oʻlcham deb topilgan.Buyuk astronom va matematik, o‘z davrining buyuk allomasi, davlat arbobi Mirzo Ulugʻbek Amir Temurning sevimli nabirasi, Shohrux Mirzoning oʻgʻli hisoblaniladi. Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay) 1394-yil 22-mart kuni hozirgi Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahrida tavallud topgan. U buyuk yulduz bilimdoni bo‘lib, Qur'oni Karimni yoddan bilgan. Ulugʻbekning onasi Gavharshodbegim, Temur saroyida hukm surgan anʼanaga ko‘ra shahzodani sohibqironning katta xotini Saroymulk xonim tarbiyasiga topshiriladi. 3-4 yoshlaridayoq shayx Orif Oraziy unga murabbiy qilib tayinlanadi. Ulug‘bek yoshligidan matematika va astronomiya fanlariga katta qiziqish bildiradi. Uning ilmli va ziyoli bo‘lishi, dunyoqarashining kengayishida otasi va bobosi to‘plagan boy kutubxona ham zamin bo‘ladi (Keyinchalik Ulug'bekning o'zi ham kutubxonaga asos solib, unda jami 15000 ta turli noyob kitoblar jamlagan). Ulug‘bek arab va fors tillarini mukammal egallagan. Ulug‘bekning ustozi matematik va astronom Qozizoda Rumiy bo‘lgan.Aynan Ulugʻbek davrida Samarqand gullab-yashnadi. Uning farmoyishi bilan 1428-1429-yillarda Koʻhak tepaligida Ulug‘bek rasadxonasi bunyod etiladi. Uch qavatli ushbu rasadxonada o‘ndan ortiq turli qurilma va asboblar bo‘lgan. Ular yordamida Ulug‘bek 1018 ta qo‘zg‘almas yulduzlarning o‘rni va holatini aniqlaydi. Rasadxonada o‘rnatilgan ulkan sekstant asbobi yordamida Ulug‘bek bir yilni 365 kun, 6 soat, 10 daqiqa, 8 soniyaga tengligini aniqlaydi. Hozirgi kun astronomlari esa yil davomiyligini365 kun, 6 soat, 9 daqiqa, 9,6 soniya ekanligini aniqlashgan.Buyuk mutafakkir Mirzo Ulug‘bekning to‘rtta buyuk asari bizgacha yetib kelgan. Bular, "Ziji Ko'ragoniy" (astronomiyaga oid), “Tarixi arab ulus” (“To'rt ulus tarixi”, tarix ilmiga oid), "Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola" (matematikaga oid), "Risolayi Ulug'bek" (yulduzlar ilmiga oid).Mirzo Ulug‘bekning boy ilmiy va tarixiy merosi necha asrlardan buyon dunyoning yetakchi ilmiy institutlari va o‘quv muassasalarida o‘rganib kelinmoqda. 1994-yil YuNESCO tomonidan olim tavalludining 600 yillik yubileyi xalqaro miqyosda keng nishonlanilib, bir qator tadbirlar o‘tkazildi. Hatto Parij shahrida 2009-yilda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 615 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazilib, unda 130 dan ziyod olimlar va turli xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdi. Samarqandda, XV asrning birinchi yarmida Ulug‘bekning atrofida G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi taniqli astronom va matematiklarni birlashtirgan butun bir ilmiy maktab vujudga keldi. U vaqtlar Samarqandda O‘rta Osiyo tarixi haqida ajoyib asar yozgan tarixshunos Hofiziy Abru, taniqli shifokor Mavlono Nefis, shoirlar Sirojiddin Samarqandiy, Sakkokiy, Lutfiy, Badaxshiy va boshqalar yashagan. Ular insoniyat aqli, fanning kuchiga ishongan o‘z davrining ilg‘or shaxslari bo‘lishgan.1417-1420 yillar Ulug‘bek Samarqandda madrasa qurdirib, Registonda barpo etilgan birinchi me’moriy ansamblga aylanadi. Ushbu madrasaga Ulug‘bek islom olamining ko‘plab astronom va matematiklarini taklif etadi. Qolgan ikkita madrasa G‘ijduvon va Buxoroda qurilgan. Ulug‘bek tomonidan qurilgan madrasalar universitet vazifasini bajargan. Ulug‘bekning Buxoroda qurdirgan madrasasi peshtoqida “Ilmga intilish har bir musulmon uchun farzdir” yozuvi saqlanib qolgan.Ammo Ulug‘bekning katta ishtiyoqi - bu astronomiya bo‘lgan. Ulug‘bek hayotining mazmuni va Qozizoda Rumiy, Jamshid G‘iyosiddin al Koshiy, Ali Qushchi kabi astronom izdosh-olimlar rasadxona qurilishiga turtki bo‘lgan.Tadqiqotchi olimlarning fikricha, rasadxona qurilishi 1428-1429 yillanyakunlangan. Rasadxona o‘z davrining nodir binosi bo‘lgan. Yer silkinishiga bardoshli bo‘lishi uchun bino qurilishi uchun Qo‘hak tepaligining toshli etagi tanlangan.Asosiy asbob - sekstant (burchak o‘lchagich) - janubdan shimol tomon meridian chiziqlari bo‘ylab mo‘ljallangan. Asosiy asbobdan tashqari, rasadxonada boshqa astronomik anjomlar ham bo‘lgan.Ehtimol, aniq astronomik kuzatishlarni amalga oshirishiga sekstantning o‘lchami, uning qulay tuzilishi, Ulug‘bekning bilimlari va uning sherigi sabab bo’lgan. Buyuk astronom Ulug‘bek rahbarligi va ishtirokida rasadxonaning asosiy ishi “Zidjiy Ko‘rag‘oniy”, “Ulug‘bekning yulduzlar jadvali” tuzilgan. Kitobda ushbu Samarqand observatoriyasidan 1018 ta yulduz joylashuvi aql bovar qilmas aniqlikda, Gipparxdan so‘ng ilk bor belgilangan. Astronomik turkum yaratilishi jahon astronomiya fani xazinasiga qo‘shilgan ulkan hissa hisoblanadi.Bundan tashqari, rasadxonada ekliptikning ekvatorga qiyaligi va yulduz yilining uzunligini belgilash; sinusning bir burchakdagi ahamiyatini - muhim astronomik doimiylikni - verguldan so‘ng o‘n sakkizinchi belgigacha aniqlikda hisoblash bo‘yicha ishlar olib borilgan.Ulug‘bek o‘z ma’lumotlarini bir necha bor tekshirib, uning sonlarini to‘g‘ri, degan xulosaga keladi. 1437 yil u astronomik yil uzunligini aniqlaydi: 365 kun 6 soat 10 daqiqa 8 soniya. Keyinroq o‘zgarishlar farqi 58 soniyada ekanligi aniq bo‘lgan. Agar astronomik yil uzunligi 31 million 558 ming 150 soniya ekanligini inobatga olsa, Ulug‘bek o‘z o‘lchamlarini naqadar yuqori aniqlikda olib borganligiga amin bo’lish mumkin.Buyuk olim bo‘lish bilan birga, Ulug‘bek kuchsiz sarkarda edi. Asosiy vaqtini rasadxonada o‘tkazar edi va davlat ishlariga kam vaqt ajratgan. Ulug‘bekning to‘ng‘ich o‘g‘li Abdulatif, ruhoniylarning keskin ta’siri ostida otasiga qarshi urush e’lon qiladi. O‘g‘li otasiga Makka ziyoratiga borishlikni taklif qiladi. 1449 yil Makkaga safari chog‘i Ulug‘bek shariat qaroriga muvofiq, xoinona o‘ldiriladi.Buyuk Ulug‘bekning fojiali o‘limidan so‘ng, uning yorqin yulduzi so‘nmadi. Ulug‘bekning sodiq shogirdi Ali Qushchi, ona Samarqandini tark etishga majbul bo‘lib, Ulug‘bekning “Zidjiy Ko‘rag‘oniy” kitobini Ovrupaga olib chiqib ketadi. Keyinchalik kitob ko‘plab olimlar avlodining mulkiga aylandi. Ulug‘bekning ismi va mehnatlari Ovrupa va Osiyo olimlari orasida mashhur bo‘ldi. XVII asrda Yan Geveliy tomonidan nashr etilgan Ulug‘bekning “Yulduzli osmon turkumi”da turli zamon va makonlarda yashab o‘tgan buyuk dunyo astronomlarining aksi tushirilgan naqsh mavjud. Ular astronomiya ilhom manbai bo‘lmish Uraniyaning ikki tomonida stol qarshisida o‘tirishgan holda aks ettirilgan. Ular orasida Ulug‘bek ham bor. Nashq muallifi Ulug‘bekni portretiga ega bo‘lmay, uning suratini tushirgan.Ulug‘bekning asosiy ilmiy mehnati “Zidjiy jadidi Ko‘rag‘oniy” hisoblanadi yoki “Gurgonning yangi astronomiy jadvali” deb nomlanadi. Muallif ushbu asarni 1444 yil, o‘ttiz yillik tirishqoqlik va astronomik kuzatuvlardan so‘ng yakunlagan. Astronomik ma’lumotnoma tez orada, Klavdiya Ptolemeyning “Almagest” hamda butun Ovrupa rasadxonalarida qo‘llanma hisoblangan kastiliya qiroli Alfons XVning astronomik jadvali bilan bir vaqtda lotin tiliga o‘girilgan.Mazkur jadvallarning aniqligi avvalroq Sharqda hamda Ovrupada erishilgan yutuqlardan ilgarilagan. XVII asrga kelibgina, Tixo Brag samarqandlik kuzatuvlarga teng keladigan aniqlikka muvaffaq bo‘lib, keyinroq, undan ham aniqroq natijaga erishgan. “Ulug‘bekning Zidji” Sharqda bo‘lgani kabi, Ovrupa astronomlarining diqqatini o‘ziga tortganligining hayratlanarli yeri yo‘q.

Xulosa o‘rnida shuni e’tirof etish joizki, Mirzo Ulug‘bek singari buyuk bobokalonlarga munosib voris avlod sifatida ilm yo‘lida yangi marralarni zarb etishimiz joizdir! Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug‘bek Qo‘rag‘oniy (1394-1449) - buyuk astronom va matematik, o‘z davrining atoqli allomasi, davlat arbobi, Movaraunnahrni 1441-1449 yillar boshqargan, mashhur hukmdor va sohibqiron Amir Temurning nabirasi.Yoshligida Ulug‘bek fan va san’at turlariga, ayniqsa, matematik va astronomiyaga katta qiziqish bildiradi. Uning aqliy dunyoqarashi kengayishida otasi va bobosi to‘plagan boy kutubxona zamin bo‘ldi, u yerda ko‘p vaqtini o‘tkazardi.Ulug‘bek u vaqtlar o‘lchovi bilan qaraganda, juda zo‘r ta’lim olgan. Ajoyib xotira egasi bo‘lib, u arab va fors tilini erkin egallagan, turk she’riyatini yaxshi bilgan, adabiy uslublarni egallagan va adabiy bahslarda ishtirok etgan. O‘zi ham she’rlar yozgan. Ulug‘bekning ustozi taniqli olim, Temuriylar saroyidagi mashhur matematik va astronom Qozizoda Rumiy bo‘lgan. U to‘qqiz yasharli Ulug‘bekka Marog‘adagi mashhur rasadxona xarobalarini ko‘rsatgan. Yoshlikdagi aynan shu xotiralari bo‘lajak astronom kelajagini belgilagan bo‘lishi mumkin. Ulug‘bek davrida Samarqand o‘rta asrlar davridagi ilm-fan o‘choqlaridan biriga aylangan.

Manbalar

Turt ulus tarixi [fors tilidan B. Ahmedov, N.Norqulov va M. Hasaniylar tarjimasi], T., 1994.



Adabiyot

  1. Abdurazzoq Samarqandiy, Matlaʼ ussaʼaayn va majmaʼ ulbahrayn [fors tilidan A. Urinboyev tarjimasi], T., 1969;

  2. Akramov S. A., Ulugʻbek — buyuk oʻzbek olimi, T., 1961; Bartold V.V., Ulugbek i yego vremya (Sochineniya, t. II, ch. I), M., 1964;

  3. KariNiyazov T. N ., Astronomicheskaya shkola Ulugbeka, 1967;

  4. QoriNiyoziy T. N., Ulugbek va uning ilmiy merosi, T., 1971;

  5. Shcheglov V. P., Ulugbek rasadxonasi, T., 1980; Ahmedov B. A., Ulugbek, T., 1989; Ahmedov A.. Ulugʻbek, T., 1991;

  6. Temurva Ulugʻbekdavri tarixi, T., 1996; Abdurahmonov A., Ulugbek akademiyasi, T., 1994.

Download 24,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish