Zamonaviy informatsion tarmoqlar asosan 1970 yil oxirida ma`lumotlarni qayta ishlashda. Taqsimlanish tendentsiyasiga asoslangan. Bunday tarmoqlarning rivojlanish pog`onasiga ishlab chiqarish tezligi turlicha bo`lgan turli hisoblash mashinalarini aloqa kanallari yordamida bir sistemaga birlashtirish asos soldi. Turli darajadagi lokaldan to global kompyuter tarmoqlari ma`lumotlarni qayta ishlashni taqsimlashdagi sistemalarning yuqori pog`onasi hisoblanadi. Lokal hisoblash tarmog`ining foydalanuvchilari fayl-server tarmog` resursiga ishchi stantsiyalardan kirishga ruxsat oladilar. Ko`p foydalanuvchi tizimda ishlash ma`lum qoidalarni bajarishni talab etadi. Birinchi navbatda, bu tarmoqdagi katalog va fayllarni himoya qilishni tashkil etish bo`lib, bu jamoa ishidagi ayrim ajratilgan resurslariga (qattiq magnit disk, printer, plotter) kirishga ruxsat olish tizimidan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |