3.2-shakl 3.3-shakl
Prizma sirti piramidaning xususiy xolidir. Prizmaning S uchi cheksizlikda joylashgan bo‘ladi.
Asosi muntazam ko‘pburchakdan iborat bo‘lib, balandligi asosining markazidan o‘tsa, bunday piramida muntazam piramida deyiladi.
Prizmaning yon qirralari asoslariga perpendikulyar bo‘lsa, u to‘g‘ri prizma, aks holda og‘ma prizma deyiladi. To‘g‘ri prizmaning asoslari muntazam ko‘pburchak bo‘lsa, u muntazam prizma deyiladi.
Quyida SABC og‘ma piramidaning ikki (S1A1B1C1, S2A2B2C2) proeksiyasi chizilib, qirralarining ko‘rinar va ko‘rinmasligi konkurent nuqtalar yordamida aniqlangan (3.4-shakl).
Do'stlaringiz bilan baham: |