Muharrir: sa'dulla ahmad



Download 151,37 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.03.2022
Hajmi151,37 Kb.
#475677
Bog'liq
Hikmatli latifalar



HIKMATLI LATIFALAR VA NISHONGA URILGAN SO'ZLAR 
Toshkent 
CHo'lpon nashriyoti 
1996 
To'plovchi va tarjimon: MUHAMMAD SOBIR 
Muharrir: SA'DULLA AHMAD 
Mas'ul muharrir: ABDULAZIZ MANSUR 
Dunyoning ichiga kir, sayr qil, ko'r, ammo ehtiyot bo'l, dunyo sening ichingga kirmasin! 
SHayh Muhammad Nurulloh hazratlari (r.a.) 
Sulton Mahmud bir kuni soqchilari bilan bozor oralar ekan, biqinidan bir tilanchi 
suqilib sadaqa so'rabdi. Podshoh unga bir oltin beribdi. Tilanchi pulni cho'ntakka urib debdi: 
- Nima qilyapsiz Sultonim, katta bir saltanatning egasi o'z ukasiga bittagina oltin 
beradimi? 
- Qanaqasiga ukam bo'lasan? 
- Ikkovimiz ham Odam alayhissalomning avlodi emasmizmi? Demak, aka-ukamiz! 
Shunda ggodshoh tilanchining qulog'iga asta shivirlabdi: 
- Bu kashfingni boshqaga ayta ko'rma, agar hamma haqini tanib, bir-biridan ulush talab 
qilaversa, senga hemiri ham tegmaydi! 
Bir badaviy arab bir guruh kishilarni Islomga da'vat qilib, ko'p va'z o'qidi. Ammo ular, 
hech narsa ta'sir qilmaganday serrayib o'tiraverdilar. Buni ko'rgan arabning jahli qo'zib 
dedi: 
- Nahotki, bir tuyaning oyoq izlari hozir shu erdan o'tib ketganiga tezagi uning borligiga 
dalolat qilsa-yu, shunday mukammal, buyuk bir koinot uning yaratuvchisi borligiga
dalil 
bo'lolmasa?! 
Shoir Izzat Mulla Fotih jome'sida tarovih namozini o'qiyotgan edi. Imom juda tez namoz 
o'qirdi. Namozning boshlanishida tahoratsiz kelgan bir kishi to tahorat olib kelguncha, imom 
salom berib namozini tugatdi. 
- Ey voh, - dedi, haligi kishi, - ulgurolmadim! 
Imomga qay yo'l bilan tanbeh berishni bilmay turgan Izzat Mulla shartta javob berdi: Hikmatli 
latifalar va nishonga urilgan so'zlar 
- Qanday ulgurasan, birodar, biz shu erda turib ulgurolmayapmizku! 
Domlaga: "Asal bilan sirka qo'shilmaydi, ular birga tanovul qilinmaydi", dedilar. 
"Nega endi qo'shilmas ekan", deb domla yarim kilo asal bilan yarim kilo sirkani ichib darsga 
keldi. Biroz o'tgach yuzining ko'karayotganini ko'rgan talabalar: 
- Ha, domla, asal bilan sirka bir-biriga qo'shilmadi-a?! - deyishganida, domla past 
kelmay: 
- Yo'q, nega endi, - dedi, - bir-biriga qo'shilib olib, meni oradan chiqarib tashlamoqchi 
bo'lishyapti!.. 
Bir kishi juda qarib munkillab qolgan muborak momoning ziyoratiga boribdi. Momo oyoqqa 
turishga bir ikki urinibdi-yu, madori etmagach, yana to'shakka cho'zilib: 
- Meni kechir, bolam, - debdi, - tura olmadim, ammo ko'ngil oyoqda... 
Bir kishi Hasan Basriy (q.s.) hazratlarining oldilariga kelib: "Falonchi sening 
haqqingda falonday pistonday noma'qul gaplarni gapirdi", debdi. 
- Qachon? 
- Bugun. 
- Qaerda? 
- Uyida. 
- Uning uyida nima qilayotgan eding? 
- Ziyofatga boruvdim. 
- Ziyofatda nima eding? 
Haligi kishi sakkiz hil taomning nomini sanadi. Shunda Hasan Basriy (q.s.): 
- O'sha odamning sakkiz hil taomi qorningga sig'diyu bir og'iz so'zi sig'madimi? Tur, ket bu 
erdan! - dedilar va g'iybatchini dargohlaridan quvib chiqardilar. 
SHakariy Sulton Boyazidning sanjoq beklaridan bo'lib, shoirligi bilan mashhur edi. 
Rivoyatga ko'ra, bir kasallikdan so'ng SHakariyning soqoli oppoq oqarib ketibdi. 
SHakariy 
soqolini bo'yab yuradigan bo'libdi. Sulton Boyazid sababini so'raganida, u shunday
javob 
beribdi: 
- Davlatli podshohim, qulingiz kaminai kamtarin o'z yoshimni shubhasiz bilurmen. 
Soqolim esa yolg'on aytadur. Yolg'onchiligi uchun har gal yuziga qora chaplaymen! 
Bir suhbatda Orif Nihatga dedilar: 
- Egiladigan, bukiladigan, qatlanadigan, turli tuman katta-yu, kichik teshikchalarga ham 
kirib ketaveradigan bir shisha kashf qildik. Orif Nihat debdi: 
- Qisqasi shishani ham o'zimizga o'hshatdik desangiz-chi! 
Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so'zlar 
Mavlono Jaloliddin Rumiy uylarida eydigan hech vaqo qolmaganini habar bergan 
ayollaridan qayta-qayta so'rayveribdilar: 
- Hech narsa qolmadimi? 
- Yo'q. 
- Og'izga oladigan hech vaqo yo'qmi? 
- Yo'q. 
- Hech narsa-ya? 
- Hech narsa... 
- Rostdanmi?! 
Hazrati Mavlono shodliklaridan yuzlari gul-gul yonib, qo'llarini duoga ochdilar: 
- Allohim, senga hamdu sanolar bo'lsinki, uyim Rasululloh sallallohu alayhi 
vasallamning honadoniga o'hshabdi! 
Bir ramazon kuni bek shoir Hashmatdan so'radi: 
- Hashmat, sening ham qarzing bormi? 
- Ha, bor taqsir! 
- Qancha, javob ber? 
- Mahalla baqqoliga ming tanga, qassobga besh yuz tanga... 
- To'hta, to'hta!.. Men sendan pulu mol qarzini so'raganim yo'q, ro'zadan qarzing bormi 
deyapman? 
Shoir Hashmat javob berdi: 
- Begim, ro'za qarzini Alloh so'ramasmidi?! Sizning so'raydiganingiz, haytovur pul 
qarzidir?.. 
Bir kishi hastalanib og'rib qolgan do'stiga dedi: - Kel, o'rtoq ozgina Qur'on o'qib dam 
solay, shoyad Alloh shifo bersa! 
- E, qo'ysang-chi, shu gaplaringni!.. 
- Nega endi? 
- Qur'on Allohning kalomi! Bunga gap yo'q. Ammo uni o'qib puf deganing bilan, insonga 
ta'siri bo'larmidi?! 
Shunda do'sti hastaning ko'ziga tik qarab dedi: 
- It ekansan! CHo'chqasan! Eshshaksan!.. 
Hasta jahldan qizarib-bo'zarib, tili tutilib, g'o'ldirab qoldi. 
- Ana ko'rdingmi! - dedi do'sti. - Oddiy haqorat so'zlari insonga shuncha ta'sir 
ko'rsatadi-yu, Allohning kalomi beta'sir qoladimi?! 
O'n ming chaqirim balandlikda uchayotgan tayyora (samolyot) birdaniga ishdan chiqib, pastga 
sho'ng'iy boshladi. Tayyora ichidagi bir kam uch yuz yo'lovchi jon hovuchlagancha, Allohdan 
najot 
so'rab, duo qila boshladilar. Faqat bir kishigina hotirjam o'tirardi. Uning befarqligiga 
hayron qolgan sherigi hunobi oshib dedi: 
- Hoy, inson! Tayyora tushib ketyapti! Hademay erga urilib, portlab ketadi. Hech bo'lmasa, 
Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so'zlar 
bir og'iz duo o'qisang-chi?! 
- E, portlasa menga nima? - dedi haligi kishi. - Dadamdan qolgan mulkmidiki!.. 
Bir shayh o'tirgan joyidan derazaga boqib, yonida o'tirganlarga debdi: 
- Sizga yolg'on aytaman... falonchi o'tib ketyapti. 
Hamma o'rnidan turib, derazadan tashqariga qarabdi. SHayh kulimsirab: 
- Men sizlarga yolg'on aytaman desam ham, o'rinlaringizdan turib qaradingiz. Dunyo
ham 
shunday yolg'onchidir, ko'ra-bila nog'orasiga o'ynayveramiz! 
Umrini Allohni inkor qilish bilan o'tkazgan bir kishining o'limi hayitga to'g'ri keldi. 
Odamlar: 
- Qara-ya, yahshi odam ekanki, shunday yahshi kunda vafot etdi, - deganlarida, bir 
musulmon jerkib beribdi: 
- Hoy, nodon! Abu Jahl ham Makkada o'lmaganmidi?! 
Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlaridan so'rabdilar: 
- Alloh ishqi nadir? Javob beribdilar: 
- Men bo'l-da, bil! 
Rus elchisi ta'tilni o'tkazib kelish uchun yurtiga borishdan oldin hokimning oldiga 
kiribdi: 
- Rusiyaga ketyapman - debdi u, - u erdan sizga nima keltiray? 
- Yo'q, yo'q, - debdi hokim qo'llarini silkib, - boshimizga bir g'avg'oni boshlab 
kelmasang bo'ldi, boshqa hech narsang kerak emas! 
Boyazid Bistomiy hazratlari jinnihona yonidan o'tayotganlarida, bir tabibning havonchada 
dori maydalayotganini ko'rib: 
- Behad gunohkorman, - debdilar, - shu kasalimga qarshi doring bormi? 
Tabib boshini ko'tarib ulgurmasdan, jinnihona panjarasidan qarab turgan bir hasta 
javob beribdi: 
- Tavbaning tomiri bilan istig'forning yaprog'ini aralashtir. Qalb havonchasida tavhid 
to'qmog'i bilan tuyib maydala. Insof elagidan o'tkaz, ko'z yosh bilan yo'g'ir, ishq
tandirida 
pishir va bomdod bilan shom orasida ko'proq tanovul qil. Ko'rasan, hastaligingdan asar ham 
qolmaydi! 
Bistomiy hazratlarining ko'zlari jiqqa yoshga to'lib debdilar: 
- YO, Robbim! Bu dunyo hastahonasida ne tabiblaring bor!!! 


Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so'zlar 
Mulla Izzat oshhonada juda befarosat kishi bilan o'tirib qolibdi. Haligi kishi taomga 
sanchqini shunaqayam qo'pollik bilan sanchibdiki, tovog'idan bir parcha et otilib ketib, mulla 
Izzatning yoniga tushibdi: 
- Bechora taom! - debdi milla Izzat. - Shu befarosatning dastidan menga emas, Allohga 
sig'in!.. 
Mehmed Akif qo'lini yuvganidan so'ng, Nayzan Tavfiq uzatgan sochiqning kirligini ko'rib 
baqirib yuboribdi: 
- Yo'q, yo'q qo'limni hozirgina yuvdim! 
Chor askarlari asirga tushgan SHayh Shomilning ustidan kulish uchun, bir necha kun na bir 
burda non va na bir qultum suv beribdilar. So'ng qip-qizil chiroyli bir olmani oldilariga 
qo'yibdilar. Ularnina hayolicha, och va tashna SHayh Shomil olmani fashillatib eyishi, ular esa 
maza qilib kulishlari kerak edi. Ammo oradan yana bir necha kun o'tibdi hamki, SHayh 
Shomil 
olmaga qo'l urmay, uni tomosha qilib o'tiraveribdi. Bu holdan hayratga tushgan uch rus askari 
olmani emayotganining sababini so'rashibdi. 
- Menga bir pichoq keltirsangiz, - debdi SHayh. 
Keltirishibdi. Shunda SHayh Shomil olmani qo'liga olib to'rt qismga bo'libdi. Uch qismini 
uch askarga berib, eng kichik bo'lagini o'ziga olibdi... 
Hasisligi bilan nom chiqargan boy har gal sayislari kelib, otlarga arpa berish 
kerakligini aytishganida: "La havla", "La havla", deyverar, hech arpa bergisi kelmas ekan. 
Bir kuni aravaga qo'shilgan otlar darmonsizlikdan sillasi qurib yiqilib qolibdi. Boy 
qahri kelib, sayisiga o'dag'aylabdi: 
- Otlarga nima bo'ldi? 
Sayis ham bo'sh kelmapti: 
- Nima bo'lardi, ho'jayin, "la havlani" eyaverib, "va la quvvata" bo'ldi! 
Botil din ham mafkuralarni nega chuqur o'rganish shart emasligini so'raganlarida Mahmad 
Salah shunday javob beribdi: 
- Bir ovqatning achiganligini bilish uchun uning hammasini eyish shart emas-ku! 
- Qarib qoldingiz endi ro'za tutmasangiz, toqat keltirishingiz qiyin bo'ladi, - 
deganlarga Ahnaf bin Qays shunday javob berdilar: 
- Allohning buyruqlariga toqat qilmoq, azobiga toqat qilmoqdan osonroq kechadi. 
Sulton Alparslon yigirma etti ming kishilik askari bilan Vizantiya tuproqlarida olg'a Hikmatli 
latifalar va nishonga urilgan so'zlar 
borar ekan, razvedkaga yuborgan zobitlaridan biri ko'zlari ola-kula bo'lib kelib qoldi. 
- Sultonim, - dedi u hansirab. - Uch yuz ming kishilik dushman askari bizga yaqinlashib 
kelmoqda. 
Sulton Alparslon hech dimog'ini buzmay javob berdi: 
- Biz esa ularga yaqinlashib bormoqdamiz. 
Juda ko'p tamaki chekadigan bir mehmon, ketar ekan, u yoq-bu yoqqa qarayveribdi: 
- Hech narsam qolib ketmadimikan? 
- Qoldi, - debdi mezbon. 
- Nima? 
- Tutuningiz. 
Tarih sohasida jahon miqyosida tengi kam olimlardan bo'lgan Mahmud Kamoldan 
so'radilar: 
- Sizdagi bilimning o'ndan biriga ham ega bo'lmaganlar sizdan bir necha barobar ko'proq 
tanildilar. Buning sababi nimada ekan? 
- Men bilmoq uchun o'rgandim, ular bilinmoq uchun! 
Bir hristian popi o'lkamizga kelib, yoshgina boladan cherkovning yo'lini so'rabdi. 
Bola popni cherkovga kuzatib qo'yibdi. Minnatdor pop debdi: 
- Barakalla, o'g'lim! Ertaga ham shu erga kelsang, senga jannatning yo'lini ko'rsataman. 
Bola javob beribdi: 
- Cherkovning yo'lini bilmagan, jannatning yo'lini qaerdan bilardingiz?! 
Payg'ambarimiz (s.a.v.)dan: 
- YO, Rasululloh, shayton kimlarga vasvasa soladi, - deb so'raganlarida, ul muborak zot: 
- Ichi bo'sh uyga o'g'ri tushmaydi, - deb javob bergan ekanlar. 
Hazrati Bahouddin Naqshband (q.s.)dan muridlari bir karomat ko'rsatishni so'rashdi. 
Hazrat o'rinlaridan turdilar-da, engil-engil besh-olti qadam yurib, yana joylariga cho'kdilar. 
Muridlar hayron bo'lib qarashdi. Hazrati Naqshband (q.s.) dedilar: 
- Ikki elkamda tog'day-tog'day gunohlarni ko'tarib, qushday engil yurishimning o'zi 
karomat emasmi?! 
Do'stim bilan, bugun ko'chada ko'z zinosidan saqlanish naqadar qiyin ekanligidan nolidik. 
Shunda u bir rivoyatni aytib berdi: 
Hazrati Usmon (R-A.) huzurlariga borayotgan hazrati Anas bin Molik (R.A.)ning ko'zlari 
Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so'zlar 
yo'lda go'zal bir ayolga tushdi. Chiroyiga maftun bo'lib, ikki-uch bor qayrilib qaradilar-
da, 
hazrati Usmon (R.A.)ning uylariga kirdilar. 
Hazrati Usmon (R.A.) hazrati Anas (R.A.)ning ko'zlariga qarab: 
- Ko'zlaringda zino izlarini ko'ryapman, Allohdan uyalmadingmi, nomard! - dedilar. 
Hazrati Anas (R.A.) hayratlanib: 
- YO Usmon, qaerdan bilding? YO payg'ambarlik hamon davom etyaptimi? -
deganlarida, 
hazrat Usmon (R.A.) javob berdilar: 
- Yo'q, payg'ambarlik Rasulullohning vafotlari bilan kesildi. Farosatim bilan bildim. 
Poezdga kech qolgan Najib Fozil ko'ngli cho'kib vokzaldan qaytayotgan ekan. Bir
tanishi 
ko'rib qolib, hol so'rabdi: 
- Ha, ustoz, nima bo'ldi? Poezddan kech qoldingizmi? 
Mag'lubiyatni tan olmaydigan Najib Fozil jahl bilan dedi: 
- Bu qanaqa gap! Quvib yubordim poezdni, daf bo'lib ketdi! 
Turkiyada Riza degan bir kasaba bor. Bir ramazon kuni rizaliklar muazzini namozga 
chaqiriladigan azonni shom kirmasdan o'n daqiqa oldinroq o'qidi. Bundan habar topgan 
muftiylik, radio orqali, rizaliklarning o'sha kungi ro'zalari buzilgani, ramazondan keyin 
qazo qilishlari lozimligini aytdi. Ertasi kuni muftiylikka bir kishi sim qoqib so'radsh 
- Taqsir, men asli rizalikman. Ammo bir necha yildan buyon Olmoniyada yashayman. Men 
ham 
ro'zani qazo qilib tutaymi? 
Bir kishi mashhur turk shoiri Mahmad Akif Ersoyni mazah qilmoqchi bo'libdi: 
- Afandim, siz mol do'htirligini bitirgan edingiz-a?! 
- Ha, bir ering og'riyaptimi?! 
Nurotalik Anvar akamiz Ramazon oyida qishloqlarida kechgan bir voqeani aytib 
berdilar: 
Bir qo'shnilari ikkinchisini yo'lda ushlab debdi: 
- Uch kundan beri uyingga bir kosa, bir kosadan nisholda yuboraman. Faqat kosani
bo'sh 
qaytarasan, nomard, ana endi senga tosh yuboraman, eysan! 
- Mayli, mayli aka, shu toshning ustiga ozgina nisholda qo'yib yuborsangiz bo'ldi. 
Modomiki koinot egasiz, o'z-o'zidan paydo bo'lib, tartibsiz (stihiyali) rivojlanayotgan 
ekan, buncha olim iimani o'rganmoqchi bo'lib yuribdi?! 
Bir kishi yozgan ro'monini baholash uchun Nayzan Tavfiqqa o'qitib, fikrini so'radi. 
Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so'zlar 
Ro'monni o'qib chiqqach, Nayzan dedi: 
- Bo'lmaydi. 
Haligi kishi tutaqib ketdi: 
- O'zingiz hech ro'mon yozganingiz yo'q-ku! 
Nayzan Tavfiq javob berdi: 
- Rost, men tuhumning to'qini palag'dasidan ajrata olaman. Ammo hech tuhum tuqqanim yo'q- 
ku... 
So'rabdilar: 
- Otang Hazrat Talha (r.a.) juda jo'mard odam edi. Imron, sen nega buncha hasislik 
qilasan? 
Imron javob beribdilar: 
- Men Alloh yo'lida hovuchimni yopmayman, ammo botil ishlarda ochmayman ham! 
Bir olim g'iybatchiga debdi: 
- Aytaylik, sen yomonlayotgan odamning obro'si kamaydi, ammo bu to'kilgan obro' senikiga 
kelib qo'shilmaydi-ku! 


Buyuklarimizdan so'radilar: 
- "Alloh men bilan", deyish to'g'rimi? Alloh hech quli bilan birga bo'lishi mumkinmi? 
Javob berdilar: 
- Qul o'z qulligini bilsa... mumkin. 
Me'mor Sinon mashhur Salimiya minoralarini qurarkan, bir to'da bolalar chug'urlashib, 
nimanidir ko'rsatayotganlarini ko'rib qolibdi. Ularga yaqinlashib: "Nima gap" deb so'rabdi. 
- Amaki, - deyishibdi ular, - shu minorangiz biroz qiyshayibdi. 
- Ha, unday bo'lsa, hozir minorani arqon bilan torttirib to'g'rilaymiz. Sizlar, qarab 
turinglar, - deb arqon keltirishni buyuribdi. 
Me'mor Sinon, to bolalar to'g'ri bo'ldi deyishmaguncha, minorani bir arqon bilan 
torttiraveribdi. Bolalar, to'g'ri bo'ldi, deyishgach to'htatibdi. Shu orada bir kishi kelib: 
- Usta, bu arqon shunday katta minoraga hech bir ta'sir qilmasligini yahshi bilasiz. Nega 
endi bolalarning gapiga kirib bunday qildingiz, - deganida, me'mor javob beribdi: 
- Shunday qilmasam, bu churvaqalar shahar bo'ylab minora qiyshiq, degan gap tarqatishadi. 
Minoraning egri emasligiga hech kimni ishontirolmaymiz. Endi esa, minora egri edi, arqon 
bilan torttirib to'g'rilatdik, degan gap tarqatishadi. Bu gapga esa aqli bor odam ishonmaydi! 
Qozi, odamlarga qarzini to'lamay yurgan bir kishini choy ichshi bahonasida uyiga 
chaqirtirib, eshik oldiga bog'lab kirgan otini sottiribdi. Badalini qarz sohiblariga berib, 
haligi kishiga debdi: Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so'zlar 
- Piyoda yurmoq, bo'yinda qarz bilan ot mingandan sharafliroqdir! 
Bir moddiyunchi (materialist) so'rabdi: 
- Allohga nima uchun ishonasan? Musulmon javob beribdi: 
- Bor bo'lgani uchun! 
Minbarga chiqib olib, hech tushmayotgan bir shoirga zaldagilar har tomondan gap otdilar: 
- Qisqaroq qil!.. Qisqaroq!.. 
Shoir, bag'oyat bosiq bir ohangda javob berdi: 
- Mendan keyingi kishi qisqaroq qiladi! 
Imom Hatib maktabida o'qib yurgan kezlarimiz edi. O'tilgan darslarni takrorlash uchun 
maktab tomonidan ikki oylik lagerlarga chiqilardi. Bir gal qirdagi lagerga chiqdik. Biz suv 
ichadigan quduqdan pishloqchilar ham istifoda qilishar edi. Bir kun suv juda kamayib ketdi. 
Mudirimiz bolalarni to'plab: 
- "Ya G'iyasal Mutag'isin", deb tasbeh o'giringlar, Alloh bizga suv bersin, - dedi-da, o'zi 
bir tarafga ketdi. Avjimiz kelib, baravariga baland-baland o'qiy boshladik. Bir payt, 
qaerdandir halloslab mudirimiz etib keldi: 
- O'chiringlar ovozlaringni! - deb baqirardi u. - O'chiringlar la'natilar, qolgan suvni 
ham yo'qotasanlar! Bularga "Ya" denglar desam, "La" deb hayqiradi-ya! 
Yana bir gal mudirimiz: 
- Hamma alohida-alohida dars qilsin! Ikkitangni bir erda ko'rmayin, naq kaltak 
eysanlar! - deb buyurib ketdi. 
Biroz dars qildik. Keyin hammamiz bir darahtning soyasiga o'tirib olib ashula ayta 
boshladik. "Silkitsang-chi, silkitsang-chi ro'molchangni!", deb aytiladigan ashulani rosa 
berilib kuylayotganimizda, yaqinginamizdan mudirning ovozi eshitilib qoldi: - Ha, mana 
boryapman, silkib-silkib tayoqchamni! 
Kurash musobaqasi paytida bir polvon ikkinchisini takka bosibdi. Shunda tagda 
qolganning tarafdorlari unga "oyog'ini o'ra, ol, oyog'ini ol, oyog'ini ol!" deb baqira 
boshlabdilar. 
Shunda tagda qolgan polvon zo'rg'a boshini chiqarib tarafdorlariga baqiribdi: 
- E, qo'limdan kelsa edi, jonini olardim, kuchim etmasa nima qilay! 
- Katta odam bo'lib ketibsan, do'stim. Buyuk bir davlatning vaziri bo'lish!.. 
- E-e, kattaligim qursin, birodar! O'zimiz qurayotgan shu davlatni til uchida istagancha 
Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so'zlar boshqaraman-u, Allohning kichkina bir
pashshasigayam kuchim etmaydi. Kechasi bilan so'rib 
chiqadi, zang'arlar! 
Istambullik olim YAhyo Kamoldan so'rabdilar: 
- Sizga Anqaraning qaeri ko'proq yoqadi? 
- Istambulga qaytadigan tarafi. 
Bir qabila oqsoqollari Hazrati Umar (r.a.)ning oldilariga kelib: 
- Qur'ondagi falon sura falon oyat falon harf ustidagi nuqtani o'sha harfning ostiga 
qo'ysangiz. (Masalan, "nun" "be" bo'lsa) biz butun qabilamiz bilan Islom diniga kiramiz, - 
deb shart qo'iishibdi. 
Hazrati Umar (r.a.) shunday javob beribdilar: 
- O'sha nuqtaga o'ta mustahkam bir ilgak ildirib, ilgakning boshqa uchiga butun koinotni 
osib tortsangiz ham, nuqtani pastga tushira olmaysiz!.. 
Ochko'z bir vazir podshoga hushomad qilibdi: 
- Shohim, aql solig'i olishni hech o'ylab ko'rdingizmi? Dunyoda kimsa yo'qki, tentakman, deb 
da'vo qilsa! Hamma bir-biridan oshirib soliq to'lashga tushadi! Shoh yozilib kulibdi: 
- Darvoqe, oqilona tadbir. "Topag'on"liging evaziga seni aql solig'idan ozod qilaman! 
Bir olimdan so'rabdilar: 
- Ukangni ko'proq yahshi ko'rasanmi do'stingnimi? 
- Ukamni, - deb javob beribdi u. - agar do'st bo'lsa!.. 
Bir faqir, qirq yamoq to'ni bilan podshoh huzuriga kiribdi. Uning bu ishi podshohga 
yoqmaganini ko'rib vazir do'q uribdi: 
- Shoh huzuriga yag'iri chiqqan kiyimda kirish ayb ekanligini bilmaysanmi?! 
- Podshoh huzuriga yirtiq kiyimda kirish ayb amas. Bil'aks, bu dargohdan shunday chiqish 
aybdir,- debdi faqir. 
Kaltak egan bolaga tasalli beribdilar: 
- Hafa bo'lma bolakay, tayoq jannatdan chiqqan, yahshi narsa! 
- Hechamda, - debdi bola yig'idan to'htamay, - yahshi bo'lsa jannatdan chiqmasdi. 
Abdulhaq Shinosiy o'lguday ozoda, o'ta olifta bir adabiyotchi ekanlar. Hikmatli latifalar va 
nishonga urilgan so'zlar 
U kishi bir kosa suv keltirishni so'rabdilar. Oldilarida o'tirgan Sulaymon Nazif 
hizmatchiga debdi: 
- Hoy uka, shu akahoningizga atalgan suvni avval yahshilab yuvib keltiring!.. 
Bemor: 
- Do'htir, bu aroq ichki a'zolarimni kuydirib tashlamadimikan-a? 
Do'htir: 
- Ichki a'zolaringizni kuydirganini bilmayman, ammo jahannamda biroz yondirishi 
mumkin. 
YAhyo Kamol bag'oyat semizligidan charchab, bir do'kon soyasida o'tirib dam olarkan, 
ichkaridan 
hizmatchi chiqib so'rabdi: 
- Buyuring taqsir, nima olasiz? 
YAhyo Kamol tabassum bilan javob beribdi: 
- O'g'lim... Ruhsat bersangiz, biroz nafas olaman! 
Kunlardan bir kun Bahlul Daha hazratlari, Horun ar-Rashid tahtini bo'sh ko'rib, shartta 
o'tirib olibdilar. Soqchilar ul zotni tahtdan tushirib, rosa kaltaklashibdi. Bundan behabar 
halifa Horun ar-Rashid, yig'lab o'tirgan hazratga rahmi kelib, sababini suraganida: 
- Tahtdagi bir daqiqalik saltanatim uchun shuncha kaltak edim, - deb javob beribdi 
hazrat. - Unda yillab o'tirgan sizning aziz boshingizga qanday balolar kelishini o'ylab 
yig'layapman!.. 
Sahobalardan biri, Hazrati Abu Bakr (r.a.)dan so'rabdi: 
- Gunohga botib ketdim, bir duo qiling! 
Ul zoti muborak: 
- YO Rabbim! Bir gunohkor ikkinchisidan duo so'rayapti. Ikkisini ham afu et! - deb duo 
qilibdilar. 
Bir zolim shohdan so'radilar: 
- Shuncha odamni nega qatl ettirgansiz? 
- Anig'ini bilmayman-u, lekin ulardan bir beadabi bu jazoga shunaqayam loyiq ediki... 
Yo'lovchi haydovchidan namozini o'qib olishi uchun avtobusni to'htatib turishini so'rabdi: 
- Qazo qilib o'qiysan! - debdi haydovchi. 
- Men qazosini o'qimay, sen ruldayoq qazo qilib qolsang nima bo'ladi?! - debdi yo'lovchi. 
Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so'zlar 
Mahmat Kirqinchi Ho'jadan: 
- Hazrati Odam nega jannatdan erga tushirildi? - deb so'raganlarida, u kishi shunday 
javob beribdilar: 
- Yomon bo'libdimi?! Ikki kishi keldilar. Inshoolloh, milliardlarcha inson bilan 
qaytadilar. Jannatda qolganlarida, hamon ikkovlon yuravergan bo'lishardi. 
- Ammo do'zahga tushadiganlarning soni ham!.. 
- SHaytonga aldanib, imtihondan yiqilganlarni miqdorini bilmoq muhim emas. Bitta 


tovuqqa yigirma beshta tuhum bostirsang, o'n sakkiztasi luk chiqqanda ham, ettita tovuqqa ega 
bo'lmaysanmi?! 
Bir shamsiya ta'mirchisi yozgan she'rlarini Shekspirga o'qitibdi. Shekspir she'rlarni 
katta bardosh bilan o'qib chiqqanidan so'ng, shamsiyachi shoirga debdi: 
- Do'stim, siz shamsiya qiling, ko'p shamsiya qiling, faqat shamsiya qiling... 
Bir boy davlatmandligidan kerilib, shayhga debdi: 
- Sizga qancha pulu oltin kerak bo'lsa, mana mendan so'rang! 
- Yo'q, - debdi shayh. - Men qulimning qulidan narsa so'ramayman! 
- Ie, qanaqasiga sizga qul bo'lay? - darqahr bo'libdi boy. SHayh javob beribdi: 
- Nafs mening qulim, sen esa nafsning qulisan!.. 
Qirqinchi Ho'jadan so'radilar: 
- Ka'bani ilk ko'rgan kishining duosi mutlaqo qabul bo'lar ekan. Biz ko'rishimiz bilan 
nima deb duo qilaylik? 
- "YO Robbim, bu erda nimaiki duo qilsam hammasini qabul qil" deb... 
Bir kishi Muhammad bin Vosiyning oyog'iga chiqqan yarani ko'rib: 
- Senga rahmim kelyapti, - deganida, u: 
- Men esa huddi shu yaraning ko'zimdan chiqmaganiga shukr qilyapman, - debdi. 
Merganligi bilan tanilgan ovchining qarshisiga turib olgan barvasta bir kishi: 
- Ey yigit, zo'r bo'lsang, qo'limdan tutu erga ur! - deganida ovchi: 
- Do'stim, - deb javob beribdi. - Men merganman, tutganimni emas, otganimni erga 
uraman. 
Bir ko'zi ko'r kishi botqoqlik bir erni sotib olib suvini qochiribdi. Yahshi ishlov 
Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so'zlar 
beribdi. År ekishga tayyor, unumli holga kelibdi: Qilgan ishidan yagona ko'zi quvonib,
o'ziga 
shunday debdi: 
- Ey er, ana endi asl sohibingni topding! 
Nogahon, er tilga kiribdi: 
- Ustimdan sen bilan birga to'qson to'qqizta bir ko'zli "sohib" odam o'tdi. Endi menga 
egalik qilib o'tgan ikki ko'zlilarning hisobini o'ylab ko'r?! 
Buyuklarimizdan biriga savol beribdilar: 
- Taqsir siyosatning qaerida turaylik? Javob beribdi: 
- Ho'ja Nasriddindan "Janozaning qaerida turaylik", deb so'rashganida: "Qaerida 
tursang turaver, faqat ichida bo'lma" degan ekan. 
Suqrotning o'limga hukm etilganini eshitgan hotini: 
- Seni nohaq o'ldirishyapti, - deb yig'lay boshlabdi. 
- O'chir, - debdi Suqrot. - Hali meni haq bo'la turib o'ldirishlarini istabmiding?! 
CHo'lda bir darveshga duch keldim: - "Boshimga soya qil, boshqa sadaqang kerak
emas", - 
derdi u. 
- Ko'p gapiradigan, gapni cho'zadiganlar bilan qanday muomala kilish kerak? - deb 
so'radilar Farobiydan. 
- Ko'p gapirganni kam tinglash kerak! - dedi u. 
Tibbiyot imtihonida talabani savolga tutaverib qiynagan o'qituvchi ohiri: 
- Bir hastani terlatmoq uchun nima qilasan? - deb so'raganida, talaba javob qilibdi: 
- Olib kelib, sizga imtihon topshirtiraman! 
Dunyo ne'matlariga ahamiyat bermaydigan, o'zini juda kamtar tutadigan buyuk Islom 
olimlaridan biri, faqat bir kishi o'tishi mumkin bo'lgan tor yo'lakda, o'ziga bino qo'ygan 
shaharning katta boylaridan biri bilan to'qnash kelibdi. Qorni kajavaday keladigan boy: 
- Men bir devonaga yo'l berib chetga chiqmayman! - deb pishqiribdi. Haligi olim kishi 
yo'l berar ekan, g'oyat sokin ohangda debdi. 
- Men esa yo'l beraman! 
- Ho'jam, inson maymundan paydo bo'lgan deyishadi, shu rostmi? Hikmatli latifalar va 
nishonga urilgan so'zlar 
- Unda, olma pomidordan paydo bo'lgan ekan-da? 
O'qituvchi: 
- Inson odamsimon maymundan paydo bo'lgan. 
O'quvchi o'qituvchiga ishorat qilib past ovozda: 
- Ba'zilari odamsimon eshakdan. 
YAhudiylardan, biri, imtihon qilib ko'rish uchun Payg'ambarimiz (s.a.v.)ning yonlariga 
keldi va qo'lidagi taomni ko'rsatib: 
- Ey Islom Payg'ambari bu mening rizqimmidir? - deb so'radi. 
YAhudiy "ha" javobini olishi bilan qo'lidagi emakni otmoqchi, rad javobini olsa, shu 
zahoti og'ziga solmoqchi edi. Buni bilib turgan Sarvari Olam hech taraddudlanmasdan javob 
berdilar: 
- Åsang, rizqingdir! 
Bemor: 
- E-e, dunyoni rohatini ko'rdik-da do'htir, haliginggayam bordik, har turidan chekdik, har 
turidan ichdik. 
Do'htir bemorning analizlari natijalariga tikilar ekan: 
- Voy bo'y, nimaga o'zingizni buncha urintirdingiz? 
Bemor: 
- Yoshlikda, endi do'htir, yoshlik. Yoshlik yahshi narsa, qarigandan keyin chatog'imiz chiqadi- 
yu... 
Do'htir bemorning gapini bo'lib: 
- Unda "hushhabar"ni eshiting. Siz qarimaysiz!.. 
- Eh yoshlik, yoshlik! Suvday o'tib ketdi-ya! 
- Qarilik ham! 
Ko'k guldirasa, o'g'riga insof bitadi! 
Hastani ALLOH davolaydi, haqini tabib oladi. 
Issiq barchaga bir hil. Sovuq har kimning kiyimiga ko'ra. 
Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so'zlar 
Bu dunyo kemasiga mingan inson ohiratga tomon ketmoqda. "Men ohiratga
bormayman", 
demoq naqadar ahmoqlikdir. Kema-ku, ohiratga ketmoqda, qudrati etadigani bo'lsa, 
marhamat, 
tushib qolsin! 
Odamlar tandir kabobu jigar kabob esin, biz baliq eylik? Bu qanday ko'rgulik, peshonam 
qursin! 
Dunyoda hech qanday dalil qolmagan taqdirda ham, bir mikrobning hayoti ALLOHni anglash 
va anglatishim uchun etarlidir! 
PASTÅRNAK 
Dunyo yasangan, bezangan chiroyli bir kelinchak kabidir! U barchaga kulib boqadi, ammo 
hech 
kimga tegmaydi. 
Dunyoning bu kayfiyatini anglagan buyuk zotlarimiz unga qiyo ham boqmay o'tib 
ketaveribdilar. 
Olmos kabi bo'lki, yonsang, na erda kuling, na ko'kda tutuning qolmasin! 
Biz yo'lda uchrashdik. Azon eshitildi, 
- Yur, jome'ga - dedim. - Bugun jum'a! 
- Masjidga bormasligimni bilasan-ku, - dedi. 
- Bilaman-u, ammo qachongacha bormaysan?! 
- Nima desam ekan, ruhim to'g'ri kelmaydi. Hali tayyor emasman. Qolaversa, shimimning 
tizzalari titilib, dazmoli buzilishidan ham qo'rqaman... arzimaydi. 
Kulgim qistadi. 
- Hazillashyapsanmi? 
- Hazil-pazili yo'q. Oq kiyimni yahshi ko'rishimni, dog' tushirmasligimni bilasan-ku! 
Haqiqatan ham, shunday edi. U ko'pincha oq kiyim kiyardi. Kiyimlari doim dazmollangan, 


toza, ozoda edi... 
Oradan ikki oy o'tib, behos, uning jome' masjidida ekanligini eshitib qoldim. Yugurdim. 
Jome'dagi namoz saflarining eng oldida edi. 
Sekin-asta oldiga yaqinlashib past ovozda: 
- Qani, og'ayni, senga nima bo'ldi? Masjidga bormayman demaganmiding? - deb so'radim. 
Undan sado chiqmadi. Chunki boshdan oyoq oppoq kafanga o'rangancha tobutda yotar, uning 
uchun 
janoza namozi o'qishlarini kutar edi. 
Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so'zlar 
Saljuq sultonlaridan biri, mavlono Jaloliddin Rumiyni ziyorat qilib, gap asnosida 
saltanatlari orasidagi farqni so'rabdi. 
- Sening saltanating, to ko'zing ochiq turgan muddatgacha davom etadi. Meniki esa ko'zim 
yumilganidan keyin boshlanadi, - debdi mavlono. 
Luqmoni Hakimdan: 
- Hastaga nima ediraylik? - deb so'rabdilar. 
- Achchiq so'zdan boshqa, nima edirsangiz ediravering - debdi Hakim. 
Bir francuz yozuvchisi Mehmed Akifdan: 
- Ayollaringizni uydan chiqarmas emishsizlar shu rostmi? - deb so'raganida, Akif: 
- Avvallari shunaqa edi. Ammo keyinchalik chiqardik. Chiqarishga chiqardig-u, endi
hech 
qaytarib uyga kirita olmayapmiz, - deb javob bergan ekan. 
Olouddin Bashardan: 
- SHayton nega mayhonaga ketayotganlarni vasvasaga solmaydi? - deb so'raganlarida. 
- Vasvasa solsa adashib masjidga kirib ketishi mumkin-da! - degan ekan. 
Ikrom bilan Akbar dunyoning eng buyuk Islom oliygohi Misrdagi Azhar dorilfununiga 
qator fanlardan kirish imtihonlari topshirishibdi. 
Ikrom imtihon natijalarini kutishga vaqti yo'q ekanligini bildirib, Akbarga debdi: 
- Akbar, men uyga qaytaman. Imtihon natijalarini telefonda aytib qo'ya qolarsan. 
Faqat, hozir bo'l. Men uyda bo'lmasam-u, dadam javob bersalar, olgan bo'sh baholarimni ayta 
ko'rma! 
- Ie! Bo'shlarini aytmasam, imtihon natijalarini qanday bilasan? 
- Bu juda oson. Agar bitta fandan bo'sh bo'lsa: "Ikromga Hasandan salom", ikkita bo'sh 
bo'lsa: "Hasan va Husandan salom", mabodo uchta bo'sh bo'lsa: "Hasan, Husan va Alidan 
salom", 
deb qo'yasan, tamom vassalom. Hammasi bo'sh bo'lmas-e, o'ldimi! 
Ikrom uyga ketibdi. 
Imtihon natijalari ma'lum bo'lgach, Akbar do'stiga sim qoqibdi. Telefon dastagini 
Ikromning otasi ko'targan ekan, Akbar shartga ko'ra: 
- Do'stim Ikromga aytib qo'ying, unga butun ummati Muhammad sallallohu alayhi 
vasallamdan salom! - debdi. 
Bir mulla, qanday voqea yuz bermasin: "Taqdir ekan", deb qo'yarkan. Uning ikki dona qo'yi 
bor ekan. 
Qishloq podachilari bir kuni: "Qani, nima derkin?", deb shu ikki quyni suruvdan ajratib 
yashirib qo'yibdilar-da, mullaga: Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so'zlar 
- Qo'ylaringni bo'ri eb ketdi! - debdilar. 
- Taqdir ekan, - debdi mulla elka qisib. Ertasiga qishloqdagilar qo'ylarini dalaga 
haydashibdi. Kuchli jala quyib, favqulodda qirning yon-bag'ridan toshib kelgan sel,
darada 
to'planib ketayotgan suruvni jarlikka surib ketibdi. Jonlarini zo'rg'a saqlab qolgan 
hazilkashlar, falokatni kecha qilgan chatoq ishlaridan ko'rib, boshlariga yana biron balo 
kelmasdan, mullaning uyiga yo'l olishibdi: 
- Karomatingga tan berdik! Bizni kechir! Qo'ylaring tirik, qirdagi qo'tanga yashirib 
qo'yganmiz. Ammo qishloqda senikidan boshqa bironta ham tirik qo'y qolmadi! 
Mulla elka qisibdi: - Taqdir ekan
Imom-hatibda o'qib yurgan paytlarimiz edi. Domlamiz bilan Islom olamining boshiga 
kelgan falokat - ko'chalarni to'ldirib tashlagan behayo, beadab manzaralar, suratlar hususida 
so'zlashib ketayotgan edik. SHaharning eng tiqilinch maydoniga etganimizda orqadan
birov 
qarshidan kelayotgan kishiga baqirdi: 
- Ha, nima bo'ldi? 
- E, so'rama, falokat! Falokat!.. 
Nima ekan, deb atrofdagilar bir dam alanglab qoldilar. 
- Qanday falokat? 
- Qanday bo'lar edi? Uchu - nolga qoldik!.. 
Bu javobdan engil nafas olgan domlamiz, biror bir bellashuvda yutqazib qo'yganlari 
anglashilgan bu yigitlarning ma'naviy holiga achindi: 
- Alloh! Alloh! Odamlarning falokat haqidagi tushunchasiga qarang!.. 
Davrada tarkidunyochilik, ohir-oqibatda odamni nahsga bostiruvchi nafsni tiyish haqida 
bahs ketayotgan edi, Bir kishi shunday rivoyat boshladi: 
"Bir serjant yo'lda darveshni uchratib qolibdi, qarasa holi parishon... Achinib so'rabdi: 
- Sen kimsan? 
- Hech kim... 
- Shunaqasiyam bo'ladimi? 
- Bo'ladi. O'zing kimsan? 
- Serjant. 
- Keyin kim bo'lasan? 
- Leytenant. 
- Keyin-chi? 
- Mayor. 
- Undin keyin-chi? 
- Polkovnik. 
- Yana? 
- General. 
- Ho'p, undan keyin? 
- Marshal! 
- Marshal ham bo'lding deylik, undan keyin kim bo'lasan? 
Serjant, undan keyin keladigan o'limni o'ylabdi. 
- Hech kim. 
- Qara-ya, - debdi darvesh, - mening rutbam hozirdanoq senikidan baland zkan!.." Hikmatli 
latifalar va nishonga urilgan so'zlar 
Hazrati Shibliy hastalanib qoldilar. Halifa ul zotni davolashga majusiy bir tabibni 
yubordilar, Tabib hazrati Shibliydan so'radi: 
- Ko'nglingiz nimani istayapti? 
- Sening musulmon bo'lishingni! 
- Musulmon bo'lsam, shifo topib to'shakdan turasizmi? 
- Albatta!.. 
Tabib islomni qabul qildi. Hazrzt Shibliy ham sihat topib, o'rinlaridan turdilar. Buni 
eshitgan halifa dedilar: 
- Men bemorga tabib yubordim desam, bemorni tabibga yuborgan ekanman! 
- E, qo'y shu gaplaringni, kayfni buzma! O'zing ham namozni juda erta boshlading-da! 
Yashash yahshi narsa! Oltmishlarga kirsak hudo hohlasa, biz ham boshlaymiz ibodatni.
Qani 
ko'tar! - I-i-i, men ololmayman! Gunoh-a!.. 
- Ey, oltmishlarga kirsak, bu gunohlarni tozalab yuvib tashlaymiz dedim-ku, ol! 
- Kechirasan-u, oltmishgacha yashayman deb, Hudo bilan shartnoma tuzib qo'yganim yo'q-
da!.. 
Avtobusda uzoq yo'lga ketayotgan edik. Yonimdagi notanish sherigim bilan ancha 
suhbatlashdik. Vaqt o'tdi, manzilga yaqin qoldi. "Hammamiz tushib-tushib ketamiz. Shu 
sherigimni hayotda yana bir marta ko'ramanmi yo'qmi? Bir kun qiyomatda: - "Sen falon soat 
men 
bilan suhbat qilding-u, o'zing haq yo'lda bo'la turib meni bir og'iz da'vat qilmabsan", - deb 
yoqamdan olmasin, degan hayolga bordim. Shu o'y bilan sherigimga savol tashladim: 
- Bu, avtobusni eng yahshi biladigan kishi kim ekan-a? 
- Shofer bo'lsa kerak-da. 
- E, yo'g'-e, - dedi oldimizda o'tirgan kishi. - Bunaqa avtobuslarning bitta ustasi 
bo'ladi, u yoq-bu yog'i buzilsa, o'shanga olib borishadi. Bilsa, o'sha biladi-da. 
Bahsga yana bir kishi qo'shildi. 
- Buni ishlab chiqargan zavodning ishchilari biladi! 
- Hammadan ko'p injeneri biladi! 
Har kim o'zicha fikr bildira boshladi. Shunda men ovozimni baland ko'tarib dedim: 
- Aytinglarchi, shu avtobusni o'ylab chiqargan konstruktordan ham yahshiroq biladigan 
kishi bo'lishi mumkinmi?! 
Hamma gapimga qo'shildi. Tinchlandik. Men ham nafas rostlab, asl maqsadga o'tdim: 
- Ho'sh, insonni-chi? Insonni kim yahshi biladi? 
- Tuqqan onasi-da. 
- Dadasiday biladigani yo'q. Naqd pushtikamaridan bo'lgan! 
Bahs qizidi. 
- Eng yaqin do'sti biladi! 
- E, seni hotiningdan yahshiroq biladigan kishi yo'q! 
- Bor! Do'htirlar! 
- Ha, ayniqsa, psiholog bo'lsa!.. 
O'rnimdan turib ketdim: 
- Hoy, birodarlar, bizni yaratgan ALLOHdan ham yahshiroq biladigan zot bormi dunyoda?! 
Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so'zlar 
- Ha-a, bunisi hayolda yo'q-da! 
- To'g'ri aytding! 
- Ammo yigit kallang bigiz ekan, toshga qaratsang teshaman deydi-ya! 
Kulishdik. 
Bu gaplardan ruhlanib yana hitob qildim: - Modomiki, bizni eng yahshi biladigan ALLOH 
ekan uning kitobini o'qishimiz va aytganlariga amal qilib yashashimiz kerak emasmi?
Yoki 
bizni eng yahshi biladiganning ko'rsatgan yo'lidan ham to'g'riroq yo'l ko'rsatuvchi
bo'lishi 
mumkinmi. 
Bu gapim o'tirganlarga ma'qul keldi. Ammo hech kimdan sado chiqmadi. Hamma
o'ylovga 
tushgan edi!.. 


Afrika bo'ylarida sayohat qilib yurgan kemadan bir jinoyatchi ushlandi. Jinoyatlari shu 
qadar og'ir ediki, hakamlar uni shu zahoti suvga cho'ktirib o'ldirishga buyurdilar. 
Jinoyatchi 
epchillik bilan suv ostida qo'l oyog'ini arqondan bo'shatib sohilga chiqdi. Dunyodan behabar 
bir 
zanji qabilasi yashaydigan manzil ekan! Ular ummondan chiqib kyolgan oq tanli 
jinoyatchini 
tangrilarining yuborgan rizqi deb o'ylab, pishirib edilar. Haq rost. Taqdirida o'tda kuyib 
o'lish yozilgan ekan, kishi suvda cho'kib o'lmaydi. 
Shogird: 
- Ustoz, qurbaqa suvda ko'p suzaverganidan oyoqlarida suzgichlar paydo bo'lgan, degan 
nazariyaga qanday qaraysiz? 
Ustoz: 
- O'sha nazariyaga ko'ra, burgut toshbaqaning ustini cho'qiyverib toshga aylantirib yuborgan 
bo'lsa kerak. 
Eng katta yulduz turkumlari kabi, kichikdan kichik zarralar ham bir qonunga asosan 
harakat qiladi. Bu ALLOHning yagona ekanligiga dalolat emasmi?! 
Davra katta edi. Suhbat qizigandan qizidi. Kimdir: 
- Hozir Azroil alayhissalom kelsa-yu: "Uch kundan keyin joningni olaman, tadorigingni 
ko'raver", desa, nima qilardinglar? - deb o'rtaga savol tashladi. 
- Barcha gunohlarim uchun tavba tazarru qilardim. 
- Kecha-kunduz namoz o'qirdim. 
- Ota-onamning roziliklarini olardim. 
- Barcha qarzlarimni to'lab chiqardim. 
- Molimning katta bir qismini beva-bechoralarga bo'lib berardim. 
Haligi kshii yana gap tashladi. 
- Nimaga shu ishlarni qilmayapmiz? YO ichimizda birov, yana uch kungacha tirik qolaman, 
deb 
qat'iy ishonch bilan ayta oladimi? 
Darhaqiqat, uch kun u yoqda tursin, yana o'n daqiqa yashashimizga ham kafolat yo'q edi!.. 
Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so'zlar 
Hozir o'qi, qabrda o'qiyolmaysan. 
Zubayr KUNDUZALP 
Yo'l udirki, haqqa bora. 
Yunus EMRO 
Qizg'anchiqlik ojizlikning isyonidir. 
Hazrati ALI (r.a.) 
Bir majlisda Komedian Addia Jortardan: 
- Kasal odam nima qilishi kerak? - deb so'rashganida, u: 
- Mutlaqo do'htirga boring. Chunki do'htir ham tirikchilik qilishi kerak. Buyurgan 
dorilarini oling, chunki dorihonachi ham tirikchilik qilishi kerak. Ammo zinhor dorini icha 
ko'rmang, chunki siz ham hali tirikchilik qilishingiz kerak! - deb javob beribdi. 
Majlisda ishtirok etayotgan go'rkov shart o'rnidan turib, hayqiribdi: 
- Jortarga quloq solmang, dorini iching, chunki biz ham tirikchilik qilishimiz kerak. 
Sulton ko'pchilik Usmonli podshohlari kabi safar hozirliklarini ko'rarkan yuradigan 
tomonini sir tutarmish. Bir kuni yana safar tadorigini ko'rar ekan, vaziri qay tomonga yurish 
qilinajagini aytishni qattiq so'ray boshlabdi. 
- Sen sir tutishni bilasanmi? - so'rabdi Sulton. Vazirning ko'zlarida umid uchqunlari 
chaqnabdi. 
- Albatta sultonim, albatta bilamanda. Sulton shu ondayoq javob beribdi: 
- Men ham... 
Yo'lda o'zlariga to'qnash kelayotgan molni ko'rib, Imom A'zam yo'l beribdilar. Sababini 
so'raganlarga esa shunday javob qilibdilar: 
- Molning shohlari bo'lsa, mening aqlim bor! 
SHaharning eng boy kishisi "kimki faqirligidan shikoyatchi bo'lsa, falon maydonga 
kelsin" deb e'lon qildi. 
- Maydon odam bilan to'lib toshib ketdi. 
Barcha boyning nazridan umidvor edi. Boy kishi ikkinchi marta e'lon tarqatdi. 
- Bir faqir faqirligi uchun gunohlari kechirilib, jannatga kirib qoladigan bo'lsa-yu, 
o'sha payt jannatni menga bag'ishlashga rozi bo'lsa, bugundan boshlab barcha boyligim 
o'shaniki. Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so'zlar 
SHartimga rozi bo'lgan kelsin, mol-davlatimni qabul qilib olsin. 
Biroz vaqtdan keyin maydonda hech kim qolmadi. 
Boyning molu davlatidan faqirlarniki ko'proq bo'lib chiqdi. 
Muallim savol qildi: 
- Bolalar, agar Alloh hammamizning jannatga kirishimizni istasa, nega bu dunyoga 
yubordi? 
Bir o'quvchi o'rnidan turib javob berdi: 
- Muallim siz ham hammamizning a'lo baholar bilan sinfdan sinfga ko'chishimizni 
istaysiz, ammo nega imtihon qilasiz. Barchamizga birday besh baho qo'yib chiqmaysiz?! 
Qatl oldidan mahkumga. "Ohirgi istagingni ayt?", dedilar. 
- Tajriba orttirdim, - dedi u, - bu menga yahshi dars bo'ldi. 
O'qituvchi keltirgan qand-qursini yashirib darsga kirdi-da, o'quvchilarga qarab: 
- Alloh bor deydiganlar, qani, hozirning o'zida bergin deb undan biron nima, masalan, 
qand so'rashsin-chi, Allohlari ularga berarmikin. Ammo mendan so'rasangiz shu zahoti 
berishim 
mumkin, - debdi. O'qituvchining hiylasini bilib qolgan bir o'quvchi debdi: 
- Muallim, qand menga allergiya beradi, yahshisi sizdan bitta olma so'ray qolay... 
Hafaqonlik dardiga yo'liqqan falsafa muallimi dars boshladi: 
- Inson koinot hokimi. Butun borliq... 
Bir shaddod o'quvchi shartta gapni bo'ldi: 
- O'z qon bosimiga hokim bo'lolmagan inson, qanday qilib koinotga hokim bo'lsin?! 
Vahbi Qoraqosh ho'jadan bir yigit so'radi: 
- Ho'jam, kunduz kunlari ishlayman, ishim ko'p, namoz o'qishga vaqtim etmaydi.
Hamma 
namozlarimni qazo qilib, kechqurun o'qiyversam bo'larmikin? 
Ho'ja javob berdi: 
- Aytaylik, askar bo'lsangu qo'mondoning bir kunda besh marta huzuriga chorlasa, sen kun 
bo'yi bormay, kechqurun borib unga besh marta salom bersang bo'larmikin?! 
She'r yozishga qiziqadigan bir ayol Mahmad Chinorlidan so'radi: 
- Mahmadbek ayollar yahshiroq she'r yozishadimi, erkaklarmi? 
- Erkaklar. 
- Ie, qanqasiga? Ayol kishi shunchalik nozikta'b, muloyim, go'zal yaratilgan bo'lsa-yu, yahshi 
she'rni qo'poldan-qo'pol erkaklar yozsa? Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so'zlar 
- Honim, gap bunda ilhom masalasidadir. Biz erkaklar o'sha nozikta'b, go'zal ayollardan 
ilhomlanib she'r yozamiz. Ayollar esa bizday qo'pol yaralmishlardan nima ilhom ham
olar 
edilar?! 
YO asling kabi ko'rin, yo ko'ringaning kabi bo'l! 
Jaloliddin RUMIY 
Abu Dardo (r.a.)ga ayoli faqirliklaridan shikoyat kildi, Javob berdilar: 
- Sabr qil. Oldinda shunday bir cho'qqi borki, unga faqat yuki engillargina chiqa 
oladilar. 
Ibrohim bin Adhamga boy bir kosa oltin keltirdi. 
- Buni bizdan qabul qilsangiz. 
- Men faqirdan mol olmayman. 
- Men faqir emishmanmi?! 
Ibrohim bin Adham so'radilar: 
- Hozirgi davlatingdan o'n baravar ko'proq davlatga ega bo'lging keladimi? 
- Albatta! - dedi boy ko'zlari chaqnab. 
- Bu holing faqirlik bo'lmay nima?! Berayotgan narsangga mendan ko'ra, o'zing 
muhtojroqsan!.. 
- Alloh bor bo'lsa, mo''jiza ko'rsatsin! - degan kishiga bir shayh: 
- Dunyoda mo''jiza bo'lmagan narsani sen ko'rsat! - deb javob beribdi. 
Ingliz elchisi turk o'ylarining tashqi devorlarida "YO Hofiz" (Muhofaza qilguvchi 
Robbimiz) degan lavhalarni ko'rib bir turkdan so'rabdi: 
- Shu lavhalarning ma'nosi nima? 
Haligi turk, o'ylab qarasa, Islom dinini bilmaydigan bir kishiga bu so'zlarning 
ma'nosini bildirish uchun juda uzoq gapirish kerak. Shuning uchun qisqa qilib, inglizlar 
tushunadigan tushuncha bilan debdi: 
- Bu ko'rganlaringiz Islom sug'urta shirkatining lavhalaridir. 


Boyazid Bistomiy hazratlaridan: 
- Siz suv ustida yurar emishsiz. Qanday qilasiz? - deb so'radilar. 
- Bir quruq yog'och ham suvda yuzadi. Biz yog'ochcha bo'lmadikmi?! 
Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so'zlar 
Abdulaziz Bakkina hazratlari bir kun muridlariga dedilar: 
- Bu dunyoda ijarachi kabi yashang. Uy sohibi kabi yashasangiz, ketishingiz qiyinlashadi! 
Musiqa muallimi bolaga tanbeh berdi: 
- Men sening yoshingda musiqani suv qilib ichgan edim! 
Bola javobda dedi: 
- Demak, muallimingiz menikidan tuzukroq ekanda?! 
Hazrati Ali (k.v.) ishtirok etgan bir majlisda sir saqlamoq hususida gap ketdi. 
- Bu haqda sizning fikringiz qanday? - deb so'radilar ul zotdan. Hazrati Ali (k.v.) 
javob berdilar: 
- Har qanday sir, saqlaganimiz muddaticha bizning asirimizdir. Oshkor qilgan 
daqiqamizdan e'tiboran, biz unga tobedirmiz. 
Makkada ba'zi kishilar yolg'onchi payg'ambar Musaylamatul Kazzobning yoniga borib: 
- Hazrati Muhammad (s.a.v.) qaysi darahtka yonlariga chaqirsalar u daraht tomir-pomiri 
bilan oldilariga kelardi va U zotning payg'ambarliklariga shahodat berar edi. Sen ham 
payg'ambarman deyapsan. Qani, biror darahtni chaqirgin-chi, kelarmikin? - dedilar. 
Musaylamatul Kazzob tang ahvolda qoldi va istar-istimas bir darahtga qarab: 
- Ey daraht, yonimga kel - deb chaqira boshladi. 
Tabiiyki, darahtdan bir harakat kutilmadi. Musaylama sir boy bermay davom etdi: 
- Nima ham qilardik, payg'ambarlarda kibr-g'urur bo'lmaydi, u kelmasa, men boraman. 
Bir majlisda "Hotin kimdir?" degan bahs yuritilar ekan Hamid: 
- Hotin - bu ari demakdir, - dedi. Bir kishi uning fikriga e'tiroz bildirganida 
Hamid aytmoqchi bo'lgan gapini kengroq qilib tushuntirdi: 
- "Hotin - ari" deganimning ma'nosi shuki, ari ham ignasini sanchib jonni og'ritadi, 
ham patak-patak bol beradi. 
Sulton Abdulaziz Parijdaligida Napoleon III Fuat Poshoga sulton haqida ba'zi 
latifalarni aytar, uning ustidan kular va tez-tez tanbeh berib: 
- Ehtiyot bo'l, yana sulton hazratlariga ayta ko'rma! - derdi. Bir martasida Fuat Posho 
chiday olmay javob berdi: - Qo'rqmang janob, sultonga aytganlaringizni etkazmayman. Ahir 
uning siz haqingizdagi latifalarini aytayotganim yo'q-ku! 
SHahobiddin Sulaymon bir kun Ahmad Hoshimga: Hikmatli latifalar va nishonga urilgan 
so'zlar 
- Uch kundan beri zehnimda muhim bir fikr aylanadi, - debdi. Ahmad Hoshim uning 
mushohada hususidagi noqisligiga ishora qilib debdi: 
- Juda gunohga qolibsan-ku? Qo'yvor, ketsin! Bechora uch kundan beri zehningda bir
o'zi 
zerikib o'lgandir?! 
So'zni juda oliftalik bilan qo'llaydigan bir professordan so'radilar: 
- Qaysi hayvonni ko'proq hush ko'rasiz? 
- Aytolmayman, odobsizlik bo'ladi. 
Hazrat SHabiy fikrini chalg'itmoq bo'lib so'radilar: 
- SHayton hotinining ismi nimadir? 
- Nikohida guvohlikka o'tmaganman! 
Mahmad Akifning onasi qazo qilganida, ko'p vaqtlardan buyon ko'rishmagan do'stlari, 
ta'ziya izhor etib maktub yozishdi. Shoir javoban shunday hat yozdi: 
"YOhu! Sizlardan sado chiqishi uchun, bizning uyimizda janoza qo'pishi kerakmidi?!" 
Nasriddin Ho'jadan so'radilar: 
- Ho'jam! Shu, dunyo necha chaqirim kelarkin? 
Shu asno yonlaridan tobut ko'tarib o'tdilar. Nasriddin Ho'ja tobut tomonga ishorat qildi: 
- Ana undan so'ranglar, o'lchash ishini bitirib qaytyapti!.. 
Kutilmaganda kelib qolgan qo'shnilarni mehmonhonaga taklif qilgan uy bekasi ko'rpacha 
keltirgani yon honaga chiqibdi. 
- Voy-bo'y, - debdi qo'shni ayollardan biri, - uyning besaranjomligini! 
- Umrim bino bo'lib, bunaqa falokat ayolni ko'rmaganman! - debdi ikkinchisi. 
- Voy, nimasini aytasiz, - debdi uchinchisi yarim ovozda, - qachon kelsam, uyi shunaqa 
isqirt! 
Uy bekasi kiribdi. 
- Kechirasiz, qo'shnijonlar, - debdi u, - juda hijolatda qoldim. Hozirgina uyni 
ta'mirlab bo'lgan ustalarni jo'natib, endi u yoq-bu yoqni yig'ishtirishga kirishayotgan edik. 
- Voy, hechqisi yo'q, qo'yavering, - deyishibdi qo'shnilar. 
Shu payt ostonada bir bola ko'rinibdi: 
- Oyijon, - debdi u uy bekasiga. - Boya ish ustidagi hirgoyingizni sizga bildirmay 
yozib olaman deb, magnitofonni yoqib qo'yuvdim. Shuni aylantirib 
qo'shnilarimizga eshittiring, bir maza qilishsin. 
Buni eshitgan qo'shnilar qizarib-bo'zarib, o'z so'zlari ham yozilib qolganini bilib, tazarru 
qilib, uzr so'ray boshlashibdi. 
- Bu erdan-ku, qutuldik, - debdi ayollardan biri ko'chaga chiqishgan, - elkalarimizdagi 
Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so'zlar 
farishtalar barcha ishlarimizni yozib borayotibdi. Tongla mahshar - hisob-kitob kuni nima 
qilamiz?! 
Bir qo'rqoq urushda hamisha pana-pastqamlarda yashirinib jon saqlashni o'ylarkan. Bir 
kuni u hammani hayratga solib, qilich yalang'ochlagancha, birinchi bo'lib jangga
otilibdi. 
Oldingi safda botirlarcha jang qilibdi. Ohiri, botir deb dong chiqaribdi. 
Sababini so'rabdilar. U shunday debdi: 
- Avji jang vaqti bir handaqda jon hovuchlab yotgan edim. Bir kamon o'qi boshimdan oshib 
o'tib tuproqqa sanchildi. Bir payt qarasam, erga qadalgan o'q qimirlaganday bo'lyapti. 
Qiziqsinib borib qaradim. O'q iniga kirib olgan ilonga suqilibdi! O'z-o'zimga dedimki, har 
qancha yashirinsang ham, ajal kelsa, baribir topib olar ekan! Shu-shu qo'rquvni tashladim. 
Bir kun oldin do'stim bilan metroda ko'rishishga kelishib hayrlashgandik. O'sha soatda etib 
keldim, bir soat kutdim, yo'q, ikki soat kutdim, yo'q, uch soat kutdim... asablarim
chidamadi 
uyiga qarab yo'l oldim. "Doim shunaqa qiladi" deb o'yladim ichimda, uni hurmat
qilganim 
sayin o'zidan ketyapti, uning vaqti vaqt-u bizniki po'choq ekan-da. Bunday olganda bir pullik 
odamu yana qadrini oshirganiga o'laymi. E, yuziga rosa so'kaman hozir, nima bo'lsa bo'lsin. 
Bitta 
o'rtoq kam..." Jahl bilan eshikni ochdim. Birinchi ko'zim tushgan odam mahallaning 
murdasho'yi 
edi. Yuvib bo'lishibdi. Do'stginamning janozasini o'qib uyga qaytdim. 
Bola, cho'ntak harajatlari uchun dadasidan olgan pullarini vaqtidan avval eb qo'ydi. 
YAqinda ta'til boshlanadi. Maza qilmaydi. Yo'lini topish kerak. Qo'liga tushgan jurnalda, har 
bir hizmat uchun haq to'lanishi lozimligini o'qib, ko'zlari charaqlab ketdi. Bu mantiqqa ko'ra, 
oilasi uchun qilgan ishlarining har biriga haq olishi kerak! Do'kondan non keltirishni besh 
so'mga, ahlat to'kishni o'n so'mga, onasi bilan bozorga borib kelishini yigirma so'mga 
baholasa, 
qimmatga tushmaydigandek edi. 
Huddi shunday qildi. Bir varaqqa oy davomida bajargan ishlarini yozib narh qo'ydi. 
Umumiy summa 2500 so'mni tashkil etdi. Hatni sekingina onasining yoniga solib qo'ydi. 
Boyish 
yo'lini topganidan boshi osmonda! 
Ertalab dars stoli ustidan 2500 so'm pul va bir enlik hatcha topdi: 
"Seni o'lim bilan olishib dunyoga keltirganim, yillar bo'yi ustingni toza tutganim, ming 
bir azob bilan o'stirayotganimning haqi - faqat sevging va yonog'ingdan olganim birgina 
o'pichdir! Ishlab topgan pulingni o'ynab-kulib ishlat, bolajonim!.." 
5 oktyabr. Bugun bor bo'la boshladim. Buni hali ota-onam bilmaydilar. Bir olma urug'idan 
ham kichikroqman. Ammo nima bo'lganda ham, men borman. 
19 oktyabr. Biroz o'sgan bo'lsam ham, biron harakat qiladigan ahvolda emasman. Onam
o'z 
qoni bilan meni boqmoqda. Qalbining shundoqqina tagiga joylashib olganman. Qizig'i 
shundaki, borligimdan onam hali ham behabar! 
23 oktyabr. Og'zim shakllana boshladi. O'zingiz o'ylang, bir yildan so'ng maza qilib kula 
oladigan bo'laman! Tilga kiraman. Eng avval "Nana" so'zidan boshlayman. Endi kim meni 
yo'q Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so'zlar 
deya olardi?! Nonning ushog'i ham non-da, to'g'rimi? Sizga bir sirni ochay, men qiz
bolaman. 
Gullarni yahshi ko'radigan bo'laman!.. 
27 oktyabr. Bugun qalbim ura boshladi. Bundan keyin hayotimning ohirigacha dukillab 
turadi. Uni zavqu shavqqa to'ldiraman hali. Mana eshiting: Duk, duk, duk! 
2 noyabr. Har soatda zig'irday o'saman. Qo'llarim, oyoqlarim bichimga keldi. Ammo bu
qo'l- 
oyoqchalarim bilan hali beri onamga qarab yugura olmayman, dadajonimning bo'ynidan 
qucholmayman!.. 
12 noyabr. Barmoq chiqara boshladim. Voy-bo'y, muncha kichik bo'lmasa! Hali ular bilan 
soch 
tarayman, gullar teraman!.. 
20 noyabr. Bugun onam do'htirga bordi. Bor ekanligimni bildi. Rosa sevingan
bo'lsangiz 
kerak-a, onajon?! YAqinda qo'llaringizga olasiz meni, erkalatasiz! 
25 noyabr. Ota-onam qiz ekanligimni haliyam bilishmaydi. Balki o'g'il yoki egizak 


kutishayotgandir. Ularga "syurpriz" bo'laman. Qani endi, onajonimday qora soch, charos
ko'zli 
bo'lsam! 
13 dekabr. Endi atrofga bemalol qarayapman. Faqat qop-qorong'i joydaman... Baribir 
bahtiyorman! Oz qoldi ko'zlarim dunyo yuzini ko'rishiga. 
24 dekabr. Onajonimning qalb urishini eshityapman. Mening qalbimni ham his 
qilyapsizmi, onajon? Juda sog'lom qizcha bo'laman. Tezroq dunyoga kelmoqni, bag'ringizda 
maza 
qilib uhlamoqni istayman. Siz ham mening tezroq tug'ilishimni istayapsizmi, onajon? 
Yuzchalarimdan cho'lpillatib o'pasizmi? Meni yahshi ko'rasizmi?.. 
28 dekabr. Onajonim do'htirga keldilar... Voy, nimalar deyapsiz, onajon, rizqni Alloh 
beradi-ku! Bu yog'idan havotirlanmang! 
29 dekabr. Eh, onajonim! Nega tug'ilishimni istamayapsiz! Nega jajji qo'lchalarim bilan 
yuzlaringizni silashimni, sizga erkalanishimni hohlamayapsiz? Afsus... 
Oh, badanim og'riyapti! Qattiq og'riyapti! Meni qutqaring, onajon!.. Ona
jon.. 
SHayh Umar Farruh hazratlarining ziyoratlariga kelgan kishi yonlaridan turib ketgisi 
kelmaydi. Chunki u kishining nurli chehralari, rohatbahsh suhbatlari insonga jannat 
bog'chasida o'tirganday kayfiyat bag'ishlaydi. Ammo qaytish ham kerak. Istar istamas, 
ba'zilari 
ko'ziga yosh olib qaytadigan muridlarini yupatish uchun shayh: 
- Bu dunyo dorul firoq azizim - deydilar, - bu dunyo dorul firoq. 
Namoz payti: "Kelib bizga qo'shilgin", deganlarida: "Allohga ehtiyojim yo'q!", degan 
yigitchani so'roqqa tutdilar: 
- Oshu nonga ehtiyojing bormi? 
- Bor. 
- Suvga-chi? 
- Albatta. 
- Havoga-chi? 
- Bo'lmasam-chi! 
- Åru quyoshga-chi? 
- Shubhasiz! 
- Bas, - dedilar, - bularning bari Allohniki! 
Yigitcha shartta o'rnidan turib keta boshladi. 
- Hoy, qayoqqa? Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so'zlar 
- Tahorat olaman!.. 
Mard udirki, engilganda tan olsin. Inondim degani hamon namozga tursin! 
Bir solih yigit Hizr alayhissalomni ko'rgisi kelaveradigan bo'lib qoldi. Niyati uning 
duosini olish edi. Bir shayhning oldiga borib, "Hizr alayhissalom bilan uchrashtir" deb ko'p 
yalinib yolvorganidan so'ng shayh: 
- Menga yaqinroq o'tirda ko'zingni yum, - deb buyurdi. Bir daqiqadan so'ng "och" deb amr 
qildi. Yigit o'zini Ka'batullohning ro'parasida ko'rdi. Hayratlandi, yuraklari hapriqib 
ketdi. 
- Shu erda o'tir - deb yana buyurdi shayh - bomdod namozini o'qiganingdan so'ng o'ng 
tomoningda oq kiyimda Hizr alayhissalomni ko'rasan unga mahkam yopish. 
Yigit bomdod namozini o'qiganidan so'ng shoshib o'ng tomoniga qaradi. Oppoq
kiyimlik 
hushsurat bir kishi o'tirardi. 
SHayhning "yopish" degan so'zini moddiy yopishish deb o'ylagan yigit u kishining
qo'lini 
mahkam ushlab oldi: 
- Siz Hizrmisiz? - dedi u. 
- Alloh oqibatingni hayrli qilsin, meni qo'yib yubor. 
- Yo'q avval ayting, siz Hizrmisiz? 
- Alloh oqibatingni hayrli qilsin qo'yib yubor! 
Yigit ushlab olgan kishisining Hizr alayhissalom ekanligini aniq bilib, keyin undan duo 
istamoqchi edi. 
- Ayting, - derdi u. - Ayting, Hizrmisiz, rostini ayting?! 
Shunda Hizr alayhissalom dedilar: 
- Ey yigit! Kecha seni karomat bilan bu erga keltirib qo'ygan kishi bugun imonsiz holda 
dunyodan ko'z yumdi. Men seni oqibating hayrli bo'lsin deb duo qilyapman, bundan ortiq 
senga 
nima kerak?! 
Ha, bir umr imon bilan ibodat bilan o'tyapman deb g'ururlanib yurgan inson ohirgi 
daqiqalarda adashishi, shubhalanib qolishi, natijada tili kalimaga bormay qolishi ham 
mumkin. Alloh bundan o'zi asrasin. 
Alloh barchamizning oqibatimizni hayrli qilsin. Omin! 

Download 151,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish