Mumtoz musiqa sadolari ostida 2 boshlovchi sahnaga chiqib keladi. Musiqa pastlatiladi



Download 10,6 Kb.
Sana18.08.2021
Hajmi10,6 Kb.
#151061
Bog'liq
navoiy tadbir senariy


Mumtoz musiqa sadolari ostida 2 boshlovchi sahnaga chiqib keladi. Musiqa pastlatiladi.

1-boshlovchi: Assalomu alaykum, qadri baland mehmonlar, she'riyatga oshufta, ohangga oshno qalblar!

2-boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, aziz talabalar!

1-boshlovchi: Moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrli deydilar. Ulug‘ ajdodlarimizning benazir ijodini o‘rganish, ular qazigan ilm chashmalaridan bahra olish biz avlodlar uchun ham farz, ham qarzdir.

2-boshlovchi: Shu sababdan bugun ulug‘ mutafakkirimiz, so‘z podshosi hazrati Mir Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan kechamizda siz azizlarimizni ko‘rib turganimizdan bag‘oyat shodmiz.

1-boshlovchi: Ruxsatingiz bilan, avvalo, tadbirimizni ochib berish uchun so‘zni ... ga bersak, marhamat.

2-boshlovchi: Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay,

Oncha borkim, Ka'ba vayron o‘lsa, obod aylagay...

1-boshlovchi: Aziz mehmonlar, endi barchangizni asrlar osha moziyga sayohatga, ulug‘ ustozimizning she'riyat chashmalaridan bahramand bo‘lishga chorlaymiz!

Malika budur: (yugurib chiqadi va qo’girchog’ini irg’itib) Men yutdim, men yutdim. Endi shartlarimni bajarasan, bajarasan.

 Aloviddin: Qanaqa shart?

 Malika Budur: Jinga buyur, bizni shunday joyga olib borsin. Ham buyuk insonlar bo’lsin, ham bir-biridan ajoyib-u g’aroyib voqealarni ko‘rmoq istarman.

Aloviddin: Malika, bu ishlar mening qo’limda emas. Jin chiroqqa qaytib kelgan bo’lsa, bajonidil( chiroqni olib ichiga nimalarnidir shivirladi va ishqalab yerga otadi. Shovqin bilan jin paydo bo’ladi)

 

Jin: Amringizga muntazirman, xojam.



 Aloviddin: Ulamolar , aql, qalb ko’zlarini ravshanlashtiradigan odamlarni ko’rmoq istayman.

 Jin: (soqolidan uzib afsun o’qiydi) Hakkalla-dukkalla-cho’kkalla…

 Malika Budur: Vuy,chiroyliligini…

 

Aloviddin: Jim, mana bu joyga o’tir.



 

Sahna 15-asrdagi ko’rinishda bezatilgan. Xontaxta atrofida to’rt-besh shoirlar ashor o’qishardi.

 Alisher Navoiy: La'lingni qilib nuqtasaro, ey qora ko’z,

Ishq ahli hayotiga yaro, ey qora ko’z.

Chekma yana surma ko’z aro, ey qorako’z,

El qonig’a  ko’z qaro, ey qorako’z.

 

Shoirlar: Ofarin, tasanno, bali-bali deb baho berarlar. Misralarg’a jo bo’lg’an ma’nisi meni ko’p hayron qoldiradur.



 

1-shoir: Avvalgi mushoirada bu ruboiy ustida bahs-munozara bo’lg’onini eshitib erdik. Mir Alisher, ne boisdin sizning bul shoh misralaringiz bahsga sabab bo’lg’on erdi?

 

Alisher Navoiy: Menim xos xattotim biroz betoblanib erdi. Havasmand xattotdan biri chiroyli ko‘chirishga olib ko’chiribdur. Biroq qora ko’z so’zida  bir nuqtani tushirib qoldirg’onlig’in bilmagan. Uni o’qig’on shoiri buyuklar “Alisher “ko’z” emas, “ko’r” yozibdi, xato yozibdi, o’zlari nuqson-qusurga yo’l qo’yibdilarmi, boshqalardan nimani kutish mumkin” degan gap qulog’imga chalindi. Aslini ularg’a uzotib “meni ko’r qilg’onlar ko’r bo’lsin” deb anga javob berib yubordim.



 Shoirlar: Xato yozadirg’on xattotdan xattot chiqmas, ko’ngli egridan to‘g‘ri gap chiqmas deb bekorga aytmaslar, - debdilar.

 

Malika Budur: Aloviddin, Mir Alisher haqida ko’p bilmoqchiman. Menga hikoya qilib bersinlar. Tezroq.



 Aloviddin: (Chiroqni ishqalaydi, jin hozir bo’ladi va xojasining amrini kutadi)

Jin, malika Budurga hikoyalar biladiganlarni ko’rsat. Kim haqida bilmoqchiligini anglagandirsan.

 Jin: Amringiz bajariladi, xojam.

Navoiy hayoti va ijodi haqida vidio rolik qoyiladi

Azizlar,“Qizlar gulshani” guruhi ishtirokida Alisher Navoiy g‘azallaridan tinglang, marhamat.

G‘azallar:

Mahliyo "Kelmadi"

Feruza "O‘n sakiz"

Gulandom "Topmadim"

Lobar "Bo‘ldim sanga"

Durxonim "Deyin"

Sevinch "Meni men istagan"

Malika budur: Aloviddin, bu g‘azallar menga zavq bag‘ishlayapti-ku, men biroz charchadim, musiqa tinglagim kelyapti.

Aloviddin: Jin, malikaning buyrug‘ini bajar.

Jin...

1-raqs.


 

Malika Budur:   Aloviddin, men mashhur shoirning asarlari haqida bilgim kelyapti

Aloviddin:   Qaysi asari?

Malika Budur: O'sha mashhur asari "Xamsa " haqida

Aloviddin: Jin malika ikkimizga "Xamsa" asari haqida ma'lumot ber

Jin: Hakkala-dukkala-chokkala

Xamsa

Hayrat ul abror



Farhod shirin Dilsoz

Layli majnun. Bikajon apka

Sabbai sayyor

Saddi iskandariy Barno

Malika: Aloviddin men bu asarlarni tinglab, ular orasiga tuwib qolgim keldi

Aloviddin: Qaysi asariga

Malika Budur:    Bilmayman. Lekin shu asarlar olamida bo'lishni juda xohlayman.

Aloviddin:(chiroqni olib ishqalaydi, jin xizmatga hozirligini bildiradi) Budur ikkimizni tillarda doston bo’lgan Farhod va Shirin yoniga olib bor.

Jin:Amringiz bosh ustiga, xojam.

 “Farhod va Shirin” dostonidan kichik lavha ko’rsatiladi.

Shirin. Risolat

Farhod. Mohigul

Shirin:Ki, Ey na’layning o’rni qiblagohim!

Harami nazhating g’amdin panohim!

 Farhod: Necha yetkay sanga mendin malolat,

Necha kelgay manga ondin xijolat.

 Shirin:Boshimg’a tig’i g’am ursang ne bo’lg’ay,

Bu so’z deguncha o’ltursang ne bo’lg’ay,

 Farhod:Meni hindidek otashgahga boshla,

Uzorim xolidek o’t ichra tashla.

 Shirin:Ki jismim bo’lsa ui o’t ichra nobud,

Sochimdek chiqqay ondin chirmanib dud.

 Farhod: Malolimdin bari olam qutulsin,

Tanim yuz ming balodin ham qutulsin.

 Shirin: Qulog’i mustami bo’lmay so’zimga,

Ko’zi oylar o’tub tushmay yuzumga.

 Farhod:Tog’ ichra sel yanglig’ oqizib yosh,

Urub tosh uzra hardam seldek bosh.

 Shirin:Xayolim birla ko’nglim kone aylab,

Firoqim ichra umrin zoye aylab.

Jin:Hakkalla, dukkalla,cho’kkalla. Aslingga qayt!

Budur: voy, menga Shirin juda yoqib qolgandi!

Aloviddin: Malika Budur, bu tomonga qaragin, shoirning yana bir asari qahramonlari orasiga tushib qolibmiz!

Budur: Voy,bu o'sha Sabbai sayyor dastonidagi mashhur 7 go'zal emasmi.

Aloviddin: Ha, bular 7iqlimdan kelgan malikalar.

"Sabbai sayyor

7 go‘zal:

Barno


Mohinur

Madina


Dilnavoz

Gulandom


Sanobar

Bonu


Malika budur: Ajoyib, qanday go‘zal!!!

Aloviddin: Malika Navoiy bobomizning ruboiylaridan ham tinglaylik. Nima deysin

Malika: Hop qanday yaxshi-ya

Jin:......

Ruboiy

Dilbar


Maftuna

Mohigul


Mohinur

Shahnoza


Kamola

Bikajon apka

Risolat

Boshlovchi: Malika, Aloviddin bizning Navoiy bobomiz butun dunyoga mashhur shoir, keling boshqa mamlakat olimlaringing bobomiz haqidagi oltinga teng fikrlaridan tinglaylik

Malika: Hop

Fikrlar:


Hayitmetov. Gulasal

Rashidiy. Barno

I. Karimov. Dilnovoz

Mohinur. Hakimshoh

Husayn Bayqaro. Muhlisa

Jomiy. Guli

Bobur: Dilsoz

Malika:. Aloviddin men judayam zerikyapman

Aloviddin: Unda kel biiir qoshiq tinglaylik

"Binafsha" raqsi

Boshlovchi: Navoiy bobomiz asarlarini hamma birdek sevib oqiydi, g'azal-u ruboiylarini boshqa millat vakillari ham o'z tiliga o'girib yod olishadi.Keling hozirgi navbatni chet tillaridagi bobomizning ruboiylariga bersak

Malika: Voy qanday yaxshi, judayam qiziqyapman qanday bolar ekan dep, tezroq ewtaylik

Jin:. Amiringiz bosh ustiga Malikam..

Chet tilidagi ruboiylar:

Navoiyniki:

Maftuna, turk

Gulandom. Fransuz

Sanobar: Ingliz tili

1-boshlovchiO'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa,

Oltin boshning kalla bo'lgani shudir.

Bedil qolib Demyan Bedniyni suysa,

Qora sochning malla bo'lgani shudir.

O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa,

Dod demoqqa palla bo'lgani shudir.

Ma'rifatdan ayri o'ynasa, kulsa,

Aza chog'i yalla bo'lgani shudir.

2-boshlovchi: El komil bo'lmasa, yurt emas ulug',

Beqadr mahalla bo'lgani shudir.

Qalb to'la nur xalqning rizqi ham to'lig',

Ombor to'la g'alla bo'lgani shudir.

O'zbek o'zligini anglasa bekam,

Uning "Barakalla" bo'lgani shudir.

Olamga Navoiy nasliman degan

Ovozi baralla bo'lgani shudir.

1-boshlovchi: Ha, azizlar Navoiy ijodini o'rganish, uning merosini asrab avaylaw har birimizga nasib qilsin.

2-bosh:Shuning bilan bugungi tadbirimiz o‘z nihoyasiga yetdi.



1-boshlovchi: Barchangizga sog‘lik-salomatlik, ishlaringizga rivoj tilab bugungi tadbirni yakunlaymiz. E'tiboringiz uchun rahmat!

Tadbir tugadi!
Download 10,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish