Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis


-BO‘LIM O‘ZBEK SINTAKTIK TA’LIMOTI VA UNING TARAQQIYOTI



Download 1,48 Mb.
bet2/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

1-BO‘LIM


O‘ZBEK SINTAKTIK TA’LIMOTI VA UNING TARAQQIYOTI.
Tayanch tushunchalar


Sintaksis, sintaktik birlik, nominativ birlik, kommunikativ birlik, sintaktik ta’limot, formal yondashuv, substansional yondashuv, ustqurma talhil, lisoniy sintaktik qolip

Sintaksis tilning mustaqil atov birliklari bo‘lgan so‘zlarning o‘zaro birikib, nominativ birliklar (so‘z birikmalari) va maxsus shakllanib yoki birikib kommunikativ birliklar (gaplar) hosil qilish usul va qoidalari, ularning turlari va vazifalarini o`rganadi va o`rgatadi. Tilning bosh ijtimoiy vazifasi kishilar orasida kommunikatsiyani (aloqa-aralashuvni, fikr almashtirishni) ta`minlash bo`lgani bois sintaksisining o`rganish manbalaridan biri bo`lgan kommunikativ birlikda – gapda mohiyatan tilning barcha sath birliklari birgalikda, chambarchars bog‘lanishda ma’lum bir aniq moddiy shakl qabul qilgan holda voqelanadi. Demak, tilning bevosita yashashi va fikr almashish, aloqa-aralashuv vositasi bo‘lishi (kommunikativ vazifani bajarishi) sintaksis bilan uzviy bog`liq – tilning istagan tur va katta-kichiklikdagi birligining yashash, o`zini ko`rsatish va real voqelanish maydoni sintaksisdir. Shu sababli sintaksis, bir tomondan, tilshunoslikning eng asosiy va birlamchi tadqiq manbayi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, u, murakkab nutqiy birliklar bilan aloqador bo‘lganligi bois, ko‘pincha tadqiqotchi diqqatidan chetda qolib keladi. Chunki sintaktik qonun-qoidalarning bevosita voqelanishi bo‘lgan sintaktik hosilalarning tarkibiy qismlari, odatda, tilshunoslikning turli-turli bo‘limlarda – fonemalar (tovush va harflar) fonetika/fonologiya/grafikada, morfemalar (qo‘shimcha va so‘zshakllar) morfemika va morfologiyada, leksemalar (so‘zlar) leksikologiya, semasiologiya va stilistikada – sistema sifatida o‘rganiladi va sintaksis ularning soyasida qolib ketadi; substansiyaning ayrim qismlarining bir-biridan ajratilgan nochor tavsifi butunlikni yaxlit ko‘rishga monelik qiladi. Shuning uchun aytish mumkinki, bir tomondan, tilshunoslikka bag‘ishlangan hech bir tadqiqot sintaktik tahlildan xoli bo‘lolmaydi, ikkinchi tomondan, sintaksis tavsifiga bag`ishlangan maxsus ishlar soni sanoqli.


Tilshunoslik tarixidan ma’lumki, til sathlari birliklari orasida sintaktik hodisalarni alohida ajratish va o‘rganish boshqa sath birliklari tadqiqidan ancha keyin boshlangan. Lingvistik bilimlar silsilasi taraqqiyotida Arastudan boshlab XX asr boshlarigacha sintaktik qurilish tadqiqini fonetika, morfologiya va leksikani o‘rganish to`sib keldi. Yevropada zamonaviy nazariy (ilmiy) tilshunoslik ibtidosi deb sanaladigan qiyosiy-tarixiy tilshunoslik (komparativistika)da ham, undan ancha oldin rivojlangan arab tilshunosligida ham, qadimgi hind tilshunosligida ham tadqiqotchining diqqat markazida tilning tovushlari, so‘zning shakllari, so‘zning o‘zi turar edi. Shuning uchun turkiy tillarning o‘rganilish tarixi masalalari bilan chuqur shug‘ullangan akademik A.N.Kononov turkiy tillar sintaksisini ilmiy ravishda izchil o‘rganish XX asrdan boshlanganligi haqida yozib, “bu davrdan oldingi ishlarda ayrim turkiy tillarning sintaksisi haqida uzuq-yuluq ma’lumotlargina berilganligi”ni alohida ta’kidlaydi. Bu fikr haqiqatga yaqin. Zero, turkiy tillarni ilmiy asoslarda o‘rganish XI asrdan (Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asaridan) boshlab hozirga qadar uzluksiz davom etib kelayotganligiga qaramay, XI-XIX asrlarda sintaksis tahlili va talqiniga bag`ishlangan birorta ham maxsus ishni sanab o`tolmaymiz. Vaholanki, fonetika, leksika, hatto morfologiya bo‘yicha yuzlab tadqiqot va tavsiflar mavjud. To‘g‘ri, Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad Koshg`ariy o‘z “Devon”ida … sintaksisga bag‘ishlangan maxsus asari – “Javohiru–n–nahv fi lug‘oti–t–turk” (“Turkiy tillar grammatikasi (sintaksisi) javohirlari”) borligini alohida ta`kidlaydi. Bu asar hozircha ma’lum bo‘lmasa ham, ayta olamizki, uning materiallari sintaksisning hozirgi - zamonaviy talqinidan ancha yiroq va, asosan, arab tilshunosligi an`analariga muvofiq ravishda, morfologik shakllarning qo`llanilish tavsifi bilan chegaralangan bo`lishi mumkin. Chunki, birinchidan, Mahmud Koshg`ariy o`zi mansub bo`lgan arab tilshunosligi tamoyillaridan ko`p ham uzoqqa borolmas edi. Ikkinchidan, arab tilshgunosligining o`zida nahv termini ikki ma`noda – “umuman grammatika” (ya`ni, morfologiya, so`z yasalishi va sintaksis birgalikda) va “sintaksis” ma`nosida qo`llaniladi. Uchinchidan, muallifning o`zi “Devon”ning o`zbekcha nashri 62-betida “Javohir…” ning mazmuni “birlik, ko`plik, oshirish, chog`ishtirish, kichraytirish, kelishiklar masalasi”dan iboratligi haqida gapiradi. Bunday masalalar esa hozirgi kunda morfologiya doirasida o`rganiladi. Shuning uchun faraz qilish mumkinki, Mahmud Koshg`ariy ikki asarini arab tilshunosligida ajratilgan tilshunoslikning ikki katta qismiga – “Javohir…” ni grammatika tavsifiga, “Devon”ni esa lug`at va so`z yasalishi masalalariga – bag`ishlagan.
Arab tilshunosligida sintaksisga – so`z birikmalari va gap qurilishi tahliliga – kam e`tibor berilganligi bois Mahmud Koshg`ariy ham, o`rta asrning boshqa turkiyshunoslari ham sintaksisining maxsus tavsifini, odatda, chetlab o`tadilar va sintaksisga doir qator masalalarni morfologik shakl (qo`shimcha) va yordamchi so`zlarning qo`llanilishi bilan bog`liq ravishda sharhlaydilar. Tabiiyki, ontologik-metodologik nuqtayi nazardan bunday yondashish grammatikaning umumiyligi hamda uni morfologiya va sintaksisga ajratish ko`p hollarda o`ta shartligi bilan bog`liq.
Komparativistika va yosh grammatiklarning qiyosiy-tarixiy tilshunosligida ham sintaksis muammolari “ikkinchi darajali” tadqiq manbayi edi; bu yo`nalishlarda so`z va qo`shimchalar ifoda tomonining taraqqiyoti diqqat markazida edi. Shu sababli Yevropa (asosan, rus) turkiyshunoslarining XIX asrning oxiri – XX asr boshlaridagi tavsifiy ishlarida ham sintaksis bo`yicha ma`lumotlar umuman yo`q, yoki morfologiya bo`limiga singdirib yuborilgan. Shuning uchun o`zbek tili sintaksisi bo`yicha ilk maxsus tavsif sifatida biz hozircha Abdurauf Fitratning birinchi nashri 1925-yilda amalga oshirilgan “O`zbek tili qoidalari to`g`risida bir tajriba. Ikkinchi kitob - Nahv” asarini tilga ola olamiz, xolos. Haqiqatan ham, bu ish o`zbek tili sintaktik qurilishining izchil tahlilini boshlab beruvchi ham tadqiqot, ham tavsif – o`quv qo`llanmasidir. Tilshunos A.Nurmonov “hali o`zbek tili sintaksisining mundarijasi belgilanmagan, sintaktik tushunchalarni ifodalovchi atamalar izga solinmagan bir davrda bu asarning vujudga kelishi o`zbek tlshunoligi tarixi uchun katta voqea edi,”1 – deb unga yuksak baho berganida to`la-to`kis haqdir. Fitrat o`zbek sintaksisi talqiniga so`z uyushmasi (so`z birikmasi, so`z qo`shumi), gap, uning asosiy qismlarini atovchi kesim, ega, to`ldirgich (gap tarkibidagi ega va kesimdan boshqa bo`laklar, ikkinchi darajali bo`laklar), kirish so`z, turush belgilari (tinish belgilari) kabi o`nlab atama va tushunchalarni olib kirdi. Olim ilk qadamdanoq turkiy tillar (jumladan, o`zbek tili) sintaksisining G`arbiy-Yevropa tillari sintaktik qurilishidan tub farqlarini:
a) kesimning gap qurilishida alohida mavqe egallashini – “so`z qo`shumini gapga aylantiradigan” qism ekanligini;1
b) gap va so`z birikmalari tarkibida tobe–hokim tartibi mutlaqligini
ilg`ay va sharhlay oldi.O`zbek tilshunosligi Fitratning bu xizmatini (olim yasagan kesim atamasiday) hech qachon unutmaydi.
Davr talabi bilan bog`liq ravishda Abdurauf Fitrat bu asarida turush belgilari (tinish belgilari) ustida juda mufassal to`xtaladi, zero bu belgilar (ularning qo`llanilishi bilan bog`liq bo`lgan gapning ma`no xususiyatlari va bo`linishi, qismlari orasidagi munosabat, matnda gapning alohida ajratilishi v.h.) arab imlosi uchun tub yangilik, lekin Yevropa tilshunosligining ulkan yutug`i edi. Shuning uchun jadid ma`rifatparvarlari, xususan, Ashurali Zohiriy arab imlosiga tinish belgilarini olib kirishni zo`r berib targ`ib etganlar. 1921-yildagi yozuv islohoti bilan bog`liq ravishda imloga kiritilgan bu belgilar ulkan yangilik va sintaksis tadqiqi uchun debocha edi, zero tinish belgilarini qo`llash sintaktik tahlil va talqin bilan uzviy bog`langan. Fitrat ham ilk zamonaviy o`zbek grammatikasida shuni nazarda tutgan.Fitratning bu asari o`zbek tili sintaksisi bo`yicha 1940- yilgacha – tilshunosligimizning A.G`ulomov taraqqiyoti davrigacha – amalda bo`lgan va turli mualliflar tomonidan yaratilgan keyingi darsliklarning tuzilishi, mazmuni va atamalariga kuchli ta`sir ko`rsatdi.
Butun o`zbek grammatik ta`limotida bo`lgani kabi sintaktik talqinlarning ham navbatdagi taraqqiyot bosqichi tilshunoslikda formal tahlil (zamonaviy tillarning sinxronik formal tavsifi) metodi “shakldan mazmunga” yo`nalishining yoyilishi va uni ommalashtirganlar – Aleksandr Borovkov, Andrey Kononov, Yevgeniy Polivanov, Viktor Reshetov, Ulug` Tursunov, Ayyub G`ulomov kabi mumtoz o`zbek tilshunoslari faoliyati bilan bog`liq. Jumladan, prof. Ayyub G`ulomov bu yo`nalishning akademik V.V.Vinogradov talqini asosida ommalashgan va S.G.Barxudarovning rus tili bo`yicha o`rta maktab darsliklarida “qonuniylashtirilgan” shakli asosida o`zbek tili sintaktik qurilishining mohiyatan yangi tavsifini berdi. Bu tadqiqot va darsliklarda Abdurauf Fitratning bir qator atamalari saqlangan bo`lsa-da (chunonchi, kesim, ega, kirish so`z, to`ldiruvchi... v.b.), ular ko`p hollarda tamoman boshqa mazmun-mohiyat kasb etdi. Jumladan, kesimga ”gapning mutlaq hokim bo`lagi mavqeidagi egaga tobelangan va u haqda ma`lumot beradigan bo`lak” maqomi berildi, ya`ni formal tahlilda mantiqiy grammatikaning (logitsizmning) salbiy ta`siri bo`lgan xato o`zbek tilshunosligiga ham ko`chirildi; mantiqda haqiqatan ham hukmda subyekt (ega, mavzu, substansiya) – hokim, predikat (kesim, mahmul, aksidensiya) – tobe qism sanaladi. Ayni munosabat tilga ham aynan ko`chirildi, sodda va qo`shma gap talqini asosini tashkil etdi. Bu mohiyatan Abdurauf Fitrat talqinlaridan bir qadam orqaga chekinish va rus grammatik talqinlariga ikki qadam yaqinlashish edi. Taqlidchilik, rus grammatik talqinlariga yaqinlashish shu darajaga yetdiki, masalan, Yaxshi bola yaxshi o`qiydi. kabi qurilishli gaplarda yaxshi nafaqat bir o`rinda aniqlovchi, ikkinchi qo`llanilishda hol sifatida talqin etildi, balki leksik-grammaik omonim so`z – sifat va ravish deb e`tirof etildi. O`zbek tilida sodda va qo`shma gap qurilishi ega mutlaq hokimligi asosida talqin etildi.
So`z birikmasi masalasida olim formal tilshunoslik ajratgan moslashuv, boshqaruv va bitishuv aloqalari asosida nutqiy nominativ birlik hosil qilish va bunda tobe qism shaklini belgilashda hokim qismning yetakchiligi tamoyilini olib kirdi. Shu asosda so`z birikmalari turlarini aniqlash va yangicha tavsiflashning tamal toshlarini qo`ydi.
O`zbek formal grammatk talqinlari asoslarini Ayub G`ulomov “Sintaksis va punktuasiya bo`yicha mashqlar to`plami” (–T.: O`zdavnashr, 1938; 1939; 1947), “O`zbek tili grammatikasi. 2-qism. Sintaksis” (–T.: O`zdavnashr, 1940), “O`zbek tilida aniqlovchilar” (–T.: O`zdavnashr, 1941), “O`zbek tili grammatikasi. 2- qism. Sintaksis” ((–T.: O`zdavnashr, 1944 – 1960), “Sodda gap. Hozirgi zamon o`zbek tili kursi bo`yicha materiallar” (–T.: O`z FA nashr., 1955) va, nihoyat, Mazluma Asqarova bilan hamkorlikda yozilgan, o`zbek formal sintaktik ta`limotining mukammal sharhi bo`lgan, yaqingacha oliy ta`lim tizimi uchun eng mukammal darslik sanalib, akademik G`anijon Abdurahmonov yetakchiligida tuzilgan qo`llanma bilan bir qatorda hozirgacha ham amaliyotdan tushmagan (uchinchi nashri 1987- yilda amalga oshirildi) “Hozirgi zamon o`zbek tili. Sintaksis (–T.: O`rta va oliy maktab, 1960) kabi asarlari orqali keng ommalashtirdi.
XX asrning o`rtalarida ustoz Ayyub G`ulomov ommalashtirgan so`z birikmalarida hokim bo`lak, gap qurilishida esa ega yetakchiligi haqidagi talqin asosida o`zbek tili sintaksining alohida (oldingi tilshunoslar juda kam e`tibor bergan) sohasi – qo`shma gap sintaksisi tadqiqiga alohida diqqat qaratildi. Akademiklar G`anijon Abdurahmonov va Mazluma Asqarovalarning doktorlik dissertatsiyalari (1960 va 1963- yillar), qator monografiya, risola va o`quv qo`llanmalarida, juda ko`p ilmiy maqolalarida, o`nlab shogird va izdoshlarining dissertatsion ishlarida bu masala tadqiq, tahlil va targ`ib manbai bo`ldi. Bu talqinlarda gap qurilishining talqini markazida ega turganligi va ega–kesim munosabati mantiqiy predikatsiya (subyekt–prekikat) aloqasi bilan deyarli tenglashtirilganligi sababli Salimjon kelgach/kelgandan keyin/kelishi bilan axborot berdi.; Salimjon o`qidi, yozdi. turidagi qurilmalar bir xil egali bo`lganligi bois sodda, ikki va undan ortiq eksplitsit (gap qurilishida moddiy shaklda ifodalangan) egali (aniqrog`i, ega emas, balki subyektli, bajaruvchili, foilli) qurilmalar (Salimjon kelgach/kelgandan keyin/kelishi bilan, u/Rahimjon axborot berdi.; Salimjon o`qidi, u/Rahimjon yozdi.) qo`shma gaplar sifatida baholandi. Mana shu metodologik tamoyillar asosida qo`shma gapning bog`langan, ergash gapli, bog`lovchisiz, murakkablashgan kabi turlari ajratildi.
Keyingi yillarda sodda va qo`shma gap qurilishi, so`z birikmalari va ularning ko`rinshlari talqini bilan bog`liq bo`lgan juda ko`p juz`iy masalalar F.Abdullayev, G`.Abdurahmonov, M.Asqarova, A.Borovkov, F.Kamolov, Sh.Rahmatullayev, V.V.Reshetov, U.Tursunov, A.G`ulomov singari olimlar ishlarida va ularning rahbarligida amalga oshirilgan A.Abdullayev, H.Abdullayev, X.Abdurahmonov, A.Ahmedov, T.Akramov, O.Amirova, S.Ashirboyev, D.Ashurova, A.Berdialiyev, V.Egamberdiyev, T.Hayitmetov, A.Hazratqulov, F.Ibrohimova, X.Ismatullayev, X.Komilova, A.Mamajonov, A.Ma`rupov, M.Mirzayev, D.Muhamedova, A.Muxtorov, M.Mujdaboyev, J.Omonturddiyev, I.Rasulov, S.Ravshanova, A.Sayfullayev, S.Solixo`jayeva, Z.Sulaymonov, S.Usmonov, F.Ubayeva, I.Toshaliyev, I.Tursunov, B.To`ychiboyev, B.O`rinboyev, S.G`oyibov, M.Sharipov, K.Shoazizov, E.Shodmonov kabi olimlar tadqiqotlarida muhokama etildi, muayyanlashtirildi. Pirovard oqibatda, o`tgan asrning 70-yillariga kelib, formal tahlil usuliga tayangan o`zbek sintaktik nazariyasi va o`zbek tili sintaktik qurilishining talqini tugal shakllandi, 1976- yilda nashr etilgan ilmiy grammatikada (O`zbek tili grammatikasi. 2-tom. Sintaksis. – T.: Fan, 1976) umumlashtirildi, formal tahlil yutuqlari asosida o`zbek tili sintaktik qurilishining boshqa tadqiq metodlari, jumladan, qiyosiy, tarixiy, sistem-struktur v.b. tahlil usullari bilan chuqurlashtirish, formal tavsif asosida qator ustqurma tahlillarda tilimiz sintaktik qurilishidagi turli-tuman paradigmalarni va paradigmatik munosabatlarni ochish ishlariga zamin hozirlandi.
Mana shunday ustqurma tahlillardan biri gapning aktual bo`linishi va gap qurilishining uslubiy xususiyatlarini o`rganish bo`ldi. Bu yo`nalishda R.Abdusamatov, A.Abdusaidov, A.Hayitmetov, S.Karimov, A.Mamajonov, J.Omonturdiyev, , R.Qo`ng`urov, A.Safoyev, kabi olimlar ishlab, jiddiy yutuqlarni qo`lga kiritdilar, o`zbek matn lingvistikasi va uslubiyati rivojiga katta hissa qo`shdilar.
Akademik G.Abdurahmonov, professorlar S.Ashirboyev, X.Nazarova, Sh.Shukurov, ularning shogirdlari tadqiqotlari mazkur ilmiy asoslarda o`zbek tili sintaktik qurilishining diaxronik (tarixiy) tavsifi poydevorini qo`ydi.
Formal sintaktik tavsif natijalariga tayanib, o`zbek tili sintaksisi bo`yicha amalga oshirilgan va katta ilmiy samaralar bergan yo`nalishlar sifatida sistem-struktural tahlil usullariga tayanib olib borilgan semantik sintaksis va valentlik bo`yicha tadqiqotlarni alohida sanab o`tish lozim. Bu sohalarda A.Ahmedov, A.Berdialiyev, D.Lutfullayeva, N.Mahmudov, A.Nurmonov, M.Qurbonova, I.Qo`chqortoyev, R.Rasulov, A.A.Salkalamanidze, S.Sultonsaidova, H.Usmonova kabi olimlar erishgan yutuqlarning ilmiy salohiyati o`zbek tilshunosligidagina emas, slavistika va germanistika – umuman til qurilishi tahlil nazariyasida o`ziga xos ahamiyatga molikligi, mustaqilligi bilan ajralib turadi. Mantiq va sintaksis chorrahasida turadigan semantik sintaksis bo`yicha o`zbek olimlarining yutuqlari 1992-yilda ”Fan” nashriyoti ommalashtirgan Nurmonov A., N. Mahmudov, A. Ahmedov, S.Solixo`jayevalarning “O`zbek tilining mazmuniy sintaksisi” mohografiyasida umumlashtirildi.
Valent tahlil usulida formal sintaktik talqinlar asosida qo`lga kiritilgan yutuqlar, jumladan, o`zbek substansial tahlili poydevorlaridan biri bo`ldi. Shuning uchun uning o`rganilishi, ahamiyati va substansial tilshunoslikda rivojlantirilishi masalalariga ushbu kitobning birinchi jildida maxsus bob berilgan edi, bu kitobda unga ancha o`rin ajratilgan.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish