Mundarija I kirish II asosiy qism Jamiyatdagi iqtisodiy muammolarni idrok etishda “Mikroiqtisodiyot” fanining roli



Download 97,22 Kb.
bet6/14
Sana05.07.2022
Hajmi97,22 Kb.
#740045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot kurs ishi tayyor

Bozor muvozanati modeli – iqtisodiy agentlar o‘rtasidagi muno­sabatlarni tahlil qilishda foydalaniladi.
Talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat modeli bozorning mikro­iqtisodiy tahlilining asosini tashkil etadi.


5.2 O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o’tish sabablari va zarurligi mavud muammolar.
Mikroiqtisodiyot yunoncha «mikro» - «kichik» so'zidan olingan bo'lib, iqtisodiyotning hal qiluvchi dastlabki bo'g'ini bo'lgan firma, korxona va undan ham kichik bo'lgan korxonalar, mikrofirmalar, turli xil xalq xo'jaligi sohalaridagi xizmat ishlarini bajaravchi xo'jalik va tashkilotlarda bozor qonunlari ta'sirida sodirbo'ladigan iqtisodiy jarayonlar, hodisalarni, iqtisodiy qonunlar harakatini, ularni namoyon bo'lish shart-sharoitlarini, oqibatlarini o'rganib, tahlil qilib, xulosalar yasaydi.
Bujarayonda — iste'molchilar, ishchilar, yer egalari, sarmoya qo'yuvchilar, fermerlar, ishlab chiqarish, turli xildagi korxonalar, xullas, iqtisodiyot sohasida faoliyat ko'rsatishda muhim rol o'ynaydigan har qanday individ, ya'ni jismoniy shaxs yoki xo'jalik subyektlari., Tovarlarning nisbiy narxi, alohida bozorlar, maqsadga erishish uchun aniq turdagi resurslarning taqsimlanishi uning diqqat-markazida turadi. Mikroiqtisodiyot xaridorlar nima uchun shu tovarlarni xarid qilishga rozi bo'lganligini, bunga tovar bahosi, o'z daromadlari ta'siri, korxonada qancha ishchi ishlashi kerakligini aniq turdagi tovarlarga narx qanday qo'yilishini, turli xil bozor sharoitlari va tovar ayirboshlash jarayonidagi, resurslar tanlashda bozordagi va oligopoliya sharoitidagi xatti- harakatlari qanday bo'lishi kerakligini, ularning samaradorlikka erishish yo'Ilarini o'rgatadi. Ushbu fan elektroenergiya bahosini nima uchun davlat beigilaydi, qancha hajmda mahsulot ishlab chiqarish zarurligini, korxonalar faoliyatiga hukumat siyosati va boshqa davlatdagi sharoitlar qanday ta'sir etishini tushuntiradi.
Ishlab chiqarishning eng zarur, foydali yo'nalishlarini aniqlash uchun iste'molchilar xususiyatlarini bilish zarur bo'ladi, chunki ular bir vaqtning o'zida hamma narsaga erisha olmaydilar, shuning uchun ular doimo tanlab iste'mol qilishga harakat qilishadi. Demak, asosiy iqtisodiy muammolardan biri bo'lgan tanlov muammosini ham o'rganish «Mikroiqtisodiyot» faninig vazifasidir. Bular ham fanning mohiyati (predmeti)ni tashkil etadi. Fanni o'rganishdagi ko'rsatilgan vazifalar esa uning oldiga qo'ygan maqsadlaridan kelib chiqadi.
Uning iqtisodiy maqsadlari esa quyidagilardir:

  • iqtisodiy o'sishni ta'minlash;

  • ish bilan to'liq ta'minlanish;

  • iqtisodiy samaradorlikni oshirish;

  • tovarlar narxining bir me'yorda turishiga erishish;

  • iqtisodiy erkinlik;

  • daromadni to'g'ri taqsimlash;

  • iqtisodiy ta'minlanish;

  • savdo balansi.

Iqtisodiy o'sish asosiy iqtisodiy maqsad bo'lib, u aholi jon boshiga mahsulot
miqdordagi yalpi milliy mahsulot yoki sof milliy mahsulotning o'sishi kishilarning moddiy ta'minlanish darajasini o'sishiga olib keladi va eng kam ishlab chiqarish xarajatlari bo'lganligini ko'rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, rivojlanib borayotgan iqtisodiyot kishilarning yangidan-yangi talablarini ko'proq qondira borish, mamlakat ichida va xalqaro miqyosida ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish uchun ko'proq imkoniyatlarga ega bo'ladi.
I.A. Karimov 1999-yili O'zbekiston Fanlar akademiyasining umumiy yig'ilishida so'zlagan nutqida: «Agar iqtisodiy o'sish, taraqqiyot — jamiyatimizning tanasi bo'lsa, ma'naviyat-ma'rifat va siyosiy yetukligi uning ruhi, aqli va jonidir», deb ko'rsatgan edi.
Iqtisodiy o'sish resurslar cheklanganligi muammolarning hal etilishini yengillashtiradi. Har qanday davlatning iqtisodiy o'sishi quyidagi olti omilga bog'liq:

  • tabiiy resurslar miqdori va sifatiga;

  • mehnat resurslarining miqdori va sifatiga;

  • asosiy kapital hajmiga;

  • texnologiyaga;

  • talabning o'sishiga ta'sir etuvchi omillarga;

  • resurslarni oqilona taqsimlashga.

Shulardan dastlabki to'rt omil ishlab chiqarish (taklif)ning o'sishiga ta'sir qiluvchi, oxirgi ikkisi esa talabning o'sishiga ta'sir qiluvchi omillardir.
«Mikroiqtisodiyot» fanining mohiyatini quyidagi masalalarni bilish, o'rganish yordamida yoritish mumkin:

  • hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyoti mexanizmini o'rganish;

  • umumiy muvozanat o'rnatish va iqtisodiy fikrlash doirasi;

  • bozor xo'jaligi sharoitida firmalar, korxonalar, uy xo'jaligi

va ularning tutgan o'rni, turlari, ahamiyati, vazifasi, samaradorligini ta'minlash;

  • talab va ehtiyoj nazariyasi asoslarini bilish;

  • bozordagi taklif va talab sharoitlarini;

  • talab va taklif o'zgaruvchanligi;

  • raqobatlashuv va korxonalar samaradorligini oshirish;

  • ishlab chiqarish va uni tashkil etish;

  • ishlab chiqarish xarajatlari, foyda, baho;

  • resurslardan foydalanish samaradorligi.

Hozirgi kunda «Mikroiqtisodiyot» fanining boshqa ijtimoiy-siyosiy, texnologik va iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog'liqligi yaqqol namoyon bo'lmoqda. Masalan, quyidagi fanlar bilan:

  • iqtisodiyot nazariyasi;

  • makroiqtisodiyot;

  • makroiqtisodiy statistika;

  • qishloq xo'jalgi iqtisodiyoti;

  • kichik biznes va tadbirkorlik;

  • tarmoqlar iqtisodiyoti;

  • mehnatni tashkil etish;

  • buxgalteriya hisobi;

  • iqtisodiy tahlil;

  • pul, kredit va bank;

  • marketing;

  • menejment;

  • moliya;

  • tabiiy ofatlar va inson mehnati muhofazasi;

  • tabiatshunoslik;

  • investitsion loyihalarning tahlili;

  • loyihalarni moliyalashtirish va uning monitoringi;

  • bank ishi;

  • matematika va boshqalar.

Har qanday fanga o'xshash iqtisodiyot ham o'zi o'rganadigan qonun va qonuniyatlarni aniqlash uchun ma'lum usullardan foydalanadi. Alohida uqtisodiy agentlarning iqtisodiy harakatini o'rganishda quyidagi usullar qo'llaniladi:

  • tahlil va sintez usuli;

  • monografik usuli;

  • iqtisodiy statistika usuli;

  • hisoblash-konstruktiv usuli;

  • tajribaviy usuli;

  • abstrakt mushohada usuli;

  • matematik modellashtirish usuli;

  • induksiya va deduksiya usuli;

  • optimallashtirish usuli;

  • muvozanatni aniqlash usuli.

Ishlab chiqarishning barcha muammolari ana shu usullar yordamida o'rganiladi..
Fanni o'rganish uslubi (metodologiyasi) deganda, uni o'rganish faoliyatining shakllari, usullari va ularning bog'liqligi tushuniladi. Ushbu fan bo'yicha masalani o'rtaga qo'yish, tadqiqot mavzusini va ilmiy nazariyasini shakllantirish, shuningdek, aniqlangan natijani haqiqiyligi, ya'ni o'rganilayotgan obyektga muvofiqligi jihatidan tekshirish metodologiyani qo!llashning eng muhim tomoni hisoblanadi. Iqtisodiy hodisa va jarayonlami o'rganish uslubi — tadqiqot yoki bilim, anglash yo'li, voqelikni amaliy yoki nazariy o'zlashtirish usullari yig'indisidir.
Haqiqiy hayotimiz katta miqdordagi xilma-xil hodisa va jarayonlardan tashkil topgan. Masalan, har bir odamning bo'yi uzun yoki pastligi, sochining ranggi, og'irligi, ko'z tuzilishi, uning rangi, turli xil narsalarga qiziqishi, tovarlarni iste'mol qilishdagi ta'bi, didi, daromadining darajasi bor. Lekin bu xususiyatlar har kimda har xil.
Agar supermarket do'koniga kirgan kishinig xatti-harakati o'rganiladigan bo'lsa, u holda uning xususiyatlarining keragi bo'lmaydi, aksincha, haqiqatan shu kishilar qaysi tovardan qancha miqdorda xarid qilishlari mumkinligi qiziqarli. Masalan, boshqa bir misol, firmaning bozordagi xatti-harakati o'rganiladigan bo'lsa, u holda bosh menejerning oila a'zolari yoki uni ishga qanday mashinada borishi qiziqtirmaydi. Eng muhimi — shu firma (yoki korxona) qancha miqdorda mahsujot ishlab chiqaradi, bunda u qancha xarajat qiladi va natijada, qancha daromad olishi masalasidir. Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilinadigan bo'lsa, o'rganilayotgan hodisalar tasodifiy, vaqtinchalik va hozircha ahamiyati bo'lmagari xususiyatlar (omillar)dan tozalanadi, ular hisobga olinmaydi. Masalaning mohiyatini ifodalovchi jarayonlar umumlashtirilib, tartibga solinadi. Bunday o'rganish usuli ilmiy abstraksiya usuli, deb ataladi. Shu usul yordamida yuzaga chiqarilgan qonuniyatlarni amaliyotda qo'llash, faqat bir kishining yoki firmannig xatti-harakatini emas, balki aniq bir sharoitdagi har qanday subyektlarning xatti-harakatlarini ko'rsatadi. Bunday xatti-harakatlarni turlicha vaqtlarda (кип, oy, yil) kuzatish va turlicha natijalar olish mumkin. Bunda statistik usullardan, dinamik qatorlami tahlil qilish usullaridan foydalanilgan bo'ladi. Bunday usulda olingan axborotlar vaqt omilini ifoda etadi.

Download 97,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish