Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism



Download 1,28 Mb.
bet7/8
Sana01.07.2022
Hajmi1,28 Mb.
#728220
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Termokimyo haqida umumiy tushuncha kurs ishi

Lavuaz’e-Laplas qonuni.Bu qonunga muvofiq, ma’lum bir moddaning oddiy moddalarga ma’lum bir moddaning oddiy moddalarga ajralish issiqligi qiymat jihatidan o’sha moddaning elementlardan hosil bo’lish issiqligiga teng bo’lib,ishora jihatidan qarama-qarshidir. Bu qonunni Gess qonunining xulosalaridan biri deb qarash mumkin.Masalan:gaz holatidagi 2 gr H2 160 gr suyuq Br2 bilan birikib 2gr molekula HBr hosil qilganda 16,9 kkal issiqlik chiqadi;2gr-molekula HBr ni gaz holatidagi H2va suyuq Br2ga ajratish uchun 16,9 kkal issiqlik sarf qilish lozim. Gess va Lavuaz’e-Laplas qonunlari energiyaning saqlanish qonunining xususiy ko’rinishidir.
Moddalar o‘zaro reaksiyaga kirishib boshqa moddalarga aylanishida qancha issiqlik chiqishi yoki yutilishini aniqlash uchun Gess qonuniga ko‘ra, boshlang’ich va oxirgi moddalarning hosil bo‘lish issiqligini bilish kerak.
KIRXGOF QONUNI
Kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effekti. Kimyoviy reaksiyalar ko‘pincha issiqlik va boshqa energiya turlarini yutish yoki chiqarish bilan sodir bo‘ladi. Agar reaksiya o‘zgarmas bosimda olib borilsa ajralib chiqqan yoki yutilgan issiqlik – reaksiyaninng o‘zgarmas bosimdagi issiqlik effekti deb ataladi va Qp bilan belgilanadi. Reaksiya o‘zgarmas hajmda olib borilganda esa uning issiqlik effekti QV bilan belgilanadi va u reaksiyaning o‘zgarmas hajmdagi issiqlik effekti deb yuritiladi.
Issiqlik miqdorini o‘lchov birligi Joul (J) va kilojoul (kJ) (kaloriya va kilokaloriyadan ham foydalanish mumkin).
Kimyoviy reaksiya natijasida reaksiyaga kirishuvchi moddalarning energiya zapasi o‘zgaradi. Ekzotermik reaksiyalarda hosil bo‘lgan moddalarning energiya zapasi boshlang'ich moddalarnikidan kam, endotermik reaksiyada esa ko‘p bo‘ladi. Kimyoviy birikma hosil bo‘lishida qancha ko‘p energiya ajralib chiqsa, bu mahsulotlar shuncha barqaror bo‘lishi mumkin. Aksincha, endotermik reaksiya natijasida hosil bo‘lgan moddalar o‘zining beqarorligi bilan ajralib turadi va ular oson parchalanadi.
Reaksiyaning issiqlik effekti ya'ni ajralib chiqayotgan yoki yutilayotgan issiqlik miqdori ko‘rsatilgan kimyoviy tenglamalar termokimyoviy tenglama deyiladi. Bu tenglamalar massalar saqlashi qonuni va energiyaning saqlanish qonuni asosida tuziladi.

1-rasm




2-rasm



3-rasm
Kimyoviy texnologiyada texnologik jarayon kimyoviy va fizikaviy hodisalarni o'rganadi.
Kimyoviy texnologik jarayon quyidagi bosqichlardan iborat :
1. Reaksiya ga kiruvchi moddalami Reaksiya muhitiga kiritish.
2.Kimyoviy Reaksiya ning borishi.
3.Hosil bo`lgan mahsulotni Reaksiya muhitidan chiqarish.
4.Reaksiya ga kiruvchi moddalami rceaksiya muhitiga kiritgandan keyin komponentlar diffuziya yoki konveksiya yo'li bilan aralashadi. Diffuziya yoki konveksiyani tezlashtirish uchun komponentlarni majbuny aralashtirish mumkin. Aralashtirishni asta sekin laminar oqimda yoki tez aralashtirish yo'li bilan turbolent oqimda bajarish mumkin . Reaksiya natijasida asosiy mahsulot hosil bo'ladi va undan tashqari qo'shim mahsulot ham hosil bo'lishi mumkin.
4-rasm
1-rasm
6-rasm
XULOSA
Respublikamizda kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning “2017 – 2021 yillarda Нarakatlar strategiyasi” da «yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish», «printsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirish» va «mamlakat oziq-ovqat havfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish»ga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berilgan.
Shuni xulosa qilish kerakki issiqlik effektlari kalorimetrlar (yoki kalorimetrik sistemalar) yordamida o`lchanadi. Kalorimetrik sistema bu ustki qobig`ga ega bo`lgan reaktordir. Kalorimetrik sistemalarda quyidagi ikki xil xolat farqlanadi: qobig` reaktor bilan tashqi muxit orasida issiqliq almashinishi holatining oldini oladi(tashki muxitdan ajratilgan sistema) yoki issiqlik almashinishini xisobga olish jarayonini osonlashtiradi (yopik sistema).
Kalorimetrlar, odatda, o`zgarmas va o`zgaruvchan haroratli bo`ladi. O`zgarmas haroratni kalorimetr qobig`ida suyuqlanuvchan qattiq jismlar («muz» kalorimetrlari deb xam ataladi) yoki bug`lanuvchan suyuqlik saqlanadi. Tajriba davomida bunday kalorimetrda harorat uzgarmas qoladi, chunki sistemaga berilayotgan xamma issiqlik moddaning agregat xolatini o`zgartirishga sarflanadi. Issiklik effekti haqida suyuqlangan yoki bug`langan modda miqdoriga qarab fikr yuritiladi

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish