Mundarija Kirish birinchi bob. Syujet haqida ma’lumot


“Judolik diyori” romanida portret, peyzaj, dialog kabilarning o`rni



Download 166,5 Kb.
bet10/10
Sana16.01.2022
Hajmi166,5 Kb.
#372959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ibrohimjon(2)

2.2. “Judolik diyori” romanida portret, peyzaj, dialog kabilarning o`rni

1. “Ko’z oldimdan pakanagina, buning ustiga bir qo’llarini bellariga tashlab, zo’rg’a enkayibyuradigan lo’libashara Asol xolam o’tdilar”.

2. Sultonmurod akamning kelbati chavondozlarnikidek edi. Shayir. Qirg’iy burunli. Labining ustidagi kalta mo’ylovlari bir yarashibdi. Shu turishda to’n kiyib, chakkasini durra bilan tang’ib olsami, uloqchining o’zi. Lekin hozir shaharcha kiyingan, ustiga-ustak boshyalang, sochlari jingalak edi. Egnida bu tomonlarda hali rasm bo’lmagan iroqi gulli yoqasiz ko’ylak. Ipak bog’ichlari bir chiroyli… (59-bet)

3. Pastda ariq, ariq bo’yi salqin rayhonzor, uning chekkasida esa bo’yradekkina supa ko’rinardi. Supaga joy qo’yilganu dasturxonning bir chekkasi qayrilib qolibdi. O’sha qayrilgan yerida yolg’iz o’sma siqilgan payola: bo’yra cho’pi piyolaga suyalgancha turibdi. O’smani orzu qilgan qoshlar egasi esa, xontaxta yoniga asta chizilganu salqin elitibdimi, pinakka ketgan.

Qo’llarini yostiqqa tashlab, bir go’zal yotishini ko’rib hushim og’ib qolibman. Soli gardanimga oyog’ini nuqmaganida, bilmadim, yana qancha ahvolda turardim….

Men uni tepadan, ham uxlab yotgan yeridan tanibman. U o’sha ketmonchi qizning o’zginasi – Asal xolamning kelini edi! (99-bet)

4. U biz bolalarning jon dilimiz – pochtachi Mirhomid amaki edi. Bu odam qo’llari kalta-kalta, o’zi xunuk, xuddi bukriga o’xshab enkayib yuradi, lekin po’kislarini ko’rsangiz! (110-bet).

5. Hidoy xolam esa ularning tamoman aksilari. Oq sariqdan kelgan, yuzlaridan hamisha nur yog’ilib turadi, vujudlaridan qalampirmunchoq hidi anqib, quchoqlariga olganlarida bag’irlariga singib ketging kelaveradi odam. Bir chiroyli nimchalar, kamzullar tikadilar. (156-bet)

Ko`rinadiki, Romandagi har bir personajninig portreti ikki xil ko`rinishda namoyon bo`lgan. Birinchisida qahramonning tashqi qiyofasi so`z orqali chizilsa, ikkinchisida uning xarakteri orqali tashqi qiyofasi namoyon bo`ladi. Bu adibning mahorati yuksak ekanligini ko’rsatadi.

Pentologiyada, romanlarda badiiy qoliplash muhim hisoblanadi. Romanda shunday badiiy qoliplash berilganki, u asar mohiyatini yoritishga xizmat qilgan. “Alloh suygan qullarini ora-chira bu dunyoning ne`matlari ila siylabam turadi. Lekin afzali Abu Dardoning tutgan yo`li,- deb qoldi. –Abu Dardo?-dedi akam nimanidir eslaganday, sutchining yuziga yalt etib qarab.

-Ha, payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasalamning shunday sahobalari o`tgan.Qavmidan eng keyin iymonga kelgan odam.Lekin etidan tirnog`igacha iymonga to`liq bu odam dunyo moliyu matohini qo`shqo`llab itqitgan ekan. Tijoratim meni Allohning zikridan qoldiryapti, oldi-berdilar ibodatdan chalg`tyapti deb hatto do`konidan voz kechgan ekan. Boshqa sahobalarga yetib olish uchun, dinga kech kelib, yo`qotgan savoblarini o`rnini to`ldirish uchun ham shunday qilgan ekan. Sovuq va izg`irinli tunlarning birida ana shu Abu Dardoning uyiga yo`lovchilar tunashga izn so`rab kiribdilar. Abu Dardo ularning oldiga issiq ovqat kiritibdiyu, ko`rpa to`shak bermapti. Yotar chog` qo`noqlar biron choyshabmi, nimadir so`rab uning hujrasiga borishsa, Abu Dardoning o`zi sovuqdan g`ujanak bo`lib yotganmish.Kampiri esa chekkada bukchayib o`tirganmish. Ustilariga yopadigan biron narsa ko`rinmasmish. Qo`noqlar taajjubdan Abu Dardodan so`rashibdi : - Yopishga ko`rpa-to`shagingiz yo`qmi? Ular qani? Shunda Abu Dardo : “ Bizning boshqa joylarda hovlimiz bor. Topgan matolarimizni o`sha yoqqa jo`natganmiz. Bu uyda biron narsamiz bo`lganda sizdan ayamasdik. Qolaversa, narigi uyimizga eltadigan yo`l ustida o`tish og`ir bo`lgan , mashaqqatli dovon bor. Undan oshish uchun yengillashib turgan chog`imiz edi; degan ekan.

Hazrati Umar halifalik davrlarida o`sha sahobani zo`rlab Shomga voliy qilib tayinlashibdi. U yerda odamlarning rohat-farag`at ketidan quvib, dunyo jamlashga berilib ketganlarini ko`rgan Abu Dardo xalqni masjidga chorlab, bunday xutba o`qigan ekan:” Ey Damashq ahli, sizga ne bo`ldiki, olimlaringiz ketib bormoqda, johillaringiz ulardan hech narsa olib qolishga shoshilmayapti: Ey Damashq ahli, Sizga ne bo`ldiki, Alloh taolo o`z zimmasiga olgan narsaga iqbol qilib , o`zingizning zimmangizga yuklangan narsani unutyapsiz, tark etyapsizlar? Sizga ne bo`ldiki, yeb bitirolmaydigan narsangizni jamlash, bilan ovorasiz.Yashamaydigan binolaringizga bino qo`ygansiz? Yetisholmaydigan orzularingizga intilganingiz intilgan.

Ey Damashq ahli, Od qavmining ahliyu mol-dunyosi yer yuziga sig`mas edi., kim bugun mendan ulardan qolgan merosni ikki dirhamga sotib oladi”, deganida butun masjid ahli, uni tinglayotganlar hiq-hiq yig`lashgan ekan.

O`sha pokiza zotlar haqida yana bir rivoyat aytay. Hazrati Umar qo`l ostidagi viloyatlarni tekshirishga chiqib, Shomga bemahal- tunda yetib kelibdilarda, to`g`ri do`stlarinikiga tushubdilar. Ochiq turgan esikda tortinmay kirib brogan mehmonni Abu Dardo turib kutib olibdilar.Chiroqni ham yoqmay suhbatlashib o`tirib qolishibdi. Bir mahal hazrati Umar Abu Dardoning yostig`ini paypaslab ko`rib, do`sti egarga bosh qo`yib yotganini sezib qolibdilar. Shoshib to`shakka qo`l cho`zsalar, qo`llari qup-quruq qum bilan mayday toshlarga tegibdi. Yana bir paypaslab, do`stining egnidagi Damashq ayoziga dosh ham berolmaydigan yupun kiyimni payqab qolibdi.

- Hoy, Allohning rahmatiga yetishgur, qo`ling shunchalik qisqami, axir imkoniyatiingni kengaytirib qo`ygandik-ku, -debdilar xalifa.

Shunda Abu Dardo:

-Esingdami, ey Umar, Rasululloh ( s.a.v.) bizga nima degandilar?- debdi ohista.

-Xo`sh, nima deb edilar ?

- Sizning dunyodan oladigan nasibangiz musofirning hurjunidagi ozuqasicha bo`lsin demabdilarmi? Biz-chi, u kishidan keyin nima ishlar qilib yubordik, Ey Umar? – debdilar.

“Shundoq- shundoq”, deb turgan halifa yig`lab yuborgan ekanlar. Biz u zotlarning oldida kimmiz? Bu amalu ibodatlarimiz alloh bir puf desa, changdek changdek to`zg`ib ketmaydi, deb kim ayta oladi? Yana Alloh o`zi bilgay: rahmat nazari bilankimga qaraydiyu kimga nazarini kam ravo ko`rmaydi!...”24

Asar ekspozitsiyasi sahna ekspozitsiyasiga misol bo`la oladi. Chunki asar qahramonlariga ekspozitsion ma`lumot syujetning turli o`rinlarida sochma tarzda beriladi.

Asar muallif tilidan emas, balki hikoyachi nutqi- personaj tilidan hikoya qilinadi. Bu hikoyachi asar qahramoni bo`lmish Maqsud. Bu ancha qulayliklarga olib kelgan, masalan, mullif tili bajaradigan vazifani hikoyachi- personaj tili bajargan bo`lsa, ikkinchidan, shu hikoyachi ya`ni Maqsudning xarakteri, o`ziga xos xususiyatlari, qiziqqon va o`yinqaroqligi ham ochib berilgan. Yozuvchi Maqsudni ta`riflashga, ya`ni uning portretini chizishga vaqt sarflamaydi. Uchinchidan, asarda kechgan voqealar ko`z o`ngimizda yanada jonliroq va ta`sirliroq gavdalanishini taminlagan.

POLELOG Asarning “ Ko`zirlar “ nomli 10- qismida keltirilgan Mo`min tog`a, Adol opa va “ o`g`ri “ poleloglari orqali muallif Adol opa va Mo`min tog`alarga xos xarakter xususiyatlarni ochib bergan. Bu polelogni o`qiganimizda ularning ismi ham bejiz qo`llanmaganining guvohi bo`lamiz. Hikoyachi ularning ikki xususiyatlarini shunchaki aytib o`tmaydi agar shunday qilganida o`quvchiga zerikarli tuyulardi hamda o`z ta`sirchanligini ham yo`qotar edi. Shuning uchun ham –muallif shu kichik suhbat orqali nafaqat Mo`min tog`a va Adol opalarning xarakterlarini, balki butun o`zbeklarga xos xususiyatlarni ko`rsatib bera olgan.

“ U yoqda Mo`min tog`aning daroz kampirlari bir kosa ayronmi, qatiqmi ko`tarib chiqqan, endi chol kampir “ mehmon yigit “ ustida o`lib tirilib yotishar edi. Adol opning do`rillagan ovozlari bizgacha eshitilib turibdi.

–Hoy bolam, manavini bir simir. Ichginang uzilib ketgandir sanginani. Ol- ol xolang qoqindiq. Tog`a uni toldan yechar- yechmas Adol opoqi hali uning momotaloq yelkalarini silab, hali yoqalarini to`g`rilaydi. O`zicha javrab, kuyib- pishadi:

- Kel- kel, qaddingni ko`taraqol, xolang bo`yginanga qoqindiq. Ol buni malham bo`lsin. San ko`r -man ko`r bo`lib ketgin, ilohim...

... –Mana, xola, temirga suv bergandek bo`ldingiz! – dedi u axiyri kosaning yuqini ham qoldirmay. Adol opoqi yayrab ketdi: -Xolang aylansin, qatiq osh bo`larmidi, uyga kir, uyga. Sanga biron narsa toparmiz. Tog`a ham qaytib, ichkariga qistay boshladi.

- Yur, mehmon bolam, jilla qursa, bir payola choyimizni ichib ket… “ ( 49- bet )

MONOLOG

Asarda ko`proq Maqsudxo`ja- hikoyachi tilidan monologlar keltirilgan. Ulardan biri Maqsudxo`ja Marg`u kinoyasini kutib turgan vaqtda Sultonmurod kinoyasini olib ketib qolgan vaqtda keltiriladi.

“ … Kennoyim, kennoyijonim aravaning shunday yon chekkasida, uchib ketmaslikka tirishib – ham qo`rqib ham kulib – qayg`irib borarkan, men alam – achchiqdan boshimni changallagancha qolaveraman. Keyin chidab bo`lmas bir xo`rlik bosib kelib, o`krab yuboraman: - O`g`ri! Qaroqchi! Birovlarning kennoyisini tortib olguvchi! Ux! Sangayam boqqan balo bordir! ( 119- bet )

Dеtаl frаnsuzchа so’z bo’lib, tаfsilоt, mаydа-chuydа dеgаn mа’nоni bildirаdi. Bаdiiy аsаrdа muаyyan mаzmun ifоdаlоvchi, g’оyaviy-bаdiiy yuk tаshuvchi tаfsilоt. Аvvаlо dеtаl bаdiiy vоqеlikni yarаtish vоsitаsi аshyosi bo’lib, utаsvirlаnаyotgаn nаrsа-hоdisаni kоnkrеtlаshtirаdi, uni hissiy idrоk etish mumkin bo’lgаn tаrzdа gаvdаlаntirаdi. Bоshqаchа аytsаk, dеtаl аsаrdа tаsvirlаngаn оbrаzning kichik bir qismi, dеtаllаrning birikuvi nаtijаsidа o’shа оbrаz ko’z оldimizdа butun hоldа nаmоyon bo’lаdi. Bаdiiy dеtаl оrtidа mа’lum bir rеаliya mаvjud: mаishiy turmush yoki tаfsilоtlаr , pоrtrеt chizgilаri. SHuningdеk pеrsоnаjning imо-ishоrаlаri, tаnа hоlаti, хаtti-hаrаkаti, gаp-so’zlаri hаm dеtаl sаnаlаdi, ulаr bаri birlikdа kоnkrеt insоn оbrаzini gаvdаlаntirаdi. Ya’ni bаdiiy dеtаl , аvvаlо bаdiiy vоqеlikni to’lаqоnli vа kоnkrеt his etilаdigаn dаrаjаdа jоnli tаsvirlаshgа хizmаt qilаdi. Birоq bаdiiiy аsаrdаgi dеtаlning funksiyasi shuning o’zi bilаn chеklаnmаydi. U bаdiiy vоqеlik аshyosi bo’lish bilаn birgа, bаdiiy umumlаshtirishgа intilаdi, yozuvchi fikrini аniqlаshtirish, to’ldirish, kuchаytirish, mаqsаdlаrigа hаm хizmаt qilаdi.

Murоdjоn Mаnsurоvning “Judоlik diyori” rоmаni pentologiya bo’lgаnligi uchun, uchаlа kitоbidа hаm bоsh vа yordаmchi dеtаllаr uchrаydi. Bоsh dеtаl Yozuvchi vа pеrsоnаj g’оyasini оchib bеrishdа muhim rоl o’ynаydi. Rоmаnning birinchi kitоbidа dеtаl bu – nа’mаtаk. Nа’mаtаk dеtаli оrqаli аsаr qаhrаmоnlаridаgi vаtаn tuyg’usi, аjdоdlаr o’giti tаsvirlаnаdi. Turnа vа хоvuz hаm bu kitоbdа dеtаl hisоblаnаdi. Chunki аsаrdаgi pеrsоnаjlаr tаqdiri shu хоvuz vа turnаgа bоg’liq bo’lаdi.

Rоmаnning ikkinchi kitоbidа qаlаmpirmunchоq dеtаl vаzifаsini bаjаrаdi. Shu qаlаmpirmunchоq tufаyli mаrg’ubа kеlinning qаlbidа umid uyg’оnаdi, yashаshgа umid qilаdi, hаmmа dаrdni unitishgа o’zidа kuch tоpаdi.

Аsаrning uchinchi kitоbidа аsоsiy dеtаl vаzifаsini хаt bаjаrаdi. Chunki birinchi vа ikkinchi kitоbdа jumbоq bo’lgаn vоqеа-hоdisаlаr Sultоnmurоdning хаtlаri оrqаli оydinlаshаdi. Hаttоki Bахriddinning o’lmаsdаn tirik qоlgаni, Mаrg’ubа bilаn birgа turmush qurib, yaхshi yashаyotgаnlаri, Mаrg’ubаni to’yi kuni Sultоnmurоd оlib qоchib o’zigа хоtin emаs, bаlki аkаsi Bаhriddingа оlib bеrgаni аyon bo’lаdi.

Hаr bir yozuvchi o’z аsаrini yozishdаn оldin kоmpоzisiоn qurilishini o’zishgа хоs tаrzdа хаyolаn bo’lsа-dа, tuzib оlаdi. So’ng bаdiiy qimmаtini оshirish uchun оbrаzlаr tizimini syujеt chiziqlаrigа jоylаshtirаdi. Murоdjоn Mаnsurоvning sirli mаhоrаti biz uchun judа qаdrli, qimаti esа bеqiyosdir. Tеrаn fikr, tаkrоrlаnmаs kоmpоzisiоn хususiyatgа egа rоmаni bugungi kun rоmаnchiligidа аlоhidа o’rin tutаdi.



Xulosa

“Judolik diyori” romanida syujetning xronikali va retrospektiv turidan foydalanilgan. Asarda xronikali syujet bo’lsa-da, biroq retrospektiv syujet ustunlik qiladi. Retrospektiv syujetning muhim tomoni shundaki, unda berilgan voqealar, avvalo, hikoyachi qahramonning qalb nigohidan o’tkaziladi, so’ngra his-tuyg’ulari bilan yo’g’rilgan butun qalb kechinmalari, voqeadan olgan taassurotlari ifodalanadi.

Voqealarning qahramon o’y-xayollari orqali berilishi retrospektiv rivoyani xronikali va assosiativ ifoda usuliga yaqinlashtiradi. Biroq ularni bir-biridan adratib turadigan farqli tomonlari mavjud. Romanda retrospektiv syujetning etakchilik qilishiga sabablardan yana biri syujet elementlarini joylashishidir.

Romandagi syujet ichki jihatdan tugallangan. Shuning uchun ham syujetning ichki mukammalligi, asosan, syujet poydevorini tashkil etgan konfliktning hayotiyligiga, haqqoniyligiga va o’tkirligiga bog’liqdir. Syujetning hayotiy, emosional xarakterda bo’lishi badiiylikning asosiy talablaridandir.

Romandagi syujet ekspozisiyadan boshlanib epilogda tugaydi. Syujetning har bir elementlari asar to’qimasida o’ziga xos funksiyani bajargan.

Syujet –iste’dod, ilhom, ishtiyoq, mahorat, xayol, fantaziya, ijodiy dard mahsuli. Umuman aytganda, adabiyot bilan turmush, badiiy syujet bilan hayotiy material o’rtasidagiestetik munosabat mana shundan iborat.

Yozuvchining o‘ziga xos talanti, badiiy mahoratining sirlari bilan bir –biridan farq qiladi va izohlanadi. Asar g‘oyaviy mazmuni va emotsional ta’sirining bir butunligini yaratish san’atning mohiyatidan – kompozitsiyaning talabidan kelib chiqadi.

«Asarning syujetli bo‘lishi uning estetik qimmatining eng muhim shartlaridan biridir. Syujetsizlik badiiysizlikka olib keladi»(N. Chernishevskiy) ekan, u adabiyotning uchinchi elementi (M. Gorkiy) sanalarkan, demak, syujet badiiy adabiyotning barcha turlari va janrlarida bo‘lishi tabiiydir. Lekin uning voqei bo‘lishi har bir tur va janrning predmetiga, tabiatiga mos bo‘ladi.25

Xullas, badiiy asarda «mayda-chuyda», «ikir-chikir» degan tushunchalarga o‘rin yo‘q. Eng kichik zarra – mikroelement ham asarda insoniylashar ekan, unga e’tiborsizlik qilgan yozuvchi insoniylikdan haqqoniy dars berishi, «xalqning o‘qituvchisi», «tuyg‘ular tarbiyachisi» (Chingiz Aytmatov) bo‘lishi mumkin bo‘lmasa kerak26.

Muallif tomonidan qo‘yilgan problemaning ijobiy hal bo‘lmagani yozuvchi asarlarining kamchiligi emas, balki fazilatidir. Chunki agar hayotning o‘zida shunday problemalar hal qilinmagan yoki hal hal etilishi mumkin bo‘lmas-yu, yozuvchi sun’iy echim maydonga keltirish asosida hayotni o‘ziga yoki o‘quvchiga yoqadigan tarzda ko‘rsatsa, san’atning haqqoniyligi kabi bosh talabini buzadi va shu yo‘l bilan o‘z asarini ijodiy muvaffaqiyatsizlikka mahkum etadi. SHuning uchun ham “Judolik diyori”romanida yechim o‘quvchi yoki Yozuvchi xohlagandek emas, aksincha roman talabi darajasida berilgan.

Badiiy asarda tasvirlangan xarakterlar syujetning hamma katta-kichik momentlarini, tafsilotlarini tayin etadilar va, o‘z navbatida, hayotdan to‘g‘ri tanlab olingan yoki yozuvchi tomonidan to‘qilgan manna shu tafsilotlar tufayli xarakterlar o‘quvchi ko‘z oldida butunligi va yorqinligi bilan namoyon bo‘ladi. Badiiy adabiyot insonshunoslik va xarakterlar yaratish san’ati ekan, syujetning har bir kata va kichik elementining xarakterlar mantiqiga to‘g‘ri va mos bo‘lishi – asar badiiy muvaffaqiyatining eng muhim shartlaridan biridir. Tipik sharoitda harakat etuvchi tipik xarakterlar faqat manna shu yo‘l bilan yaratilishi mumkin

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati



  1. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat –engilmas kuch. Toshkent. Ma’naviyat 2008 yil.

  2. Мирзиёев Ш.М. Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги фаровон бўлади. – Т.:Ўзбекистон НМИУ, 2019. – Б. 340.




  1. T.Boboyev.Aadabiyotshunoslik asoslari. Toshkent., O`zbekiston, 2002.

  2. N.Karimov, S.Mamajonovva b. XX asr o`zbek adabiyoti tarixi. Toshkent., O`qituvchi, 1999.

  3. B.Sarimsoqov. Badiiylik asoslari va mezonlari. Toshkent, 2004.

  4. I.Sulton. Adabiyot nazariyasi. T., Sharq, 2005 yil.

  5. D.Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish. Andijon, Hayot, 2002.

  6. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent. YAngi asr avlodi, 2004 yil.

  7. Quronov D. zavqimdan bir shingil. Toshkent. Akademnashr. 2013.

  8. Quronov D., va boshqalar . Adabiyotshunoslik lug’ati. Toshkent. Akademnashr,2010 yil.

  9. N.Hotamov, B.Sarimsoqov. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o`zbekcha izohli lug`ati. T., O`, 1979.

  10. E.Xudoyberdiyev. Adabiyotshunoslikka kirish. T., 2003.

  11. H.Homidiy va b. Adabiyotshunoslik teminlari lug`ti. T., O`, 1967.

  12. N.Shukurovva b. Adabiyotshunoslikka kirish. T., O`, 1984.

  13. Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti. Toshkent, SHarq, 2004 yil.

  14. Sharafiddinov O. Dovondagi o’ylar. Toshkent. Ma’naviyat, 2004 yil.

  15. Rahimov A. O’zbek romani poetikasi. Filol. Fanlari d-ri..dis. avtorefarat. –toshkent, 1993 yil.

  16. Solijonov Y. Haqiqatning sinchkov ko’zlari. Toshkent. Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona nashriyoti, 2009 yil.

  17. Umurov H. Adabiyot nazariyasi. Toshkent, A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 2004 yil.

  18. Sanjar Sodiq. Ijodning o’ttiz lahzasi. Toshkent. Sharq, 2006 yil.

  19. Normatov U. Ijod sehri. Toshkent. Sharq. 2007 yil.

  20. Normatov U. Nafosat gurunglari. Toshkent. Muharrir,2010yil.

  21. Normatov U. Ijodkorning daxlsiz dunyosi. Toshkent. Mumtoz so’z, 2008 yil.

  22. Rasulov A. Badiiylik bezavol- yangilik. Toshkent. SHarq, 2007 yil.

  23. Yo’ldoshev Q. Yoniq so’z. Toshkent. YAngi asr avlodi. 2006 yil

  24. Ulug’bek Hamdam. Yangilanish ehtiyoji. Fan. 2007 yil.

  25. Mingboeva Dilrabo. Timsollar tilsimi. Toshkent, yangi asr avlodi, 2007 yil.

  26. Ibrohimova R. Voqelik va fantastika. Toshkent. Muharrir. 2011 yil.

  27. Rahimov Z. «Ko’hna dunyo» romani poetikasi. «Farg’ona» nashriyoti, Farg’ona, 2005 yil.

  28. Rahimov Z. Adabiyotshunoslikka kirish. «Farg’ona» nashriyoti, Farg’ona 1997 yil.

  29. Mansurov M. “Judolik diyori” Toshkent. Sharq. 1998-yil



1 Мирзиёев Ш.М. Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги фаровон бўлади. – Т.:Ўзбекистон НМИУ, 2019. – Б. 340.

2 Sоlijоnоv Y. Hаqiqаtning sinchkоv ko’zlаri. T: Аlishеr Nаvоiy nоmidаgi O’zbеkistоn Milliy kutubхоnаsi nаshriyoti. 2009. B.160.

3 Cherneshevskiy N. Izbrаnnые estеtichеskiе prоizvidеniya.M.,1971, 182-b

4 Belinskiy.V. Russkаya litеrаturа

5 Aristotel.Poetika.T., 1980,37-b

6 Gorkiy M. Adabiyot haqida. T., 1962, 234-b

7 Boboyev T.Adabiyotshunoslik asoslari. T..O`zbekiston – 2002,108-b

8 Xudoyberdiyev E.Adabiyotshunoslikka kirish. T.,2003,73-b.

9 Rahimov A.Roman san’ati. Fan.,2001,40-b.

10 Dobin E.Syujеti dеystvitеlьnоstiе kustvо dеtаli. M.,1981,42-b.

11 SHоdiеv N. Gоrizоnti epоsа. T., 1986 78-bеt.

12 Хudоybеrdiеv E. аdаbiyotshunоslikkа kirish. T., 2003, 85-bеt

13 Rаhimоv А. Rоmаn sаn’аti. Fаrg’оnа, 2001, 46-bеt.

14 Оripоv А. Eхtiyoj fаrzаndi. T., 1988 yil, 13-bеt.

15 Mirzаеv I. Umid vа ishоnch. T., 1990, Kаmаlаk. Аdаb. Tаnq. Mаqоlаlаr to’plаmi, 124-bеt.

16 SHukrullо. Jаvоhirоt sаndig’i. T., 1983, 201-bеt.

17 Bоbоеv T. Аdаbiyotshunоslik аsоslаri . T., O’zbеkistоn, 2002, 136-137-bеt.

18 Tоlstоy А. О. Litеrаturе. M., 1956, s. 208, 211.

19 Imоmоv B. Hаyot vа drаmаtik kоnflikt. – T., 1968, 15-57-bеtlаr.

20 O’zbеk аdаbiyoti mаsаlаlаri. – T., 1962, 127-bеt.

21 Хаlizеv V. Drаmа kаk yavlеniya iskusstvа. – M., 1966, 100-bеt.

22 Sоlijоnоv Y. Nutq vа uslub. Tоshkеnt. “CHo’lpоn” nаshriyoti, 2002yil, 94-bеt.

23 Vinоgrаdоv V.V. о yazыkе xudоjеstvеnnоy litеrаturы. M., 1959.str.477.

24 M.Mansurov “Judolik diyori” T.Sharq.1998. 128-bet

25 Умуров Ҳ. Адабиётшунослик назарияси. Тошкент. А. Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 2004 йил, 129-бет.

26 Умуров Ҳ. Адабиётшунослик назарияси. Тошкент. А. Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 2004 йил, 133-бет.

Download 166,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish