Mundarija: Kirish bob. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida tarixiy va ijtimoiy iqtisodiy ahvol


-30 yillardagi hukmron "mafkura" va jadid adabiyoti



Download 272,5 Kb.
bet6/7
Sana04.06.2022
Hajmi272,5 Kb.
#635815
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buxorodagi ijtimoiy – siyosiy vaziyat va jadidchilik

2.2. 20-30 yillardagi hukmron "mafkura" va jadid adabiyoti
1956 yilda shaxsga sig’inish fosh qilingach, qatag’on qilingan ko’pgina odamlar oqlandi. Ular qatorida atoqli adib Abdulla Qodiriy ham bor edi. Oradan ko’p vaqt o’tmay, uning «O’tgan kunlar» va «Mehrobdan chayon» romanlari qayta nashr qilindi. Keyin odatdagidek, romanlarga taqrizlar bitildi, adib to’g’risida maqolalar e’lon qilindi, kitoblar yozildi, dissertatsiyalar himoya qilindi. Ishlar bir maromda ketayotganida bir masala ko’ndalang bo’ldi-yu, uning atrofida qizg’in bahs qo’zg’aldi - Abdulla Qodiriy romanlari qaysi metod asosida yozilgan? Ularni sosialistik realizm metodiga mansub deb bo’ladimi? Savol qaltis edi - chunki «yo’q» deb javob bersa, yaqindagina oqlanib, dushmanlik belgilaridan xalos bo’lib kelayotgan adibni to’laqonli sovet yozuvchilari qatoriga kiritib bo’lmay qolardi. «Ha» deb javob bersa, romanlarida sosialistik realizm belgilarini topish amri mahol. O’shanda ayrim adabiyotshunoslar tuzukroq dalil-isbotsiz Abdulla Qodiriy asarlarini sosialistik realizm namunasi deb e’lon qildilarda, shu bilan bahsga chek qo’yildi. Chek qo’yildi-yu, lekin baribir masala hal bo’lmay qolaverdi. Bu albatta, zo’rma-zo’raki hukm edi -o’shandan keyin bironta adabiyotshunos bu muammoni qayta qo’zg’agani yo’q.
Aslida esa, tuzukroq o’ylab ko’rilsa, «O’tgan kunlar» ham, «Mehrobdan chayon» ham, va hatto «Obid ketmon» ham jadid adabiyotiga mansub asarlar degan xulosaga kelish mumkin edi. Ammo sho’ro zamonida bunday xulosaga kelinsa ham uni oshkora aytib bo’lmas edi, oshkora aytgan odam baloga qolar edi, chunki bunday xulosa hukmron mafkura aqidalariga mutlaqo zid bo’lardi, binobarin, uning yashashga haqi yo’q edi.
Ma’lumki, sho’rolar zamonida hamma narsaga kommunistik ko’z bilan qaralardi. Ijtimoiy fanlar ham shu mafkura childirmasiga o’ynashga majbur edilar - bu sohadagi tadqiqotlar xolislik va haqqoniylikdan mahrum bo’lib, hukmron «mafkura» proletar manfaatidan kelib chiqib yaratgan sxemalarni tasdiqlashga xizmat qilmog’i lozim edi.
Jadidlar masalasida ham ana shunday g’ayri ilmiy va o’ta subyektiv konsepsiya mavjud edi. Unga ko’ra, jadidlar milliy burjuaziya manfaatlariga xizmat qilgan reaksion oqim bo’lgan. Inqilobdan keyin ular uch guruhga bo’linib ketgan. Bolsheviklarning markaziy organi bo’lmish, «Kommunist» jurnalida (1928 yil, 10-son) «Oktyabr ham jadidlar» degan maqola e’lon qilingan. M.G’iyosov bu guruhlarni quyidagicha belgilaydi: 1) tugal aksil harakatchilik lagerida qoluvchilar; 2) Eski maqsadlaridan qaytib, firqa va sho’rolarga kirib ishlab ketuvchi so’llar; 3) betaraf qoluvchilar - bularning ko’plari eski jadid muallimlari bo’lib, bular sho’rolar hukumatining mustahkamlanganini ko’rgan sari unga yaqinlashadilar».
Bu tasnifdan ko’rinib turibdiki, sho’ro hokimiyati yillarida, ayniqsa, 20- yillarda maorif va madaniyat sohasida jadidlar faoliyat ko’rsatishda davom etganlar. Ammo bu gal ham o’zlarining aqidalariga sodiq qolganlar. Bolsheviklar ayrim jadidlarning sho’rolar tomoniga o’tganini og’izda tan olsalarda, amalda ularning hammasiga ashaddiy dushman sifatida munosabatda bo’lganlar. Natijada, 20- yillarning boshidanoq ularni keskin qoralay boshlaganlar. «Sinfiy kurash» hadisini olgan bolsheviklar ularga qarshi «dahanaki» jang bilan cheklanmagan, 20- yillarning o’rtalaridan jadidlarga qarshi repressiv tadbirlarni qo’llashga kirishganlar. Bu kurash 30-yillarda ham shiddat bilan davom etdi va 40- yillarga kelib jadidlarning deyarli hammasini jismonan mahv etish bilan yakunlandi. Ammo bundan keyin ham jadidlar haqida biron iliq gap aytish imkoni bo’lmadi. Aksincha, avvallari birda-yarim maqolalarda jadidlarning ma’rifatparvarlik sohasida jinday ijobiy rol o’ynagani haqida o’qish mumkin edi. 60- yillardan keyin esa, ular faqat qora bo’yoqlarda tilga olindi. Shunday qilib, hukmron mafkura o’zbek sovet adabiyotining paydo bo’lishi va rivojlanishi to’g’risidagi konsepsiyani ishlab chiqdi. Bu konsepsiyaga ko’ra, yangi adabiyot oktyabr inqilobi bilan birga tug’ilgan; u birinchi qadamlaridanok «Yasha sho’ro» deb hayqirgan, bolsheviklarning hamma ishini qo’llab-quvvatlagan, kommunizm ishiga sidqidildan xizmat qilgan. Bu adabiyot, tabiiyki, mafkuraviy sog’lom bo’lgan, har qanday yot mafkuralarga qarshi kurashgan va shak-shubhasiz birinchi qadamlaridanoq sosialistik realizm adabiyoti sifatida ko’ringan. Albatta, bunday adabiyot safida jadidlarga ham, jadidchilik g’oyalariga ham o’rin yo’q edi.
Afsuski, biz - o’zbek adabiyotshunoslari ko’p yillar mobaynida shu yolg’on «haqiqat»ga ishonib yashadik, ishondikgina emas, uni faol targ’ib qilib, xalqni ham shunga ishontirishga urindik. Holbuki, haqiqiy ahvol butunlay boshqacha edi. Aslini olganda, «sovet adabiyoti» deb atalmish adabiyot oktyabr to’ntarishining ertasigayoq, dastlabki oylardayoq birdan paydo bo’lib qolgan emas - buning uchun hayotda real asos yoxud biror ishonchli zamin yo’q edi. To’g’ri, ayrim tadqiqotchilar O’zbekistonda 1905 yildan keyinoq inqilobiy adabiyot shakllana boshlaganini ta’kidlashadi, biroq bu fikrning isboti uchun keltiriladigan faktlar mohiyat e’tibori bilan jadid adabiyotining namunalaridir. Aslini olganda esa o’zbek sovet adabiyoti 20- yillarning o’rtalaridagina - G’ayratiy, G’afur G’ulom, Oybek, Botu, Mirtemir, Shokir Sulaymon kabi ijodkorlarning maydonga chiqishi bilan bog’lik tarzda shakllana boshlagan33. To’g’ri, undan avval oktyabrni qutlagan, sho’rolarni maqtagan ayrim she’rlar, marshlar, g’azallar yoxud boshqa janrlardagi ayrim asarlar bo’lgan. Biroq ular badiiy saviyasi g’oyatda nochor bo’lishi bilan birga, son jihatidan ham kam bo’lgan. Shuning uchun ular birlashib, yaxlit bir adabiyotni tashkil etadigan quvvatga ega bo’lgan emas.
Amalda esa, 20- yillarda jadid adabiyoti yaxlit adabiyot sifatida faoliyat ko’rsatgan. Qolaversa, bu adabiyot o’zining asr boshidan 20 yillik rivojlangan tajribasiga tayangan holda taraqqiyotning yangi bosqichiga ko’tarilgan, ham shaklan, ham mazmunan barkamollik kasb etgan va millatning ma’naviy hayotida juda chuqur iz qoldirgan. Binobarin, keyinchalik, ya’ni 30-yillarda ayrim «marksist» adabiyotshunoslarning «jadidlar biror salmoqqa ega bo’lgan adabiyotlarni yarata olmay, tarix sohasidan g’oyib bo’ldilar» degan da’volari ham mutlaqo asossiz bo’lib chiqadi. Quyiroqda buni biz konkret dalillar bilan isbotlashga harakat qilamiz. Hozir esa, shuni ta’kidlash joizki, oktyabr to’ntarishidan keyingi kunlardanoq Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho’lpon, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda, Sadriddin Ayniy, Sidqiy Ajziy, Sidqiy Xondaylikiy, Tavallo va boshqa ko’plab atoqli jadidlar Oktyabr inqilobiga qanday munosabatda ekanlaridan qat’iy nazar, madaniyat va maorif sohasida samarali faoliyatlarini davom ettirganlar. 20- yillarning birinchi yarmida ular o’nlab yangi maktablar ochadilar, bu maktablar uchun turli-tuman qo’llanmalar va darsliklar yaratadilar, nashriyotlar tashkil etadilar, gazeta va jurnallar nashr etadilar, teatr san’atini rivojlantirish borasida jonbozlik ko’rsatadilar, turli-tuman ma’rifiy-madaniy to’garaklar uyushtiradilar. Allbatta, ziyolilarning bunday faolligi mutlaqo bolsheviklarning rag’batiga sazovor bo’lgan emas, aksincha, ular jadidlarning har bir qadamini sinchiklab kuzatishgan, to’garaklar va jamiyatlar ishini ta’qib ostiga olishgan, nashr ishlari ustidan qattik nazorat o’rnatilgan. Abdurauf Fitrat «Chig’atoy gurungi»ning ayrim majlislari qurolli qizil gvardiyachilarning nazorati ostida o’tganini yozadi. Yoxud Zaki Validiy xotiralarida, 20-yillarning boshida ziyolilar ustidan qattiq nazorat o’rnatilgani vajidan Buxoroda Cho’lpon bilan uchrasha olmaganini eslaydi. Ammo bunday ta’qib va tazyiqlar jididlarni faoliyatidan to’xtata olmaydi - ular matonat bilan ishlarini davom ettirib, 20-yillardayoq maorif va madaniyat sohasida ancha salmoqli yutuqlarga erishganlar34.
Endi bevosita jadid adabiyotiga o’tadigan bo’lsak, uning ko’zga yaqqol tashlanadigan birinchi xususiyati shundaki, u inqilobdan keyin birdaniga ko’p janrli adabiyot tarzida rivojlana boshladi - jadid yozuvchilari she’riyatda ham, dramaturgiyada ham, prozada ham, publisistikada ham birday muvaffaqiyat bilan qalam tebratdilar. Mana, masalan, publisistikani olaylik. Aytish kerakki, publisistika, umuman, o’zbek adabiyoti uchun batamom yangi janr bo’lib, uning ilk namunalari o’zbek matbuotida 1900 yildan keyingina paydo bo’lgan edi. Lekin bu sohadagi tajribalarning g’oyat kambag’alligiga qaramay, yangi o’zbek publisistikasi 20- yillarning boshida o’z rivojining eng yuksak cho’qqilariga ko’tarildi. Bu davrda publi-sistikaning o’sishi, birinchi navbatda, Abdurauf Fitrat va Abdulhamid Sulaymon nomlari bilan bog’liq. Ular vaqtli matbuotda o’nlab maqolalar e’lon qildilar va ularda benihoya o’tkir ehtiros bilan, so’nmas bir jo’shqinlik bilan millat hayotining eng muhim masalalarini ko’tarib chiqdilar. Bu masala, albatta, birinchi navbatda milliy ozodlik masalasi edi. Fitrat maqolalarida xalqning milliy ongini uyg’otishni istaydi, unga o’zligini tanitmoqni orzu qiladi. Shu niyatda, u bevosita millatga murojaat qiladi, uning o’tmishi buyukligi haqida gapiradi va bu milliy qadriyatlardan iftixor qilish lozimligini uqtiradi. Bularning bari 18-19 yillarda yozilganini, ya’ni hali Qo’qon jarohatlari eskirmay turib, uning fojialari xira tortmay yozilganini hisobga olsak, ularning qimmati yanada oshadi.
Jadid publisistikasining rivojini yana shu fakt bilan tasdiqlash mumkinki, inqilobdan avval unda ko’tarilgan masalalar faqat millatning ichki hayoti bilangina chegaralanib qolgandi, endi esa tematika kengayadi, mazmun chuqurlashadi, mualliflar dadillik bilan xalqaro siyosiy hayot hodisalariga murojaat qila boshlaydilar. Biroq, bunda ham ular o’zlarining bosh maqsadlarini unutmadilar - yirik davlatlarning shovinistik siyosatlarini fosh qilib, mustamlakachilikni keskin rad qilish yo’lidan boradilar. Bu jihatdan, yana Fitrat faoliyati diqqatga sazovor. U bu yillarda - «Ingliz o’yinlari» («Hurriyat», 1918 y. 64-son), «Ingliz va Turkiston» (Hurriyat», 1918 y. 32-son), «Afg’oniston ishlari» («Ishtirokiyun», 1919 y. 30-aprel), «Afg’on va ingliz sulhi» («Ishtirokiyun», 1919 y. 13-sentyabr), «Sharq siyosati» («Ishtirokiyun», 1919 y. 25-26-sentyabr) kabi maqolalarini e’lon qildiki, ularda imperialistik kuchlarning mustamlakachilik siyosatlarini keskin fosh qildi. Masalan, «Sharq siyosati» maqolasida yozadi: «Ularning tilaklari bizga madaniyat berib, bizda maorif tarqatish, bizni taraqqiy ettirish emas, fohishaxonalar, mayxonalar ochib, bizning axloqimizni buzmoq, bizning sog’lig’imizni xarob etmoq va urug’imizni quritib, bizni ishdan chiqarmoq va qo’llariga muhtoj qilib qo’ymoqdir. Ular sharq xalqini butun yo’q qilib, Sharqni o’zlariga moya qilmoqchi edurlar»35.
Bu parcha hech qanday izohga muhtoj emas - uning salmog’i va teranligi bugun ham yaqqol ko’rinib turibdi.
Cho’lpon ham o’zining 20- yillardagi publisistikasida ichki muammolar haqida yozish bilan birga, xalqaro dolzarb siyosiy mavzularda ham qalam tebratib, mustamlakachilik siyosatini fosh qilishga katta hissa qo’shdi. Faqat uning o’ziga xosligi shunda ediki, u Fitratga o’xshab umuman sharq haqida emas, balki muayyan mamlakatlar, muayyan xalqlarning kurashi haqida yozdi, jumladan, uning 20 - yillardagi ancha-muncha maqolasi bevosita turk xalqining milliy-ozodlik harakatiga bag’ishlangan. Cho’lpon turklarning chet-ellik bosqinchilarga qarshi kurashi haqida yozar ekan, uning «istiqlol erlariga» samimiy muhabbati har bir satrdan mana men deb ko’rinib turadi.
Jadidlarning ana shu va shularga o’xshash yana boshqa o’nlab publisistik asarlari o’sha kezlarda o’zbek xalqining milliy ongini uyg’otishda katta rol o’ynadi va uning qalbida milliy iftixor tuyg’ularini jo’sh oldirdi.
20- yillar boshidagi jadid publisistikasining muhim jihatlaridan biri shundaki, u jadid adabiyotining mazmuni yangilanib borayotganidan dalolat beradi. Masalan, avvalgi davrlarda asarlar mavzuining torligi sezilardi, ko’p hollarda bevosita tasvir o’rnini didaktizm, quruq nasihat egallardi, aytilmoqchi bo’lgan fikrni kitobxonning og’ziga chaynab solib qo’yishga intilish kuchli edi. Endi bo’lsa, ular kamayadi, badiiyat kuchayadi va mazmundagi hayotiylik yangi bosqichga ko’tariladi.
Endi yuqorida aytilganlardan ba’zi xulosalar chiqaraylik.
1. XX asr boshida maydonga kelgan jadid adabiyoti oktyabr to’ntarishidan keyin o’z-o’zidan g’oyib bo’lib ketgani yo’q, aksincha, u yangi tarixiy sharoitda ta’qib va tazyiqqa qaramay o’sishda davom etdi.

  1. Jadid adabiyoti 20- yillarda o’z rivojining ancha barkamol darajasiga yetdi. Bu adabiyot - ko’p janrli, mazmunan yangilangan, umuminsoniy xususiyatlarni tarannum etuvchi, erk va ozodlik, adolat va vijdoniylik g’oyalarini olg’a suruvchi adabiyot bo’ldi. 20- yillar so’nggida bolsheviklar amalga oshirgan mafkura sohasidagi keskin kurash, proletar adabiyotining gegemonligi uchun kurash, noproletar yozuvchilarga nisbatan qo’llangan repressiv choralar jadid adabiyotining bemalol rivoji uchun hamma imkoniyatga barham bergan edi. Shuning uchun 30- yillarda Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan chayon» va Cho’lponning «Kecha va kunduz» romanidan boshqa jadid adabiyoti namunasi deb ko’rsatishga arziydigan asar maydonga kelmadi.

  2. 20- yillardagi jadid adabiyoti izsiz yo’q bo’lib ketmadi. Masalaning paradoksal tomoni shundaki, sho’rolar tomonidan qoralangan va ta’qib qilingan jadid adabiyoti 20- yillarning o’rtalarida yangi paydo bo’layotgan o’zbek sovet adabiyoti uchun zamin bo’lib xizmat qildi. G’afur G’ulom, Oybek, G’ayratiy, Mirtemir, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon kabi navqiron avlodga mansub yozuvchilar jadidlarni mafkura jihatidan oshkora yoqtirmasalarda, ulardan san’atning mohiyatini tushunishda, mahorat sirlarini egallashda ko’p narsa o’rgandilar.



Xulosa
Ma’lumki, sho’ro tarixshunosligi jadidchilik harakatining qariyib yarim asrga yaqin madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy, milliy ozodlik va istiqlol jabhasida yuritgan ko’p qirrali unumli faoliyatini noto’g’ri ko’rsatib keldi. Shuningdek, u yuqoridan, komfirqa markaziy organlari tomonidan belgilab berilgan ko’rsatma asosida jadidchilik harakatining mazmun va mohiyatini har tomonlama buzib talqin qildi.
Ayniqsaki, sho’ro hokimiyatining dastlabki o’n yilligi va undan keyingi davriga bag’ishlangan tarixiy-ommabop va ilmiy-monografik kitoblarda jadidchilikning «mohiyati» qattiq tanqid ostiga olindi. Lekin, uning bu davrdagi harakati to’g’risida hech nima aniqroq ko’rsatilmadi. Bu esa o’z-o’zidan sho’ro davrida jadidchilik harakati bo’lmagan, «ulug’ oktyabr»dan so’ng u qarshilik ko’rsatmasdan, tezgina inqirozga uchradi, degan sun’iy fikrning qaror toipishiga olib keldi.
Biz o’z ilmiy tadqiqotimizning bir yo’nalishini mana shular bilan bog’liq, ushbu ikki masalaga qaratdik: 1. Xaqiqatan ham jadidchilik oktabr to’ntarishidan keyingi harakat sifatida o’z faoliyatini to’xtatganmi? 2. U chindan ham sho’ro tarixida ta’kidlanganidek, «savdo burjuaziyasi»ning mafkurasi bo’lganmi?
Muborak istiqlol tufayli arxiv va kutubxonalarning maxsus fondlarida «maxfiy» va «mutlaqo maxfiy»likda saqlanib kelingan tarixiy hujjat va kitoblarning «yuzi ochilishi», bu masala yechimiga yaqindan yordam berishi imkonini yaratdi.
Ilmiy muomalaga kiritilgan yangi manbalar shuni bildiradiki, jadidchilik umumxalq va umummillat, ya’ni umuminsoniy manfaatni hamda taraqqiyotni himoya qilgan. Jadidchilik bir sinfning emas, aksincha, millat va Vatanni rus bosqinidan ozod qiluvchi. Xalqlar tengligini qaror toptiruvchi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy, ma’naviy-mafkuraviy kuch sifatida tarix maydoniga keldi va to 20-yillarning oxirigacha faoliyat ko’rsatdi. Mana shuning uchun ham u harakat sifatida kommunistik harakatdan har tomonlama ustun turadi. U Turkistonda mustamlakachi rus kommunistlari sirtdan, sun’iy ravishda tiqishtirgan sinfiy kurashga qarama-qarshi bo’lgan milliy-ozodlik va istiqlol kurashining g’oyaviy mafkuraviy asosini tashkil etdi. Turkistondagi sinflar kurashi haqida jadidchilikning ma’naviy otasi Munavvarqori Abdurashidxonov o’zining sho’ro qamoqxonasida yozgan «Xotiralarimdan» asarida shunday deydi: «Bizlarning sinfiy dunyoqarashimiz negizida sinflarni inkor etish yotadi. Bizlar sinflarni bilmas edik, agar yirik burjuaziya deb hisoblanayotgan katta yer egalari va savdogarlarning juda ozgina guruhi hisobga olinmasa, bizlarning ko’z o’ngimizda hamma teng edi. Burjuaziya to’g’risida gapirganda bizlar yirik savdogar va katta yer egalarinigina nazarda tutar edik. Bizlar sho’ro hukumatining mana shularga emas, balki mayda va o’rta hol burjuaziyaga nisbatan olib borgan tadbirlariga qarshi bo’ldik. Binobarin, bizlar asosan mayda burjuaziya manfaatlarini himoya qildik: mana shundan bizlarning oktabr inqilobidan keyin mamlakat siyosiy hayotida tutgan rolimiz, sho’ro hukumati, yo’qsil diktaturasiga qarshi olib borgan kurashimiz tushunarli bo’lsa kerak. Bizlarning mustaqillik haqidagi shiorimiz, avval burjua demokratik Turkistonni, undan so’ng esa, katta chegaralanishdan keyin O’zbekistonni tashkil etish, hokimiyatni mayda va o’rta burjuaziya qo’liga berish to’g’risidagi harakatimiz ana shundan kelib chiqadi»1.
Bu satrlarni Munavvarqori sho’ro GGGUsi tomonidan «milliy burjuaziya» mafkurachisi va sho’ro hukumatining dushmani» sifatida qamoqqa olingan, o’z taqdiri ayon bo’lib turgan bir paytda - 1930 yil iyunda yozdi. 1917 yil oktyabr to’ntarishidan so’ng mustabid kommunistik bosqin va mustamlakaga qarshi xalqimiz olib borgan milliy ozodlik va mustaqillik kurashining boshida jadidlar turdi. Ular bu paytda asosiy qarshilik va muxolifat kuch sifatida "o’zlarini namoyon etdi. Biroq, sho’ro-kommunistik hokimiyati o’zini mustahkamlab olishi bilanoq, uning mustabidlashuvi kuchayishi bilan jadidlarda ajralish yuz berdi. Aniqrog’i, komfirqa ulardagi birlikni parchalashga muvaffaq bo’ldi. Ularning bir qismi «bosmachilik urushi»ga qo’shilib, Vatan ozodligi uchun kurashdi va shahid o’tdi. Ikkinchi qismi esa kommunistik ta’qib va qatag’onlikdan qochdi, xorijga ketib, begona mamlakatlarda boshpana topishga majbur bo’ldi. Uchinchi qismi komfirqa safiga va sho’ro hukumati tarkibiga kirib, millat va Vatan manfaatini himoya qilishga bel bog’laydi, istiqlol uchun rasman oshkora va maxfiy tashkilot hamda firqalarga uyushib, ikki tomonlama faoliyat yuritadi. Turkiston muxtoriyati qonga botirilishi bilan «Sho’roi islomiya» va uning boshqa shaharlardagi tarmoqlari ham tugatildi. Jadidchilikda ko’zga ko’ringan ziyolilar har xil bahonalar, masalan, «milliy og’ma-Sho’roichi-lik»da ayblanib, ishdan olinadi va ta’qib ostiga olinib, badarg’a qilinadi. Bu bir tomondan, ikkinchi tomondan esa, komfirqa hukumat rahbarlarini milliylashtirish siyosatini ham ko’tarish bilan ikki yuzlamachilik qiladi. Bu siyosat mohiyatini sezgan jadidlarning katta bir sobitqadam guruhi Munavvarqori Abdurashidxonov rahbarligida uyushib, kommunistik bosqin va zulmga qarshi mustaqillik uchun uch tomonlama ish olib borishga majbur bo’ladi.

  1. Milliy istiqlol uchun ko’tarilgan «Bosmachilik urushi»ga g’oyaviy tashkiliy rahbarlik qilish va uning safida bevosita qatnashish;

  2. Maxfiy uyushgan faoliyat yuritish;

Z.Sho’ro hukumati va komfirqaning mustamlakachilik siyosatini demokratik asosda oshkora tanqid qilish.
Bulardan oxirgi ikki faoliyatni amalga oshirish uchun jadidlar quyidagilardan keng foydalandi:
1. Musulmon firqa tashkilotlari faoliyatini jonlantirish;

  1. Har xil firqa va boshqa tashkilotlarning qurultoylaridan keng foydalanish;

  2. Maxfiy jadid tashkilotlarini tashkil etish va ularning faoliyatini yuksaltirish.

Toshkent jadidlarida maxfiy ish olib borish uchun «gap»larga yig’ilib turish tajribasi inqilobdan oldinroq shakllangan edi. Shu sababdan, sho’ro hukumati va bolsheviklarga ishonmasdan, o’lkada yuz berayotgan vaziyatni muhokama qilib turish maqsadida, 1917 yil avgustda jadidlarning bir guruhi Toshkentda «Ittihodi taraqqiy» («Taraqqiy parvar uyushmasi») ga birlashadi. Bu tashkilot Turkiya muxojirlari yordamida tuzilib, unga Usmonbek raislik qilsada, Munavvarqorining mavqeyi katta ahamiyatga ega edi.
Munavvarqorining yozishicha, uyushmaning dasturi dastlab turk tilidaUsmonbek bilan Haydar afandi tomonidan yozilgan. Uni Munavvarqorining o’zi o’zbekchaga aylantirgan. «Ittihodi taraqqiy» ning asosiy maqsadi siyosiy xarakterga ega bo’lgan. U sho’ro hukumatiga muxolifatlikda ish olib borib, uning mustamlakachilik siyosatini tanqid qilgan, yoshlarni siyosiy faollashtirish, turk muhojirlariga yordam berish, maktab ishlarini isloh qilish bilan mashg’ul bo’lgan.
Munavvarqorining yozishicha, tashkilot a’zolarining «soni 50ga yetmasada, ularning obro’si juda yuqori darajada» bo’lgan. Uyushma tashqi mamlakatlar demokratik harakatlaridan yordam so’rab, Turkiyaga ikki marta maxsus delegatsiya yuboradi, lekin ikkalasi ham muvaffaqiyatsiz bo’ldi. Birinchisi, Sadirxon va Saidnosir Mirjalilovdan iborat bo’lib, 1918 yilda Istambulga yetib borgan paytda Yosh turkiyalilar hukumati mag’lubiyatga uchrab, qochib ketgan edi. Shuning uchun ham delegatsiya belgilangan kishilarga uchrasha olmay orqaga qaytadi. Ikkinchi delegatsiya 1919 yilda yuborildi. Uning tarkibiga Toshkentdan Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev va Saidnosir Mirjalilov, Samarqanddan Mahmudxo’ja Behbudiy, Mardonqul va Muhammadqul kirgan edi. Bu delegatsiyaning yashirin missiyasi va Turkistondan chiqib ketishidan ChK xodimlari xabardor bo’lib qolgan. Shuning uchun U.Asadullaxo’jayev Moskvada, S.Mirjalilov Tiflisda yashirinishga majbur bo’ldi. M.Behbudiy va uning sheriklari esa Shahrisabzda ushlab olinib, Qarshida Buxoro amirining odamlari tomonidan qatl etiladi. Munavvarqori GGTU tergoviga bergan bayonotida bu uyushmani 1919 yilda tarqalib ketdi, deb ko’rsatadi. Aslida esa, GPUni chalg’itish maqsadida, «Ittihodi taraqqiy» tarqatildi deb e’lon qilinib, rasmiy ravishda oshkora «Birlik» tashkiloti tashkil etiladi. U ikki-uch yilcha faoliyat yuritib, tarqab ketadi. «Ittihodi taraqqiy» esa 1920 yilda «Milliy Ittihod» («Ittihodi milliy») deb qayta tashkil etiladi.
Mahmudxo’ja Behbudiy vafotidan keyin Munavvarqori jadidchilik harakatining, ayniqsa, uning maxfiy faoliyatining birdan bir yirik raxbariga aylandi. O’sha paytlardagi katta yig’ilish va ko’cha namoyishlarida uning nomi ulug’lanib «Yashasin Munavvarqori!», "Yashasin xalq!» deb ashula aytildi. «Milliy ittihod» besh yil, keng miqyosda faoliyat yuritdi. U ham «Ittihodi taraqqiy» kabi Turkistonning milliy birligi. komfirqa siyosatini fosh qilish, kishilarga istiqlol g’oyasini singdirish uchun kurashdi.
Shuni aytish kerakki, «Ittihodi milliy» keng miqyosda tashkil etilgan bo’lib, boshqa shahar va viloyatlarda ham uning bo’limlari bor edi. Masalan, Samarqandda M.Behbudiy, turkmanlar orasida Xonyavmudskiy, qozoqlar orasida «Alash» gazetasining muharriri ish olib boradi. Nizomga ko’ra, tashkilotning Toshkentda Markaziy qo’mitasi, viloyatlarda viloyat qo’mitalari, shaharlarda bo’limlari va hatto, ba’zi qishloqlarda bo’limchalari ham bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor. Ularning har birida rais, rahbar va xazinabondan iborat boshqaruv organlari bo’lgan. Markaziy rahbar organlari maxfiylik asosida tuzilgan, tarmoq markazi va tashkilot a’zolari faqat rahbar orqali ish olib borgan, rais va xazinabonni hech kim tanimagan. Quyi tarmoqlar ham xuddi shunday tuzilgan edi.
Xulosa shuki, komfirka zo’ravonlik asosida davlat to’ntarishi yasab, hokimiyatni qo’lga olishi bilanoq, xalqimiz xohish irodasiga qarshi «Onangdan, otangdan tonasan», «O’tmish tarixing, o’zliging, tiling va dini-diyonatingdan tonasan» degan mustamlakachilik siyosatini olib bordi.
Bu katta siyosatning mazmun va mohiyati Vatanparvarlarni beayb qamash, qirish, ta’qib, gunohkor va «xalq dushmani» qilishdan iborat bo’ldi. Buning uchun ularga mahalliy xalq uchun yetti yot begona bo’lgan, manfur siyosiy kurash va sotsialistik inqilob nazariyasi va kommunizm qurish g’oyasi asosiy qurol vazifasini bajardi. Kommunistik bosqinchilar bu xomxayol, utopik «g’oya» va «nazariya»larni sirtdan olib kirib, mahalliy shart-sharoit, milliy xususiyatlarni hisobga olmay, hayotga tatbiq qilish uchun aldov, firibgarlik, ikki yuzlamachilik, qatag’onlik va sun’iy ocharchilikdan ustalik bilan foydalandi.
Asosiy maqsad - bo’ysunmas xalqni bo’ysundirish, tobe va qaram qilish, uning milliy ruhi, his-tuyg’usi, g’ururi va irodasini sindirish, o’zligidan ajratish bo’ldi. Buning uchun leninchi bolshovoylar «Kim biz bilan birga emas ekan, u dushman» degan shiorni o’rtaga tashladi.



Download 272,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish