Mundarija kirish I – bob. O’RXUN- ENASOY YODGORLIKLARI QADIMGI TURKIY ADABIYOT NAMUNASI II- bob. O’rxun – enasoy yodgorligining tuzilish tarkibi II. O’rxun –enasoy yodgorligidagi g’ovaviy-badiiy xususiyatlar II



Download 126,06 Kb.
bet7/11
Sana29.01.2023
Hajmi126,06 Kb.
#904879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
qqqqqqqqqqqqq

Qog’on ulurup yo’q jig’ay budunug -Qoon bo’lgach kambag’al xalqni ko’p ko’partdum Yuksakka ko’tardim.
Jig’oy budunug bayqiltim -kambag’al xalqni boy qildim
Umuman , O’rxun – Enasoy yodgorliklari V – VIII asrlarda yashagan turkiy xalqlarning madaniy merosi sifatida ajdodlarimizning ma’naviy- badiiy , ilmiy - tarixiy salohiyatining balandligi , qadimiy va boyligidan yorqin nishonadir . O’rxun – Enasoy yodgorliklarning ma’lum badiiy qimmati ham bor . Ularda ko’pgina she’riy misralar bo’lishi bilan birga ba’zi nasriy parchalar ham she’r kabi jaranglaydi , turli tarixiy voqealar bayonida ayrim lavhalar birmuncha badiiy uslubda tasvirlanadi , badiiy til vositalari qo’llanadi . Xususan , qabr toshlaridagi ‘’ marsiyalar ‘’ ning badiiy ahamiyati ko’proq . Ular orqali biz vafot etgan kishining ma’lum portreti bilan , motam tutuvchilarning ichki ruhiy kechinmalari bilan tanishamiz . Shunga ko’ra , S. E. Malov V asr Enisey yodgorliklarini ‘’ qabriston poeziyasi ‘’ deb atadi . I . V . Stebleva o’z tadqiqotini ‘’ Poeziya tyurkov VI – VIII vekov ‘’ ( Moskva , 1965 ) deb nomlanadi . Masalan , Qizil –chir dan topilgan bir yodgorlikda quyidagilarni o’qiymiz :
Alim kanim siza boqmadim kun at azidan jita !
Qadashim kunim jita adiriltim sizima o’z kumush budunum jita adiriltim .
Ar ardamimda boqmadim qirq jashimda adiraldim
Uchin Kulug Tirig oqli ban Ko’lar Toqon ban
Mazmuni :
Mening davlatim va mening xonim , men sizlardan lazzat ko’rmadim , hayot , men quyoshni va oyni sezmaydigan bo’lib qoldim .
Mening do’stlarim va mening qarindoshlarim , hayhot , men ( sizlardan ) uzoqlashib , o’z kunush xalqimdan yiroqlashdim .
O’z qahramonlik shijoatimdan lazzatlana olmadim .Qirq yoshimda o’ldim .
Men O’chin – Qullug’- Tirig’ o’g’li . Men Kulug’ – To’g’an
Bular ‘’ Devonu lug’otit – turkdagi ‘’ marsiyalarga juda yaqin bo’lib , ‘’ Devondagi ‘’ adabiy yodgorliklar bilan O’rxun – Enasoy yodgorliklarining ma’lum aloqasi borligini ko’rsatadi .
Yodgorlik asosida olib borilgan ishlar shuni ko’rsatadiki , til jihatdan turli masalalarga yondashilgan , o;rganilgan hamda tatbiq etilgan ishlar taaly , bulardan tashqari adabiyotshunoslar ham mavzu jihatdan bir qancha yo’nalishlarga bo’lganlar . Shunday bo’lsa han eng asosiy mavzu qadimiy tariximizning go’zal namunasidan so’zlaydi , moziyga olib boradi , xoqonliklar davridan so’z ochadi . Bitiktoshdagi har bir gap , har bir so’zning o’ziga xos ovozi . o’ziga xos ma’nosi bor . Qadimiy shaharlar , qadimiy joylar , afsonaviy nomlar , shohlar , sarkardalar , vazir va davlat nomlari eng ko’p uchraydi . Xalqlar orasida ko’p tarqalgan afsona va rivoyatlar ham keltirilgan . Ularning ayrimlarini bitiktoshlarda ko’rib , tanishib o’tdik. Kul tigin bitiktoshi mazmunida ham oldinga undash , xoqonlarning olib borgan siyosati yozib qoldirilgan . U quyidagicha boshlanadi:
Falakday xudodan bo’lgan turk dono xoqoni bu taxtga o’tirdim . So’zimni tugal eshitgin , keyinimdagi ini , jiyanim , o’g’illarim , qon – qarindosh , xalqim , o’ngdagi shadapat beklar , chapdagi tarxonlar , biyruq beklar , o’ttiz to’qiz o’g’iz beklari , xaiqi , bu so’zlarimni yaxshilab eshit , diqqat bilan tingla! Oldingga – kun chiqarga , o’ngga kun yurushga , orqaga – kun botarga , chapga – tun o’rtasigacha bo’lgan yerdagi xalqlar hammasi menga qaraydi .Shuncha xalqni yig’dim . U endi yovuz emas . Turk xoqoni O’kutan yishda tursa , elda tashvish yo’q .Shimolga – Shantun cho’ligacha lashkar tortdim , dengizga bir oz yetmadim , Janubda To’quz arsangacha lashkar tortdim , tabit biro z yetmadim . G’arbda Sirdaryoni kechib o’tib , Temir darvozasigacha lashkar tortdim . Bitiktoshlarda sarkardalarning birlashuvi , dushmanni yengish uchun olib borgan rejalari juda aniq aks ettirilgan . Ya’ni unda : shimolga borsan , ey turk xalqi , o’lajaksan . O’tukan yerga o’rnashib karvon yuborib tursang , hech qanday tashvish yo’q . O’tukan yishni manzil qilsang , mangu davlatni saqlab turajaksan . Ey , turk xalqi , tekis ishonuvchansan .Samimiy , nosamimiyni ajratmaysan , kim qattiq gapirsa , samimiyni ham tanimaysan . O’shandayliging uchun tarbiyat qilgan xoqoningning so’zini olmayin har qayerga ketding , bu yerlarda butunlay g’oyib bo’lding , nom – nishonsiz ketding . O’sha yerda qolganing har yerda zo’rg’a o’lib – tirilib yurgan eding . Tangri yorlaqagani uchun , iste’dodim , baxtim bor uchun men sizlarga xoqon bo’ldim . Xoqon bo’lib ,yo’q , qashshoq xalqni yaxshilab oqoqqa turg’azdim . Qashshoq xalqni boy qildim . Oz xalqni ko’aytirdim , yo bu so’zimdan bormi ? ! Turk beklari , xalqi , bu so’zni eshiting 1 Turk xalqini to’plab , davlat tutuvchingizni bu yerda toshga o’yub yozdim .
Bitiklarda yana birlashuvga undash , yo’q turk xalqini t’plab bor qilish , xalqni birlashtirish , elat va millat totuvligini ta’minlash bosh vazifa ekanligini ko’rish mumkin .Ko’proq chaqiriq va undovlar ,da’vat etish ma’nolari ko’p uchraydi . Beklarning qayerga qanday yurish qilish kerak , har bir yo’nalish aytib tushuntirilib beradi .
Bilga xoqon bitiktoshida ham uning hayoti , olib borgan kurashlar tafsiloti , inson shaxsi va ayniqsa , uning erki bilan bog’liq masalalar , teran badiiy tahlil qilingan . Bitiktoshlarda tafsilotlar Bilga xoqonning Tang’ut tarafga Lashkar tortishi voqeaalri tasviri bilan boshlanadi . Undagi jang lavhalari faqat Bilga xoqon umri chizilgani bo’lmay ,balki turkiy xalqning shonli tarixi sahifalari hamdir .
Yodgorliklar matniga nazar tashlaydigan bo’lsak , Kul tigin yodgorligidagi kichik va katta bitik janrlar xusussiyatiga ko’ra , memuar xotirani eslatadi . Lekin bu asarlarning To’nyuquq bitigidan farqli tomonlari mavjud . Kichi va katta bitik Tangrining olamni yaratishi haqidagi tasavvurlar tasviri bilan boshlanadigan joylari mavjud . Albatta , bunday tasvirlar epic yo’nalishli katta syujetli asarlarning janr xususiyati talabi natijasidir .Dostonlar avvalida Tangri va olamning yaratilishi haqidagi tasvirni berish , so’ngra asosiy voqeaga o’tish qadimiy adabiy an’ana hisoblanadi . Bitiktoshlar matni adabiy qoidaalrdan chetlashmagan holatda ularga javob beradigan tarzda yozilganiga yana bir bor guvoh bo’lish bo’lish . Qadimiy boshlanmalarga ega , syujet jihatidan boshlanma , voqealar rivoji va tugallanmaga ega .
Kichik bitik ma’lum ma’noda katta bitik uchun muqaddima hisoblanadi . Katta bitikda voqealar hikoyachisi – Bilga xoqon , avvalo , o’zining kimligini tanishtiradi , hayotiy tajribaalri , saboqlarini bayon etadi , Kul tigin sharafiga o’rnatilgan yodgorlikning sababini bayon etadi va tafsilotlarini keltiradi . ‘’ So’z ‘’- epik voqea uch qismdan tashkil topgan :
1 . Bilga xoqon qayerda kimlar bilan jang qilgan tasviri ;
2 . Turli qavmlar bilan urushish , muloqatda bo’lish , yarashish jarayonida to’plangan hayotiy tajribalar va ularni ‘’ so’z’’ ni eshituvchiga bayon etish . Bu qismdagi g’oyaviy xulosani xalqni birlashishga , o’z xoqoni atrofida jipslashishga da’vat tashkil qiladi . Bilga xoqon xalq ana shu maqsadga erishsa , u och bo’lmaydi , farovon yashaydi , deb uqtiradi .
3. Tabg’ach xoqonidan tosh yo’nuvchi va toshga yozuvchi usta keltirib , mangu yodgorlik tiklagani tasvirlangan .
Bilga xoqon butparastlar bu yodgorlikni sig’inish belgisi deb tushunishsa , yanglishadilar , deb ta’kidlaydi . U budda sanami emas , balki turkiylar tarixi bitilgan boqiy yodgorlik ekanligini uqtiradi . Kichik va katta bitikdagi epic voqelik bir- biri bilan mantiqan bo’g’lanadi .Kichik yozuvdagi ‘’ ne - ne so’zim esa mangu toshga urdim ‘’kabi satrlardagi ‘’ so’z’’ ning javobi katta yozuvda o’z ifodasini topgan . Kul tigin bitiktoshida ifodalangan mazmun yirik eposlar darajasidir . Kul tigin obrazi qahramonlik ruhiyati bilan Alpomish va Manas kabi obrazlarni yodga soladim .Asar muallifi Yo’llug’ tegin Kul tiginga xos bahodirlik xususiyatlarini ko’rsatish uchun uning tarixiy ildizlarini ochadi , ota – bobolari jasaratini ko’rsatib beradi . Katta yozuv ma’lum ma’noda turkiy alp xoqonlar shajarasi , jasorati madh etilgan qo’shiqdir . Asarda dastlabki turk xoqonlari Bumin xoqon , Istami xoqon ta;riflanadi . Ular shu qadar shuhrat topishganki , vafot etganlaridan keyin yig;isiga tabg’ach , tunut , avar , rum , qirg’iz , o’g’uz , tatar , xitoy ba boshqa mamlakatlardan odamlar kelib yig’lashgan . Shundan so’ng bitikda Eltarish xoqon madhiyasi keltiriladi . Uning vafotidan so’ng xoqonlikni o’g’li asardagi voqealar hikoyachisi egallaydi . Alp xoqonlarga xos jasorat , turkiy qavmlarni birlashtirish va ularning turmush tarzini yaxshilash uchun kurash Bilga xoqon tomonidan davom etadi .
Xoqonlar biri o’rniga biri davomchi sifatida hukmronlik qilishgan sulani davom ettirishgan . Katta bitikda ko’plab tarixiy shaxslar obrazi keltirilgan . Asarning bosh qahramoni - Kul tigin . Uning qahramonligiga oid tasvirlar uning tarixiy qahramonik dostoni janri namunasi ekanligini oydinlashtiradi . Bitikda Kul tiginning bo’z , to’riq , oq va qora otlarni minib , yovga tashlanish tasvirlari bu asar bilan turkiy xalqlar og’zaki ijodinig qahramonlik eposlari o’rtasida g’oyaviy yaqinlik borligini ko’rsatadi . Alpomish , Manas , Maaday qora kabi obrazlar yuzga kelishiga Kul tigin kabi tarixiy shaxslar qahramonligiga asos bo’lgan deb hisoblash mumkin .
Yana bir shunday bitiklarda ma’lumotlar quyidagicha keltiriladi . Bu Ungin bitigidir . Bu yodnoma haqida han bir qancha ma’lumotlar mavjud bo’lib , topib o’rganilgan . Bitik Mo’g’ulistondagi Ungin daryosi bo’yidan topilgan . Eltarish xoqonning yaqinlaridan biri Eletmish yabg’u va uning o’g’li Choryo’g’a sharafiga qo’yilgan deb taxmin qilinadi . Bitikda Eltarish xoqonning turk xalqini oyoqqa turg’azib , mamlakatni qayta tiklashi hikoya qilinadi .Bitik so’ngida xoqonning tarixiy xizmati haqida fikr yuritiladi .

Download 126,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish