Mundarija kirish i-bоb. Cholg'uda ijro etishni o'rgatishning asosi


II -BОB. CHOLG'UCHINING IJRO ETISH PAYTIDAGI HOLATI (POSTANOVKA)



Download 164,68 Kb.
bet8/9
Sana14.07.2021
Hajmi164,68 Kb.
#118539
1   2   3   4   5   6   7   8   9
II -BОB. CHOLG'UCHINING IJRO ETISH PAYTIDAGI HOLATI (POSTANOVKA)

2.1. KONTRABASDA TOVUSH HOSIL ETISHNING ASOSIY USULLARI

O'quvchi cholg'u ijrochiligini muvaffaqiyatli o'zlashtirishi ko'p jihatdan gavda va cholg'uni ijro paytida to'g'ri tutishiga bog'liq. Ijro paytida gavdani shunday tutish lozimki, toki u ijrochining barcha harakatlari uchun qulay bo'lsin. Shu bilan bir qatorda gavdani tutish va cholg'uni ushlashning tashqi ko'rinishi chiroyli bo'lishiga ham erishish kerak.

Kontrabas cholg`usini baland stulda o'tirib (asosan orkestrda) yoki tik turgan holatda ijro etiladi. Asbobning balandligi kapstan uzunligi bilan tartibga solinadi. Kontrabas va zarbalarni ijro etish texnikasi skripka bilan bir xil, ammo kamonning katta o'lchamlari va unchalik qulay bo'lmagan holati (og'irlik bo'yicha), kontrabas cholg`usida ijro etish texnikasi sezilarli darajada cheklangan: barmoqlarning katta cho'zilishi va pozitsiyalarning tez-tez o'zgarib turishi tez o'tishlar, sakrashlarni bajarishni qiyinlashtiradi. Gamma. Pitzikato kontrabasda yaxshi eshitiladi.

Kontrabasni qo'llashning asosiy sohasi simfonik orkestr bo'lib, unda kontrabas guruhi bosh poydevorining eng muhim rolini o'ynaydi. Kontrabas ba'zida kamerali ansambllarda, shuningdek, jazz va unga oid janrlarda qo'llaniladi. Rokabillyada va psixobilyada kontrabas bas gitara o'rniga ishlatiladi va u deyarli har doim tarsaki bilan o'ynaladi - "chertish" tufayli kontrabas ritmik qismni to'ldiradi va barabanchisiz guruhlarda uni muvaffaqiyatli almashtiradi.

Kontrabas qalin, past va juda shirali tembrga ega. Past ovoz kam balandroq (bir xil intensivlikdagi baland tovush bilan taqqoslaganda) sifatida qabul qilinganligi sababli, kontrabas kamdan-kam hollarda yakka asbob sifatida ishlatiladi. Shunga qaramay, u erda o'ynash texnikasini mohirona egallab, uning boy ekspresiv imkoniyatlarini ochib beradigan ko'plab virtuoz kontrabaschilar mavjud. Yakkaxon chiqishlari uchun kadife, mayin tovushli qadimiy ustalik asboblari ko'pincha ishlatiladi.

Sozandaning ijro etish paytidagi holati har taraflama qulay bo'lishi, gavda holati esa erkin tutilmog'i darker. Bunda cholg'u o'z joyidan siljimasdan turishiga erishish kerak.

Postanovka — ijro etishni to'g'ri o'zlashtirishning asosi deb qaralgani uchun dastlabki darslardanoq unga jiddiy e'tibor berilishi lozim bo'ladi. Tajribada postanovkasi noto'g'ri qo'yilgan o'quvchilarni ham uchratish mumkin. Qolaversa, bunday sozandalaming ijrochilik mahoratlarini amalda rivojlantirish ancha mushkullashadi. O'rganishning dastlabki paytida o'quvchining barmoqlari noqulay ahvolda bo'lishi mumkin va ular xuddi "yetmayotgandek" tuyuladi.

Tajribadan shu narsa ma'lumki, chap qo'l barmoqlarini pardalarga joylashtirishda major tovushqatori qulay bo'lib, ijroni o'zlashtirishning dastlabki paytida qo'l keladi. Barmoqlarni pardalarga qo'yganda torlarni bir xil kuch bilan bosishga intilish kerak. Ayniqsa, to'rtinchi barmoq(jimjiloq)ning bosish kuchi boshqa barmoqlarga nisbatan zaif bo'lganligi uchun kerakli ko'nikma hosil etish muntazam mashqni talab etadi.

Chap qo'l barmoqlari yozuvda quyidagi raqamlar bilan belgilanadi:

Ko'rsatkich barmoq - 1

O'rtabarmoq - 2

Nomsiz barmoq - 3

Jimjiloq - 4





Biz ijro etish uslublari deb atayotgan usullarni musiqa pedagogikasida badiiy shtrixlar ham deb atashadi. Bu uslublar asosan musiqiy fikrning xarakterini ochib berishga xizmat qiladi. Shu sababli yosh sozandalar ijro etish uslublarini mukammal o'zlashtirishlari kelajakda ularning mohir sozanda bo'lib yetishishlarida katta ahamiyatga ega.

Quyida kontrabasda qo'llaniladigan ijro etish uslublariga tushuncha berishga harakat qildik.

STAKKATO uslubida ijro etish mediator zarbidan keyin pardadagi barmoqni tezlik bilan ko'tarish orqali amalga oshiriladi. Bunda tor shu lahzaning o'zida jaranglashdan to'xtaydi va tovushlar qisqa — "sakratma" xarakterda bo'ladi. Nisbatan jadal tezlikda chalinadigan asarlarni bunday uslubda ijro etish imkoniyati bo'lmaydi va bu holda tovushning qisqaligiga tezlik hisobiga erishiladi. Yozuvda stakkato belgisi notaning pastiga yoki yuqorisiga nuqta qo'yib belgilanadi:



LEGATO — tovushlarni bir-biriga bog'lab chalishni bildiradi.

Legato belgisi yozuvda yoysimon chiziq bilan belgilanadi:

GLISSANDO — bir tovushdan ikkinchisiga sirg'alib o'tish uslubidir. Bir tovushdan ikkinchi tovushga sirg'alishning tezligi bir maromda bo'lishi va ikkinchi tovush o'z vaqtida chalinishi kerak. Bundan tashqari, sirg'alish paytida tovushning jarangi ham so'nmasligi zarur. Sirg'alishni kuchli barmoq bilan amalga oshirish rna'qul. LYA va MI torlarida barmoqning tirnog'i simni pardaga bosib sirg'anadi. RE va SOL torlarida esa barmoq oddiy harakatlanadi.






Download 164,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish