Mundarija kirish i-bob o`qituvchining shaxsiy xislatlari kasbiy bilimlari


O’qituvchining kasbiy bilimlari darajasi



Download 120,5 Kb.
bet6/8
Sana13.07.2022
Hajmi120,5 Kb.
#788008
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MUNDARIJA

O’qituvchining kasbiy bilimlari darajasi. O’qituvchining pedagogik qobiliyati tizimida kasbiy bilimlar asosida shakllanadigan qoida va tamoyillarning anglanishi muhim ahamiyati ega. Ana shu asosdan kelib chiqqan holda, o’qituvchining kasbiy bilimlari darajasini quyidagi tarzda turkumlash mumkin: 1) metodologik – umumfalsafiy doirada rivojlanish qonuniyatlariga doir bilimlar, tarbiya maqsadining shartlanganligi va boshqalar; 2) nazariy – pedagogika va psixologiyaning qonunlari, tamoyillari va qoidalari hamda faoliyatning asosiy shakllari; 3) metodik – o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish darajasi; 4) texnologik – aniq sharoitlarda ta’lim-tarbiyaga doir amaliy vazifalarni hal etish darajasi; 5) kasbiy fikrlash – pedagogik maqsadlarga erishishda egallanadigan bilimlarni tanlash, tahlil etish va umumlashtirish va ularni texnologik shaklda taqdim etish qobiliyati; tanqidiy fikrlash – biror bir harakatga doir qaror qabul qilishda ratsional, refleksiv fikrlash; aqlning tanqidiyligi – bu insonning o’zining va boshqa fikrlarni obyektiv baholay olish, ilgari surilayotgan fikr va g’oyalarni har tomonlama va chuqur tahlil etish ko’nikmasi; ijtimoiy etuklik – jamiyat tomonidan qabul qilingan qadriyat, me’yor, ustanovka, xulq-atvor namunalarini egallaganlikning yuqori darajasi; faoliyat strategiyasi – istiqboldagi rivojlanish va talab etiladigan natijaga erishishni strategik rejalashtirish mahorati; kasbiy salohiyati – belgilangan darajada o’zining majburiyatlarini bajara olish qobiliyatini aniqlab beruvchi tabiiy va o’zlashtirilgan sifatlar yig’indisi.
O’qituvchilik inson jamiyati tarixi boshlangandan e’tiboran davom etib, shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tiborga loyiq e’zozlab kelingan kasbdir.
«O'qituvchi-deydi Al Forobiy – aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi va o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarini to'la va aniq ifodalay olishni bilmog'i zarur». U o'z fikrini davom ettirib, «O'qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o'xshaydi, shu sababli o'qituvchi eshitgan va ko'rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarini to'la va aniq, ifodalab berishni bilmog'i lozim. Shu bilan birga o'z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo'lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo'ladi va baxt cho'qqisiga erishadi» deb ta'kidlaydi.
Qomusiy olim Abu Ali ibn Sino flkricha, «O'qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo'y va bolani tarbiyalash metodlarini, axloq-qoidalarini yaxshi biladigan odam bo'lmog'i lozim. O'qituvchi o'quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o'rganib uning aql qatlamlariga kira olmog'i lozim».
Nosiriddin Tusiy o'zining «O'qituvchilarni tarbiyalash to'g'risida» asarida shunday deydi: «O'qituvchi munozaralarini olib borishda isbot qilishni bilishi, o'z fikrlarining to'g'riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo'lishi lozim. O'qituvchi nutqi hech qachon va hech qaerda zaharxandalik, qo'pol yoki qattiq bo'lishi mumkin emas. Dars paytida o'qituvchining o'zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin».
Yusuf Xos Hojib Qoshg'ariy «Men a'zolar kasalligini davolashdan oldin odamlarning ruhiyatini davolashni zarur deb topdim. Bunga men o'qituvchilik yo'li bilan erishaman, bunga mening ishonchim komil. Chunki a'zolar kasalligi bilan yuzlarcha, minglarcha odamlar halok boisalar, nodonlik bilimsizlik tufayli o'n ming va yuz minglarcha odamlar halok boiadilar….»
Jomiy bola dunyoqarashiru’ng kamol topishida maktab va muallimning roliga katta baho beradi. Uning fikriga qaraganda, muallim aqlli, adolatli, o'zida barcha yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan bo'lishi kerak. O'zini nomunosib tutgan odam, hech vaqt bolalarga bilim bera olmaydi, degan fikrni bildiradi.
Ulug' shoirimiz Alisher Navoiy ham o'qituvchi mehnatini xolisona baholab «Agar shogird podsholikka erishsa ham unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi». «Haq yo'lida kim senga bir harf o'rgatmish ranj ila, aylamak bo'lmas ado oning haqqin yuz ganj ila» kabi satrlarni bitgan.
Allomalarimiz tomonidan bildirilgan qimmatli fikrlari hozirgi kungacha o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. Shuningdek, ta'lim jarayonida o'qituvchi shaxsi, uning kasbiy xususiyatlari borasidagi fucrlar atroflicha bayon qilingan.
O’qituvchining o’rni va uning vazifalari o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tibor qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan belgilanadi. Zamonaviy o'qituvchi ijtimoiy psixolog bo'lmas-ligi mumkin emas. Shuning uchun ham u o'qituvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni yo'lga solish, bolalar jamoasida ijtimoiy-pisixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.
O’qituvchi edagogic jamoa a’zosi sifatida edagogic faoliyatni uyushtirishda bevosita ishtirok etib, turli fan o’qituvchilari va sinf rahbarlarining metodik birlashmalarida ishlaydi, topshiriqlarni bajaradi. Har bir o'qituvchi o'quvchilarning ota-onalari va jamoatchilik oldida ma'ruzalar o'qib, suhbatlar olib borar ekan, demak, u pedagogik bilimlar targ'ibotchisi hamdir. Vazifalarning shu qadar ko'pligi uchun ham jamiyatning o'qituvchilar oldiga qo'yadigan talablari xilma-xildir.
Ma’lumki edagogic faoliyat — kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir.
Jamiyat tomonidan qo’yiladigan talablardan eng muhimi o’qituvchi shaxsi va uning kasbi bilan bog’liq xislatlarga qaratilgan.

Download 120,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish