Mundarija kirish I bob o‘quvchilarda umuminsoniy qadriyatlar tizimini shakllantirishning nazariy tahlili


O’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini o’rnini izohlash



Download 65,63 Kb.
bet5/10
Sana18.07.2022
Hajmi65,63 Kb.
#822254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Oquvchilarda umuminsoniy qadriyatlar tizimini shakllantirish

1.2. O’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini o’rnini izohlash.

Insoniyat madaniyati rivojiga munosib hissa qo’shgan O’rta Osiyo mutafakkirlarining ilm-fan sohasidagi yutuqlari yaqin vaqtlargacha to’g’ri baholanmadi. Yangi tizimga o’tishdek murakkab jarayonda tarixga yangicha yondashish, uni haqqoniy aks ettirish hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biridir. Bu masalalarni hal qilishda bizning ularga munosabatimiz qanday bo’lishi kerak? Bugungi kunda ta`lim, tarbiya jarayonida ma`naviy-ma`rifiy merosimizning ta`sir doiralari, imkoniyatlari qanday bo’lishi kerak?


Mana shu savollardan kelib chiqqan holda biz o’zimizga xos, o’zimizga mos madaniy ma’naviy merosimiz ildizlarini chuqur, aniq va puxta bilib olmog’imiz kerak. Ya`ni biz xalqimiz tarixiy jarayonda orttirgan o’tmishdagi ozmi-ko’pmi tajribasini, erishgan yutuqlarining ma`naviy-ma`rifiy ildizlarining mohiyatini to’g’ri anglashimiz, ta`lim-tarbiya jarayonida uning o’rni va ta`siri katta ahamiyatga ega ekanligini chuqur bilmog’imiz, tushunib еtmog’imiz kerak.
Demak, bizning o’z tariximiz va madaniyatimiz bo’lgan. Buning uchun bizning tarixiy, ilmiy, madaniy asoslarimiz bor. Biz o’z hayoti, madaniyati, tarixiga ega xalqmiz.
O’rta Osiyo eng qadimgi madaniyat maskanlaridan biri hisoblanadi. Qadimgi O’rta Osiyo va O’rta Sharqda turli fanlarga oid bilimlar taraqqiy etgan. O’rta Osiyo hududida O’zbekiston ilm va fanning eng taraqqiy etgan markazlaridan biri bo’lgan, jahon ilmi rivojiga katta hissa qo’shgan.
Ayniqsa IX-XII asrlardagi uyg’onish davrining jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan hissasi beqiyosdir.
Fikrimiz isboti sifatida allomalarimiz bosib o’tgan hayot yo’llarini tahlil qilaylik.
Jahon xalqlarining tibbiy-ilmiy tafakkuri rivojlanishiga katta hissa qo’shgan allomalardan biri Muhammad Muso Al-Xorazmiy (780-847). G’arb ilmiy adabiyotida uni Algoritmus deb ataydilar. U matematika, falakiyot, jug’rofiya kabi fanlarni mukammal egallagan bo’lib, uning ilmiy xulosalari shu fan sohasiga oid bo’lgan bilimlar rivojiga salmoqli ta`sir ko’rsatadi. U qadimgi Yunon va Hindiston matematiklari erishgan yutuqlarni tahlil qilibgina qolmay, matematikaning maxsus bo’limi – algebrani (al-jabr) yaratdi. U algebraik tenglamalar tuzish va еchish usullarini ishlab chiqdi, birinchi va ikkinchi darajali tenglamalarni hisoblashning umumiy qonuniyatlarini uchinchi va undan ortiq darajadagi tenglamalarning ayrim xususiy hollarini ko’rsatib beradi.
Al-Xorazmiyning buyuk “Al-jabr val-muqobala” asari (“algebra” atamasi shu so’zdan olingan)ni G’arb va Sharq olimlari lotin tiliga tarjima qilganlar, asosiy qo’llanma sifatida foydalanganlar.
Hozirgi zamon kibernetika qurilmalari, kompyuterlar ish faoliyatining matematika modeli bo’lgan algoritm tuzish usuli ham al-Xorazmiyning algebrasi asosida yaratilgan. Algoritm atamasi ham buyuk alloma nomidan olingan. Matematika ilmining hozirgi kundagi taraqqiyot darajasi buyuk olimning ilmiy kashfiyotlari bilan bevosita bog’liqdir, ma`lum darajada uning natijasidir.
Al-Xorazmiy o’z davrining mukammal astronomik jadvalini tuzdi. U bu sohada hind olimlarining kamchiliklarini ko’rsatdi. Allomaning astronomik jadvali asrlar davomida dunyo olimlari tomonidan foydalanildi. U “Kitob surat al Arz” (“Yer surati”) risolasida Ptolomeyning “Geografiya” nomli kitobini butunlay qayta ishlab chiqdi. Sharq mamlakatlari va xalqlari to’g’risida yangi ma`lumotlar berdi, mamlakatlar, shaharlar nomlari ko’rsatilgan xaritalar berilgan, daryolar, dengizlar, okeanlarning koordinatlari ko’rsatilgan.
Olimning bu kitobi G’arb va Sharq mamlakatlarida geografiya fani rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. Xorazmiyning ilmiy tafakkuri benihoya kengligi uning tabiatshunos olimligidan dalolat beradi. U o’z davridagi tabiat fanlari sohasidagi muhim murakkab masalalarni ilmiy ravishda hal etdi.
Yаqinda jahon ahli, jumladan, O’zbekiston xalqi buyuk matematika, astronom va geograf Ahmad al-Farg’oniyning muborak yubileyini nishonladi. Uni G’arbda Al Ferganus deb ataganlar. Al-Farg’oniy “Astronomiyaga kirish” deb atalgan asarida o’zigacha astronomlarning ishlarini tartibga solgan, kamchiliklarini tuzatgan. Buyuk alloma o’zining “Al-Farg’oniy jadvali”, “Oyning еr ostida va ustida turadigan vaqtini aniqlash to’g’risida risola”, “Yetti iqlimni aniqlash”, “Quyosh soatini yasash haqida risola”, “Al-Xorazmiy zajini tushuntirish” kabi asarlarida osmon jismlarining holati, quyosh sistemasiga kiruvchi planetalar harakati qonuniyatari, Quyosh, Oy tutilishi, Quyosh, Yer, Oy harakatiga bog’liq ekanligi, еr hajmi, yulduzlarga nisbatan kichik yulduzlar еrdan nihoyatda uzoqda ekanligi, kecha va kunduzning almashinishi, tabiatdagi iqlimning o’zgarish sabablariga doir tabiiy-ilmiy fikrlarni asoslab bergan. U еtuk muhandis sifatida 861 yilda Nil daryosining suvini o’lchaydigan o’lchagich asbob yasagan va Ravzo orolida o’rnatgan. Al-Farg’oniy Ptolomey fikriga asoslansa-da, unga tanqidiy va ijodiy yondashadi.
1998 yilda Farg’oniyning 30 bobdan iborat “Astronomiya ilmi asoslari” kitobi o’zbek tilida chop etildi. Bu asardagi astronomiyaga doir bilimlar matematika asosida chuqur ilmiy mazmunda bayon qilingan. Bu asar astronomiya fani rivoji uchun ilmiy manbaa bo’lib xizmat qiladi.
Ma`lumki, matematika fanining o’ziga xos xususiyati, qudrati, uning boshqa fanlarga tadbiq qilinganda ko’rinadi.
Birinchilardan bo’lib Beruniy bu fanga shunday yondashgan. Beruniy matematika faniga o’zining ilmiy tadqiqotlari bilan ijodiy yondashgan va katta yutuqlarga erishgan. Beruniy arifmetika, algebra, geometriya, trigonometriya, sonlar nazariyasi bilan shug’ullangan, astronomiya, geografiya, geodeziya, kartografiya kabi sohalarga tegishli amaliy masalalarni еchgan.
Beruniy o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida “Shoxmot taxtasi” haqidagi masalani еchib, uning natijasi 18 446 744073 709 551 615 ga teng ekanini topdi va еchimini tushuntirib berdi. “Shoxmot taxtasi” masalasi qadimgi hind afsonasi bilan bog’liq bo’lib, u quyidagicha talqin qilinadi: birinchi katakda 1 ta bug’doy donasi, ikkinchi katakda 2 ta, uchinchi katakda 4 ta va hokazo ko’payib, bug’doy donalari ikkilanib boradi, ya`ni u geometrik progressiya bilan ikkilanib boradi. Masalani еchishda Beruniy 2 ta qoida topadi. Birinchi qoidaga ko’ra, agar berilgan katakdagi donlar sonini o’ziga ko’paytirsak, natija berilgan katakdan, u bosh katakdan qancha uzoqlikda bo’lsa, shuncha uzoq joylashgan katakdagi donalar soniga teng bo’ladi.
Ikkinchi qoida shunday: “Agar qaysidir katak sonidan 1 ni ayirsak, qoldiq barcha oldingi kataklar sonlarining yig’indisiga teng, ya`ni bu qoida geometrik progressiya qoidalari yig’indisini topish qoidasidir”.
Beruniy doira ichiga chizilgan siniq chiziqlar xossalari haqida 4 ta teorema va geometriya, trigonometriya, astronomiyaga oid bo’lgan bir qancha teoremalarni isbotladi. U ko’paytirish, bo’lish, kvadrat va kubga ko’tarish, kvadrat va kub ildizidan chiqarish kabi amallar qoidalarini tushuntirib berdi.
Beruniy algebraik masalalar еchishda yangi usullar ishlab chiqdi, noma`lum va uning darajalari ta`rifini berdi, ishoralar qoidasini, algebraik amallar, Al-jabr (“to’ldirish”, ya`ni tenglamada manfiy ishorali hidni qarama-qarshi tomonga o’tkazib, har ikki tomonda musbat hadlar hosil qilish) va “al-muqobala” (“Qarama-qarshi qo’yish”, ya`ni tenglamaning o’xshash hadlarini keltirish)ni tushuntirib berdi. Shuningdek, u al-Xorazmiyning birinchi bo’lib, kiritgan kvadrat tenglamalar klassifikatsiyasini ishlab chiqdi.
Beruniy matematika sohasidagi ilmiy izlanishlari uning “Qonuni Ma`sudiy” asarida bayon qilinadi. Beruniy funktsional bog’lanishlardan foydalanib funktsiya tushunchasini yaratdi. Bu hozirgi zamon matematikasida o’zgaruvchi miqdorlar matematikasining asosiy tushunchasi “funktsiyani” yaratishda muhim zamin bo’lib xizmat qildi.
Beruniyning “Qonuni Ma`sudiy” asari uni buyuk astronom sifatida dunyoga tanitdi. Bu asarda “11” sonini, 3,14174628 aniqlikda hisoblab chiqqan, doira radiusining uzunligini 1 ga teng deb qabul qildi. (radiusni 1 ga teng deb olganda 60 ga ko’paytirish va bo’lishga ehtiyoj qolmaydi). Yevropada matematiklar XIV asrdagina radiusni 1 deb qabul qilsalar-da, amalda esa XVII asrdan boshlab bu usuldan foydalana boshladilar.
Beruniy sinuslar jadvalini 10 dan 900 gacha 150 interval bilan tuzib chiqdi, “tekis soya” (katangens) “akslangan soya” (tangens) ta`riflarini berdi va 10 interval bilan ularning jadvalini tuzdi. Sinuslar va tangenslar jadvalini tuzishda u chiziqli va kvadrat interpolyatsiyalash qoidalarini tadbiq qilish mumkinligini ko’rsatdi. Shuni ta`kidlash kerakki, kvadrat interpolyatsiyalash usuli, uning qoidalari Beruniy tomonidan birinchi marta ishlab chiqilgan va ishlatilgan. Uning bu usuli hozirgi zamon parabolik interpolyatsiyalashdan uchinchi had oldidagi 2G`1 koeffitsent bilan farq qiladi.
Beruniy matematika bilan bir qatorda o’z zamonasining hamma fanlarini puxta egallagan. U o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Astronomiyadan boshlang’ich tushunchalar”, “Joylar chegarasini aniqlash uchun turar joylarning masofalarini belgilash”, “Javohirlarni bilish uchun ma`lumotlar to’plash”, “Ibn Sino bilan savol-javoblar” singari asarlarida o’zigacha bo’lgan mashhur olimlarning tabiiy-ilmiy bilimlar sohasidagi merosiga katta hissa qo’shdi, yangi-yangi sohalarga asos soldi. Beruniy matematika fani singari fizikaga ham ijodiy yondashdi. Tajriba va kuzatuv asosida еrning tortishish kuchiga ega ekanligini, yorug’lik nurining ma`lum tezlikka egaligini, tovush tezligi va uning yorug’lik tezligi bilan farq qilishini tushuntirib berdi. Buloq suvining otilib chiqishi sababi havo bosimi ekanligini e`tirof qilgan. Olim “Minerologiya” asarida qahrobo, magnit haqidagi tushunchalarni izohlab, ularning fizik xossalarini dalillar bilan izohlab berdi, mineral va metallarning solishtirma og’irligi, qattiqlik darajasi, rangi taniqligi kabi xossalarini ham yoritib berdi. U birinchilardan bo’lib metal qorishmalarining solishtirma og’irligini aniqladi. Uning bu sohada erishgan yutug’i hozirgi zamon fani erishgan natijalarga yaqin yo butunlay mos keladi. U 50 dan ortiq jismlarning solishtirma og’irligini aniqlagan. Ayniqsa, bodiring, qovun suvlari, sirka, sigir suti, o’simlik moyi, asal, tovuq tuxumining oqi, inson qoni va boshqalarning solishtirma og’irligini aniqlashga doir yutuqlari faqat fizika sohasida emas, balki hozirgi tibbiyot, biologiya va texnikada ham katta ahamiyatga ega.
Beruniy jismlar harakati, ularning issiqlik o’tkazuvchanligi, issiqlik natijasida kengayishi, sovuqlikdan torayishi hususiyatlari, bo’shliq (vakuum), linzalarning optik xususiyatlari haqida ham o’z fikr-mulohazalarini ilgari surdi. Beruniyning o’z davrida bizning sayyoramizdan tashqari yana boshqa dunyolar mavjudligi to’g’risidagi fikrlari ko’p olimlarni hayratga keltirgan. Lekin bu mulohazasini Ibn Sino tan olmagan. Beruniyning qarama-qarshi olam to’g’risidagi farazi (gipotezasi) mavhum tushuncha bo’lmay, balki tabiatda mavjud bo’lgan real hodisalar ekanligini zarracha va antizarrachalar ekanligini hozirgi zamon fizikasi isbotlab berdi. Elementar zarrachalar fizikasi antizarralar soni ortib borayotganligini yangi-yangi dalillar asosida isbotlanmoqda. Shunday aytish joizki, O’rta Osiyo mutafakkirlari tabiat hodisalarini o’rganibgina qolmay, uning yangi sifatlari haqidagi ilmiy gipoteza va muammolarni dadil o’rtaga tashlaganlar. Odamlarning ayniqsa, yoshlarning madaniy-ma`naviy, ma`rifiy saviyasi mabodo past bo’lsa, uning salbiy ta`siri iqtisodiyotda ham, kishilarning o’zaro munosabatlari, odob-axloqlarida, turmush tarzlarida, yurish-turishlarida ham seziladi. Imon-e`tiqodi sust bo’lgan odamlarda mehr-oqibat, haqiqiy insoniy munosabatlar yo’qoladi. Shuning uchun ham bugungi kunda yoshlarimizni ma`naviy, ma`rifatli inson qilib tarbiyalashga katta e`tibor berish nihoyatda muhimdir. Jamiyatga yangicha fikrlay olishga qodir yoshlar kerak. Bu yoshlarda ishlash, bilim olish istagi bo’lgan, irodasi mustahkam, qobiliyatli va kelajak uchun kurashishga tayyor turgan insoniy fazilatlarini shakllantirish birinchi darajali vazifa bo’lib qolmoqda. Istiqlolimiz tayanchi bo’lgan yosh avlod farzandlarimizning bilimi qancha ortsa, ilmiy, nazariy, ma`naviy saviyasi yuksala borsa, ijtimoiy-siyosiy va mehnat faolligi kuchaysa, davlatimiz, jamiyatimiz shuncha tez rivojlanadi va mustahkam bo’ladi. Yoshlar davlat, jamiyat, ota-onalari oldidagi mas`uliyatini anglab еtsalar, o’z kuchlari va imkoniyatlarini ishga sola bilsalar o’zlarining mo’jizakor kuchga ega ekanliklarini amalda isbotlagan bo’ladilar. Tarixiy rivojlanishning hozirgi tub burilish bosqichi, respublikamiz siyosiy tizimini mustahkamlash va yanada takomillashtirish vazifasini hal qilish jarayoni yoshlarimizni barkamol inson bo’lib kamol topishi, jamiyatimizning munosib kishilari bo’lib еtishlari uchun ta`lim-tarbiya jarayonini kuchaytirishimizni talab qiladi.Demak, xulosa qilib shuni aytish zarur deb topdik: birinchidan, istiqlol tayanchi bo’lgan yoshlarimizni еngil, ma`nan, ruhan, axloqan kamol topgan; ikkinchidan, o’zligini anglab еtgan, milliy tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, an`analari, qadriyatlarini yuksak darajada e`zozlaydigan; uchinchidan, bilimi va dunyoqarashi rivojlangan, kelajakka ishonch bilan qaraydigan, vatanni mehr bilan sevadigan, u bilan faxrlanadigan, yuksak ma`naviyat va madaniyat sohibi bo’lgan inson sifatida kamol topishida biz olimu o’qituvchilar o’z hissamizni qo’shmog’imiz kerak. Milliy tiklanish davrida xalqimizning zukko farzandlari zimmasiga katta mas`uliyat yuklatiladi. Ayni chog’da yoshlarimiz o’z yurti, madaniyati, tili, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Odamzod borki u o’z nasl-nasabini, tarixini bilishga qiziqadi. Bizning mamlakatimiz umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun jahon tan olmoqda. Diniy va dunyoviy ilm asoslari mana shu zaminda yaratilgan. Bu qadimiy tabarruk tuproqdan buyuk allomalar еtishib chiqqan.
Davrimizning dolzarb muammolaridan biri farzandlarimizni erkin va demokratik O’zbekistonga munosib kishilar qilib tarbiyalashda eskicha aqidalardan holi bo’lgan yangicha tafakkuri asosida, ajdodlarimiz to’plagan hayotiy tajriba, axloqiy, ilmiy qarashlar asosida fikrlovchi inson sifatida tarbiyalashdir.
Kelajagimiz bo’lgan yosh avlodning ma`naviyatini, yuksak darajadagi ongini, dunyoqarashini o’zgalarga ibrat bo’ladigan xulq-atvorini shakllantirishda uning noyob milliy qadriyatlari hisoblanmish halollik, poklik, iymon-e`tiqod, rahm-shafqat, muruvvat, diyonat, insof, or-nomus singari fazilatlarni tarbiyalash talab qilinadi. Demak, kelajagimiz poydevori bo’lgan yosh avlodda ana shunday insoniy fazilatlarini shakllantirishda ta`lim-tarbiyaning sifatini yanada oshirish talab qilinadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosidan foydalanish orqali ularda faollikni oshirish o’quvchilarining ma`naviy madaniyatini shakllantirish uslubiyatini ishlab chiqish shu jarayonning samaradorligini ta`minlovchi omillarni aniqlab olishni taqozo etadi.O’quvchi muhitda faoliyat jarayonida o’zligini anglashni shakllantirish uchun ma`naviy qadriyatlar bilan harakat orqali muloqotga kirishadi. Harakatsiz muhit, faoliyat bo’lishi mumkin emas. Shuning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda milliy-ma’naviy merosdan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari ma`naviy harakat omiliga ham bog’liq.


Download 65,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish