Mundarija kirish I. Bob. XV asrda fransiyaning siyosiy markazlashuvi va fransuz xalqining bosqinchilarga qarshi milliy ozodlik xarakati6


Fransiyada siyosiy markazlashuvining xususiyatlari va amalga oshirilishi



Download 71,04 Kb.
bet4/9
Sana13.07.2022
Hajmi71,04 Kb.
#791890
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
XV asr Ludovik(1)

1.2. Fransiyada siyosiy markazlashuvining xususiyatlari va amalga oshirilishi.

XIV asr boshlarida ham Frantsiya iqtisodi intensiv rivojlanib boradi. Shaharlarda savdo va hunarmandchilikning rivojlanishi va u bilan bogliq holda qishloqlarda pul rentasining tarqalishi frantsuz jamiyati hayotida yangi uzgarishlar olib keladi. Ayniqsa, shaharlarda muhim uzgariahlar sodir buladi; boy tsexlar (muynachi, movutchi, zargar, qassoblar) aralash kasbdagi tsexlarni bo’ysundiradi. Ustalar xalfa va shogirdlarni ko’paytirib, ish vaqtini uzaytiradilar. Maosh esa kam tulangani uchun xalfalar usto bo’lish va o’z ustaxonasini ochish imkoniyatidan maxrum bo’ladilar. Xalfalar tobora yollanma ishchilarga yaqinlashib boradilar va ustalarga qarshi kurashish uchun o’z ittifoqlarini tuza boshlaydilar (Kompanonaj). Shahar aholisini ko’pchiligini tashkil qilgan kambag’allar ahvoli og’irlashib boradi. Ular shahar boshqaruvi ishlaridan chetlashtirilgan edi. Buning ustiga XIV asrda soliqlar oshishi, boy shaharliklar va kambag’allar o’rtasida keskinlikni kuchayishi shahar qo’zg’olonlari boshlanibketishiga olib keladi.


Pul rentasining keng tarqalishi va dehqonlarning ozod bo’lishi ularning tsenzivga merosiy egalik huquqini mustaxkamlaydi va XIV asrda erga egalikning hukmron shakliga aylanishini ta’minlaydi. Tsenzda ko’rsatilgan to’lovni vaqtida to’lab borgan dehqon erini meros qoldirishdan tashqari, uni sotish, garovga berishi mumkin edi. Bunday vaqtda feodalga alohida to’lov to’lagan. Natijada qishloqda ijtimoiy tabaqalanish sodir bo’lib, boy va kambag’al dehqonlarga ajralishiga olib keladi. Kambag’al dehqonlar o’zlarining kichik yerlarida kun ko’ra olmay, qo’shnilariga yoki feodallarga mavsumiy ishlarga yollanadilar. Bu qishloqlarda feodal xarakterga ega bo’lgan yollanma mehnat shaklining paydo bo’lishi edi.
Pul renfasi kirib kelishi frantsuz feodalini xo’jalik ishlaridan umuman chetlashtiradi. Chunki tovar-pul munosabatlari rivojlanishi natijasida pulga har qanday narsani sotib olish imkoni yaratilgandi. XIII asr oxirida mamlakat hududining ¾ qismi qirol hokimiyatini tan oladi. Langedok qo’shib olingandan keyin Angliyaga qarshi kurashda Frantsiyaning mavqei mustahkamlanadi. 1308-1309 y Angumua va Marsh grafliklari, 1284 y Shampan grafligi, 1307 y Lion shahri qo’shib olinadi. Filipp IV Chiroyli Frantsiya bilan iqtisodiy bog’langan Flandriyadagi Gent, Ipr, Brugge kabi rivojlangan movutsozlik va savdo shaharlari asosiy o’rin tutgan. Filipp IV u erda hokimiyatini o’rnatadi, lekin og’ir soliqlar joriy qilinishi 1301 va 1302 yillarda Bruggeda qo’zg’olonga sabab bo’ladi. 1301 yil hunarmandlar qo’zg’oloni вostiriladi. 1302 yilda aholining keng qatlamlari qatnashgan quzg’oloni frantsuzlarga va patritseylarga qarshi qaratilgan edi. Frantsuzlar flandrigani tashlab chiqishga majbur bo’lishadi.

Ko’plab urushlar mablag’ talab qilgani uchun soliqlar oshiriladi. Ayniqsa shaharlardan qirol ko’p mablag’ talab qilgan. Yirik feodallarni qarshiliklarini bostirib, endi qirol shaharlar bilan hisoblashmagan. Filipp Ivdan boshlab qirollar shaharlarning o’z-o’zini boshqarish huquqidan mahrum qilib, siyosiy jixatdan o’zlariga buysundira boradilar. Shunga sababga ko’ra Filipp IV cherkov erlariga ham soliq sola boshlagan. Bu tadbir papa Bonifatsiy VIII bilan kelishmovchilik keltirib chiqaradi. Qirol va Papa o’rtasida 1296 yili ochiq janjal boshlanadi. Maxsus bulla bilan papa dunyoviy feodallar cherkovga soliq solishini va ruxoniylarga soliq to’lashni man qiladi. Soliq solgan feodallarni cherkovdan begona qilishni e’lon qiladi. Bunga javoban Filipp Frantsiyadan oltin va kumush olib chiqishni taqiqlaydi. Bomfatsiy VIII ilohiy hokimiyatning dunyoviy hokimiyatdan yuqoriligini da’vo qilib chiqadi. Grigoeiy VII kabi u ham papalarining qirol va imperatorlar ustidan nazorat qilish davosini ilgari suradi. Biroq Frantsiyada qirollik hokimiyati bu vaqtga kelib papaga qarshi turish imkoni darajasida mustahkamlangan edi. Odamlarning fikriga ta’sir etish uchun qirol qonunshunoslari papaga qarshi ommaviy targ’ibot yurita boshladilar.



Aholining keng qatlamlarini o’z tomoniga og’dirish uchun Filipp IV 1302 yil Bosh Shtatlarni chaqiradi. Bosh Shtatlarda uch toifa vakillari – ruhoniylar, dvoryanlar va shaharliklar qatnashadi. Dvoryanlar va shaharliklar hamma masalalarda qirolni qo’llashadi, ruhoniylar papaning da’volari borasida aniq qarorga kelmaydi. Bonifatsiya VIII Frantsiyaga vakilini jo’natib, qirol agar papaning talablariga rozi bo’lmasa uni murtad deb e’lon qilishni topshiradi. Biroq vakil qamoqqa olinadi. Filipp papaga qarshi chiqishlar tashkil qilish va papani Rimdan haydash uchun Italiyaga agentlarini yuboradi. Agentlar pulni ayamasdan papani dushmnlarini qo’lga oldilar va papa reziden tsiga yorib kirishadi va papani qattiq haqorat qila boshlashadi (Anani shaharchasida). Bu voqeadan so’ng papa og’ir haqoratlarni ko’tara olmay o’lib qoladi. 1305 yil Filipp IV tazyiqi bilan frantsuz prelati Kliment V nomi bilan papa etib saylanadi. 1309 yili u o’z saroyini Avinon shahriga ko’chirib keladi va 1378 yilgacha papalar shu erda qolib ketishadi. (Papalarning Avinon asirligi) Papalar frantsuz qirollariga tobe bo’lib qolishadi. Filipp papalar homiyligidagi tamplierlar ruxoniy-monaxlar ordenini yuqotadi, uning xazinasini musodara qiladi. Qirollik hokimiyati papa hokimiyti ustidan to’la g’alaba qiladi. Evropada uning xalqaro va siyosiy ahamiyatiga putur etadi. Filipp IV vaqtidan boshlab Frantsiyada toifaviy vakillik boshqaruvi shakllanadi.Viloyatlarda o’z toifaviy majlislari – shtatlar mavjud bo’lib, mahalliy soliq va boshqa ishlani hal qilgan. Shtatlarda har uch toifa alohida majlis qilgan. Birinchi toifa ruhoniylar-arxiepiskop, episkop va katta monastirlar аbbatlaridan tashkil topgan edi. Dvoryanlar o’rta va mayda feodallardan qirolning azaliy tayanchlaridan iborat edi. Majlislarda graf va gersog lar qirol atrofida bo’lib, deputatlar bilan aralashmaganlar. Har bir palata bir ovozga ega bo’lgan. Frantsuz toifaviy vakillik boshqaruvining bunday belgilari mamlakatning ijtimoiy strukturasining o’ziga xosligidan kelib chiqqan edi. Bosh shtatlar doimiy faoliyat ko’rsatadigan organga aylanmadi, balki qirol tashabbusi bilan chaqirilib, u taklif qilgan masalalarni muhokama qiladi. Shtatlar subsidiyalar yoki qirolni biror siyosiy masalada qo’llash, ruhoniylar va dvoryanlar erlarida yashovchi dehqonlardan qirollik talyasini undirish kabi ishlarni ko’rgan. Feodallarning o’zi davlatga soliq to’lamagan. Qirolning markazlashtiruvchi siyosatini qo’llab, daromadning asosi qismini beruvchi shaharlarda muhim o’rin tutgan. Shuning uchun XIV asrning I yarmida qirol hokimiyati va shtatlar o’rtasida ixnilof bo’lmagan. Shaharlar kuchayishi bilan ritsarlarni ham soliqqa tortilishini talab qila boshlaganlar. Toifalar o’rtasidagi nifoqdan qirollar o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga urinadilar. Ana shu sabablarga ko’ra bosh shtatlar ingliz parlamenti kabi keng huquqlarga ega bo’lolmaydi. Frantsiyada toifaviy vakillik majlisining to’la shakllanishi bilan feodal davlatining yangi shakli-toifaviy monarxiya qapop topish jarayoni tugallanadi. Bu XII-XIII asrdagi frantsuz davlatidan ancha markazlashgan davlat edi.
Yirik va separatistik kayfiyatdagi feodallar markazlashuvga qarshilik ko’rsatganlar. Ular qurol kuchi bilan Ludovik X dan ba’zi imtiyozlarni oladilar. Lekin bu rasmiy xarakterda bo’lib, kuchaygan frantsuz davlatiga salbiy ta’sir eta olmas edi. XIV asrning 30-yillarida boshlangan Angliya bilan Yuz Yillik urush tufayli Frantsiyaning rivojlanishi to’xtab qoladi. Urush aholining qirilib ketishiga, sanoat va savdoning izdan chiqishiga, soliqlarning keskin oshib ketishiga, hududlarning bo’shab qolishiga olib keldi.
Angliya qo’l ostida bo’lgan Frantsiyaning janubiy-g’arbiy hududlari uchun kurash urushning asosiy sababi edi. Bu hududlar Angliya qo’l ostida ekan, Frantsuz davlatining milliyhududiy jipslashuvi tugallanishi mumkin emas edi, shuning uchun bu urush Frantsiyaga zarur bo’lgan. Angliya esa Frantsiyadagi qo’ldan ketgan erlarini qaytarib olishni va kengaytirishni ko’zlaydi. Angliya janubi-g’arbiy viloyatlarda Angliya bilan savdosi bog’langan va bundan manfaatdor shaharlar, hamda kuchayib borayotgan frantsuz qiroliga bo’ysunishni istamayotgan feodallar yordamidan foydalanadi. Angliya harbiy muvaffaqiyatsizliklar paytida ham janubiy shaharlarni o’z qo’lida saqlab qolishini shu bilan tushintirish mumkin. Flandriya uchun kurash urushning ikkinchi sababi edi. Bu mamlakat siyosiy va etnik jihatdan Frantsiyaga yaqin bo’lgani uchun qirollar uning boy shaharlariga egalik qilishga uringanlar. Flandriya shaharlari esa Angliyadan xom-ashyo olib, mahsulotlarini Angliyaga sotgani uchun iqtisodiy aloqalarni saqlanib qolishidan manfaatdor edi. Shunga ko’ra inglizlar bu erda ham shaharlar yordamidan foydalanadilar. Angliya qiroli Eduard III ning frantsuz taxtiga davogarligi urushga bahona bo’ladi.

Z. Udolsjva. История Европы. M- 1988, A. Foncheneso. O’rta asrlar tarixidan izohli lo’g’at. T -1979, S. Snazkin. История средних веков. M- 1977.


1328yili Кarl IV vafotidan keyin, unga ona tomondan qarindosh bo’lgan Eduard III frantsuz qirollik taxtiga davo qiladi, lekin zodagonlar Kapetinglarga qarindosh bo’lgan Filipp IV Valuani qirol etib saylaydi. Shunda ingliz qiroli bu masalani qurol kuchi bilan echishga va shu bilan hududiy muammoni ham hal etmoqchi bo’ladi.
Harbiy va moliyaviy jihatdan yaxshi tayyorlangan Angliya uchun urushning dastlabki davri muvaffaqiyali boshlanmadi. Frantsuz feodallari orasida ham inglizlar ko’p ittifoqchilarga ega edi. Angliya armiyasi yagona qumandonlikka bo’ysungan holda va yagona reja asosida harbiy harakatlarni olib boradi. Frantsuz ritsarlari faqat o’z senyorlari qo’l ostida mustaqil harakat qiladi. Inglizlar artilleriyasi ham yaxshi tashkil qilingan edi. 1340 yilda inglizlar Sleys yonida (Flandriya) frantsuz flotini tor-mor keltirgani, 1346 yilda esa Kresi yonida frantsuz ritsarlari yirik mag’lbiyatga uchraydi. 1346 yili muhim harbiy va strategik markaz hisoblangan Kale inglizlar `o’liga o’tadi. Shundan keyin inglizlar harbiy harakatlarni janubi-g’arbga ko’chiradi. Bosib olingan erlarda ingliz qirolining o’g’li Eduard noib bo’lib qoladi. 1356 yil ingliz va frantsuzlar to’qnashuvida ko’plab frantsuz ritsarlari halok bo’ladi va qirol Ioann Dobriy asir tushadi. 1360 yilda ikki o’rtada sulh tuziladi. Shartnomaga ko’ra Luaradan Pirineygacha bo’lgan erlar, yani mamlakatning ⅓ qismi Angliyaga o’tadi. Frantsiya yangi urushlarga tayyorlana boshlaydi. Karl V davrida harbiy sohada islohotlar o’tkaziladi: artilleriya kuchaytiriladi, yollanma qo’shin safi kengatiriladi, Konnetabl vakolati kuchaytiriladi (qirol armiyasi bosh qumandoni) Natijada 70-yillarda talay hududlar inglizlardan tortib olinadi. Urush mablag’lari dehqon va shaharliklar zimmasiga tushadi va XIV asr oxirlarida mamlakatning turli qismlarida qo’zg’olonlar boshlanib ketadi. 1415 yilda Angliya Frantsiyaga yana urush boshladi. Azenkur jangida inglizlar frantsuz ritsarlarini mag’lubiyatga uchratadi. 1420 yil Truada inglizlar va frantsuzlar sulh tuzishadi. Sulhga ko’ra ingliz qiroli Genrix V Karl VI ning qiziga uylanib, Frantsiyaning regentiga aylanadi, Karl VI vafotidan keyin esa frantsuz taxtini egallashi kerak edi. 1422 yil Genrix V va Karl VI vafot etgach Genrix V ning 10 oylik o’g’li Genrix VI Frantsiyaga qirol etib e’lon qilinadi. Amalda hamma ishlarni gersog Bedford olib boradi.
Inglizlar butun shimoliy Frantsiyani qamal qilishadi. Mamlakat markazi va janubi o’zini Karl VII nomi bilan e’lon qilgan dofin Karl qo’lida quladi. Bosib olingan erlarni Genrix V ingliz baron va risarlarga tarqatib bera boshladi. Ayniqsa dehqonlarning ahvoli og’irlashadi. Uursh qishloq xo’jaligini izdan chiqaradi. Bo’ysunmagan dehqonlarni og’ir jazolashadi. Bular hammasi aholida inglizlarga qarshi aholining barcha qatlamlarini kurashga otlanishiga sabab bo’ladi. Inglizlarga qarshi istilo etilgan hududlarda partizanlik harakati avj oladi. Angliya qo’shinlari janubga siljishni davom ettirish uchun Orleanni qamal qiladi. Orlean shahrining ahamiyatini frantsuzlar yaxshi tushunishardi. Orleanni inglizlar qo’lga olsa, hech qanday qarshiliksiz mamlakat janubiga kirib borishi mumkin edi, shuning uchun inglizlarga qarshi barcha aholi oyoqqa turadi. Mana shunday og’ir va qaltis vaziyatda dushmanga qarshi kurashni Janna d’Ark boshqaradi va shaharni inglizlardan tozalaydi. Urush oqibatida Frantsiya iqtisodi og’ir zarar ko’radi. Ayniqsa shimoli-sharqiy hududlar katta talofat ko’rib, 20-30 yildan keyingina urushdan oldingi holatini tiklab oladi. Shimoldagi muhim hududlar bo’shab qolgani uchun, 1451 yil qirol avvalgi erlariga qaytgan dehqonlani 8 yil soliqdan ozod qilishga majbur bo’ladi. Senorlar dehqonlrni qaytarish uchun chinshni 1/6-1/12 hosil miqdorida qisqartirganlar va merosiy egalik huquqini beradilar. Krepastnoy huquq saqlanib qolgan bazi hududlardan servlar kela boshlagan Xo’jalik tiklanishi bilan feodallar eski tartiblarni, urush vaqtida berilgan imtiyozlarni bekor qilganlar.
XV asr II yarmida Frantsiya xo’jaligida rivojlanish kuzatiladi. Mamlakatdan g’alla va boshqa mahsulotlar eksport qilina boshlanadi. Ba’zi shaharlarda movut va yung matolar ishlab chiqarish, metallga ishlov berish yo’lga qo’yiladi. Ko’plab port shaharlar Evropa va Sharq davlatlari bilan qizg’in savdo olib boradi. Ichki savdo munosabatlarining rivojlanishi mamlakatning siyosiy jipslashuviga yordam beradi. Yuz yillik urushda Frantsiyaning g’alabasi uning siyosiy birlashuviga va davlat markazlashuviga sharoit yaratadi. Urush tugamasdan avval talya solig’i va doimiy armiya tuzilgan bo’lib, fedallarning mustaqilligiga barham berilgan edi. Urushdan keyin Frantsiyaning davlat markazlashuvini mustahkamlashda Ludovik XI (1461-1484) faoliyati muhim o’rin tutadi. Ludovik XI ning asosiy raqibi Burgund gersogi Karl Dovyurakning qo’lida Burgundiya gersogligi, Pikardiya, Niderlandiya tobe edi. Ludovik XI ga qarshi shahzodalar, gersoglar, graflar ittifoqqa birlashadilar. Bu ittifoqqa Karl Dovyurak boshchilik qilgan.
Ittifoqqa kirgan yirik feodallar davlat boshqaruvi va moliyasi ustidan nazorat o’rnatadilar. Parij yaqinida qirol va ittifoq o’rtasidagi to’qnashuv qirol mag’lubiyati bilan tugaydi . Ludovik yon berishlar va va’dalar bilan ittifoq a’zolari o’rtasiga nizo solishga erishadi. Karl Dovyurak zo’rlab tashkil qilgan “Burgund davlati”da o’zaro urushlarni Ludovik XI rag’batlantiradi va moddiy jihatdan ta’minlab turadi. 1474 yilda Ludovik XI ning moddiy yordamida Karl Dovyurakka qarshi Lotaringiyaliklar va Shvedtsariyaliklar qo’zg’olon boshlashadi.
1477 yilda Nansida Karl Dovyurak halok bo’ladi va Burgundiya, Pikardiya, Niverne Frantsiyaga qo’shib olinadi. 1481 yil Provans, 1491 yil Bretan sulolaviy nikoh orqali Frantsiyaga qo’shib olinadi. Shundan keyin frantsuz davlati tashqarisida frantsuzlar yashaydigan hududlar – Lotaringiya, Fransh – Konte, Savoya, Russilon qolgan edi. Ularning to’la qo’shilishi XIX asrga to’g’ri keladi. Ludovik davrida frantsuz milliy davlatining asosi yaratiladi. Siyosiy raqiblarini ayovsiz jazolab hamma feodallarni u o’ziga bo’y sundiradi. O’z siyosatida shaharliklarni davlat xizmatiga jalb qiladi. Shu bilan bir vaqtda shaharning mustaqilligini cheklab, soliqlarni kuchaytiriladi. Davlat byurokratik apparati kuchayadi. Ludovik XI davrida Bosh Shtatlar faqat bir marta chaqirilgan va ahamiyatini yuqotadi. Davlat savdo va sanoat rivojlanishini rag’batlantiradi. Ipakchilik rivojiga e’tibor beriladi, shu maqsadda Itakiyadan mohir ustalar taklif qilinadi.
Yo’llar ta’mirlanadi. Rivojlangan feodalizm davrida Frantsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy, etnik va siyosiy rivojlanishi natifasida frantsuz millati shakllanadi. XV asr oxiriga kelib shimoliy va janubiy frantsuz xaiqlari o’rtasidagi farq yo’qolib, yagona etnik ko’rinish oladi. Frantsiya Evropaning kuchli markazlashgan hokimiyatga ega davlatlaridan biri sifatida XVI asrga qadam qo’yadi.

Download 71,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish