Mundarija kirish korxonaning tarixi va o`tmishi Korxonaning tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv faoliyati Korxonaning iqtisodiy faoliyati va Rejalashtirish jarayonlari. Xulosa va takliflar foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati kirish


Korxonaning tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv faoliyati



Download 5,95 Mb.
bet3/5
Sana23.04.2022
Hajmi5,95 Mb.
#575760
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hisobot (Автосохраненный)

Korxonaning tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv faoliyati
Barcha korxona va tashkilotlarning tartibli tizimda faoliyat olib borishi uchun, boshqaruv jarayonida korxonaga salbiy ta`sir ko`rsatadigan kamchiliklar yuzaga kelmasligi uchun hamda ish unumdorligi yanada ortishi uchun albatta ularning tashkiliy tuzilmasi mavjud bo`libgina qolmay, u to`gri shakllantirilgan bo`lishi ham lozimdir. Bunday qilish, korxonaning foydasiga ishlashi tayin. Boshqaruvning to`gri amalga oshirilishida shubhasiz korxonaning tashkiliy tuzilmasi muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday korxona va tashkilotning faoliyatini boshqarib turadigan, uni nazorat qiladigan boshlig`i bo`ladi. Boshliq shaxs haqiqiy boshliq bo`lishi uchun u o`z navbatida lider ham bo`lishi talab qilinadi. Lider esa boshliqdan farqli ravishda, qo`l ostidagi barcha ishchi xodimlarni o`zining liderlik qobiliyatlari bilan ortidan ergashtira oladi. Liderlik xususiyatiga ega boshliqlar ish faoliyatini tartibli olib borish uchun, uni bir nechta bo`limlarga ajratgan holda, ma`lum bir vazifalarni o`zining yordamchi boshliqlariga taqsimlab beradi. Bu o`z navbatida, ishlab chiqarish yoki xizmat ko`rsatish jarayoning samaradorligini sezilarli darajada oshirishga hamda xo`jalik yurituvchi subyektning ish faoliyati tezlashib, yuqori tempda davom etishiga sabab bo`ladi. Shu tufayli, har bitta korxonaning tashkiliy tuzilmasi bo`lishi kerak nazarimda.
Men amaliyot o`tagan tashkilot, Temir yo`l transport boshqarmasining ham o`z tashkiliy tuzilmasi, sxemasi mavjud. Mazkur tashkilotning tashkiliy tuzulmasiga to`xtalib o`tamiz. Har qanday xo`jalik yurituvchi subyekt borki, xoh u ishlab chiqarish korxonasi bo`lsin, xoh xizmat ko`rsatuvchi tashkilot bo`lsin, o`zining boshlig`iga egadir. Boshliq o`z nomi bilan ko`rinib turibdiki, ish faoliyatiga bosh-qosh bo`ladigan, javobgarlik mas`uliyatini o`z bo`yniga olgan shaxs hisoblanadi. Tabiiyki, korxonalar aynan boshliqning buyruqlariga tayangan holda faoliyat yuritadi. Temir yo`l transport boshqarmasida ham boshqa tashkilotlarda bo`lgani kabi boshliq lavozimi mavjud. Mazkur lavozimning egasi, ya`ni TYTB ning boshlig`i qariyb 11yildan buyon X.Sh.Vohidov hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib, Temir yo`l transporti boshqarmasi boshlig`iga yaqindan yordam beradigan yordamchi xodimlar 2 tani tashkil qiladi. Bulardan birinchisi “Umumiy masalalar bo`yicha boshqarma boshlig`ining o`rinbosari” bo`lsa, ikkinchisi “Boshqarma bosh muhandisi (injeneri)” hisoblanadi.
Umumiy masalalar bo`yicha boshqarma boshlig`ining o`rinbosariga to`g`ridan to`g`ri “Moddiy-texnika ta`minoti byurosi” va “Ma`muriy xo`jalik qismi” bo`ysunadi. Mazkur bo`limlarning ish faoliyatini aynan boshqarma boshlig`i o`rinbosari boshqarib boradi va nazorat qiladi. Bu bo`limlarda qandaydir kamchiliklar yuzaga keladigan bo`lsa, ularni bartaraf etish va yangiliklar kiritish vazifasini o`z zimmasiga oladi. Yuqorida aytib o`tilgan bo`limlar faoliyati qay tarzda amalga oshirilayotgani hamda berilgan topshiriq va vazifalarni reja bo`yicha a`lo darajada bajaryotgani to`g`risida boshqarma boshlig`iga hisobot berib turadi.

Boshqarmaning bosh muhandisi boshqarma boshli`gi o`rinbosariga nisbatan bir muncha ko`proq bo`limlarga mas`ul rahbar sifatida faoliyat yuritadi. Bular qaysi bo`limlar ekanligini aytishdan oldin, Temir yo`l transporti boshqarmasida umumiy faoliyatni boshqarib borish vazifasini bajaradigan asosiy bo`limlar haqida qisqacha aytib o`tmoqchiman. Boshqa ko`pgina korxona va tashkilotlarda boshqaruvchi qismlar bo`lim deb yuritiladigan bo`lsa, Temir yo`l transporti boshqarmasida esa bunday bo`limlar “byuro” deb ataladi. Tashkilotda jami 6 ta asosiy faoliyatni boshqarishda boshliq va uning yordamchilariga ko`maklashadigan byurolar mavjud. Bular:

  • Mehnatni tashkillashtirish va rejalashtirish byurosi;

  • Kadrlarni komlektatsiyalash va tayyorlash byurosi;

  • Harakat xavfsizligi va sifat nazoorati byurosi;

  • Moddiy-texnika ta`minoti byurosi;

  • Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi byurosi;

  • Yoqilg`i-energetika resurslarini monitoring qilish byurosi.

Bundan tashqari byurolar bilan mavqe` jihatidan teng bo`lgan va deyarli bir xil vazifani bajaradigan 3ta asosiy bo`limlar ham mavjud. Bular:

  • Boshqarma boshlig`ining kotibasi;

  • Ma`muriy-xo`jalik qismi;

  • Axborot texnologiyalari guruhi.

Mehnatni tashkillashtirish va rejalashtirish byurosi boshlig`i Alisher Nazarov bo`lib, kamina aynan shu byuro tarkibiga kiradigan iqtisod bo`limida amaliyot o`tadim. Mazkur byuro tarkibidagi iqtisod bo`limida rejalashtirish bo`yicha iqtisodchi – Isakulov Anvar Isakulovich (mening amaliyot rahbarim), mehnatni tashkillashtirish bo`yicha iqtisodchi – Esanov Said Axadovich, mehnatni tashkillashtirish va normalashtirish bo`yicha iqtisodchi muhandis – Xayriyev Jamshid Farmonovich ishlashadi. Ularning asosiy vazifasi korxonaning kelgusidagi xarajat va daromadlarini rejalashtirish, har oy oxirida, chorak oxirida, yarim yillikda va yil so`ngida korxona amalga oshirgan xarajatlarni, olgan daromadlarini reja bilan taqqoslab, ularni umumlashtirgan holda hisobot tayyorlashdan, tannarxni tushirishning yo`llarini topib, amalga tadbiq qilish va korxona faoliyatiga yordam beradigan bir qancha jarayonlarga zarur bo`ladigan xom-ashyo va materiallarni kerakli miqdorda taqsimlashdan hamda ishchi xodimlarga ularning bajargan ishidan kelib chiqqan holda yoki belgilangan tartibda ish haqi miqdorini aniqlash va ish haqi to`g`risidagi tabel varaqasini tayyorlashdan iborat. Bir gap bilan aytganda, Mehnatni tashkillashtirish va rejalashtirish byurosi TYTB ning ajralmas bo`laklaridan biri bo`lib, u garchi jismoniy mehnatlardan yiroq bo`lsa-da, eng kerakli byuro hisoblanadi. Mazkur byuro bevosita boshqarma boshlig`iga bo`ysunadi va aynan boshliqqa faoliyat to`g`risida hisobot beradi.
Temir yo`l transporti boshqarmasida eng muhim va butun boshli faoliyatning o`z o`rnida amalga oshirilishida katta ahamiyat kasb etadigan bo`limlar ham mavjud. Bular Temir yo`l transporti bilan, uning harakati bilan bog`liq bo`lgan xizmat turlaridir. Umumiy hisobda tashkilotda 6 ta xizmat turlari faoliyat olib boradi. Barchasining o`z vazifasi bo`lib, bulardan birortasining mavjud bo`lmasligi butun boshli korxonaning faoliyati to`xtab qolishiga sabab bo`lishi hech gap emas. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, bu xizmat ko`rsatuvchi bo`limlarning korxonada o`rni beqiyosdir. Xizmat turlari quyidagilar:

  • Eksplutatsiya xizmati (mazkur xizmat turi to`g`ridan to`g`ri boshqarma boshlig`iga bo`ysunadi va aynan unga qilingan ishlar bo`yicha hisobot berib boradi. Eksplutatsiya xizmatining 3 ta stansiyasi bor: 1) Yangi Zarafshon stansiyasi; 2) Muruntov stansiyasi; 3) Kar’yer stansiyasi)

  • Yo`l xizmati (bu xizmat bo`limi boshqarma bosh muhandisi boshchiligida faoliyat yuritadi. Asosiy baja-radigan vazifasi temir yo`l-larning umumiy axvolini na-zorat qiladi. Agarda TYTBga qarashli temir yo`l liniyalaridagi biror hududda temir yo`li nosoz axvolga kelib qolgan bo`lsa, uni imkoni boricha tezroq va sifatliroq ta`mirlashi lozim bo`ladi. Javobgarlik ham ay-nan shu bo`lim xizmati zim-masiga yuklatiladi. Aytib o`tish joizki, xizmat turlaridan eng birinchi bo`lib Yo`l xizmati vujudga kelgan. Sababi, Temir yo`l transporti ishga tushishi uchun avvalo temir yo`lning o`zi mavjud bo`lishi kerak. Axir temir yo`lisiz Temir yo`l boshqarmasi ham bo`lmaydi.)

  • Lokomativ xizmati (boshqarma bosh muhandisiga bo`ysunib, unga xisobot beruvchi xizmat turi bo`lib, Temir yo`l transporti boshqarmasida muhim o`rin egallaydi desak, aslo yanglishmagan bo`lamiz.

Temir yo`l boshqarmasining asosiy transport turi shubhasiz, teplovoz sanaladi. Teplovoz – bu dizel motori va dizel yoqilg`isi yordamida harakatlanuvchi transport vositasidir.
Ma`danni tashishda aynan teplovozlarning yordamidan foydalaniladi. Shunday ekan, Lokomativ xizmati ishlab chiqarish faoliyatiga o`zining katta hissasini qo`shadigan xizmat turi deyilsa, noto`g`ri bo`lmaydi. Lokomativ xizmati 2ta hududda, Zarafshon va Bessapan maydonlarida mavjud bo`lib, Zarafshon maydonida joylashgan Lokomativ xizmati 3ta qismdan iborat. Bular 1) Teplovozlarni joriy ta`mirlash uchastkasi; 2)Teplovozlarni kapital ta`mirlash uchastkasi; 3) Ishlab chiqarishga tayyorlov uchastkasi.)

  • Vagon xizmati (boshqarma bosh muhandisi tasarrufidagi xizmat bo`limi hisoblanib, ma`dan(ruda)ni tashishda eng asosiy vosita, ya`ni vagonlar bilan va ularning texnik holatini nazorat qilishdan tortib, nosoz bo`lib qolganda ularni kapital yoki joriy ta`mirlash bilan shug`ullanadigan xizmat turi sanaladi. Ma`danni aynan vagonlarda tashish, har tomonlama qulayligini ta`kidlab o`tish joiz nazarimda. Birinchidan, bunday usuldan foydalanish ishlab chiqarish hajmini oshirishga sabab bo`ladi. Ikkinchidan, samaradorlik ham boshqa transport vositalaridagiga nisbatan bir necha barobar ortadi. Uchinchidan, ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishda vagonlardan va teplovozlardan, umumiy olib aytganda, Temir yo`ldan foydalanish anchagina qo`l keladi. Kam xarajat qilib, ko`proq hajmdagi ma`dan yuklarini tashishda, meni fikrimcha Temir yo`lga yetadigani yo`q. Magistral teplovozlari bir tashishda ma`dan bilan to`ldirilgan 11 ta vagonni tashishga qodir. Ma`danni bir marotaba tashish – sohada “Vertushka” deb ataladi. Vagonlarning asosan 3 xil turi mavjud: Dumpkar(ma`dan tashishda qo`llaniladigan vagon), yarim hajmli vagon(ma`dandan o`zga turli xil yuklarni tashish uchun kerak bo`ladigan vagon turi), Sesterna(suyuq holatdagi yuklarni, masalan, dizel yoqilg`isi, benzin, salyarka, eksplutatsiyada zarur bo`ladigan turli xil kislotalar, transport vositalari uchun suyuq holatdagi moy turlarini tashishda ishlatiladigan vagon)

  • Elektromexanika xizmati (boshqarmaning bosh muhandisi nazoratida faoliyat yuritadigan xizmat turi bo`lib, asosiy vazifasi asbob-uskunalardan foydalanish va ularni ta`mirlashdan iborat. Mazkur xizmat teplovoz va vagonlarni ta`mirlashda xizmat qiladigan texnikalar va uskunalar, elektr bilan ishlaydigan asboblarni tuzatish bilan shug`ullanadi. Bu xizmat bo`limining 2 ta: Zarafshon va Bessapan kabi uchastkalari mavjud.)

  • A loqa xizmati (boshqarmaning bosh muhandisi boshchiligida ish olib boradi va uning nazorati ostida bo`ladi. Aloqa xizmatining asosiy vazifalaridan biri bu boshqarmadagi boshliq xodimlardan tortib, dispetcher xodimlari o`rtasida aloqani ta`minlash, temir yo`l stansiyalari o`rtasida va ularning teplovoz mashinistlari bilan bo`lgan aloqasini ta`minlab berish sanaladi. Hozirgi zamona-viylashgan davrda avtomat-lashtirishning ahamiyati yu-qori bo`lib kelmoqda. Buni ishlab chiqarishga tatbiq qilish ham aynan shu xizmat bo`limi xodimlari va bosh-liqlari zim-masiga yuklatilgan. Turli xil noqonuniy ishlar yoki o`g`ir-lik holatlari vujudga keli-shining oldini olish maqsadida video kuzatuv jarayonlarini yo`lga qo`yish bilan ham shug`ullanadi.)

Temir yo`l transporti boshqarmasining tarkibiy tuzilmaviy sxemasi xuddi shu shakldadir. Bir qarashda korxonaning tarkibiy tuzilmasi oddiydek tuyulishi mumkin, lekin e`tibor berib ko`rilsa, ancha tartibli va mukammal tarzda tuzilganligiga va tashkil qilinganligiga guvoh bo`lish mumkin.


Download 5,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish