Mundarija: Moliyaviy natijalar hisobi va auditini takomillashtirish


-jadval Moliyaviy hisobot auditining vujudga kelishi



Download 14,06 Mb.
bet5/43
Sana11.07.2022
Hajmi14,06 Mb.
#776458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Diplom ishi 1 bob 222

1.1.-jadval Moliyaviy hisobot auditining vujudga kelishi5

Boshqaruv nazoratining tashkil etilishi davri

Xitoyda eramizdan 700 yil avval davlat xodimi ( tsenz) teritoriyalarda nazorat olib borgan Rim imperiyasida eramizdan 200 yil avval davlat xodimi ( kvestor) teritoriyalarda nazoart olib borgan

Audit atamasining ishlatilish

1324 yil Angliya qiroli «Eduard 11» 3 ta auditorni ( «Audit» lug‘atiy mazmuni – u eshitadi) tayinlagan. Chunki viloyat territoriya boshliqlari moliyaviy ishlar bo‘yicha xisobot berishni bilmagan.1689 yil Rossiyada Petr 1 podshox armiyadagi mulkiy munozaralarni tekshirish uchun belgiladi

Davlat miqyosida majburiy audit (moliyaviy hisobot auditi)ning kiritilishi qonun bilan belgilanishi

1862 yili Angliyada, 1867 yili Frantsiyada, 1931 yili Germaniyada, 1937 yili AQShda,
1982 yili Xitoyda, 1987 yili Rossiyada
1992 yili O‘zbekiston Respublikasida
Auditning maqsadi - xo‘jalik subyektlarining moliyaviy axborotlarini belgilangan Qonun hujjatlariga mosligi bo‘yicha fikr berishdir.

Auditor fikr bildirishi uchun asos sifatida, auditor moliyaviy hisobotlar umuman olganda firibgarlik yoki xato tufayli yuzaga kelgan muhim buzib ko‘rsatishlardan xoli ekanligiga oqilona ishonch hosil qilishini talab etadi.

1-chizma
Oqilona ishonch – bu ishonch bildirishning yuqori darajasi. Auditor auditorlik riski (ya’ni moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko‘rsatishlar mavjud bo‘lgan holda auditor tegishli bo‘lmagan fikr bildirishi riski)ni maqbul darajagacha pasaytirish uchun etarlicha tegishli dalillar olganda oqilona ishonch hosil qilingan hisoblanadi. Biroq oqilona ishonch hosil qilish – bu ishonchning mutlaq darajasi emas, chunki auditga xos bo‘lgan cheklashlar mavjud bo‘lib, ular shunga olib keladiki, auditor o‘z xulosalarini chiqarish va auditorlik fikri (xulosasi)ni bildirishda asos sifatida foydalanadigan auditorlik dalillarining aksariyat qismi o‘z tabiatiga ko‘ra muayyan xulosani dalillash uchun keltirilgan vajlar hisoblanadi va xulosa xususiyatini kasb etmaydi. Auditor tomonidan bildirilgan fikr shakli moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo‘llaniladigan asosiga va har qanday tegishli qonun yoki me’yoriy hujjatga bog‘liq bo‘ladi. Auditorda audit jarayonida aniqlangan masalalar to‘g‘risida foydalanuvchilar, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati, boshqaruv yuklatilgan shaxslar yoki uchinchi tomonlarga axborot berish va hisobotlar taqdim etish bo‘yicha boshqa majburiyatlar bo‘lishi ham mumkin. Bunday majburiyatlar auditning xalqaro standarti da yoki tegishli qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlarda belgilanishi mumkin. Moliyaviy hisobotlar auditini o‘tkazishda auditorning umumiy maqsadlari quyidagilardan iborat bo‘lmog‘i lozim:

  • Moliyaviy hisobotlar umuman olganda firibgarlik yoki xato tufayli yuzaga kelgan muhim buzib ko‘rsatishlardan xoli ekanligiga oqilona ishonch hosil qilish;

  • bu auditorga moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo‘llaniladigan asosiga muvofiq tayyorlangani to‘g‘risida fikr bildirish imkonini beradi;

  • Moliyaviy hisobotlar xususida auditning xalqaro standarti talablariga muvofiq auditor xulosalariga mos ravishda hisobot (xulosa) taqdim etish.


2-chizma Firibgarlik turlari


Agar oqilona ishonch hosil qilishning imkoni bo‘lmasa, auditorlik hisobotida qo‘shimcha izohlar bilan fikr bildirish esa yuzaga kelgan vaziyatda moliyaviy hisobotlarning ehtimol tutilgan foydalanuvchilariga axborot berish uchun etarli bo‘lmasa, auditning xalqaro standarti auditor fikr bildirishdan bosh tortishini yoki kelishuv bo‘yicha ishlashdan bosh tortishini talab qiladi. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, moliyaviy hisobot auditi mustaqil fan sifatida o‘z predmeti, obyekti va subyektlariga ega. Fikrimizcha, moliyaviy hisobot auditi fanining predmeti deganda mazkur fanning boshqa fan yoki predmetlardan ajratib turuvchi belgilari yoki xususiyatlari tushunilib, uning predmetini bizningcha,quyidagicha izohlash maqsadga muvofiqdir: Moliyaviy hisobot auditi fanining predmeti – xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining qonuniyligi va moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha auditorlik munosabatlarini o‘rganish hisoblanadi. Moliyaviy hisobot auditini o‘tkazish va uni fan sifatida tadqiq etishda quyidagi me’yoriy hujjatlardan keng foydalaniladi:

  • “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni dalillash6

  • “Moliyaviy hisobot auditining maqsadi va uni tartibga soluvchi asosiy tamoyillar” - 200-son XAS;

  • “Moliyaviy hisobot auditi bo‘yicha qonunlar va me’yoriy hujjatlarni ko‘rib chiqish” - 250-son XAS;

  • “Auditni rejalashtirish” - 300-son XAS;

  • “Auditda muhimlik” - 320-son XAS;

  • “Auditorlik dalillar” - 500-son XAS;

  • “Auditorlik dalillar - aniq moddalarga taalluqli qo‘shimcha savollar” - 501-son XAS;

  • “Dastlabki moliyaviy hisobot auditida boshlang‘ich qoldiqlar bo‘yicha auditorning ma’suliyati” - 510-son XAS;

  • “Tahliliy amallar” - 520-son XAS;

  • “Ekspert xizmatidan foydalanish” - 620-son XAS;

  • “Moliyaviy hisobot bo‘yicha auditorlik xulosasi” - 700-son XAS;

  • “Taqqoslanadigan ko‘rsatkichlar” - 710-son XAS;

  • “Tekshirilgan moliyaviy hisobotlardagi boshqa axborotlar” - 720-son XAS;

  • “Istiqbolli moliyaviy ma’lumotlarni tekshirish” - 810-son XAS;

  • “Moliyaviy hisobotning sharhi bo‘yicha kelishuv» - 910-son XAS;

  • “Moliyaviy hisobotga taluqli amallarni bajarish bo‘yicha kelishuv” - 920-son XAS;

  • “Moliyaviy ma’lumotlarning kompilyatsiyasi bo‘yicha kelishuv” - 930-son XAS va boshqalar.

Moliyaviy hisobot auditi maqsadlarini tushunish realizatsiya qilinishi auditorning kasbiy fikrlarini ifodalash uchun etarlicha isbot yig‘ish imkonini beruvchi auditorlik amallari metodik asoslari shakllanishini ta’minlaydi. “Moliyaviy hisobot auditining maqsadi va uni tartibga soluvchi asosiy tamoyillar” nomli 200-son xalqaro audit standartiga muvofiq moliyaviy xisobot auditining maqsadi: auditorlarga moliyaviy hisobot barcha axamiyatli javxalari bo‘yicha moliyaviy hisobotni taqdim etishga oid belgilangan kontseptual asosga muofiq tayyorlanganligi xaqida o‘z fikrini bildirish uchun imkoniyat yaratishdir.
Moliyaviy hisobot auditi vazifalari:7

3-chizma
Moliyaviy hisobot auditini tartibga soluvchi tamoyillar sifatida mustaqillilik, xalollik, xolislik, kasbiy bilimga egalilik va tegishli sinchikovlik, kasbiy xulq atvorga egalilik, texnikaviy standartlarga rioya qilish kabi tamoyillarni kiritish mumkin. 4-modda. Auditorlik faoliyati sohasidagi asosiy prinsiplar.8
Moliyaviy xisobot auditining axborot manbalari bo‘lib quyidagilar xizmat qiladi:
- Ta’sis xujjatlari;
- Ta’sischilarning umumiy majlis bayonnomalari, qaror va buyruqlari;
- Xisob siyosati;
- Moliyaviy xisobot shakllari;
- Buxgalteriya xisob registrlari;
- Boshlang‘ich xujjatlar.
Moliyaviy hisobotni hosil qilish pog‘onalari
- Moliyaviy hisobot moddalari ko‘rsatkichlari
- Sintetik va analitik hisob reestrlari
- Xo‘jalik operatsiyalari
Auditorlik tekshiruvida dalillar to‘plash amallari sifatida esa quyidagilarni kiritish maqsadga muvofiqdir:
- Testlash orqali baholash
- Ichki nazorat tizimi bo‘yicha test o‘tkazish;
- Buxgalteriya hisobi tizimini bo‘yicha testlash;
- Buxgalteriya hisobi maqsadi uchun tuzilgan xisob siyosatini taxlili;
- Solik hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatini taxlili;
- Ishchi schetlar rejasini taxlil kilish.
Mohiyati buyicha schetlarning qoldiq va oborotlarini tekshirish amallari:
a) NAZORATLASH - bu qog‘oz yoki elektron ko‘rinishdagi yoki boshqa tashuvchilardagi tashqi va ichki hujjatlar yozuvlarini tekshirishni hamda material aktivlarni tekshirish aktivlarning inventarizatsiya tekshirishlardan tashkil topgan. b) KUZATISH - boshqa shaxslar tomonidan bajarilgan muolaja va jarayonlarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi;
v) SO‘ROV - xo‘jalik subyekti ishi bo‘yicha yoki ishidan tashqari
boshqa shaxslardan ma’lumot to‘plash;
g) HISOBLASH - bu buxgalteriya yozuvlarida va dastlabki hujjatlarda arifmetik aniqlikni tekshiradi.
Moliyaviy hisobot auditida ko‘rsatkichlarni baholash va dalillashga ta’sir etuvchi omillar sifatida quyidagi omillarni misol qilish mumkin:
- Mavjudligi;
- Kelib chiqishining aniqligi;
- Xuquq va majburiyatlar;
- To‘laligi;
- Baholanishi;
- Aniqligi;
- Taqdim va oshkor qilish.
Moliyaviy hisobot auditi jarayonida eng ko‘p qo‘llaniladigan tahliliy amallar9:
- xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotlari ko‘rsatkichlarini uning rejadagi ko‘rsatkichlari bilan solishtirish;
- moliyaviy hisobotlarning amaldagi ko‘rsatkichlarini auditorlik tashkiloti tomonidan belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari bilan solishtirish;
- moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar yoki xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zi tomonidan belgilanadigan me’yoriy hujjatlar bilan solishtirish;
- moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini moliyaviy hisobot tarkibiga kirmaydigan ko‘rsatkichlar bilan solishtirish;
- moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini tarmoqning o‘rtacha ma’lumotlari bilan solishtirish;
- moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining vaqt o‘tishi.
Tekshiruv vazifalarini aniqlab borish, auditorlar xo‘jalik muomalalari tarkibini, ularning hajmini, jadalligi, rasmiylashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini, korxonada qo‘llaniladigan axborotlarga ishlov berish texnologiyalari va boshqa omillarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi lozim.


Download 14,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish