Murodov Dovud Matlab o’g’li Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti



Download 39,17 Kb.
bet2/6
Sana09.02.2022
Hajmi39,17 Kb.
#438309
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ilmiy maqola Murodov D

Kalit so’zlar: ekologiya, cho’llanish, konvensiya, o’rmonlarning qisqarishi, barqaro rivojlanish konsepsiyasi.
Bugungi kunda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish eng dolzarb, hammani to‘lqinlantirayotgan muammolardan biridir. O‘tgan asrning oxiriga kelib inson bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlar muvozanatining buzilishi natijasida atrof-muhit, ekologik vaziyat keskin o‘zgarishlarga yuz tutdi. “Ekologiya” atamasi grekcha so‘z bo‘lib, “aykos” – “yashash joyi”, “makoni”, “logos” – “ta’limot” degan ma’noni bildiradi. “Ekologiya” atamasi birinchi marta nemis olimi Ernest Gekkel tomonidan 1866-yilda qo‘llanilgan. U “ekologiya – bu tabiat iqtisodiyotini bilish, bir vaqtning o‘zida tirik organizmlarning muhitni organik va noorganik komponentlari bilan bo‘lgan barcha munosabatlarni tadqiq qilishdir”, deb ta’rif bergan. Oldingi davrlarda tabiiy sharoit va tabiiy resurslardan iqtisodiyotda qanday foydalanish masalalariga asosiy e’tibor qaratilgan bo‘lsa, hozirgi davrda esa ishlab chiqarish tarmoqlarining atrof-muhitga ta’sirini baholash, tahlil qilish va shu asosda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish choralarini ishlab chiqish muhim vazifalardan biri sifatida qaralmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqlarida bevosita global iqlim o‘zgarishi va Orol muammosiga to‘xtalib o‘tgan edi: “Davrimizning o‘tkir muammolaridan yana biri – global iqlim o‘zgarishlaridir. Bugungi kunda har bir mamlakat bu jarayonning salbiy ta’sirini his etmoqda. Ming afsuski, bunday o‘zgarishlar Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf tug‘dirmoqda.
E’tiboringizni yana bir bor Orol dengizi qurishining halokatli oqibatlariga qaratmoqchiman. Orolbo‘yi hududi ekologik fojianing markaziga aylandi. Biz mavjud ahvolni yaxshilash uchun bu yerda ikki million gektar yangi o‘simlik maydonlari va daraxtzorlar yaratish, tuproq qatlamini shakllantirish bo‘yicha ulkan ishlarni amalga oshirmoqdamiz.
Mamlakatimiz tashabbusi bilan Orolbo‘yi mintaqasi uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik trast fondi tuzildi. Umid qilamizki, ushbu fond og‘ir ekologik hududda yashayotgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish uchun xalqaro hamjamiyatning tayanch platformasi bo‘lib xizmat qiladi. Biz Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e’lon qilish haqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etamiz. Ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash maqsadga muvofiq bo‘lardi”.1
Bugungi kunda global iqlim o‘zgarishi eng dolzarb ekologik muammolardan biridir. Iqlim o‘zgarishining oldini olishga qarshi jahon mamlakatlari birgalikda kurashishlari muhimdir. Bu borada 2015-yil 12-dekabrda Parijda Birlashgan Millatlar Tashkilotiniing iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha doiraviy konventsiyasiga bag‘ishlangan konferentsiyaning 21-sessiyasida “Parij Bitimi” qabul qilindi va 2016-yil 4-noyabrda kuchga kirdi.
Hozirgi vaqtda Parij Bitimini imzolagan 195 mamlakatning 180 tasi mazkur Bitimning ishtirokchisi hisoblanadi. Bitimni ratifikatsiya qilmagan mamlakatlar kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lib, ular uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan iqlim bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirishda cheklanishlar qo‘llaniladi. Bitimning maqsadi sayyoramizda global iqlim o‘zgarishining, ya’ni isishning oldini olish. O‘zbekiston 2017-yil 19-aprelda BMTning Nyu-Yorkdagi Bosh qarorgohida Parij bitimini imzolagan va 2018-yil 2-oktyabrda ratifikatsiya qilgan.
Iqtisodiyot rivojlanishi ko‘p hollarda tabiiy resurslarga bog‘liq. Turli resurslarning mavjudligi xalq xo‘jaligi tarmoqlarini muttasil rivojlantirib borishga imkon beradi. Bu borada ekologik tabiiy resurslarning ham o‘z o‘rni bor. Dunyo bo‘yicha yalpi ichki mahsulotning 35 foizidan ortig‘ini ekologik soha resurslari yetkazib beradi va aholi soni ortib borishi bilan bu raqam yana ortib boradi.
Yer sharida kislorodning asosiy manbai hisoblangan o‘rmonlar maydoni yil sayin (125 ming km² ga) qisqarmoqda. XXI asrning boshiga kelib sayyoramiz yashil boyligi-o‘rmonlarning 50 foizdan ortig‘i inson tomonidan kesib bo‘lindi. Bu albatta ekologik muammolarning keskinlashuviga olib keladi.
Quyidagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, yer yuzida o‘rmon maydonlarining qisqarish tendentsiyasi kuzatilmoqda. 1990-yida dunyo o‘rmon maydonlari 41 683 990 ming km² ni tashkil etgan bo‘lsa, 2000-yilga kelib bu ko‘rsatkich 40 850 630 ming km² ga teng bo‘ldi. Ya’ni, 833 360 ming km² ga qisqargan, bu jami dunyo o‘rmon maydonining 2,04 foizni tashkil etadi. 2010-yilda o‘rmon maydonlari 40 329 050 ming km² ni tashkil etdi, ya’ni, 2000-yilga nisbatan 1,29 foizga (521 580 ming km²) qisqargan.
Eng ko‘p o‘rmonlarning qisqarish holati Afrika va Janubiy Amerika hududlariga to‘g‘ri keladi. Afrikada o‘rmonlar maydoni 2000-yil 1990-yilga nisbatan 406 740 ming km² ga qisqargan, ya’ni 5,74 foizni tashkil etadi. 2010-yilda 2000-yilga nisbatan 5,06 foizga (341 450 ming km²) qisqargan. Janubiy Amerikada esa 2000 yil 1990 yilga nisbatan 4,66 foizga (421 320 ming km²) qisqargan. 2010 yilda esa 2000 yilga nisbatan 4,62 foizga (399 710 ming km²) qisqarganini ko‘rishimiz mumkin.

Download 39,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish