Mushaklar odam va hayvonlar gavdasi aʼzolari; nerv impulslari



Download 96,95 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.08.2021
Hajmi96,95 Kb.
#154857
Bog'liq
Muskullar - Vikipediya



Muskullar

Muskullar, mushaklar — odam va

hayvonlar gavdasi aʼzolari; nerv impulslari

taʼsirida qisqarish xususiyatiga ega

toʻqima (muskul toʻqimasi)dan tashkil

topgan. Silliq, koʻndalangtargʻil va yurak

muskullari birgalikda organizmning

muskul sistemasini tashkil etadi.

Harakatlanishda asosiy rol oʻynaydi.

Koʻndalangtargil va silliq M.ga boʻlinadi.

Silliq muskul lardan ichki aʼzolar, qon va

limfa tomirlari devorining muskul

pardalari, shuningdek, teri muskullari




hosil boʻladi. Silliq M. kishi ixtiyoridan

tashqari qisqaradi, shuning uchun ular

gʻayriixtiyoriy M. deyiladi. Silliq muskul

nuqul mezenximadan vujudga keladi.

Muskul tolasi uzunasiga ketgan muskul

xujayrasidan iborat boʻlib, yupqa elastik

pardasi — sarkolemmasi, sitoplazmasi —

sarkoplazmasi, koʻp yadrolari va organo-

idlari bor. Muskul tolasining qisqaruvchi

tuzilmasi — uzun ipga oʻxshaydigan

miofibrillar tolaning bir uchidan ikkinchi

uchigacha davom ladi. Koʻndalan gtargʻil

M.ga skelet muskullari va yurak muskuli

(miokard) kiradi. Koʻndalangtargʻil

muskullar toʻqimasi kishining ixtiyoriga

boʻysunadi. har qaysi muskul yumaloq

yoki yassi pay vositasida bir suyakdan



boshlanib, ikkinchisiga yopishadi. Muskul

boʻgʻim yaqinida boʻlsa, albatta, shu

boʻgʻimdan oʻtib, uning harakatlanishini

taʼminlaydi. M. shakliga koʻra uzun, qisqa,

yumaloq, yalpoq boʻlib, joylashishiga

qarab yuza, chuqur, oraliq guruhlarga

boʻlinadi. Bajaradigan vazi-fasiga koʻra

qisuvchi, kengaytiruvchi, koʻtaruvchi,

tushiruvchi, yozuvchi, boʻquvchi,

chaynovchi va h. k. M.ga ajratiladi. Uzun

yoki duksimon muskulning yoʻgʻonroq

qismi qorni, oxirgi pay qismlari boshi

vadumi deb ataladi. Baʼzi M.ning bir

emas, balki 2—3 va hatto 4 ta boshi bor

(mas, yelkaning ikki boshli, sonning toʻrt

boshli muskuli). M.ning qoʻshimcha

apparatiga fassiyalar, fibrozsuyak



kanallari, sinovi-al qin va xaltalar kiradi.

M.da kon tomirlar koʻp, ular kon bilan

moʻl taʼminlangan, limfa tomirlari yaxshi

rivojlangan. Har bir muskulda

harakatlantiruvchi va sezuvchi nerv

tolalari bor, ular yordamida markaziy nerv

sistemasi bilan aloqa qiladi. Bir harakatni

bajaradigan M. sinergistlar, qarama-

qarshi harakatlarni bajaradiganlari

antagonistlar deyiladi. Skelet Muskullar

topografik jihatdan tana, bosh, boʻyin, koʻl

va oyoq muskullariga ajratiladi.




Tana muskullari orqa, koʻkrak va qorin

M.idan iborat. Orqa M.i yuza va chuqur



Muskullar.

Muskul


boʻladi. Ular kurakni koʻtaradi, uni

yaqinlashtiradi va yopishtiradi, boʻyinni

yozadi, yelka va qoʻlni orqaga va

ichkariga tortadi, nafas olish va

chiqarishda qatnashadi. Orqaning chuqur

M.i umurtqa pogʻonasini tiklaydi.

Koʻkrak M.i xususiy tashqi va ichki

qovurgʻalararo M., yelka kamari va qoʻl

bilan bogʻlangan katta va kichik koʻkrak

M.i, oʻmrov usti va oldingi tisheimon M.ga

boʻlinadi. Tashqari qovurgʻalar-aro M.

qovurgʻalarni koʻtaradi, ichki M. esa nafas

olish va chikarishda ishtirok etadi.

Qorin M.i tashki va ichki qiyshiq M.,

qorinning koʻndalang va toʻgʻri M.i,

shuningdek, belning kvadrat muskulidan




tashkil topgan. Qorin M.i toʻgʻri tanani

oddinga bukadi, qiyshiq M.i yon

tomonlarga egilishini taʼminlaydi. Bu M.

qorin pressini tashkil etib, asosiy

funksiyasi qorin aʼzolarini funksional

qulay holatda ushlab turishdan iborat.

Bundan tashqari, qorin pressi M.ining

qisqarishi siyish, ichak boʻshashi, tugʻish

jarayonlarini taʼminlaydi. Qorin M.i fassiya

bilan krplangan. Muntazam mashq qilib,

jismoniy ish bilan shugʻullanib muskul

tolalarida miofibrillarni koʻpaytirish va shu

tarika muskul kuchini oshirish mumkin.

Barcha M.ning asosiy xususiyati ularning

qisqarishidir (qarang 

Muskul kisqarishi

),

bunda muayyan ish bajariladi. M. kuchi




muskul tolalaridagi miofibrillar soniga

bogʻliq; yaxshi rivojlangan M.da ular koʻp,

suyet rivojlanganlarida kam. Yuz va

boshning barcha muskullari 2 guruhga:

mimika va chaynov M.iga boʻlinadi. Ular

yuz mimikasida, chaynashda va pastki

jagʻni harakatlantirishda qatnashadi.

Bulardan tashqari, boʻyin hamda qoʻl M.i

bor. Skelet M.ining deyarli hammasi

richaglar qonuniga muvofiq

boʻgʻimlardagi suyaklarni harakatga

keltiradi. Odam gavdasida 600 ga yaqin

muskul bor. Odam gavdasidagi barcha

erkin harakatlar oʻzaro bogʻlangan boʻlib,

murakkab shartli va shartsiz reflekslar

yordamida yuzaga chiqadi va markaziy



nerv sistemasi tomonidan boshqariladi.

Download 96,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish