Muskullarning tuzilishi, fiziologiyasi, gigienasi va yosh xususiyatlari Muskul sistemasi



Download 319,57 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana26.06.2022
Hajmi319,57 Kb.
#706525
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Muskullarning ishi labaratoriya



Muskullarning 
tuzilishi
, fiziologiyasi, gigienasi va
yosh xususiyatlari
Muskul sistemasi. 
Odam organizmida 600 dan ortiq muskul bo„lib, katta yoshli 
odam tanasi vaznining 45–50% ni tashkil qiladi. Odamning harakatlari, mehnat 
faoliyati, nutqi, nafas olish harakatlari va boshqa fiziologik funksiyalari 
muskullarning guruh-guruh bo„lib, reflektor harakat qilishi natijasida sodir bo„ladi. 
Muskullar atrof-muhitdagi turli omillarning sezgi organlariga ta‟sir qilishi va ana 
shu ta‟sirning markazga intiluvchi nervlar orqali bosh miyaga yetib borib, analiz-
sintez jarayonlari natijasida markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga 
kelishi tufayli harakatlanadi. Bundan tashqari, ichki organlarning faoliyati skelet 
muskullarining funksional holatiga reflektor ravishda ta‟sir etadi. 
Ko„ndalang yo„lli muskul to„qimasi ko„ndalang targ„il muskul skelet va yurak 
muskul to„qimasiga bo„linadi. Ko„ndalang yo„lli muskul deyishiga sabab, elektron 
mikroskop ostida ko„rilganda, uning och va to„q rangdagi guruh bo„lib joylashgan. 
Muskul hujayralaridagi juda to„g„ri tartibda joylashgan mikrofibrillalar va ularning 
qismlari (aktin va miozin tolalari) dir. Elektron mikroskopida ko„rilganda 
ko„ndalang aktin va miozin tolalari silliq muskulga nisbatan noteks 
taqsimlanganligi bilan farq qiladi. 
Har qanday muskulning boshlanish qismi–boshi va birikish qismi–dumi bo„lib, 
keng tanasi, ya‟ni qorni muskul tolalaridap tuzilgan. Muskul boshi bilan tanaga 
yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroqdagi suyakka birikib, qisqarganda 
bo„g„imda harakat sodir bo„ladi. Muskullar tolalarining yo„nalishiga qarab 
duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama patsimon, tasmasnmon va ikki qorinchali 
bo„lishi mumkin. Har qaysn muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to„qimadan 
tuzilgan yupqa parda bilan o„ralgan, bu parda fassiya deb ataladi. Fassiya alohida 
muskulni, bir qancha muskulni va muskullarning hammasini o„rab turishi mumkin. 
Yumaloq muskullar og„iz, ko„z atrofida uchraydi. Kalta yo„g„on muskullar 
baquvvat bo„lib, yuqorigi, pastki kamarlarda va gavda orasida uchraydi (masalan, 
dumbaning deltasimon muskullari). Organizmdagi muskullar boshlanish, birikish 
joyiga ko„ra, yelka-bilak muskuli, funksiyasiga ko„ra, chaynash muskuli, 
bukuvchi 
muskullar va hokazo
, ikki boshli va hokazo. Tuzilishiga ko„ra, yarim payli muskul 
va boshqalar; joylashishiga ko„ra, peshona, yelka muskullari va xokazo; shakliga 
kura, trapesiyasimon, rombsimon muskullar deb ataladi va xokazo. 
Muskullar fiziologiyasi.
Organizmdagi barcha muskullar ikki guruhga: ko„ndalang-
targ„il va silliq muskullarga bo„linadi. Muskullarning asosiy vazifasi qisqarish 
bo„lib, ularning yordamida organizmdagi barcha harakatlar vujudga keladi. 
Ko„ndalang-targ„il muskullar (skelet muskullari) odam va hayvonlarning faol 


harakat qilishini ta‟minlaydi. Ichki organlaniing devorlari silliq muskullardan 
tuzilganligi sababli, barcha ichki organlaniing harakatlari ana shu muskullarning 
faoliyati bilan bog„liq. Masalan, oziqalarning hazm organlari bo„ylab harakati, qon 
tomirlarining kengayib-torayishi va hokazo. 
Muskullarning tuzilishi. 
Muskullar maxsus parda-sarkolemma bilan o„ralgan 
muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul tolalarining protoplazmatik moddasi va 
qisqaruvchi talaygina ipsimon elementlari-miofibrillari bor. Muskul tolasi 
pardasining ustida yadrolari joylashgan. Miofibrillalar muskulning asosiy 
funksional elementlaridir. Ko„ndalang-targ„il muskul miofibrillalari mikroskop 
ostida birin-ketin joylashgan qoramtir va rangsiz disklarga bo„lingandek bo„lib 
ko„rinadi, bu disklar A va I harflari bilan ifodalanadi. A disk (anizotrop disk) 
kuchli darajada ikki yoqlama nur sindiradigan bo„ladi, I disk esa (izotrop disk) ikki 
yoqlama nur sindirish qobiliyatiga ega emas. Bu tolalar ikki xil nur sindirganliklari 
uchun mikroskop ostida qaralganda ko„ndalang-targ„il bo„lib ko„rinadi. 
Miofibrillalarning anizotrop disklari muskulning qisqarishini ta‟minlasa, izotrop 
disklari ularga elastiklik beradi. Muskul tolalari ranglari bilan ham bir-biridan farq 
qiladi. Qizil rangli tolalar sarkoplazmaga boy, miofibrillalari kam bo„ladi, oqish 
rangli tolalarning sarkoplazmasi oz, miofibrillalari esa ko„p bo„ladi. Silliq 
muskullar ko„ndalang-targ„il muskullardan shu bilan farq qiladiki, ular mikroskop 
ostiga qo„yib qaraganda navbat bilan joylashuvi, qoramtir va rangsiz disklari 
ko„rinmaydi. Muskullar ish bajarish darajasiga qarab qon, limfa tomirlari va nerv 
tolalari bilan ta‟minlangan. 
Muskullarning kuchi tolalarining ko„ndalang kesimiga, ko„p-ozligiga bog„liq. 
Muskulning har bir santimetri o„rta hisobda 10 kg yuk ko„taradi. Ularning ishi nerv 
sistemasiniig qo„zg„aluvchanligiga, mashq qilishiga, tashqi sharoitga bog„liq, 
muntazam ravishda mashq qilib turgan odamning muskullari baquvvat bo„ladi, kon 
tomirlar bilan yaxshi ta‟minlanadi, organizmda energiya va moddalar almashinuvi 
kuchayadi. 
Muskullar egiluvchan, bir oz yopishqoq bo„lib, tashqi muhit ta‟sirida cho„ziladi 
yoki qisqaradi. Qisqarganda bo„g„imlarda harakat vujudga keladi. Muskullar 
bo„g„imdan o„tishiga qarab, bir bo„g„imli (masalan, deltasimon muskul) va ko„p 
bo„g„imli (masalan, barmoqlarni bukuvchi chuqur muskul) bo„ladi. Muskullar 
bo„g„imlardagi harakatda ishtirok etishiga qarab, sinergist va 
antago
nist 
muskullarga bo„linadi. Sinergist muskullar qisqarganda umumiy 
harakat vujudga keladi. Masalan, yelka, bilak va yelkaning ikki boshli muskullari 
qisqarganda, tirsak bo„g„imida bukish harakati sodir bo„ladi. Antagonist muskullar 
qisqarganda qarama-qarshi harakatlar vujudga keladi. Masalan, yelka, yelka-bilak 
va yelkaning ikki boshli muskullariga yelkaning uch boshli muskuli antagonistdir. 
U qisqarsa, tirsak bo„g„imida yozish harakati sodir bo„ladi. 


Muskullar suyaklarni harakatlantirishda richag qonuni asosida ta‟sir etadi. 
Masalan, birinchi tartib, ya‟ni muvozanat richagida tayanch nuqta o„rtada, 
muskulning tortish va og„irlik kuchi ikki chetda, ulariing yelkasi va yo„nalishi bir 
xil bo„ladi. Masalan, ensa-atlant bo„g„imida kalla muvozanatining saqlanishi. Bu 
richagda tayanch nuqta o„rtada bo„lib, kalla yuz qismining 
vazni oldingi yelkada

ensaga birikkai muskullarning tortish kuchi orqada, bularning yelkasi bir-biriga 
teng bo„ladn. Buni quyidagicha ifodalash mumkin. 
Bunda m. t. k. – muskulning tortish kuchi; t. n.–tayanch nuktasi; o. k.– og„irlik 
kuchi. Bunday richagda normal muvozanat saqlanadi. 
Ikkinchi tartib richag kuch richagi deyiladi, bunda tayanch nuqta chetda, og„irlik 
kuchi o„rtada bo„ladi. Mus kulning tortish kuchi ikkinchi chetda bo„lib, yelkasi 
uzun. Bu richagda qatnashuvchi muskullarning yelkasi uzun bo„lgani uchun kuchli 
ish bajariladi. 
Uchinchi tartib richagda 

Download 319,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish