Mustamlakachilikka qarshi Jadidchilik xarakati



Download 104,5 Kb.
Sana26.06.2022
Hajmi104,5 Kb.
#706218
Bog'liq
mustamlakachilikka qarshi jadidchilik


Mustamlakachilikka qarshi Jadidchilik xarakati.


XIX asr oxiri- XX asrning boshlarida siyosiy, madaniy, iqtisodiy jixatdan inqiroz xolatiga tushib qolgan mustamlaka tufayli rivojlanish past darajada bo‘lgan o‘lkada Turkiston ziyolilari chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmidan qutulish, o‘z milliy davlatchiligini tuzish, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga yo‘l ochish, xalqqa ziyo tarqatish choralarini ko‘rdi. Bu borada jadidchilik xarakati katta rol o‘ynadi.
Jadidchilik rus mustamlakachiligiga qarshi milliy demokratik xarakat bo‘lib, u o‘sha davr Turkistondagi qoloq iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sharoitda yashayotgan xalqlarni ma‘rifatlashtirish, jamiyat xayotida ijtimoiy va madaniy isloxotlar o‘tkazish, pirovardida milliy mustaqillik g‘oyalarini xayotga tadbiq etish maqsadini o‘z oldiga qo‘ygan edi.
Turkistonda jadidchilik g‘oyalari XIX asrning 90-yillaridan yoyila boshladi. Bu xarakat XX asrning 30-yillari oxirlarigacha o‘lka ijtimoiy-siyosiy xayotida muxim rol o‘ynadi. Bugungi kunda respublikamiz tarixchi olimlari jadidchilik xarakatida quyidagi uchta bosqichni farqlashmoqda: 1) XIX asr oxirlaridan 1915 yilgacha-ma‘rifatchilik; 
2) 1915 yildan – 1918 yil fevraligacha-muxtoriyatchilik; 
3) 1918 yil fevralidan - 20-yillar oxirlarigacha mustabid sovetlar davridagi faoliyati.
Jadidchilik Rossiyaga qaram bo‘lgan musulmon xalqlari orasida dastlab Qrimda XIX asrning 80-yillarida paydo bo‘ldi. Uning asoschisi diniy-dunyoviy ilmlarni chuqur egallagan Ismoilbek Gasprali (1851-1914) bo‘ldi. Ismoilbek 1884 yilda jadid maktabi tashkil etib, 40 kunda 12 bolaning savodini chiqaradi. Uning o‘qitish usuli “usuli savtiya”, ya‘ni “yangi usul” nomi bilan shuxrat qozondi. “Jadid” arabcha so‘z bo‘lib, “yangi” degan ma‘noni bildiradi. Ismoilbek g‘oyalarini qabul qilgan yangilik tarafdorlari “jadidlar”, uning g‘oyalari esa “jadidchilik” nomini oldi. Ismoilbek Gasprali darslik yaratadi, o‘zining “Tarjimon” (1883-1914) gazetasini tashkil etib, jadidchilikni turkiy xalqlar orasida keng targ‘ib qiladi. Bu gazeta Toshkent va boshqa shaxarlarga xam tez yoyiladi.
I. Gasprali 1893 yilda Toshkent, Samarqand va Buxoroda bo‘ldi. Buxoroda amir Abdulaxadni jadid maktabi ochishga ko‘ndiradi. Bu maktabga “Muzaffariya” nomi beriladi. 1898 yilda To‘qmoqda xam shunday maktab ochildi. 1899 yilda Andijonda Shamsuddin domla, 1901 yilda Qo‘qonda Saloxiddin domla, Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov va Samarqandda Abduqodir Shakuriylar birinchi bo‘lib jadid maktablarini ochadilar. Jadidchilik xarakatining yirik namoyandalari jadid maktablari uchun darsliklar xam yaratganlar. Xususan, Saidrasul Aziziyning “Ustozi avval” (1903), Munavvarqorining “Adibi avval” (1907), Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim” (1912) darsliklari aloxida e‘tiborga molikdir.
Jadidlarning xalq ma‘rifati uchun kurash dasturi uch asosiy yo‘nalishdan iborat bo‘lgan:
1. Yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish.
2. Umidli, iqtidorli yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish.
3. Turli ma‘rifiy jamiyatlar tuzish xamda ziyolilarning kuchli firqasini tashkil etishga qaratilgan gazetalarni chop etish.
Shu dasturni amalga oshirish borasida Maxmudxo‘ja Bexbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev, Abdulla Avloniy, Abdulxamid Cho‘lpon va boshqa ziyolilar jonbozlik ko‘rsatishdi. Yangicha o‘qitish musulmon bolalariga qisqa vaqt ichida dunyoviy, diniy ta‘lim berish dasturi asosida olib borildi. Bu dasturga ko‘ra maktablarda o‘qitish tizimi ikki bosqichdan iborat bo‘lgan. Birinchi bosqich ibtidoiy qism deb atalib, uning taxsil muddati 4 yil bo‘lgan. Birinchi bosqichni tugatgan shogird eski maktabda 10 yil o‘qigandan ko‘ra yaxshiroq savod chiqargan. Ikkinchi bosqichni muvaffaqiyatli tugatgan shogird arabcha, forscha, turkiy tilda bemalol so‘zlashib, ruschada erkin gaplasha olar edilar.
Jadidlarning xalqaro aloqalari juda keng qamrovli bo‘lgan. Ular Rossiya, Turkiya, Misr va boshqa mamlakatlardagi jadidchilik oqimlari dasturlaridan xabardor bo‘lganlar, o‘zaro safarlar, muloqotlar orqali tajriba almashganlar. 1905-1906 yilgi Rossiyadagi inqilobiy xarakatlar Turkistonga xam o‘z ta‘sirini ko‘rsatdi. Faol kuchlar jipslasha boshladilar va jadidlar ma‘rifatchilik faoliyatini jadallashtirdilar. Bu faqatgina maktablarda emas, balki jonli matbuotchilik faoliyati, jumladan, ro‘znomalarning ko‘plab vujudga kelishida xam ko‘rindi. Chunonchi, 1906 yilda Ismoil Obidovning muxarrirligida “Taraqqiy”, shu yili Munavvarqori muxarrirligida “Xurshid”, 1907-1908 yillarda Abdulla Avloniy muxarrirligida “Shuhrat”, Axmadjon Bektemirov muxarrirligida “Osiyo” ro‘znomalari chop etildi.
Lekin tez orada chor ma‘muriyati ashaddiy shovinist N.P. Ostroumov bildirishnomasiga asoslanib, bu ro‘znomalarni man etdi.
Ma‘rifatchilikning yangi to‘lqinida 1913-1915 yillarda “Samarqand”, “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Farg‘ona”, “Buxoroi sharif”, “Turon”, 1917 yilda esa “El bayrog‘i”, “Kengash”, “Xurriyat”, “Ulug‘ Turkiston” gazetalari, “Oyina” jurnali kabi ommaviy axborot vositalari xam paydo bo‘ldi.
Mahalliy xalqning o‘qib savod ochishiga qarshilik ko‘rsatgan chor Rossiya taziyiqidan so‘ng Jadidchilik yashirin tusga o‘tdi. Chunonchi, Toshkent politsiyasi maxkamasiga yetkazishicha, maxfiy guruxlardan birini o‘qituvchi Axmadjonov boshqargan va u, asosan, milliy ziyolilar xamda o‘quvchi yoshlar vakillaridan tarkib topgan. Qo‘qondagi maxfiy gurux 50 kishidan iborat bo‘lgan. Andijondagi jadidlarning yashirin tashkiloti “Taraqqiyparvar” deb atalib, maxfiy ishlar bo‘yicha politsiya bo‘limining ma‘lumotlariga qaraganda, uning raxbarlaridan biri Ubaydulla Xo‘jayev bo‘lgan. Shuningdek, podsho ayg‘oqchilari 1909-1916 yillar davomida mudarris va maktab o‘qituvchilarining o‘lkani boshqarishda isloxotlar o‘tkazish kerakligi xaqida targ‘ibotlar olib borayotganliklarini bir necha marotaba xukumatga yetkazganlar.
1917 yil 27 fevralda Petrogradda bo‘lgan demokratik inqilob Turkiston o‘lkasiga ham o‘z ta‘sirini o‘tkazdi. Turkistonda yangi jamiyat kurtaklarini shakllantirish uchun harakat boshlanib ketdi. Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘lka muxtoriyati masalasi asosiy masala bo‘lib qoldi. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish g‘oyasi nafaqat demokratik ziyolilar orasida, xatto oddiy odamlar o‘rtasida ham ancha ommalashgan edi. 
Rossiya Fevral demokratik inqilobi arafasida Turkiston jadidchiligi yetuk siyosiy xarakatga aylandi. Agar Birinchi Jaxon urushidan keyin jadidlar parlamentar monarxiya uchun kurashgan bo‘lsalar, Fevral inqilobidan keyin Turkiston jadidlarining “taraqqiyparvarlar” oqimini tashkil qilgan radikal qismi ancha keng qamrovli, bir qator siyosiy talablarni ilgari surdi. Ular qatoriga maxalliy axoli xuquqlarini kengaytirish tomon o‘lkani boshqarish yuzasidan asosli isloxotlar o‘tkazish, o‘lkaga Davlat Dumasidan axoli soniga qarab o‘rin berish, asosiy demokratik erkinliklar, avvalo, milliy matbuot erkinligini ta‘minlash, chorizmni konstitutsion tuzum bilan almashtirish kabilar kiradi. 
Bu paytga kelganda jadidlar tub yerli axoli ijtimoiy tarkibining turli qatlamlarini o‘z ortlaridan ergashtira oldilar, ular ongida musulmonlar birligini mustaxkamlash, jipslashtirish xissini uyg‘otdilar. Ammo ular tez kunlarda tushundilarki, Rossiyadagi Muvaqqat xukumat va uning Turkiston Qo‘mitasi xam o‘lkada avvalgidek mustamlakachilik siyosatini davom ettirish yo‘lini tutmoqda. Chunonchi, bu siyosat Ta‘sis majlisini chaqirishga tayyorgarlikda yaqqol namoyon bo‘ldi.
1917 yilning mart-aprel oylari o‘lkaning siyosiy uyg‘onishida burilish davri bo‘ldi. Turkiston jadidlari, milliy ziyolilari va islom ulamolarining yetakchilari bo‘lgan Maxmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919), Munavvar Qori (1878-1931), Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev (Ubaydulla Xo‘jayev; 1882-1938), Fitrat (1886-1938), Fayzulla Xo‘jayev (1896-1938), Sadriddin Ayniy (1878-1954), Mustafo Cho‘qay (1886-1941), Muhammadjon Tinishboyev (1879-1939), Sherali Lapin (1868-1919), Axmad Zakiy Validiy (1890-1970), Obidjon Maxmudov (1858-1936) O‘lkada 1917 yil mart oyida yangi tashkil qilingan “Sho‘roi Islomiya”, 1917 yil iyun oyida “Sho‘roi Ulamo”, “Turon” Jamiyatlari va 1917 yil iyul oyida tashkil qilingan “Turk odami Markaziyati (federalistlar) firqasi”, 1917 yil sentyabr oyida “Ittifoqi muslimin” siyosiy partiyalarining to‘zilishida muhim rolь o‘ynadilar. 
Shu vaqtdan jadidlar uchun mustaqillik va muxtoriyat yo xayot, yo mamot muammosiga aylandi va jadal siyosiy janglar boshlandi. Ular xukumatning mustamlakachilik siyosatini qattiq tanqid ostiga oldilar va Turkistonning Rossiya Demokratik Federativ Respublikasi tarkibida milliy-xududiy muxtoriyat olish uchun astoydil xarakat qilishga kirishdilar. Jadidlarning dasturiy xujjatlarida diqqat-e‘tibor milliy-xududiy muxtoriyatning asosiy tamoyillarini amalga oshirish mexanizmlari-Turkiston Federativ Respublikasi imkoniyatlariga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha, qonunlar chiqarishni amalga oshirish uchun chaqirilgan mustaqil vakolatli o‘lka xokimiyatining oliy organlari, boshqaruvi va sudi mexanizmlarini ishlab chiqish, o‘z davlat tuzilishini barpo etishga qaratildi. 
Boshqaruvning poydevori sifatida respublika shakli tanlab olindi. Demokratik xuquq va erkinliklar berilgan va konstitutsion jixatdan kafolatlanishi lozim bo‘lgan demokratik jamiyatni shakllantirish-ustuvor maqsad qilib belgilandi. Turkiston jadidlari davlat mustaqilligi xaqidagi o‘z g‘oyalarini xayotga tatbiq etishni mamlakatdagi turli ijtimoiy kuchlar o‘rtasida tinchlik va kelishuvchilik, demokratik asosda shakllantirilgan Rossiya Ta‘sis majlisini chaqirish bilan bog‘langanliklari xam diqqatga sazovor. 1917 yil iyulda “Sho‘roi islomiya”dan “Sho‘roi Ulamo” tashkiloti ajralib chiqdi. Ammo Ta‘sis majlisida o‘rin olish masalasining muhimligini anglash, bu ikki oqimning keyinchalik qo‘shilishiga va “Turk Adami markaziyati” nomi bilan ataluvchi yagona Turkiston Federalistlari partiyasining tashkil etilishiga olib keldi.
1917 yil 7 aprelda Petrograddagi Muvaqqat hukumat qarori bilan kadet N.N.Shchepkin raisligida Muvaqqat hukumatning Turkiston Komiteti tashkil qilindi. Komitet tarkibiga 9 kishi kirgan bo‘lib, ularning to‘rttasi Alixon Bukeyxonov (1868-1937), M. Tinishboyev, Sadri Maksudov, A. Davletshinlar turkiy xalqlar vakillari edi. Keyinchalik Turkiston Komitetining tarkibi o‘zgartirildi.
Jadidchilik 1917 yilda ma‘rifatchilik harakatidan siyosiy harakat darajasiga allaqachon ko‘tarilgan edi. O‘sha 1917 yilning o‘zida to‘rt marta Butunturkiston musulmonlari qurultoyi o‘tkazildi. 1917 yil 16-23 aprelda Toshkentda bo‘lgan I qurultoyda demokratik Rossiya tarkibida Turkiston Muxtoriyatini tashkil etish g‘oyasi olg‘a surildi. Bu g‘oya Turkiston xalqlarining o‘z milliy davlatchiligini tiklash yo‘lidagi dastlabki qadami edi.
Butunturkiston musulmonlari I qurultoyining oxirgi majlisida Markaziy rahbar organ — Turkiston o‘lka musulmonlari Kengashi (Kraymussovet) tashkil etilishi haqida qaror qabul qilindi. Uni tuzishdan asosiy maqsad milliy ozodlik harakatiga tashkiliy va markazlashtirilgan xususiyat kasb etish uchun bir-biri bilan tarqoq aloqada bo‘lgan jamiyat, qo‘mita va ittifoqlarni birlashtirish edi. Turkiston musulmonlari Markazi Kengashiga Mustafo Cho‘qay rais, Zakiy Validiy To‘g‘on bosh kotib, Munavvar Qori, Behbudiy, U. Xo‘jayev, O. Mahmudov, Toshpulatbek Norbutabekov, Islom Shoahmedov va boshqalar a‘zo qilib saylandi Munavvar Qori va Sadriddinxon Sharifxo‘ja boshchiligida Toshkent qo‘mitasi tuzildi. Shuningdek, Behbudiy rahbarligida Samarqand va Nosirxon To‘ra yetakchiligida Farg‘ona bo‘limi xam tashkil topdi. Markaziy shuroning organi sifatida “Najot” (muharriri — Munavvar qori), keyinchalik “Kengash” (muxarriri — Zakiy Validiy To‘g‘on) gazetalari chiqa boshladi. Shuningdek, 1917 yilda nashr qilingan “Ulug‘ Turkiston”, “Turon” gazetalarida muxtoriyatchilik g‘oyasi bilan sug‘orilgan maqolalar chop kilindi. Shunday qilib, 1917 yil bahorida Turkistonning birligi va yaxlitligi tomon muxim qadam tashlandi. Tarixda ilk marta Butunturkiston miqyosida musulmonlar qurultoyi chaqirilib, unda tub xalqlarning muxtoriyat tomon qat‘iy intilishi, o‘z an‘analari, urf-odatlari va turmush tarzini izchil turib ximoya qilishi aytildi. Bu manfaatlarning ifodachisi bo‘lgan Milliy markaz — Turkiston musulmonlari Markaziy Kengashi tashkil etildi.
Аfsuski, birlashish jarayonlari har doim xam bir tekis rivojlanmadi. Asr boshidan buyon davom etayotgan “jadid-qadim” nizolari demokratik harakat saflarida parchalanish yuz berishiga olib keldi. Maьlumki, 1917 yil 14 martda Toshkentda “Sho‘roi Islomiya” tashkil topgan edi. Aksariyati jadidlardan iborat bu tashkilot aьzolari Turkiston mustaqilligi uchun kurash olib bordilar. 1917 yil iyun oyida Munavvar qori boshchiligidagi “Shuroi Islomiya” tashkilotidan “Sho‘roi Ulamo” ajralib chiqdi. Sherali Lapin uning Toshkent shu‘basiga asos soldi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Qo‘qon shahrida xam “Sho‘roi Ulamo” jamiyati tuzildi. Lekin ikki jamiyat o‘rtasida g‘oyaviy ixtiloflar mavjud bo‘lib, ular bir-biri bilan kelisha olmasdilar. Chunki “Sho‘roi Ulamo” jamiyati dasturida islom dinining an‘anaviy asoslari bo‘yicha ish ko‘rishini ma‘lum kilsa-da, aslida Lapin boshchiligidagi Toshkent ulamochilari avval rus monarxiyasi, so‘ngra bolьshevizm g‘oyalari bilan o‘z harakatlarini muvofiqlashtirishga behuda urindilar. “Sho‘roi Ulamo” jamiyati o‘z maqsadlari targ‘iboti uchun “Al-Izoh” jurnalini chiqara boshladi (muharriri — Abdumalik hoji Nabiyev) har ikki jamiyat o‘rtasida g‘oyaviy kurash, xususan, matbuot sahifalarida avj olib ketdi. 

1917 yil 10 sentyabrda Toshkentda Butunturkiston musulmonlarining II qurultoyi ochildi. “Sho‘roi Islomiya” tashabbusi bilan chaqirilgan ushbu qurultoy hokimiyatni ishchi, soldat va dehqon deputatlari sovetlariga berishga qarshi chiqdi. Ushbu qurultoyda qabul qilingan rezolyutsiyalarda milliy demokratiya o‘zi tutadigan yo‘lning muhim asoslarini birinchi marta qat‘iy qilib aytdi: hukumat demokratik siyosat yurgizadigan bo‘lsa, ana shundagina musulmonlar bu hukumatda ishtirok etadilar. Ikkinchi qurultoyda faqat Milliy markaz — Turkiston musulmonlari Markaziy Kengashi mintaqadagi tub yerli aholi manfaatlarini himoya qilishi mumkin degan fikr qatьiy qilib qo‘yildi. 1917 yil 20 sentyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Turkiston va Qozog‘iston musulmonlarining ko‘rultoyi “ulamochilar” bilan “Sho‘roi islomchilar” o‘rtasidagi uzoq bahslarga qaramay, nihoyat, kelishish va murosa yo‘lini topdi. Qurultoyda “Sho‘roi Islomiya”, “Sho‘roi Ulamo”, “Turon” va boshqa siyosiy tashkilotlarni birlashtirish yo‘li bilan butun Turkiston mintaqasi uchun umumiy bo‘lgan “Ittifoqi muslimin” degan siyosiy partiya tuzishga qaror qilindi.
Qurultoy ishidagi asosiy masala Turkiston o‘lkasining bo‘lajak siyosiy tuzumini belgilash edi. O‘sha paytda Toshkentda nashr qilingan “Ulug‘ Turkiston” gazetasida yozilishicha, “Qurultoy Mulla Muhammadxo‘ja eshon va Mulla Siddiqxo‘ja eshonlarning boshqaruv shakli haqidagi nutqlarini tinglab, duo-yu ijobat ila Turkiston Muxtoriyatini tayin etishga jazm qildi”. Qurultoy muxtoriyatga “Turkiston Federativ Respublikasi” degan nomni qo‘yib, parlament respublikasi asosida tuzilajak bo‘lg‘usi davlat tuzumining bosh tamoyil va me‘yorlarini belgilab berdi.
1917 yil 25 oktyabrda (yangi sana bilan 7 noyabrda) qurol kuchiga tayangan V.I. Lenin boshchiligidagi bolьsheviklar (kommunistlar) Petrogradda Muvaqqat hukumatni ag‘darib tashlab, hokimiyatni zo‘ravonlik yo‘li bilan egallashdi. Rossiyaning markazida yuz bergan voqealarning aks-sadosi oradan ko‘p o‘tmay Turkistonga xam yetib keldi. 28 oktyabrda Toshkentning yangi shaharida yevropalik ishchilar va soldatlar bolьsheviklarning qutqusi bilan qurolli to‘qnashuvlarni boshlab yuborildi. Ular general Korovichenko qismlaridan ustun keldilar. 1 noyabrda Korovichenko va Muvaqkat hukumatning Turkiston Komiteti qamoqqa olindi. Toshkentda zuravonlik yo‘li bilan sovet rejimi o‘rnatildi.
1917 yil sentyabrining oxirida, hokimiyat sho‘rolarga o‘tishi munosabati bilan, Turkiston musulmonlarining III o‘lka qurultoyi yig‘iladi. Uning qarorlarida, jumladan, shunday deyiladi: “Turkiston o‘lkasining 98 foiz nufusini tashkil etguvchi 10 million musulmon Rus inqilobi e‘lon qilgan Hurriyat, Tenglik, Birodarlik asoslarida milliy madaniy muxtoriyat huquqiga mutlaq ravishda ega; Mahalliy hokimiyat birinchi navbatda, musulmon vakillaridan hamda ma‘lum miqdorda o‘zga siyosiy tashkilotlar vakillaridan tashkil topib, ta‘sis etiluvi lozim. Hokimiyatning tasodifiy va yerli aholi manfaatlariga yot bo‘lgan kichik guruhlardan tuzilgan ishchi, askar va dehqon tashkilotlarining qo‘lida jamlanuvi xalqchillik asoslariga ziddir va mahalliy musulmon xalqiga odil hayot tuzumini ta‘minlab beruvi amri maholdir”.
Qurultoy, xulosa sifatida, quyidagi qarorlarni qabul kiladi:
) Toshkent shahrida o‘lka fuqarosini boshqaruvchi 12 kishidan iborat Turkiston o‘lka qo‘mitasini ta‘sis etuv; bulardan 3 nafari ishchi, askar va dehqon sho‘rolari qurultoyidan, 3 nafari shahar va ijroqo‘m idoralaridan, 6 nafari musulmon qurultoyidan. Mazkur qo‘mita zimmasiga, to ta‘sis majlisi (Uchr. Sobraniye) Turkistonda Maxsus idora yo‘lini o‘rnatguncha, Rusiya jumxuriyatining Muvaqqat Hukumatiga keng vakolatga ega Qo‘mita ro‘yxatini tasdiq uchun yo‘llash va hokimiyatni qo‘lga olish yuklanadi.
2). Toshkentda 24 kishidan iborat Turkiston o‘lka kengashini ta‘sis etuv; bunga 5 a‘zo ishchi, askar va dehqonlar qurultoyidan, 5 a‘zo o‘lka musulmon qurultoyidan kiritilsin. (“Turkestanskiy vestnik”, 25 noyabrь, 1917 yil). Likoshin aytmish iltifot bu qarorda ham zahirdir. Ammo hokimiyat bu orada qo‘ldan qo‘lga o‘tib, navbat Muvaqqat hukumat yuborgan general Korovichenkoga tegadi. O‘zaro murosani aniqlash bilan ovora ovrupaviy kuchlarning qulog‘iga mahalliy xalqlarning ovoziyu talablari chalinmaydi. Shunga qaramay, mahalliy xalq Ta‘sis majlisiga tayyorgarlikni kuchaytirib, unga yuboriladigan nomzodlarni ko‘rsata boshlaydi. Nomzodlar ro‘yxatiga samarqandlik Mahmudxo‘ja Behbudiy, xo‘jandlik Kamol Husayn, toshkentlik Mustafo Cho‘qayev, Ubaydulla Xo‘jayev ham kiritiladi.
Shu tarzda Turkistonda muxtoriyat hukumati yuzaga kelmasdan ancha oldin jamiyatning keng qatlamlari vakillari, ilg‘or ziyolilar bu harakatda faol qatnashib, uning poydevorini yaratishga zamin hozirladilar.
Hujjatlarning guvohlik berishicha, 1917 yilning kuziga kelib, o‘lka shaharlari, viloyatlari va uyezdlarida aholining hokimiyatni sovetlarga o‘tishini talab qiluvchi faol chiqishlari kuzatilmagan. Aksincha, joylardan kelib turgan xabarlar va telegrammalarda Muvaqqat hukumatni ko‘llab-quvvatlash haqida gapirilar ekan, bolьsheviklar va boshqa ekstremistlarning hokimiyatni sovetlarga berish haqidagi talablari fosh etilar, mamlakat taqdirini qiladigan Ta‘sis Majlisini chaqirish maьqullanardi. Demak, 1917 yil noyabr oyining boshida bolьsheviklar faqatgina qurol kuchiga tayangan xolda Toshkent shahrida hokimiyatni ko‘lga kiritishdi. Bu xolni arxivlarda saqlanib qolgan o‘sha davrga oid ko‘plab rasmiy hujjatlar xam isbotlaydi. Turkiston respublikasi rahbarlaridan biri keyinchalik quyidagi fikrni e‘tirof etishga majbur bo‘lgan edi: Turkiston bir necha o‘n yillar mobaynida chorizm mustamlakasi bo‘lib keldi va bu g‘oya barcha ijtimoiy kayfiyat va munosabatlarda o‘zining uchmas muhrini qoldirdi. Chor Rossiyasi tomonidan olib borilgan mustamlakachilik kayfiyati va siyosati amaldorlar va xizmatchi unsurlardan tashqari hatto rus temiryulchilariga xam o‘z ta‘sirini o‘tkazgan edi. Shuning uchun to‘ntarishning boshidayoq, sovet hokimiyatini bu yerda faqat rus kishilari amalga oshirdi. Tub aholidan esa mustamlakachi mahalliy hokimiyatga aloqador kishilargina unda qatnashishi mumkin bo‘lib, tub aholining qolgan qismi uchun bu g‘oya begona va tushunarsiz edi”.
1917 yil 15-22 noyabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan o‘lka ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining III s‘ezdida 15 kishidan iborat hukumat—Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Soveti tuzildi, unda 8 o‘rin sul eserlarga, 7 o‘rin bolьsheviklar bilan maksimalistlarga berildi. Biroq hukumat faqat yevropaliklardan iborat bo‘ldi. Turkiston Xalq Komissarlar Soveti raisi lavozimini kasbi chizmachi bo‘lgan bolьshevik F. Kolesov egalladi, harbiy komissar qilib izvoshchi Perfilьev, boshqa komissarlik lavozimlariga xam shunga o‘xshaganlar tayinlandilar. Hukumat tarkibiga tub aholi vakillaridan bitta xam vakil kiritilmadi. Bu tasodifiy hol emas edi. Turkistonda so‘l inqilobiy siyosiy guruhlar, ularning namoyandalaridan tuzilgan hukumat, birinchi galda bolьsheviklar mohiyatan chorizm mustamlakachilik siyosatiga amal qildilar. Shu bilan birga oktyabr tuntarishidan keyin Rossiyada bo‘lgani singari, Turkistonda xam inqilobiy aqidalarga, eng avvalo sinfiylik tamoyillariga amal qilindi. Asosiy inqilobiy kuch — proletariat va kambag‘al dehqonlar, aholining boshqa qatlamlari esa reaktsion va ekspluatator guruhlar deb e‘lon qilindi. Mulkdorlar — ekspluatatorlar, ezuvchilar; milliy ziyolilar, o‘qimishli, obro‘-e‘tiborli xalq vakillari — milliy burjuaziya korchalonlari va malaylari; islom dini rahnamolari — reaktsion qatlam deb, ularga qarshi ayovsiz kurash boshlab yuborildi.
Turkiston o‘lkasidagi dastlabki sovet hukumatining ziddiyatli tarkibi mintaqada yevropalik aholi hukmronligini mustahkamlashga qaratilgan edi. “Turkistondagi mustamlakachilik hatto sovet hokimiyati taraqqiyotining butun bir yo‘nalishini belgilab berdi”.
Mahalliy millatlarning siyosiy jarayonga aralashtirilmaganligi o‘lka xalqlarining sovet hokimiyatiga bo‘lgan ishonchsizligini yanada kuchaytirdi. Hatto Turkistondagi yevropalik aholining demokratik qatlamlari ham bolьsheviklar va sul eserlarning bunday makkorona siyosatiga qarshi chiqdilar. Hukumat tuzishda ulug‘ davlatchilik shovinizmi aqidalariga amal qilinganligi yangi hokimiyatning siyosiy faoliyatini oldindan belgilab berdi.
Hokimiyat bolьsheviklar qo‘liga o‘tishi bilan o‘lkada Muvaqqat hukumatning barcha bo‘g‘inlari tugatilib, o‘rniga avvalo jazo organlari va sovet boshqaruv tizimi o‘rnatildi. Bu tasodifiy hol bo‘lmasdan, bolьsheviklar hukmronligi nafaqat ag‘darilgan sinflar, balki bolьsheviklar bilan kelishmaydigan mahalliy aholining katta qismi ustidan zo‘ravonlik o‘rnatilgandagina saqlanib qolishi mumkin edi. Turkiston Xalq Komissarlar Soveti 1917 yil 28 noyabrda o‘lkada qizil gvardiya bo‘linmalari tuzish haqida qaror qabul qildi. Bu bo‘linmalar sovet rejimi va bolьsheviklarga qarshi ko‘tarilgan dastlabki stixiyali chiqishlarni bostirishda faol ishtirok qildi. Shu vaqtning o‘zida Butunrossiya Favqulodda komissiya (cheka) organlari va inqilobiy tribunallar tashkil etildi. Proletariat diktaturasining bu jazo organlari ozodlik va demokratiyani bo‘g‘ishda, o‘zgacha fikrlaydigan kishilarni yo‘q qilishda muhim qurol bo‘ldi va Vatanimizning yangi tarixida o‘zining mash‘um asoratlarini qoldirdi.
Turkiston Xalq Komissarlar Soveti 1917 yil oxirlarida o‘z qarori bilan “Shuroi Islomiya” va boshqa mahalliy demokratik tashkilotlarni tarqatib yubordi. Bu tashkilotlarning rahbarlari keyinchalik Turkiston Muxtoriyati hukumatiga qo‘shildilar, ayrimlari istiqlolchilik harakatiga g‘oyaviy rahnamolik qildilar. Shunisi xarakterliki, “Sho‘roi Ulamo” tashkilotining Toshkent shu‘basi faqat 1918 yil 13 mayda yopib qo‘yildi. Shunday qilib, dastavval Rossiya markazida qaror topgan sovet rejimi Turkiston o‘lkasida ham o‘rnatildi. Zo‘ravonlik va xalqlarni ezishga qaratilgan sovet rejimi o‘zining ilk kunlaridan boshlab Turkistondagi tub xalqlarga nisbatan mustamlakachilik siyosatini yuritdi. Chor Rossiyasining mustamlakachilik tizimi sovet Rossiyasi davrida yanada takomillashtirildi. Turkiston Muxtoriyati hukumati va uning faoliyati siyosiy partiyalar tuzilishi, ular tomonidan dasturiy hujjatlar qabul qilinishi Turkistonda milliy harakatning keng quloch yoyganidan dalolat berar edi. Biroq yuqarida ko‘rsatib o‘tilganidek, Petrograddagi oktyabr to‘ntarishi oqibatida 1917 yil oktyabr-noyabr oylarida Turkiston o‘lkasida, xususan, Toshkent va Qo‘qonda yuz bergan voqealar milliy ozodlik harakatini butunlay boshqa yo‘nalishdan ketishga majbur qildi.
1917 yil 26-28 noyabrda Qo‘qon shahrida Turkiston o‘lkamusulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoy ishining butun tafsilotlari o‘sha davr gazetalariga tarix uchun muhrlab qo‘yilgan.
Mustafo Cho‘qay qurultoyni ochar ekan, Rossiya va Turkistonning siyosiy va iqtisodiy ahvoli xususida ma‘lumot beradi. Uning aytishicha, Markazda yuz berayotgan voqealar, chekka o‘lkalarni va shu bilan birga Buyuk milliy inqilobni qutqaruv yo‘llarini mustaqil muhokama etuvini taqozo qilar. Oktyabr xunrezligini boshdan kechirgan Rossiya va Turkiston o‘z taqdirlari haqida mulohaza yuritmoqlari lozim.
Ma‘lumki, musulmonlarning ushbu nufuzli qurultoyi va unda qabul qilingan qarorlar uzoq yillar davomida millatchilar guruhining yig‘inidan e‘lon qilingan burjua muxtoriyati deb noto‘g‘ri talqin qilib kelindi. Hujjatlar esa ushbu xolning butunlay aksi bo‘lganligini isbotlaydi. Masalan, Turkiston jadidlarining otasi sanalgan Behbudiy o‘z ma‘ruzasida qurultoyning Turkiston xalqlari tarixida ulkan ijobiy, tarixiy hodisa va burilish davri ekanligini ta‘kidlab, “Qurultoyimiz qabul qilayotgan qarorlar shuning uchun xam ahamiyatliki, unda Turkiston aholisining yevropalik vakillari xam ishtirok etmoqdalar”, deydi. Behbudiy va Obidjon Maxmudov qurultoy hay‘atida musulmonlar bilan bir qatorda boshqa milliy guruhlarning ham vakillari bo‘lishini yoqlab chiqdi.
Turkistonni boshqarish shakli uch kun davom etgan qurultoyning diqqat markazida turdi. Bu masala muhokamasida so‘zga chiqganlarning ko‘pchiligi Turkistonning muxtor respublika deb e‘lon qilinishi o‘lka aholisining ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqqan va unga mos tushishini uqtirdi. Muxtoriyat va mustaqillik e‘lon qilish fikrini hamma ko‘llab-quvvatladi. Qurultoyda 1917 yil 27 noyabr (yangi hisob bilan 10 dekabr) kuni kechqurun qabul qilingan qarorda shunday deyiladi: “Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da‘vat etgan xalqlarning o‘z huquqlarini o‘zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e‘lon qiladi, shu bilan birga muxtoriyatning qaror topish shakllarini Ta‘sis Majlisiga havola etadi”. Qurultoy Turkistonda yashab turgan milliy ozchilik huquqlarining muttasil himoya qilinishini tantanali ravishda e‘lon qildi.
28 noyabr (yangi hisob bilan 11 dekabr) da tarkib topayotgan mazkur davlatning nomi aniqlanib, Turkiston Muxtoriyati, deb ataladigan bo‘ldi. Qurultoy o‘sha kuni yig‘ilishda Butunrossiya Ta‘sis Majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyat Turkiston Muvaqqat Kengashi va Turkiston Xalq (Millat) Majlisi ko‘lida bo‘lishi kerak, deb qaror qabul qildi. Qurultoyda Turkiston Muvaqqat Kengashi a‘zolaridan 8 kishidan iborat tarkibda Turkiston Muxtoriyati hukumati tuzildi. Hukumatning Bosh vaziri xamda ichki ishlar vaziri etib Muhammadjon Tinishboyev saylandi. Islom Sulton o‘g‘li Shoahmedov — Bosh vazir o‘rinbosari, Mustafo Chuqay — tashqi ishlar vaziri, Ubaydulla Xo‘jayev — harbiy vazir, Xidoyatbek Yurguli Agayev — yer va suv boyliklari vaziri, Obidjon Maxmudov — oziq-ovqat vaziri, Abduraxmon O‘rozayev — ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, Solomon Abramovich Gertsfelьd — moliya vaziri lavozimlarini egalladi. Hukumat tarkibida keyinchalik ayrim o‘zgarishlar yuz berdi. Mustafo Cho‘qay Bosh vazir lavozimini bajarishga kirishdi. Vazirlardan uch kishi oliy ma‘lumotli huquqshunos, ikki kishi O‘rtacha malakali huquqshunos ekanligi muxtoriyat hukumati a‘zolari bilim darajasining naqadar yuqori ekanidan dalolat beradi.
Qurultoyda 28 noyabr kuni Turkiston Millat Majlisi ochilishi to‘g‘risidagi qaror ham tasdiqlandi. Millat Majlisi 54 nafar a‘zodan iborat bo‘lib, qurultoy qaroriga binoan “36 nafar musulmonlar va 18 nafar g‘ayri musulmonlardan saylanadur. 36 musulmon vakillari Turkistonning 5 viloyatidan bo‘lib: Farg‘ona — 10 nafar, Samarqand — 5 nafar, Sirdaryo — 9 nafar, Yettisuv — 6 nafar, Zakaspiy — 2 nafar; 4 nafar esa butun Turkiston shahar dumalari tarafidan tayin bo‘lurlar”. 18 nafar o‘rin esa o‘lkaning yevropalik tashkilot va fuqarolariga, jumladan, temiryo‘lchilar ittifoqi, ishchi va soldat deputatlari soveti, sotsial-demokratlar, dashnoqtsutyun, yerlik juhudlar, yahudiylar, eserlar, ukrainlar, polyaklar vakillari va boshqalarga berilishi ko‘zda tutilgan edi. Demak, tashkil etilayotgan hukumat tarkibiga turli siyosiy va milliy gypyh vakillarining qatnashuvi ko‘zda tutildi. Demokratik ruxdagi milliy ziyolilar ko‘rultoyda qabul qilingan dasturiy hujjatlarga o‘ziga xosligi bilan ajralib turadigan xalqchil va demokratik g‘oyalarni kiritishdi.
Qurultoy jarayonida Turkiston Millat Majlisi 32 kishidan iborat qilib saylandi. “Sho‘roi Ulamo”ning rahbari Sherali Lapin Millat Majlisi tarkibiga uning raisi sifatida kiritilgan bo‘lsa xam, ammo uning o‘zi bu taklifni rad etdi.
Qurultoy tugagach, 1 dekabrda Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati a‘zolari (barcha 8 kishi) imzolagan maxsus Murojaatnoma e‘lon qilindi. Ushbu Murojaatnomada Turkistondagi barcha aholi, irqi, millati, dini, jinsi, yoshi va siyosiy e‘tiqodlaridan qat‘iy nazar, yakdillik va hamjihatlikka da‘vat etilgan edi.
Тurkiston xalqining muxtoriyat uchun olib borgan kurashida 1917 yil 13 dekabrda bo‘lib o‘tgan fojiali voqealar muhim o‘rin tugadi. O‘sha kuni Toshkentda eski shahar axolisi “Muxtor Turkiston uchun!” shiori ostida tinch bayram namoyishini o‘tkazdi. Ammo Toshkent Sovetidagi bolьsheviklar shaharda qurolli kuch bilan tartib o‘rnatishga buyruq beradilar. Oqibatda tinch namoyish qatnashchilari pulemyotdan o‘qqa tutildi, eski shaharlik 16 kishi ana shu to‘qnashuv qurboni bo‘ldi.
Biroq Turkistondagi oktyabr voqealari va bolьsheviklarning zo‘ravonlik bilan xokimiyatni egallashi ularga o‘z maqsadlarini oxirigacha amalga oshirishlariga imkon bermadi. Shunga qaramay, ular Petrogradda tuzilgan Lenin boshchiligidagi bolьsheviklar xokimiyatining “Rossiya xalqlari Deklaratsiyasi” (1917 yil 2 noyabr), “Rossiya va sharqning barcha musulmon mexnatkashlariga” Murojaatnoma (1917 yil 20 noyabr), xujjatlarda ko‘rsatilgan millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi to‘g‘risidagi xuquqlardan foydalanib, Turkiston muxtoriyati xukumatini e‘lon qildilar.
Oradan ko‘p o‘tmay Millat Majlisi tomonidan tasdiqlangan qonunlar e‘lon qilindi, shuningdek, yangi hukumat mamlakat Konstitutsiyasini tayyorlash uchun taniqli huquqshunoslarni jalb qildi. “El bayrog‘i”, “Birlik tug‘i”, “Svobodniy Turkestan”, “Izvestiya Vremennogo Pravitelьstva Avtonomnogo Turkestana” kabi hukumat gazetalari o‘zbek, qozoq va rus tillarida nashr qilina boshlandi. Avval chiqayotgan “Ulug‘ Turkiston” gazetasi xam o‘z sahifalarida muxtoriyat hukumati faoliyatiga alohida o‘rin bera boshladi. Nashr ishlarini yaxshilash uchun O. Maxmudovning bosmaxonasi hukumat ixtiyoriga o‘tdi. Muxtoriyat hukumati milliy qo‘shinni tashkil qilishga kirishdi. 1918 yil boshida bu qo‘shin saflarida bir mingdan ortiq askar bo‘lgan. Harbiy vazir Ubaydulla Xo‘jayev ishtirokida o‘tkazilgan ko‘rik-parad vaqtida askarlar soni 2000 kishiga yetgan. Bundan tashqari Qo‘qonda taxminan shuncha mirshablar bor edi. Hukumat iqtisodiy sohada 30 million so‘m miqdorida ichki zayom chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Chunki gazetalarni nashr qilish, muxtoriyat qo‘shinlarining ta‘minoti va hukumatning ichki xarajatlari uchun mablag‘ zarur edi. Shuningdek, hukumat a‘zolari ochlik changalida qolgan Turkiston aholisiga Orenburg orqali g‘alla keltirish muammosini hal qilish uchun xam amaliy qadamlar tashladi. Turkiston Muxtoriyati hukumati qisqa muddat ichida xalq o‘rtasida katta e‘tibor qozondi. Yangi hukumat faoliyati faqat Qo‘qonda yoxud Farg‘ona vodiysida emas, balki butun Turkiston mintaqasida yashayotgan tub yerli xalqlar tomonidan qizg‘in ko‘llab-quvvatlandi. Fitrat, Cho‘lpon, Hamza muxtoriyat hukumatini alqab, she‘rlar bitishdi. Fitrat muxtoriyat e‘lon qilingan 27 noyabr tunini “Milliy Laylatul qadrimiz” deb atadi. Alloma Fitratning bu so‘zlarida olam-olam ma‘no mujassamlashgan. Muxtor hukumatning xalq o‘rtasidagi obru-e‘tibori va nufuzi bolьsheviklarni tashvishga solib qo‘ydi. 
918 yil 19-26 yanvar (yangi hisob bilan 1-8 fevral) da Toshkentda bo‘lgan Turkiston o‘lkasi ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining favqulodda IV s‘ezdida muxtoriyat masalasi asosiy o‘rinda turdi. S‘ezd Turkiston Muxtoriyati hukumati va uning a‘zolarini qonundan tashqari xalatda deb, hukumat a‘zolarini qamoqqa olish to‘g‘risida qaror chiqardi. Bolьsheviklar o‘zlarining bu qabih va mudhish “hukmi”ni amalga oshirishga zudlik bilan kirishdilar. Bolьsheviklar Turkiston Muxtoriyatiga qarshi Turkiston avtonomiyasini tuzish masalasini ko‘tarishgan edi. Bu muammo faqat Turkiston Sovetlarining V s‘ezdida (1918 yil 20 aprel — 1 may) hal qilindi. S‘ezd Rossiya Sovet Sotsialistik Federatsiyasi tarkibida Turkiston respublikasi tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Turkiston respublikasining Markaziy Ijroiya Komiteti (MIK) va Xalq Komissarlar Soveti (XKS) saylandi. Ular tarkibiga ilk marta tub millatlarning vakillari kiritildi. Shuningdek, s‘ezdda sanoat korxonalarini natsionalizatsiya qilish va boshqa ayrim masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi. Shunday qilib, sovet Rossiyasi tarkibida Turkiston avtonom respublikasi tashkil qilindi.
30 yanvar (yangi xisob bilan 12 fevral) da Turkiston Xalq Komissarlar Soveti muxtoriyat hukumatini tugatish uchun harbiy harakatlarni boshladi. Turkiston bolьsheviklari buning uchun qizil askarlardan tashqari armanlarning “Dashnoqtsutyun” partiyasi a‘zolaridan tuzilgan qurolli to‘dalardan xam keng foydalandi. Ularga qarshi dastlabki jangda muxtoriyatning milliy qo‘shinidan tashqari qo‘qonlik tinch aholi vakillari xam qatnashdi. Asosan bolta, cho‘kich, tayoq ko‘targan xaloyiqning soni 10000 kishiga yetdi. Shunga qaramay, qurolsiz bu kishilar qizil askarlarning Qo‘qon shahriga hujumini uch kun davomida mardonavor qaytardilar. Shahar ustiga uch kun davomida to‘plardan yondiruvchi snaryadlar otildi. Muxtoriyat qo‘shinining tirik kolgan qismi Kichik Ergash qo‘rboshi boshchiligida shahardan chiqib ketdi. Turkiston Muxtoriyati hukumati qizil askarlar va dashnoqlarning qonli hujumlari oqibatida ag‘darib tashlandi. Ammo Qo‘qon va uning atrofidagi tinch aholini talash, o‘ldirish avjiga chiqdi. Faqat Qo‘qonning o‘zida uch kun davomida 10000 kishi o‘ldirildi. Shahar butkul vayronaga aylantirildi. Hukumat boshlig‘i Mustafo Cho‘qay shaharni tark etib, yashirinishga majbur bo‘ldi. Vazirlarning ayrimlari halok bo‘ldi. Ba‘zilarini bolьsheviklar ko‘lga olishdi.
“Ulug‘ Turkiston” gazetasi chuqur kayg‘u bilan xabar berganidek, “20 (eski xisob bilan 7) fevral Ho‘qand (Qo‘kon) tarixining eng dahshatli kuni edi. Armanilar ayricha faoliyat ko‘rsatganlar…”. Gazetadagi ushbu maqola “Qo‘qon hozir o‘liklar shahri”, degan dahshatli ibora bilan tugaydi.
Nihoyat, 1918 yil 22 (eski hisob bilan 9) fevralda Qo‘qon shahridagi Rus-Osiyo banki binosida bolьsheviklar tomonidan tayyorlangan “tinchlik Shartnoma” imzolandi. Turkiston Muxtoriyati hukumati atigi 72 kun umr ko‘rgan bo‘lsa xam, u erksevar xalqimizni milliy mustaqillik va istiqlol uchun kurashga da‘vat etdi. 1918 yilning erta bahorida avval Farg‘ona vodiysida, so‘ngra butun Turkistonda istiqlolchilik harakati boshlandi. Ammo bu davrga kelib Turkiston Muxtoriyatini tor-mor etib, o‘lkada yakka hukmron bo‘lgan, qurol va zo‘ravonlikka tayangan bolьsheviklar mintaqada sovetcha andozadagi avtonomiya (muxtoriyat) ni tashkil etishga kirishgan edilar.
Uch oygina yashagan bu muxtor respublika tugatilishi oqibatida jadidlar ta‘qibga uchradilar. Munavvarqori Abdurashidxonovning guvoxlik berishicha, “Ittixodi taraqqiy” (1917-1920), “Milliy ittixod” (1920-1925), “Milliy istiqlol” (1925-1929) va “Turkiston Milliy Birligi” (1921-1923) (raisi Axmad Zakiy Validiy) maxfiy tashkilotlari o‘lkada xokimiyatni qo‘lga olish maqsadida faoliyat yuritgan
Sovet davrida jadidlardan chiqqan milliy ziyolilar sovet organlarida faoliyat ko‘rsatdilar va o‘z faoliyatlari bilan xalq ta‘limi san‘atini rivojlantirishga ma‘rifiy ishlarni taraqqiy ettirishga xarakat qildilar. Jadidlarning ayrim qismi mustabid tuzumning siyosatiga ko‘nikmay xorijga o‘tib ketdilar, muayyan qismi esa istiqlolchilar xarakatiga qo‘shilib ketdilar. Istiqlolchilik xarakatiga g‘oyaviy raxnamolik qilish, ayniqsa, sovet organlarida ishlab, milliy mustaqillik g‘oyalarini targ‘ib qilishdagi sa‘y-xarakatlari jadidlarning sovetlar tomonidan 1929, 1937-1938 yillarda ommaviy qirg‘in qilinishiga olib keldi.
Buxoro amirligi va Xiva xonligida jadidchilik xarakati Turkistondagi kabi XIX asr oxiri-XX asr boshlarida shakllangan bo‘lsa xam bu xududlardagi tarixiy sharoit undagi jadidchilik xarakatiga xam o‘ziga xos xususiyatlar baxsh etdi. Buxoro va Xiva jadidlari dastlab amir va xon xukmronligini cheklash, mavjud tuzum sharoitida isloxotlar o‘tkazib, jamiyat taraqqiyoti va milliy mustaqillikni qo‘lga kiritishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsalar, keyinchalik xon va amir yakka xukmronligi xar qanday taraqqiyotga to‘siq ekanligini tushunib yetdilar. Chunki 1917 yilda Xivada Asfandiyorxon ruxsati bilan tuzilgan yosh xivaliklardan iborat majlis va nozirlar kengashi, ularning taqiqlanishi va Junaidxon davridagi yosh xivaliklarning qattiq ta‘qib qilinishi; Buxoro amiri Said Olimxonning o‘zi qabul qilgan isloxotlar o‘tkazish xaqidagi farmonini bekor qilishi va 1918-1920 yillarda yosh buxoroliklarning quvg‘inga uchrashi shunga olib kelgan. Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalarida jadidlar xukumat organlarida raxbar lavozimlarida ishlab mamlakatni taraqqiy qildirish va mustaqillikni saqlab qolishga intildilar (1920-1924). Biroq sovet rejimi avval Buxoro va Xorazm davlatlari mavjudligiga chek quygan bo‘lsa, keyinchalik barcha jadid namoyondalarini jismonan maxv qildi.
Umuman olganda, asr boshida yuzaga kelgan jadidchilik xarakati Turkiston xalqlarining milliy ozodlik, mustaqillik uchun dastlab chor Rossiyasi, so‘ngra sovet mustamlakachiligiga qarshi kurashda muxim o‘rin tutadi.
XXI asrda, hozirgi kunda ham Vatanimiz tarixiga oid voqealarni haqqoniy talqin qilish o‘rniga, firibgarlik yo‘lii bilan amalga oshirilgan soxta tadqiqotlarning natiyjalariga va hech bir asosga tayanmagan bema‘ni xulosalarga aks sado va shakl berib, Millatimizning mafkurasini ildizidan qurutish maqsadida ichki nizolar chiqarishga harakat qilayotgan tashqi kuchlar borligi inkor etilmaydigan haqiyqatga aylangan.
Mintaqamizda yashovchi xalqlar do‘stligiga va qardoshligiga rahna soluvchi mafkuraviy taziyiqlarni oshirish maqsadida, ko‘p yillardan beri dunyo ommaviy axborot vositalarida xizmat qilib kelayotgan bazi tashqi kuchlar mavjudligi ma‘lum. Bu tashqi kuchlar Markaziy Osiyo xalqlarining Davlatchilik va Istiqlolchilik mafkurasiga qarshi yangi tadqiqotlar, rejalar va strategiyalar yaratib, g‘oyaviy tahdid qilish kabi yovuz niyatlaridan hozirgi kunda ham voz kechmaganligi oydek ravshan bo‘lib ko‘rinib turibdi.
Markaziy Osiyoda, xususan bugungi O‘zbekiston Respublikasining hududida o‘tmishda barpo qilingan davlatlarda yashovchi tinch aholi, tashqi kuchlar tomonidan zabt etilib begunoh insonlar qoni tukilib, yurtimiz moddiy va ma‘naviy boyliklari talon taroj qilinib mustamlaka qilinganligi tarixiy haqiyqat. O‘tmish zulmati bo‘lmish tariximizning qora dog‘lari, ko‘zlarimiz nuri bilan yoritilib kelinmog‘i zamon talabidir.
Zamonaviy axborot texnologiyalari bilan va omma etiborini jalb qiluvchi xilma-xil vositalar bilan qurollangan, bazi niyati nopok guruhlar, Mustaqil O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatida tutgan nufuzli o‘rniga, obru va etiboriga putr yetkazish maqsadida, Milliy o‘zligimizga, madaniyatimizga va hususan tariximizga qarshi axborot janglari olib borayotganligi hammaga ma‘lum. 
Bunday nopok guruhlar tarafidan olib borilayotgan axborot janglariga, mafkuraviy tahdidlarga va g‘oyaviy ziddiyatlarga qarshi kurashuvchi Milliy mafkuraviy kuchning poydevori, hozirgi zamon talablariga mos harakatlar qilayotgan bizning yurtimizning ko‘pchilik olimlari, adiblari va tadqiqotchilarining mehnatlaridir.
Yeski shurolar tizimidagi shart va sharoitlarga qaraganda tubdan farq qiladigan yerkin va mustaqil davlatimizning fidoyi olimlarining, yangicha va zamonaviy tafakkur bilan olib borgan tadqiqotlari va ilmiy izlanishlari xalqaro ilmiy anjumanlarda va ommaviy tadbirlarda qayta qayta fikr va mulohazalardan o‘tkazilib talqin qilinmoqda va natiyjalari O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim sistemasida joriy qilinmoqda. 
Shon sharafga boy tariximiz va xalqimiz tafakkuridagi Milliy g‘ururimiz qora dog‘larga aylanib qolmasligi uchun va yurtimizda o‘sib kelayotgan yosh nasl ongida shakillanayotgan Vataniga, Millatiga bo‘lgan Sadoqat va Mehr oqibat his tuyg‘ularini rivojlantirish maqsadidada, ta‘lim va tarbiya sifatida o‘zimizning haqiqiy o‘zbekona milliy g‘ururimizga mos keladigan izohlar bilan o‘qitib kelinmoqda.
Ilmiy izlanishlar, tekshirishlar va tadqiqodlar natiyjalari bilan isbotlangan tarixiy haqiqatga xiyonat qilish, Vatan va millat fidoilarning jasoratlarini inkor etish, bu o‘larning ruhini haqorat qilish bilan teng ekanligi har bir O‘zbekiston farzandining, ko‘nliga tarbiyalanish jaroyinida joylanmoqda. Chunki tarixdagi har bir ijtimoiy yuksalish jamiyatning o‘z merosiga, o‘z o‘tmishiga bo‘lgan munosabatini isloh qilishdan boshlangan. Faqat shundagina haqiqiy ma‘noda ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin. Zero, o‘tmish saboqlari zamonaviy taraqqiyot uchun xizmat qiladi.


Bibliografiya
“Entsiklopedicheskiy slovarь Brokgauza i Yefrona”
Kastelьskaya Z.D.. 
“Iz istorii Turkestanskogo kraya(1865 - 1917)”. M., 1980.
Hurshid Davron 
“Samarqand xayoli”
Davron X. 
“Zavoyevatelь ne mojet bыtь geroyem” Zvezda Vostoka. Tashkent, 1990. № 9.
Kaufman A.A. “K voprosu o russkoy kolonizatsii Turkestanskogo kraya”. SPb.,
1903. Kaufman A.A. “Pereseleniye i kolonizatsiya”. SPb., 1905.

Nalivkin V. P. 
“Tuzemtsы ranьshe i teperь”

Majid Hasaniy 
“Yurt bo‘ynidagi qilich yoki istilo”, 
“Turkiston bosqini” Toshkent, “Nur”, 1992

G.Safarov. 
“Kolonnalьnaya revolyutsiya”. Moskva, 1921.

Skobelev M.D.  “Zapiski o vzyatii Xivы” Istoricheskiy vestnik. 1882. Oktyabrь. K.K. Palen
“Otchet po revizii Turkestanskogo kraya. Pereselencheskoye delo v Turkestane.”  Spb.,Senatskaya tipografiya, 1910 B. V. Lunin. 
“Nauchnыe obshchestva Turkestana i ix progressivnaya deyatelьnostь”. Tashkent, 1962. MESHREB39
Download 104,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish