Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (mdh) 1991-yil 8-dekabrdagi mdh tuzish to‘g‘risida bitim va 1991-yil 21-dekabrdagi mazkur Bitim Protokoli asosida tashkil qilingan



Download 44,5 Kb.
Sana19.02.2023
Hajmi44,5 Kb.
#912879
Bog'liq
Mustaqil Davlat oʻzbekistonning hamkorligi


Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) 1991-yil 8-dekabrdagi MDH tuzish to‘g‘risida bitim va 1991-yil 21-dekabrdagi mazkur Bitim Protokoli asosida tashkil qilingan.

Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, O‘zbekiston Respublikasi va Ukraina MDH ishtirokchi davlatlari hisoblanadi.

MDH Ijroiya Qo‘mitasi Hamdo‘stlikning ijro etuvchi, ma’muriy va muvofiqlashtiruvchi idorasidir. Uning shtab-kvartirasi Minskda va bo‘linmasi Moskvada joylashgan.

O‘tgan yillar mobaynida MDH doirasida ishtirokchi davlatlar uchun savdo-iqtisodiy munosabatlar, kommunikatsiya va transport tarmoqlarini yanada rivojlantirish, xavfsizlikni ta’minlash hamda gumanitar aloqalarni mustahkamlash kabi ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga oluvchi qator hayotiy muhim yo‘nalishlar bo‘yicha keng ko‘lamli huquqiy asos yaratildi va hamkorlikning vosita va mexanizmlari ishlab chiqildi.

Hamdo‘stlik ishtirokchi davlatlarning barqaror ruvojlanishi va xavfsizligiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday tahdid va xavf-xatarlarga o‘z vaqtida munosib javob qaytarish borasida o‘zaro maqbul yondoshuvlar va kelishilgan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish, muammo va kelishmovchiliklarni hal qilish, MDH hududidagi fuqarolarning o‘zaro muloqot yuritishlari uchun keng imkoniyat yaratdi.

O‘zbekistonda MDHga ko‘p rejali munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi mexanizm va bevosita muloqotlar olib borish, davlatlararo muzokaralarni tashkil qilish, jumladan MDH formatida davlat rahbarlari va tegishli idoralar boshliqlari darajasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish maydoni, shuningdek, ko‘p tomonlama hamkorlik shart-sharoitlarini yaratishda manfaatdor bo‘lgan suveren davlatlarning birlashmasi sifatida qarashadi.

O‘zbekiston Respublikasi MDHning asosiy nizomiy va tarmoq organlari faoliyatida ishtirok etadi. O‘zbekiston Hamdo‘stlik tashkil etilgandan bоshlab uning dоirasida iqtisоdiy intеgratsiyani chuqurlashtirish va yangicha asоsda хo‘jalik alоqalarini jarayonlarga siyosiy tus bеrmagan hоlda amalga оshirish tarafdоri bo‘lgan davlatlar qatoriga kirgan.

O‘zbekiston MDH doirasida amaldagi o‘zaro savdo tartibini yomonlashtirmaydigan tamoyillarga asoslangan, to‘laqonli erkin savdo hududini tashkil etish tarafdoridir. Bu MDH hududida barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.

O‘zbekiston tomoni jahondagi jadal o‘zgarishlar sharoitida MDHni davlatlararo hamkorlik tizimi sifatida doimiy muzokaralar, oliy darajada siyosiy muloqotlar, vujudga kelayotgan yangi tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kelishilgan yondoshuvlar ishlab chiqish, xalqaro xavfsizlikka oid ko‘plab dolzarb masalalarni hal etishning muhim mexanizmi deb hisoblaydi.

Hamdo‘stlik ko‘p rejali hamkorlikni muvofiqlashtiruvchisi bo‘lishi va barcha ishtirokchi davlatlarning maksimal ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarga erishishishlari maqsadida xo‘jalik jarayonlarini tartibga soluvchi rolini o‘ynaydi va uning faoliyati shunga yo‘naltirilgan.


Fargʻona tashqi savdosi.
Tahlil
Infografika: Farg‘ona viloyatining Markaziy Osiyo davlatlari bilan 2022 yil birinchi yarim yillik savdo aloqalari
29.09.2022 16:24 43
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi infografikasida Farg‘ona viloyatining Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari aks etgan.
Infografika: Farg‘ona viloyatining Markaziy Osiyo davlatlari bilan 2022 yil birinchi yarim yillik savdo aloqalari
2022 yilning ilk olti oyi yakuni bo‘yicha Farg‘ona viloyatining Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasi umumiy tashqi savdo aylanmasining 21,3% tashkil etdi. Markaziy Osiyo davlatlari bilan tashqi savdo hajmi 223,7 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Viloyatning mazkur davlatlar bilan import hajmida 2021 yilning mos davriga nisbatan 12,3% pasayish kuzatilgan bo‘lsa, eksport hajmi 14,9% ga pasaygan.

Farg‘ona viloyatining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasida 2021 yilning mos davriga nisbatan eng katta o‘zgarish Turkmaniston hissasiga to‘g‘ri kelib, 13,7 mln. AQSh dollariga pasaygan. Eng kichik o‘zgarish Tojikiston bilan tashqi savdoda kuzatilib, 0,2 mln. AQSh dollariga pasayish qayd etilgan.

2022 yilning birinchi yarim yilligi yakunida Farg‘ona viloyatining Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasi hajmi quyidagicha:

- Farg‘ona viloyati tashqi savdo aylanmasi hajmida Qozog‘istonning ulushi yuqori bo‘lib, import hajmi 119,5 mln. dollarga, eksport hajmi esa 13,4 mln dollarga teng.

- Qirg‘iziston bilan tashqi savdo aylanmasi 58,6 mln. dollarni tashkil etib, eksport hajmi 31,6 mln. dollarga, import hajmi yesa 27,0 mln dollarga yetdi.

- Turkmaniston bilan tashqi savdo aylanmasi 18,3 mln. dollarni tashkil etib, eksport hajmi 15,1 mln. dollarga, import hajmi yesa 3,2 mln dollargacha pasaygan.

- Tojikiston bilan tashqi savdo aylanmasi 13,9 mln. dollarni tashkil etib, eksport hajmi 8,4 mln. dollarga, import hajmi esa 5,5 mln dollarga yetdi.

Tashqi aloqalar 2022-yil


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
HUKUMAT PORTALI
Bosh sahifaYangiliklar
O‘zbekiston- Gruziya: tovar va transport vositalari bo‘yicha oldindan axborot almashish shartlari imzolandi

2022-12-02 | Iqtisodiyot


Gruziya Moliya vazirligining Daromadlar xizmati rahbari Levan Kakava boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Dastlab Davlat bojxona qo‘mitasida ikkala mamlakat bojxona xizmati rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, DBQ raisi A.Mavlonov O‘zbekiston-Gruziya o‘rtasida bojxona sohasidagi hamkorlik tubdan yangicha ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

Ma’lumki, joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekiston delegatsiyasi Gruziyada bo‘lib, bojxona tizimida qo‘lga kiritilgan yutuq va tajribalar bilan yaqindan tanishib, muhim kelishuvlarga erishilgan edi. Mazkur kelishuvlarni amalga oshirish uchun yo‘l xaritasi tasdiqlangan.

Gruziya delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifini esa ushbu kelishuvlarning ilk samarasi deb baholash mumkin.

Uchrashuvda O‘zbekistonda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bojxona sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, xususan, sohani raqamlashtirish hamda bojxona xodimlarining ijtimoiy muhofazasi yo‘nalishlarida ko‘rgazmali taqdimotlar amalga oshirildi.

Tadbirda xavflarni boshqarish, bojxona auditi, tovarlarning bojxona ekspertizasi, xalqaro hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi. Istiqbolda ikkala mamlakat bojxona idoralarining qo‘shma kengashini tashkil etish imkoniyati ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar 2023-2024-yillarda hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejasi, tovar va transport vositalari bo‘yicha oldindan axborot almashishning texnik shartlarini imzolashdi.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
HUKUMAT PORTALI
Bosh sahifaYangiliklar
Italiya Elchisi bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi

2022-12-01 | Siyosat


2022-yil 1-dekabr kuni Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Furqat Sidikov Italiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Agostino Pinna bilan uchrashuv o'kazdi.

Savdo-iqtisodiy sohadagi O'zbekiston-Italiya hamkorligining amaliy jihatlari hamda ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy diplomatiyani chuqurlashtirish, uning barcha mumkin bo'lgan vositalaridan foydalangan holda muhokama qilindi.

Savdoni rivojlantirish, eksport hajmini oshirish va investitsiyaviy hamkorlikning yangi yo'llari va imkoniyatlarini izlash bo'yicha ikki tomonlama sa'y-harakatlarning ahamiyati qayd etildi. Elchi o'zbekistonlik hamkorlar bilan biznes aloqalarini o'rnatish bo'yicha Italiya biznesining qiziqishi ortib borayotganini ma'lum qildi.

O'zbek mahsulotlarini Italiyaga eksport qilish hajmini oshirish uchun, birinchi navbatda, GSP+ Yevropa Ittifoqi preferensiyalari tizimi doirasida tovarlarni sertifikatlash va standartlashtirish, O'zbekistonda sanoat tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash sohasida malaka oshirish va tajriba almashish uchun italiyalik mutaxassislarni jalb qilish bo'yicha hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta'kidlandi
“Rivojlanayotgan bozorlarda CSR va ESG” xalqaro konferensiyasi

2022-11-30 | Iqtisodiyot


Singapur menejmentni rivojlantirish institutida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “Care CSR” kompaniyasi, Germaniya xalqaro rivojlanish (GIZ) agentligi tomonidan “Rivojlanayotgan bozorlarda CSR va ESG” mavzusidagi xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish va Moliya vazirliklari mutasaddi rahbarlari, mahalliy va xorijiy tashkilotlar ekspertlari hamda biznes vakillari ishtirok etishdi. Konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatda barqaror biznes amaliyotini rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asosini takomillashtirish, korporativ ijtimoiy mas‘uliyat (CSR) hamda ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini tatbiq qilish bo‘yicha fikr almashish va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Konferensiya avvalida CSR (Korporativ ijtimoiy mas’uliyat) va ESG (ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillarini tatbiq qilish) tushunchalarining mazmun-mohiyati, ustuvor vazifa va maqsadlari haqida so‘z bordi.

Konferensiya davomida davlat tashkilotlari, mahalliy va xorijiy tashkilotlar hamda biznes vakillari tomonidan O‘zbekistonda “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga erishishda ko‘rilayotgan choralar, keyingi 5 yillik iqtisodiy maqsadlarga erishishda inklyuziv o‘sish va barqarorlikni ta’minlash zarurati, mamlakatimizda “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, inson kapitalini rivojlantirish istiqbollari kabi taqdimotlar o‘tkazildi.

“Tadbirkorlik va iqlim o‘zgarishi”, “To‘qimachilik va ishlab chiqarishda “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ni joriy etish”, “Kichik va o‘rta biznesda yashil texnologiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlash”, “Kompaniyalar uchun inklyuzivlikning afzalliklari”, “O‘zbekistonda ESGni joriy etish: bugungi kun va yangi ustuvorliklar” kabi mavzular muhokama qilindi.

Shu bilan bir qatorda, tadbirda mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga erishishda xususiy sektorning roli yuqoriligi, iqlim o‘zgarishida innovatsion usullar va diversifikatsiyaning muhimligi ta’kidlandi.

Konferensiya so‘ngida tashrif buyurgan mehmonlar yuqoridagi mavzular bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.


O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi tashabbuslarning amalga oshirilishini ko‘rib chiqdi

2023-01-25 | Siyosat


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida Toshkent shahrida bo‘lib turgan Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyevni qabul qildi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotiga raisligi doirasidagi ustuvor vazifalar ijrosining borishi ko‘rib chiqildi.

Bosh kotib Tashkilot rivojida yangi davrni boshlab bergan tarixiy Samarqand sammiti natijalarini yuksak baholadi.

Savdoni va bojxona tartibotlarini soddalashtirish, Investitsiya fondini tashkil etish bo‘yicha bitimlar imzolandi.

Samarqand “Turkiy sivilizatsiya poytaxti”, deb e’lon qilindi. Ilk bor Alisher Navoiy mukofoti topshirildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Xalqaro turkiy madaniyat tashkilotining to‘laqonli a’zosi bo‘ldi.

O‘zbekiston tashabbusi bilan 2023-yil “Turkiy sivilizatsiyaning yuksalish yili”, deb e’lon qilingani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Raislikning institutsional islohotni amalga oshirish “yangi iqtisodiy imkoniyatlar makoni”ni yaratish, transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish kabi ustuvor yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida Bosh kotib Tashkilot doirasidagi sheriklik salohiyatini amalda ro‘yobga chiqarish maqsadida yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
HUKUMAT PORTALI
Bosh sahifaYangiliklar
Tashqi ishlar vazirligida AQSh Elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

2023-01-18 | Siyosat


2023-yil 18-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Furqat Sidikov Amerika Qo'shma Shtatlarining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Devid Xenikni qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan sohalarda ko'p qirrali O'zbekiston-Amerika strategik sherikligining ayrim masalalari muhokama qilindi.

Iqtisodiy diplomatiyani, shu jumladan "B2G" shaklida jadallashtirish imkoniyatlariga alohida e'tibor qaratildi.

Turli darajadagi rejalashtirilgan tadbirlar va tashriflar jadvali, ularning tashkiliy va mazmuniy jihatlari ko'rib chiqiladi.

Elchi Amerika tomonining O'zbekistonga islohotlar dasturini amalga oshirishda, shu jumladan USAID doirasida yordam berishga tayyorligini ma'lum qildi.


Xitoy Elchisi bilan uchrashuv toʻgʻrisida

2023-01-04 | Siyosat


2023-yil 4-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Szyan Yanni qabul qildi.

Muloqot chogʻida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni turli sohalarda yanada mustahkamlash, jumladan, XXR Raisi Si Szinpinning 2022-yil sentabr oyida Oʻzbekistonga davlat tashrifi yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish orqali yanada mustahkamlash istiqbollari koʻrib chiqildi.

Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

BMT, SHHT va boshqa koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi oʻzaro hamkorlikning amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Ikki tomonlama va koʻp tomonlama shakldagi boʻlajak tadbirlar jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.



Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi
Download 44,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish