Mustaqil ish Mavzu: Ijtimoiy Psixologiyada kichik guruhlar Topshiruvchi



Download 46,36 Kb.
bet2/7
Sana31.12.2021
Hajmi46,36 Kb.
#231219
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kichik guruhlar

Etnik guruhlar


Ijtimoiy psixologiyada katta guruhlar ichida etnik guruhlar psixologiyasi ya’ni etnopsixologiya bo’yicha ko’proq tadqiqotlar o’tkazildi. Ayniqsa hozirgi davrda har bir jumxuriyatlar alohida, mustaqil davlat mavqeini olgan, lekin boshqa tomondan qaraganda hamdo’stlik mamlakatlari ittifoki sharoitida millatlar o’rtasida muttasil aloqalar mavjudligidan kelib chiqib, ilmiy psixologiya masalalari kun tartibida avvalgidan ham muhim masala sifatida qo’yilmoqda. SHuning uchun ham katta guruhlar ichida milliy guruhlarga ko’proq e’tibor berish lozim deb topdik, bunday e’tiborning yana bir boisi – O’zbekistonda bu sohada ayrim tadqiqotlarni o’tkazilganligi, lekin ular ko’p holatlarda milliy psixologiya doirasida olib chiqilmaganligidadir.

Milliy psixologiya nima va uni qanday qilib o’rganish mumkin? Bu hozirda, ya’ni mustaqil O’zbekiston sharoitida ko’pgina tadqiqotchilarni qiziqtirayotgan masalasidir. CHunki davr etnopsixologiyadan shunday empirik ma’lumotlar kutmoqdaki, u faqatgina milliy ongga taaluqli bo’lgan hozirgi va o’tmishdagi holatni emas, balki millatning ertangi kunini, uning ongi qaysi tomonga o’zgarishini, millatlararo sodir bo’ladigan jarayonlarni bashorat kilmogi lozim. Buning uchun unga kuchli etnopsixologik nazariya va ishonchli metodlar kerak, O’zbekiston olimlari oxirgi paytlarda masalaning xuddi ana shu tomoniga katta e’tibor bermoqdalar. CHunki sobiq Ittifok sharoitining o’zi ana shunday kuchli nazariyaning bo’lishi uchun anchagina to’g’anoq bo’lgan, empirik tadqiqotlar esa, avval ta’kidlanganidek tor guruhlar doirasidan, avvalo oilalar doirasidan chiqmagan edi. Etnopsixologiya – bu psixologiyaning shunday tarmog’iki, u ayrim millatlar psixologiyasidan tashqari turli xalqlar psixologiyasini, kichik milliy guruhlarini ham o’rganadi. Ma’lumki bu boradagi birinchi milliy tadqiqotlarni

V.Vundt boshlab bergan edi. Uning tadqiqotlaridan «xalq» tushunchasi aslida etnik uyushma ma’nosida tushuntirilgan edi. Uning fikricha etnik guruhlar psixologiyasini o’rganish uchun ularning tilini odatlarini va ana shu xalqlarda keng tarqalgan afsonalar va boshqa ong tizimlarini o’rganish kerak. SHunisi diqqatga sazovorki, Vundtdan keyingi davrda o’tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri bizning o’lkamizda o’tkazilgan bo’lib, uni psixolog A. R. Luriya amalga oshirgan edi. Bu eksperimental tadqiqot bo’lib, uni o’tkazishdan asosiy maqsad L. S. Vigotskiyning madaniy- tarixiy yondashuv g’oyasini tekshirish edi. Luriya bochiligidagi olimlar guruhi revolyutsiya g’alaba qozongan O’zbekiston sharoitida turmush tarzining o’zgarishi bilan O’zbek xalqi psixologiyasining ham o’zgarganligini isbot qildilar. Asosiy maqsad – bilim jarayonining o’zgarganligini isbot qilish bo’lsa ham tadqiqotchilar oz’o’zini anglash va uz xulq-atvorini analiz qilish borasida ham uyda o’tiradigan ayollar, endigina savod olish maqsadida savodxonlik kurslarida o’qiyotgan ayollar hamda pedagogika bilim yurtlarida ta’lim olayotgan qizlar o’rtasida farq bor-yo’qligini tekshirishdi. Tadqiqot asosan o’z-o’zini analiz qilish metodi yordamida o’tkazilgan bo’lib ayollarga turli savollar orqali o’z shaxsiga xos xususiyatlarini, o’zidagi yetakchi sifatlarini aniqlash va ba’zi psixologik holatlarga baxo berish topshirigi berildi. Lekin javoblarning sifati to’liqligi ayollarning bilim saviyasiga va ijtimoiy aloqalar tizimida tutgan o’rniga bog’liq bo’lib chiqdi. Uyda o’tirgan ayollar ko’p hollarda qo’yilgan savolni ham anglamasligi ma’lum bo’ldi. Luriya shu narsaga iqror bo’ldiki, O’zbeklardagi ong asosan boshqa odamlar fikriga bog’liq ekanligi, tobelik psixologiyasi kuchliligini aniqladi. Masalan: ayollarga o’zidagi yomon sifatlarni aytish topshirigi berilganda, ular yomon qo’shnilarni ko’rsatishar va umuman oz’o’zini baholashdan ko’ra boshqalarni baholash ularga sifat xarakteristikalari berish ancha oson tuyulardi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek A. R. Luriyaning asosiy maqsadi milliy psixologik xususiyatlarni o’rganishda tarixiy printsipga tayanish lozimligini isbotlash, hamda milliy psixologiyani hayot tarziga, shaxsni jamiyatda kishilar munosabatlari tizimida tutgan o’rniga bevosita bog’liqligini isbot qilish edi. Lekin tadqiqotning ahamiyati shunda ediki, unda birinchi marta milliy psixologiyani o’rganishga yordam beruvchi metodlar va metodik printsiplar sinab kurilgandi. To’g’ri bu tadqiqotda to’plangan ma’lumotlar va ilmiy xulosalar bilan bugungi kunda kelishib bo’lmaydi, qolaversa, bu kontseptsiyaning o’zi necha bor qayta ishlovni talab qildi, lekin milliy psixologiya bo’yicha o’tkazilgan kross – tadqiqot sifatida uning ahamiyati kattadir. Qo’llangan piktogramma – «suz portretlari»ni, oz’o’zini analiz qilish metodlarini hozirgi zamonaviy tadqiqotlarda ham faqat yangicha metodologik printsiplarda qo’llash mumkin.

Oxirgi yillarda chet el va sobiq Ittifok olimlarining tadqiqotlarini umumlashtirib, etnopsixologik ishlarga yagona ilmiy yondashuvni topish harakatlari sezilmoqda. Bu sohada mashxur rus etnogrofi va psixologi Yu. Bromley olib borgan ishlar, uning laboratoriyasida to’plangan ma’lumotlar misol bo’lishi mumkin. Yu.V.Bromley etnik guruhlar psixologiyasida ikki tomonni farq qiladi.

1- psixik asos-etnik xarakter, temperament, milliy an’analar va odatlardan iborat barqaror qismi:

2 - xissiyot sohasi, etnik yoki milliy xis kechinmalarni o’z ichiga olgan dinamik qism. Lekin tadqiqotchilar nima uchundir milliy psixologiya masalalari bilan shugullanishganda, milliy qirralar yoki sifatlarni aniqlash bilan shug’ullanadilarda, u yoki bu millatlargagina xos bo’lgan qirralarni topishga urinadilar, lekin fan texnika rivojlangan, millatlar uygunligi, millatlarning doimiy o’zaro hamkorligi va muloqoti sharoitida, aralash nikohlar keng tarqalgan sharoitda faqat u yoki bu millatga xos bo’lgan qirralar haqida gapirish juda kiyin. Masalan: O’zbeklar o’rtasida o’tkazilgan kichik tadqiqot natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, go’yoki mexmondo’stlik, kamtarlik, samimiylik kabi ijobiy sifatlar O’zbek xalqigagina xos emish. To’g’ri bu sifatlar albatta O’zbeklarda bor. Lekin aynan shu sifatlar boshqa millat vakillarida yo’q deyishga haqqimiz yo’q. Xuddi har bir shaxs ongida turlicha steriotiplar – ya’ni urnashib qolgan obrazlar bo’lganidek, har bir oila yaqin oshna og’aynilar va o’ziga o’xshash shaxslar bilan muloqot jarayonida u yoki bu millat vakilida ham o’z millatiga xos bo’lgan sifatlar haqida, steriotiplar paydo bo’lib, uning ongida o’rnashib boradi. Bunday steriotiplar o’z millatiga va boshqa xalqlarga nisbatan bo’lib, boshqalar haqidagi tasavvurlar ancha sodda, yuzaki, mazmunan tor bo’ladi. SHunday tasavvurlar asosida boshqa millatlarga nisbatan yoqtirish

(simpatiya) yoki yoktirmaslik (antipatiya) va befarqlik munosabatlari shakllanadi. O’z millati haqidagi tasavvur va steriotiplar esa milliy «etnotsintrizm» xissini shakllantiradiki, shu xis tufayli shu milliy guruh vakillarida boshqa millatlarga nisbatan irrotsional munosabatlar paydo bo’lishi, bu esa milliy antogonizm va milliy adovatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu borada ijtimoiy psixologlar va mafkurachilar oldida turgan muammolardan biri.

Millat vakillirida milliy g’ururning qay darajada bo’lishini aniqlash muammosi turadi. CHunki ko’pincha milliy gurur tufayli ayrim shaxslarda boshqa millatlarni mensimaslik, ulardagi gurur yoki milliy xislarni tan olmaslik hollari kuzatilmoqda. Umuman bizning fikrimizcha, milliy adovatlar asosida yotgan etnotsintrizm va milliy g’ururning salbiy ko’rinishlari boshqa millatlarning tarixini, ularning an’analarini, tili va xokazolarini bilmaslikdan kelib chiqadi. Milliy psixologiya bo’yicha o’tkazilishi lozim bo’lgan tadqiqotlarning maqsadlaridan biri ham boshqa millat psixologiyasini bilib, uni boshqa millatlarga yetkazishi tufayli, har bir millat vakiliga hurmat-izzat xissini kuchaytirishdir. CHunki o’zini hurmat qilmagan odam boshqani hurmat qilmaydi buning uchun esa, o’z psixologiyasini ham, o’zgalar psixologiyasini ham bilishi kerak. SHundagina shaxslararo ziddiyatlarga barham berilishi mumkin. Bu narsa millatlar psixologiyasiga ham xosdir ya’ni fan jamiyatga shunday etnografik va etnopsixologik ma’lumotlar majmuini yaratib berishi lozimki, undagi ma’lumotlar asosida katta guruh hisoblangan millatlar

psixologiyasini ham boshqarish mumkin bo’lsin.


Download 46,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish