Mustaqil ish Mavzu: O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning diniy bag’rikenglik sohasida olib borgan oqilona siyosat reja


O`zbekistonning birinchi prezidenti I.A,Karimovni qilgan islohatlari



Download 20,69 Kb.
bet3/8
Sana11.01.2022
Hajmi20,69 Kb.
#340229
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mustaqil ish

1. O`zbekistonning birinchi prezidenti I.A,Karimovni qilgan islohatlari

I.A.Karimov O`zbekistonning birinchi prezidenti XX asrning so`nggi o`n yilligi jahon tarixiga, O`zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, jahon hamjamiyatining jo`g`rofiysiyosiy tuzilishida tub o`zgarishlar davri bo`lib kirdi. Yer kurrasining turli mintaqalarida milliy-ozodlik va mustaqillik harakatlari kuchayib bordi. Mazlum xalqlarning istiqlol, erk uchun kurashi asrning g`oyasiga aylandi. Bu davrda dunyoning umum ijtimoiy-siyosiy jarayonlari nuqtayi-nazaridan qaraganda O`zbekistonning davlat mustaqilligiga erishuvi tarixiy muqarrar hodisa hisoblanadi. Shuning uchun ham “1991-yilda jahon siyosiy xaritasida yangi mustaqil davlat – O`zbekiston Respublikasining paydo bo`lishi tasodif yoki favqulotda hodisa emas, balki mamlakatimiz xalqlari asriy orzusining ro`yobga chiqishi, olib borilgan mashaqqatli, aksariyat hollarda fojiali kurashning mahsulidir.” 1 Ammo, mustaqillikka erishgan dastlabki kunlarimizdanoq SSR davrida olib borilgan siosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi xato va kamchiliklar o`z so`zini ayta boshladi. “Dunyoga kelgan chaqaloq avval emaklab, keyin tetapoya bo`ladi. Vaziyat shunday keldiki, mustaqil O`zbekiston tug`ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, o`zi yurishga majbur bo`ldi. Tashqi siyosatda , tashqi savdoda mutlaqo tajribasi bo`lmagan davlat birinchi kunlardan boshlab qayerda yutqizishi mumkin, qayerda yutishi mumkin – ana shunday jiddiy masalalarni yechishga to`g`ri keldi.” Mana shunday murakkab vaziyatda mamlakat siyosiy rahbarining o`rni va yuritgan faoliyati yaqqol namoyon bo`ldi. Avvalambor, O`zbekiston XX asrda ittifoqdosh respublikalar ichida birinchi bo`lib prezidentlik lavozimini ta’sis etgan va o`zbek modeli asosida zamonaviy prezidentlik institutiga asos solgan davlatlardan biri hisoblanadi. 1990-yilning bahorida Sobiq SSR davridagi ba’zi siyosatchilar qatori Islom Karimov ham Gorbachovchasiga qayta qurish so`nib borayotganini, bu siyosatning boshi berk ko`chaga kirib qolganini tushunib yetgan edi. O`zbekistonda Rossiya va ittifoqning o`pirilib borayotgan boshqa maydonlarida tobora avj olayotgan tartibsizlikka yo`l qo`ymaslik, uni oldini olish uchun keskin chora tadbirlar qo`llash lozim edi. “Mart oyida O`zbekiston Oliy Kengashi Gorbachov va uning qurshovidagilarni hayron qoldirib hamda ularning noroziligini qo`zg`ab, prezidentlik lavozimini ta’sis etdi va Islom Karimovni prezident etib sayladi. Respublika o`zining prezidenti siymosida bundan buyon tezligini yo`qotib va cho`kib borayotgan kema – KPSSga ko`r-ko`rona ergashmasligini, ko`p millionli xalq o`zining mustaqil davlatida kommunistik mafkura tazyiqisiz yashashni istashini ochiq bayon qildi1 .” Moskva bu hodisani o`z navbatida juda salbiy qabul qildi va Gorbachov ochiqdan ochiq g`azablandi. “Boshqa respublikalar rahbarlari Karimovning prezidentlikka saylanganini qalban qo`llab-quvvatlasada, unga havas qilsa-da, televedeniye va minbarlarda Gorbachovning “16 prezidenti bor davlat qanday davlat bo`ladi” degan so`zlarini qaytarish bilan band edilar…Bu vaqtda, men ishonamanki, Karimov haqoratlangan va xo`rlangan O`zbekistonning obro`sini ko`tarish haqida o`ylar edi.”


Download 20,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish