Mustaqil ish mavzu: XIX asrning ikkinchi yarmidagi liberal demokratik qadriyatlar


XIX asrda Germaniyadagi liberal-demokratik g'oyalar



Download 16,35 Kb.
bet4/4
Sana11.01.2022
Hajmi16,35 Kb.
#348279
1   2   3   4
Bog'liq
19 asrning oʻrtalarigacha liberalizm va demokratiya ma'lum darajada1

XIX asrda Germaniyadagi liberal-demokratik g'oyalar
Germaniyada liberal harakatlar XIX asrning birinchi yarmida boshlangan, 1848-1849 yillarda Germaniyada ro'y bergan inqilob davrida esa uzining eng yukori cho'qqisiga yetgan. Dastlabki nemis liberallarii konstitusiyaviy harakatlar asosida kechgan. Bu davrdagi Germaniya danlatining siyosiy-xukukiy tartibiga yangidan-yangi modellar taklif etilgan. Ingliz va fransuz liberallari singari nemis liberallari xdm axolining urta burjua katlamiga tayanganlar.

XIX asrning birinchi yarmi nemis liberalizmining yirik namoyondalari V.Gumboldt (1767-1835), I.Shteyn (1815- 1890). V.Gumboldt davlatga gumanistik individualizm nuqtai nazaridan yondashadi. Uni ko'prok inson va davlat o'rtasidagi munosabatlar qiziqtiradi. L.Shteyn davlat va jamiyat haqida qator fundamental asarlar yaratdi. Uning liberalizmi inson, uning huquqlari va mulkiy muammolarga bulgan munosabatida yorqin namoyon buladi.

XVIII asrda boshlangan ijtimoiy fanni Gumbold qo'llab-quvvatlagan. Bu fan davlat va jamiyatning belgilariga ko'ra tabaqalanishi bilan bog'liq. Ushbu tabaqalanish chegarasi sifatida quyidagi farqlar maydonga chiqadi: 1) milliy tashkilotlar tizimi (tashkilotlar, uyushmalar va boshqa birlashmalar) hamda davlat institutlari va xizmatlari; 2) tabiiy va umumiy huquq hamda bevosita davlat tomonidan yaratiladigan pozitiv huquq; 3) inson va fuqaro.

Gumbolt jamiyat va davlat o'rtasida chegara belgilar ekan, ularning bir xil darajada emasligini ta’kidlaydi. Uning nuqtai nazaricha, jamiyat davlatga nisbatan, inson va fuqaroga nisbatan kengroq tushunchadir. Shuning uchun ham tabiiy va umumiy huquq davlat tomonidan qabul qilinadigan qonunlarni ishlab chiqishda yagona asos bo'lib xizmat qilishi lozim. Davlatning mavjud bo'lishidan asosiy maksad jamiyatga xizmat qilishdir. Lekin jamiyat tushunchasi negizida, Gumbolt nazarida. jamiyatning har bir a’zosi, ya’ni individ turadi. Shuning uchun «davlat tuzumi inson kamolotining vositasi, xolos» degan tezis amal kiladi.

Gumbolt minimal davlat konsepsiyasi tarafdori bo'lgan dastlabki burjua liberalistlaridan biridir Gumboltning fikricha, davlatning funksiyalari iloji boricha tor doirada bulishi lozim. Davlat xokimiyati doirasi qanchalik keng bulsa, individlar ittifoqining erkinligi shuchalik tor bo'ladi. Davlatning kuchayishi insonlarda tug'ulajak erkinlikning o'sishiga tusiq, bo'ladi.

Lorens Shteyn (1815-1890) davlat, huquq, boshqaruv, jamiyat haqida bir qancha izlanishlar olib borgan. Uning «1789 yildan to hozirgi kungacha Fransiyada ijtimoiy harakatlar tarixi», «Boshqaruv haqida ta’limot» asarlarida Germaniyada davlat va huquq haqidagi fanning hozirgi davri va istiqboli bayon etilgan. Shteyning konsepsiyasida jamiyat mustaqil o'ziga xos ijtimoiy uyushma sifatida gavdalanadi. Individlar birlikda harakat qilar ekanlar, undagi insonlar bir-birlariga nisbatan doimo va har taraflama qaram bo'ladilar. Jamiyatning uziga xos xususiyati esa undagi har bir shaxs o'zining xohish-irodasiga tayanib harakat qiladi.

Bu konsepsiya orqali Shteyn jamiyatda erkinlik yo'qligini ta’kidlaydi. Shteynning qat’iy xulosasi quyidagicha: jamiyat amal qiladigan tamoyil bu erksizlikdir. «Davlat, — deydi Shteyn, — bu barchani xohish-irodasi natijasida paydo bulgan. Shuning uchun u faqat jamiyatga xizmat qilishi kerak. Bunday tashkilot davlat

bo'lgani uchun faqat ungagina erkinlik berilmog'i lozim. Erkinlik bu shunday tamoyilki, davlat unga doimo tayanadi».

Shteynning fikricha, jamiyat va davlat doimo bir-biriga ta’sir etadi ham. Bunda jamiyat davlatni o'zining tamoyillariga xos ravishda moslashtirishga xarakat qilsa, davlat esa, aksincha, o'ziga mos bo'lgan ijtimoiy tuzumni yartishga harakat kiladi. Davlat jamiyatdan ustun turar ekan, jamiyatnish «xo'jayini» va «ustozi» bo'lishi kerak. Faqat davlatning ijro etuvchi hokimiyati qonun chiqaruvchi hokimiyatga aniq va og'ishmay bo'ysungan taqdirda, davlat o'zining asosiy vazifasini bajargan bo'ladi. Bunday subordinasiya oddiy davlatni xuquqiy davlatga aylantiradi va sifatini saqlashini kafolatlaydi.

Shteyn huquqiy davlat tarafdoridir. «Boshkaruv huquqi konstitusiya va qonunlarga tayanish kerak», - deydi u. Shteynning davlati mexnatkashlar foydasiga ijtimoiy islohotlar amalga oshirish lozimligi haqidagi goyalari ko'plab inqilob tarafdorlari tomonidan qoralandi.

3. XIX asrning ikkinchi yarmida Angliyadagi liberal-demokratik qarashlar.
Ingliz liberalizmi Angliya XVIII asrning oxiri uchinchi choragida yirik kapitalistik davlatga aylangan edi Bunga bir qator

faktorlar ta’sir etgan. Mamlakatda ro'y berayotgan ijtimoiy-tarixiy o'zgarishlar ingliz siyosiy-huquqiy goyalari yordamida qo'llab-quvvatlan. Xususiy mulkchilik, mulk va shaxsdaxlsizligi insonlarning shaxsiy faoliyatlaridagi faollik masalasi doimo mamlakat diktat markazida bo'lgan har bir individning xatti-harakati o'z mulkidan maksimal darajada foyda olish nuqtai nazari keng targ'ib qilingan.


Jon Styuart Mill (1806-1873) Uning davlat, xukukiy siyosat, qonun to'grisidagi qarashlari «Erkinlik haqida», «Vakillik boshqaruvi», «Siyosiy iqtisodiyot asoslari» kabi

asarlarida o'z ifodasini topgan. U uzining ilmiy-adabiy faoliyatini Bentam utilitarizmi tarafdori sifatida boshlagan bo'lsa-da, uning goyalaridan chetga chiqadi. Masalan, uning fikricha, ahloq fakat shaxsning iqtisodiy foydasi asosigagina qurilmaydi, balki shaxsiy baxtga erishish uchun nafakat individning manfaatlari balki boshqa shaxslarning manfaatlari ham inobatga olinishi lozim. Boshqa shaxslarning, qolaversa, butun bir jamiyatning manfaatlari bilan kelishgan holda o'z manfaatlari ko'rilishi kerak.

Millning fikricha, shaxsiy erkinlik faqat insonga tegishli bo'lgan faoliyat doirasida uning mutlaq, mustaqilligi tushuniladi, shu doirada inson o'zining ustidan xujayin hisoblanadi va o'zicha harakat qiladi.

Shaxsiy erkinlikning chegarasi sifatida quyidagilarni ko'rsatadi: fikr va g'oya erkinligi, boshka individlar bilan kelishib harakat qilish erkinligi, shaxsiy takdirini mustakil belgilash va haqiqiy maqsadlarni tanlash erkinligi. Bu bir-biriga yaqin bo'lgan erkinliklar individning barkamollikka erishuvidagi muayyan shart-sharoit hisoblanadi.

Siyosiy (tuzilmaga bulgan munosabatlarda, uning faoliyat yuritishida shaxsning erkinligi mavjuddir.

Millning fikricha, barchaga shaxsiy erkinlik bera oladigan va uni kafolatlay oladigan davlat o'zining ichida xam tartib o'rnata oladi. «Tartib so'zi bo'ysunish» so'zini anglatadi. Mill ta’kidlaydiki, o'zz buyruqlariga bo'ysundira olmaydigan xokimiyat hech qachon hech kimni boshqara olmaydi. Bo'ysunish, itoat etish har qanday sivilizasiyaning belgisidir, hokimiyatga itoat qilish boshqa individlarning manfaatlari hamda qonuniy huquqlarini buzmaslikni anglatadi. Shunday qilib, shaxsiy erkinlik bu shaxsning qonunga itoat qilishidir.

Shu jixatdan mamlakagimizda liberal siyosiy-xukukiy qarashlarni o'zimizga xos va o'zimizga mos tizimga asoslashan maktabini yaratgan Prezident I.A.Karimovning quyidagi fikrlari g'oyat o'rinli: «Qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxe, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muxofazasini kuchaytirish, axolining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo'ysunish va xurmat ruxisa tarbiyalash- bu chinakam demokratik, huquqiy davlat va erkinlik fukarolik jamiyati qurishning mafakqat maqsadi, balki uning vositasi, eng muxlm sharti hisoblanadi». (I.A Karimov - Adolat - qonun Ustivorligida» Xalq so'zi, 2001-yil)
Mill vakillik boshqaruvi masalasida o'zining asosiy siyosiy g'oyasini ilgari suradi, ya’ni davlat faoliyati va boshqaruvida xalqning bevosita ishtiroki davlatchilik masalasida xalq mas’uliyati g'oyalaridir. Birinchidan, vakillik boshkaruvi mazkur davlat shaklida qabul qilingai xalq xohishi bilan amalga oshiriladi. Ikkinchidan xalq uni qo'llab-quvvatlashi uchun zarur bo'lgan barcha istak va qobiliyatlarga ega bulishi kerak.

Mill liberalizm nafaqat shaxsiy erkinlik, shaxsiy huquqni himoya qilishda, balki demokratik va huquqiy asoslarda davlat mexanizmini tashkil etish hamdir. Bundain ma'lum bo'ladiki, huquqiy davlatning konsepsiyasi liberal siyosiy, huquqiy qarashlarni o'zida aks etgiruvchi zarurat xisoblanadi.



Xulosa:
XIX asrning ikkinchi yarmida liberal demokratik g'oyalar tez orada butun Yevropa aholisi orasida keng tarqaldi va uning raqibi bo'lgan an'anaviy monarxiya uzluksiz mudofaga o'tishga va chekinishga majbur bo'ldi. Buyuk Britaniya imperiyasining dominionlari 19-asrdan boshlab liberal demokratiya uchun sinov maydoniga aylandi. Kanadada mas'uliyatli hukumat 1840-yillarda boshlangan va Avstraliya va Yangi Zelandiyada 1850-yillardan boshlab erkaklar saylov huquqi va yashirin ovoz berish yo'li bilan saylangan parlament hukumati tashkil etilgan va 1890-yillardan boshlab ayollar saylov huquqiga erishilgan.

Islohotlar va inqiloblar ko'pchilik Evropa mamlakatlarini liberal demokratiya sari siljitishga yordam berdi. Liberalizm quvg'in fikr bo'lishni to'xtatdi va asosiy siyosiy oqimga qo'shildi. Shu bilan birga, liberal demokratiya kontseptsiyasini qabul qilib, uni o'ziga xos holga keltirgan bir qancha noliberal mafkuralar paydo bo'ldi. Siyosiy spektr o'zgardi; an'anaviy monarxiya borgan sari o'z ta'sirini yo'qatib borayotgan qarashga aylandi va liberal demokratiya tobora ko'proq tarafdorlarga ega bo'lib bordi. 19-asrning oxiriga kelib, liberal demokratiya nafaqat “liberal” gʻoya, balki koʻplab turli mafkuralar tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan gʻoyaga aylandi. Bunda esa fransuz, nemis va ingliz liberallarining ilg'or g'oyalari katta ahamiyatga ega. Tokvil, Shteyn, Millkabi mutafakkirlar o'zlaridan oldingi olimlarning boy tajribasiga asoslangan holda o'zlarining o'ziga hos siyosiy ta'limotlarini shakllantirishgan.



Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Muhiddinova Feruza - Siyosiy va Huquqiy ta'limotlar ta'rixi, 2011 yil

  2. Boboev X.B. taxriri ostida «Siyosiy va xuquqiy ta`limotlar tarixi» T. 2003,

  3. Adilxodjayeva S.M. Liberalizm goyalari rivojlanishi // J. Xayot va konun. - 2002.



Download 16,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish