Mustaqil ishi bajardi: Xumoraxon Ibrohimjonova



Download 46,65 Kb.
bet4/7
Sana03.12.2022
Hajmi46,65 Kb.
#877441
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish . m ta\'lim

Yer soligʻi — yerdan foydalanganlik uchun davlatga majburiy toʻlanadigan soliq turi. Iqtisodiy mohiyati boʻyicha yer rentasini ifoda etadi. Yerga mulkchilikning paydo boʻlishi bilan yuzaga kelgan. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda davlat mulki hisoblanadigan yerdan foydalanganlik va fuqarolar mulk yerlari uchun davlat byudjetiga toʻlanadi.
Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida, mil. 3-asrdan Sosoniylar davlatida joriy qilingan. Keyingi yerlarda zakot, xiroj, oʻlpon, tanob, ushr va b. nomlar bilan yuritilgan. Musulmon mamlakatlarida yer maydoni birligidan pulda yoki yer sifati hamda suv bilan taʼminlanish darajasiga qarab hosilning 1/4, 1/3, 1/2 qismi hajmida undirilgan. Oʻrta Osiyoda 8-asr boshida arablar tomonidan joriy qilingan.
Hoz. Oʻzbekiston hududida 19-asr boshlaridagi xonliklarda Yer solig’i asosan pul shaklida olingan. Mas, Buxoro amirligida amir ixtiyorida mulk yerlari boʻlgan davlat (podsholik) yerlari amlok yerlar deb atalgan, unga ekin ekkan dehqonlar Yer solig’i — xiroj toʻlaganlar. Yer soligi ni yigʻuvchi amlokdor deb atalgan. Xonlardan hadyaga olingan tanho yer egalari davlatga Yer solig’i toʻlashdan ozod boʻlgan.
Oʻzbekiston Respublikasida Yer solig’ini oʻz mulkida, egaligida va foydalanishida yer uchastkalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar toʻlaydilar. Yer solig’iga doir munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomaga muvofiq tartibga solinadi.
Yer solig’ining stavkalari yer uchastkasining qaysi mintaqada joylashgani, sifati va suv bilan taʼminlanishi hisobga olingan holda ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili inflyasiya darajasidan kelib chiqib, yer uchastkasining birligiga (ga, m2) soʻm hisobida tasdiqlanadi. Noqishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari uchun ularning qayerda joylashganligi, shahar va shaharchalarda hamda ularning hududlarida infratuzilmalarning rivojlanganiga qarab boʻlingan mintaqalar boʻyicha har xil stavkalar belgilanadi. Qishloq joylari uchun Yer solig’i stavkalari sugʻoriladigan va lalmi-yaylov mintaqalari boʻyicha alohida belgilanadi. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari barcha soliqlar oʻrniga (alkogol mahsulotlariga toʻlanadigan aksiz soligʻidan tashqari) yagona Yer solig’i toʻlaydilar.
Qishloq xoʻjalik korxonalarida yer asosiy vosita va yerlarning sifati alohida ahamiyatga ega ekanligini hamda dehqonchilikning rivojlanish darajasini hisobga olib, sugʻoriladigan yerlar bonitet ballaridan kelib chiqib, 10 sinfga boʻlingan. Yer soli’gini hisoblashda bazaviy stavkalarga hukumat tomonidan tasdiqlangan koʻpaytirish koeffitsiyentlari qoʻllaniladi. Har bir tuman boʻyicha sugʻoriladi-g a n eng past sifatli yerlarga alohida bazaviy stavkalar belgilangan.
Mas, yagona yer soligʻi toʻlaydigan tovar ishlab chiqaruvchilar uchun sugʻoriladigan yerlarda 1-sinfga mansub 1 ga uchun soliqning bazaviy stavkasi Parkent tumanida 986,4 soʻm, Zangiota tumanida 1487,5 soʻm, Moʻynoq tumanida 668 soʻm qilib belgilangan. Yer solig’ini hisoblashda shu tumanlarda bazaviy stavkalar 5-sinfga kiradigan yerlarga 4,57, 6-sinfga kiradigan yerlarga 6,54, 10-sinfga kiradigan yerlarga 17,5 koeffitsiyentlariga koʻpaytiriladi (2002). Sugʻorilmaydigan lalmi va yaylov yerlari yogʻingarchilik bilan taʼminlanganligini hisobga olgan holda tekislik, adir, togʻ va togʻ oldi min-taqalariga boʻlinadi. Lalmi (mas, Toshkent viloyatida 1,19—1,67 koeffitsiyentlari bilan har ga uchun 84,4 soʻmdan 167,5 soʻmgacha) va yaylov yerlarga (choʻl zonalari uchun 16—30 soʻm, 1,51—2,05 koeffitsiyentlari bilan adir va togʻ oldi zonalari uchun 25—34,2 soʻm) ham alo-hida soliq stavkalari bor.
Qishloq xoʻjaligi korxonalari imoratlar egallagan (Toshkent viloyatida bazaviy stavka 13285,6 soʻm, koeffitsiyenta 20,44), zovurlar, yoʻllar (24,4 soʻm/ga) bilan band boʻlgan va boshqa foydalanilmaydigan yerlari uchun ham Ye.s. ni toʻlaydilar. Aholini ijtimoiy jihatdan qoʻllabquvvatlash maqsadida jismoniy shaxslarga yer uchastkalarining joylashgan joyiga qarab Ye.s. stavkalari 10—25 karra kam belgilanadi. Korxonalarning rivojlanishini ragʻbatlantirish va aholini ijtimoiy jihatdan qoʻllabquvvatlash maqsadida ularning ayrim guruhlariga davlat tomonidan Ye.s. boʻyicha imtiyozlar berilgan. Yuridik va jismoniy shaxslar Ye.s.ni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda mahalliy byudjetga toʻlaydilar.


Download 46,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish