Mustaqil ishi endokrin sistemasining tuzilishi, xususiyatlari, kasalliklari sabablari, oldini olish choralari. Reja



Download 348,5 Kb.
bet6/7
Sana15.12.2022
Hajmi348,5 Kb.
#887608
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Endokrin sistemasining tuzilishi

Gipofizning oraliq bo’lagi. Gipofizning oraliq qismi pasg tabaqali hayvonlarda yaxshi rivojlangan. Ba’zi sut emizuvchn hayvonlarda oraliq bo’lak orqa bo’lakdan ingichka yoriq bilan ajralib turadi. Odamda oraliq bo’lak orqa bo’lakdan (neyrogi-pofizdan) siyrak biriktiruvchi to’qimali parda yordamida aj-ralib turadi.
Andrenogipofizning oraliq qismi ingichka epiteliy to’plami yoki tasmasi sifatida ko’zga tashlanadi. Bu bo’lakning bez hujay-ralari oqsil yoki shilliq sekret ishlab chiqarish qobiliyatiga ega. Bu moddalar hujayralar orasiga ajralish natijasida gi-pofizning oraliq qismida follikulasimon tuzilmalar hosil bo’ladi (follikulsimon tuzilmalar qalqonsimon bezning fol-likulini eslatadi, ammo ichida shilliq yoki oqsil tutadi).
Gipofizning oraliq (o’rta) bo’lagida melanotropotcit-l a p joylashib, bu hujayralar yirik, tcitoplazmasida mayda sekretor donachalar tutadi (172-rasm). Melanotropotcitlar melanin stimullovchi gormon saqlaydi. Gipofizning orqa bo’lagida lipidlar ajralishini kuchaytiruvchi lipotropin gormoni ham bor. Ba’zi mualliflar oraliq bo’lim parenximasida yulduzsimon hujayralarni ham farqlaydilar. Bu hujayralar adrenokortikotrop (AQGG) gormonini ishlab chiqarishi mumkin. Oxirgi tadqiqotlar melanin stimullovchi gormon, lipotropin hamda adre-nokortikotrop gormonlar bosh miyada, bosh miya tcerebral peptidlardan hosil bo’ladi degan fikrlarni yuzaga keltiradi. Oraliq bo’lakdan gipofizning orqa bo’limiga ayniqsa, neyrogipofiz bilan chegaradosh zonaga ko’pgina nerv tolalari kiradi. Bu tolalar-ning oxirgi tarmoqlari orasida sinapslarni uchratish mumkin. Urta bo’limning funktcional ahamiyati sodda hayvonlarda yaxshi o’rganilgan bo’lib, bu qismning melanin stimullovchi gormoni sodda hayvonlarning tana rangini boshqarib turishi aniqlangan.
Adenogipofizning tuberal qismi. Bu adenogipofizning yuqorida joylashgan gipofiz oyoqchasiga tegib yotuvchi qismidir. YUqori tarafdan tuberal qism medial eminentciya bilan chegaradosh. Bu qism tcitoplazmasi bazofil bo’yaluvchi kubsimon hujayralarning epiteliy tortmalaridan iborat. Bu qism gipofizning oldingi bo’lagiga davom etadi.
Gipofizning orqa bo’lagi. Gipofizning orqa bo’lagi alohida mustaqil bez bo’lmay, neyrogormonlar vaqtincha akkumulyatciya qilinadigan a’zo hisoblanadi. Orqa bo’lak - neyrogipofiz, gipofiz-gipotalamus trakti tarkibidagi (supraoptik va paraven-trikulyar neyrosekret hujayralar) aksonlarning so’nggi tarmoq

72-pacm. Gipofpz melanotrop hujayrasining elektron mikrofotografiyasi.
xl0.000. I-yagrs; 2 - pilastkkaimsion kopleks; 3 - migoxendriya; 4 - sekretor don«ch»lar.
(terminaliy) lari tugaydigan tuzilma hisoblanib, neyrogliya hujayralari va qon kapillyarlaridan tashkil topgan.
Ba’zi terminal aksonlar kengayib, neyrosekretga to’lib turadi. Bu tuzilmalar Gerring tanachasi nomi bilan yuritiladn. Neyrogipofizda ko’pgina neyrogliya hujayralari (pituitcitlar) va qon tomirlar joylashadi. Demak, neyrosekretor hujayralarning aksoni va ularning qon kapillyarlariga zich joylashgan so’nggi tarmog’i (terminali) hamda alohida glial hujayralar - pituitcitlar gipofiz orqa bo’lagining asosiy tuzilmasi hisoblanadn. Orqa bo’lakning neyrosekretor tolalari ko’pincha mielin parda tutmaydi. Terminal aksonlar kengaymalar hosil qilib, bir-bi-riga zich yotsada, ular orasida qon kapillyarlari, pituitcitlar va gliya hujayralarining o’simtalari joylashadi. Neyrosekretor hujayralarning aksonlari ko’pgina neyrofibrillalar, mitoxondriyalar va kam miqdorda neyrosekretor donalar tutadi. Akson tarmog’ining so’ngida, aksoplazmada neyrofibrillalar kamayib, sekretor donalar miqdori oshib ketadi.
Terminal akson qon kapillyarlari bilan akso-vazal sinaps hosil qiladi. Ba’zi akson terminaliylari o’ta kengayib, bir He-Ma mikron kattalikka ega bo’ladi. SHu kengaymalar neyrogipofiz gormonlarining deposi hisoblanib, yuqorida aytib o’tilganidek, Gerring tanachalari nomi bilan yuritiladi. Gipofiz orqa bo’lagida neyrosekret tutgan nerv tolalaridan tashqari, qon kapillyarlari yonida, shunday nerv tolalari borki, ular neyrosekret donalar tutmay, mayda simpatik pufakchalarga ega bo’ladi. Bu tolalar xolenergik hamda adrenergik nerv oxirlaridir. Nervto-lalari orasida o’simtalari bir-biri bilan qo’shilib ketgan glial hujayralar - pituitcitlar yotadi. Neyrosekret tolalar va ular terminaliylari, ko’pincha shu pituitcitlar tanasi hamda o’simta-lariga botib joylashadi va ular bilan zich kontakt hosil qila-di. Markaziy nerv sistemasining neyrogliyalari kabi neyrogipofizda ham uch xil neyrogliya: astro-, oligo- va mikronituitcitlar tafovut qilinadi. Neyrogipofizning sinusoid kapillyarlari zich to’r hosil qiladi. Ularning endoteliysi yassi bo’lib, ko’p fenestralarga ega va bu tomir neyro-vaskulyar kontaktlar tutadi. Gipofiz orqa bo’lagining aksonlarining qon tomirlari bilan kontakti, ya’ni neyrovaskulyar sinapslar hosil qilish bilan yakunlanishi, gipotalamus va markaziy nerv sistemasi uchun xos bo’lgan struktur va funktcional tuzilma hisoblanadi.
Gipofiz orqa bo’lagida yig’iluvchi' gormonlar oksitotcin va va-zopressin bo’lib, ular silliq mushaklar qisqarishini ta’minlay-di; masalan, oksitotcin gormoni faqatgina bachadon mushaklari-ning qisqarishini va sut ajralishini kuchaytiruvchi gormon hisoblanadi. Vazopressin qon tomirlar devoriga ta’sir ko’rsatib, qon bosimining ortishini ta’minlaydi hamda bu gormon buyrakda reabsorbtciyani kuchaytirib, diurezni .susaytiradi. Vazopres-sin gormonining bu xususiyatiga ko’ra u antidauretik gormon deb ataladi. Bu gormonning kamayishi qandsiz diabet kasalligiga sababchi bo’ladi.
Gipofiz va gipotalamusda qon aylanishi. Gipofiz gipotalamus bilan asosan gumoral yo’l orqali bog’langan. Gipotalamo-gipofizar qon aylanish portal (darvoza sistema) deb yuritiladi. Ichki uyqu arteriyasi va Villiziev doirasidan tarmoqlangan yuqori gipofiz arteriyasi oldingi va orqa gruppalarga ajraladi.
Oldingi gruppa gipofiz arteriyalari tuberal bo’lakning yuqori qismiga yo’nalib ularning bir qismi gipotalamus yadrolari, boshqalari esa medial eminentciya va gipofiz oyog’ining infundi-bulyar qismini qon bilan ta’minlaydi. YUqori gipofiz arteriya-lari tuberal qism parenximasining medial eminentciyaga qaragan yuzasida ko’pgina arteriola va kapillyarlarga bo’linadi. Bu tarmoqlar o’zaro qo’shilib, birlamchi kapillyarlar chigalini bunyod etadi (162-rasmga q.).
Bu kapillyarlar to’ri gipotalamus kerv hujayralarining akson terminallari bilan kontaktlar - aksovazal sinapslarni hosil qiladi. SHunday qilib, gipotalamusning neyro-gormonlari akso-vazal sinapslar orqali qonga o’tib, adenogipofiz faoliyatini boshqaradi. Birlamchi kapillyarlar to’ri darvoza venasini hosil qilib, gipofiz osqchasi bo’ylab, oldingi bo’lak tomon yo’naladi va shu erda ikkilamchi kapillyarlar to’ri, ya’ni oldingi gipofizning sinusoid kapillyarlar to’rini vujudga keltiradi.
Gipotalamusda joylashgan maxsus glial hujayralar bilan neGfogormonlar sekretsiyasi o’rtasida mavjud bo’lgan funktcional bog’liqlik so’nggi vaqtlarda olimlar e’tiborini jalb etmoqda. Uchinchi qorincha devorining ependima hujayralarining o’simtalari tcerebrospinal suyuqliq va neyrovaskulyar kontakt zonalar uchun oraliq tuzilma hisoblanadi. Gipotalamusning aktivligi faqatgina akso-vazal kontaktlar sonining ortishi bilan ifodalanmay, balki ependima hujayralari o’simtalari terminaliylari bilan ham yuzaga keladi.


Download 348,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish